Научная статья на тему 'Kichik biznesning moliyaviy resurs manbalari'

Kichik biznesning moliyaviy resurs manbalari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1129
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Kichik biznes / tadbirkorlik moliyasi / moliyaviy resurslar / moliyalashning ichki manbai / moliyalashning tashqi manbai / kredit / kredit mablag‘lari / tijorat krediti / firma krediti / faktoring / overdraft

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gulrukh Djumanazarovna Khasanova, Bekhruz Tohirovich Boltaev

Maqolada kichik biznesning moliyaviy resurs manbalari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Shuningdek maqolada zarar ko’rib ishlayotgan kichik biznes korxonalarini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Kichik biznesning moliyaviy resurs manbalari»

Kichik biznesning moliyaviy resurs manbalari

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova Bekhruz Tohirovich Boltaev Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya: Maqolada kichik biznesning moliyaviy resurs manbalari to'g'risida fikr yuritilgan. Shuningdek maqolada zarar ko'rib ishlayotgan kichik biznes korxonalarini moliyalashtirish manbalari to'g'risida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Kichik biznes, tadbirkorlik moliyasi, moliyaviy resurslar, moliyalashning ichki manbai, moliyalashning tashqi manbai, kredit, kredit mablag'lari, tijorat krediti, firma krediti, faktoring, overdraw

Sources of financial resources of small business

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova Bekhruz Tahirovich Boltaev Bukhara Institute of Engineering and Technology

Abstract: The article discusses the sources of financial resources of small businesses. The article also describes the sources of financing small business enterprises that are operating at a loss.

Keywords: Small business, entrepreneurial finance, financial resources, internal source of financing, external source of financing, credit, loan funds, commercial credit, company credit, factoring, overdraft

Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlashda kichik biznes korxonalarini rivojlantirish muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, kichik biznes korxonalarini rivojlashtirishda investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori samaradorlikka erishgan, eng ilg'or tajribalarga asoslangan AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Kanada, Norvegiya, Niderlandiya, Gonkong, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa bir qator davlatlarda bu borada ijobiy holatlar kuzatilgan1. Shuningdek, "jahon tajribasida kichik biznes korxonalarining investitsiyasiz juda sekin rivojlanayotganligi ham barchaga

1 https://openknowledge.worldbank.org/bitstream/handle/10986/32436/9781464814402_Ch06.pdf; Калинин А.В. Анализ развития и состояние малого и среднего бизнеса в мире // Экономика, предпринимательство и право. -2011. - № 4. - С.3-12. - http://epp.enjournal.net/article/313/; Арипов О.А. Хорижий мамлакатларда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожланиши. - Т.: «Наманган» нашриёти, 2018. - 213 б..Роль субъектов малого и среднего бизнеса предпринимательства в экономиках развитых стран. - https://cyberleninka.ru/artide/n7.

ma'lum"2. Shunday ekan, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida zarar ko'rib ishlayotgan kichik biznes korxonalariga investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2022 yil 28 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan YAngi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni qabul qilinib, ushbu Farmonning III. "Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash" bo'limidagi 29-maqsadida: "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga etkazish"o'z aksini topgan. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab qo'yilgan:

> Har yili O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni o'tkazish;

> Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish. SHaroiti og'ir bo'lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish;Ilg'or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish.

> 2026 yilga borib tadbirkorlik sub'ektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish;

> Hududlarda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish;

> Tadbirkorlik sub'ektlari o'z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma'lumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini olish;

> Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo'l ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish.

2021 yilda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha 98,9 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu esa o'tgan yilga nisbatan 6,1 foizga ko'p demakdir. Eng ko'p kichik korxona va mikrofirmalar savdo sohasida (38,9 %), sanoat sohasida (19,5 %), qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida (11,8 %), qurilish sohasida (6,4 %) tashkil etilgan.

Ammo faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 2021 yilda o'tgan yilga nisbatan ko'paygan bo'lsada, YAIMda kichik tadbirkorlik ulushi -0,6 (2020 y.- 55,5%; 2021 y. - 54,9 %) foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, sanoat (0,9%), qurilish (-0,1%), savdo (-0,2%), xizmat ko'rsatish (-0,7%), yuk tashish (2,2%), yuk aylanmasi (-2,4%), yo'lovchi tashish (-0,7%) va boshqa sohalarda o'tgan yilgiga nisbatan kamaygan.

