Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
MAMLAKATIMIZNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA SANOAT KORXONALARIDA MOLIYAVIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHNING
ASOSIY YO'NALISHLARI
Karimova Mavjuda Boxodirovna
Buxgalteriya va audit kafedrasi katta o'qituvchisi, NamMTI maviudakarimova2@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bugungi kunda sanoat korxonalari xo'jalik faoliyatining moliya tizimida yuzaga keladigan xavfsizlik jarayonlarini o'rganish, ularning moliyaviy xavfsizligini ta'minlashda me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimini yoritish, ichki va tashqi ta 'sir etuvchi omillar guruhini aniqlash, ularni baholash, moliyaviy xavfsizlikni ta'minlashning samarali usullarini qo'llash hamda moliyaviy xavfsizlikni ta'minlashda hisobotning xalqaro standartlarda yuritish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan va bu bo 'yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: Xavfsizlik jarayonlari, moliyaviy xavfsizlik, moliyaviy risklar, xavfsizlik darajasi, moliyaviy barqarorlik, modernizatsiya, buxgalteriya balansi aktivining gorizontal va vertikal tahlili, Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari
АННОТАЦИЯ
В данной статье изучены процессы безопасности,происходящих в финансовой системе хозяйственной деятельности промышленных предприятий на сегодняшний день,уточнение системы нормативно-правовых документов в обеспечении их финансовой безопасности,определить группу внутренних и внешних влияющих факторов,оценить их,использовать эффективные методы обеспечение финансовой безопасности,а при обеспечении финансовой безопасности особое внимание уделяется вопросам отчётности по международным стандартам, в связи с чем разработаны научные предложения и рекомендации.
Ключевые слова: Процессы безопасности,финансовая безопасность, финансовые риски, финансовая стабильность, уровень безопасности, модернизация, горизонтальный и вертикальный анализ балансовых активов,международные активы финансовой отчётности .
ABSTRACT
This article examines the security processes taking place in the financial system of industrial enterprises' economic activities today, clarifies the system of regulatory documents in ensuring their financial security, determines the group of internal and external influencing factors, assesses them, uses effective methods to ensure financial
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
security, and pays special attention to issues of reporting in accordance with international standards in ensuring financial security, for which scientific proposals and recommendations have been developed.
Keywords: security processesfinancial security, financial risk, financial stability,security level,modernization,horizontal and vertical of balance sheet assets,international financial reporting assets.
Jahon amaliyotida korxonalar moliyaviy xavfsizligini ta'minlash masalasi iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshlikni oshirish, shuningdek, davlatlar moliyaviy barqarorligini ta'minlash, iqtisodiy rivojlanish, barqaror o'sish va farovonlikni oshirishda o'ta muhim va dolzarb masalalardan biri bo'lmoqda. Jahon iqtisodiyoti tajribasi ko'rsatishicha korxonalar moliyaviy xavfsizligini ta'minlashda moliya-kredit munosabatlari muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda va bank kreditlaridan foydalanish ko'lami ortib bormoqda. Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasidan kredit olishga bo'lgan talab 2019 yildan 2021 yilgacha 341 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi1.
