Научная статья на тему 'ISLOM MOLIYASI VA BANKI'

ISLOM MOLIYASI VA BANKI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
463
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Islom banki / Misr / moliya / davlat / iqtisodiyot. / Islamic bank / Egypt / finance / state / economy.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Oybek Akhmadjonov, Mukhammadkodir Elmurodov, Anvarjon Farhodov, Islomjon Khoshimov

Ushbu maqolada Islom moliyasi va Islom banki haqida qisqacha bilib olishimiz mumkin. Bu maqolada Islom bankining tarixi, qachon, qayerda vujudga kelganligi haqida batafsil yoritilgan. Islom bankining asosiy ishlari va an’anaviy banklardan qanday farqi borligi haqida so’z boradi. Maqolani o’qish davomida o’zingizga kerakli va sizni qiziqtirgan ko’plab savollarga javob topasiz degan umiddamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, we can briefly learn about Islamic finance and Islamic banking. This article details the history of Islamic banking, when and where it was established. It talks about the main activities of Islamic banks and how they differ from traditional banks. We hope that you will find answers to many questions you need and are interested in while reading the article.

Текст научной работы на тему «ISLOM MOLIYASI VA BANKI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 10 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ISLOM MOLIYASI VA BANKI

Oybek Akhmadjonov

Qo 'qon universiteti Iqtisodiyot va turizm kafedrasi o 'qtuvchisi

Mukhammadkodir Elmurodov

Qo 'qon universiteti

Iqtisodiyot yo 'nalishi talabasi

Anvarjon Farhodov

Qo 'qon universiteti

Iqtisodiyot yo 'nalishi talabasi

Islomjon Khoshimov

Qo 'qon universiteti

Iqtisodiyot yo 'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Islom moliyasi va Islom banki haqida qisqacha bilib olishimiz mumkin. Bu maqolada Islom bankining tarixi, qachon, qayerda vujudga kelganligi haqida batafsil yoritilgan. Islom bankining asosiy ishlari va an'anaviy banklardan qanday farqi borligi haqida so'z boradi. Maqolani o'qish davomida o'zingizga kerakli va sizni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob topasiz degan umiddamiz.

Kalit so'zlar: Islom banki, Misr, moliya, davlat, iqtisodiyot.

ABSTRACT

In this article, we can briefly learn about Islamic finance and Islamic banking. This article details the history of Islamic banking, when and where it was established. It talks about the main activities of Islamic banks and how they differ from traditional banks. We hope that you will find answers to many questions you need and are interested in while reading the article.

Key words: Islamic bank, Egypt, finance, state, economy.

Dunyoda aksar aholisi musulmon davlatlar juda ko'p. Bu davlatlarda islom qonunchiligidan faqatgina namoz, haj, janoza va nikoh kabi ibodatlar saqlanib qolgan desak xato qilgan bo'lamiz. Balki, ko'pchilik davlatlar islom moliyasiga ham e'tiborini qaratmoqda va har bir musulmon kishi ham o'z davlatida islom banklari bo'lishini xohlaydi. Diniy ibodat sifatida ado etiladigan zakot, ushr, fitr sadaqasi singari majburiyatlarning zamonaviy soliq tizimi bilan qay tarzda uyg'unlashishi mumkinligi ayrim musulmon mamlakatlari misolida yaqqol ko'rinib turibdi.

So'ngi yillarda Islomiy bank degan tushuncha bizga begona atama emas. Chunki turli mamlakatlarda, hattoki aksariyat aholisi islom diniga mansub bo'lmagan davlatlarda ham, jumladan AQSh va Buyuk Britaniyada, ushbu moliyaviy atama an'anaviy bank xizmatlari kabi barqaror rivojlanmoqda. Shuning uchun ham islom bankchiligini o'rganish global iqtisodiyotda dolzarb mavzuga aylanib bormoqda.

