Mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan korporotiv biznes tarmoqlarini moliyalashtirish va loyihalarni takomillashtirishning amaliy jihatlari
Jasur Xamraboyevich Razzaqov Javohir Abdusalim o'g'li Nurulloyev
TMI
Annotatsiya: Mazkur maqolada respublikamiz tijorat banklari tomonidan korporotiv biznes tarmoqlarini moliyalashtirish va loyihalarni takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, mamlakatimizda so'nggi yillarda ba'zi tijorat banklari faoliyatining amaldagi holati tahlil qiligan.
Kalit so'zlar: korporativ biznes, tijorat banklari, biznes tarmoqlari, milliy iqtisodiyot, transformatsiya, xususiy sektor, xalqaro standartlar, ichki infratuzilma, xalqaro moliya korporatsiyasi, bank investitsion faoliyati, moliya institutlari, Green banking, korporativ bank faoliyati
Practical aspects of financing of corporate business networks and improvement of projects by commercial banks in our
country
Jasur Khamraboyevich Razzakov Javahir Abdusalim oglu Nurulloyev
TIF
Abstract: This article examines the theoretical and practical aspects of financing corporate business networks and project improvement by commercial banks of our republic. Also, in recent years, the current situation of some commercial banks in our country has been analyzed.
Keywords: corporate business, commercial banks, business networks, national economy, transformation, private sector, international standards, internal infrastructure, international financial corporation, banking investment activity, financial institutions, Green banking, corporate banking activity
KIRISH
Tijorat banklari tomonidan korporotiv biznes tarmoqlarini moliyalashtirish va loyihalarni takomillashtirish bo'yicha 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi
O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalar doirasida davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha chiqarish qayd etilgan.1
Albatta buning uchun moliya bozorida xalqaro standartlar talabiga javob beradigan va mamlakatimiz moliyaviy sektoriga xorijiy investitsiyalarning barqaror oqimini ta'minlovchi jozibador tagishli huquqiy muhit yaratildi.
So'nggi yillarda davlat yordami ostida, O'zsanoatqurilishbank tomonidan ichki infratuzilmani isloh qilish bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bank Kengashi tarkibida xorijiy mustaqil direktorlar soni yana 2 nafarga ko'paytirildi. Tarkibiy o'zgarishlar bo'yicha ushbu tavsiyalar Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) maslahatchilari ko'magida boshlandi va amalga oshirildi.
Mamlakatimiz bank tizimida transformatsiya jarayonlari xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga va aholi farovonligi va turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladigan respublikamiz hayotidagi salmoqli voqea bo'lganligi bilan bir qatorda muhim vazifalardan biriga aylandi. Bugungi kunda respublikamizning har bir hududidagi bank filiallarining imidji va ish uslubi zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qurilgan bo'lib, bu ko'rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi va sifatini o'zida mujassam etadi.
Moliyaviy xizmatlar bozorida sog'lom raqobatning fundamental tamoyillarini saqlash bo'yicha real qadamlar qo'yilmoqda, tadbirkorlik muhiti uchun teng imkoniyatlar yaratish va joriy etish aspektlarida samarali tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida ushbu sohani o'rganish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarga mo'ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi xorijiy mamlakatlarning moliya sektorini transformatsiyasi tajribasidan kelib chiqib, bank rivojining maqsad, vazifa va ustuvor yo'nalishlarini belgilab beruvchi hujjatdir.
Strategiya asosida O'zsanoatqurilishbank tomonidan tizimning barcha yo'nalishlarini tubdan isloh qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, o'tgan yilda Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari ko'magida mijozlarga xizmat ko'rsatishda qator qulayliklar yaratildi. Filiallararo operatsiyalar yagona bank kodiga o'tkazildi, front-ofislar ixcham sotuv nuqtalariga aylantirildi. Korporativ biznes yo'nalishida 3 turda, kichik va o'rta biznes yo'nalishida 12 turda, aholi uchun esa, 18 turdagi yangi mahsulot va xizmatlar joriy qilindi. Jismoniy shaxslarga mo'ljallangan "JOYDA" marketpleysi hamda yuridik shaxslar uchun ishga tushirilgan "SQB BUSINESS" mobil ilovalarida yangi vositalar va xizmatlar joriy etildi.
