APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
\ F à. ^
i^fiSr«^ |0#N4L0f
Г'.
ARTICLE INFO
ANALYSIS OF EFFECTIVE USE OF BANK LOANS BY CLIENTS IN UZBEKISTAN Khayitova Maftuna Rakhmatilla kizi
Doctoral student of TSUE mail:[email protected] (+99894 656 27 97) https://doi.org/10.5281/zenodo.14021004
ABSTRACT
Received: 25th October 2024 Accepted: 30th October 2024 Online: 31th October 2024
KEYWORDS Capitalization of banks, credit rates, profitability indicators, creditworthiness of the client.
Attention is paid to the initial investment and capital level of banks as an important issue, because the global financial and economic crisis that began in 2008 proved once again that increasing their capitalization level is one of the most important economic issues in ensuring the stability of the banking system. In our analysis, the level of our capitalization, its effect on credit efficiency and indicators of effective use of credit by consumers (clients) were analyzed on the example of Uzbek banks, and the author developed ideas as a solution to the problems. Data on credit rates of ATB "Agrobanki" and HSBC Holdings Bank of Great Britain were used.
АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БАНКОВСКИХ КРЕДИТОВ
КЛИЕНТАМИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Хайитова Мафтуна Ракхматилла кизи
Докторант ТГЭУ e-mail:[email protected]. (+99894 656 27 97) https://doi.org/10.5281/zenodo.14021004
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 25th October 2024 Accepted: 30th October 2024 Online: 31th October 2024
KEYWORDS Капитализация банков, кредитные ставки,
показатели рентабельности, кредитоспособность клиента.
Уделено внимание первоначальным инвестициям и уровню капитала банков как важному вопросу, поскольку мировой финансово-экономический кризис, начавшийся в 2008 году, еще раз доказал, что повышение уровня их капитализации является одним из важнейших экономических вопросов в обеспечении стабильности экономики. банковская система. В нашем анализе на примере узбекских банков были проанализированы уровень нашей капитализации, ее влияние на кредитную эффективность и показатели эффективного использования кредита потребителями (клиентами), а также разработаны идеи решения проблем. Использовались данные по кредитным ставкам АТБ «Агробанки» и HSBC Holdings Bank of Great Britain.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
O'ZBEKISTONDA BANK MIJOZLARINING KREDITDAN SAMARALI
FOYDALANISHI TAHLILI
Xayitova Maftuna Raxmatilla qizi
TDIU Doktoranti mail:[email protected] (+99894 656 27 97) https://doi.org/10.5281/zenodo.14021004
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 25th October 2024 Accepted: 30th October 2024 Online: 31th October 2024
KEYWORDS Banklar kapitallashuvi, kretit stavkalari, daromadlilik ko'rsatkichlari, mijazning kredit layоqatliligi.
Banklarning dastlabki sarmoyasi, kapitali darajasiga muhim masala sifatida e'tibor qaratiladi chunki, 2008-yildan boshlangan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bank tizimining barqarorligini ta'minlashda ularning kapitallashuv darajasini oshirib borish eng muhim iqtisodiy masalalardan biri ekanligini yana bir bor isbotladi. Tahlilimizda biz ning kapitallashuv darajasi, uning kredit samaradorligiga ta'siri va iste'molchi (mijozlarning) kreditdan samarali foydalanish ko'satkichlari O'zbekiston banklari misolida tahlil qilingan, va muammolarga muallif tomonidanyechim sifatida fkrlar ishlab chiqilgan. Bunda ATB "Agrobanki" va Buyuk Britaniyaning HSBC holdings bankining kretit stavkalari ma'lumotlaridan foydalanilgan.
Kirish. Kapitalini oshirish yuzasidan qisqa muddat ichida respublika ahamiyatiga ega bo'lgan bir qator hujjatlarning qabul qilinishi mazkur masalaning naqadar dolzarb ekanligidan dalolat beradi va ularning bajarilishi banklar kapitalining sezilarli darajada oshishiga sabab bo'ldi. Ma'lumki, ning ustav kapitali asosan faoliyat ko'lamini kengaytirish maqsadida yangi filiallar va minibanklarni ochish uchun, uzoq muddatli investitsiyalarni amalga oshirishga yo'naltiriladi. Bu esa, albatta, kelgusida qo'shimcha ravishda daromad olishning manbayi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish modernizatsiya jarayonlarini tezlashtirish uchun xizmat qiladi.
Bizning fikrimizcha, jami kapitali tarkibida ustav kapitali ulushining pasayishiga yo'l qo'maslik lozim, chunki ushbu manba, birinchidan, barqaror manba hisoblanadi, ikkinchidan jalb qilingan mablag'larga nisbatan arzon moliyaviy mablag'lardandir. Shuning-dek, mamlakatimiz kapitali tarkibida qo'shimcha kapital ulushini ham pasayishiga yo'l qo'ymaslik lozim.
Adabiyotlar sharhi. Agar kreditni so'ndirish nazarda tutiladigan bo'lsa, kreditga layoqatlilikka nisbatan to'lovga layoqatlilik tushunchasi kengroqdir. Negaki, to'lovga layoqatlilik jismoniy va huquqiy shaxslarning barcha qarz va majburiyatlarini o'z vaqtida to'lay olish imkoniyatini ifodalaydi. Kreditga layoqatlilik to'lovga layoqatlilikdan farq qilib, ssuda bo'yicha qarzlarni o'z vaqtida to'lash imkoniyatini ko'rsatadi. Undan tashqari, kreditga layoqatlilik to'lovga layoqatlilikdan to'lash manbalari bilan ham farq qiladi.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
Kreditga layoqatlilik mavzusi xorijlik va mahalliy iqtisodchi olimlar tadqiqotlarida o'z aksini topgan. Rossiyalik iqtisodchi olim D.Endoviskiy fikricha, kredit layoqatliligi "Berilgan majburiyatning shartnoma shartlariga ko'ra o'z vaqtida qaytarilishidir"1. G.Beloglazova ta'kidlashicha, "Kredit layoqatliligi bu qarzdorning moliyaviy-xo'jalik holatidir". Ularning fikricha, kredit qobiliyatini aniqlovchi omillar sifatida mijozning moliyaviy barqarorligi hamda uning istiqbolli kredit qaytarish qobiliyati hisoblanadi2. Boshqa iqtisodchi olim O.Lavrushing fikriga ko'ra, "Kredit layoqatliligi mijozning moliyaviy barqarorligi, uning qoplash huquqi va kredit qobiliyati omillariga bog'liq bo'lib, (kredit) bitimini tuzishga bo'lgan qobiliyatidir"3. A.Tavasievning fikriga ko'ra, "Kreditga layoqatlilik - bu qarzdorning o'z vaqtida va to'liq kredit summasini (asosiy qarz va foizi) to'lashga qodirligi va tayyorligidir"4. Boshqa bir iqtisodchi olim Y.Dayneko o'zining ishlarida "Kreditga layoqatlilik bu - qarz oluvchining bankka kreditlarni qaytarish qobiliyati va qudratini tushunishidir"5.
