Korporativ biznes tarmoqlarini moliyalashtirishda tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish masalalari
Jasur Xamraboyevich Razzaqov Javohir Abdusalim o'g'li Nurulloyev
TMI
Annotatsiya: Mazkur maqolada respublikamiz tijorat banklari tomonidan korporotiv biznes tarmoqlarini moliyalashtirish va loyihalarni takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, mamlakatimizda so'nggi yillarda ba'zi tijorat banklari faoliyatining amaldagi holati tahlil qiligan.
Kalit so'zlar: korporativ biznes, tijorat banklari, biznes tarmoqlari, milliy iqtisodiyot, transformatsiya, xususiy sektor, xalqaro standartlar, ichki infratuzilma, xalqaro moliya korporatsiyasi, bank investitsion faoliyati, moliya institutlari, Green banking, korporativ bank faoliyati
Issues of improving the activities of commercial banks in financing corporate business networks
Jasur Khamraboyevich Razzakov Javahir Abdusalim oglu Nurulloyev
TIF
Abstract: This article examines the theoretical and practical aspects of financing corporate business networks and project improvement by commercial banks of our republic. Also, in recent years, the current situation of some commercial banks in our country has been analyzed.
Keywords: corporate business, commercial banks, business networks, national economy, transformation, private sector, international standards, internal infrastructure, international financial corporation, banking investment activity, financial institutions, Green banking, corporate banking activity
KIRISH
So'nggi yillarda mamlakatimizda korporativ biznes tarmoqlarini moliyalashtirishda tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Xususan, respublikamizda ko'pgina tijorat banklari tomonidan bir qancha loyihalarni amalga oshirilayotganligini ta'kidlash joiz.
Jumladan, "Sanoat ipotekasi" dasturi asosida 2023-2024-yillarda bosqichma-bosqich qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchilar uchun industrial zonalar tashkil etiladi.1 Dastur doirasida loyihalarni qo'llab-quvvatlash uchun 50 mln. AQSH dollariga. mablag' jalb qilinadi. Qurilish materiallari eksporti bilan shug'ullanuvchi korxonalar sonini 200 taga ko'paytirish choralari ko'riladi. Xorij bozorlarida talab yuqori bo'lgan 10 turdagi mahsulotlar eksporti o'zlashtiriladi. Eksport va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo'yicha hukumat qarori loyihasini tayyorlash va qabul qilish ishlarini tashkil qilinadi. Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport hajmi va nomenklaturasini ko'paytirish bo'yicha dastur ishlab chiqiladi. Ispaniya, Italiya, Turkiya va Xitoy elchixonalari bilan birgalikda kaolindan klaster usulida tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha 200 mln. dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.
Shuningdek, davlat xususiy sherikchiligi yo'nalishida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani "Anorzor" MFY hududida qiymati 4,2 mln. AQSH dollarlik industrial zona tashkil qilinadi. Buning uchun 2,8 mln. AQSH dollarida kredit ajratish rejalashtirilgan. Loyiha hisobidan yiliga 1,4 mln. AQSH dollar miqdorida qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvati yaratilib, 119 nafar kishi ish bilan ta'minlanadi. Yuridik shaxs maqomidagi mijozlarning biznes reja ko'rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish va aholi kreditlarini undirish, elektron hujjat aylanishi va qaror qabul qilish, komplayens nazorati hamda risk menejmenti tizimlarini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Operatsion samaradorlikni oshirish maqsadida belgilangan ustuvor vazifalar ko'lami ham ancha keng. Shu bilan birga, biznesning turli yo'nalishlari bo'yicha kapitalni taqsimlash hamda ROE, ROA ko'rsatkichlarini tahlil qilish tizimini takomillashtirish, bankning kredit portfelida kichik, o'rta va chakani biznesga ajratiladigan kreditlar ulushini oshirish uchun mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha omnikanal bo'linmasini yo'lga qo'yish, "SQB Business" onlayn platformasida masofaviy kreditlash jarayonini yo'lga qo'yish, tadbirkorlar uchun kredit jarayonini optimallashtirish, mikrofirma va kichik biznes subyektlarini kreditlashda skoring modelini joriy qilish, hamda kichik biznes subyektlari uchun Aloqa markazi va "SQB Business" platformasida mahsulotlar sotuvini joriy etish rejalashtirilgan.
