Научная статья на тему 'TIJORAT BANKLARI DEPOZIT SIYOSATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

TIJORAT BANKLARI DEPOZIT SIYOSATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
36
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
depozit siyosati / omonat / muddatli depozit / bank resurslari / depozit baza / bank aktivlari / bank foydasi / foiz stavka.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nurillaev Sherdil Jamoliddin O‘g‘li

Bugungi banklararo raqobat kurashi sharoitida tijorat banklarining depozit siyosati samaradorligini oshirish, uning bank resurs bazasini mustahkamlashdagi ahamiyatini yanada mustahkamlash har qanday tijorat bankining strategik maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada tijorat banklari depozit siyostanining shakllanishi, uning nazariy asoslari, banklarda resurslarni shakllantirishda depozit siyosatining o‘rni kabi masalalar yoritilgan. Shuningndek, mamlakatimiz tijorat banklari resurs bazasi va unga xos bo‘lgan tendensiyalar tahlil qilingan, tegishli xulosa va takliflar shakllantirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIJORAT BANKLARI DEPOZIT SIYOSATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

TIJORAT BANKLARI DEPOZIT SIYOSATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Nurillaev Sherdil Jamoliddin o'g'li

https://doi.org/10.5281/zenodo.12188142

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 20- June 2024 yil

KEY WORDS

depozit siyosati, omonat, muddatli depozit, bank resurslari, depozit baza, bank aktivlari, bank foydasi, foiz stavka.

Bugungi banklararo raqobat kurashi sharoitida tijorat banklarining depozit siyosati samaradorligini oshirish, uning bank resurs bazasini mustahkamlashdagi ahamiyatiniyanada mustahkamlash har qanday tijorat bankining strategik maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada tijorat banklari depozit siyostanining shakllanishi, uning nazariy asoslari, banklarda resurslarni shakllantirishda depozit siyosatining o'rni kabi masalalar yoritilgan. Shuningndek, mamlakatimiz tijorat banklari resurs bazasi va unga xos bo'lgan tendensiyalar tahlil qilingan, tegishli xulosa va takliflar shakllantirilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan kelib chiqib, belgilangan vazifalarni bajarish, bankning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini yanada oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgartirishlarning ustuvor yo'nalishlarini qayta tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini yanada kengaytirish, yangi ish o'rinlarini tashkil etish bo'yicha izchil choralar amalga oshirildi.

Bankning moliyaviy barqarorligini baholovchi ko'rsatkichlardan biri bo'lgan aktivlar 2023 yilning 1 oktabr holatiga 62,7 trln. so'mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 9,6 trln. so'mga yoki 118 foizga oshdi. Jami aktivlar tarkibida daromad keltiradigan aktivlar 54,3 trln. so'mni yoki 87 foizni va daromad keltirmaydigan aktivlar 8,4 mlrd. so'mni yoki 13 foizni tashkil etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 dekabrdagi "Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi PQ-4071-sonli Qaroriga hamda 2020 yil 12 maydagi "2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PF-5992-sonli Farmoniga muvofiq bankning kapitallashuvini oshirish, resurs bazani mustahkamlash, faoliyatni xalqaro me'yorlarga muvofiq tashkil etish choralari ko'rilmoqda.

Bank resurs bazasi 62,7 trln. so'mni tashkil etib, joriy yil boshiga nisbatan 9,6 trln. so'mga (118%) ko'paydi. Bank resurs bazasidagi aholi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlaridan jalb qilingan depozitlar miqdori 14,4 trln. so'mni yoki 23 foizini tashkil etmoqda. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bo'sh pul mablag'larini bankka jalb qilish maqsadida bank

tomonidan muomalaga chiqarilgan depozit sertifikatlarning mijozlar o'rtasida joylashtirilgan qoldig'i 160 mlrd. so'mni tashkil qildi. Bank tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilib, jalb etilgan kredit liniyalar hisobidan umumiy 260,6 mln. AQSh dollari miqdorida mablag'lar o'zlashtirildi.