O'zbekistonlik iqtisodchi olimlar tomonidan ham kredit layoqatliligi xususida turli qarashlari mavjud. Xususan, Sh.Abdullaeva fikricha "Qarz oluvchi nuqtayi nazaridan, kreditga layoqatlilik darajasi kredit shartnomasini tuzish imkoniyati, olingan kreditlarni o'z vaqtida qaytara olish qobiliyati bilan baholanadi. Bank nuqtayi nazaridan, korxonaga beriladigan kreditning hajmini to'g'ri aniqlay olish mas'uliyati inobatga olinadi"6. M.Pardaev esa to'lov qobiliyatini "uning kredit olish va o'z vaqtida olingan kreditni to'liq qaytarish qobiliyati tushuniladi" degan7. U.Azizovga ko'ra esa, "Kreditga layoqatlilik - bu mijozning unga ajratilishi mumkin bo'lgan kreditni o'z vaqtida foizlari bilan qaytara olish qobiliyatidir"8. I.Alimardonov kreditga layoqatlilikni baholashni koeffitsientlar usulini tavsiya etgan. Koeffitsientlar usuli asosan korxonaning moliyaviy jihatlariga baho beradi. Bunda "koeffitsientlar tugallangan davr ko'rsatkichlari asosida kreditga layoqatliligini baholaydi, ammo kredit kelgusi davr uchun ajratiladi"9.
Ushbu masala boshqa iqtisodchi olimlar tomonidan o'rganilgan bo'lib, ilmiy tadqiqotlarida mavzuning dolzarbligi, nazariy jihatlari, xorij tajribasi, amaldagi tartibi atroflicha yoritib berilgan bo'lsa-da, mavjud muammoning amaliy yechimi berilmagan. Ilmiy tadqiqot olib borish jarayonida ma'lum bo'ldiki, sohaga oid adabiyotlarda, ilmiy ishlarda hamda tegishli boshqa manbalarda kreditga layoqatlilik atamasi bo'yicha ko'plab fikrlar bildirilgan. Ularning aksariyati mazmun jihatdan bir-birlariga mos keladi, ba'zilari esa o'z farqli tomonlarini namoyon qiladi. Bu esa ushbu atamani hozirgi davrga qadar ilmiy jihatdan aniq va to'liq ochib berilmaganligini ko'rsatadi.
1 Yendoviskiy D.A. Analiz i otsenka kreditosposobnosti zaemrn,ika: ucheb.-prakt. posobie / D.A. Yendoviskiy, I.V. Bocharova. M.: KNORUS, 2005.
2 Bankovskoe delo / Pod red. Beloglazovoy G.N. M.: Finansbi i statistika, 2017. 498 s.
3 O.I. Lavrushin. Bankovskoe delo. Uchebnik. M.: KNORUS, 2012. S.768.
4 Tavasiev A.M. Bankovskoe delo / A.M. Tavasiev, V.A. Moskvin, N.D. Eriashvili. - M.: YuNITI-DANA, 2007. - 287 s.
5 Dayneko Ya.V. Metodbi otsenki kreditosposobnosti organizatsii rossiyskimi bankami // Sovremennaya nauka: aktualnbie problembi i puti ix resheniya, 2015. № 6 (19). S. 178-181.
6 Sh.Abdullaeva. Bank ishi. Darslik.-T.Moliya, 2017. -526 b.
7 Pardaev M.Q. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlilning nazariy va metodologik muammolari: i.f.d. dissertatsiyasi. - Samarqand-2001 y. 228 b.,b.
8 Azizov U.O'. "Tijorat banklari tomonidan kichik va o'rta biznesni moliyalashtirishni takomillashtirish masalalari" Avtoref. diss. ... i.f.n. - T.: 2004. 100-101 b.
9Alimardonov I.M. "Kichik biznes subyektlarini kreditlashning uslubiy va amaliy asoslarini takomillashtirish" Avtoref. diss. ... i.f.d. - T.: 2018. 18 bet.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
Fikrimizcha, tadqiqotda e'tibor qaratilishi zarur jihatlar quyidagilardan iborat deb hisoblaymiz:
1. Aksar manbalarda kreditga layoqatlilik moliyaviy ko'rsatkichlar asosida baholangan, ushbu moliyaviy koeffitsientlar korxonani moliyaviy jihatdan to'liq tahlil qilish imkonini bermaydi.
2. Kreditga layoqatlilikni baholashda ko'p hollarda nomoliyaviy ko'rsatkichlarga e'tibor qaratilmagan.
Mazkur holat kreditga layoqatlilik atamasining mazmunini batafsil yoritib beruvchi ilmiy asoslangan ta'rifni shakllantirishni talab etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kreditga layoqatlilik tushunchasiga quyidagicha mualliflik ta'rifini shakllantirdik. Mijozning kredit layoqatliligi bu - uning qarz majburiyatlari bo'yicha potensial imkoniyatlarini o'z vaqtida va to'liq baholashga imkon beradigan, rasmiy mezonlar ko'rinishida beriladigan, shuningdek, mijozni kreditlashda bankning kredit riski darajasini aniqlashga yordam beradigan ko'rsatkichlar yig'indisi bo'lib hisoblanadi.