2 Ильин И.Е. Малый бизнес в России: проблемы и перспективы // Банковское кредитование. - 2008. - № 2. С.153-156.

Bu esa, o'z navbatida, zarar ko'rib ishlayotgan kichik biznes korxonalariga investitsiyalarni jalb etish yordamida ularni rivojlantirishni talab etadi. Moliya xo'jalik jarayonlariga kuchli ta'sir ko'rsatadigan vosita bo'lib, bir tomondan, tadbirkorlik sub'ektlari va ikkinchi tomondan, davlat organlari, idoralari va muassasalari hamda boshqa korxona va tashkilotlar, jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini muvofíqlashtirish va ular o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda katta rol o'ynaydi.

Tadbirkorlikning moliyaviy resurslari uning pul mablag'laridir. Tadbirkorlik faoliyatida xilma-xil va murakkab o'zaro iqtisodiy aloqalar pul mablag'lari yordamida amalga oshiriladi. Pul mablag'lari vositasida takror ishlab chiqarishning bir fazasidan boshqa fazasiga o'tiladi hamda maqsadli jamg'armalar shakllantiriladi. Bular ishlab chiqarish va umuman. tadbirkorlik faoliyatini uzluksiz yuritish va kengaytirish garovi bo'lib xizmat qiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash deganda uni pul mablag'lari bilan ta'minlash tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash ikki xil manbadan - ichki va tashqi manbalardan amalga oshiriladi (1-chizma).

1-chizma. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash manbalari Moliyalashning ichki manbai bo 'lib: - tadbirkorlik sub'ektining o'z mablag'lari; - nizom sarmoyasi tarkibidagi pul mablag'lari; - faoliyatdan olinadigan foyda; -amortizatsiya jamg'armasi; - tekinga berilgan mablag'lar kiradi.

Tadbirkorlik sub'ekti yuridik shaxs ko'rinishida tashkil etilganda nizom sarmoyasi shakllantiriladi. Bu sarmoyaning hammasi yoki bir qismi pul mablag'lari bo'lishi mumkin. Mazkur mablag'lar nizomda belgilangan miqdorda shakllantiriladi va asosiy vositalar sotib olish, aylanma mablag'larni shakllantirish uchun ishlatiladi, ya'ni ishlab chiqarish vositalariga joylashtiriladi.

Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasi foyda bo'lib, u foydadan to'lanadigan majburiy to'lovlarni amalga oshirish, ayrim qarzlarni qaytarish va faoliyatni rivoj- lantirish uchun ishlatiladi. Amortizatsiya jamg'armasi mablag'laridan asosiy vositalarni qurish, sotib olish, tahmirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun foydalaniladi.

Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning tashqi manbalariga: - kreditorlar; -investorlar; - ijarachilar; - sug'urta; - lizing va boshqa tuzilmalar kiradi.

Kerakli resurslar tashqi manbalardan turli tijorat shartlari asosida jalb qilinib ishlatiladi, ayrimlari sotib olinadi (xomashyo, materiallar, energiya va suv resurslari, yoqilg'i-moylash materiallari, texnika, texnologiya); ayrimlari ijaraga va lizingga olinadi (asosiy vositalar, er); ayrimlari esa qarzga yoki kreditga olinadi (moliyaviy resurslar).

Bunday resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanishning tadbirkor uchun muhim jihatlari quyidagilar hisoblanadi: a) resurslarning har bir turiga nisbatan o'z ehtiyojini to'g'ri aniqlash; b) samarali manbalarni tanlash; v) o'ziga ma'qul shakllarda va shartlarda olish; g) zamonaviy. ilg'or variantlarini tanlash; d) ta'minotning uzluksizligi va davomiyligiga erishish; e) ulardan o'z faoliyatida samarali foydalanish.

Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning tashqi manbalaridan tijorat banklari va kredit uyushmalari katta rol o'ynaydi.

