Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed
Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
FERMER XO'JALIKLARIDA DAROMADLAR TAHLILI VA AUDITINING VAZIFALARI
N. I. Najimova
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo'jaligi va raqamli texnologiyalar" kafedrasi assistenti
M. Bahriyev
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistranti
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O'zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o„z navbatida, mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib uni xalqaro me'yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi. Albatta, bunda xo'jalik yurituvchi sub'yektlar, ya'ni, korxona va tashkilotlarning rivojlanib borishida auditning roli muhimdir.
Kalit so'zlar: modernizatsiya, eksport, realizatsiya, daromad, audit.
The deepening of economic reforms, the integration of the Republic of Uzbekistan into the world economic system, in turn, requires continuous improvement of the existing legal framework and its adaptation to international norms and standards. Of course, the role of audit in the development of business entities, ie enterprises and organizations, is important.
Keywords: modernization, export, sales, revenue, audit.
Mamlakatimiz ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va vazifalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "20222026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-son Farmonida belgilab berilgan bo'lib, mazkur farmonda 7 bo'limdan iborat 100 ta maqsad belgilab berilgan. Bevosita iqtisodiyotni jadal rivojlantirish vazifasi ushbu qabul qilingan "Taraqqiyot strategiyasi"ning "3-Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
www.samaguni.uz
Republican Scientific and Practical Conference
October 5-6
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed
Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash" bo'limida, 21-36 maqsadlarda o'z aksini topgan.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish, auditorlik tekshiruvidan o'tkazish, hamda hisob-kitobni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo'l-yo'riq, huquqiy va boshqa turdagi yordam ko'rsatadigan malakali xizmatning shakli - auditorlik faoliyatiga ehtiyoj yanada kuchaymoqda. Bunday faoliyatning asosiy vazifasi, birinchi navbatda, korxona moliya-xo'jalik faoliyatini nazorat qilib turadigan buxgalterlik hisobi tizimi, faoliyat natijalarini baholaydigan joriy va yillik hisobotlarning qonuniyligini tasdiqlashdan iboratdir.
Auditning eng muhim ob'yektlaridan biri bo'lib daromad hisoblanadi. Barcha xo'jalik yurituvchi sub'yektlar xarajatlarini qoplaydigan va foyda olishini ta'minlaydigan yagona manba bu daromaddir. Aynan daromadlarni oshirish orqali ularning moliyaviy barqarorligi, xo'jalik faoliyati samaradorligi ta'minlanadi. Daromadlarning oshishidan nafaqat korxonalarning o'zlari, ularning ta'sischilari, investorlari, shuningdek davlat ham manfaatdordir. Shuning uchun, daromadlarni uzluksiz ravishda ko'paytirib borish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan hisoblanadi.
MATERIALLAR VA METODLAR
Korxonalarda daromadlar auditining bosh maqsadi olinayotgan daromadlarning qonuniyligini, uni aks ettiruvchi moliyaviy hisobot va boshqa shakllardagi axborotlarning realligini ta'minlashdan, shuningdek, korxonalarda daromadlarni oshirishdan hamda hisob ishlarini takomillashtirishdan iborat deb hisoblash mumkin.
Taqdim etilayotgan axborotlarning qayd etilgan sifatlarga ega bo'lishi ko'p jihatdan korxonalar daromadlarini hisob va audit ob'yekti sifatida to'g'ri tasniflashga bevosita bog'liq. Daromadlar auditi iqtisodiyotning quyi va hal qiluvchi bo'g'ini hisoblangan korxonalar faoliyatida me'yoriy hujjatlar ustuvorligini ta'minlash, daromadlarini oshirish, ulardan undirilayotgan soliqlarning to'liqligi va to'g'riligini kafolatlash hisobiga davlat maqsadlariga ham xizmat qiladi. Ushbu maqolani tayyorlashda, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda qo'llaniladigan kuzatish, guruhlash, tahlil qilish va boshqa usullardan foydalanildi.
www.samaguni.uz
Republican Scientific and Practical Conference
October 5-6
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
Quyidagi jadvalda fermer xo'jalikda mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumning o'zgarish suratlari aks etgan:
1-jadval.