O'z navbatida tijorat banklarida kredit samaradorligi yuzasidan savollar paydo bo'ladi. Ya'ni, iqtisodchi olim I.Qulliyevning fikricha, banklarning kreditlash samaradorligini baholash - bu kreditlar sifatini oshirish, yuqori daromad olinishini ta'minlash va kreditlashni takomil-lashtirish yo'nalishlarini aniqlash maqsadida kredit tizimini tizimli tahlil qilish jarayoni hisoblanadi10 - deydi.
Mijozning kreditga layoqatliligi tahlili va baholash masalalari bir qator xorijlik iqtisodchilar, jumladan, D. Yendoviskiy, S.Ermakov, X.Soto, A.Balabanov, V.Prosalova, A.Gryaznova, Y.Dolan, V.Glushenko, O.Lavrushin, J.Matuk, G.Panova, Dj.Sinkening ilmiy izlanishlarida o'z aksini topgan11.
O'zbekistonlik iqtisodchi olimlardan Y.Abdullaev, Sh.Abdulla-yeva, N.Jumaev, M.Xamidulin, E.Akramov, M.Pardayev, U.Azizov, M.Raximov, B.Xakimov, S.Maxmudov, A.G'ulomxo'jayevlarning ilmiy ishlarida mazkur masalaning alohida jihatlari o'z aksini topgan12.
Tahliliy natijalar. Tahlil davrida banklarning qo'shimcha kapitalining bank kapitalidagi ulushi ham kam miqdorda 2020-yilda 0,5 foizni tashkil etgan bo'lsa 2020- va 2021-yil holatiga
10 Kulliyev I.A. O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarining chakana kreditlash amaliyoti samaradorligini baholashni takomillashtirish masalalari/ Xalqaro moliya va hisob elektron jurnal, #2.2023
11 Yendoviskiy D.A. Analiz i otsenka kreditosposobnosti zaemrn,ika: ucheb.-prakt. posobie / D.A. Yendoviskiy, I.V. Bocharova. M.: KNORUS, 2005, Yermakov. S.L. Osnovbi organizatsiy deyatelnosti kommercheskogo banka. Uchebnik. -M.: KNORUS, 2014 - 656s., Soto X.U. Dengi, bankovskiy kredit i ekonomicheskie siklbi. Per. s angl. - M.: Sotsium, 2008. - 663 s., Balabanov A.I., Borovkova Vik. Banki i bankovskoe delo: uchebnik. 2-ye izd. -SPb.: Piter, 2014.-448s., Prosalova V.S. Problembi otsenki kreditosposobnosti klientov kommercheskix bankov. Monografiya. - Vladivostok: Izd-vo VGUES, 2008. - 17, 57 s., Mandell R.A. Vbibor ekonomicheskoy politiki dlya dostijeniya vnutrennego i vneshnego ravnovesiya. Sbornik statey. Per. s angl. - M.: Delo, 2001. - S. 155., Glurn,enko V.V. Analiz protsedur otsenki kreditosposobnosti zaemrn,ika kommercheskogo banka. Avtoref. diss. ... k.e.n. - M.: 2015. 17 s., Mishkin F.S. Ekonomicheskaya teoriya deneg, bankovskogo dela i finansovbix rbinkov. 7-ye izdanie. Per. s angl. - M.: OOO «I.D.Vilyams», 2013. - S. 497.
12Abdullaeva Sh. "Bank ishi". Darslik -T.:Moliya,2016.-579 b., Sh.Abdullaeva. Bank ishi. Darslik.-T.Moliya, 2017. -526 b. , Pardaev M.Q. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlilning nazariy va metodologik muammolari: i.f.d. dissertatsiyasi. - Samarqand-2001 y. 228 b.,b. Azizov U.O'. "Tijorat banklari tomonidan kichik va o'rta biznesni moliyalashtirishni takomillashtirish masalalari" Avtoref. diss. ... i.f.n. - T.: 2004. 100 b., Rashidov O.Yu, Tojiev R. Markaziy bankining monetar siyosati. T.: TDIU nashriyoti. 2012., Tojiev R.R., Jumaev N.X. Markaziy bankning monetar siyosati. - T.: TDIU nashriyoti, 2007, 260 b.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
kelib, bu ko'rsatkich 0,2 foizga kamayib 0,3 foizni, ya'ni ushbu manbaning ulushi juda past darajani tashkil etadi, bu albatta, mamlakatimiz aksiyalarining moliya bozorlarida nufuzi pastligidan va oldi-sotdi jarayoni shaffofsiz ekanligidan dalolat beradi. 1-jadval
O'zbekiston Respublikasi kapitalining tarkibi va dinamikasi13, foizda
Kapital manbalari 2018y. 2019y. 2020y. 2021y.
Ustav kapitali 68,9 64,6 69,8 61,7
Qo'shimcha kapital 0,5 0,5 0,3 0,3
Zaxira kapitali 15,3 16,3 8,7 11,0
Taqsimlanmagan foyda 15,3 18,6 12,1 14,9
Joriy yilning sof foydasi 9,1 12,0
Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari 9,1 12,0
Jami kapital 100,0 100,0 100,0 100,0
Shuningdek tahlil qilingan davr mobaynida jami kapitali tarkibida subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari hamda konsolidatsiyalashgan sho'ba korxonalarga qilingan qo'yilmalar yuzaga kelmagan.
ning jami kapitali yildan yilga o'sib boqmoqda. Uning miqdori 2017-yilning boshida 7,3 trln. so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2020-yilga kelib bu ko'rsatkich 26,6 trln. so'mga yetdi. Ushbu davrda kapitali qariyb besh baravarga, ya'ni 3,6 martaga oshdi. ustav kapitali jami kapital tarkibida 2020-yil holatiga 2017-yil 5,2 foizga holatiga pasayganligini ko'rishimiz mumkin, biroq ustav kapitali tahlil etilayotgan davr mobaynida absolyut summada oshib bormoqda.
da subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlarining mavjud emasligi ning uzoq muddatli kreditlar bozoridagi mavqeyining zaifligidan dalolat beradi. Chunki subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari ga uzoq muddatli resurslarni jalb qilishning qulay va kam xarajatli vositasi hisoblanadi.