1https://sqb.uz/uz/for-investors/corporate-governance-structure-uz/
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 724 [Ml^^^H
Jumladan, mijozlarni mobil ilova yordamida masofadan turib identifikatsiya qilish tizimi ishga tushirildi. Bankning aloqa markazi orqali ham xizmat va mahsulotlar sotuvi yo'lga qo'yildi. Plastik kartalar soni 2 mln. donadan oshdi, terminallar 34,1 mingtaga, bankomat va infokiosklar 671 taga yetkazildi. 24/7 rejimida ishlayotgan shoxobchalar soni yuzdan ortdi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar va aholiga ajratilgan kreditlar so'nggi yillarga nisbatan eng yuqori ko'rsatkichga chiqib, 21 trln. so'mni tashkil etdi.2
Tahlillarimiz shuni ko'rsatadiki, mazkur hisobot davrida 582 mln. dollar qiymatda xorijiy kredit liniyalar jalb qilindi. Jismoniy shaxslardan kredit qarzdorliklarni undirish samaradorligi "Soft-Collection" va "Avtoto'lov" tizimlari orqali masofadan yo'lga qo'yilganligi hisobiga 7 baravarga oshdi. Yangicha ish uslubida o'quv va IT markazi foydalanishga topshirildi. Xodimlarni rag'batlantirish uchun KPI tizimi yo'lga qo'yilishu ham ish samaradorligining yanada oshishiga hizmat qiladi. Bundan tashqari xodimlar malakasini oshirish maqsadida "Skolkovo" Moskva boshqaruv maktabi bilan hamkorlikda xodimlarni o'qitish ishlari boshlanganligini ham ta'kidlash kerak.
Shuningdek, tijorat banklari tomonidan qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish yo'lida yetakchi xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik kuchaytirildi. O'tgan yillar davomida qiymati 1 846,7 mln. dollar bo'lgan 576 ta loyiha ishga tushirilib, 15 mingdan ziyod ish o'rni yaratildi. Shuningdek, tijorat banklari bilan birgalikda umumiy qiymati 1 216,0 mln. dollar bo'lgan 319 ta investitsiya loyihaga 400,0 mln. dollar miqdorida kredit mablag'lari ajratildi. "Tadbirkorlar maktabi" o'quv markaziga tadbirkormaktab.uz sayti orqali ham qabul yo'lga qo'yildi. Markaz filiallari Samarqand va Xorazm viloyatlarida faoliyat boshladi. Korxona rahbarlari, injener-texnologlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, oliy o'quv yurti talabalari hamda boshqa manfaatdor aholi vakillaridan iborat 484 nafar tinglovchi o'qitildi.
