Moliya bozori va unda tijorat banklarining o'rni
G.Zulhaydarova TMI
Annotatsiya: Maqolada moliya bozorida tijorat banklarining faoliyatining ahamiyati, asosiy yo'nalishlari, sohada mavjud muammolar va ularning echimlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: moliya bozori, qimmatli qog'ozlar bozori, tijorat banklari, emitetnt
Financial market and the role of commercial banks in it
G.Zulhaydarova TFI
Abstract: The article describes the importance of the activity of commercial banks in the financial market, the main directions, existing problems in the field and their solutions.
Keywords: financial market, stock market, commercial banks, issuer
Hozirgi kunda, moliya bozorini tijorat banklari tomonidan investitsiya va emission faoliyatini rivojlantirish bir maromda va xatarsiz muomalada bo'lishi uchun mazkur sohaga oid qonuniy me'yorlarni davr talablari darajasida ishlab chiqish hamda ularni doimiy ravishda takomillashtirib borishni, oddiy fuqarodan tortib, to davlat organlarigacha qimmatli qog'ozlar bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishni o'zida uyg'unlashtiruvchi tizim zarur hisoblanadi. Jaxon tajribasi, shuni ko'rsatmoqdagi iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni chuqurlashtirish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, tijorat banklari modernizasiya qilish va tijorat banklarini investitsiya va emission faoliyatini rivojlantirish bugun kunning dozarb masalalari biri hisoblanadi. masalasini ilmiy asosda tadqiq qilish zarurligini yuzaga keltiradi.
O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan qimmatli qog'ozlar bozorida tijorat banklarini investitsiya va emission faoliyatini rivojlantirish o'ziga xos xususiyati ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon bo'lmoqda. Iqtisodiyotdagi investitsion jarayonlarni yanada jadallashtirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va korxonalarini modernizasiyalash, texnik va texnologik yangilashni rag'batlantirish hamda innovasion rivojlanishni ta'minlashda bank xizmatalaridan foydalanish ko'lamlarini kengaytirish rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston
Respublikasi bank-moliya rivojlantirish tizimida investitsiya banklarini tashkil qilish usullari, vositalari va mexanizmlarini ishga solish yo'llarini ishlab chiqish, qimmatli qog'ozlar bozorini samarali tartibga solish uchun mavjud qonuniy-me'yoriy xujjatlarga o'zgartirishlar kiritish, fond bozori infratuzilmasini rivojlantirish, ishtirokchilar faoliyatini yuritishda va tashkil etishda yangi iqtisodiy normativlarni qo'llash, o'z-o'zini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar faoliyatlarini takomillashtirish kabi vazifalarni amalga oshirish dolzarb bo'lib qolmoqda.
Qimmatli qog'ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solishning eng muhim usullaridan biri - bu qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarishda ularning ro'yxatdan o'tkazilishi hisoblanadi. Qimmatli qog'ozlar harakatining ushbu bosqichida tartibga soluvchi organ qimmatli qog'ozlar emissiyasi aniq investitsion loyiha asosida amalga oshirilayotanligiga, sarmoyadorlaring mablag'lari samarali, oldindan ishlab chiqilgan biznes - rejaga muvofiq sarflanishiga va keyin foyda keltirishiga ishonch hosil qilishi kerak. Aynan emissiyani ro'yxatga olish chog'ida tartibga soluvchi organ tovlamachilikning oldini olish maqsadida emitentning faoliyatini oldindan nazorat qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish nuqtai nazardan tartibga solishni davlat va professional ishtirokchilarga bo'lish eng maqsadga muvofiq usul sanaladi deb ta'kidlagan. Bunday taqsimotga muvofiq qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solishning bir nechta asosiy modellari mavjud. Birinchi model, qimmatli qog'ozlar bozorini asosan davlat idoralari tomonidan tartibga solinishi va bunday tartibga solish bo'yicha vakolatlarning kichik qismini o'zini-o'zi tartibga soluvchi tashkilotlarga (SRO) berilishini nazarda tutadi (Fransiya). Ikkinchi model, aksincha, fond bozorini tartibga solish bo'yicha mavqeining eng katta hajmi o'zini-o'zi tartibga soluvchi tashkilotlarga (SRO) berilishini nazarda tutadi, bunda davlat faqat asosiy nazorat qilish vakolatini saqlab qoladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning so'ngi bosqichi qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishda yangi bosqich bo'ldi. Endilikda qimmatli qog'ozlar bozoriga alohida e'tibor berila boshlandi. Jumladan fond birjasi, ya'ni qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozori tashkil qilindi. Fond bozori infrastrukturasini jadal sur'atlar bilan tashkil qilish maqsadida investitsiya kompaniyalari va fondlari, kliring palatalari va fond do'konlari, reklama firmalari va XIFlar (xususiy investitsiya fondlari) shakllantirildi
O'zbekiston banklarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi ishtiroki juda zaif hisoblanadi, buni banklarning aktivlari tarkibida investitsiyalar ulushi 1,5 foizni tashkil etishidan ham ko'rishimiz mumkin. Biroq, tijorat banklari mamlakatimiz qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilari ichida eng faollari hisoblanib, buni quyidagi jadval ma'lumotlaridan ko'rishimiz mumkin.