O'zbekiston kapitallashuv jarayonini ATB "Agrobank" misolida ko'rib chiqamiz. 2-jadval.
ATB "Agrobank"ning kapitallashuv darajasi14, mlrd.so'm
Ko'rsatkichlar 2019-y 2020-y 2021-y 2022-y
mlrd so'm % mlrd so'm % mlrd so'm % mlrd so'm %
Ustav kapitali 263,5 63,7 317,6 67,6 367,6 69,1 1335,5 97,2
Qo'shimcha kapital 1,4 0,3 1,4 0,3 1,4 0,3 1,4 0,1
Zaxira kapitali 126 30,5 122,3 26,0 130 24,4 14,2 1,0
Taqsimlanmagan foyda 22,8 5,5 28,3 6,0 32,7 6,2 22,7 1,7
Jami kapital 413,7 100 469,6 100 531,7 100 1373,8 100
13 Manba: www.cbu.uz.- internet sayti ma'lumotlari asosida tuzildi.
14 Manba: www.agrobank.uz-internet sayti ma'lumotlari asosida tuzildi.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
Jadval ma'lumotlariga nazar tashlasak, tahlil qilinayotgan davrda 2019-2022 yillarda ATB "Agrobank"ning ustav kapitali qariyb 5,0 martaga ko'paygan, biroq shu yillarda uning qo'shimcha kapitali va taqsimlanmagan foydasi deyarli o'zgarishsiz qolgan, zaxira kapitali 8,8 martaga kamaygan. Demak, bu holatga baho beradigan bo'lsak, bankning aksiyalari bahosi yuqori emas, shuningdek, ularning oldi-sotdisi juda zaif, bank zaxira kapitalini shakllantirish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmagan. Buning sababi ATB "Agrobank"ning foydasi bunga imkoniyat bermaydi, chunki tahlil etilayotgan davrda taqsimlanmagan foydasi ham oshmagan. Bizning fikrimizcha, bankning kapitallashuv darajasida qator muammolar mavjud bo'lib, asosan uning manbalari qimmat mablag'lar hisobidan shakllantirilmoqda.
3-jadval
O'zbekiston Respublikasi daromadlilik ko'rsatkichlari15, mlrd.so'm
2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y.
mlrd so'm % mlrd so'm % mlrd so'm % mlrd so'm %
1 2 3 4 5 6 7 8 9
Foizli daromadlar 3 205 52 5 293 61 7 960 54 14 517 69
Foizli xarajatlar 2 353 41 3 075 46 4 623 43 8 355 55
Foizsiz daromadlar 2 983 48 3 404 39 6 917 46 6 564 31
Foizsiz xarajatlar 480 8 629 9 1 943 18 1 343 9
Operatsion xarajatlar 2 910 51 3 014 45 4 138 39 5 583 37
Jami daromadlar 6 188 100 8 697 100 14 877 100 21 081 100
Jami xarajatlar 5 743 100 6 719 100 10 704 100 15 281 100
Kredit va lizing bo'yicha ko'rilishi mumkin zarar-larni baholash 307 5 439 7 1 632 15 1 746 11
Boshqa aktivlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni baholash 52 1 74 1 279 3 196 1
Soliq to'langunga qadar sof foyda (zarar) 1 026 17 1 465 17 2 263 15 3 858 18
Foyda solig'ini to'lash xarajatlari 218 21 311 21 380 17 659 17
Foyda bo'yicha tuzatishlar 1 0 1 0 2 0 0
Sof foyda 807 13 1 153 13 1 881 13 3 200 15
Ma'lumki, kapitalini shak lantirish da daromad muhim va arzon mol iyaviy mablag'l
manbasi bo'lib hisoblanadi. Shu bois, tadqiqotni mamlakatimiz daromad va xarajatlarini tahliliga qaratmoqchimiz. 3.3-jadvalda O'zbekiston ning 2019-2022 yillarda daromad va xarajatlari tarkibi va dinamikasi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, daromadlari tarkibida foizsiz daromadlarning ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Masalan, 2019-yilda banklarning ushbu daromad manbasi jami daromadlarning 48
15 Manba: O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari asosida muallif tomonidan mustaqil hisoblandi.
foizini tashkil etgan bo'lsa, 2020-yilda 31 foizdan iborat bo'lgan. Bizning fikrimizcha, banklarning foizli daromadlari jami daromadlar tarkibida 80 foizdan kam bo'lmasligi maqsadga muvofiq, chunki bankning ushbu daromadlari bevosita ularning aholi va xo'jalik subyektlarini kreditlash, investitsion va shu kabi aktiv operatsiyalari, ya'ni bankning asosiy faoliyati hisobidan tashkil topadi, foizsiz daromadlarining manbasi esa asosan mijozlarning hisobvaraqalari bo'yicha debet aylanmalari hisobidan olinadigan daromadlaridan vujudga keladi, shu bois daromadning ushbu manbasini daromadlar tarkibidagi ulushini 15-20 foizgacha pasaytirish maqsadga muvofiq.
xarajatlari tarkibini ko'radigan bo'lsak, xarajatlar tarkibida foizsiz xarajatlar salmoqli ulushni tashkil etmoqda. Masalan, 2019-yilda ushbu manba 59 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2022-yilga kelib 46 foizga yoki 13 punktga kamaygan. Fikrimizcha, bu ulushni yanada pasaytirish maqsadga muvofiq, chunki jadval ma'lumotlariga e'tibor beradigan bo'lsak, ushbu xarajatlarning 37 foizi operatsion xarajatlar hissasiga to'g'ri kelmoqda, buni yanada kamaytirish maqsadida ning raqamli xizmatlari va mijozlarga masofadan turib ko'rsatadigan xizmatlar turlari va sifatini oshirish lozim.
