Научная статья на тему 'TIJORAT BANKLARINING MUAMMOLI KREDITLARINI OLDINI OLISH YO‘LLARINI TAKOMILASHTIRISH'

TIJORAT BANKLARINING MUAMMOLI KREDITLARINI OLDINI OLISH YO‘LLARINI TAKOMILASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
21
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tijorat bank / debit / kredit hisob varag‘i / kredit / risk / muddati o‘tgan to‘lovlar / muammoli kredit.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamirov Shoxrux, Ergasheva Lobar

Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar miqdori ko‘payib borayotganligi sababli ,muammoli kreditlar ham kengayishda davom etmoqda.Banklar raqobatga qarshi kurashda qatnashish uchun xizmatlarining turini va sifatini rivojlantirishga,urg‘u kiritmoqdalar.Shunindek banklar kredit portfelini oshirish va muammoli kreditlarning miqdorini kamaytirish borasida yangi amaliyotlarni joriy etishga intilishmoqda.Bu, tijorat banklarining o‘z kapitalini milliy va xalqaro standartlarga yaqinlashganligi haqida ilmiy va amaliy maqbul tadqiqotlarni talab etmoqda. Kredit operatsiyalarini bajarishda muammoli kreditlarining paydo bo‘lishi, ularning moliyaviy hisobini xalqaro standartlar bo‘yicha to‘g‘ri tuzilishi zarur ekanligini bildirishmoqda. Mazkur maqolada, bank tizimidagi kredit portfellarini va muammoli kreditlarni o‘rganish bilan bog‘liq masalalar, shuningdek kredit berish va qaytarib olish tizimlarining samarali faoliyatini ta'minlash bo‘yicha qonunchilik doirasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ularning tahlili mavjud. Bundan tashqari, ushbu sohada kredit berish va qaytarib olish tizimlarining samarali faoliyatini ta'minlash uchun ba'zi maslahatlar ham taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIJORAT BANKLARINING MUAMMOLI KREDITLARINI OLDINI OLISH YO‘LLARINI TAKOMILASHTIRISH»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

TIJORAT BANKLARINING MUAMMOLI KREDITLARINI OLDINI OLISH

YO'LLARINI TAKOMILASHTIRISH

Mamirov Shoxrux1, Ergasheva Lobar2

1Toshkent amaliy fanlar unversiteti Bank ishi va audit yo'nalishi 2-kurs talabasi 2Toshkent amaliy fanlar unversiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13383836 Annotatsiya: Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar miqdori ko'payib borayotganligi sababli ,muammoli kreditlar ham kengayishda davom etmoqda.Banklar raqobatga qarshi kurashda qatnashish uchun xizmatlarining turini va sifatini rivojlantirishga,urg'u kiritmoqdalar.Shunindek banklar kredit portfelini oshirish va muammoli kreditlarning miqdorini kamaytirish borasida yangi amaliyotlarni joriy etishga intilishmoqda.Bu, tijorat banklarining o'z kapitalini milliy va xalqaro standartlarga yaqinlashganligi haqida ilmiy va amaliy maqbul tadqiqotlarni talab etmoqda. Kredit operatsiyalarini bajarishda muammoli kreditlarining paydo bo'lishi, ularning moliyaviy hisobini xalqaro standartlar bo'yicha to'g'ri tuzilishi zarur ekanligini bildirishmoqda. Mazkur maqolada, bank tizimidagi kredit portfellarini va muammoli kreditlarni o'rganish bilan bog'liq masalalar, shuningdek kredit berish va qaytarib olish tizimlarining samarali faoliyatini ta'minlash bo'yicha qonunchilik doirasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar va ularning tahlili mavjud. Bundan tashqari, ushbu sohada kredit berish va qaytarib olish tizimlarining samarali faoliyatini ta'minlash uchun ba'zi maslahatlar ham taklif etilgan..

Kalit so'zlar: Tijorat bank,debit, kredit hisob varag'i, kredit, risk, muddati o'tgan to'lovlar, muammoli kredit.

1 KIRISH

Globallashuv va raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayonida banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar miqdori oshib borishi bilan tijorat banklarida kredit monitoringini takomillashtirish zarurati oshib bormoqda. Kreditlar tijorat banklar tomonidan ajratiladi va ularni to'g'ri boshqarish, o'z vaqtida qaytarilishini nazorat qilish uchun kredit monitoringi olib boriladi. Kredit monitoringi jarayoniga kirmasdan oldin kreditning asosiy mohiyati to'xtalib o'tish muhimdir. Kredit berishning bosqichlari va berilgan kreditlarni monitoring qiyish jarayoni ham ko'zdan kechiriladi.

