Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
KORXONA KAPITALINI SAMARALI BOSHQARISHNING ASOSIY
YO'NALISHLARI
Qo'chqarov Baxtiyor Xoshimjanovich
Erkin tadqiqotchi e-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada O'zbekistondagi korxonalarning kapitalini samarali boshqarishning asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan. Korxonaning moliyaviy barqarorligini ta'minlash va uning bozorda raqobatbardoshligini oshirishda kapitalni to'g'ri boshqarish muhim omil hisoblanadi. Maqolada kapitalni boshqarishdagi asosiy tushunchalar va nazariy yondashuvlar o 'rganilib, ular amaliy misollar bilan qo 'llab quvvatlangan. Shunga qo 'shimcha ravishda kapitalni shakllantirish va samarali boshqarishning moliyaviy va iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilingan. Korxonalarning resurslaridan samarali foydalanish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish hamda kapital aylanishini tezlashtirish bo 'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: korxona, kapital, baxolash, kapitalni shakllantirish, samara, resurs, aktivlar, ishlab chiqarish.
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируются основные направления эффективного управления капиталом предприятий в Узбекистане. Правильное управления капиталом является ключевым фактором в обеспечении финансовой стабильности компании и повышении её конкурентоспособности на рынке. В статье рассматриваются основные понятия и теорические подходы к управлению капиталом, подкреплённые практическими примерами в условиях Узбекистана. Также исследованы финансовые и экономические механизмы формирования и эффективного управления капиталом. Предложены рекомендatsiи по эффективному использованию ресурсов, повышению инвестиционной привлекательности и ускорению оборота капитала.
Ключевые слова: предприятия, капитал, оценка, формирование капитала, эффективность, ресурс, активы, производства
ABSTRACT
This article analyzes the main direction of efficient capital management for enterprises in Uzbekistan. Proper capital management is a key factor in ensuring the financial stability of a company and enhancialits competitiveness in the market. The article explores fundamental concepts and theoretical approaches to capital management, supported by practical examples specific to the uzbek context.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
Additionally, the financial and economic mechanisms of capital formatioan and efficient management are examined. Recommendations are provided on how to effectively utilize resources, increase investment attractiveness andaccelerate capital turnover.
Key words: enterprises, capital, evalution, capital formation, effectiveness, resource, assets, production
KIRISH
Mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshlik darajasining oshishi korxonalarning samarali faoliyatiga bog'liq. Bu esa o'z navbatida korxona kapitalini samarali boshqarish bilan uzviy bog'liqdir. Kapitalning samarali boshqarilishi korxonaning moliyaviy barqarorligi, rivojlanishi va bozordagi o'rnini mustahkamlash uchun zarurdir.
Shu o'rinda kapital tushunchasiga izox berib o'tishni maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz. "Kapital" atamasi bo'yicha moliyaviy va iqtisodiy jihatdan ajralib turadigan juda ko'p ta'riflar mavjud.
Moliyaviy jihatdan kapital deganda korxonaning barcha aktivlari, mablag'lari tushuniladi. Iqtisodiy tarifi bo'yicha kapital ishlab chiqarish vositasidir. Ishlab chiqarish vositalari sifatida mehnat vositalari va mehnat predmetlariga bo'linadi, yani asosiy va aylanma mablag'lar. Mahalliy terminologiyaga ko'ra uni asosiy vositalar (fondlar) va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo'lish mumkin. Korxona faoliyatida avanslashtirilgan barcha mablag'larni kapital deb atash mumkin. Kapitalni qo'yidagi 1-jadvalda keltirilgan ma'lumotlar asosida to'liqroq tushunish mumkin.
1-jadval
Kapital
Tegishliligiga ko'ra: Joylashuviga ko'ra:
Xususiy kapital Asosiy kapital Aylanma kapital
Qarzga olingan (jalb qilingan) kapital Asosiy vositalar Aylanma Muomala fondlar fondlari
Uzoq muddatli majburiyatlar Qisqa muddatli majburiyatlar
Ushbu maqolada korxonalarda moliyaviy kapital, inson kapitali va investitsion kapitalni boshqarishning asosiy yo'nalishlarini tahlil qilamiz.