Hozirda yangi bank kartalari (ko-brend kartalari)ni muomalaga chiqarish, ipoteka va avtokreditlar sotuvi bo'yicha ixtisoslashtirilgan markazlarni ishga tushirish, mobil ilova orqali avtokredit ajratishni yo'lga qo'yish bo'yicha izlanishlar olib borilmoqda. "O'zsanoatqurilishbank" ATB O'zbekistonning moliya bozorida yetakchi o'rinni egallaydi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023 yil 1 yanvardagi ma'lumotiga ko'ra, SQB tomonidan berilgan kreditlarning umumiy hajmi kredit bozorining 12,3 foizini, SQBning jami aktivlari bank sohasining 11,5 foizini tashkil etib, bank aktivlarining hajmi bo'yicha respublikada ikkinchi o'rinni egallash
1 https://sqb.uz/uz/for-investors/corporate-governance-structure-uz/
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 730 LME^^fi]
imkoniga ega bo'ldi, jalb qilingan depozitlarning umumiy hajmi 6,9 foizni tashkil etdi. 2022 yil 31 dekabr holatiga Bankning kredit portfeli 48,4 trln. so'mni tashkil etdi. 2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot hajmi 888,3 trln so'm yoki 80,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi (real o'sish - o'tgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 foiz). YalM o'sishiga xizmat ko'rsatish sohasi eng katta hissani qo'shdi - 3,2 foiz punkti, ikkinchi o'rinda sanoat - 1,3 foiz punkti, qishloq xo'jaligi - 0,9 foiz punkti va qurilish - 0,4 foiz punkti bo'ldi.
Xizmat ko'rsatish sohasida boshqa tarmoqlarga nisbatan 8,5 foizga (2021 yildagi 9,5 foizga nisbatan) sezilarli o'sish kuzatildi. Qurilish ishlari 6,6 foizga (6,8 foiz), sanoat 5,2 foizga (8,8 foiz), qishloq xo'jaligi 3,6 foizga (4 foiz) o'sdi. 2022-yilda aholi jon boshiga YalM 24,9 mln so'm (yoki ekvivalentda 2254,9 AQSH dollarni) tashkil etdi va 3,5 foizga (2021 yilda 5,3 foiz) o'sdi. 2022 yilda iste'mol sektorida narxlar o'sishi 12,3 foizga yetdi. Birinchi o'rinda oziq-ovqat mahsulotlari -15,6 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari - 10,7 foiz pullik xizmatlar - 8,4 foiz. 2022 yilda respublika tashqi savdo aylanmasi 50 mlrd AQSH dollarga yetdi va 2021 yilga nisbatan 7,8 mlrd AQSH dollarga (yoki 18,6 foizga) oshdi. Eksport hajmi 19,3 mlrd AQSH dollarni (2021 yilga nisbatan o'sish 15,9 foiz), import esa 30,7 mlrd AQSH dollarni (20,4 foiz) tashkil etdi.2
Tashqi savdo aylanmasi taqchilligi 11,4 mlrd AQSH dollarni tashkil etdi. Shuningdek, Bank moliya institutining asosiy korporativ biznesi sifatida o'z ekotizimini qurishda davom etadi. Zamon talabiga ko'ra, mijozlarni jalb qilish uchun sog'lom raqobatni rivojlantirish, shuningdek, biznes rentabelligini oshirishni hisobga olgan holda, mamlakatda bank sohasida moliyaviy ekotizimni yaratishga bo'lgan talab tobora ortib bormoqda. Shu sababli, biznes rivojlanishining asosiy jihatlaridan biri xodimlarga, korporativ mijozlarga, shu jumladan kichik va o'rta biznes subyektlariga yo'naltirilgan chakana biznes segmentini yanada rivojlantirishdir Raqamli transformatsiya bank xizmatlari bozorida samarali ishlashning asosiy shartidir.
