TIJORAT BANKLARIDA OILAVIY TADBIRKORLIK BO'YICHA IMTIYOZLI KREDITLARNING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI
Muhammadiyeva Sohiba Yodgar qizi
Bank moliya akademiyasi Bank hisobi, audit va nazorati 23-25-guruh magistranti
Annotatsiya: Globallashuv jarayoning ortishi mamlakatimizdagi iqtisodiy sohalarining tarmoqlariga sezirali ta'sir ko'rsatib bormoqda. Shu nuqta'i nazardan tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar va ularning hajmi tobra ortib borishi kuzatilmoqda. Aynan oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar ushbu maolaning asosiy mavzusi hisoblanadi.
Аннотация: Увеличение процесса глобализации оказывает существенное влияние на отрасли экономики нашей страны. В связи с этим наблюдается постепенный рост кредитов и их объемов, выделяемых коммерческими банками. Именно льготные кредиты, предоставляемые для семейного бизнеса, являются основной темой этого вопроса.
Abstract: The increase in the process of globalization has a significant impact on the sectors of the economy of our country. In this regard, there is a gradual increase in loans and their volumes allocated by commercial banks. It is concessional loans provided for family businesses that are the main topic of this issue.
Kalit so'zlar : Imtiyozli kreditlar, oilaviy tadbirkorlik, test scoring, foiz stavkasi, qayta moliyalashtirish stavkasi.
Ключевые слова: льготные кредиты, семейное предпринимательство, тестирование, процентная ставка, ставка рефинансирования.
Keywords: soft loans, family business, testing, interest rate, refinancing rate.
Kirish
Oilaviy tadbirkorlik nima? Qanday tartibda oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshlash mumkin degan savollarga O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 26.04.2012 yildagi O'RQ-327-sonli "Oilaviy tadbirkorlik" to'g'risidagi Qonuni javob bera oladi.37
Oilaviy tadbirkorlik - oila a'zolari tomonidan tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o'z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi.
Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlari besh nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek mehnatga layoqatli yoshga to'lgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan bolalari va nevaralarining erini (xotinini), aka-ukalari va opa-singillarini, ularning xotinini (erini) va bolalarini yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektining ishtirokchisi sifatida jalb etishga haqli.
Oilaviy korxona boshlig'i quyidagi huquqlarga ega:
• oilaviy korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko'rish;
• yuridik va jismoniy shaxslar bilan oilaviy korxona faoliyatiga bog'liq bo'lgan shartnomalar tuzish;
• mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish va shtatlarni tasdiqlash;
• ishonchnomalar berish.
• Oilaviy korxona boshlig'i:
• oilaviy korxonani shaxsan boshqarishi va uning kundalik faoliyatini tashkil etishi;
• oilaviy korxonaning mol-mulki bilan bog'liq yirik bitimlar tuzishda ishtirokchilarning roziligini olishi;
• buxgalteriya hisobi yuritilishini ta'minlashi shart.
Oilaviy korxona boshlig'i qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishi va uning zimmasida o'zga majburiyatlar bo'lishi mumkin.
Oilaviy korxona ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
oilaviy korxonani boshqarishda, qarorlar qabul qilishda, moliya-xo'jalik faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etish;
oilaviy korxona ta'sis shartnomasining shartlariga bog'liq holda foydadan o'z ulushini olish;
oilaviy korxona tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish;
agar oilaviy korxonaning ta'sis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, oilaviy korxona tarkibidan chiqishda oilaviy korxona mol-mulki qiymatining bir qismi ustav fondiga o'zi kiritgan mol-mulk miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib berilishi yoki shunday qiymatdagi mol-mulk natural holda o'ziga ajratib berilishi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
Oilaviy korxona ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishi va ularning zimmasida o'zga majburiyatlar bo'lishi mumkin.
Imtiyozli kreditlar — tarkibiga milliy valyutadagi kreditlar bo'yicha foiz stavkasi ajratilgan vaqtdagi Markaziy bank asosiy stavkasiga teng yoki past bo'lgan kreditlar va xorijiy valyutadagi kreditlar bo'yicha manbasi davlat kafolati ostida jalb etilgan tashqi kredit liniyalari bo'lgan kreditlar kiritilgan.