Tadqiqotimizda muammoli aktivlar (Ma)ga ko'proq qaysi turdagi kreditlar ta'sir qilmoqda? mazmunidagi savolni korrelyatsion tahlil qilish orqali javobini izlashga harakat qildik. Buning uchun biz kichik biznesga mikrokreditlar (Km) va jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning (Jk) hajmini o'zgaruvchi omil sifatida olgan bo'lsak, muammoli aktivlarni o'zgarmas omil tarzida tahlilimizni amalga oshirdik.
Natijada, 1- va 2-formulada aks etgan bog'liqni oldik.
Kichik biznesga mikrokreditlarning ta'siri (R2 =0,82) jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning ta'siri (R2 =0,75)ga nisbatan kam ekanligini ko'rishimiz mumkin. Umuman olganda, jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning taqsimoti muammoli aktivlarning taqsimoti bilan uyg'unlik kasb etayotganligini ta'kidlash lozim. Shu bilan birga, muammoli aktivlarning yuzaga kelishining har bir so'mida jismoniy shaxslarga kreditlar hajmining ulushi kattaroq ekanligini qayd etish mumkin.
ATB "Agrobank" faoliyatida aktivlarni boshqarish va bu orqali bank risklarini kamaytirish borasidagi trendlarni yuqori baholashga barcha omillar yetarli, deb hisoblamaymiz. Uning sababi sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- substandart, shubhali va umidsiz sifatiga ega bo'lgan aktivlar oxirgi yillarda o'sish tendensiyasiga ega bo'lib, bankning kapitali yetarligiga bo'lgan talab va riskning ortishiga olib kelmoqda;
- muammoli aktivlar hajmi ham ortish trendiga ega bo'lmoqda;
- maxsus zaxiralar hajmining ortishi aktivlarning umumiy hajmini ortishi bilan uyg'un tarzda shakllanmoqda;
Ma = 2995,3 xKM- 110864 Ma = 205,4 x}^+ 116169
(1) (2)
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
- shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktivlar hajmi boshqa sifatdagi aktivlarga nisbatan barqarorlik kasb etmoqda va shartnomalar tuzilishida tajribaning barqarorligini ko'rsatmoqda;
- muammoli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 2,3 foizni tashkil etmoqda;
- muammoli aktivlarning yuzaga kelishida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning ta'siri kichik biznesga mikrokreditlar ta'siriga nisbatan katta bo'lmoqda. Bu esa, jismoniy shaxslarga kreditlar taqdim etish shartlarini qayta ko'rib chiqish yoki umuman bu turdagi kreditlarni berishni optimallashtirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
O'z navbatida, AT "Agrobank"dagi muammoli aktivlarning yuzaga kelishida ta'sir etuvchi omillarning ba'zilarini korrelyatsion tahlilini amalga oshirganimiz ham aynan ushbu ko'rsatkichlar - kichik biznesga mikrokreditlar va jismoniy shaxslarga kreditlarning muammoli aktivlarning shakllanishidagi o'rnini baholab chiqamiz. Natijada, formulada aks etgan bog'liqni aniqladik.
Bunda:
Ma - muammoli aktivlar;
Km - kichik biznesga ajratilgan mikrokreditlar;
Jk - jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar.
Kichik biznesga mikrokreditlarning ta'siri (R2 =0,46) jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning ta'siri (R2 =0,71)ga nisbatan yuqori bo'layotgan bo'lsada, muammoli aktivlarning shakllanishidagi bog'liqlik o'rtachadan past ekanligini ko'rishimiz mumkin. Umuman olganda, jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning taqsimoti muammoli aktivlarning taqsimoti bilan uyg'unlik kasb etayotganligini ta'kidlash lozim (4-jadval).
4-jadval.
ATB "Agrobank" aktivlari va zaxiralari16, mln. so'm
2017- y- 2018-y- 2019-y. 2020-y- 2021-y.
Muammoli aktivlar 175 092 149 879 381 428 539 872 442 779
Maxsus zaxiralar 150 343 136 132 650 100 766 060 1 074 219
Standart aktivlarga yaratilgan zaxiralar - - 117 309 201 238 306 837
Shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktivlar 117 417 107 433 240 730 352 203 105 693
Ta'minlanmagan aktivlar 328 915 304 303 1 599 289 554 691 649 578
Ishonchli aktivlar - - - - -
16www.agrobank.uz - rasmiy sayt ma'lumotlari.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
Tadqiqotlar asosida quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo'ldik:
- tanlangan bankda aktivlarning sifatini tasniflashda turli tendensiyalar yuzaga kelmoqda;
- ATB "Agrobank"da aktivlar sifatini boshqarish bilan ayrim murakkabliklar mavjud bo'lib, ular bank risklarini shakllantirishga zamin tayyorlashi mumkin;
- ATB "Agrobank" ning aktivlari sifati birmuncha optimal darajada shakllangan bo'lib, muammoli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 0,77 foiz tashkil etishi moliyaviy barqarorlikni aks ettirib beradi;
- tanlangan banklarida aktivlarning nobarqarorlashuvini aniqlashga qaratilgan regression tahlillar jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning sezilarli ta'siri mavjudligini ko'rsatmoqda;
- bank aktivlari sifatini samarali boshqarishda ularning kapital bilan uyg'un ravishda bo'lishiga erishish. Bunda, aktivlar hajmiga nisbatan kapitalning hajmini ortda qoldirmaslik choralarini ko'rish maqsadga muvofiq.
Kredit layoqatliligini baholash xo'jalik subyektlarini balans va foyda zararlar to'g'risidagi hisobotlashga asosan amalga olishadi. Bundan tashqari, kreditga qobillikni aniqlash davrida zaruriy hollarda statistik, analitik va boshqa ma'lumotlardan ham foydalaniladi.
Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo'lishi mumkin, lekin aksar qismi ma'lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffitsientlardan foydalanadilar. Ularga:
qoplash koeffitsienti; likvidlilik koeffitsienti;
mustaqillik (avtonomiya) koeffitsienti, ya'ni o'z mablag'lari bilan ta'minlanish koeffitsienti kiradi.
Shuningdek, o'z aylanma mablag'lari mavjudligi dinamikasi, foydalilik va aylanma mablag'larning aylanishi ko'rsatkichlari ham alohida ahamiyatga egadir.