Bugungi kunda sanoat korxonalari xo'jalik faoliyatining moliya tizimida yuzaga keladigan xavfsizlik jarayonlarini o'rganish, ularning moliyaviy xavfsizligini ta'minlashda me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimini yoritish, ichki va tashqi ta'sir etuvchi omillar guruhini aniqlash, ularni baholash, moliyaviy xavfsizlikni ta'minlashning samarali usullarini qo'llash hamda moliyaviy xavfsizlikni ta'minlashda hisobotning xalqaro standartlarda yuritish muhim sanaladi. Shuningdek, sanoat korxonalarida resurslarni samarali taqsimlash, moliyaviy risklarni baholash va boshqarish, ish bilan bandlik darajasini iqtisodiyotning tabiiy darajasiga yaqin ushlab turish va pul barqarorligi yoki bandlik darajasiga ta'sir ko'rsatadigan real yoki moliyaviy aktivlarning nisbiy narxlari harakatini bartaraf etish yuzasidan bir qator ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Respublikamiz iqtisodiyotida sanoat korxonalarining moliyaviy xavfsizligini oshirish maqsadida bu korxonalarning moddiy va moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyojini moliyalashtirish, bank kreditlaridan foydalanishda kreditga layoqatlilik darajasini oshirish, korxona kapitali xavfsizligini ta'minlash bo'yicha samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuning bilan bir qatorda korxonalarning moliyaviy xavfsizligini ta'minlash maqsadida hisobotlarni tuzish tartibini xalqaro standartlar talablariga moslashtirishga asosiy urg'u berilmoqda. Korxonalarning moliyaviy ta'minoti har qanday davlat milliy xavfsizligining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir,
Vww.worldbank.org-Jahon banki rasmiy ma'lumotlariga asosan mualliflar izohi
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
chunki korxonalar soliq to'lovchilar bo'lib, byudjetning daromad qismini tashkil qiladi va ish o'rinlarini yaratadi. Ish haqi darajasi, aholining xarid qobiliyati, ishsizlik darajasi va yalpi ichki mahsulot ularning moliyaviy holatiga bog'liq. Bundan tashqari, korxonalar aholini tovarlar, jumladan, eng zarur tovarlar bilan ta'minlaydi. Shuning uchun moliyaviy inqiroz va undan keyingi bankrotlikdan qochish uchun korxonalarning moliyaviy holatini doimiy ravishda nazorat qilish lozim. Moliyaviy xavfsizlikni baholashni o'tkazish uchun baholash usullari va ko'rsatkichlar ini, moliyaviy xavfsizlikka ta'sir qiluvchi omillarni va moliyaviy xavfsizlik darajalari aniqlanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Sanoat korxonlarda moliyaviy xavfsizligini ta'minlashda pul oqimlari daromad va xarajatlarni hisobotlarini Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) asosida tuzish muhim hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi" qonunida MHXSlarini qo'llash tartibi joriy etilgan2. Jahon bozorlariga chiqish, xalqaro munosabatlarni o'rnatish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun moliyaviy hisobotni MHXSlari bo'yicha tuzish maqsadga muvofiqdir. Mahalliy korxonalarda moliyaviy xavfsizlikni taminlashda, hisobotning shaffofligini oshirishda MHXSlarga o'tish orqali amalga oshirilishi mumkin bo'ladi. Shu bo is, xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar hamda ilg'or tajribalardan foydalanish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Sanoat korxonalarida moliyaviy xavfsizlik darajasini moliyaviy hisobot ma'lumotlari asosida tahlil qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:
- buxgalteriya balansi asosida moliyaviy holat tahlili;
- moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot asosida foyda va zararlar tahlili;
- pul oqimlari to'g'risidagi hisobot asosida mablag'larni harakatini tahlili;
- xususiy kapital to'g'risidagi hisobot asosida o'z mablag'lari tahlili.
Bizning fikrimizcha, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy holatini
chuqur tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, moliyaviy barqarorlikni oshishiga olib keladi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy barqarorligini oshishi ishlab chiqarishni kengaytirishga, modernizasiya qilishga va yangi ish o'rinlari yaratishga imkoniyat tug'diradi.
Ilmiy izlanishlar shuni ko'rsatadiki, korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishda buxgalteriya balansini gorizontal va vertikal tahlili muhim o'rin tutadi.
2O'zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi" qonuni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2016 y., 15-son, 142- modda
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Sanoat korxonalarida moliyaviy xavfsizlik darajasini baholashda aktiv moddalari tahlilida balans aktivining tarkibiy tahlili va uning o'zgarish sabablarini o'rganish muhim hisoblanadi. Bunda xo'jalik yurituvchi sub'ekt mablag'lari likvidliligiga, ya'ni pulga aylanish tezligiga ko'ra baho beriladi.
