Научная статья на тему 'ISLOM TARAQQIYOT BANKI VA O’ZBEKISTON: IQTISODIY DIPLOMATIYA TARAQQIYOTI YOʻLIDA'

ISLOM TARAQQIYOT BANKI VA O’ZBEKISTON: IQTISODIY DIPLOMATIYA TARAQQIYOTI YOʻLIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
594
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI / MUSULMON DAVLATLARI / TA'LIM / MARIFAT / SESSIYASIDA / MOLIYA / ISLOM TARAQQIYOT BANKI / IQTISODIY BIRDAMLIK KABI SIYOSIY TUSHUNCHALARNI O'RGANAMIZ

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tog'Ayeva D.M.

Maqolada “Islom Hamkorlik Tashkiloti” ning tashkil topishi va uning musulmon davlatlari o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy hamkorliklari, hamda musulmon davlatlarida yoshlarning ta’lim tarbiyasi ilm ma’rifatga ega bo’lishi, musulmon davlatlarida qashshoqlikni oldini olish va buyuk allomalarimizning bizga qoldirib ketgan merosini asrab avaylash munosabati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISLAMIC DEVELOPMENT BANK AND UZBEKISTAN: THE PATH OF ECONOMIC DIPLOMACY DEVELOPME

The article covers the organization of the Organization of Islamic Cooperation and its economic, political and educational cooperation among Muslim countries, as well as the education of young people in Muslim countries, the development of knowledge, the Prevention of poverty in Muslim countries and the preservation of the legacy left to us by great scholars.

Текст научной работы на тему «ISLOM TARAQQIYOT BANKI VA O’ZBEKISTON: IQTISODIY DIPLOMATIYA TARAQQIYOTI YOʻLIDA»

Tog'ayeva D.M magistranti Xalqaro munosabatlar fakulteti Jahon iqtisodiyoti va siyosati kafedrasi

TDSHU

Ilmiy rahbar: Sayfullayev D.B., Tarix va falsafa fanlari doktori

dosent

ISLOM TARAQQIYOT BANKI VA O'ZBEKISTON: IQTISODIY DIPLOMATIYA TARAQQIYOTI YO'LIDA

Annotatsiya: Maqolada "Islom Hamkorlik Tashkiloti" ning tashkil topishi va uning musulmon davlatlari o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy hamkorliklari, hamda musulmon davlatlarida yoshlarning ta'lim tarbiyasi ilm ma'rifatga ega bo'lishi, musulmon davlatlarida qashshoqlikni oldini olish va buyuk allomalarimizning bizga qoldirib ketgan merosini asrab avaylash munosabati yoritilgan.

Kalit so'zlar: Islom Hamkorlik Tashkiloti, musulmon davlatlari, Ta'lim, marifat, sessiyasida, moliya, Islom taraqqiyot banki, iqtisodiy birdamlik kabi siyosiy tushunchalarni o'rganamiz.

Tagayeva.D.M master's degree faculty of international relations world economy and policy TSUOS

Scientific leader: Sayfullayev D.B., doctor of historical and philosophical

sciences associate professor

ISLAMIC DEVELOPMENT BANK AND UZBEKISTAN: THE PATH OF ECONOMIC DIPLOMACY DEVELOPME

Annotation: The article covers the organization of the Organization of Islamic Cooperation and its economic, political and educational cooperation among Muslim countries, as well as the education of young people in Muslim countries, the development of knowledge, the Prevention of poverty in Muslim countries and the preservation of the legacy left to us by great scholars.

Keywords: Islamic Cooperation Organization, Muslim countries, education, education, session, Finance, Islamic Development Bank, Economic birdamlik, we will study such political concepts