37

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Bugungi kunda islom banklarida an'anaviy bank operatsiyalarining deyarli barchasi, ya'ni depozit, kredit, akkreditiv, hisob-kitob, to'lov operatsiyalari amalga oshiriladi.

Islomiy moliya tarmog'i jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o'zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Moliyalashning bu tizimi foyda va zararni bo'lishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni o'zida namoyon qilishi bilan an'anaviy banklardan farq qiladi.

Tarixga ham nazar solib qarasak, ilmiy izlanishlar va foizsiz ish yuritadigan moliya muassasalari tashkil etish borasidagi dastlabki urinishlar o'tgan asrning 50-60-yillarida Hindiston, Pokiston va Misrda bo'lgan (masalan 1963-1967 yillarda faoliyat olib borgan «Mit Gamr» bankini (Misr) birinchi islom banki deb at ashsa ham mazkur bank ta'sischilarining o'zlari siyosiy sabablarga ko'ra islom banki degan nomga da'vogarlik qilishmagan). Shunday qilib, 1975 yilda tashkil etilgan «Dubay islom banki» va «Islom taraqqiyot banki» birinchi islom banklari sifatida tanildi. Keyinchalik, Fors ko'rfazi mamlakatlarida, Sudan va Misrda bir qancha islom banklari paydo bo'ldi. Bu masalada 1972 yilda Saudiya Arabistoni podshohligining Jidda shahrida bo'lib o'tgan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 3-konferensiyasi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Tadbir qatnashchilari pul-moliya tizimini islom dinining huquqiy, axloqiy, ma'naviy va boshqa tamoyillariga mos kelishi jihatidan isloh qilishning batafsil rejasini ishlab chiqishdi. Bunday tizim islom qonunchiligi me'yorlariga mos kelishi hamda zamonaviy sharoitda yashovchan bo'lishi lozim edi.

Misrda bankchilik bo'yicha asosiy amaldagi qonun 1975-yilda (Law 120/1975) qabul qilingan bo'lib, unga ko'ra banklar 3 turga ajratiladi: 1) tijorat banklari (omonatlar qabul qiladi va bir qator turli amaliyotlarni moliyaviy ta'minlaydi); 2) biznes va investitsiya banklari (yangi bizneslarni rag'batlantirish va investitsiyalarni moliyalashtirish kabi o'rta va uzoq muddatli amaliyotlarni amalga oshiradi); 3) maxsus banklar (iqtisodiy faoliyatning ma'lum turiga xizmat qiluvchi amaliyotlarni amalga oshiradi va yana ular talabga ko'ra omonatlarni ham qabul qilishi mumkin). Qayd etish kerakki, banklarning bu tarzda diversifikatsiya qilinishi bank sohasidagi katta islohatga ochilgan dastlabki qadamlardan edi. Lekin mamlakatdagi ilk islom bankchiligi harakati ushbu qonun qabul qilinishidan 10 yilcha oldin boshlanganiga qaramay, yuqoridagi tasnifda islom banklari alohida ajratilmagan. Misr islom banklari faoliyatini boshlab bergan va kelgusi islom banklarining tashkil etilishi uchun tajriba vazifasini o'tagan eng dastlabki davlat bo'lishiga qaramay, uzoq vaqt davomida hukumatdagi siyosiy va ijtimoiy o'zgarishlar natijasida mazkur soha rivojlanmasdan qolib ketdi va natijada hozirda soha faoliyati unchalik ham qoniqarli darajada emas. Bugunga kelib Misrda umumiy 40 ga yaqin bank faoliyati mavjud bo'lib, ulardan 3 tasi to'laqonli Islom banklari hisoblanadi va o'zida islom darchalarini joriy qilgan an'anaviy banklar soni esa