1-jadval
Buxgalteriya balansi aktivining gorizontal va vertikal tahlili3
Mol-mulkning tarkibi Yil boshiga Yil oxiriga O'zgarishi (+,-)
Summa, ming so'm Sal- mog'i , % Summa, ming so'm Sal- mog'i , % Summa-dagi, ming so'm Sal- mog'i , % Yil boshiga nisbatan o'sishi, %
1 2 3 4 5 6=4-2 7=5-3 8=6\2*10
1. Uzoq muddatli aktivlar (130) 46591762,00 35,07 84418298, 403,04 37826536,0 7,97 81,19
2. Joriy aktivlar Shu jumladan: 86279077,00 64,93 111731025,0 56,96 25451948,0 -7,97 29,50
A) Tovar-moddiy zahiralari, kelgusi davr va muddati kechiktirilgan xarajatlar (140, 190, 200) 27606369,00 20,78 69406218,00 35,38 41799849,0 14,61 151,41
B) Pul mablag'lari va qisqa muddatli qo'yilmalar (320, 370) 47650407,00 35,86 1974662,00 1,01 45675745,0 -34,86 -95,86
V) Debitorlar (210) 11022301,00 8,30 40072145,00 20,43 29049844,0 12,13 263,56
Balans aktivining JAMI (400) 132870839,0 100,0 196149323,0 100,0 63278484,0 - 47,62
«Global Textile Solutions"mas'uliyati cheklangan jamiyatining balans ma'lumotlari asosida tahlil qilganimizda, jami aktivlar summasi 63278484,0 ming so'mga yoki 47,62%ga ko'payganligini ko'rishimiz mumkin. Aktivlar summasi o'zgarishiga uzoq muddatli aktivlarning 37826536,0 ming so'mga, joriy aktivlarning 25451948,00 ming so'mga oshganligi ta'sir ko'rsatgan. O'zgarish sabablarini o'rganishda tarkibiy tahlil qilish aniq baholash imkonini beradi. Uzoq muddatli
3 Global Textile Solutions" MChJ ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
aktivlar uzoq muddatli kredit jalb qilish orqali asosiy vositalar sotib olish hisobiga oshgan. Xom-ashyo sotib olish uchun qisqa muddatli kredit jalb qilish hisobiga joriy aktivlar tarkibida tovar-moddiy zahiralarning 41799849 ming so'mga, 151,41% ga oshganligini ko'rishimiz mumkin. Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum kamaygan bo'lsada biroq, tovar-moddiy zahiralarning o'sishi salbiy holat hisoblanadi. Joriy aktivlar tarkibida yuqori likvidli aktiv pul mablag'larining 45675745,0 ming so'mga 95,86% ga kamayganligi va debitorlik qarzlarining 29049844,00 ming so'mga 263,56% ga oshganligi xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy ahvoli nobarqaror tomonga o'zgarishini bildiradi. Umumiy holda balans aktivining jami 63278484,00 ming so'mga 47,62% ga oshganligi ijobiy holat hisoblanadi.
Buxgalteriya balansini passivining gorizontal va vertikal tahlilida kapital va majburiyatlar tahlili amalga oshiriladi.
2-jadval
Buxgalteriya balansini passivining gorizontal va vertikal tahlili4
Mol-mulkni tashkil topish manbaining tarkibi Yil boshiga Yil oxiriga O'zgarishi (+,-)
Summa, ming so'm Sal-mog'i , % Summa, ming so'm Sal-mog 'i, % Summa-dagi, ming so'm Sal- mog'i, % Yil boshiga nisbatan o'sishi, %
1 2 3 4 5 6=4-2 7=5-3 8=6\2*1 00
1.O'z mablag'lari manbalari (480) 10321718 8,0 77,68 10820561 8,0 55,1 6 4988430,0 -22,52 4,83
2. Majburiyatlar shu jumladan: 29653651, 0 22,32 87943705, 0 4,84 58290054, 0 22,52 196,57
a) uzoq muddatli majburiyatlar (490) 16505708, 0 12,42 31413006, 0 16,0 1 14907298, 0 3,59 90,32
b) joriy majburiyatlar (600) 13147943, 0 9,90 56530699, 0 28,8 2 43382756, 0 18,92 329,96
Balans passivining JAMI: (780) 13287083 9,0 100,0 19614932 3,0 100, 0 63278484, 0 - 47,62
"Global Textile Solutions" MChJ balans ma'lumotlari asosida tahlil qilganimizda joriy yilning boshiga nisbatan yil oxirida jami passivlari summasi 63278484,00 ming so'mga yoki 47,62% ga oshgan. Xo'jalik yurituvchi sub'ektda mol-mulkni tashkil etuvchi manbalarning bunday tartibda ko'payishini ijobiy holat
4 "Global Textile Solutions" MChJ ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
sifatida baholamoq lozim. Ammo, ushbu manbalar qaysi manbalar hisobiga ko'payganligiga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Balans passiv moddalari tarkibida o'z mablag'lar manbalari taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) hisobiga oshganligini ko'rishimiz mumkin. Majburiyatlar tarkibida esa uzoq muddatli majburiyatlar 14907298,00 ming so'mga 90,32% ga oshganligi hamda joriy majburiyatlarning 43382756,00 ming so'mga 329,96 foizga oshganligi operasion risk yuqoriligidan dalolat beradi.
