SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
IQTISODIYOTNING SIYOSATDAN USTUNLIGI
Javlonbek Qahramon o'g'li Abdusamatov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Bu tamoyilga binoan iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish, uning
siyosatdan yuqori turishi ta'kidlanadi. Lekin shuni eslatish kerakki, mafkuradan
batamom xoli qi-lish, bu umuman mafkuradan voz kechishni anglatmaydi, chunki
birorta ham jamiyat ijtimoiy ongning san'at, din, siyosat,axloq kabi turli shakllarda
mujassamlashgan muayyan g'oyalar, tasavvurlar, tushunchalardan tashqari rivojlana olmaydi.
Kalit so'zlar: Davlat, mulk, isloxatlar, rivojlanish, barqaror taraqqiyot, ochiqlik,
izchillik, tashkillashtirish.
O'zbekistondagi xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar majmui bayon qilinadi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustun turishi uning ichki mazmunini tashkil qilmog'i lozim. Aynan iqtisodiyot uni yanada rivojlantirish, dolzarb muammolarni hal qilishi hozirgi yuritilayotgan siyo-satning asosiy mazmunidir.Bu tamoyil iqtisodiy faoliyatning, ijtimoiy hayotning birlamchi asosi ekanligidan kelib chiqadi. Tarixiy taraqqiyot shuni
ko'rsatadiki, iqtisodiyot qanday bo'lsa, jamiyat hayotining boshqa hamma tomonlari ham shunga qarab tarkib topadi, rivojlanadi. Ma'lumki, davlatlarning rivojlanish darajasi iqtisodiy ko'rsatkichlarga, eng avvalo, aholijon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi milliy mahsulot, ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan milliy daromad asosida aniqlanadi. Bu
bejiz emas. Chunki aholining turmush darajasi bevosita ana shu ko'rsatkichlarga bog'liq. Xalq farovon yashashi uchun yuksak rivojlangan iqtisodiyotzarur. Mamlakatimiz milliy mustaqillikni qo'lga kiritdi. Siyosiy mustaqillik iqtisodiy jihatdan ta'minlanmasa, to'laqonli mustaqillik bo'lolmaydi. Qoloq iqtisodiyot va past turmush darajasi bilan haqiqiy mustaqillikni ta'minlab bo'lmaydi. Buni nazarda tutgan holda iqtisodiyotnirivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. O'zbekiston kelajagi buyuk davlat.
Buyuk kelajakning mustahkam poydevori — bu muttasil rivojlanib boruvchi iqtisodiyotdir.
Iqtisodiyot barqaror o'sishi uchun ijtimoiy-siyosiy bar-qarorlik, xalqimizning tili bilanaytganda, tinchlik-totuvlik, xotirjamlik bo'lishi zarur. Undan tashqari, iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi, rag'bat beruvchi kuch zarur. Ana shunday kuch bozor iqtisodiyotida mavjud bo'lib, buni yuksak darajada rivojlangan mamlakatlar tajribasi tasdiqlab turibdi.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi iqtisodiy taraqqiyotda mafkuraning, siyosiy omilning ahamiyatini, uning maqsadlarini, umumiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini belgilashdagi rolini aslo inkor etmaydi. Iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustun ahamiyatga ega bo'lishi bu iqtisodiyotni ichki taraqqiyot qonunlariga zid bo'lgan
o'zboshimchalikdan, siyosiy boshqaruv usulidan ozod qilishdir.
Mamlakat prezidenti O'zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy ne'mat bo'lgan mustaqillik to'g'risida so'z yuritar ekan, ya'ni uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb ta'riflanadi. Shunday ekan, u jamiyat a'zolari oldiga muttasil yangi-yangi tartibda jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda Respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi ,davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi. Iqitodiyotni rivojlantirishda ko'plab sohalarga e'tibor qaratildi. Shu jumladan xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish uchun ham ko'plab islohotlar o'tkazildi. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora tadbirlari dasturi amalga oshirilishi doirasida 2016-yil mobaynida qonunchilik va me'yoriy huquqiy baza tashkil etish hamda uni takomillashtirish ishlari davom ettirildi. Xususan qurilishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib tamoillari doirasida yagona qoida talablar belgilandi, bino va inshootlar tashqi ko'rinishini o'zgartirish ,obyektlarni qayta iqtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joylarni noturar joylar toifasiga o'tkazishga ruhsat berish talablari joriy etildi. Eksport-import operatsialarini amalga oshirishda, tadbirkorli operatsialarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish kafolatlari va choralari kuchaytirildi. Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va kichik korxonalar tashkil etish maqsadida 2016-yil mobaynida kichik biznes subyektlariga 15.9 trillion so'mlik kreditlar ajratildi va o'sish 2015 -yilga nisbatan 1.3 barobarni tashkil etdi. Jumladan qiymati 3.3 trillion so'mlik mikrokreditlar ajratildi, xalqaro moliya institutlarining 915 206.7 million dollar miqdordagi kredit linyalari o'zlashtirildi. Qulay ishbilarmonlik muhitini shakillantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda yanada rag'batlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar 2016-yil mobaynida qariyb 32 ming yangi kichik biznes sub'yekti tashkil etish imkonini berdi. Ma'lumki O'zbekiston Respublikasi qaytadan tiklanuvchi manbalardan energiya ishlan chiqarish