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

12 ga teng. Misr Islomiy Moliya Birlashmasi (Egyptian Islamic Finance Association) ma'lumotlariga ko'ra, 2017-yilda Islom banklari aktivlari 12,8 mlrd atrofidagi AQSh $ ni tashkil etgan va bu ko'rsatkich oldingi yilga nisbatan 10,24% ga ko'pligi qayd etilgan. Islom bankchiligi ulushi esa Misrning umumiy bank sektorida 6 % ga teng bo'lgan. Misrda islom bankchiligining paydo bo'lishi 3 xil bosqichda amalga oshdi: avvalo davlat va xususiy islom banklari yaratilishi, keyinchalik an'anaviy banklarda islomiy sho'balar tashkil etilishi va so'ngi jarayon norasmiy islomiy moliyaviy tashkilotlarning faoliyat boshlashi bilan bog'liq. Dastlab tashkil etilgan davlat islom banklariga Meet Ghamr Banki (MGB) va Nasser Ijtimoiy Banki (NSB, 1971-yilda) kiradi. Meet Ghamr Banki dunyo islom bankchiligidagi ilk islomiy bank deya e'tirof etiladi.

Islomiy banklar mijoz talabi bilan obektni qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, xomashyolar olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Moliyalashtirish asosida savdo amaliyoti yotadi. Zamonaviy bank tizimida esa banklarning savdo amaliyotlarini amalga oshirish qonunchilik nuqtayi nazaridan mushkul bo'lib, bunga soliq hamda bank faoliyatiga taalluqli me'yoriy-huquqiy hujjatlar to'sqinlik qiladi.

Islomiy banklarning asosiy vazifalari esa quyidagilardan iboratdir:

• aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;

• ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;

• a'zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa shakllarda moliyaviy yordam berish;

• aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish. Nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular Jumlasidan;

• moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo'naltirish va depozitlarini qabul qilish;

• a'zo-davlatlarga texnik yordam ko'rsatish;

• musulmon davlatlarning rivojlanishi bo'yicha tashkilot a'zolarini o'qitishda xizmatlar ko'rsatish;

• bepul kreditlar berish.

Yuqorida sanab o'tilgan barcha amallarda Islomiy Tijorat Banki (ITB) hech qanday foizli to'lovlarsiz iste'molchilarga xizmat ko'rsatadi.Ushbu bankning birdanbir maqsadi esa a'zo mamlakatlarning, shariatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta'sir o'tkazishdan iboratdir.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Islom banklarida an'anaviy bank operatsiyalarining deyarli barcha operatsiyalarini amalga oshirmoqda. Ular sanoat, agrar sektor, tijorat va xizmat ko'rsatish sohalariga katta mablag'lar investitsiya qilmoqda.

Bugungi kunda islom moliyasi kapitali yiliga 15-20 foiz suratlar bilan o'smoqda.

Islom banklari mushoraka(sherikchilik), mudoraba(bir tomon sarmoya qo'yuvchi, ikkinchi tomon ish yurituvchi), murobaha(tijorat operatsiyalarini moliyalashtirish), ijara, zakot va qarz al-hasan(foizsiz qarz) kabi tamoyillar asosida faoliyat olib boradi.

So'nggi o'n yillikda Islom moliyasi butun dunyoda, shu jumladan, musulmon bo'lmagan mamlakatlarda ham rivojlanishi moliyalashtirishning samarali vositasi ekanligini tasdiqladi. Asosiy moliyaviy bozorlar Islom moliyasi allaqachon global moliya tizimiga kiritilganligi va qashshoqlikka qarshi kurashish va hayot farovonligini oshirish muammolarini hal qilishda yordam berish imkoniyatiga ega ekanligining ishonchli dalillarini topishmoqda.

Hozirgi vaqtda Jahon Banki ham Islom moliyasi sohasida faol ishtirokchilardan biri bo'lishga intilmoqda.

Islom bankining maqsadi - omonatchilar va benefitsiarlar (qonuniy egalar) ni o'z ichiga oluvchi manfaatdor tomonlarning manfaatlarini maksimal darajada oshirish.