Qoplash va likvidlilik koeffitsientlari balansning aktiv va passivlarini solishtirish yo'li bilan hisoblanadi. Likvid mablag'lar o'zining tez pulga aylanishi darajasiga qarab 3 guruhga bo'linadi. Moliyaviy koeffitsientlar quyidagicha aniqlanadi.
1. Qoplash koeffitsienti qisqa muddatli tarzdagi likvid mablag'larni qisqa muddatli majburiyatlarga nisbatan tarzida hisoblanadi. U quyidagi tartibda aniqlanadi: Qk= JA/JP (1)
Shu bilan birgalikda, xo'jalik subyektlarining ishlab chiqarish xususiyati, aktivlarining tarkibi kabi omillar qoplash ko'rsatkichini ifodalovchi xo'jalik va tashkilotlar balansidagi haqiqiy likvidlik holatini baholashda bir muncha noaniqliklarni vujudga keltirishi mumkin. Shu sababdan balans likvidligi ko'rsatkichini aniqlashda turli xil omillari ta'sirini kamaytirish maqsadida xo'jalik subyektlarining balans likvidligi ko'rsatkichi pul mablag'lari va yengil hal qilinadigan talablarni qisqa muddatli majburiyatlarga nisbatida aniqlanadi, ya'ni bunda tovar moddiy qiymatliklari zaxirasi hisobiga olinmasdan faqatgina real likvid aktivlar qayd etiladi.
Likvidlilik koeffitsienti - joriy aktivlardan tovar moddiy qiymatliklarni ayirish yo'li bilan joriy passivlarga nisbati orqali aniqlanadi hamda quyidagi formula bilan ifodalanadi: Lk=(JA-TMQ)/JP (2)
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
3. Avtonomiya koeffitsienti korxonani o'z mablag'lari manbalarini balansning passiv qismining jami summasiga nisbati orqali aniqlanadi va korxonaning qarz mablag'larini manbalaridan mustaqilligini ko'rsatadi.
O'z manbalari bilan ta'minlanganligi koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ak = O'MM / BP (3)
O'z aylanma mablag'larining mavjudligi:
O'zaymm=O'MM- UMA (4)
O'zamm - o'z aylanma mablag'larining mavjudligi, O'mm - o'z mablag'lari manbasi, Uma - uzoq muddatli aktivlar.
Agar xo'jalik subyektining uzoq muddatli aktivlar o'z mablag'lari manbalaridan oshib ketsa bunday holda balans nolikvidligi yuzaga keladi. Balans nolikvidligiga yo'l qo'ygan xo'jalik subyektlariga bank krediti berilmaydi. Mijozning kredit qobiliyatini aniqlovchi koeffitsientlar topilgandan so'ng, uning kredit berish bo'yicha sinflarga ajratiladi.
Tijorat banki o'zi xizmat ko'rsatayotgan mijozlar faoliyati to'g'risida doimiy axborotga ega bo'lishi, uning kredit qobiliyatini, to'lov intizomi ahvolini tahlil qilib borishi, ya'ni "ma'lumotlar banki"ni barpo etishi lozim. Kreditlash jarayonida kredit shartnomasi shartlarini bajarishga qarz oluvchi olingan kreditdan samarali foydalanishiga, uni o'z vaqtida va to'liq qaytarishiga, kreditdan foydalaniladigan butun davr mobaynida qarz oluvchi bilan yaqin aloqa saqlab turishga qaratilishi lozim.
Shu maqsadda mijozning xo'jalik moliyaviy holati, uning tuzilgan shartnomalarga nomuvofiq mahsulot yetkazib berishi borasidagi o'z majburiyatlarini, ishlab chiqarish hajmlarini qanday bajarayotgani, turli xarajatlar va yo'qotishlar, muomala chiqimlari, olayotgan foydasi, o'z aylanma mablag'lari ko'payishi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari hamda aylanma mablag'lari aylanishining ahvoli tahlil qilib turiladi.
Korxonaning kreditga layoqatlilikning qo'shimcha ko'rsatkichlari asosan mijozning aylanma aktivlari holatini yanada chuqurroq tahlil qilishni ko'zda tutadi. Ma'lumki, qisqa muddatli kreditlar xo'jalik subyektlarining aylanma aktivlariga beriladi. Shuning uchun mijozning kreditni o'z vaqtida bankka qaytara olish qobiliyati ham uning aylanma aktivlaridan foydalanishidagi samaradorlik darajasiga qarab belgilanadi. Xo'jalik subyektlari aylanma aktivlardan qanchalik samarali foydalanayotgan bo'lsa va aylanma aktivlarning aylanish tezligi qanchalik yuqori bo'lsa, kreditdan foydalanish samarasi va uni o'z vaqtida bankka to'lash imkoniyati ham shunchalik yuqori bo'lishi mumkin.
Aylanma mablag'larning aylanishi koeffitsienti joriy aktivlarning aylanish tezligi va aktivlarga qo'yilgan mablag'larning pul mablag'lariga aylanish tezligini xarakterlab, u ma'lum davr (oy, kvartal, yil) ichida aylanma mablag'lari necha marta aylanganligini ifodalaydi: CT
AK= A-y-K (5)
bu yerda: AA - aylanma aktivlarning aylanuvchanligi;
ST - sof tushum;
Ao'2 - aylanma aktivlarning o'rtacha yillik qiymati
Aylanma aktivlarning aylanishi koeffitsienti ularning harakati tezligini ifodalaydi va tahlil qilinayotgan davrda mahsulotni sotishdan tushumlarning cheklanishi hamda aylanma aktivlarning o'rtacha qiymatini hisoblab borishga imkon yaratadi. Aylanma aktivlar
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
aylanishiga qancha kam kun ketsa, korxonaning foyda olishi, binobarin kreditni bankka to'lashi shuncha tez amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda respublikamiz tijorat banklarida korxonalarning kreditga layoqatliligi tahlili va uni baholashda turli xil usullardan, aksariyat holatda koeffitsientlar usulidan foydalangan holda baholanmoqda. Biroq, ushbu tartibdagi kreditga layoqatlilikni baholash mezonlarida quyidagi kamchiliklar mavjud:
- koeffitsientlarni hisoblashdagi kamchiliklar;
- mazkur koeffitsientlar korxonaning moliyaviy ahvolini to'liq yoritib berish imkonini bermaydi;
- tahlil asnosida xorijiy tajribalar e'tiborga olinmayapti.