Tijorat banklarining asosiy vazifasi. operatsiyalari va xizmatlari quyidagilardan iborat: - yuridik va jismoniy shaxslarning hisob varaqlarini ochish va yuritish hamda ular bo'yicha omonatlarni jalb qilish; - o'z mablag'lari va jalb etilgan mablag'lar hisobidan hamda o'z nomidan kreditlar berish; - mulkdor yoki mablag'larni tasarruf etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomaga ko'ra pul mablag'larini boshqarish; - yuridik va jismoniy shaxslardan chet el valyutasini naqd pulga va pul o'tkazish yo'li bilan sotib olish va sotish; - pul mablag'lari. veksellar. to'lov va hisob-kitob hujjatlari inkassatsiyasi; - majburiyatlarning bajarilishini ko'zda tutadigan uchinchi shaxslarga kafolatlar berish; - majburiyatlarning bajarilishi bo'yicha uchinchi shaxslardan talab huquqini sotib olish; - qimmatli qog'ozlarni chiqarish, sotib olish, sotish, hisobga olish va saqlash, mijoz bilan shartnoma asosida qimmatli qog'ozlarni boshqarish va ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; - trast (mijozlarning mulkini ishonchli tarzda boshqarish) operatsiyalarini o'tkazish; -moliyaviy lizingni amalga oshirish; - moliyaviy injiniring (murakkab loyihalarni moliyalash, balansning yuqori qismida operatsiyalar o'tkazish, birlashish, sotib olish bo'yicha operatsiyalar, ko'chmas mulk bilan operatsiyalar)ni amalga oshirish; - bank maslahati va axboroti xizmatlari ko'rsatish, yuridik va jismoniy shaxslarga maxsus binolar yoki erdagi seyflarni ijaraga berish.

Moliyaviy zahiralar sarmoyasini tarkibiga shuningdek asosiy fondlar, aylanma fondlar, muomala fondlariga qo'yilgan pul mablag'lari kiradi.

Kredit qarzga pul olishning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Milliy valyutadagi kredit mablag'larining manbai bo'lib tijorat banklari va byudjetdan tashqari fondlar qisoblanadi. Bular kichik biznesga yordam berish maqsadida amal qiladi va mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalaridagi biznesni rag'batlantiruvchi imtiyozli kreditlar beradilar.

O'zbekiston xududida xo'jalik sub'ektlarini kreditlash tijorat banklari tomonidan qaytarib berish, to'lov, ta'minlanganlik, muddatlilik va ajratilgan mablag'lardan foydalanishning maqsadli ishlatilishi sharti asosida amalga oshiriladi. Zarar ko'rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo'lgan biznes sub'ektlariga kredit berilmaydi, bundan tashqari, uzoq muddatli moliyaviy o'pirilish va zararlarni qoplash uchun kredit olib bo'lmaydi.

Kredit olish uchun potensial qarz oluvchi ozining qarz oluvchi moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholash va o'zi uchun quyidagilarni aniq belgilab olishi shart: a) o'z mahsuloti sotish bozorini (talab va taklifni o'rganish); b) loyihani ishlashi uchun kerak bo'ladigan tovar-moddiy boyliklarni, shuningdek, tayyor mahsulotni sotish uchun zarur bo'lgan shartnomalarning mavjudligi; v) kreditlanayotgan tadbirlarni samaradorligi; g) hisob raqamiga pul mablag'lari kelib tushishining davriyligi; d) kredit va uning foizlarini so'ndirish manbalarining; e) kredit uchun to'lanadigan to'lovni hisoblash va uni davriyligi.

Kichik biznesni yuritishga mablag' jalb etishning yana bir yo'nalishi mikrokreditlar hisoblanadi. Mikrokreditlar bir qancha ko'rsatkichlar bo'yicha qulaydir: kredit olish qoidasi bir muncha soddalashtirilgan, garov ta'minotining barcha shakllari hal etilgan, kredit pullarining bir qismi naqd shaklida olinadi, aylanma resurslar xaridi asosan kredit berish masalalari nisbatan oson hal etiladi.

O'zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi kredit mablag'lari manbai bo'lib, tijorat banklari, shuningdek byudjetdan tashqari fondlar (Mehnat vazirligi qoshidagi bandlik yuzasidan yordam ko'rsatish Fondi hamda deqqon va fermer xo'jaliklari Assotsiyasi qoshidagi dehqon va fermer xo'jaliklarining rivojlanishiga yordam berish fondi) hisoblanadi va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga yordam beradi.

O'zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi kredit mablag'lari manbai bo'lib, tijorat banklari, shuningdek byudjetdan tashqari fondlar (Mehnat vazirligi qoshidagi bandlik yuzasidan yordam ko'rsatish Fondi hamda dehqon va fermer xo'jaliklari Assotsiyasi qoshidagi dehqon va fermer xo'jaliklarining rivojlanishiga yordam berish fondi) hisoblanadi va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga yordam beradi.