Kredit, bo'sh turgan mablag'lar ssuda fondiga to'lanadi va ularni pulga muhtoj bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish, boshqa ehtiyojlar uchun ma'lum muddatga va foiz to'lovlari bilan qaytarish sharti bilan berish munosabatlari haqida ma'lumot beradi. Kredit oluvchi yozma yoki og'zaki ariza bilan kredit bo'limi xodimiga murojaat qiladi. Xodim arizani ko'rib chiqqandan so'ng va kredit oluvchi bilan muzokara olib borishdan oldin, bankning mas'ul xodimi taqdim etilgan ma'lumotnoma, huquqiy va moliyaviy hujjatlarni o'z quyidagi ichiga oladi:

• boshqaruv organlarining huquqiy holati va vakolatlari;

• mijozning moliyaviy holati; kreditning maqsadi va uni amalga oshirish haqiqati; to'lash manbalari;

• kafolat berish usullari; boshqa kreditorlar oldida qarzlarning mavjudligi.[1]

Bank, kredit olish arizasini ko'rib chiqqandan so'ng, quyidagi sabablarga ko'ra kredit olishni rad etishi mumkin:

-Kredit arizasida ko'rsatilgan maqsad va vositalar bank kredit siyosatidan farq qilsa;

-Qarz oluvchi-mulkdonning o'z korxonasi kapitalidagi ulushining ahamiyatsizligi mavjud bo'lsa;

-Qarz berish maqsadga muvofiqligiga ishonch qilinmasa;

-Kredit operatsiyasida ishtirok etayotgan shaxslar haqida shubha bo'lsa.

Qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun moliya-xo'jalik faoliyati tahlili amalga oshiriladi. Bu tahlil qilish jarayonida qarz oluvchining likvidligi va to'lov qobiliyati, mablag'lari mavjudligi, faoliyatning rentabelligi ko'rib chiqiladi. Tovarlar ayirboshlash koeffitsientlari (masalan, aktsiyalar, debitorlik va kreditorlik qarzlari) ham hisoblanadi va tahlil qilinadi. Qo'shimcha ravishda, tashkilotning pul oqimlari ham tahlil qilinadi.

Ba'zi banklarda kredit bo'yicha mutaxassislar faqat kredit berish shartlarini ishlab chiqaradi va barcha fayllarni tayyorlayadi, tasdiqlash huquqi esa yuqori martabali ma'muriyat va kredit qo'mitasiga bog'liq bo'lib, direktorlar va tajribali kredit bo'yicha mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa banklarda kredit mutaxassisi o'zi tayyorlagan barcha kredit arizalari bo'yicha qaror qabul qilishi mumkin va kredit qo'mitasi tomonidan tasdiqlanishi talab etiladi. Kredit qo'mitasi kredit berish bilan bog'liq ko'p masalalarni ko'rib chiqish yoki qaror qabul qilish

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

huquqiga ega bo'lgan maxsus organ bo'lib, faqat alohida hollarda ularni boshqaruv kengashiga taqdim etadi. Kredit qo'mitasi tarkibida kengash vakillari, kredit, yuridik, valyuta va tijorat bo'limlari hamda bankning bosh buxgalteri ishtirok etadi. Kredit qo'mitasi ko'rib chiqishi uchun hujjatlar to'plamiga quyidagilar kiradi:

• ariza;

• kredit bo 'yicha ekspertizaga oid xulosasi;

• qarz oluvchining so'rovnamasi;

• xavfsizlik xizmatining xulosasi;

• yuridik xizmatning xulosasi; va hokazo.[2]

Kredit berish qaror qabul qilingandan so'ng, bank

kredit shartnomasini tuzish jarayoniga kiradi, bu bosqich "kreditning tuzilishi" deb nomlanadi. Kredit shartnomasi tuzilgandan so'ng, uning tasdiqlanishi uchun bank yuridik xizmati bilan amalga oshiriladi. Kredit shartnomasi va garov shartnomasining imzolash jarayoni qarz oluvchi va imzolash huquqiga ega bo'lgan shaxslar tomonidan olib boriladi, masalan, direktor va bosh buxgalter. Kredit bo'limi iqtisodchisi tomonidan imzolash vakolati mavjudligini tekshirishi kerak. Kredit shartnomasi bank tomonidan direktor va bosh buxgalter tomonidan imzolangan bo'ladi.