Xususan, jami ajratilgan kreditlarda imtiyozli kreditlarning ulushi 2019 yil yanvar oyidagi 60,5 foizdan 2021 yil dekabrda 18,2 foizgacha pasayib, tijoriy shartlarda bozor tamoyillari asosida ajratilayotgan kreditlar hajmining ortib borayotganligini bildiradi. Prezidentning 2019 yil 18 noyabrdagi farmoni bilan barcha imtiyozli kreditlar 2020 yil 1 yanvardan boshlab MBning asosiy stavkasidan kam bo'lmagan foiz stavkalarida va 2021 yil 1 yanvardan boshlab bozor stavkalarida ajratilishi
90
belgilangandi. iroq, koronavirus pandemiyasi va uning oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining tadbirkorlik faoliyatini qo'llabquvvatlash maqsadida 2021 yilda ham oilaviy tadbirkorlik davlat dasturlari bo'yicha kreditlarni Markaziy bank asosiy stavkasida berish amaliyoti davom ettirildi.
Kompensatsiya mexanizmi orqali zarur hollarda tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan qarz oluvchilarga, ayrim soha va yo'nalishlarning rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida ular olgan kreditlar bo'yicha foiz to'lovlarining bir qismi Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan to'lab berish amaliyoti joriy etilmoqda.
"Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.03.2021 yildagi PQ-5041-sonli Qarorga asosan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, yoshlar va xotin-qizlar tashabbuslarini keng miqyosda moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yo'naltirilgan dasturlar (keyingi o'rinlarda — Dasturlar) doirasida so'nggi 3 yil davomida 600 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik subyektlariga 15 trillion so'mdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilgan.
2021-yilda aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, birinchi navbatda, mahallalarda ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish, ularning o'z biznesini tashkil etishiga ko'maklashish borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida:
1. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yo'naltirilgan:
2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi maqsadli parametrlariga muvofiq;
2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni kreditlashning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari ma'qullangan.
1-rasm. 2019-2021 Ajratilgan imtiyozli kreditlar hajmi(trln so'm)38
Shunga qaramasdan, imtiyozli kreditlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi 11,1 foizga kamaytirilganidan so'ng, 2022 yil mart oyiga kelib yana 11,5% ga ko'tarildi. Biroq, Markaziy bankning asosiy stavkasi bilan o'rtadagi farq u 17 foizga ko'tarilgach yana oshib ketdi.
2-rasm. Milliy valyutadagi imtiyozli kreditlar bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkalari.39
Shunday tartib o'rnatilganki, unga muvofiq Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
38 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki www.cbu.uz
39 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki www.cbu.uz
aholi va tadbirkorlik subyektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi;
kredit olishda talabgorlarga "Agrobank" ATB, AT Xalq banki va "Mikrokreditbank" ATBlar orasidan birini ixtiyoriy tanlab, barcha dasturlar doirasida imtiyozli kredit olish bo'yicha murojaat etish imkoniyati yaratiladi;
kredit oluvchi jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib berilgan (xizmatlar ko'rsatilgan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan so'ng kredit mablag'lari mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko'rsatuvchi)ning hisobraqamiga o'tkazib beriladi;
o'zini o'zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xomashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so'mgacha miqdorida kredit mablag'lari naqd pulda berilishi mumkin;
"Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish mas'uliyati tijorat banklari bilan birga mos ravishda tuman (shahar) mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limlari, tuman (shahar) yoshlar ishlari bo'limlari hamda sektor rahbarlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig'ini raislari zimmasiga yuklatiladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun:
a) Moliya vazirligi:
1,3 trln so'm miqdoridagi mablag'ni vakolatli banklarning ustav kapitalini oshirishga, shu jumladan "Agrobank" ATBga — 700 mlrd so'm, "Mikrokreditbank" ATBga — 400 mlrd so'm va AT Xalq bankiga — 200 mlrd so'm yo'naltirilgan;
ikki oy muddatda O'zbekiston Respublikasining "2021-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida"gi Qonuniga yuqoridagi topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli o'zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan;
b) Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga:
vakolatli banklarga Dastur koordinatorlarining taqsimotiga muvofiq 1,5 trln so'mlik kredit resurslari ajratilishini;
AT "Aloqabank"ka asalarichilikni rivojlantirish uchun 5 mln AQSh dollari ekvivalentida va "Turonbank" ATBga (ajratilgan mablag'lar hisobidan "Turonbank" ATB ustav kapitalini oshirish orqali) tadbirkorlik subyektlarining 10 sotixdan kam bo'lmagan maydonlarda limonchilikni tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun 8 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablag'lar ajratilishini ta'minlash nazarda tutilgan.
5. Moliya vazirligi "Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi" tomonidan ajratiladigan 1,5 trln so'm kredit resurslarining tijorat banklari tomonidan qaytarilmagan qismida O'zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 2026-yilda qoplanishi belgilangan.