Umuman olganda, islomiy moliya xizmatlaridan foydalanish bir tomondan foydalanuvchi e'tiqodini hurmat qilish bo'lsa, ikkinchi tomondan jamiyatda axloqiy me'zonlarni ushlab turishdir, uchinchi tomondan esa katta moliyaviy mablag'lar jalb qilishning bir usulidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O Akhmadjonov, A Abdullaev, S Yusupuv, J Anvarov. (2021). ISLOM BANKCHILIGIDAGI XAVF. Scientific progress 2 (8), 639-642.

3. Ahmadjonov, A Abdullayev, M Mamayusupov, O Umarjonov. (2021). Raqamli iqtisodiyotda boshqaruv muammolari. Science and Education, 2(10), 636-642.

4. AA, Mulaydinov Farkhod Muratovich. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI VA AMALIY AHAMIYATI. АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЯЛАРНИНГ ЗАМОНАВИЙ МУАММОЛАРИ ВА ЕЧИМЛАРИ ОНЛАЙН РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ТЕХНИК АНЖУМАНИНИНГМАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ, 2 (6), 794

5. A Abdullaev. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT - KADRLAR TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlari, uning ...

2. Kun.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

6. Akhmadjonov, A Abdullayev, A Abdupattayev, M Sultonov. (2021). ISLAMIC BANKING MANAGEMENT, ASSETS AND LIBILITIES. Scientific progress, 2 (6), 1525-1532.

7. M Mamadjonov, A Abdullayev, I Abdurahmonov, A Mamadaliyev. (2021). CHALLENGES OF MANAGEMENT IN THE DIGITAL ECONOMY. Scientific progress, 2 (6), 1533-1537.

8. MMQ Tojiyeva, AAU Abdullayev. (2021). THE USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN STATISTICAL DATA COLLECTION. Asian Journal of Multidimensional Research 10 (12), 250-254.

9. O Akhmadjonov, A Abdullaev, B Umarjonov, M Shamsiddinov. (2021). ISLOM MOLIYASINING XUSUSIYATLARI. Scientific progress 2 (8), 634-638.

10. O Akhmadjonov, A Abdullaev, S Karimova, F Solijonova. (2022). Jahon savdo tashkiloti boshqaruv tizimi. Scientific progress 3 (2), 343-347.

11. O Akhmadjonov, A Abdullaev, J Anvarov, S Ismoilov. (2022). ISLOM MOLIYASI. Scientific progress 3 (2), 45-47.

12. O Akhmadjonov, A Abdullaev, M Shamsiddinov, B Umarjonov. (2022). ISLAMIC FINANCE. Scientific progress 3 (2), 48-50.

13. A Abdullaev. (2022). BOBUR VA BOBURIYLAR SULOLASINING JAHON SIVILIZATSIYASINING YANGILANISHIGA QO'SHGAN HISSASI. NEW

RESEARCH ON THE WORKS OF ALISHER NAVOI AND ZAHIRUDDIN MUHAMMAD BABUR 1 ...

14. A Akhrorjon. (2022). Reasons, problems and consequences for the accession of the Uzbek ecanomy to the WTO. International scientific conference "Topical issues of the economy in modern .

15. A Akhrorjon, A Oybek. (2022). Danger in Islamic Banking. International scientific conference "Topical issues of the economy in modern .

16. A Akhrorjon, A Oybek. (2022). Characteristics of Islamic Finance. International scientific conference "Topical issues of the economy in modern .

17. A Akhrorjon. (2022). Uzbekistan and the World Trade Organization management system. International scientific conference "Topical issues of the economy in modern ...

18. A Abdullaev. (2022). O'ZBEKISTON IQTISODIYOTI UCHUN JSTGA A'ZO BO'LISH SABAB MUAMMO VA NATIJALARI. RAQAMLITEXNOLOGIYALAR VA TA 'LIMISTIQBOLLARI1 (2), 113-121

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.