Moliyaviy kapital korxonaning faoliyatini ta'minlashda asosiy o'rin tutadi. Uni samarali boshqarish uchun qo'yidagi asosiy yo'nalishlarga e'tibor qaratish kerak:
- Naqd pul oqimini boshqarish. Korxonalarda naqd pul oqimini samarali boshqarish joriy aktivlar va joriy majburiyatlarning muvozanatini ta'minlashda
Research BIB / Index Copernicus
muhim ahamiyatga ega. O'zbekistondagi ko'plab korxonalarda naqd pul oqimini prognoz qilish va uning samaradorligini oshirish uchun mustahkam moliyaviy rejalashtirish talab etiladi. Bu jarayonda mahalliy bank tizimlari va moliyaviy monitoring mexanizmlari katta rol o'ynaydi. Xususan, korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash uchun kreditlar va moliyalashtirish vositalaridan samarali foydalanish muhim. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yilda korxonalardagi umumiy aktivlar 25.3 trillion so'mni tashkil etgan. Bunda aylanma aktivlarning ulushi 55 foizni tashkil qilib, korxonalar uchun naqd pul oqimini samarali boshqarish katta ahamiyat kasb etadi1. Har yili ortib borayotgan kredit liniyalari va qo'shimcha moliyalashtirish imkoniyatlari ushbu yo'nalishda korxonalar uchun keng imkoniyat lar yaratmoqda.
- Qarz va investorlar mablag'larini boshqarish. Mamlakatimizda korxonalar kredit olish yoki investorlar mablag'larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladi. Bu yo'nalishda davlat tomonidan taklif etilayotgan soliq imtiyozlari, kichik va xususiy tadbirkorlik uchun kredit dasturlari ahamiyatlidir. Soliq siyosatlari va qonunchilik o'zgarishlari moliyalashtirish strategiyalarini tanlashda katta ta'sir ko'rsatadi. 2023 yil yakuniga ko'ra O'zbekistondagi kichik biznes sub'ektlariga berilgan kreditlarning umumiy xajmi 40.0 trillion so'mdan ortib, o'tgan 2022 yil yakunlariga nisbatan 12 foizga o'sigi kuzatilgan. Ushbu o'sish korxonalarning qarz mablag'laridan samarali foydalanayotganini ko'rsatadi. Davlat tomonidan berilgan soliq imtiyozlari va kichik biznes uchun mo'ljallangan kredit dasturlari biznesni qo'llab-quvvatlashda asosiy omil bo'lmoqda2.
- Moliyaviy barqarorlik ko'rsatkichlari. Korxonaning moliyaviy holatini baholash uchun turli ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Bunga joriy koeffitsient (current ratio), xissa kapitalining rentabelligi (ROE) va qarz/kapital nisbati (debt/equity ratio) lar kiradi. Joriy koeffitsient korxonaning joriy aktivlar bilan majburiyatlarini qoplash imkoniyati, hissa kapitalining rentabelligi korxonaning sof foydasini o'z kapitaliga nisbatan baholash usuli, qarz/kapital nisbati esakorxonaning qarz va xissadorlar kapitali o'rtasidagi muvozanatini ifodalaydi.