Ushbu bosqichda zaxira va xarajatlarini qoplashga o'z mablag'lari va jalb qilingan mablag'larning etarli yoki etishmasligi o'rganiladi. Bunday tahlilning zarurligi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni moliyaviy mustaqilligi, barqarorligi, kredit olishga layoqatliligini aniqlashda o'zlik manbalar bilan ta'minlanganlik ko'rsatkich muhim ahamiyatga egadir. Quyidagi jadvalda zahira va xarajatlarni qoplashga o'zlik manbalarning etarliligini aniqlash uslubi keltirilgan (3-jadval).
3-jadval
Moliyaviy barqarorlikni mutloq ko'rsatkichlar orqali tahlili5
№ Ko'rsatkichlar Shartli belgi Yil boshi Yil oxiri Farqi (+;-)
1 O'z mablag'larining manbalari (480) O'MM 103217188 108205618 4988430
2 Uzoq muddatli aktivlar(130) UMA 46591762 84418298 37826536
3 O'z mablag'lari manbalari (1 satr 2 satr) O'MA 56625426 23787320 -32838106
4 Uzoq muddatli kredit va qarzlar(570+580) UK 16505708 31413006 14907298
5 Zaxira va xaraj atlarni qoplashga tegishli o'z aylanma mablag'lari va uzoq muddatli qarz majburiyatlari (3 satr+4 satr) O'U 73131134 55200326 -17930808
6 Qisqa muddatli kredit va qarzlar (730+740) QK 1666666 30000000 28333334
7 Zaxira va xarajatlarni qoplashning jami manbalari (5 satr+6 satr) JM 74797800 85200326 10402526
8 Zaxira va xaraj atlar (140+190+200) Z 27606369 69406218 41799849
9 Zaxira va xaraj atlarni qoplashga o'z aylanma mablag'larining ortiqcha (+) AO'AM 29019057 -45618898 -74637955
5 "Global Textile Solutions" MChJ ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
yoki etishmasligi (-) (3 satr-8 satr)
Zaxira va xaraj atlarni qoplashga o'z aylanma va uzoq muddatli kredit va qarz majburiyatlari ortiqcha (+) yoki etishmasligi (-) (5 satr-8 satr) AO'U 45524765 -14205892 -59730657
Zaxira va xarajatlarning qoplashga jami manbalarning ortiqcha (+) yoki etishmasligi (-) (7 satr-8 satr) AJM 47191431 15794108 -31397323
Xo'jalik yurituvchi sub'ekt moliyaviy barqarorligini nisbiy ko'rsatkichlari orqali baholash xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy ahvoli va uning kelgusidagi kutilishlarini yanada aniqroq bilish imkonini beradi (4-jadval).