Kredit shartnomasi va garov shartnomasi ikki nusxada bo'ladi. Agar notarial tasdiqlash va garov shartnomasini ro'yxatdan o'tkazish talab qilinmasa, to'rt nusxada bo'ladi. Agar notarial tasdiqlash va garov shartnomasini ro'yxatdan o'tkazish zarur bo'lsa: birinchi nusxada garov beruvchi, ikkinchisi bank, uchinchisi notariusda saqlanadi, to'rtinchi nusxada esa bitimni ro'yxatdan o'tkazadigan masofada saqlanadi.

Keyin garov shartnomasi kassaga kirim qilinadi. Qarz oluvchining barcha yig'ilgan hujjatlari kreditlarni monitoring qilish bo'limiga topshiriladi. Kreditni chiqargan mutaxassis barcha hujjatlarni taqdim etdim deb yozma bayonnoma yozib qo'ydilar va Monitoring bo'limi mutaxassisi uni qabul qildim deb imzo chekib tasdiqladi. Endi asosiy vazifa Kredit monitoringgi bo'limi zimmasiga yuklatiladi. Monitoring bo'limi mutaxassi ushbu kreditni qabul qilgan qarz oluvchi haqida ishni to'kib kredit muddati tugaganidan so'ng barcha to'lovlarni tugatgandan so'ng kreditni yopadi. Hujjatlarni qabul qilishdan so'ng xodimlar birinchi navbatda kreditning maqsadliligini tekshirib dalolatnoma tuzishi kerak. Ya'ni, qarz oluvchi olgan kredit summasini maqsadli ishlatib yoki yo'qligini aniqlash lozim. Buni muddati belgilanadi, misol uchun, Coca-Cola O'zbekiston xomashyo sotib olish uchun 300 mln so'm kredit olgan. Mahsulot 15 kunda yetib keladi, pul bankdan chiqib ketgan 15 kundan so'ng "Akt ^toboh " qilishi kerak. Maqsadlilikni tekshirish kerak. Keyin kreditni berilgan faoliyat joyiga borib, qarz

www.in-academy.uz

oluvchining faoliyatini tekshirishi kerak. Keyinroq, ishni garovga olingan mol mulk yoki avtotransportning saqlanish holatini o'rganishi kerak, yani, mulkka zarar yetmaganligini tekshirishi kerak. Bu jarayonlar O'zbekiston amaliyotida har 3 oyda bir o'tkazilishi shart. Kredit monitoring bu jarayonlar bilan tugagan emas, balki kreditlarni o'z vaqtida to'xtatish va muammoli kreditlar bilan ishlash bilan davom etadi.[3] 2 MUHOKAMA VA NATIJALAR Hozirgi kunda har bir tijorat banki o'z kredit siyosatini belgilaydi va kredit munosabatlarini ushbu siyosat orqali yuritadi, Markaziy bank esa umumiy kreditlash ko'rsatmalarni taqdim etadi. Shu o'rtasida kredit liniyalari haqida gaplashib o'tsak. Xorijiy bank amaliyotida kreditlashning ikki usuli mavjud. Birinchi usulda har bir ssuda shaxsga individual tartibda kredit beriladi, maqsadga muvofiqligini tekshirib, mablag'ni qondirish kerak. Ushbu usul aniq muddatga kredit ajratish uchun ishlatiladi. Ikkinchi usulda bank tomonidan qarz oluvchiga oldindan belgilangan kredit limiti asosida kredit beriladi, qarz oluvchi esa belgilangan muddatda to'lov majburiyatini amalga oshiradi. Kreditlashning bu shakli kredit liniyasi deb ataladi. Ochilgan kredit liniyasi, bank va mijoz o'rtasidagi shartnomaga asosan barcha pul hujjatlarini bank hisobiga to'lash imkoniyatini 1 yilga beradi, lekin undan qisqa muddatga ham ochilishi mumkin. Kredit liniyasi muddati davomida mijoz bank bilan qo'shimcha kelishuvni talab etganda kredit olishi mumkin. Ammo, bank qarz oluvchining moliyaviy holatini zayiflashganini aniqlasa, belgilangan limit chegarasida kredit berishni to'xtatishi mumkin. Kredit liniyasi, odatda, moliyaviy barqaror va ehtiyotkor mijozlarga beriladi. Mijoz so'roqiga asosan, kreditlash limiti qayta ko'rib chiqilishi mumkin.