Korxonalarning muvaffaqiyati inson resurslarini to'g'ri boshqarishga ham bog'liq. O'zbekistonda ishchi kuchining malakasini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy qilish orqali inson kapitalining samaradorligini oshirishga e'tibor qaratilmoqda. Korxonalar uchun kadrlarning kasbiy rivojlaninishi ta'minlash va malaka oshirish dasturlarini joriy qilish muhimdir. Jumladan 2023 yilda mamlakatimizda 1.5 milliondan ortiq ishchi kuchining malakasi oshirilib, bu
1 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari asosida. Manba https://www.cbu.uz
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Statistika Agentligi ma'lumotlari asosida. Manba https://www.stat.uz
Research BIB / Index Copernicus
ko'rsatkich 2022 yilga nisbatan 8 foizga o'sdi. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlar va xususiy sektor tashabbuslari bu jarayonda muhim o'rin tutadi. Kadrlarning malakasini oshirish bilan bir qatorda, zamonaviy ish uslublari va texnologiyalardan foydalanish inson kapitali samaradorligini oshiradi. Inson resurslarini samarali boshqarishda raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar muhim ahamiyatga ega. Raqamlashtirish va avtomatlashtirish jarayonlari orqali ish samaradorligini oshirish muxim. Bunda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha davlat siyosati va xususiy sektor tashabbuslarini o'rni katta. Ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonlarida innovatsiyalarni joriy qilish ham inson kapitali rivojlanishining muhim qismidir. 2023 yilda raqamlashtirish va innovatsiya jarayonlari orqali 5000 dan ortiq korxonalarda samaradorlik 10-15 foizga oshgani kuzatildi. Bu raqamli texnologiyalarning qo'llanilishi korxonalarning inson resurslaridan samarali foydalanishini tasdiqlaydi.
Investitsion kapital korxonalarning kelajakdagi rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta'minlash uchun muxim ahamiyatga ega. O'zbekistonda chet el sarmoyalarini jalb qilish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Investitsiya strategiyalarini ishlab chiqishda aniq maqsadlarga e'tibor berish kerak. O'zbekistonda sarmoya jalb qilish va davlat dasturlari orqali investitsion muhitni yaxshilash yo'nalishida ko'p ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, industrial zonalar va infratuzilmani rivojlantirish dasturlari sarmoyadorlar uchun jozibador hisoblanadi. 2023 yilda mamlakatimizdagi to'g'ridan - to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi 7.2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, bu 2022 yilga nisbatan ikki barobar o'sish ko'rsatkichiga ega3.
Mamlakatimizning halqaro bozordagi investitsion jozibadorligi yuqori va bu jarayonda halqaro sarmoyadorlar bilan hamkorlik orqali muhim natijalarga erishilmoqda. Mamlakatning chet el sarmoyadorlarini jalb qilishga qaratilgan qonunchilik o'zgarishlari va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda. Xalqaro investitsiya agentligi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonning xalqaro investitsiya reytingi 2023 yilda 5 foizga yaxshilanib, mamlakatga jalb qilinayotgan sarmoyalar hajmi ortishiga olib keldi.
Xozirgi kunda korxonalarning samarali faoliyat yuritishlari va o'z kapitallarini to'g'ri taqsimlab, uni moxirlik bilan boshqara olishlari uchun korxonaning kundalik faoliyatini uzluksiz taxlil qilib bora bilish zarur. Buning uchun yetarli tajribaga ega bo'lgan malakali mutaxassislarga bo'lgan talab yuzaga keladi. Biz quyida xar bir korxona uchun zarur bo'ladigan, asosiy e'tibor berishi kerak bo'lgan kapitalni
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Statistika Agentligi ma'lumotlari asosida. Manba https://www.stat.uz
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
boshqarishning ayrim xisoblash usullarini ko'rib chiqamiz. Mamlakatimizda korxona kapitalini samarali boshqarish bo'yicha asosiy ko'rsatkichlarni tushunarli va aniq ravishda hisoblash uchun quyidagi formulalar va tushuntirmalarni qo'llash mumkin. Bu formulalar korxonaning aylanma kapitali, rentabelligi va moliyaviy holatini tahlil qilishga yordam beradi.
Aylanma kapital korxonaning kundalik faoliyatini ta'minlash uchun zarur bo'lgan resurslarni ifodalaydi. U korxonaning qo'ldagi aktivlarining majburiyatlariga nisbatan hisobi sifatida hisoblanadi. Aylanma kapitalning ijobiy bo'lishi korxona uchun moliyaviy barqarorlikning belgisi hisoblanadi. Aylanma kapital korxona uchun juda muhim xisoblanib, u joriy operatsiyalarini qanday qoplashini ko'rsatadi.
AK = AJA - QQ
Bu yerda: AK — aylanma kapital (joriy operatsiyalar uchun qoladigan mablag'lar),
AJA — aylanma joriy aktivlar (korxonaning tez sotilishi mumkin bo'lgan aktivlari),
QQ — qisqa muddatli qarzlar (korxonaning yaqin vaqtda to'lanishi kerak bo'lgan qarzlari).