4-jadval
Moliyaviy barqarorlikni nisbiy ko'rsatkichlar orqali baho berish6
№ Moliyaviy koeffisent nomi Hisoblash tartibi 2020 yil 2021 yil Optimal chegarasi
1 Moliyaviy barqarorlik koeffisenti Kmb=(O'mm(480) + Umq(490)) /BC(780) 0,90 0,71 0,8-0,9
2 Bankrotlikni bashorat qilish koeffisenti Kbb=O'AM (480+ 490-130) / BC(780) 0,55 0,28 Kichiklashma sligi kerak
3 Moliyalash koeffisenti Km=O'mm(480)/ M(770) 3,48 1,23 1 dan katta
4 Kumulyativ foydalilik koeffisenti Kkf=CF(270) 2-shakl /BC(780) 0,04 0,03 Kichiklashma sligi kerak
"Global Textile Solutions" mas'uliyati cheklangan jamiyatining moliyaviy hisobot ma'lumotlaridan foydalangan holda moliyaviy barqarorligiga nisbiy ko'rsatkichlar orqali baho berganimizda, moliyaviy barqarorlik koeffitsienti yil boshida barqaror holat, yil oxirida esa nobarqaror holat kuzatilmoqda. Bankrotlikni bashorat qilish koeffisenti o'tgan davrga nisbatan kamayganligi xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy ahvoli yomonlashayotganligidan dalolat beradi. Moliyalash koeffitsienti o'tgan yilda 3.48 ni tashkil etgan bo'lsa bu ko'rsatkich hisobot yilida 1,23 ni tashkil etgan. Ushbu koeffitsientning 1 dan yuqori bo'lishi ijobiy holat hisoblansada, asosan moliyalashtirish o'tgan va joriy davrlarda qisqa va uzoq
6 "Global Textile Solutions" MChJ ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
muddatli bank kreditlari jalb qilish hisobiga amalga oshirilganligini ko'rishimiz mumkin. Balans likvidliligi tahlili sanoat korxonalarida moliyaviy xavfsizlik darajasi tahlili va baholashda muhim ahamiyatga ega, ya'ni likvid mablag'larning ko'p bo'lishi xo'jalik yurituvchi sub'ekt majburiyatlarini o'z vaqtida to'lash imkonini beradi.
Tovar moddiy zahiralarni aylanishi sekinligini ko'rishimiz mumkin. Bu esa faoliyat davomida moliyaviy resurclarga doimiy ehtiyojni keltirib chiqaradi. Rentabellik ko'rsatkichlarining me'yor darajasidan pastligi samarasiz faoliyat yuritayotganligin ko'rsatadi.
Bizning fikrimizcha, raqobat muhitining ko'chayib borishida prognozlangan hisobot ma'lumotlariga bo'lgan talab oshib bormoqda. S.I. Krilov qo'llanmasida korxonalar faoliyatini prognozlashda byudjetli, sotishning foizli usuli va maqsadli usullardan keng foydalaniladi, ular orqali korxona faoliyatini prognozlashda moliyaviy tahlilning vositasi sifatida ishlatiladi7.
S.I. Krilov tomonidan korxona faoliyatini prognozlashda sotishning foizli usulida buxgalteriya balansini prognozlashda dastlab quyidagi hisob kitoblar amalga oshiriladi:
1. Mahsulot sotishdan tushum hajmi joriy davrda - 24264222,0 ming so'm
2.Mahsulot sotishdan tushum hajmining kelgusidagi kutilishi 42947672,94 ming so'm
3. Kelgusi yilda kutilayotgan foyda normasi - 0,1.
4. Kutilayotgan dividend normasi - 0,5.
5. Kelgusidagi asosiy vositalar qiymatining o'zgarishi tushum xajmiga mos ravishda o'zgaradi.
6.Mahsulot sotishdan tushum xajmining o'sishi 42947672,94 / 24264222 ming so'm.=1,77
Buxgalteriya balansini sotishning foizli usuli orqali prognozlash amalga oshirilganda, kelgusida qancha miqdorda qo'shimcha tashqi moliyalashtirish talabni oldindan aniqlash imkonini beradi (5-jadval).