Kredit liniyasi, bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan qarz oluvchiga ma'lum muddat davrida kelishilgan limit doirasida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan kredit berish majburiyati hisoblanadi. Kredit liniyasining ochilishi kreditor va qarzdorning uzoq muddat davomidagi xamkorligini anglatadi.

Shu o'rinda xalqaro kredit liniyasiga ta'rif bersak: xalqaro kredit liniyasi bu xalqaro miqiyosda qarz oluvchiga ma'lum davr mobaynida kelishilgan limit doirasida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan kredit berish majburiyati hisoblanadi.[4] Tijorat banklarida "qoniqarsiz" sifatga ega aktivlar uchun, ularga qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yigirma besh foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi kerak. Agar aktivlar birorta omillaridan hech bo'lmaganda, ular "shubhali" sifatga tushadi. Shubhali aktivlarning birorta ko'rsatkichi bo'lishi yoki boshqa salbiy tavsiflar mavjud bo'lishi

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ

mumkin, masalan, oson sotiladigan ta'minotning mavjud emasligi yoki ta'minlanmagan aktivlarning mavjudligi yoki qarz oluvchining bankrot deb e'lon qilinishi. Yaqin kelajakda aktivning qisman to'lanish ehtimoli mavjud bo'lsa, shuningdek, aktivlar uchun qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining ellik foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantiriladi agar asosiy qarz va foizlar bo'yicha 90 kundan ortiq lekin 180 kundan kamroq muddatda o'tgan qarzdorlik mavjud bo'lsa, aktiv "umidsiz" deb tasniflanadi va qaytarilmagan qarz (qoldiq) summasi yuz foizi miqdorda maxsus zaxira shakllantiriladi.[5]

Tijorat banklari "umidsiz" deb tasniflangan aktivlar uchun qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yuz foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi kerak. Banklar, kredit portfelini tahlil qilgan holda, aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarga qarshi zaxiralar shakllantirishi yuzasidan majburiy ko'rsatmalar yuborishlari mumkin. Bundan tashqari, yangi kiritilgan o'zgartirishlar va qo'shimchalarga ko'ra, bank tomonidan ajratilayotgan barcha kreditlar bo'yicha to'lovlar kredit shartnomasining butun amal qilish muddatiga bo'lib bo'lib to'lanishi belgilangan holda bo'lib qolgan. Ushbu qoida muammoli kreditlarning paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi belgi sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, yangi kiritilgan o'zgartirishlariga qarab, tijorat banklari o'z aktivlari sifatini tasniflash bo'yicha bir qator yangiliklar kiritilgan. Jumladan, avvalgi qoidalarga ko'ra, 30 kundan oshgan kreditlar "standart",

90 kundan oshgan kreditlar "substandart", va 180 kundan ortiq kunga to'lov kechiktirilgan kreditlar "umidsiz" sifatida tasniflanadi, lekin yangi tartibga ko'ra, shartnomada to'lanmagan va grafik bo'yicha asosiy qarz va foizlar bo'yicha oraliq to'lovlar 180 kundan ortiq bo'lgan barcha kreditlar "umidsiz" sifatida tasniflanadi. Bugungi kunda, tijorat banklari kredit qo'yilmalarini etarli darajada diversifikatsiyalangan bo'lib, bank tizimida iqtisodiyot sohalariga bog'liq xatarlar mo'tadil darajada shakllangan.[6]

Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston banklarida fevral oyida ham muammoli kreditlar (NPL) hajmi o'sishda davom etgan. Xususan, o'tgan oyda NPL miqdori 836 mlrd so'mga ko'paygan va jami qoldig'i 20,8 trln so'mga etgan. Muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 4,4 foizgacha o'sgan.

Shuningdek, fevralda banklarning kredit portfeli yanvar oyidan farqli ravishda 2,8 trln so'mga oshib, 472,4 trln so'mga teng bo'lgan. Kredit portfeli davlat banklarida 1,5 trln so'mga, xususiy banklarda esa 1,2 trln so'mga ko'paygan.

Davlat ulushi mavjud banklar NPL o'sishiga asosiy hissani (724 mlrd so'm) qo'shgan.Jumladan, NPL o'sishida eng katta hissani Biznesni rivojlantirish banki (+547 mlrd so'm) va O'zsanoatqurilishbank (+300 mlrd so'm) qo'shgan. Xususiy banklar orasidagi NPL'ning asosiy o'sishi Ipoteka-bankda (+250 mlrd so'm) kuzatilgan.Quyidagi rasmda fevral oyida tijorat banklarining muammoli kreditlari va ularning miqdori keltirib o'tilgan

Банк ноии Кредит портфель Муаммоли креднлар (NPL) Муаммоли кредитларнинг жами кредитлардаги улуши

N* долатига ^олатига Уэгариши (♦.-> \олатига ф>латига Уэгариши <♦.-> ^>латмга ^олатига Уэгариши (♦.->

Жаии 469 600.4 472 406.9 2 806.5 20 013.9 20 8S0.3 836 4 4.3% 4.4% 0.2%

Давлат улуши мавжуд банклар 32* 5*1.1 331 151.0 1 559.9 15 418.2 16141.8 723.5 4.7% 4.9% 0.2%

1 Уэмиллийбанк 97 671,7 98 797.0 1 125 3 3 520,0 3 399 9 -120,0 3.6% 3.4% -0.2%

2 Уэсаноатк,урилишбанк 56 744,4 57 396,8 650.3 2 188.9 2 489.0 300J 3,9% 4,3% 0.5%

3 Агробанк 54 350,1 54 498.0 147.9 2 044.9 2 019.8 -25.1 3.8% 3.7% -0,1%

и Дсакабанк 38 678.3 38 397.9 -280.4 1 839.7 1 874,8 35.1 4.8% 4.9% 0,1%

5 Халч банки 24 313.8 24 646.5 352.7 1 848.4 1 840.7 -7.7 7.6% 7.5% -0,1%

6 Бизнесни риаожлантириш банки 21 528.9 21 103,8 -425.1 2 358.1 2 905.4 547.3 11,0% 13.8% 2.8%

