Научная статья на тему 'BANKLARNING XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARI BILAN O’ZARO HAMKORLIGINI STATISTIK O’RGANISH'

BANKLARNING XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARI BILAN O’ZARO HAMKORLIGINI STATISTIK O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
57
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot / moliya / bank / moliya tashkilotlari / tijorat bank / modernizatsiya. / economics / finance / banking / financial organizations / commercial banking / modernization.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qurbonboyev, Abdulla Mansur O'g‘li

O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya institutlari statistik o’rganish obyekti sifatida olingan. O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi banklarining halqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorligi statistik taxlil qilingan. Mamlakatimiz banklarining xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini takomillashtirish yo‘llari o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATISTICAL STUDY OF INTERACTION OF BANKS WITH INTERNATIONAL FINANCIAL INSTITUTIONS

In the development of the national economy of Uzbekistan, international financial institutions are obtained as an object of statistical study. Statistical analysis of cooperation of banks operating in Uzbekistan with international financial organizations was carried out. Ways of improving cooperation of banks of our country with international financial institutions have been studied.

Текст научной работы на тему «BANKLARNING XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARI BILAN O’ZARO HAMKORLIGINI STATISTIK O’RGANISH»

BANKLARNING XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARI BILAN O'ZARO HAMKORLIGINI STATISTIK O'RGANISH

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10542077

Qurbonboyev Abdulla Mansur o'g'li

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Statistika kafedrasi assistenti, email: [email protected] Tel: +998900960024

Annotatsiya: O'zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya institutlari - statistik o 'rganish obyekti sifatida olingan. O'zbekistonda faoliyat yurituvchi banklarining halqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorligi statistik taxlil qilingan. Mamlakatimiz banklarining xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini takomillashtirish yo'llari o'rganilgan.

Kalit so'zlari: iqtisodiyot, moliya, bank, moliya tashkilotlari, tijorat bank, modernizatsiya.

STATISTICAL STUDY OF INTERACTION OF BANKS WITH INTERNATIONAL FINANCIAL INSTITUTIONS

Annotation: In the development of the national economy of Uzbekistan, international financial institutions are obtained as an object of statistical study. Statistical analysis of cooperation of banks operating in Uzbekistan with international financial organizations was carried out. Ways of improving cooperation of banks of our country with international financial institutions have been studied.

Key words: economics, finance, banking, financial organizations, commercial banking, modernization.

СТАТИСТИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ БАНКОВ С МЕЖДУНАРОДНЫМИ ФИНАНСОВЫМИ ИНСТИТУТАМИ

Аннотация: В развитии национальной экономики Узбекистана международные финансовые институты становятся объектом статистического изучения. Проведен статистический анализ сотрудничества банков, действующих в Узбекистане, с международными финансовыми организациями. Изучены пути улучшения сотрудничества банков нашей страны с международными финансовыми институтами.

Ключевые слова: экономика, финанс, банковское дело, финансовые организации, коммерческие банки, модернизация.

KIRISH

Mamlakatimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar bilan bir qatorda xalqaro moliyaviy munosabatlar ko'lami yanada kengayib bordi, bu holat o'z navbatida xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari o'rtasida o'zaro xamkorlik aloqalari rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratdi. Ayni paytda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish yirik ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni, iqtisodiy infratuzilmani yaxshilashni, milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini kengaytirishni talab etadi. Mamlakatimiz tijorat banklari hamda xalqaro moliya institutlari o'rtasida bir qator samarali loyihalar amalga oshirilmoqda, bu esa respublikamiz iqtisodiyotini taraqqiy etishida mustahkam rol o'ynamoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida takidlaganidek: "...Tan olish kerak, mutaxassislarning bilim va malakasi, yirik korxonalarning texnik imkoniyatlari, ularni mustaqil transformatsiya qilish uchun yetarli emas. Shuning uchun elektr energetikasi, neft-gaz va kimyo sanoati, mashinasozlikdagi yirik korxonalar hamda tijorat banklarini isloh qilishga Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda "MakKinzi", "Boston konsalting Grupp", "Rotshild" kabi xalqaro tan olingan kompaniyalar jalb etildi.

Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan, yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo'lmoqda.

Shuningdek, etakchi xalqaro moliya institutlari tomonidan muntazam chop etiladigan, birinchi navbatda, Jahon bankining "Biznes yuritish" deb nomlangan ma'ruzasida e'lon qilinayotgan bizning biznes yuritish bo'yicha ko'rsatkichlarimizni tizimli asosda chuqur o'rganish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga doir aniq chora va takliflar ishlab chiqish muhim vazifaga aylanishi kerak.

Shunday ekan, mamlakatimiz banklari bilan hamkorlikda xalqaro moliya institutlari mablag'lari hisobidan loyihalarni moliyalashtirishni takomillashtirish masalalari iqtisodiy siyosatimizning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biri sifatida o'z o'rniga ega bo'lib qolaveradi.

Adabiyotlar sharhi

Xorijlik iqtisodchi olimlardan J.Madura, F.Mishkin, L.N.Krasavina, O.I.Lavrushin, L.N.Fedyakina, V.A.Slepov, E.A.Zvonova, A.G.Movsesyan, S.B.Ognivtsev, A.S.Neshitoy, A.Moiseev, A.A.Suetin va boshqa mutaxassislarning

maqola hamda ilmiy izlanishlarida xalqaro moliya institutlari mablag'larini milliy iqtisodiyotga jalb qilish, masalalariga bilvosita e'tibor qaratilgan.

O'zbekistonlik olimlardan A.Vahobov, N.Karimov, R.Tojiyev, N.Xaydarov, N.Qo'zieva, R.X. Karlibyeva, H.Imomov, J.Ataniyazovning ilmiy asarlarida xalqaro moliya tashkilotlari bilan O'zbekistonning o'zaro aloqalarini o'rnatilishi, xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga keng jalb etish masalalari tadqiq qilingan.

Ammo, ularning tadqiqotlarida xalqaro moliya institutlari bilan banklarning o'zaro hamkorlik munosabatlari alohida mustaqil tadqiqot ob'ekti sifatida o'rganilmagan.

Tadqiqot metodologiyasi

O'zbekiston banklarining xalqaro moliyaviy institutlari bilan o'zaro hamkorligini tizimli tahlil, induksiya va deduksiya, mantiqiy va iqtisodiy-statistik tahlil, taqqoslash, statistik ma'lumotlarni guruhlash usullari qo'llanilgan

Tahlil va natijalar

Mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya tashkilotlari ham muhim rol o'ynaydi. Mintaqaviy rivojlanish banklari o'z hududlariga boshqa xalqaro tashkilotlarga nisbatan imtiyozli kreditlar ajratish orqali uni rivojlantirishni nazarda tutadi. Bunday rivojlanish tashkilotlariga Evropa taraqqiyot va tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot banki, Amerikaaro rivojlanish banki, Afrika rivojlanish banki, Islom taraqqiyot banklarini kiritishimiz mumkin. Mintaqaviy rivojlanish banklarini tuzishga XIX asr oxiridan boshlab harakat qilingan.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) - 1966 yilda tashkil topgan va unga bugungi kunda 67 ta davlat a'zo bo'lib, shundan 48 tasi Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, shuningdek, 19 tasi Evropa va Amerikaning sanoati rivojlangan davlat hisoblanadi. OTBning maqsadi Osiyo qo'mitasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy rivojlanishda ko'maklashishi, hududiy hamkorlikni rag'batlantirish, a'zo-mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.

1993-yil 23-mayda O'zbekiston Respublikasi tomonidan OTBga a'zo bo'lib kirish uchun rasmiy ariza beriladi, unga ko'ra 1993-yil 6-avgustda OTB boshqaruv kengashi O'zRni bankka a'zolikka qabul qilish haqida 266-sonli rezolyutsiya qabul qildi.

1995-yil 29-iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning Osiyo Taraqqiyot Banki"ga a'zo bo'lib kirishi to'g'risida"gi PF-1199-sonli Farmoni chiqdi.

Respublikamiz jahonda yirik moliyaviy tashkilotlaridan biri bo'lgan OTBga 1995-yilda mintaqada o'n beshinchi, a'zo mamlakatlar ichida yigirma ikkinchi yirik aktsiyador sifatida a'zo bo'lib kirdi.

OTB aktsiyador kapitaliga a'zolik badallarini to'lash jadvaliga muvofiq O'zbekiston Respublikasi uchun hozirda 71,502 aktsiya ajratilgan. O'zbekiston OTBning 71,502 ta aktsiyasiga (0,67%) va 110,932 ta ovozga (0,84%) ega. 1997-yildan buyon Toshkentda OTB vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda.1 O'zbekiston Respublikasi OTBning mintaqaviy a'zolari orasida 15-yirik aksioner va 14-yirik kreditor hisoblanadi.2

O'zbekistonda OTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dastur va loyihalar 4 ta muhim sohalarga yo'naltirilgan. Bular:

- qishloq xo'jaligi;

- xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;

- transport va bojxona tranziti sohalarida mintaqaviy hamkorlik;

- bolalikni himoya qilish va boshlang'ich ta'limni egallashga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish.

Tahlillar ko'rsatishicha, 1996-yildan 2006-yilgacha kreditlar OTBning oddiy kapital resurslar hisobidan berilgan. Bu esa, kreditlarni imtiyozli shartlar asosida jalb etish imkoni bo'maganligini ko'rsatadi. 2006-yildan boshlab OTB O'zbekistonga imtiyozli kreditlar bo'yicha kredit berishni boshladi. Aksariyat kreditlar infratuzilmani rivojlantirishga yo'naltirilganini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, moliya, transport va kommunikatsiya sohalariga ham katta e'tibor qaratilayotganini ko'rishimiz mumkin.

Shunisi muhimki, 2008-yilda OTB Kengashi 2008-2020-yillarga mo'ljallangan hamkorlikni rivojlantirishning uzoq muddatli Strategiyasi -"Strategiya-2020" Dasturini ma'qulladi. OTBning O'zbekistondagi faoliyati mazkur Strategiya va Dasturga asoslanadi OTBning bu Strategiyasi ustuvor sohalar sifatida qishioq xo'jaiigi, xususiy sektor, transport kommunikatsiyalari va bojxona tizimi, umumiy ta'lim, maktabgacha tarbiya tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirishni ko'zda tutadi

OTB va O'zbekiston o'rtasida 2017-2021-yillarda infratuzilma, transport va kommutsikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturi doirasida Maroqand - Qarshi uchastkasida temir yo'llarni elektrlashtirish uchun 100 mln. dollarlik; qishioq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida uy-joy, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish dastujri doirasida qishioq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish bo'yicha qiymati 200 mln. dollarlik; Andijon shahrida suv ta'minoti va sanitariya xizmatlarini yaxshilash, jumladan, kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, Jizzax viloyatining Zafarobod va Arnasoy tumanlarida, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi

1http://www.adb.org/publications/uzbekistan-fact-sheet

2http://www.adb.org/sites/default/files/publication/28939/uzbekistan-fact-sheet-ru.pdf

hamda Xorazm viloyatining qishloq aholi punktlarida suv ta'minotini yaxshilash uchun 58 mln. dollarlik; elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish, jumladan, elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish uchun 150 mln. dollarlik zayom bitimlari imzolandi. Bundan tashqari OTB va O'zbekiston Respublikasi hukumati o'rtasida Quyosh energiyasi bo'yicha qo'shma xalqaro ilmiy tadqiqot institutini tashkil etish to'g'risida Memorandum imzolandi. Ushbu hujjatda OTB tomonidan quyosh energetikasini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun 200 mln. dollar ajratish ko'zda tutilgan.

OTB 1995-yildan O'zbekistonga 54 ta loyiha uchun umumiy summasi 4,1 mlrd. AQSh dollari bo'lgan loyihalar tasdiqlanib, shundan 225 mln. AQSh dollari xususiy sektorga, 61,7 mln. AQSh dollari texnik yordam grantlari hisoblanadi. Hozirgacha OTBdan mamlakatimizga kreditlar 2,1 mlrd. dollardan ortiq kreditlar ajratgan. Faqatgina 2021-yilning o'zida bank O'zbekistonga 302 mln. dollar miqdoridagi kredit ajratdi. OTB tomonidan berilayotgan moliyaviy yordamlarning sezilarli qismi energetika va transport sohalarini isloh etishni moliyalashtirishga yo'naltirilmoqda (1-jadval).

1-jadval

1997-2021 yillarda OTBning O'zbekiston loyihalari uchun ajratayotgan

kreditlarining tarmoq tarkibi3

Tarmoqlar tarkibi Loyihalar soni Kreditlar hajmi, mln. doll. Jamiga nisbatan foizda

Qishloq xo'jaligi va tabiiy resrurslar, qishloq turmushining rivojlanishi 28 581,74 13,13

Ta'lim 21 296,95 6,70

Energetika 20 1091,18 24,62

Moliya 21 529,72 11,95

Sog'liqni saqlash 4 41,60 0,94

Sanoat va savdo 3 175,68 3,96

Davlat sektorini boshqarish 15 29,73 0,67

Transport 26 1178,35 26,59

Suv xo'jaligi, boshqa shahar infratuzulmasi va xizmatlar 19 506,72 11,43

Jami 157 4431,65 100,00

O'zbekiston Islom Taraqqiyot bankiga 2003-yil 3-sentyabrda a'zo bo'lib kirgan. Ushbu bank tomonidan mamlakatimizda qator loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi, jumladan, mintaqaviy tez tibbiy yordam markazlarini zarur jihozlar bilan

3http://www.adb.org/publications/uzbekistan-fact-sheet?ref=countries/uzbekistan/ publications

ta'minlash, elektr energiyasi uzatish tarmoqlarini qurish, kichik va xususiy biz nes uchun moliyalashtirish liniyalari, kollejlar va umumta'lim maktablarini qurish va jihozlash, davlat moliyasini boshqarish islohotlarini o'tkazishga ko'maklashish va boshqalar.

Ushbu bank tomonidan 2007-2021-yillar mobaynida umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollarga teng 32 ta loyihani moliyalashtirgan, 1,1 mln. AQSh dollariga teng 5 ta texnik yordam ko'rsatgan, 158,1 mln AQSh dollariga teng 8 ta savdoni moliyalashtirish loyihasiga qatnashgan, 1,9 mln. AQSh dollari miqdorida 7 maxsus yordam operatsiyalarini amalga oshirgan. Umuman olganda, bank tomonidan umumiy qiymati 1,4 mlrd. AQSh dollarilik 52 ta moliyaviy xizmatlar ko'rsatilgan (2 -jadvalga qarang).

2-jadval

2007-2021 yillarda ITBning O'zbekiston bilan hamkorlik natijalari4

Hamkorlik yo'nalishlari Hamkorlik loyihalari soni Islom dinori, mln. AQSh dollari

Loyihalarni moliyalashtirish 32 812,1 1237,5

Texnik yordam 5 0,8 1,1

Savdoni moliyalashtirish 8 102,1 158,1

Maxsus yordam operatsiyalari 7 1,4 1,9

Jami 52 916,4 1398,5

Shuningdek, 2007-2021-yillar mobaynida O'zbekistonga bank tomonidan jami ko'rsatilgan xizmatlar bankning bank faoliyati davomidagi jami ko'rsatilgan xizmatlarning 1,43 foizini tashkil etmoqda.

Tahlillar natijasida, mamlaktimizga ITB tomonidan ajratilayotgan mablag'larning asosiy manbasi ushbu bankning oddiy kapital resurslari hisoblanishi aniqlandi. Xususan, 2020-yil yakuni bo'yicha 506,3 mln. AQSh doll. miqdorida bank tomonidan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag' ajratish ma'kullangan bo'lsa, shundan bankning Oddiy kapital resurslari (Ordinary Capital Resources of IDB (OCR)) hisobidan 434,3 mln. AQSh doll., Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (Islamic Corporation for the Development of the Private Sector (ICD)) hisobidan 72,0 mln. AQSh doll. miqdoridagi mablag'lari berish belgilangan.

2021-yilda mamlakatimiz bilan ITB o'rtasida quyidagi loyixalar va texnik yordamlarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvlar imzolagan (3-jadval).

4 Cumulative IDB Group Operations by Major Modes of Financing (1406H - 1441H) (1 January 1976 - 3 November 2021). Islamic Development Bank, Annual Report: 1441H (2021); Sha'ban 1441H (June 2021). Jeddah. Kingdom of Saudi Arabia. xvii/85 p.