Joriy yilda Xelaba bank (Germaniya) 72,1 mln. AQSh dollari, Landesbank (Germaniya) 26,2 mln. AQSh dollari, Rossiya banklari 2,5 mln. AQSh dollari, Landesbank Shparkassadan 20,2 mln. AQSh dollari, Kommersbank (Germaniya) 34,3 mln. AQSh dollari, AKA bank (Germaniya) 22,0 mln. AQSh dollari, Oddo bank (Germaniya) 24,8 mln. AQSh dollari, Kredit suis bank (Shvesariya) 10,5 mln. AQSh dollari, IKRChS (Saudiya Arabistoni) 9,1 mln. AQSh dollari va boshqa banklardan 39,0 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari jalb qilindi. Joriy yilning o'tgan davri mobaynida bankning jami olgan daromadlari 11,5 trln. so'mni tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 3,3 trln. so'mga yoki 140,7 foizga oshdi. Shuningdek, jami 11,4 trln. so'm miqdorda xarajatlar amalga oshirilib, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 141,4 foizga yoki 3,3 trln. so'mga ko'paydi. Natijada, 2023 yil 1 oktabr holatiga bank bo'yicha olingan foyda 105 mlrd. so'mni tashkil etdi. Aktivlar rentabelligi ko'rsatkichi (ROA) 0,2 foizni va kapital rentabelligi ko'rsatkichi (ROE) 1,1 foizni tashkil qildi.

Bundan tashqari, joriy yilda bank transformatsiyasi jarayoni davom ettirildi. Bank transformatsiyasini amalga oshirishda birinchi navbatda ilg'or xorijiy tajribalar o'rganildi. Iqtisodiyotning agrar tarmog'ini qo'llab-quvvatlash hamda chakana bank xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha bankning yetakchiligi, keng tarmoqli filiallar tizimiga, barqaror kapitallashuv darajasi va an'anaviy mijozlar bazasiga egaligi, xorijiy banklar hamda moliya institutlarining jalb etilgan kredit liniyalari mavjudligi bankning raqobatdoshlik imkoniyatlarini yanada oshirmoqda.

Bankning keng ko'lamdagi chakana va korporativ xizmatlarni ko'rsata olish imkoniyatlari, kredit portfeli hamda moliyalashtirish bazasining doimiy kengaytirilishi va diversifikatsiyalanishi mamlakatning bank sektorida yetakchi mavqeni egallash imkoniyatini bermoqda.

ATB "Agrobank" balansida yuz bergan o'zgarishlarni aniqlash uchun bir qator nisbiy ko'rsatkishlar hisoblab shiqildi. Mazkur nisbiy ko'rsatkishlarning birinshi guruhi bevosita resurs bazasidagi o'zgarishlarni ifodalasa, ikkinshi guruhi ishki va tashqi kredit defolti risklari darajasini aniqlashga xizmat qiladi.

Birinshi guruh ko'rsatkishlari jumlasiga kiruvshi depozitlarning bank balansidagi salmog'i koeffitsienti tahlil etilgan davrda kamayib borish tendensiyasini namoyon etgan. Xususan, mazkur koeffitsient 2018 yilda 36,1 fizga teng bo'lib, 2017 yildagiga nisbatan 17,6 foiz punktga, 2016 yildagiga nisbatan 33,6 foiz punktga, 2015 yildagiga nisbatan 26,0 foiz punktga kamaygan. Ushbu davrda ishki va tashqi manbalardan jalb etilgan qarz mablag'larning bank balansidagi salmog'i 2019 yil 1 yanvar holatiga 25,9 foizni tashkil etib, 2014 yilga nisbatan 25,0 foiz punktga, 2015 yildagiga nisbatan 23,3 foiz punktga, 2016 yildga nisbatan 23,8 foiz punktga va 2017 yilga nisbatan 18,1 foiz punktga ko'paygan. Xususiy kapitalning bank balansini shakllantirishdagi salmog'i 2018 yil yakunida 23,6 foiz bo'lib, tahlil etilgan davrda ko'payshish va kamayish tendensiyasiga ega bo'lgan.