1-jadval
O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorida tijorat banklarining tutgan o'rni1
Ko'rsatkich-lar 01.01.2016y. 01.01.2017y. 01.01.2018y. 01.01.2019y. 01.01.2020y.
mlrd. sumda % da mlrd. sumda % da mlrd. sumda % da mlrd. sumda % da mlrd. sumda % da
Jami birja savdolari hajmi 161 100 299,8 100 298,6 100 687,3 100 438,8 100
Banklar 141,4 87,8 151,7 50,6 257,6 86,3 591 86 319,5 72,8
Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, mamlakatimiz fond birjalarida qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan savdo aylanmalarining 70 foizdan yuqorisi tijorat banklari hissasiga to'g'ri keladi. O'zbekiston bank tizimining investitsiya operasiyalarini ayrim asosiy ko'rsatkichlarga (mamlakat YalMga, bank tizimi aktivlariga, kreditlariga) nisbati berilgan. Jadvaldan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston banklarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi operasiyalarining hajmi mamlakat YalMga nisbati tahlil etilayotgan davrda 2,0 foizga ham yetmayapti.
O'zbekiston tijorat banklarining investitsion operasiyalari amaliyoti tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, banklar jami aktivlari tarkibida investitsion operasiyalar ulushining sezilarsiz darajada bo'lishi bilan birga, ushbu operasiyalarning yillik o'sish sur'atlari ham bankning jami aktivlari tarkibida o'ta beqaror va past darajani tashkil etmoqda. Ta'kidlash joizki, ayrim banklarda o'ta yuqori darajada o'sib ketgan davrlar ham bo'lgan. Biz dissertasiya tadqiqoti doirasida ayrim tijorat banklarining aktivlari tarkibini tahlili asosida tijorat banklari investitsiyalarining yillik o'sish hajmi ularning aktivlari yillik o'rtacha o'sish ko'rsatkichidan kam bo'lmagan darajada bo'lishi maqsadga muvofiqdir degan xulosaga keldik.
Mamlakatimiz tijorat banklari jami resurslari tarkibida muomalaga chiqarilgan qimmatli qog'ozlari hisobidan shakllantirilgan moliyaviy resurslar, tahlil etilayotgan davr mobaynida juda zaif bo'lib, faqatgina 2020 yil 1 yanvar holatiga 1,3 foizni tashkil etgan, unga qadar bo'lgan yillar davomida ushbu ko'rsatkich bundan ham past darajada bo'lgan.
MDH mamlakatlari qimmatli qog'ozlar bozori savdo aylanmalarining YalMga solishtirib ko'radigan bo'lsak O'zbekistonda 1,2%, Qog'og'istonda 1,5%, Qirg'izistonda 1,1%, Rossiyada 5,4% dan iborat ekanligining guvohi bo'lishimiz mumkin.
Qimmatli qog'ozlar bozori savdo aylanmalarining ishtirokchilari sifatida MDH mamlakatlarida, xususan O'zbekistonda ham asosan banklar hisoblanadi. Masalan mamlakatimiz fond birjasida 2019 yilda qimmatli qog'ozlar bozori savdo aylanmalari jami 438,8 mlrd so'mni tashkil etgan bo'lsa, shuning qariyib 319,5 mlrd so'mi yoki 72,8 foizi tijorat banklari hissasiga to'g'ri kelgan.
1 "Qimmatli Qog'ozlar Markaziy Depozitarisi" davlat korxonasi veb sahifasi (Deponet.uz) ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi
O'zbekiston tijorat banklari mamlakatimiz qimmatli qog'ozlar bozoridagi savdo aylamanlari bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lsada, bizning fikrimizcha bu ular uchun yetarli emas, chunki xorij amaliyoti, shuningdek, ayrim MDH mamlakatlari banklarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi operasiyalarining hajmi bilan solishtiradigan bo'lsak bu ko'rsatkich judayam zaif holatda ekanligining guvohi bo'lamiz.