Bu formula korxona qisqa muddatli qarzlarini to'laganidan keyin qancha mablag' qolishini ko'rsatadi.
Aylanma kapital ijobiy bo'lsa, korxona o'z joriy majburiyatlarini to'lash uchun yetarli resurslarga ega ekanini ko'rsatadi. Agar aynan nol yoki manfiy bo'lsa, bu korxonaning moliyaviy muammolarini ifodalaydi.
Misol uchun korxona "A" nomli aniq mahsulotlar ishlab chiqarishbilan o'ug'illanadi. Uning quyidagi qisqa muddatli aktivlari va majburiyatlari bor:
Qisqa muddatli aktivlar Summa
Naqd pul 50 000.0
Qarzdorliklar 30 000.0
Depozitlar 20 000.0
Mahsulot zaxiralari 40 000.0
Tadbirkorlik aktivlari 10 000.0
Jami 150 000.0
Qisqa muddatli majburiyatlar
Bank kreditidan qarzi 40 000.0
Pulli xisob kitoblar 20 000.0
Ta'minot majburiyatlari 15 000.0
Ijara majburiyatlari 5 000.0
Boshqa qisqa muddatli majburiyat 10 000.0
Jami 90 000.0
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
Bu yerda aylanma kapital 150 000.0 - 90 000.0= 60 000,0 so'm. Bu musbat ko'rsatkich, ya'ni korxona qisqa muddatli majburiyatlarini qondirish uchun yetarli aktivlarga ega. Agar aktivlar majburiyatlardan kam bo'lsa bu korxonaning moliyaviy muammolari borligini ko'rsatishi mumkin. Bunday holda korxona iqtisodiy xolatini yaxshilash uchun quyidagi choralarni ko'rishi kerak:
-majburiyatlarni qayta ko'rib chiqish, ularni kamaytirish, qarz majburiyatlarini uzaytirish choarlarini ko'rish, ijara majburiyatlarini ko'rib chiqish, imtiyozlar va eng qulay shartlarni izlash;
- aktivlarni aqlli boshqarish, zaxiralarni optimal boshqarish, depozitlardan foydalanishga e'tibor qaratish;
- naqd pullarni optimalashtirish, mahsulot va xizmatlardan kelayotgan naqd pul kirimlarini oshirish, yangi mijozlarni jalb etish, qarzdorlardan pullarni olishni tezlashtirish;
- moliyalashtirish variantlarini ko'rib chiqish, kredit olish, investisiyalar jalb etishga urinish, yangi sheriklar kiritish;
- moliyaviy rejalarni qayta ko'rib chiqish, byudjetni qayta ko'rish, xarajatlarni optimallashtirish va samarali moslashtirish, risklarni baholash va ularni minimallashtirish;
- moliyaviy maslaxatlar olish, iqtisodiy strategiyalar va samaradorlikni oshirish uchun to'g'ri yo'llarni ko'rsatish.
Kapital rentabelligi-bu korxona faoliyatidan olinadigan rentabellikni baholash uchun mo'ljallangan ko'rsatkich. U korxona mablag'larini qanday samarali ishlatilishini ko'rsatadi. Kapital rentabelligi korxonaning jami kapitali qanchalik foyda keltirayotganini o'lchaydi.
R = (SF / JK) x 100
Bu yerda: R—kapital rentabelligi (foizlarda),
SF—sof foyda (korxonaning barcha xarajatlarini qoplaganidan keyingi qoladigan foyda),
JK — jami kapitali (korxona tomonidan ishlatilgan barcha aktivlar yoki shunga mos keluvchi kapital).
Bu formula jami kapitaliga nisbatan qancha foyda kelayotganini ko'rsatadi. Bu ko'rsatkich 5 foizdan past bo'lsa, odatda moliyaviy muammolarni ko'rsatadi, korxona majburiyatlarni qondirish uchun zarur bo'lgan foydani olmayotganligini bildiradi. Kapital rentabelligi 5%-15% oralig'ida bo'lsa, bu odatda korxona faoliyatining moliyaviy barqarorligini ko'rsatadi. Agar 15 % dan yuqori bo'lsa bu korxona investisiyalarni samarali va muvaffaqiyatli boshqarayotganligini anglatadi. Odatda korxonalarga kapital rentabelligini oshirish uchun xarajatlarni kamaytirish,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
daromadlarni oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilashga intilishni tavsiya etiladi.