XX- XXI asrning asosiy mezonlari bu albatta bugungi kunda siyosiy jarayonlarning rivojlanish bosqichida islom davlatlarining dunyoda bo'layotgan globall jarayonida qay tariqa muhim ahamiyat kasb etayotganligi va xalqaro

munosabatda ahamiyatiga e'tibor qaratadigan bo'lsak musulmon olamida Islom Hamkorlik Tashkilotining o'rni tobora ortib bormoqda. Jumladan, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, gumanitar, diplomatik munosabatlaming rivojlanish bosqichida muhim ahamiyatga egadir. Islom Hamkorlik Tashkilotining tarkibiy qismiga kiradigan Islom Taraqqiyot Bankining siyosiy jarayonlarga ta'siri haqida qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Islom taraqqiyot banki (ITB) xalqaro moliya tashkiloti bo'lib, 1973 - yilning 18 - dekabr kuni Islom Hamkorlik Tashkilotining (IHT) mamlakatlari ichida moliya vazirlari yig'ilishlarining qaroriga ko'ra ta'sis etilgan va 1975 - yil oktyabr oyida o'z faoliyatini boshlagan moliyaviy tashkilotdir. 2014 -yilning iyunida ITBning yillik yig'ilishida bank faoliyati boshlanganing 40 yilligi nishonlandi. Islom Hamkorlik Tashkilotiga a'zosi bo'lgan har bir mamlakat Islom Taraqqiyot Banki a'zosi bo'lish huquqiga ega. Bank tashkil etilayotgan vaqtda ITB ga ishtirokchi a'zo davlatlar soni 57 taga yetgan edi. O'zbekiston 2003 - yildan boshlab ITBning a'zo mamlakatidir. 19 Bankning asosiy hissadori: Saudiya Arabistoni, Liviya, Eron, Nigeriya, BAA, Qatar, Misr, Quvayt va Turkiya davlatlari shular jumlasiga kiradi. Islom taraqqiyot banki bosh qarorgohi Saudiya Arabistoning Jidda shahrida joylashgan bo'lib, musulmon davlatlarining moliyaviy markazidir. Islom taraqqiyot bankining hududiy vakolatxonalari 1994 - yil Marokash hududidagi Rabbot shahrida joylashgan bo'lib, xuddi shu yili Kuala -Lampur (Malayziya)shahrida vakolatxonasi ham ochilgan. 1997- yili Olmata shahrida (Qozog'iston), hamda 2008 yili Dakar (Senegal) shaharlarida ochilgan.20 Shuningdek, ITBning Misr, Turkiya, Indoneziya, Bangladesh va Nigeriya shaharlarida ham vakolatxonalari o'z faoliyatini davom ettirmoqda. ITBning asosiy vazifasi a'zo-mamlakatlarda islom dini talablariga muvofiq bo'lgan ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo'llab-quvvatlashdir. Islom taraqqiyot banki guruhining tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi: IsDB xususiy tarmoqni rivojlantirish buyicha islom korporasiyasi - ICD; Investisiyalar va eksport kreditlarini sug'urtalash islom korporasiyasi - ICIES; Xalqaro islom savdo-moliya korporasiyasi - ITFC; Tadqiqotlar va treninglar islom instituti - IRTI. Ushbu tashkilotlar butun musulmon mamlakatlari va islom davlatlarining manfaatlariga xizmat qiladi, hamda a'zo mamlakatlar miqyosdagi talablar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: A'zo-mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga ko'maklashish; a'zo-mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish; a'zo-mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun ta'lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish; a'zo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda yordam ko'rsatish; a'zo-mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha boshqa turli dasturlarni amalga oshirish, a'zo-mamlakatlarda davlat va xususiy tarmoqqa qarashli yo'llar, kanallar, to'g'onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joylar, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqa shu kabi qishloq xo'jaligi loyihalarini moliyalashtiradi.21

19 International Financial And Banking Forum2019

20 Uzreport Tv

21 KyHcuHOBa O. HCTOM Кон$еренцннcн TamKH^OTH _3RHH fflapK; Apa6 ,3,aMaraapH CHSCHH Hнтегpaцннflamyвннннг OMHIH Cu^araga. CHSCHH ®aH.EyftHHa ®&TC.®aH.,3,OK (Phd)^ucc.ABTope$.- T.: 2019.-E.17