№ Ko'rsatkichlar 2-shakl hisobot Bazis yilda Hisobo t yilida Farqi (+,-) O'zgarish sur'ati(%)
1 Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan daromad 006 324741 478514 +153773 67,8%
1-jadval ma'lumotlariga ko'ra, fermer xo'jalik hisobot yilida mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan 478514 ming so'm (o'tgan yilga nisbatan (+153773), o'zgarish sur'ati 65,8% oshgan) daromad olgan. «Asil Shunqor yerlari» fermer xo'jaligida daromadlari auditi shuni ko'rsatadiki, korxonada mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning realizatsiyasi o'tgan yilga nisbatan keskin oshgan. Bu ko'rsatkich «Asil Shunqor yerlari» fermer xo'jaligi eksport hajmini oshirishi evaziga yuzaga kelgan.
Xulosa
Balans ma'lumotlariga ko'ra, «Asil Shunqor yerlari» fermer xo'jaligining tovar moddiy zaxiralari o'tgan yilga nisbatan ikki barobar oshgan bo'lsa-da, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning aksariyat qismi realizatsiya qilinmasdan qolgan. Bu esa, korxonaning yalpi daromadiga o'z ta'sirini ko'rsatgan.
«Asil Shunqor yerlari» fermer xo'jaligining jami aktivlarining katta qismi majburiyatlar hisobiga shakllantirilgan. Shuningdek, aktivlarining sezilarli qismi pul mablag'lari va debetorlik qarzlarda ham turibdi, bizningcha ularni oborotga jalb qilish zarurati mavjud. Ammo, fermer xo'jalik kelgusi faoliyati davomida mahsulotlar realizatsiyasini oshirsa, bu ko'rsatkichlarni ijobiy holat sifatida ko'rish mumkin. Demak, shu kabi konsalting xizmatlarni ham ko'rsatish auditning o'ziga xos xususiyatlaridan biri ekanligini ko'rsatadi.
® ©
www.samaguni.uz
October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference
©
o1
©
123
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
«Asil Shunqor yerlari» fermer xo'jaligining qisqartirilgan balansi (ming so'm)
2-jadval.
Fennei xo'julik lnnbhig'huiniiig Milbing'Lulling tnslikil topisli miiiibiiLui
jovlashislii
Ko'rsatkicliliU' YU YU Ko'rsatkichlar YU YU
bosliida oxiiirta bosliirta oxiiirta
1. Uzoq muddatli aktivlar 1. O'z mablag'lari manbalari
Asosiy vositalar 134890 320512 Ustav, qo'shilgan va rezerv kapitali 128916 156210
Nomoddiy aktivlar ~ Ta qs iml aiima gaii foyda(+), zarar(-) 10000 16250
l-bo'liin bo'yiclia 134890 320512 1-bo'lim bo'vicha 138916 172460
janii jiUlli
Joriy aktivlar Majburiyatlar
Tovar-moddiy 18796 38136 Uzoq muddatli qarz - 228060
zaliiralar va kreditlar
Debitorlik qarzlari 12411 18745 Qisqa muddatli qarz va kreditlar 40000 ~
Pul mablag'lari 12819 23127
2-bo'lim bo'yiclia 44026 80008 2-bo'lim bo'yiclia 40000 228060
jami jami
Jami aktivlar 178916 400520 Jami passivlar 178916 400520
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni. www.Lex.uz
2. Annayev M.Savdo korxonalarida daromadlar hisobi va auditining dolzarb masalalari.Monografiya. -T.: «Navro'z», 2011.
3. Alikulov A.I., Eshmuradov U.T., Shodiyev A.R. Qishloq xo'jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish. Uslubiy qo'llanma. - Samarqand, «N-Doba», 2020.
® ©
www.samaguni.uz
October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference
©
o1
©
124