Asosiy e'tibor moliyaviy konsalting, yechimlarga individual yondashuv, xizmatlarni shaxsiy moslashtirishga qaratiladi. Mijozlar Bank qiyofasida kredit muassasasini emas, balki moliyaviy masalalarni tez va samarali hal etishga, jumladan, vaqtlaridan unumli foydalanishga yordam beradigan hamkorni ko'rishni istaydi. So'nggi uch yil ichida Bank mijozlar uchun eng yaxshi bank bo'lib qolgan holda, moliya institutini yuqori texnologiyali kompaniyaga aylantirish bo'yicha faol ish olib borilmoqda. Natijada, moliya institutini keng qamrovli isloh qilish loyihasi doirasida, Bank jamoasi XMK ekspertlari ishtirokida institutni xalqaro standartlarga mos ravishda o'zgartirish bo'yicha fundamental ishlarni amalga oshirdi. Bunda,
2 https://sqb.uz/uz/for-investors/corporate-governance-structure-uz/
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 731 [Ml^^^H
transformatsiyada ko'zda tutilgan maqsadli ko'rsatkichlar hamda bankni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning aksariyati muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilma muvaffaqiyatli joriy etildi, unda biznesning muayyan sohalariga javobgarlik va bloklar deb ataladigan yordamchi funktsiyalari aniq tasvirlangan, hamda butun tuzilmadagi tegishli "vertikallar" shakllangan. Bankning yangi tashkiliy tuzilmasi mijozlarning ehtiyojlariga maksimal darajada yo'naltirilgan bo'lib, ilg'or xalqaro tajribaga muvofiq bloklar: Biznes, Kredit (CCO), Operatsion (COO), Risk (CRO), Moliya (CFO) va qo'llabquvvatlash bloklari yaratildi. "O'zsanoatqurilishbank" ATB bir asrlik tarixga ega bo'lgan O'zbekistonning yetakchi banklaridan biri hisoblanadi. Bank so'nggi bir necha yil mobaynida asosiy ishlash ko'rsatkichlariga ega bo'lgan korporativ, chakana va investitsiya bloklari yo'nalishlari bo'yicha bank xizmatlari bozorining asosiy segmentlarida barqaror o'rinni egallab kelmoqda.
Bank O'zbekiston iqtisodiyotiga xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb qilish jarayonlarini osonlashtirib va shu orqali respublikaning tizimli ahamiyatga ega xalqaro loyihalari ro'yxatini ishlab chiqib va ko'paytirib, mamlakat hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.
"O'zsanoatqurilishbank" ATB jadal rivojlanayotgan moliya instituti bo'lib, uning mazmuni va tarkibi uning missiyasi va qadriyatlari bilan belgilanadi. Bank har qanday vaziyatda to'g'ri qaror qabul qilishga yordam beradigan aniq tamoyillarga ega bo'lgan. O'zgaradigan tashqi sharoitlarni hisobga olgan holda, Bank o'z faoliyatini raqamli mahsulotlarni ko'paytirishga, yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqishga, kredit aylanishini qisqartirishga, garov bilan ishlashni soddalashtirishga, mijozlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilashga, qulay shart-sharoitlarni ishlab chiqishga va, albatta, mijozlar uchun noyob tadbirlarni tashkil etishga yo'naltiradi. "O'zsanoatqurilishbank" ATBning strategik maqsadi moliya institutini bozor sharoitida faoliyat yurituvchi, investorlar va mijozlar uchun jozibador moliyalashtirish mexanizmiga ega bo'lgan raqobatbardosh va mijozlarga yo'naltirilgan bankka aylantirishdan iborat.
Bank uzoq muddatli va barqaror rivojlanishga yo'naltirilgan, shu bilan birga yangi muammolar biznes modelini sezilarli darajada o'zgartirishni, mijoz va uning bevosita ehtiyojlariga ko'proq e'tiborni qaratishni, ichki jarayonlarni tezlashtirish va operatsion modelni optimallashtirishni talab qiladi.
Bank aktivlari va uning daromadini o'sishini rag'batlantiruvchi kuch sifatida muntazam biznes deb ataluvchi soha: kichik va o'rta, shuningdek, chakana biznes bo'ladi. Bank mijozning bank mahsulotlari va xizmatlariga bo'lgan ehtiyojlarini ham mahalliy xizmat ko'rsatish idoralarida, ham masofaviy to'lov xizmatlari orqali, operatsiyalarning rentabelligini yetarli darajada ushlab turishni hisobga olgan holda to'liq qondirish imkonini beruvchi mijozga yo'naltirilgan biznes yondashuvini
amalga oshiradi. Mijozlar haqida har tomonlama ma'lumotga ega bo'lish xizmat ko'rsatish sifatini va o'zaro savdo darajasini oshirish uchun, shu jumladan masofaviy kanallardan faol foydalanish uchun asos bo'ladi.
Bankning strategik kursi barqarorlik va raqobatbardoshlikni oshirish, aktivlar sifatini yaxshilash, operatsion faoliyatning rentabelligini oshirish, shuningdek, bankni xususiylashtirish uchun strategik investorni jalb etishga qaratilgan.
Korporativ boshqaruvning tamoyillari Bankning korporativ boshqaruv tizimi O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 10-apreldagi 370-sonli "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunlariga hamda ushbu qonunga 2022 yilda kiritilgan so'nggi o'zgartishlarga, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonunga, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining "Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 30 iyunda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan, Ro'yxat raqami № 3254) muvofiq barpo etilgan.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tavsiyasiga ko'ra, 2019 yil 11 oktyabrdagi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida "O'zsanoatqurilishbank" ATB "Korporativ boshqaruvi qoidalari" va Bankning 2021 yil 28 maydagi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi qarori bilan "O'zsanoatqurilishbank" ATB "Korporativ boshkaruvning kodeksi" tasdiqlandi.
Bank boshqaruv organlari tarkibini shakllantirishda O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 5 noyabrdagi 580-sonli "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonuni, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zsanoatqurilishbank" ATBni yanada transformatsiya qilish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi 2021 yil 29 martdagi 161-son va "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 161-son "O'zsanoatqurilishbank" ATBni yanada transformatsiya qilish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida" 2021 yil 28 dekabrdagi 778-son qarorlari talablariga rioya etiladi. 2014 yil 10 apreldagi 370-son qarori bilan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga qabul qilingan o'zgartishlarni hisobga olgan holda, Bankning transformatsiya rejalariga muvofiq, ichki me'yoriy hujjatlarni yangilash va ularni ilg'or bank tajribasi va mamlakatning amaldagi qonunchiligiga muvofiqlashtirish jarayoni davom ettirildi. 2022 yil hisobot yilida Kengash tomonidan 27 ta ichki me'yoriy-huquqiy hujjatlar va ularga kiritilgan o'zgartirishlar ko'rib chiqildi va tasdiqlandi.
Shuningdek, hisobot yilida aksiyadorlaming umumiy yig'ilishida 3 ta ichki me'yoriy hujjatlar ko'rib chiqildi va tasdiqlandi, va Bank taftish komissiyasi faoliyati tugatildi (ro'yxat ilova qilinadi). Kengash va uning qo'mitalarining ishi yangi saylangan Bank Kengashining birinchi majlisida tasdiqlangan rejalar asosida tashkil etildi. Strategiya qo'mitasining vakolatlari kengaytirildi.
Bu qo'mita Strategiya va investitsiyalar qo'mitasi deb o'zgartiriladi. "O'zsanoatqurilishbank" ATB Korporativ Boshqaruv kodeksining tavsiyalariga muvofiq, hamda, Bankning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida korporativ boshkaruvning bank tizimi, shu jumladan Kuzatuv Kengashi va Bank Boshqaruvi faoliyati samaradorligini milliy standartlar va xalqaro amaliyotga muvofiq baholashni o'z ichiga olgan banklar sifatini kompleks baholashni o'tkazish uchun mustaqil baholovchini tanlash bo'yicha tenderlar tayyorlanmoqda.3
Korporativ boshqaruvning tuzilmasi "O'zsanoatqurilishbank" ATBning korporativ boshqaruv va ijro etuvchi organlari tizimi - bu aksiyadorlar (mulkdorlar), Kuzatuv kengashi, ijro etuvchi organ - Boshqaruv va boshqa manfaatdor shaxslar o'rtasidagi munosabatlar tizimi bo'lib, korporativ qarorlar qabul qilish qoidalari va tartibini belgilab beruvchi, Bank faoliyatini boshqarish va nazorat qilishni ta'minlaydigan tizimdir.
Bankning oliy boshqaruv organi Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hisoblanib, yiliga kamida bir marta chaqiriladi. Aksiyadorlarning yillik hisobot yig'ilishi har yili 1 iyulgacha o'tkaziladi.
XULOSA
Biznesning barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida korporativ bank faoliyatining yuqori standartlariga rioya qilgan holda, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonun talablariga muvofiq Bank aksiyadorlarining 2022 yil 24 iyundagi umumiy yig'ilishi tomonidan Bank Kengashining mustaqil a'zolari soni 9 nafar saylangan a'zodan 5 nafarigacha yetkazildi. Bank Kengashiga saylangan mustaqil direktorlar moliya institutlari va bankning korporativ boshqaruvi sohasida katta xalqaro tajribaga ega bo'lgan xorijiy mutaxassislar hisoblanadi.
Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishida yangi saylangan Kengash o'zining birinchi yig'ilishida Kengash raisini va uning o'rinbosarlarini saylaydi, hamda Kengashning saylangan a'zolari orasidan Kengashning 5 ta qo'mitasini tuzadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Allayarov, S. A. (2020). Strengthening tax discipline in the tax security system: Features and current problems. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(11), 124-128.
3 https://sqb.uz/uz/for-investors/corporate-governance-structure-uz/
2. Allayarov, S., Allayarov, S., Yuldasheva, U., & Madjidov, N. (2020). Assessment of the effectiveness of the results of the fiscal policy of the republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(7), 79207926.
3. Сатторов, Б. К., & Аллаяров, С. Р. (2017). Развитие экономики Узбекистана в условиях мировых интеграционных процессов. Наука, техника и образование, 1(5 (35)), 98-100.
4. Аллаяров, С. Р., & Кандахарова, Ш. Н. (2021). ПЕРСПЕКТИВЫ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БЮДЖЕТНЫХ СРЕДСТВ В УПРАВЛЕНИИ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ФИНАНСАМИ. СТОЛИЦА НАУКИ, 3, 4.
5. Аллаяров, С. (2022). К ВОПРОСУ РЕАЛИЗАЦИИ ОПТИМИЗИРОВАННОЙ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ ПРИ СТИМУЛИРОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Архив научных исследований, 2(1).
6. Anvarov, N. M. O. G. L., & Allayarov, S. R. (2022). Mahalliy byudjetlarni qo 'shimcha manbalardan foydalanishning umumnazariy asoslari. Science and Education, 3(2), 1519-1527.
7. O'G'Li, D. G. A., & Allayarov, S. R. (2022). Respublika va mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning ustuvor yo 'nalishlari. Science and Education, 3(2), 1565-1573.
8. Allayarov, S. (2018). Theoretical Study of Optimal Fiscal and Monetary Policies for Stimulating Economic Growth. Research Journal of Finance and Accounting, 9(8), 206-212.
9. Аллаяров, С. Р., Мардонов, Ш. Х., & Абдурахимова, Г. М. (2020). РЕТРОСПЕКТИВНЫЙ И ЦЕЛЕОРИЕНТИРОВАННЫЙ ПОДХОДЫ К ОЦЕНКЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ. Экономика и социум, (4), 138-147.
10. Аллаяров, С. Р., & Зайнитдинов, С. М. У. (2021). Иктисодий усишга таъсир курсатувчи омиллар ва уларнинг таснифи. Science and Education, 2(11), 1156-1169.
11. Allayarov, S. R., & Ro'Ziyev, U. J. (2023). Byudjet tashkilotlari faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish istiqbollari. Science and Education, 4(5), 1385-1392.
12. Tashmatova, N. R. Q., & Allayarov, S. R. (2022). Islomiy moliya tizimida islom moliya instrumentlari (muzoraba va mushoraka) va ularni qo'llash. Science and Education, 3(12), 997-1006.
13. Jiyanova, N., Tashmatova, R., Afsona, S. K. S., Allayarov, S., & Abdurashidova, M. (2023). Topical issues of increasing the role of economic ratings
and indices in economic stability. In E3S Web of Conferences (Vol. 402, p. 13028). EDP Sciences.
14. Allayarov, S. R. (2014). Systemal understanding the insight, tasks and factors of economic growth. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA), Oct.-Dec, 20, 56-65.
15. Пулатова, С. В. К., & Аллаяров, С. Р. (2023). Валюта курси сиёсатининг замонавий молия-валюта тизими ва иктисодий усишга таъсири. Science and Education, 4(1), 971-978.
16. Rustamovich, A. S. (2023). Development Issues of Insurance Markets. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(10), 502-508.
17. Allayarov, S., & qizi Navruzova, G. Z. O. (2023). DAVLAT XARIDLARI TIZIMIDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI ORGANLARINING O 'RNI. Innovative Development in Educational Activities, 2(5), 170-174.
18. Allayarov, S. R., & Rizokulova, E. O. K. (2023). Issues of attracting domestic investments to the economy. Science and Education, 4(12), 663-669.
19. Allayarov, S. R. (2022). Mahalliy byudjetar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning dolzarb masalalari. Science and Education, 3(3), 1150-1155.
20. https://sqb.uz/uz/for-investors/corporate-governance-structure-uz/