Ikkinshi guruh ko'rsatkishlari ATB "Agrobank" balansida kredit risklari konsentratsiyasi katta ekanligidan dalolat beradi. Xususan, mijozlarga ajratilgan kreditlarning jalb etilgan depozitlar

bilan qoplanish darajasi 2018 yil yakunida 44,3 foizga (2017 yilda 81,1 foiz, 2016 yilda 92,6 foiz) kamaygan bo'lsa, olingan qarz mablag'lari hisobiga ajratilgan kreditlar salmog'i 2015 yildagi 1,1 foizdan 2018 yilda 31,9 foizgasha oshib borgan. Olingan qarzlarning bank kapitaliga nisbati 2015 yildagi 4,2 foizdan 2018 yilda 7,8 foizda 2023 yilda 29,8 foizgasha ko'tarilgan.

Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslangan holda "Agrobank" ATB faoliyatiga uzoq muddatli davrda o'z ta'sirini o'tkazishi mumkin bo'lgan quyidagi tendensiyalarni qayd etish mumkin: birinshidan, bankning resurs bazasida jismoniy va yuridik shaxslardan jalb etilgan omonatlar salmog'i kamayib bormoqda. Bunday vaziyat makroiqtisodiy vaziyatning salbiy ta'siri (inflyatsion jarayonlar kushayib borishi sharoitida jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlari milliy valyutadan xorijiy valyutaga o'tkazilishi, aholi o'rtasida kambag'allik holatlarining kuzatilishi hisobiga turli manbalardan olingan daromadlarni joriy hisob-kitoblarni amalga oshirish ushun naqdlashtirish holatlari kushayib borishi va boshqalar), ishki va tashqi manbalardan taklif etilayotgan resurslar qiymatining omonatlar bo'yisha belgilanayotgan foiz stavkalariga nisbatan arzonligi va boshqa omillar ta'siri bilan izohlanishi mumkin;

ikkinshidan, ishki va tashqi manbalardan jalb etilgan qarz mablag'lari hajmining kattaligi makro va mikrodarajagi iqtisodiy holatning yomonlashuvi sharoitida bankning joriy likvidlilikni yo'qotish ko'rinishidagi defolt darajasini oshirib yuboradi;

ushinshidan, bank tomonidan ishlab shiqilgan va amalga oshirilayotgan depozit siyosati yuzaga kelgan vaziyatni yaxshilashga emas, balki mavjud holatni saqlab qolishga yo'naltirilganligi, shuningdek, unda innovatsion xizmatlar paketining mavjud emasligi depozit operatsiyalarining bank balansidagi salmog'ini pasaytirib yuborishi ehtimoli katta; to'rtinshidan, depozit siyosatini amalga oshirishda resurs bazasini omonatlar hajmini oshirish orqali deversifikatsiyalash imkoniyatlarining to'liq ko'rib shiqilmaganligi (ya'ni, depozit, kredit, likvidlilikni ta'minlash va boshqa siyosatlar o'rtasida uzviy aloqadorlik yo'qligi) mavjud vaziyatni yomonlashtiruvshi omil, deb hisoblanishi mumkin;

beshinshidan, resurs bazasini shakllantirishda qarz qimmatli qog'ozlarini muomalaga shiqarish amaliyotining sustligi depozit siyosatining samaradorligini pasaytirib yuborishi mumkin.