Moliyaviy ta'minlashning imkonli manbalari quyidagilardir: - tijorat banklari; -moliyaviy kompaniyalar; - investitsion kompaniyalar; - investitsion fondlar; - kredit uyushmalari; - xaridorlar; - mahsulot beruvchilar; - do'st va tanishlar; - xayriya tashkilotlari; - transkompaniyalar va banklarning trast bo'linmalari; - davlat, xalqaro va jamiyat tashkiloti va idoralar, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash dasturida ishtirok etuvchilar (ularning markaziy va mahalliy idoralari); - ishlovchilar; - dastgoh ishlab chiqaruvchilar; - sug'urta kompaniyalari; - nafaqa fondlari; - xususiy investorlar; -moliyaviy maslahatchilar.

Kichik biznesni kredit bilan ta'minlashni quyidagi shakllari mavjud: a) tijorat; b) notijorat tashkilotlar orqali beriladigan; v) bank; g) davlat; d) iste'molchi; e) xalqaro.

Tijorat krediti - tovar shaklida (beriluvchi) sotuvchilar tomonidan haridorlarga beriluvchi kredit bo'lib sotilgan tovarni qiymatini orqaroq surishdan iboratdir. Natijada hisob-kitoblar veksel yoki ochiq hisob bilan amalga oshiriladi. Birinchi holatda xaridor tovar hujjatlarini olganidan so'ng o'tkazilish sotuvchi tomonidan qo'yilgan oddiy vekselni rasmiylashtiradi. Ikkinchi holatda sotuvchi xaridorning qarz majburiyatlarini olmaydi va qarz bo'yicha hisob ochadi. Qarzni uzish davriy to'lovlar sifatida qisqa muddatlarda (12 oy) amalga oshiriladi.

Tijorat kreditiga bo'lgan zarurat kapitalni ishlatish va muomala vaqtini bir-biriga to'g'ri kelmasligi natijasida kelib chiqadi. Bu erda tovarni kreditga sotish ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga yordamlashadi, kapitalni aylanishini tezlashishini va foydani ko'payishini ta'minlaydi. Ushbu shakldagi kredit odatda qisqa muddatli bo'ladi.

Bank krediti ishbilarmon va korxonalarga pul ssudasi ko'rinishida beriladi. Bank ssudasi - bu korxona, tashkilotlarning alohida fuqarolarning vaqtincha bo'sh vositalari bo'lib bank tomonidan shartnoma asosida, ularning roziligi bilan jalb qilinadi va ssuda fondi tashkil bo'ladi.

Kredit olish uchun kredit oluvchi va zayomchi tomonidan kredit shartnomasi tuziladi, u o'z ichiga quyidagilarni oladi: - kredit turi; - miqdori; - uning berilish tartibi va muddati; - kredit berish sharti; - foiz to'lovining miqdori; - har ikkala tomon javobgarligi; - kreditor va zayomchilar to'g'risidagi ma'lumotlar.

Iste 'molchi krediti - bu kredit shaklida qarz oluvchi sifatida yuridik shaxs, qarz beruvchi sifatida kredit idorasi, korxona va tashkilot chiqishi mumkin. Bu kredit shakli xalqning iste'mol talabini qondirish vositasi sifatida xizmat qiladi va pul yoki tovar shaklida bo'lishi mumkin.

Xalqaro kredit - bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasi bo'lib, u turli davlatlar kreditorlar va qarz oluvchilari o'rtasida ssuda berish, ishlatish va uni uzish bo'yicha foiz to'lash bilan amalga oshiriladi. Bu turdagi kredit kichik biznesni taraqqiyot toptirish uchun davlatlararo banklar va firmalar tomonidan xalqaro yordam shaklida beriladi. Xalkaro kredit o'lchami va uni berish sharti kredit beruvchi va oluvchilar o'rtasidagi kredit shartnomasida o'z aksini topadi. Firmaning nuqtai nazarida berish va ta'minlashda quyidagi kreditlar bo'lishi mumkin: Tovar, valyuta, ta'minlangan (tovar, tijorat xujjatlari bilan va boshqa qiymatlar bilan) va ta'min etilmagan (bank) kreditlar. Qarz oluvchilari bo'yicha kreditlar shaxsiy, davlat va moliyaviy bo'lishi mumkin. Kreditning asosiy shartli hisob-kitob turi bo'lib (to'lash muddati uzaytirilgan hisob) firma krediti, veksel (hisobli) va faktoring hisoblanadi.