Shuningdek 12 ta a'zo mamlakat mahalliy vakolatxonalariga egadir. Jumladan: Afg'oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O'zbekiston va Yaman davlatlaridir. ITBning asosiy vazifasi a'zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo'llab-quvvatlashdan iborat bo'lib, ITBning qarashlar: 2020 - yilda a'zo mamlakatlar inson kapitalini barqaror rivojlantirishga jiddiy ta'sir ko'rsatuvchi shariat tamoyillariga muvofiq faoliyat ko'rsatadigan jahon miqyosidagi taraqqiyot banki bo'lishga erishdi va bank tashkil etilayotgan vaqtda uning nizomiy jamg'armasi 6 mlrd. islomiy dinorni, a'zolari soni esa 22 ta davlatni tashkil etgan edi. Islomiy dinor - ITB foydalanadigan hisob birligidir2013 yilda ITB boshqaruvchilar kengashi umumiy hissadorlik kapitalini 30 mlrd.islomiy dinordan 100 mlrd.islomiy dinor(150 mlrd.AQSH dollar)ga ko'tarish haqida qaror qabul qildi. Bankning obuna kapitali ham 18 mlrd.islomiy dinordan 50 mlrd.islomiy dinorga oshirildi. 22 Ushbu qaror a'zo-mamlakatlarning moliyalashtirish mablag'lariga bo'lgan katta ehtiyoji bilan bog'liqdir. So'nggi 12 yil davomida yetakchi reyting agentliklari (Moody"s, Standard Poor"s, Fitch) tomonidan ITBga uzoq muddatli kredit reytingi- "AAA" va qisqa muddatli oliy barqaror kredit reytingi - "A+" kodi berib kelinmoqda. 2013 - yilning dekabrida ushbu reytinglar yana qaytadan tasdiqlandi. Shu jumladan ITB BMTning Bosh Assembleyasida kuzatuvchi maqomini oldi. ITBning muassasalari IHT Bosh kotibiyati va muassasalari, Xalqaro taraqqiyot banki, BMT taraqqiyot tashkiloti, Hududiy rivojlantirish tashkiloti, Milliy rivojlanish jamg'armalari va nodavlat tashkilotlari kabi bir qator tashkilotlar bilan taraqqiyot sohasida yaqindan aloqa qilib kelmoqda.23 2011- yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Moliyaviy nazorat yuqori organlari xalqaro tashkiloti, Butunjahon banki bilan hamkorlik to'g'risidagi kelishuvlar imzolandi. Sog'liqni saqlash va ta'lim sohasidagi ITB loyihalarini moliyalashtirish ITBga a'zo-mamlakatlarning har biri erishishga intilayotgan ming yillik rivojlanish maqsadlariga(Millennium Development Goals) muvofiq amalga oshirilmoqda.24

Bugungi kunda respublikamizda bank ishi va moliyaviy islom prinsiplarini tatbiq etish loyihasini amalga oshirish bo'yicha Moliya vazirligi tomonidan tashkil etiluvchi «tashabbus guruhi»ga aylandi. Shuningdek, Islom taraqqiyot banki grantini jalb etgan holda «O'zbekiston Respublikasida islom bank ishi va moliyasi infratuzilmasini tatbiq etish uchun qonunchilik asoslarini yarat ish» bo'yicha ishchi loyihasini amalga oshirish belgilangan. Bundan tashqari, O'zbekiston hukumatiga Islom taraqqiyot banki bilan muvofiqlashtirilgan Ishchi loyihasini amalga oshirish bo'yicha yo'l xaritasi loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun kiritish aytilgan. Qaror loyihasi muhokamasi O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 31-may kunida amalga oshirildi. Shu jumladan Islom taraqqiyot banki rahbarini Bandar Hajarni qabul qildi. Islom taraqqiyot banki O'zbekistondagi islohotlarga har tomonlama ko'makni kengaytirishga tayyor

22 w.w.w.http//google.uz.international financial and banking foru

23 w.w.w.http//google w.w.w.http//google.uz. islom moliyasi

24 w.w.w.http//google.uz.international financial and banking forum 2019.uz

ekanligini takidladi. Bandar Hajar prezident Shavkat Mirziyoyev bilan 2018- yil 20- sentyabrda uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda O'zbekistonning ITB bilan o'zaro manfaatli hamkorligi doirasida yurtimizga 1,9 milliard dollarlik imtiyozli kredit mablag'lari jalb etilgan bo'lib, ular iqtisodiyotning turli tarmoqlariga oid loyihalarni o'z ichiga oladi. 25 Ushbu loyihalar yo'l-transport, energetika va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq joylarda uy-joy qurilishi, ichimlik suvi bilan ta'minlash tizimini, sog'liqni saqlash va ta'limni rivojlantirish, tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash kabi sohalarga sarflandi. Hamkorlik uchun ulkan salohiyat, eng muhimi, uni yanada mustahkamlashga o'zaro intilish mavjudligi ta'kidlandi. Toshkent shahrida bo'lib o'tgan «ITB guruhi kuni» doirasida O'zbekiston va Islom taraqqiyot banki o'rtasida 2018-2021 yillarga mo'ljallangan 1,3 mlrd dollarlik sheriklik strategiyasi imzolandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki rahbariga jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizning boy ma'naviy merosini o'rganish maqsadida Samarqandda tashkil etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga ko'rsatilayotgan ko'mak uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. Bandar Hajar esa Markaziy Osiyo davlatlari ichida O'zbekiston Islom taraqqiyot banki uchun mintaqadagi asosiy hamkorlardan biri ekanini ta'kidladi. Bandar Hajar O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli yangilanishlarga yuksak baho berib, ITB mamlakatimizdagi islohotlarga har tomonlama ko'makni kengaytirish va o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini qayd etdi.26

2020- yilning 2-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan Islom Taraqqiyot Banki (ITB) ning XSRIK bosh direktori janob Ayman Amin Sejiniy va O'zbekiston Respublikasi xalq Bankining Boshqaruvi raisi janob Farhod Islomovich Salomov xalq bankida Islomiy darcha ochilishi munosabati bilan masalhat xizmatlari to'g'risidagi Bitimni imzoladi.27 Ko'zda tutilgan Islomiy darcha xalq banki uchun yaxshi foyda keltiradigan Islomiy banklardan biri bo'lish va O'zbekistonda islomiy mahsulot va xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi. Natijada, Bank o'z mahsulotlarini, moliyalashtirish manbalarini diversifikasiya qilish va daromadini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Islomiy bank orqali taklif qilinadigan xizmatlar mamlakatda kichik va o'rta biznes sub'ektlarini va jismoniy shaxslarni moliyalashtirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi turmush darajasini oshirishda muhim rol o'ynashi ko'zda tutilgan. Ushbu munosabat bilan janob Sejiniy quyidagicha izoh berdi: Ushbu xamkorlik xalq banki bilan strategik sheriklik bo'lib, O'zbekistondagi bank va Islomiy moliya sanoatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan deb ta'kidlab o'tadi. Ushbu strategik tashabbus orqali xalq bankiga Shariat tamoyillari, buxgalteriya hisobi, Islomiy bankchilikka mo'ljallangan informasion texnologiyalari, kadrlar va huquqiy jihatlarni qamrab olgan umumiy echimlarni taqdim etish va Islomiy banklarda keng nazariy bilmlar berish orqali xalq bankining

25 http://prezident.uz/Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti "Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish": 10 sentyabr 2017

26 Htt://uzreport news/UzReportTV@Instagram

27 Uz-Report 36

birinchi Islomiy darchasini ochishga yordam beradi. Tashkilotlarimiz o'rtasidagi ushbu muvaffaqiyatli hamkorlik uzoq muddatli strategik sherikchiligimizni kuchaytiradi. "O'z navbatida, janob Farxod Salomov quyidagilarni qo'shimcha qildi: "Bugungi kunda moliya bozorida Islom banki mahsulotlariga bo'lgan talab ulkan salohiyatga ega va kelgusida ushbu xizmat turiga talab yanada ortishiga ishonamiz. Bundan tashqari, ushbu yangi hamkorlik, bizning mijozlarimizning bugungi kundagi talabini qondirish va ikki tomon uchun samarali bo'lgan vositalarni taqdim etadi."Xalq banki 2013- yildan buyon hamkorlaridan biri bo'lib, O'zbekistondagi o'nta kichik va o'rta biznes sub'ektlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan 13 million AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish dasturidan foydalandi. Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom koporasiyasi (XSRIK) Xususiy Sektorni Rivojlantirish bo'yicha Islom Korporasiyasi (XSRIK) - Islom Taraqqiyot Bankining a'zosi bo'lib, Bankning xususiy sektorni rivojlantirish vazifasi tashkil etilgan. Korporasiyaning ustav kapitali 4 millard AQSh dollarini tashkil etib, hissadorlari 55ta mamlakat hamda 5 ta moliyaviy institutlaridan iborat xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish joizki Islom Hamkorlik Tashkiloti bugungi kunda mususlmon davlatlarining revojlanish bosqichida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Nafaqat siyosiy aksincha iqtisodiy, madaniy, diniy, ijtimoiy, diniy, gumanitar sohalarda xalqaro siyosiy olamda tayanch vazifasini o'tamoqda. Jumladan Yaqin SHarq arab davlatlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy integratsiyasiga ta'sir ko'rsatgan va xalqaro munosabatlar tizimida etakchi o'rin egallagan tashkilot hisoblanishiga alohida e'tibor beriladi. SHundan kelib chiqib,«Islom Hamkorlik tashkiloti Yaqin SHarq arab va musulmon davlatlari siyosiy integratsiyalashuvining omili sifatida qaralmoqda. Xalqaro munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi o'ziga xos bo'lib, mintaqaning integratsiyaviy salohiyati, moliyaviy istiqbollari, iqtisodiy ittifoqchilik, diniy, mafkuraviy, til birligi, milliy va etnik yaqinlik, madaniy o'xshashlik munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun asos yaratdi. Xalqaro nizolar va geosiyosiy kurashlarning avj olishi, dunyoning qudratli davlatlarini hududga nisbatan manfaatdorligining yuqoriligi hamda o'z pozitsiyalarini mustahkamlash maqsadida olib borgan siyosiy o'yinlari tufayli mintaqada xalqaro munosabatlarning o'ziga xos tizimi shakllanishida Islom taraqqiyot bankining ahamiyati juda ham salmoqlidir. O'zbekiston misolida fikr mulohaza qiladigan bo'lsak, ta'lim va ishsizlikni mukammal darajada tartibga solish va uning tashqi siyosatda qay darajada ta'sir doiraga ekanligi alohida ahamiyatga egadir. Barcha musulmon dunyosi siyosiy, iqtisodiy va eng muhimi, ma'naviy salohiyati to'liq shakllanganligi, o'zaro birlashish istagi, milliy, diniy o'zlikni anglash va Islom dini omili Islom Hamkorlik Tashkilotini dunyoning yirik xalqaro tashkilotlaridan biriga aylantirdi. XX asrning ikkinchi yarmida musulmon davlatlari siyosiy integratsiyasining eng muhim institutsional omili sifatida xalqaro maydonga chiqdi. Tashkilotga a'zo davlatlar, xususan, birdamligining etakchi elementi diniy omilga tayanib, Islom umumiy mezonlar bo'yicha revojlanishining asosiy manbasi hisoblandi hamda davlatlar o'rtasida mamlakatlar manfaatidan umumiy manfaatlar ustun kelib, tashkilot

faoliyatida musulmon ummasining manfaatlari milliy manfaatlardan yuqori qo'yildi. Islom Hamkorlik tashkiloti Islom taraqqiyot banki siyosiy jihatdan musulmon hamjihatligini vujudga keltirgan, islom ummasini birlashtirgan, xalqaro maydonda ularning manfatlarini himoya qila olgan, butun musulmon olamining revojlanishini ta'minlash maqsadida faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. http://prezident.uz/Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti "Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish": 10 sentyabr 2017

2. https://oz.prezident.uz.com/Shavkat Mirziyoyevning Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar... 2017.

3. www.uz/ru: O'Zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. Iyul 25, 2018

4. КУЙСИНОВА Ф. О. ИСЛОМ КОНФЕРЕНЦИЯСИ ТАШКИЛОТИ ЯКИН ШАРК АРАБ ДАВЛАТЛАРИ СИЁСИЙ ИНТЕГРАЦИЯЛАШУВИНИНГ ОМИЛИ СИФАТИДА. Сиёсий фан.буйича фалс.фан.док (PhD)дисс.автореф.-Т.: 2019.-Б.17

5. INTERNATIONAL FINANCIAL AND BANKING FORUM2019

6. UZREPORT TV

7. w.w.w.http//google.uz.INTERNATIONAL FINANCIAL AND BANKING FORU

8. w.w.w.http//google w.w.w.http//google.uz. Islom moliyasi

9. w.w.w.http//google.uz.INTERNATIONAL FINANCIAL AND BANKING FORUM 2019.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.