Qarz va kapital nisbati qarzlarning umumiy kapitalga nisbati bo'lib, korxonaning moliyaviy barqarorligini va riskini baholash uchun foydali hisoblanadi. Bu odatda korxona qanchalik qarzga bog'liqligini aniqlash uchun qo'llaniladi.
Q/K = JMQ / O'ZK
Bu yerda: Q/K—qarz va kapital nisbati,
JMQ — jami majburiyatlar (korxonaning umumiy qarzlari),
O'ZK — o'z kapitali (korxona egalarining sarmoyasi).
Izoh: Qarz va o'z kapitalning nisbatini tahlil qilib, korxonaning moliyaviy barqarorligi aniqlanadi.
Buni misol bilan tushinadigan bo'lsak, korxonaning umumiy qarzi 500000.0 so'm, umumiy kaptali esa 1 000 000.0 so'm bo'lsa, qarz va kapital nisbatani hisoblashda 0.5 yoki 50 foizni bildiradi. Bu shuni anglatadiki, korxonaning har birso'mlik kapitali uchun 0.5 so'm qarz olingan. Bunday nisbat odatda normal deb hisoblanadi, chunki qarzlar kapitaldan past. Agar ushbu nisbat 0-0.5 oralig'ida bo'lsa, korxona moliyaviy barqaror va kam riskliligini bildiradi. 0.5-1.0 oralig'ida normal rentabelli xisoblanib, bu qarzlarning jami kapital bilan bog'liq muvozanatini ko'rsatadi. 1.0 va undan yuqori nisbatlar korxoaning qarzl ari kapitaldan yuqoriligini va bunday holat riskni oshirishi, qarzlarni to'lash uchun ko'p mablag' talab etilishini ko'rsatadi.
O'z navbatida ushbu ko'rsatkichni yaxshilash uchun korxona qarzlarni kamaytirish, yuqori foiz stavkali qarzlarni arzonroq foizli qarzlarga almashtirish, kapitalni xususan aksiyadorlik kapitalini oshirish choralarini ko'rish, foydani qayta sarflash, xarajatlarni taxlil qilish, rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, xisobotlarni to'g'ri tuzish va aniq tuzish hamda investorlar uchun ma'lumot taqdim etish kabi choralarni ko'rish tavsiya etiladi.
Yuqorida ko'rib chiqilgan masalalarni amaliyotgan unumli jalb etish orqali kichik biznes sub'ektlariga korxonalarda mavjud pul mablag'larini boshqarishning optimal yo'nalishlarini aniqlash va kelgusida korxona foydasini oshirish, kapital bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish, soxaga yangi innovatsion g'oyalarni kiritish, raqamli texnologiyalardan unumli foydalangan holda boshqaruvni oson va qulaylashtirish imkoniyatlari yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan biz kichik biznes sub'ektlari uchun kapitalini samarali boshqarishning ta'minlash maqsadida quyidagi takliflarimizni keltirib o'tamiz.
> Korxona moliyaviy resurslarini optimal foydalanish uchun o'z kapitali, qarz kapitali va boshqa manbalar haqida bilimga ega bo'lishi kerak. Davlat dasturlari
Research BIB / Index Copernicus
va grandlar ham korxonaning kapitali manbalarida muhim axamiyatga ega bo'lib, ushbu manbalardan unumli foydalanish, korxona investisiya loyixalariga samarali kirishishini ta'minlash kerak.
> Kapitalning samarali taqsimini tashkil etish zarur. Korxona faoliyatining turli sohalari o'rtasida kapital taqsimotini aniqlash, ya'ni qaysi soxada samara ko'rsatilishini tahlil qilish muhimdir. Bu resurslarning optimal taqsimlanishi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun zarur.
> Amaliy raqamli boshqaruv tizimini joriy etish zarur. Kapitalni boshqarishda raqamlashtirish va avtomatlashtirishning ahamiyati katta. Korxona moliyaviy jarayonlarini ayniqsa aylanma kapital boshqaruvini avtomatlashtiruvchi maxsus dasturiy ta'minot joriy qilishni taklif etamiz. Misol uchun "smart - kapital" sistemasini joriy etish. Bu tizimlar xarajatlarni nazorat qilish, muddatida qarzlarni to'lash va joriy aktivlarni samarali taqsimlashda katta yordam beradi. Bu jarayon real vaqt rejimida moliyaviy ko'rsatkichlarni kuzatish, prognozlash va qaror qabul qilish uchun qulaylik yaratadi.
> Aniqlashuvchi KPI lar asosida boshqarish. Korxonaning moliyaviy faoliyatini yanada yaxshilash uchun kapital boshqaruvini maxsus ko'rsatkichlar bilan bog'lab, avtomatik tahlil mexanizmlarini kiritish mumkin. Masalan, aylanma kapital aylanishi yoki ishlab chiqarish samaradorligini aniq ko'rsatuvchi KPI lar orqali moliyaviy rejalashtirish va baholash tezkor va samarali bo'ladi.
> Qarz va likvidlik boshqaruvini optimallashtirish. Korxona kapitalini samarali boshqarish uchun likvidlik va qarzdorlikni yaxshilashga qaratilgan strategik tadbirlarni ishlab chiqish mumkin. Masalan, likvidlikni ta'minlash uchun aylanma aktivlarning qismini qisqa muddatli moliyalashtirish vositalariga yo'naltirish va shu bilan aylanma kapitalni tezroq aylantirish imkoniyati yaratiladi.
> Mijozlar bilan dinamik shartnomalar. To'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirish va daromadni erta jalb qilish maqsadida mijozlar bilan dinamik to'lov shartnomalarini ishlab chiqish mumkin. Masalan, mijozlarga to'lovlar muddatini qisqartirganlik uchun chegirmalar berish yoki daromadlarni zudlik bilan jalb etish mexanizmlarini joriy etish samarali moliyaviy boshqaruvga turtki beradi.
Biz o'ylaymizki, yuqoridagi berilgan takliflarimiz orqali korxonalarda aylanma kapitalning samaradorligi 30 foizga oshirish, to'lov muddatlarini kamaytirish va shunga ko'ra likvidlikni yaxshilash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ya'ni ishlab chiqarishni tizimli ravishda optimallashtirish kabi natijalarga erishiladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, korxona kapitalini samarli boshqarish mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy, inson va investision kapitalni boshqarishda davlat
Research BIB / Index Copernicus
dasturlari, innovatsion yechimlar va moliyaviy strategiyalarning samarali joriy qilinishi korxonalarning muvaffaqiyatini ta'minlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. O'zbekistondagi islohotlar va halqaro hamkorlik bu jarayonlarni yanada samarali qilishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES):
1. E.X.Maxmudov "Korxona iqtisodiyoti" - Toshkent: "O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti", 2004 y.
2. A.Voxobov, A.Ibroximov, N.Ishonqulov, "Moliyaviy va boshqaruv taxlili" -Toshkent: "Sharq" Nashriyot - matbaa AK, 2005y.
3. Razinkov P.I., Maksimova A.D. Ключевые направления эффективного управления капиталом предприятия. "Theoria: pеdagogika, эkonomika, pravo". 2021. № 4(5). S. 135-141.
4. Burxanov A.U., Hamdamov O.N. "Moliyaviy menejment" Darslik. -Toshkent : Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2020y.
5. J.Musayeva, M.Khalilova, Evaluation of the fixed capital of enterprises and their effective use. OR: Innovative, educational, natural and social sciences, Scientific Journal Impact Factor, Advanced Sciences Index Factor. www.oriens.uz
6. Foydalanilgan vеb saytlar: O'zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki ma'lumotlari. Manba https://www.cbu.uz
7. O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti huzuridagi Statistika Agеntligi ma'lumotlari. Manba https: //www.stat.uz