1-jadval
Tijorat banklari kredit qo'yilmalarining tarmoqlar bo'yicha ulushi3
Ko'rsatkichlar nomi 01.01.2023 y. 01.01.2024 y. O'zgarish, foizda
mlrd. so'm ulushi, foizda mlrd. so'm ulushi, foizda
Jami kreditlar 390 049 100% 471 406 100% 21%
Sanoat 126 647 32,5% 140 152 29,7% 11%
Qishloq xo'jaligi 42 096 10,8% 47 255 10,0% 12%
Qurilish sohasi 10 400 2,7% 12 275 2,6% 18%
Savdo va umumiy xizmat 28 911 7,4% 32 516 6,9% 12%
Transport va kommunikasiya 29 673 7,6% 34 342 7,3% 16%
Moddiy va texnik ta'minotni rivojlantirish 3 856 1,0% 4 067 0,9% 5%
2 https://sqb.uz/uz/for-investors/corporate-governance-structure-uz/
3 Internet ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan tayyorlandi.
Uy-joy kommunal xizmati 1 888 0,5% 2 345 0,5% 24%
Jismoniy shaxslar 100 949 25,9% 148 621 31,5% 47%
Boshqa sohalar 45 630 11,7% 49 833 10,6% 9%
Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ham ko'rinib turibdiki, bank investitsion faoliyati yo'nalishida shu turdagi loyihalarga 17 trln. so'm hajmida kredit mablag'lari ajratish ko'zda tutilgan. Jumladan, korporativ biznes yo'nalishidagi mijozlar loyihalariga 7,3 trln. so'm, kichik va o'rta biznes subyektlari loyihalariga 6,5 trln. so'm, jismoniy shaxslarga 3,2 trln. so'm miqdorida kredit ajratish rejalashtirilgan. Tarmoqlar bo'yicha sanoat sohasiga 12,9 trln. so'm, qishloq xo'jaligiga 1,5 trln. so'm, xizmat ko'rsatish sohasiga 2,6 trln. so'm hajmida kredit ajratiladi.
Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari kredit liniyalari bo'yicha 5,9 trln. so'm, mahalliy kredit liniyalari bo'yicha 3,5 trln. so'm o'zlashtirish mo'ljallangan.
Jumladan, "Green banking" yo'nalishida kichik biznes subyektlariga 3 turdagi, chakana mijozlarga 2 turdagi mahsulotlar ishlab chiqildi. Bank kredit portfelida "yashil" kreditlar ulushi 3,2 foizdan 6 foizga oshirildi, 222 ta loyiha moliyalashtirildi. Joriy yilda bank tomonidan yana qator tashabbuslar ilgari surilgan. Jumladan, mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati va tezkorligini oshirish maqsadida biznes jarayonlar reinjiniring qilinadi va optimallashtiriladi. Kredit ajratish jarayonlarida inson omili ishtiroki sezilarli darajada kamaytiriladi.
Hozirgi kunga kelib yangi depozit mahsulotlarini ishlab chiqish, depozit bazasini har bir biznes yo'nalishi bo'yicha o'sishini ta'minlash, xususan, 2,6 trln. so'mga oshirish rejalashtirilgan. Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish maqsadida barcha tijorat banklari bilan hamkorlikda jami 450 ta loyihaga 576 AQSH dollariga miqdorida kredit ajratilishini ta'minlash yuzasidan zaruriy choralar ko'riladi. Mazkur loyihalar uchun 992 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi. Buning hisobiga 16 mingta ish o'rni yaratilishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi 35 trln. so'mga, eksport hajmi 1 mlrd. AQSH dollariga, mahalliylashtirish hajmi 1,8 trln. so'mga yetkazilishi prognoz qilingan4.
XULOSA
Mamlakatimiz iqtisodiyotining o'sishida barqaror va rejali rivojlanish maqsadida bankda, shuningdek, bankning ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan samarali tashqi va ichki nazorat tizimi, mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan bank moliyaviy hisobotlarining xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) muvofiqligi yuzasidan muntazam tekshiruvlar o'tkazib borilmoqda. Jumladan, 26 ta boshqaruv qarorlarining maksimal shaffofligi va asosliligini ta'minlash maqsadida Bank faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarning mavjudligi va sifatini oshirish siyosatiga amal qiladi, bu siyosat Bank veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida o'z aksini topadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12
4 https://sqb.uz/uz/for-investors/corporate-governance-structure-uz/
maydagi "2020-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi qarorida korporativ boshkaruv tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, kelgusida bankning davlat ulushini xususiylashtirish to'grisida qayd etilgan.
Yuqoridagi tahlillar va ma'lumotlardan kelib chiqib ushbu maqolada tijorat banklari tomonidan korporotiv biznes tarmoqlarini moliyalashtirish va loyihalarni takomillashtirishning vazifalaridan biri - samarali boshqaruv mexanizmini yaratish, korporativ bank faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirishdan iborat ekanligi, bu xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhim sharti bo'lib xizmat qilishi, chunki barqaror banklarsiz barqaror va muvaffaqiyatli iqtisodiyot bo'lishi mumkin emasligi qayd etilgan. Shu bois Bank korporativ bank faoliyatini yanada takomillashtirish va moliya sektorida xalqaro miqyosdatan olingan yondashuvlarni joriy etish uchun barcha sa'y-harakatlarini amalga oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Allayarov, S. A. (2020). Strengthening tax discipline in the tax security system: Features and current problems. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(11), 124-128.