Birgina qoplash koeffitsientini hisoblashda amaliyoti korxonaning joriy aktivlarni joriy majburiyatlarga bo'lish orqali hisoblanmoqda. Vaholanki, joriy aktivlar tarkibidagi bir qator aktiv turlari kredit to'lovi uchun mablag' bo'la olmaydi, xususan, kelgusi davr xarajatlari, kechiktirilgan xarajatlar, byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bo'yicha hamda xodimlarga berilgan avanslar kredit to'lash uchun mablag' bo'lmagan joriy aktivlar hisoblanadi. Xuddi shunday holatlar o'z navbatida boshqa koeffitsientlarda mavjud.
Fikrimizcha, korxonaning moliyaviy ahvoliga uchta koeffitsient bilan to'liq baho berish imkonsiz. Buning uchun korxonaning moliyaviy ahvolini ochib beruvchi boshqa bir qator ko'rsatkichlardan foydalanish zarurdir. 6-jadval.
BNP Paribasning jismoniy shaxslar uchun taklif qilinayotgan chakana kredit mahsulotlari17
Kredit turi Miqdori Muddati Foizi Layoqatlik shartlari Rasmiyash tirish jarayoni
Shaxsiy ehtiyoj uchun €1,500 €75000 14-84 oy 3,4-8% Doimiy daomad manbayi, yaxshi kredit tarixi, bandlik holati moliyaviy barqarorlik Online, offline
Ipoteka Mulk qiymati va kreditorning moliyaviy holatiga qarab o'zga-ruvchan 30 yilgacha 1,5-3% Yaxshi kredit tarixi, bandlik holati, yetarli daromad manbayi. Online, offline
Avtomobil xaridi uchun Avtomobil narxiga mos o'zgaruvchan 6 yilgacha 1,5-5% yangi, 3-8% eski. Doimiy daromad manbayi, yaxshi kredit tarixi, bandlik holati, yoshi, moliyaviy barqarorlik. Online, offline
Kredit kartasi Kredit maqsadliligi va kredit kartasi turiga qarab o'zgaruvchan Kredit maqsadliligi va kredit kartasi turiga qarab o'zgaradi Yaxshi kredit tarixi, yetarli bo'lgan daromad Online, offline
17 BNP PARIBAS rasmiy sayti ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
Talaba Kreditorning moliyaviy 25- Kredit Akkredetatsiyadan o'tgan Online,
krediti holatiga qarab yilgacha summasiga ta'lim maskanida o'qigan, offline
qarab yaxshi kredit tarixi va
o'zgaradi qoniqarli o'qish yutuqlari
Societtte Generale banki jismoniy shaxslarga kredit ehtiyojlari va loyihalarni moliyalashtirishda qulayliklar yaratish uchun kredit ajratish kredit tariflarini ishlab chiqqan.
Shaxsiy kreditlar tadbirlarni moliyalashtirish, uylarni qayta jihozlash, yoki katta qiymatli mahsulotni sotib olish maqsadida beriladi. Mijozlar ushbu kreditni Online yoki offline tarzda rasmiylashtirishlari mumkin. Kredit miqdori €1,500-€75000 bo'lishi mumkin va to'lov muddatini yetti yilgacha qilib belgilash mumkin. Foiz stavkasi esa kredit muddatidan kelib chiqib belgilanadi va olingan qarz miqdoriga va kredit oluvchining kredit tarixining yaxshiligiga qarab o'zgaradi.
Avtomobil sotib olish uchun beriladigan kreditlar shartlari esa avtomobilning yangi yoki eskiligiga qarab o'zgaradi. Kredit miqdori € 1,500 dan €7500 gacha bo'lishi mumkin. Mijoz qat'iy yoki o'zgaruvchan foiz stavkasini tanlash imkoniyatiga ega.
Uy joy sotib olish uchun 10 yildan 30 yilgacha bo'lgan muddatlarida o'zgaruvchan foiz stavkasida kredit olininishi mumkin. Kredit miqdori muvofiqlik mezonlariga ko'ra, €5000 dan €2 milliongacha bo'lishi mumkin.
Umuman olganda, Societe Generale banki jismoniy shaxslarga o'z ehtiyojlarini moliyalashtirish va maqsadlariga erishish uchun turli ko'rinishga ega bo'lgan kreditlar ishlab chiqqan. Raqobatbardosh foizlar, moslashuvchan to'lovlar hamda turli moliyaviy mahsulotlarni tanlash imkoniyatini beradi.
Shu o'rinda Yevropaning boshqa bir mamlakati, Buyuk Britaniyada bank xizmatlari turlari asosan quyidagilardan iborat:
• avtokredit;
• sug'urta;
• ipoteka;
• chet el valyutasi va pul o'tkazmalari;
• kredit kartalari;
• tranzaksiya xizmatlari;
• jamg'arma hisoblari; boshqalar.
Buyuk Britaniyaning HSBC Holdings transmilliy banki London shahrida joylashgan. U dunyoda jami aktivlari bo'yicha eng yirik moliyaviy institutlardan biri hisoblanadi va bozor kapitali bo'yicha uchinchi o'rinda turadi. 7-jadval
HSBC holdings bankining kretit stavkalari18
Kreditlar Kredit olish miqdori (£) Minimal foiz stavkasi (%) Maksimal foiz stavkasi (%)
Shaxsiy kreditlar 1000-2999 21,9 24,9
3000-4999 18,9 24,9
5000-6999 7,9 17,9
18 HSBS UK rasmiy web sayti ma'lumotlari
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
7000-15000 5,8 19,9
15000-25000 6,7 17,9
Primier shaxsiy kreditlar 1000-2999 21,9 24,9
3000-4999 18,9 24,9
5000-6999 7,9 17,9
7000-15000 4,9 18,9
15000-25000 4,9 15,9
25000-30000 4,9 15,9
30000-50000 6,9 6,9
HSBC Holdins biznes bank ishi, korporativ, chakana va boshqa sohalarda mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqadi. Bank joriy hisobvaraqlari, kredit kartalari, omonat hisobvaraqlari, muddatli depozitlar hisoblari, avtokredit, shaxsiy iste'mol kreditlari, ipoteka kreditlari, overdraftlar, investitsiya fondlari, savdo hisoblari kabi chakana savdolarni taklif qiladi.