5- jadval
«Global Textile Solutions"MChJ buxgalteriya balansi prognozi8
Ko'rsatkichlar 2020 yil Bashorat
AKTIV 01.01.2020 01.01.2021 Bashoratlashni hisob-kitobi 01.01.2022
1. Uzoq muddatli aktivlar 7764650,41 15357900,00 * 27183483,00
7 KpbrnoB И. Финансовый анализ: учебное пособие. - Екатеринбург: Изд-во Урал. ИПС УрФУ, 2016. - 94 c. 8 "Global Textile Solutions" MChJ ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Asosiy vositalar boshlang'ish qiymati 12583561,41 31201967,00 31201967*1,77 55227481,59
Asosiy vositalar eckirish qiymati 4818911,00 15844067,00 15844067*1,77 28043998,59
Asosiy vositalar qoldiq qiymati 7764650,41 15357900,00 15357900*1,77 27183483,00
Nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati
Kapital qo'yilmalar
Boshqa uzoq muddatli aktivlar
2.Joriy aktivlar 6705467,55 12748422,61 * 22564708,02
Tovar moddiy zahiralari 3513026,96 8907638,61 8907638,61*1,7 7 15766520,34
Kelgusi davr xarajatlari
Pul mablag'lari 1667123,00 2980351,00 2980351*1,77 5275221,27
Boshqa joriy aktivlar
Debitorlar, jami 1525317,59 860433,00 860433*1,77 1522966,41
Shu jumladan:
Xaridor va buyurtmashilar bilan xisob-kitoblar 1426026,50 703986,00 703986*1,77 1246055,22
Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo'naklar 99291,09 16699,00 16699*1,77 29557,23
Balans aktivi bo'yicha jami 14470117,96 28106322,61 * 49748191,02
PASSIV
l.O'z mablag'lari manbasi 6493431,31 15747021,61 * 15399504,23
Ustav kapitali 1441000,00 1441000,00 o'zgarishsiz 1441000,00
Rezerv kapitali 2811379,90 11679810,00 o'zgarishsiz 11679810,00
Taqsimlanmagan foyda 2241051,41 2626211,61 2626211,61 + 42947672,94 * 0,1*(1-0,5) 2278694,23
Boshqa manbalar
2. Majburiyatlar 7976686,65 12359301,00 * 34348686,79
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari 4281998,00 2021562,00 o'zgarishsiz 2021562,00
Boshqa majburiyatlar 1603276,96 945869,00 945869*1,77 1674188,13
Kreditorlik majburiyatlari, jami 2091411,69 8236314,00 8236314*1,77 14578275,78
Shu jumladan:
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga majburiyatlar 864236,11 4530890,00 4530890*1,77 8019675,3
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Byudjetga majburiyatlar 190664,00 19334,00 19334*1,77 34221,18
Qo'shimcha talab qilinadigan moliyalashtirish manbalari * * 49748191,0215399504,2318274025,91 16074660,88
Balans passivi bo'yicha jami 14470117,96 28106322,61 * 49748191,02
«Global Textile Solutions"MChJ QKsida mablag'laming mahsulot sotishdan tushum hajmining o'sishi mos ravishda hisob-kitoblar natijasi kelgusi prognozlangan davrda aktivlar summasi 49748191,02 ming so'mni tashkil etdi. Bunga barcha asoslar etarli hisoblanadi. Negaki, sotish xajmining 1,77 darajaga ortishida aktivlar xajmining o'zgarishi xuddi shu ifodaga olib keladi. Passiv qismi esa o'z mablag'lar manbai 15399504,23 ming so'mni tashkil etib, majburiyatlar esa 18274025,91 ming so'mni va qo'shimcha tashqi moliyalashtirish 16074660,88 ming so'mni talab etadi. Bu esa yuqori tashqi moliyalashtirishga ehtiyoj borligini ko'rsatadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Korxona moliyaviy faoliyati samaradorligi eng avvalo uning boshqaruviga bog'liq bo'lib, bizning tadqiqot ishimiz "GLOBAL TEXTILE SOLUTIONS" mas'uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirildi. Korxonada bugungi kunda 300 ga yaqin ishchi xizmatchi faoliyat yuritadi. Korxona tashkiliy iqtisodiy tuzilishi klaster asosida shakllangan. Unga ko'ra korxona 300 ga yaqin fermer xo'jaliklar bilan xamkorlik qilib o'z xomashyosini yetishtirishga va iqtisodiy samaradorlikka erishishga erishish uchun xamkorlik qiladi. Bu esa o'z navbatida korxona uchun xomashyo bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy xavf xatarlarni kamaytirishga erishiladi.
