Beknazarova M.B.
assistent
"TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
TIJORAT BANKLARI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA BANKLARDA KORPORATIV BOSHQARUVNING ASOSIY OMILLARI
Ushbu maqolada respublikamiz hududidagi banklar menejmentining ilmiy-asoslari va tamoyillari, tijorat banklari faoliyatini boshqarish va uni tashkil etish asoslari tijorat banklari menejmentini takomillashtirishda kadrlar siyosati masalasining o'rni va ulardan samaralifoydalanish omillari ko'rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: bank tizimi, korporativ menejment, kredit, tijorat banklari.
Beknazarova M.B.
assistant
Institute of Agricultural Irrigation and Agrotechnologies
MTU "TIQXMMI"
THE MAIN FACTORS OF IMPROVING THE SYSTEM OF COMMERCIAL BANKS AND CORPORATE MANAGEMENT IN
BANKS
In this article, the scientific bases and principles of bank management in the territory of the republic, the basis of management and organization of commercial banks, the role of personnel policy in improving the management of commercial banks and the factors of their effective use are shown.
Key words: banking system, corporate management, credit, commercial
banks.
Ma'lumki iqtisodiyoti rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda bank tizimining o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Shu boisdan bank tizimining faoliyati o'ziga xos boshqaruvni talab etadi. Bu esa, ularning barqarorligini ta'minlash hamda faoliyat samaradorligini oshirishda, korporativ boshqaruvning huquqiy va institutsial asoslarini xalqaro talablarga mos holda takomillashtirishni taqozo etadi. Banklarda korporativ boshqaruvining umumiy tamoyillari, aksiyadorlar va menedjerlar o'rtasidagi munosabatlar hamda boshqaruv hisobotlarning taqdim etilishi kabi jihatlari Bank nazorati bo'yicha Xalqaro Bazelqo'mitasi tomonidan qabul qilingan "Kredit muassasalarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish" tavsiyalarida o'z aksini topgan. Banklarning korporativ boshqaruv tizimining zaifligini hamda, ushbu tizimni takomillashtirish va isloh qilishni davom ettirish zarurligini ko'rsatdi. Bu esa, Bank nazorati bo'yicha Bazelqo'mitasi tomonidan banklarning korporativ boshqaruv tizimiga oid tavsiyalari qayta ko'rib chiqilib,
uni mamlakatimiz bank tizimida yanada takomillashtirildi. Bank menejmentining asosiy mohiyati banklarning samarali faoliyat yuritishiga va ularning ishinchliligini ta'minlashga, ko'proq daromad olishga erishishdir. Buning uchun banklarning likvidliligi qay darajada ekanligini aniqlash juda muhimdir. Likvidlilik bank faoliyatini tafsiflydigan asosiy sifat ko'rsatrkichlaridan biri bo'lib, u bank tomonidan majburiyatlar o'z vaqtida bajarilishi hamda aktivlar o'sishini ta'minlash bilan birga, depozitlar va qarz mablag'lari darajasini samarali boshqarishni bildiradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalashuv jarayonida aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etilgan tijorat banklarida samarali korporativ boshqaruvning dolzarbliligi, ayniqsa, jahon va mahalliy moliya bozori tendensiyalarini o'zgaruvchanligiga ta'sirchanligini oshirilishi, tijorat banklarning reyting darajalarini yuqori ko'rsatgichlariga erishilishi, banklar uchun potensial investorlarni jalb qilinishida raqobatli kurash muxitini yaratilishini talab qiladi. Respublikamizda banklar faoliyatidagi tavakkalchiliklarni to'g'ri boshqarilishida, aksiyadorlarning huquqlarini himoyalash va qonuniy manfaatlarini ta'minlanishini kuchaytirish, foyda olishning kafolatlanganligini ta'minlash, boshqaruv qarorlarini qabul qilinishida axborot shaffofligi bo'lishi hamda moliyaviy inqirozlarni oldini olinishida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Xulosa va takliflar: Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, mamlakatimizda bozor munosabatlari hamda iqtisodiyotimizning rivojlanishining dolzarb muammolarini hal etish, tijorat banklarini aksiyalarini xorijiy investorlarga sotish orqali imkoni boricha chet el kapitalining kirib kelishini talab etmoqda, bu jarayon o'z navbatida, ular uchun zarur va qulay huquqiy muhitning yaratilishini taqozo etadi.
Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish davrida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog'liq quyidagi masalalarni ilmiy jihatdan yechish talab etiladi.
Mamlakatimizdagi mavjud tijorat banklari faoliyatini boshqaruv mexanizmini shakllanishini takomillashtirish yo'llarini tahlili bo'yicha qilingan ilmiy tahlillar asosida quyidagilarni amalga oshirish zarur hisoblanadi:
- Tijorat banklarini boshqarish jarayonidagi erkinligini ta'minlash, ularning faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvini bartaraf etish;
- Xalqaro moliya institutlari ko'magida bankdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o'zgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotishni nazarda tutish;
- Banklar faoliyatning amaldagi qonunchilik, ishonchli bank faoliyatiga muvofiqligini ta'minlash;
- Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini qo'llash va aksiyadorlar tomonidan axborotni o'z vaqtida hamda to'liq olishlarini ta'minlash;
- Mamlakatimizdagi tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni va chet ellik mutaxassislarni jalb qilish;
Yuqoridagi taklif va tavsiyalarni amalga oshirish bank tizimi boshqaruvida innovatsiyaviy menejmentni rivojlantirishga imkoniyatlar yaratib beradi. Bu esa tijorat banklarining o'z mijozlari oldida ishonchi va jozibadorligini oshiradi. Banklarning moliyaviy ko'magi asosida xududlarda yirik va kichik korxonalarni oqilona joylashtirish hamda rivojlantirish orqali pandemiya sharoitida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda, yangi ish o'rinlarini yaratish, aholining daromadlari va yashash darajasini oshirish va pirovard natijada farovonligini yuksaltirishda keng imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: l.O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlari. 2.O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrdagi «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi Qonuni.
3.O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi Qonuni.
4. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi "Valutani tartibga solish to'g'risida"gi Qonuni.
5. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 19sentabrdagi "To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida"gi Qonuni.
6. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishgaqo'yiladigan talablar to'g'risidagi Nizom. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015-yil 13-avgustda 2709-son bilan ro'yxatga olingan.
7. Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizomga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018-yil 27-apreldagi 2696-2-son bilan ro'yxatga olingan.