Firma krediti - bu kredit berish shaklida mol beruvchi va sotuvchi to'lash muddati uzaytirilgan kreditni xaridorga beradi. Bu kabi kredit shaklining birdan-bir

misoli mahsulotni iste'molchiga avans berishdir, avans beruvchiga shartnomaga imzo qo'yilgandan so'ng o'tkaziladi.

Faktoring - bu aylanuvchi vositalarni kredit bilan ta'minlashda o'rtada turuvchining faoliyati turidir. O'rtada turuvchi kompaniya (bank) mahlum to'lov evaziga ishbilarmonlar tarkibidan haridorlardan uning hisobiga olinadigan pul mablag'ini olish huquqiga ega bo'ladi (debitorlik qarzini inkassaga ko'shish huquqi). Shu bilan birga o'rtada turuvchi mijozni aylanuvchi vositasini kredit bilan ta'minlaydi va uning kredit va valuta tavakkalchiligini o'z zimmasiga oladi. O'rtada turuvchi tovar sotuvchining o'zaro munosabatlari faktoring bo'yicha shartnoma bilan tartibga solinadi.

Ochiq, hisob bo 'yicha kredit bilan ta 'minlash - bu sotuvchini doimiy xaridoriga ta'minlamasdan va tez foiz to'lamasdan to'lov muddati uzaytirilgan shakldagi kreditidir. Sotuvchi xaridorga tovarni uning manzilgohiga tovar taqsimlash hujjatlari bilan qarz miqdorini haridor nomiga ochilgan debet hisobiga o'tkazadi. Xaridor shartnomada ko'rilgan muddatlarda o'z qarzini ochiq hisob bo'yicha o'zib boradi.

Overdraft - qisqa muddatli kreditlash shakli bo'lib, banklar amaliyotida ishlatiladi. U Angliyada paydo bo'lgan. Overdraftning mazmuni shundan iboratki, odatda bankning ishonchli mijoziga ma'lum chegarada cheklar bilan qarz to'lash huquqi beriladi. Bu kabi operatsiya natijasida manfiy balans bunyod bo'ladi, ya'ni debitorlik saldosi - (mijozni bankka qarzi). Bank va mijoz o'zaro shartnoma tuzib, unda overdraftning eng katta miqdori, kredit berish sharti, uni qaytarish tartibi va overdraft uchun foiz miqdori belgilanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan YAngi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni.

2. Xasanova G.D. O'zbekistonning investitsiya siyosati (Buxoro viloyati misolida). Научный журнал "Интернаука". Часть 2. Москва. 2019. № 9 (91). С.27-29.

3. Xasanova G.D. The role of investment in the development of the national economy (on the example of Bukhara region of the Republic of Uzbekistan). "Актуальные проблемы развития национальной и региональной экономики". Сборник научных трудов X Международной научно-практической конференции для студентов, магистрантов, аспирантов и молодых ученых. г.Белгород, 22 мая 2020 г. Стр. 256-263.

4. Xasanova G.D., Barnaev Z.Sh. Ways Of Improving Management Of Small Business In Increasing Employment Of Population (On The Example Of Bukhara Region Of The Republic Of Uzbekistan). "Современные проблемы социально-

экономических систем в условиях глобализации". Сборник научных трудов XV Международной научно-практической конференции. г.Белгород, 21 октября 2021 г. Стр. 282-286

5. G'ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. T., 2002 yil.

6. G'ulomov S.S. Investitsiyani loyihaviy tahlili. T., 1995 yil.

7.https://openknowledge.worldbank.org/bitstream/handle/10986/32436/9781464 814402_Ch06.pdf.

8. Калинин А.В. Анализ развития и состояние малого и среднего бизнеса в мире // Экономика, предпринимательство и право. - 2011. - № 4. - С.3-12. -http: //epp .enj ournal .net/article/313/.

9. Aripov O.A. Хог^у mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi. - Т.: "Namangan" nashriyoti, 2018. - 213 b.

10. Роль субъектов малого и среднего бизнеса предпринимательства в экономиках развитых стран. - https://cyberleninka.rU/article/n/.

11. Ильин И.Е. Малый бизнес в России: проблемы и перспективы // Банковское кредитование. - 2008. - № 2. С.153-156.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.