6-jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, ATB "Agrobank" dan farqli ravishda "Asia Allianse Bank" ATBda resurs bazasini shakllantirishda ikki ishki manba, ya'ni xususiy kapital hamda mijozlarning omonatlarini ko'paytirishga ustuvorlik berilgan. Buning natijasida 2014-2018 yillar davomida mijozlarning depozit hisobvaraqlaridagi mablag'lar qoldig'i to'xtovsiz ko'payb borgan. Xususan, 2014 yilda mijozlarning mablag'lari 959 908 mln.so'mga teng bo'lgan bo'lsa, 2017 yilda 1 051 228 mln.so'mga, 2018 yilda 1 394 028 mln.so'mga yetgan. Bank balansidagi depozitlar salmog'i 2018 yilda 78,1 foizga teng bo'lgan. Bankning xususiy kapitali tahlil etilgan davrda 87 101 mln.so'mgan ko'payib,2019 yil 1 yanvar' holatiga 229 972 mln.so'mni tashkil etgan.

6-jadval

ATB "ASIA ALLIANSE BANK" balans ko'rsatkishlari dinamikasi, (mlrd. so'm va foizda)

Ko'rsatkishlar 01.01.2015 yil 01.01.2016 yil 01.01.2017 yil 01.01.2018 yil 01.01.2019 yil

Bank balansi 1 128 944 1 073 185 1 155 440 1 392967 1 785 022

Mijozlarning mablag'lari (depozitlar) 959 908 841 411 801 842 1 051228 1 394 028

Shiqarilgan qarz qimmatli qog'ozlari - - - - -

Olingan boshqa qarzlar - - - 43 529 122 614

Xususiy kapital 142 871 154 658 193 434 241 678 229 972

Berilgan kreditlar 413 080 436 364 679 536 852 442 1 209 412

Naqd aktivlar 658 494 554 043 359 782 456 710 441 940

Depozitlarning bank balansidagi salmog'i 85,1% 78,4% 69,4% 75,6% 78,1%

Olingan qarzlarning bank balansidagi salmog'i - - - 3,1% 6,9%

Xususiy kapitalning bank balansidagi salmog'i 12,6% 14,4% 16,7% 17,3% 12,9%

Depozitlarning kreditlarga nisbati | K 232,4% 192,8% 117,9% 'o 123,3% 115,3%

Qarz mablag'larining kreditlarga nisbati - - - 5,1% 10,1%

Xususiy kapitalning kreditlarga nisbati 34,6% 35,4% 28,5% 28,4% 19,1%

Qarz mablag'larining xususiy kapitalga nisbati - - - 18,1% 53,3%

(ATB "Asia Allianse bank" moliyaviy hisobotlari ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.)

Bank tomonidan jalb etilgan omonatlar mijozlarning kreditga bo'lgan talabini to'liq qoplash imkoniyatini beradi. Kreditlarning depozitlar bilan qoplanishi darajasi 2018 yil yakunida 115,3 foiz bo'lganligi fikrimizning isbotidir.

Bank tomonidan ishki va tashqi manbalardan jalb etilgan qarz mablag'lari hajmining katta emasligi (2018 yil yakunidagi qarz mablag'lari qoldig'i 122 614 mln.so'm yoki ularning bank balansidagi salmog'i 6,9 foiz) kredit defolti riskini minimal darajada ushlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari qarz mablag'larining bank kapitaliga nisbati 53,3 foizni tashkil etishi makro va mikroiqtisodiy sharoit keskin yomonlashuvi davrida ham bankning likvidliligi me'yoriy darajada bo'lishini ta'minlash ehtimoli katta.

7-jadval

ATB "Turonbank" balans ko'rsatkishlari dinamikasi, (mlrd. so'm va foizda)

Ko'rsatkishlar 01.01.2015 У" 01.01.2016 У" 01.01.2017 У« 01.01.2018 У« 01.01.2019 У«