Shuningdek,tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo'yicha foiz stavkalari, istisno tariqasida, 2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada belgilanadi;
tijorat banklariga kredit resurslari Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past darajada, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.
1-jadval
2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi
MAQSADLI PARAMETRLAR40
Tr Dasturlar nomlanishi 2021-yilda yo'naltiriladigan mablag'lar shundan:
avval berilgan kreditlarning so'ndirilishi hisobidan budjet mablag'lari hisobidan Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hisobidan
JAM MI 9 040 4 100 2 500 2 440
1. "Har Ыг oila — tadbirkor" dasturi 5 538 3 243 795 1 500
40 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.03.2021 yildagi PQ-5041-sonli Qaror www.lex.uz
2. Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomona уег egalaгini qo'llab-quvvatlash dasturi 354 154 200***
3. Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi 498 498
4. Bandlikka ko'maklashish dasturi 125 125
5. Xotin-qizlar tadM^oriigini qo'llab-quvvatlash dasturi 1 125 80 575 470** (45 mln doll.)
6. Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash dasturi 1 400 -* 930 470** (45 mln doll.)
Xulosa
Bank tizimida imtiyozli kreditlash amaliyotining qisqarib borayotganligi va ular bo'yicha o'гtacha foiz stavkalarining asosiy stavkaga yaqinlashishi, o'z navbatida, pulkredit siyosati sohasida qabul qilinayotgan qarorlarning iqtisodiyotga o'tish samaradorligining ortishiga ham xizmat qiladi.
Yil boshida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 2021 yildan O'zbekistonda imtiyozli kreditlash siyosatini bekor qilish rejalashtirilganligi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bu rejalarni keyinga surishga to'g'ri kelayotganligi haqida fikrlar bildirilgan edi. O'zbeksiton Respublikasi Markaziy banki Raisi M.Nurmuratov , 2019- yili imtiyozli shartlarda kreditlarning 24,6 foizi berilgan va bu 2018 yilga nisbatan 2 barobar kam deb baholagan. Shu bilan birga, imtiyozli kredit portfeli tarkibida muammoli kreditlarning ulushi yuqori darajada qolmoqda.
Umuman olganda oilaviy tadbirkorlik asnosida iqtisodiyotning bir sohasi jadal rivojlanishiga olib keladi. Ammo mamlakatda imtiyozli kreditlarning salmog'I ortishi korrupsion holatlarga, sog'lom raqobatga va muammoli kreditlarning ortishiga sabab bo'ladi.
Barcha sohalarda bo'lgani kabi tabdirkorlik sohasida ham hali yechilmagan muammolar ko'p. Tijorat banklari uchun imtiyozli kreditlar yuqori darajada naflilikka ega bo;lmagan kreditlar hisoblandi. Shu sababdan ham aynan imtiyozli kreditlar belgilangan tartibda davlat banklari tomonidan berilishi ko'zda tutilgan. Oilaviy tadbirkorlikka imtiyozli kreditlar ajratish bo'yicha davlat tomonidan belgilangan mexanizm asosida platforma orqali kreditlar aratiladi va muvofiqlashtirib boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30.04.2023 yil
2."Banklar va bank faoliyati to'grisida" O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 05.11.2019 yildagi 0'RQ-580-son
3. "Markaziy bank to,g,risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 11.11.2019 yildagi O'RQ-582-son
4. "Bank siri to,g,risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 30.0S.2003 yildagi 530-II-son
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi "O'zbekiston Respublikasi Bank tizimini yanada isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PF-5992-sonli Farmoni
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2S-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Yangi O'zbekistonning harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni //2022-2026 yillarga mojllangan Taraqqiyot strategiyasi
5. "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo ' shimcha chora-tadbirlar to ' g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.03.2021 yildagi PQ-5041-son
Internet saytlari
35. https://cbu.uz(O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki)
36.www.stat.uz(O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi)
37.www.my.gov.uz(O,zbekiston Respublikasi Hukumat portal)
3 S .www.lex.uz(O' zbekiston Qonunchiligi)
96
39. www.mf.uz (O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi)
40. www.publicfinance.uz (O'zbekistonda byudjet islohotlari loyihasi)
41. www.ziyonet.uz (O'zbekiston Respublikasi axborot ta'lim taimog'i)
42. www.mineconomy.uz (O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi)
43. www.soliq.uz (O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi)
44. www.sciencedirectassets.com (Xalqaro ilmiy ma'lumot^ bazalari)