Bank jismoniy shaxslarga ajratiladigan kredtilarni tabaqalashtirish siyosatini olib boradi. Unga ko'ra so'ralayotgan kredit summasiga qarab "shaxsiy kreditlar" va "Premium shaxsiy kreditlar"ga ajratilgan. Shaxsiy maqsadlardagi kreditlar ham o'z navbatida tabaqalashadi va bu 1000 Funt sterlingdan - 25 000 Funt sterlinggacha bo'lgan miqdorni o'z ichiga oladi. Shu o'rinda foiz stavkalari ham eng yuqori darajada bo'ladi. Ya'ni 2.8 % yuqori.
"Premium shaxsiy kreditlar" ushbu turdagi kredit takliflari esa anchagina qulay shartlarda ajratiladi. Lekin pul mablag'ri ancha yuqori qiymatda bo'lishini talab qilinadi. Ya'ni, 50 000 Funt sterlinggacha.
Xulosa. Tijorat banklarida risklarni boshqarishda asosan P.S. Rouz tomonidan taklif qilingan 6 turdagi risk bo'yicha amalga oshiriladi. Ushbu risk turlari ichida kredit riski o'z o'zidan boshqa turdagi risklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli kredit riski tijorat banklarida eng katta risk hisoblanib, tijorat banklari uni boshqarishga katta e'tibor qaratishadi. Xulosa qilib aytsak, tijorat banklarida kredit samaradorligini oshirish strategiyalarining sifati ularni amalga oshirishda faol ishtirok etadigan bank tizimi xodimlarining malakasi va kasbiy layoqatiga har tomonlama bog'liq.
O'rganilgan xalqaro tajriba, shuningdek, amalda qaror topgan tartib aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlari tarkibiga korporativ maslahatchilar institutini joriy qilish zaruratini belgilaydi. Korporativ maslahatchilar institutining joriy etilishi respublika aksiyadorlarining, xususan, minoritar aksiyadorlarning huquqiy himoyalanganligi darajasini oshiradi, aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlarining faoliyatini amalga oshirishda ularning qonuniy manfaatlarini samaraliroq hisobga olish imkonini beradi.
3. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyati kabi korporativ tashkilotlar tuzilmasini qurish va ular faoliyatining asosiy tamoyillari va tartibini, huquqiy maqomini belgilash, aksiyadorlar va korporativ munosabatlarning boshqa ishtirokchilari huquqlari va majburiyatlarini tartibga soluvchi korporativ huquq me'yorlarining kompleksini shakllantirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri ekanligini yuqorida ko'rib o'tdik. O'zbekiston iqtisodiyotida esa korporativ boshqaruv tuzilmalarining faoliyatini takomillashtirish mexanizmlari xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida yaratilgan bo'lib, kundan kunga rivojlanib bormoqda. Buni
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
mamlakatimiz hududida faoliyat yuritib kelayotgan korporativ boshqaruv shaklidagi iqtisodiy tuzilmalar faoliyati bilan ifodalash mumkin.
References:
1. O'zbekiston Respublikasi prezident Shavkat Mirziyoyevning 16-fevraldagi "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori
2. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 12-maydagi "2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PF-5992-sonli Farmoni. Qonun hujjatlari milliy bazasi, 13.05.2020-y. 06/20/5992/0581-son.
3. Худякoвa Л.С. Междунaрoднoе сoтрудничествo в рaзвитии «зеленoгo» финaнсирoвaния. Денги и кредит. 2017;(7):10-18.
4. Бoгaчевa О.В., Смoрoдинoв О.В. «Зеленые» oблигaции KaK вaжнейший инструмент финaнсирoвaния «зеленых» прoектoв. Нaучнo-исследoвaтелский финaнœвый институт. Финaнœвый журнaл. 2016;(2):70-81.
5. Cui Y., Geobey S., Weber О., Lin H. The impact of green lending on credit risk in China. Sustainability. 2018;(10)6:1- 16. DOI: 10.3390/su10062008
6. Андреевa Л.Ю., Вoвченкo Н.Г., Епифaнoвa Т.В., Пoлубoткo А. А.Институты и инструменты «зеленoгo» финaнсирoвaния: риски и вoзмoжнoсти устoйчивoгo рaзвития рoссийскoй экoнoмики. Лесoтехнический журнaл. 2017.
7. Hanh H. Green finance for sustainable growth and development in Vietnam. 2016.
8. Xayitov Saidjon. O'zbekiston Respublikasida barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirishю - 08.00.02-Makroiqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.
9. Yendoviskiy D.A. Analiz i otsenka kreditosposobnosti zaemrn,ika: ucheb.-prakt. posobie / D.A. Yendoviskiy, I.V. Bocharova. M.: KNORUS, 2005.
1. Bankovskoe delo / Pod red. Beloglazovoy G.N. M.: Finansbi i statistika, 2017. 498 s.
10. Интернет-пoртaл Ассoциaтсия кредитнoгo рын^ (Лoaн Мaркет Ассocиaтиoн). URL: https://www.lma.eu.com
11. Basel Committee on Banking Supervision, Consultative Document Sound Practices: Implications of fintech developments for banks and bank supervisors Issued for comment by 31 October 2017-ma'lumotlari.
12. Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki - "Yevroosiyo banklarida korporativ boshqaruv nomli" qo'llanma. - 2019.
13. http://www.norma.uz
14. http://www.mv.uz
15. www.gov.uz
16. www.lex.uz
17. www.mineconomy.uz
18. www.academy.uz
19. www.stat.uz
20. www. soliq.uz
21. www.cbu.uz
22. https://www.oecd.org
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz