Научная статья на тему 'TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI VA UNI SAMARALI BOSHQARISH'

TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI VA UNI SAMARALI BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
990
146
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tijorat banklari / kredit portfeli / muammoli kredit / kredit portfeli sifati / samaradorlik. / ommercial banks / loan portfolio / problem loan / loan portfolio quality / efficiency.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Malikova D.M., Xamroyev Y.

Tijorat bankining kredit portfelini va kredit risklarini boshqarish masalalari banklarning kredit faoliyatini o‘rganishda ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi. Tijorat bankining kredit portfelining sifati uning kredit siyosatining muhim xususiyati hisoblanadi. Mazkur maqolada tijorat banklarining kredit portfeli tushunchasining mazmun-mohiyati, kredit portfelining sifati tahlili va bank kredit portfelini samarali boshqarishga qaratilgan takliflar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Issues of credit portfolio and credit risk management of a commercial bank are among the priority directions in the study of banks’ credit activities. The quality of a commercial bank’s loan portfolio is an important feature of its credit policy. This paper presents the essence of the concept of credit portfolio of commercial banks, analysis of the quality of the credit portfolio, and proposals aimed at effective management of the bank’s credit portfolio.

Текст научной работы на тему «TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI VA UNI SAMARALI BOSHQARISH»

TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI VA UNI SAMARALI

BOSHQARISH

Malikova D.M.

SamISI, "Investitsiya va innovatsiyalar" kafedrasi katta o'qituvchisi Xamroyev Y.

SamISI talabasi

Annotatsiya. Tijorat bankining kredit portfelini va kredit risklarini boshqarish masalalari banklarning kredit faoliyatini o'rganishda ustuvor yo'nalishlardan hisoblanadi. Tijorat bankining kredit portfelining sifati uning kredit siyosatining muhim xususiyati hisoblanadi. Mazkur maqolada tijorat banklarining kredit portfeli tushunchasining mazmun-mohiyati, kredit portfelining sifati tahlili va bank kredit portfelini samarali boshqarishga qaratilgan takliflar keltirilgan.

Kalit so'zlar. Tijorat banklari, kredit portfeli, muammoli kredit, kredit portfeli sifati, samaradorlik.

Abstract. Issues of credit portfolio and credit risk management of a commercial bank are among the priority directions in the study of banks ' credit activities. The quality of a commercial bank's loan portfolio is an important feature of its credit policy. This paper presents the essence of the concept of credit portfolio of commercial banks, analysis of the quality of the credit portfolio, and proposals aimed at effective management of the bank's credit portfolio.

Key words. Commercial banks, loan portfolio, problem loan, loan portfolio quality, efficiency.

Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi banklar va bank xizmatidan foydalanuvchilar o'rtasidagi masofani sezilarli darajada kamaytirishi, banklararo raqobatni kuchaytirishi va shu sababli bank xizmatlarining miqdoriy va sifat jihatidan rivojlanishiga hissa qo'shib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi bank tizimining samaradorligini oshirish iqtisodiyotning real sektorini kreditlashda banklarning faol ishtirok etishi bilan bog'liqdir. Biroq, mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda bir qancha qiyinchilik va muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda tijorat banklarining daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil etuvchi kreditlar orasida muammoli aktivlarning mavjudligi sezilarli bo'lmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek, «muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini yanada kengaytirishini, ularni undirish bo'yicha banklar, qarzdor korxonalar, kompaniya va uyushmalar, hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi zarurligi lozim».

Kredit portfeli sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari o'sishining mo''tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro

miqyosda amaliy tajribaga ega bo'lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta'minlash O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilab berilgan.

Turli ilmiy manbalarda "tijorat banklari kredit portfeli" tushunchasi bank tizimi faoliyati bilan bog'liq munosabatlarni anglatadigan asosiy tushunchalardan biriga aylanib qoldi. Uning tez orada ommalashib ketishiga sabab shundaki, "kredit portfeli" tijorat banklarining kredit bilan bog'liq butun faoliyatida hal qiluvchi o'rin tutadi. "Kredit portfeli" tijorat banklarining kredit berish imkoniyatlarini ko'rsatadigan omillardandir.

Shu bois, tijorat banklarida kredit portfelini samarali boshqarish muhim vazifalardan biridir. Bank kredit portfelini boshqarish tizimi faoliyatining zamirida to'rt asosiy tamoyil turadi:

Birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to'g'risida» gi talablari doirasida bank kreditlari asosiy mezonlar bo'yicha muntazam ravishda baholanadi;

Ikkinchidan, bank tomonidan ajratilayotgan kreditlarning ta'minlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish. Bunda shuni hisobga olish zarurki, ta'minot kredit berilayotganda uni so'ndirishning bosh manbai hisoblanmaydi. Bank ta'minotdan kredit so'ndirilmasligi risklarini kamaytirish maqsadida foydalanadi, xolos.

Uchinchidan, kredit monitoringini amalga oshirish. Kredit portfeli monitoringi quyidagilarni nazarda tutadi:

a) kreditni monitoring qilish;

b) kredit portfelini monitoring qilish.

Hozirgi paytda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo'naltirilayotgan bank kreditlar hajmi oshishi, bank kreditlaridan foydalanayotgan turli mulkchilik va xo'jalik yuritish shaklidagi mijozlar miqdori ko'payishi va banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va ular samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo'yicha hisoblangan foizlarni o'z vaqtida undirib olishni ta'minlash banklar kredit portfeli ustidan doimiy monitoring olib borishni talab etmoqda.

To'rtinchidan, kredit portfelini auditdan o'tkazish va kredit risklarini boshqarish. Kredit portfeli ichki va tashqi auditorlar tomonidan audit tekshiruvidan o'tkaziladi.

Muammoli kreditlarning tijorat banklarining kredit portfelidagi ulushi 2021 yil 1 yanvar holatiga 2,09 % ni tashkil etgan bo'lsa, 2022 yil 1 yanvar holatiga bu ko'rsatkich 3,11 bandga oshib, 5,2% ni tashkil etdi, 2023 yil boshiga esa NPL darajasi 3,6% ga teng bo'ldi. Mahalliy tijorat banklarimizning kredit portfeli 2021 yilda 117,84% ga 2020 yilga nisbatan oshgan. 2021 yil 1 yanvar holatiga tijorat banklarining kredit portfelida muammoli kreditlar (NPL) miqdori 5 784,83 mlrd. so'mdan iborat bo'lib, 2022 yil 1 yanvar holatiga bu ko'rsatkich 16 974,03 mlrd. so'mga yetgan bo'lsa, 2023 yil 1 yanvar holatiga ko'ra NPL ning miqdori 13 992,0 mlrd. so'mni tashkil etmoqda.

Ma'lumki, bank kreditlarining sifati bank tizimi va butun iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim ko'rsatkichlardan biri bo'lib hisoblanadi. Xalqaro ekspertlarning fikricha, yalpi kredit portfelida muammoli aktivlar ulushining 10-15% dan ortishi bank sektorida tizimli inqirozdan darak beradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa sifatida shuni aytish joizki, tijorat banklari kredit portfelini boshqarishning asosiy vazifalari qo'yidagilardan iborat bo'lishi, bank faoliyatida yuzaga keluvchi xatarlarni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Bular:

> kredit xatari darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni baholash;

> ssudalarni xatar guruhlari bo'yicha tasniflash;

> kredit portfelini kredit xatari, mijozlar tarkibi va ssudalar tarkibi bo'yicha ma'qullashtirish;

> kredit xatarini prognoz qilish maqsadida qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy ahvoli o'zgarishi ehtimolini aniqlash;

> muammoli ssudalarni oldindan aniqlash;

> yaratilayotgan zaxiralarni yetarliligini baholash va uni o'z vaqtida ta'minlab borish;

> kredit qo'yilmalarini diversifikatsiya qilish, ularning likvidliligini va daromadliligini ta'minlash;

> bankning kredit siyosatini ishlab chiqish va uni kredit portfelining sifatli tahliliga asoslangan holda yuritishdan iborat.

Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishda yuqoridagilarga amal qilish, bankning kredit faoliyati samaradorligini oshiradi, o'z navbatida, bankning ko'radigan foydasi ham oshadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Коваленко Сергей Борисович, Швейкин Игорь Евгеньевич Кредитный портфель банка и его роль в предотвращении кредитного риска // Промышленность: экономика, управление, технологии. 2019. №1 (75). URL: https://cyberleninka.ru/article/n7kreditnyy-portfel-banka-i-ego-rol-v-predotvraschenii-kreditnogo-riska.

2. Омонов А.А., Коралиев т.М "Пул ва банклар" Дарслик. Т.: "ИКТИСОД-МОЛИЯ", 2019 й. - 461 б.

3. Маликова Дилрабо Муминовна, Бурханов Искандар Шухратович КРЕДИТНЫЙ ПОРТФЕЛЬ БАНКОВ И МЕТОДЫ ЭФФЕКТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ ИМ // JMBM. 2023. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/kreditnyy-portfel-bankov-i-metody-effektivnogo-upravleniya-im.

4. Бектемиров Абдумалик, Маликова Дилрабо Муминовна, Каримов Мардон Акрам Угли ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА МУАММОЛИ КРЕДИТЛАРНИ БОШКАРИШ АМАЛИЁТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //

JMBM. 2023. №2. URL: https://cybeгleninka.ra/aгtide/n/tizhoгat-banklarida-muammoli-kreditlarni-bosh-arish-amaliyotini-takomillashtirish.

5. Бектемиров Aбдyмaлик, Мaликовa Дилрaбо Мyминовнa, №pHa3apoB Умид Нaржигитович БAНК КРЕДИТ ПОРТФЕЛИ BA УНИ СAМAPAЛИ БОШKAPИШ ЙУЛЛAPИ // JMBM. 2023. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7bank-kredit-portfeli-va-uni-samarali-bosh-arish-y-llari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.