3-jadval

2021-yilda O'zbekiston va ITB o'rtasida tasdiqlangan loyihalar va texnik

yordam operatsiyalari5

№ Loyiha nomi Moliyalashtirish shakli Jami qiymati ITB tomonidan moliyalashtirish hajmi

mln. islom dinori mln. AQSh dollari

1. Onkologiya xizmatlarini rivojlantirish Bo'lib bo'lib to'lash sharti bilan sotish (Instalment Sale) 71,55 25,51 37,04

2. Xorazmdagi "Tashaka" irrigatsiya tizimidagi asosiy suv xo'jaligi kanallarini rekonstruktsiyalash "Istisna'a" Jidda deklaratsiyasi 119,57 56,48 90,37

3. O'zbekistondagi gidroenergetika stantsiyalarini modernizatsiyalash Lizing 184,00 67,00 100,00

4. O'zbekiston "UZINFOINVEST" korxonasiga texnik yordam granti texnik yordam granti 0,42 0,20 0,30

O'zbekiston Respublikasining ITB bilan hamkorligi mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo'nalishilari sifatida tanlab olingan makroiqtisodiy barqarorlik, ishlab chiqarishning izchil va mutanosib o'sish sur'atlarini ta'minlash, jalb etilayotgan investitsiyalarni ko'paytirish hisobidan tarkibiy o'zgarishlarni qat'iy davom ettirish, ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish, iqtisodiyot, soliq-budjet siyosatini yanada erkinlashtirish, bank-moliya tizimining barqarorligini ta'minlash, bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish, aholini ish bilan ta'minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo'nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish sohalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishni yanada rag'batlantirish borasida qabul qilingan dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda sezilarli yordam berib kelmoqda.

Melodiy 2021 (hijriy 1438) yilda ITB tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi 6,9 mlrd. islom dinori (10,5 mlrd. AQSh dollari)ga teng bo'lgan. Uning hajmi oxrgi 5 yil davomida ortib bormoqda (1-diagramma).

5 Cumulative IDB Group Operations by Major Modes of Financing (1406H - 1441H) (1 January 1976 - 3 November 2021). Islamic Development Bank, Annual Report: 1441H (2021); Sha'ban 1441H (June 2021). Jeddah. Kingdom of Saudi Arabia. xvii/85 p.

1-diagramma. ITB guruhining yillik (sof) operatsiyalari (amalga oshirilishi tasdiqlangan loyihalari) hajmi, mln. islom dinori6

ITBning mazkur mablag'lari asosan uning 3 ta manbasidan ajratilmoqda. Ya'ni, oddiy kapital resurslari (Ordinary Capital Resources of IDB (OCR)) hisobidan 4,1 mlrd. AQSh dollari, Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (Islamic Corporation for the Development of the Private Sector (ICD)) bo'yicha 0,4 mlrd. AQSh dollari, Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi (International Islamic Trade Finance Corporation (ITFC)) orqali 5,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag'lar ajratilgan. Oxirgi 5 yil davomida ularning jamiga nisbatan salmog'ini o'zgarishini 2-diagrammada ko'rish mumkin.

2-diagramma. ITB guruhining yillik (sof) tasdiqlangan operatsiyalarini amalga oshirish manbalari, jamiga nisbatan foizda7

ITB tomonidan tasdiqlangan loyihalarga ajratilgan mablag'lar va ularning qaytishi (shu jumladan muddatidan oldin qaytishi) dinamikasini o'rganadigan bo'lsak,

6IDB Group Net Approvals (1434H-1438H) (ID million). Islamic Development Bank, Annual Report: 1438H (2021); Sha'ban 1438H (June 2021). Jeddah. Kingdom of Saudi Arabia. 3/85 p.

7 Izoh: IDB-OCR - ITBning oddiy kapital resurslari (Ordinary Capital Resources of IDB); ICD - Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (Islamic Corporation for the Development of the Private Sector); ITFC -Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi (International Islamic Trade Finance Corporation)

Manba: Sectoral Distribution of OCR Net Approvals 1435H. Islamic Development Bank, Annual Report: 1438H (2021); Sha'ban 1438H (June 2021). Jeddah. Kingdom of Saudi Arabia. 4/85 p.

ularning ham yillar davomida barqaror ravishda ortib borayotganligini ko'rish mumkin (3-diagramma).

Disbursements Repayments

3-diagramma. ITB guruhining yillik tasdiqlangan loyihalarga ajratgan mablag'lari va ularning qaytishi hajmi, mlrd. islom dinori8

1978-2021-yillar davomida ITB tomonidan 97,8 mlrd. AQSh dollar qiymatidagi 7910 ga yaqin loyihalarni moliyalashtirilgan. Shundan oddiy kapital resurslari (OCR) hisobidan 37,6 mlrd. AQSh doll., xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (ICD) bo'yicha 2,4 mlrd. AQSh doll., savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi (ITFC) orqali 19,1 mlrd. AQSh doll., ITBning alohida investitsiya fondi (Unit Investment Fund of IDB (UIF)) orqali 2,2 mlrd. AQSh doll., "Avqaf ' mulki investitsiya fondi orqali (Awqaf Properties Investment Fund(APIF)) 0,3 mlrd. AQSh doll., maxsus yordam operatsiyalariga 0,7 mlrd. AQSh doll., g'azna majburiyatlari bilan bog'liq operatsiyalarga 5,7 mlrd. AQSh doll., xalqaro savdoni moliyalashtirishga aloqador (ITFC doirasida bo'lmagan) ayrim boshqa operatsiyalarga (Pre-ITFC trade (ITFO (Import Trade Financing Operations of IDB), EFS & IBP (Islamic Banks Portfolio) 21,8 mlrd. AQSh doll. mablag' yo'naltirilgan.

XULOSA

Mamlakatimz iqtisodiy taraqqiyoti ustuvor yo'nalishlarining biri sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorligimizni yanada kuchaytirish vazifasi qayd etilgan.

Mustaqilligimiz yillarida xalqaro moliyaviy tashkilotlar - Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon Banki (JB), Evropa Taraqqiyot va tiklanish banki (ETTB), Osiyo Rivojlanish banki (ORB) va boshqalar bilan, bevosita, to'g'ridan-to'g'ri aloqalar o'rnatildi. Fikrimizcha, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida bozor munosabatlarini shakllantirish va ularni tizimli rivojlantirishda bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlarning o'rni anchagina salmoqli.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni har tomonlama, shu jumladan, moliyaviy qo'llab-quvvatlanilayotganligi, byudjet taqchilligini

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8 Izoh: Disbursements - qaytishi mo'ljallangan loyihalarga ajratilgan mablag'lar; Repayments - amalga oshirilgan loyihalardan qaytgan mablag'lar.

kamaytirish choralarining ko'rilayotganligi, faqatgina milliy emas, balki xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan yirik loyihalarni moliyalashtirishda hamkor sifatida ishtirok etilayotganligi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan bir necha yuzlab million AQSh dollari hajmidagi xalqaro grantlarning ajratilayotganligi, iqtisodiyot tarmoqlari o'rtasida mavjud bo'lgan disproportsiyalar (nomutanosibliklar)ning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi va hokazolar ana shular jumlasidandir.

Hozirgi davrda jahon tajribasida, investitsion iqlim darajasini aniqlovchi mahsus "BERT'indeksi mezonlari baholaridan keng foydalanilmoqda. Ushbu indeks mamlakatdagi investitsiya muhitini turlicha salmoqqa ega bo'lgan 15 ta baholash mezonlari asosida hisoblab chiqadi.

Davlatda yaratilgan qulay investitsion iqlim ushbu davlatga yo'naltirilgan investitsiyalar hajmini oshishiga hizmat qiladi va keng ko'lamdagi investitsiya oqimining davlatga kirib kelishi, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaydi hamda davlatning jahon arenasida ham iqtisodiy ham siyosiy jihatdan muhim o'rin egallashiga zamin yaratadi.

O'zbekiston misolida ko'radigan bo'lsak davlatimiz tomonidan iqtisodiyot va siyosatning barcha jabhalarida olib borilayotgan oqilona siyosat mamlakatimizda qulay investitsion muhit yaratilishiga zamin yaratmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. http://www.adb.org/publications/uzbekistan-fact-sheet

2. http://www.adb.org/sites/default/files/publication/28939/uzbekistan-fact-sheet-ru.pdf

3. http://www.adb.org/publications/uzbekistan-fact-sheet?ref=countries/uzbekistan/ publications

4. Cumulative IDB Group Operations by Major Modes of Financing (1406H -1441H) (1 January 1976 - 3 November 2021). Islamic Development Bank, Annual Report: 1441H (2021); Sha'ban 1441H (June 2021). Jeddah. Kingdom of Saudi Arabia. xvii/85 p.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.