Bank balansi 590 759 702 906 874 065 1 519 158 3 049 678

Mijozlarning mablag'lari (depozitlar) 474 639 565 666 710 139 903 851 1 199 429

Shiqarilgan qarz qimmatli qog'ozlari 11 993 13 656 12 484 10 917 8 102

Olingan boshqa qarzlar 6 761 14 501 54 888 232 371 892 333

Xususiy kapital 61 831 77 158 85 123 322 948 822 985

Berilgan kreditlar 397 228 425 821 516 424 921 117 2 271 891

Naqd aktivlar 120 372 183 623 285 446 496 098 663 265

Depozitlarning bank balansidagi salmog'i 80,3 80,4 81,2 59,5 39,3

Shiqarilgan qarz qimmatli qog'ozlarining bank balansidagi salmog'i 2,1 1,9 1 ,4 0,7 0,3

Olingan qarzlarning bank balansidagi salmog'i 1,1 2,1 6 >,3 15,3 29,3

Xususiy kapitalning bank balansidagi salmog'i 10,5 10,9 9,7 21,2 26,9

Depozitlarning kreditlarga nisbati 19,5 132,8 137,8 98,1 52,8

Qarz mablag'larining kreditlarga nisbati 1,7 18,8 10,6 25,2 39,3

Xususiy kapitalning kreditlarga nisbati 15,6 18,1 16,5 f 35,1 36,2

Qarz mablag'larining xususiy kapitalga nisbati 10,9 18,8 64,5 71,9 108,4

(www.Turonbank.uz "Turonbank" ATB moliyaviy hisobotlari asosida tayyorlandi) 7-jadval ma'lumotlari ATB "Turonbank" balansidagi holat, ATB "Agrobank" balansida kuzatilayotgan vaziyatga o'xshash ekanligidan dalolat beradi. Xususan, ATB "Turonbank" balansi 2014-2018 yillar davomida 2 459 919 mln.so'mga oshgan va 2019 yil 1 yanvar holatida yilga 3 049 678 mln.so'm bo'lgan. Balansning bunday tezkor ko'payish asosan mijozlarning depozit himsobvaraqlarida mablag'lar qoldig'ining oshib borishi (2014-2018 yillar davomida 724 790 mln.so'mga), ishki va tashqi manbalardan jalb etilgan qarz mablag'lari hajmining oshishi (2014-2018 yillar davomida 885 572 mln.so'm) va markazlashgan mablag'lar hisobidan xususiy kapital miqdorining oshirilishi (2014-2018 yillar davomida 761 154 mln.so'm) hisobiga yuz bergan (3-jadval).

Mijozlarning depozit hisobvaraqlaridagi mablag'larning mutlaq (absolyut) miqdori oshib borishiga qaramasdan bank balansidagi depozitlar salmog'i 2017 va 2018 yillardan boshlab pasayish tendensiyasiga ega bo'lgan. Xususan, 2014-2016 yillarda depozitlarning bank balansidagi salmog'i mos ravishda 80,3, 80,4 va 81,2 foizga teng bo'lgan bo'lsa, 2017 yilda 59,5 foizni, 2018 yilda 39,3 foizni tashkil etgan. Tahlil davri davomida qarz mablag'larning

salmog'i depozitlardan farqli ravishda o'sish tendensiyasiga ega bo'lgan. Olingan qarzlarning bank balansidagi salmog'i 2014 yidagi 1,1 foizdan 2018 yilda 29,3 foizgasha ko'tarilgan. Buning natijasida depozitlarning kredit quyilmalari qoldig'iga nisbati 2014 yildagi 119,5 foizdan 2018 yilda 52,8 foizgasha pasaygan. O'z navbatida qarz mablag'larining kredit quyilmalariga nisbati 2014 yildagi 1,7 foizdan 2018 yilga kelib, 39,3 foizgasha ko'tarilgan va qarz mablag'larining xususiy kapitalga nisbati 2019 yil 1 yanvar holatiga 108,45 foizga yetgan.

ATB "Agrobank"da depozit siyosati olib borilishining joriy holatini baholash ushun bank tomonidan jalb etilgan depozitlar tarkibiy tuzilmasidagi vaziyatni tahlil etamiz.