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
yuqori texnika salohiyatiga ega bo'lib uning 97 foizi quyosh energiyasining ulushiga to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasining prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnalogiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan mavjud salohiyatlardan samarali foydalanish maqsadida 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizdan ko'prog'iga yetkazish vazifasi belgilandi. Buning uchun 10 yil mobaynida jami 5000 MVt quvvatdagi elektr stansiyalarini qurish ko'zda tutilgan. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda tomchilab sug'orish texnalogiyasini joriy etish va ularda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20-40 foizga oshirish; Yerlarning tanazzulga uchrashi bo'yicha neytral balanisga erishish; Asosiy turdagi qishloq xo'jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o'rtacha hosildorligini 20-25 foizgacha oshirishga erishishdir. Shuni ham takidlash lozimki, keyingi yillarda mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Bu oilalarning barqaror daromad manbaini shakillantirish, turmush darajasini yanada yaxshilanib borishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi[3]. O'zbekiston Respublikasining "Oilalaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonuni bu yo'nalishdagi huquqiy asosi bo'lib xizmat qilayotir. "Xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo'ladi", degan tamoyilini ro'yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar izchil olib borilmoqda. Misol uchun 2012 - yilda olilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun, 2012 yilda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadlari uchun 91.3 milliard so'm kredit mablag'i ajratilgan bo'lsa, 2016-yilda ushbu raqam 367.2 milliard so'mni tashkil etdi . Bugungi kunda yurtimizda 8 mingdan ortiq oilaviy korxonalar mavjud. Tijorat banklari aholiga
bank xizmatlari ko'rsatish bilan birga, ularni tadbirkorlikka jalb qilish ,daromadini oshirish, ish bilan ta'minlashda ham samarali ishlar olib borilmoqda .Jumladan loyihalarda yaratilgan ish o'rinlariga qarab beriladigan kreditning yillik stavka foizi pasayib bordi. Bitta ish o'rni yaratgan tadbirkor uchun 9 foiz, ikkita ish joyi yaratganlik uchun 8 foiz beshta va undan ko'p ish o'rni yaratga tadbirkorning kredit stavkasi 6 foiz qilib belgilandi. Bu loyihalardan maqsad xalqimiz farovonligini oshirish va turmush sharoitini yanada yaxshilashdir. Qay tomonga qaramaylik, kichik biznes va xususiy tadbirkorliknig roli va o'rni tobora mustahkamlanib borayotganiga guvoh bo'lamiz. 2016 - yilda mamlakat 916 yalpi ichki mahsulotining 56.9 foizi ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 4.5 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, iqtisodiyotda jami ish bilan band bo'lgan aholining 78.1 foizi shu sohada faoliyat yuritmoqda. 2016-yilda 31.8 mingta kichik biznes sub'yektlari tashkil etildi. Bu 2015- yilning shu davridagidan 18.1 foiz ko'p demakdir Jahon bankining
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
2017-yil 31-oktabrda e'lon qilingan "Biznesni yuritish 2018: ish o'rinlari yaratish uchun islohatlar" ma'ruzasiga ko'ra, O'zbekiston dunyoning 190 davlati ichida 74-o'rinni turadi egallab, o'tgan yildagi mavqeyini biur yo'la 13 pog'ona yaxshiladi. Qolaversa mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo'yicha islohotchi davlatlarning birinchi o'ntaligiga kirishga muvaffaq bo'ldi. Amalga oshirilayotgan islohotlar O'zbekistonning ishbilarmonligini yaxshilash va biznes yuritish sharoitlarini soddalashtirish bo'yicha yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida yetakchiga aylanishga imkon berdi. Tadbirkorlik subyektining davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish tizimining tubdan takomillashtirilgani tufayli O'zbekiston korxonani ro'yxztdan o'tkazish ko'rsatkichi bo'yicha 11-o'rinni band etdi. 2017-yilning 9 oyi davomida o'tgan yilning shu davrdagiga nisbatan 1.3 marta ko'p biznes sub'ektlari tashkil etganining o'ziyoq mamlakatimizda biznes ochishning naqadar oson ekanligidan dalolat beradi .Mamlakatimiz xalqi shundan xursandki, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov yurtimiz ravnaqi yo'lida boshlagan samarali ishlari, yuksak azmu shijoat bilan davom ettirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ezgu sa'y harakatlari, Kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan mehnat qilib barchaga ibrat bo'layotgani O'zbekistonni istiqbolda nihoyatda farovon kunlar kutayotganidan darak beradi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning videoselektordagi nutqlari.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi № PQ - 4477 sonli "2019 - 2030 yillarda O'zbekiston Respublikasining "yashil iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2015 yildagi № 207 sonli Qarori.
4. Vaxrushina M. A. Strategicheskiy upravlencheskiy uchet/ M. A. Vaxrushina, M. I. Sidorova. - M.: KnoRus, 2017. -320 s.
5. Karimov I. A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. T.,
«O'zbekiston» 1995y., 9-bet