"GLOBAL TEXTILE SOLUTIONS" mas'uliyati cheklangan jamiyati ta'sischining 2014 yil 26 fevraldagi 2-sonli qarori asosida to'qimachilik korxonasi sifatida tashkil etilgan bo'lib u O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi hisoblanadi. Korxona o'zining mustaqil balansiga va boshqa raqamlarga ega, o'z nomi ko'rsatilgan muxrga, burchak shtampi, firma belgisi va boshqa belgilarga ega. Jamiyat to'la xo'jalik hisobida faoliyat yuritadi, o'z xarajatlarini o'zi qoplash asosida faoliyat olib boradi.
Korxona o'z pul mablag'larining xajmini ko'paytirishga harakt qilinmoqda.
2019 yili korxonada 145284 ming so'mlik pul mablag'lari mavjud bo'lgan bo'lsa,
2020 yili 325706 ming so'mlik va 2021 yili 1343273 ming so'mlik pul mablag'laridan foydalanildi yoki 2021 yili 2020 yilga nisbatan 312,4 foiz ko'proq pul mablag'laridan foydalanildi. Bu esa korxonada moliyaviy xavfsizlik qoidalariga e'tibori yuqori qaratgani bilan izoxlasak bo'ladi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
Har qanday korxona xo'jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida moliyalashtirish manbalari va hajmlarini aniqlash muammosiga duch keladi. Moliya bozoridan pul va resurslarni jalb qilish jarayoni korxonaning strategiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
"Global Textile Solutions" mas'uliyati cheklangan jamiyatining moliyaviy hisobot ma'lumotlaridan foydalangan holda moliyaviy barqarorligiga nisbiy ko'rsatkichlar orqali baho berganimizda, moliyaviy barqarorlik koeffitsienti yil boshida barqaror holat, yil oxirida esa nobarqaror holat kuzatilmoqda. Bankrotlikni bashorat qilish koeffisenti o'tgan davrga nisbatan kamayganligi xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy ahvoli yomonlashayotganligidan dalolat beradi. Moliyalash koeffitsienti o'tgan yilda 3.48 ni tashkil etgan bo'lsa bu ko'rsatkich hisobot yilida 1,23 ni tashkil etgan. Ushbu koeffitsientning 1 dan yuqori bo'lishi ijobiy holat hisoblansada, asosan moliyalashtirish o'tgan va joriy davrlarda qisqa va uzoq muddatli bank kreditlari jalb qilish hisobiga amalga oshirilganligini ko'rishimiz mumkin. Balans likvidliligi tahlili sanoat korxonalarida moliyaviy xavfsizlik darajasi tahlili va baholashda muhim ahamiyatga ega, ya'ni likvid mablag'larning ko'p bo'lishi xo'jalik yurituvchi sub'ekt majburiyatlarini o'z vaqtida to'lash imkonini beradi.
Sanoat korxonalari moliyaviy xavfsizligini ta'minlash uchun sanoat korxonalarining yuqori moliyaviy samaradorligini, uning moliyaviy barqarorligi va mustaqilligini ta'minlash, sanoat korxonalarining texnologik mustaqilligini ta'minlash, sanoat korxonalarining yuqori samaradorligi, uning tashkiliy tuzilmasining optimalligi va samaradorligi, sanoat korxonalarining yuqori malakali kadrlari va uning intellektual salohiyati, korporativ tadqiqotlar va ilg'or ishlanmalar samaradorligini oshirish, sanoat korxonalarining yuqori darajadagi ekologik ko'rsatkichlari, sanoat faoliyati natijalarining atrof-muhitga halokatli ta'sirini minimallashtirish, sanoat korxonalari faoliyatining barcha jabhalarining sifatli huquqiy ta'minlanishi, sanoat korxonalarining axborot muhitini, tijorat sirlarini himoya qilish va uning barcha xizmatlarini axborot bilan ta'minlashning yuqori darajasiga erishish, sanoat korxonalarining xodimlar, uning kapitali, mulkiy va tijorat manfaatlari xavfsizligini ta'minlash va boshqa yo'nalishlarga e'tibor qaratish lozim.