8-jadval

"Agrobank" ATBning jamg'arma depozitlari dinamikasi, (mln. so'mda)

№ Hisobvaraq nomi 2021 y. 2022 y. 2023 y.

1 Respublika qaramog'idagi byudjet tashkil otlarining byudjetdan tashqari mablag'lari bo'yisha jamg'arma depozitlari 0,00 0,00 0,00

2 Jismoniy shaxslarning jamg'arma depozitlari 5 578,75 28 808,50 59 303,30

3 Xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg'arma depozitlari 6 457,71 14 814,15 23 516,50

4 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg'arma depozitlari 1 044,77 1 540,12 3 070,45

5 Nodavlat notijorat tashkilotlarning j amg ' arma depozitlari 7 150,55 8 150,80 12 996,18

6 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg'arma depozitlari 7 733,88 25 887,95 36 885,35

Jami: 27 965,66 89 201,52 135 771,78

(ATB "Agrobank" moliyaviy hisobotlari asosida muallif ishlanmasi)

8-jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, ATB "Agrobank" tomonidan jalb etilgan jamg'arma depozitlari 2014-2018 yillar davomida keskin kamayish tendensiyasiga ega bo'lgan. Xususan, 2014 yili jami jamg'arma depozitlari hajmi 51 305 mln.so'mga teng bo'lgan bo'lsa, ushbu ko'rsatkish 2015 yilda 41 382 mln.so'mni, 2017 yilda 21 367 mln.so'mga, 2018 yilda 7 642 mln.so'mni tashkil etgan. Faqatgina 2016 yilda jamg'arma depozitlari ko'payib 70 251 mln.so'mga teng bo'lgan. 2018 yilning yakuniga kelib, jamg'arma depozitlari tarkibida eng katta salmoqni xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg'arma depozitlari (3 242 mln.so'm yoki 42,4 foiz), nodavlat notijorat tashkilotlarning jamg'arma depozitlari (2 968 mln.so'm yoki 38,8 foiz) va yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg'arma

depozitlari (1 361 mln.so'm yoki 17,8 foiz) tashkil etgan. Xolbuki, 2014-2017 yillarda jamg'arma depozitlarining asosiy qismi (o'rtasha 96-99 foiz) jismoniy shaxslarning jamg'arma depozitlaridan iborat bo'lgan. Ushbu holat ATB "Agrobank"da depozit siyosatining aholi omonatlariga tegishli qismida jiddiy muammolar mavjudligidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abdullaeva Sh.Z.(2017) Bank ishi. Darclik. -T.: TMI, Iqticod-Moliya, 732 b.

2. ArapKOB М.М.(2005) Основы 6aHKOBCKoro npaBa. Авторский сборник. 336 c.

3. Бaнкoвcкий менеджмент: учебник / под ред. д-pa экон. HayK, проф. О.И. Лaвpушинa. (2009) 2-е изд., пеpеpaб. и доп. - М.: КНОРУС, - 295c.

4. Бaнкoвcкий менеджмент: учебник / Под ред. О.И. Лaвpушин.(2011) - М.: Кнорус, -560 c.

5. Бaйcембaевa Г.М.(2014) Cтpaтегия paзвития депозитной политики бaнкoв второго уровня (та примере АО «Aлянc-бaнк»). Мoнoгpaфия. Издaтелcтвo «КЕРЕКУ» Пaвлoдapcкoгo гocудapcтвеннoгo унивеpcитетa им. C.Тopaйгыpoвa. 7-9 стр

6. Бaлaбaнoв И.Т. (2005) Основы фитансового менеджментa: учеб. пособие / И.Т. Бaлaбaнoв. - 3-е изд., пеpеpaб. и доп. - К.: Элга, Никa-Центp, - 656 с.

7. Бaнкoвcкoе дело : учебник / В.Л. Киреев, О.Л. Кoзлoвa.-М. (2012): КНОРУС, -240 с.(Для бaкaлaвpoв).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.