2. Allayarov, S., Allayarov, S., Yuldasheva, U., & Madjidov, N. (2020). Assessment of the effectiveness of the results of the fiscal policy of the republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(7), 79207926.
3. Сатторов, Б. К., & Аллаяров, С. Р. (2017). Развитие экономики Узбекистана в условиях мировых интеграционных процессов. Наука, техника и образование, 1(5 (35)), 98-100.
4. Аллаяров, С. Р., & Кандахарова, Ш. Н. (2021). ПЕРСПЕКТИВЫ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БЮДЖЕТНЫХ СРЕДСТВ В УПРАВЛЕНИИ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ФИНАНСАМИ. СТОЛИЦА НАУКИ, 3, 4.
5. Аллаяров, С. (2022). К ВОПРОСУ РЕАЛИЗАЦИИ ОПТИМИЗИРОВАННОЙ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ ПРИ СТИМУЛИРОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Архив научных исследований, 2(1).
6. Anvarov, N. M. O. G. L., & Allayarov, S. R. (2022). Mahalliy byudjetlarni qo 'shimcha manbalardan foydalanishning umumnazariy asoslari. Science and Education, 3(2), 1519-1527.
7. O'G'Li, D. G. A., & Allayarov, S. R. (2022). Respublika va mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning ustuvor yo 'nalishlari. Science and Education, 3(2), 1565-1573.
8. Allayarov, S. (2018). Theoretical Study of Optimal Fiscal and Monetary Policies for Stimulating Economic Growth. Research Journal of Finance and Accounting, 9(8), 206-212.
9. Аллаяров, С. Р., Мардонов, Ш. Х., & Абдурахимова, Г. М. (2020). РЕТРОСПЕКТИВНЫЙ И ЦЕЛЕОРИЕНТИРОВАННЫЙ ПОДХОДЫ К ОЦЕНКЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ. Экономика и социум, (4), 138-147.
10. Аллаяров, С. Р., & Зайнитдинов, С. М. У. (2021). Иктисодий усишга таъсир курсатувчи омиллар ва уларнинг таснифи. Science and Education, 2(11), 1156-1169.
11. Allayarov, S. R., & Ro'Ziyev, U. J. (2023). Byudjet tashkilotlari faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish istiqbollari. Science and Education, 4(5), 1385-1392.
12. Tashmatova, N. R. Q., & Allayarov, S. R. (2022). Islomiy moliya tizimida islom moliya instrumentlari (muzoraba va mushoraka) va ularni qo'llash. Science and Education, 3(12), 997-1006.
13. Jiyanova, N., Tashmatova, R., Afsona, S. K. S., Allayarov, S., & Abdurashidova, M. (2023). Topical issues of increasing the role of economic ratings and indices in economic stability. In E3S Web of Conferences (Vol. 402, p. 13028). EDP Sciences.
14. Allayarov, S. R. (2014). Systemal understanding the insight, tasks and factors of economic growth. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA), Oct.-Dec, 20, 56-65.
15. Пулатова, С. В. К., & Аллаяров, С. Р. (2023). Валюта курси сиёсатининг замонавий молия-валюта тизими ва иктисодий усишга таъсири. Science and Education, 4(1), 971-978.
16. Rustamovich, A. S. (2023). Development Issues of Insurance Markets. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(10), 502-508.
17. Allayarov, S., & qizi Navruzova, G. Z. O. (2023). DAVLAT XARIDLARI TIZIMIDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI ORGANLARINING O 'RNI Innovative Development in Educational Activities, 2(5), 170-174.
18. Allayarov, S. R., & Rizokulova, E. O. K. (2023). Issues of attracting domestic investments to the economy. Science and Education, 4(12), 663-669.
19. Allayarov, S. R. (2022). Mahalliy byudjetar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning dolzarb masalalari. Science and Education, 3(3), 1150-1155.
20. https://sqb.uz/uz/for-investors/corporate-governance-structure-uz/