"Global Textile Solutions" mas'uliyati cheklangan jamiyatining moliyaviy hisobot ma'lumotlaridan foydalangan holda moliyaviy barqarorligiga nisbiy ko'rsatkichlar orqali baho berganimizda, moliyaviy barqarorlik koeffitsienti yil boshida barqaror holat, yil oxirida esa nobarqaror holat kuzatilmoqda. Bankrotlikni bashorat qilish koeffisenti o'tgan davrga nisbatan kamayganligi xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy ahvoli yomonlashayotganligidan dalolat beradi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
Moliyalash koeffitsienti o'tgan yilda 3.48 ni tashkil etgan bo'lsa bu ko'rsatkich hisobot yilida 1,23 ni tashkil etgan. Ushbu koeffitsientning 1 dan yuqori bo'lishi ijobiy holat hisoblansada, asosan moliyalashtirish o'tgan va joriy davrlarda qisqa va uzoq muddatli bank kreditlari jalb qilish hisobiga amalga oshirilganligini ko'rishimiz mumkin. Balans likvidliligi tahlili sanoat korxonalarida moliyaviy xavfsizlik darajasi tahlili va baholashda muhim ahamiyatga ega, ya'ni likvid mablag'larning ko'p bo'lishi xo'jalik yurituvchi sub'ekt majburiyatlarini o'z vaqtida to'lash imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Amadae, S.M. (2017) Perpetual anarchy: From economic security to financial insecurity. Finance and Society, 3(2): 188-96.;
2. Amicelle, A. (2017) When finance met security: Back to the War on Drugs and the problem of dirty money. Finance and Society, 3(2): 106-23.
3. Amoore, L. (2011) Data derivatives: On the emergence of a security risk calculus for our times. Theory, Culture & Society, 28(6): 24-43.;
4. Ahmad S., Ng Ch., McManusc L. Enterprise risk management (ERM) implementation: Some empirical evidence from large Australian companies. Procedia - Social and Behavioral Sciences 164 ( 2014 ) 541 - 547;
5. Arrieta-Paredes М., Hallsworth А., Coca-Stefaniak J. Small shop survival - The financial response to a global financial crisis. Journal of Retailing and Consumer Services 53 (2020) 101984. pp.;
6. De Goede, M. (2010) Financial security. In: Burgess, J.P. (ed.) The Routledge Handbook of New Security Studies. London: Routledge, 100-109.;
7. Der Derian, J. (1995) The value of security: Hobbes, Marx, Nietzsche and Baudrillard. In: Lipschutz, R. (ed.) On Security. New York, NY: Columbia University Press, 24-45.;
8. Langley, P. (2013) Toxic assets, turbulence and biopolitical security: Governing the crisis of global financial circulation. Security Dialogue, 44(2): 111-26.;
9. Langley, P. (2017) Finance/security/life. Finance and Society, 3(2): 173-79;
10. Santiago Moral-Garc'ia, Santiago Moral-Rubio, Eduardo B. Fern'andez, Eduardo Fern'andez-Medina, Enterprise Security Pattern: A Model-Driven Architecture Instance, Computer Standards & Interfaces (2013), doi: 10.1016/j.csi.2013.12.009;
11. KpbrnoB И. Финансовый aHanro: учебше пособие. - Екатеринбург: Изд-во Урал. ИПС УрФУ, 2016. - 94 c
12. Delas V., Nosova E., Yafinovych O. Financial Security of Enterprises. Procedia Economics and Finance 27 ( 2015 ) 248 - 266;
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
13. Yu-Lun Chen, et al., The value of implementing enterprise risk management: Evidence from Taiwan's financial industry. North American Journal of Economics and Finance, https://doi.org/10.1016/i.naief.2019.02.004;
14. Qonun hujjatlari ma'lumotlarni milliy bazasi, 24.10.2019 y., 06/19/5853/3955-son) http://lex.uz/docs/45673342.
15. www. gov.uz (O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati portali).
16. www.UzA.uz (O'zbekiston milliy axborot agentligi).
17. www.anticorruption.uz (O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi).
18. www.stat.uz (O'zbekiston Respublikasi Statistika Qo'mitasi)