7 Микрокредитбанк 14 259,9 14 199.3 -60.6 887,6 912,4 24,8 6.2% 6.4% 0,2%

8 Турон банк 11 815.4 12 073.0 257,6 300.2 305.2 5.0 2.5% 2,5% 0.0%

9 Алок^ банк 10 149.8 9 938.1 -211.7 428,5 394,2 -34.3 4.2% 4.0% -0.3%

10 Пойтахт банк 76.8 80,7 3.9 1.8 0.1 -1.7 2.3% 0,1% -2.2%

Боинга банклар 140 009.4 141 255.9 1 246.5 4 595.7 4 708.5 112.9 3.3% 3.3% 0.1%

11 Ипотека банк 37 893.3 37 488,1 -405.3 2 768.9 3 019,0 250.2 7,3% 8.1% 0.7%

12 Капитал банк 26 910.2 26 978.0 67.6 452.6 490,1 37,5 1.7% 1,8% 0,1%

13 Хамкор банк 16 008,5 16 445,2 436.6 139.3 120,2 -19,0 0.9% 0.7% -0,1%

14 Ипак йули банк 12 003.8 11 961.5 -42.2 263,7 111.3 -152.5 2.2% 0.9% -1.3%

15 Ориент Финанс банк 6 540,1 8 872,5 332.4 1.9 1.9 0.0 0.0% 0.0% 0,0%

16 Инааст Финанс банк 6 429.2 6 413.9 -15.3 130.5 131.3 0.7 2.0% 2.0% 0.0%

17 Траст банк 5 079,8 5 286,2 206,3 44,2 106,6 62,4 0.9% 2.0% 1,1%

■к: Давр банк 5 067.7 5 175.8 108,0 110,2 43,5 -66.6 2,2% 0.8% -1.3%

19 Тибиси банк 3 988.5 4 190,0 201.4 128.2 87.3 -40,9 3.2% 2.1% -1.1%

20 Тенге банк 3 970,1 3 989.3 19,1 80.5 141.5 61,1 2,0% 3,5% 1,5%

21 Азия Альянс банк 3 938.0 3 965,5 27,5 58,9 45,9 -12.9 1,5% 1,2% -0,3%

22 Анор банк 3 207.5 3 301,2 93,7 63,9 64.2 0,3 2,0% 1.9% 0.0%

23 УэКДБ банк 2 682,7 2 700.5 17.8 0.0 0.0 0.0 0.0% 0.0% 0.0%

24 Зираат банк 1 557.9 1 681.7 123.8 53,8 51.0 -2.9 3,5% 3.0% -0.4%

25 Универсал банк 1 207,1 1 257,1 50,0 33,6 15.1 -18,5 2.8% 1,2% -1.6%

26 Гарант банк 891,6 893.7 2.1 70,4 85.2 ____14.8______ 7,9% 9,5% 1.6%

27 Мадад инвест банк 288,9 286,3 -2.4 81.0 80,1 -0.9 28,0% 28.0% 0,0%

28 □ктобанк 147.2 146.3 -0.9 110,4 110,5 0,1 75.0% 75.6% 0.6%

29 Х,ает банк 50.0 59,1 9,1 0.0 0.0 0.0 0.0% 0.0% 0.0%

3 0 Узум банк 47,4 50,0 2,6 0,0 0,0 0,0 0,0% 0.0* 0,0%

31 Янги банк 35.5 48.5 13.0 0.0 о.о 0.0 0.0% 0.0% 0.0%

32 Апекс банк 31.0 32.0 1.0 0.0 0.0 0.0 0.0% 0.0% 0.0%

33 Эрон Содерот банк 20.1 19,0 -1.1 3.8 3.8 0.0 18.9% 20,1% 1.2%

34 ABO банк 12.5 14.6 ?.1 0.0 0.0 0.0 0.0% 0.0% 0.0%

Смаот банк 0.2 0.2 -0.1 0.0 0.0 0.0 0.0% 0.0% 0.0%

1-rasm: Tijorat banklarining muammoli kreditlari(NPL) va kredit portfeli to'g'risida ma'lumot (2024-yil yanvar va fevral oyi uchun)1

1 https://cbu.uz/oz/statistics/bankstats/1649317/

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent.mm.y2om www.in~academy.uz

3 XULOSA

Barcha ko'rsatilganlarni xulosalaylik, bank kreditlari to'g'ri ko'rsatilishi kerak, bu ham buxgalteriya hisoblarida hamda moliyaviy hisobotlarda to'g'ri aks etishi bilan aloqador. Kredit ajratilgandan so'ng, kredit monitoringi o'tkazilishi nazoratni kuchaytirishni talab qiladi. Berilgan kreditlarni monitoring qilib, ularni qanday maqsadda foydalanildigini va qanday darajada samaradorlikka erishilayotganligini aniqlash mumkin. Banklar kreditlarni berish va ularni undirish jarayonlarini amalga oshirish orqali jamoatga xizmat ko'rsatishlari kerak. Shubhali va umidsiz ssudalar tasniflanishining ommadagi ta'siri pastroq bo'lgan kredit

REFERENCES

[1] Абдикаримова Д.Р. Банк кредитлари гаров таъминотини ба^олаш. Монография. - Т.: «Идтисод-Молия», 2016. - 168 б.

[2] Абдикаримова Д.Р. Банклар гаров таъминотини ба^олаш зарурлиги ва асосий тамойиллари.// «Молия» журнали. - Тошкент, 2015. - №4. - Б. 58-63. (08.00.00; №12)

[3] Абдикаримова Д.Р. Узбекистонда ба^олаш институтининг шаклланиш ва ривожланиш босдичлари.// «Молия» журнали. - Тошкент, 2016. -№1. - Б. 93- 98. (08.00.00; №12).

[4] Abdullaeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. T.: Moliya, 2012, 124-6.

[10]

hajmini qisqartirish. Banklar yuqori darajada likvidlikka ega obyektlardan foydalanishni kuchaytirishlari kerak. Kreditlarni undirishni kuchaytirish maqsadida, bank xodimlari va mijozlar orasidagi aloqalarni kuchaytirish va doimiy ravishda ma'lumot almashishni ta'minlash lozim. Umumiy holatda, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar hajmi o'sib borayapti va bu mamlakatimiz iqtisodiyotining o'sishi uchun juda muhimdir. Bunday holatda, banklar o'zlariga katta xatarlarni ham olishlari mumkin. Agar takliflar amalga oshirilsa, tijorat banklarining kredit riski va bu orqali moliyaviy holatlarga salbiy ta'sirini kamaytirish mumkin

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[5] 5 .ПещанскаяИ.В.Организатсиядеятелностик оммерческогобанка: Учебноепособие. -М.: ИНФРА-М, 2001,33-6.

[6] РоузП. Банковскийменеджмент. Пер. сангл. -М.: Дело, 2019, 192-б.

[7] .Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarish. h.Abdullaeva, Z,Safarova.!Moliya! 2020

[8] Управлениедеятелностюкоммерческогобанк а(банковскийменеджмент)/ Подред. д-раэкон. наук, проф. О.И.Лаврушина. -М.: Юристъ, 2002, 456-б

[9] O =zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari, 2020-2021 yillar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.