1-rasm. 2022 yilda moliya bozorida sohalar kesimida tuzilgan bitimlar soni2, dona 2022 yilda iqtisodiyotning 10 ta turli xil soha aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog'ozlari bilan birja savdolari amalga oshirildi. Eng ko'p bitimlar bank va sanoat sektorlari emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirildi. Bank sektori emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan 26 042 ta bitim tuzildi, bu birja bitimlari umumiy sonining 32,26 foizini tashkil etdi. Sanoat tarmog'idagi 9 ta emitentlarning qimmatli qog'ozlari bilan 21 247 ta bitim tuzildi (birja bitimlari umumiy sonining 26,32 foizi).
2-jadval
2022 yilda O'zbekiston moliya bozorida tijorat banklari faoliyatining natijalari3
Soha Bitimlar soni dona Qimmatli qog'ozlar soni, dona Bitimlar hajmi, so"m
Agrosanoat 1167 26 798 365 237 928 504 872,21
Banklar 26 042 3 483 679 451 2 308 673 636 135,70
Lizing 37 16 287 15 115 403 190,00
Sanoat 21 247 5 695 260 53 962 415 359,26
Boshqalar 10 574 1 629 626 626 169 307 976 737,39
Aloqa 327 22 539 69 288 268,95
Sug'urta 2 586 30 996 280 411 87 131618 128,52
Qurilish 14 628 10 254 180 1924 353 299 577,87
Transport 84 82 573 18 089 702,17
Energetika 4 031 2 304 490 19 647 186 828,40
Birja operatsiyalari umumiy hajmining 47,94 foizi bank sektori qimmatli qog'ozlari hissasiga to'g'ri keldi. Ushbu soha emitentlari bilan tuzilgan bitimlarning
2 2022_yil_bo'yicha_birjaviy_tahlil.pdf (uzse.uz)
3
2022_yil_bo'yicha_birjaviy_tahlil.pdf (uzse.uz)
umumiy hajmi 2,31 trillion so mni tashkil etdi. Qurilish sektori emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlar hajmi 1,92 trillion somni tashkil etdi va bu umumiy birja hajmining 39,96 foizini tashkil etdi. Aksiyadorlik jamiyatlarining agrosanoat va boshqa tarmoqlardagi qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlar mos ravishda 237,93 mlrd so'm va 169,31 mlrd so'mni tashkil etdi. Eng kam miqdordagi bitimlar aloqa va transport sohasidagi qimmatli qog'ozlar bilan tegishli ravishda 69,29 mln va 18,09 mln so'mlik bitimlar tuzilgan.
Rivojlangan mamlakatlar bank tizimi tajribasidan, jumladan, Xitoy sanoat va tijorat banki hamda Rossiya Sberbankining qimmatli qog'ozlar bozoridagi investitsion va emission operasiyalarining natijalariga tayanib quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin:
- qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalarning daromadlilik darajasi past bo'lsada bank majburiyatlarni zudlik bilan bajarish ehtiyoji bo'lganda ularni qimmatli qog'ozlar bozorida cotish imkoniyatiga ega bo'ladi, chunki ular yuqori likvidli qimmatli qog'ozlarga joylashtirilgan;
- emissiya hajmining pastligining asosiy sababi passiv operasiyalarning ushbu manbasi juda qimmat bo'lib, muddatli depozitlarga nisbatan deyarli ikki baravar yuqoridir (macalan Xitoy sanoat va tijorat bankida emissiya qilingin qimmatli qog'ozlarning o'rtacha foiz stavkaci 3,56%, muddatli depozitlarniki 1,59%), biroq uzoq muddatli va jalb qilish imkoniyatlari yuqori bo'lganligi bois, bank ushbu instrument hicobidan ham ma'lum darajada moliyaviy resurslarini shakllantirishga e'tibor qaratgan va bankning majburiyatlarini shu yo'l bilan diversifikasiyalagan.
Respublikamizda tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi operasiyalari bo'yicha xulosa qiladigan bo'lsak, mamlakatimiz fond birjalarida qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan savdo aylanmalarining 70 foizdan yuqorisi tijorat banklari hiccaciga to'g'ri keladi. Ular fond birjasida asosan investitsion va emission operasiyalarni amalga oshirishadi. Rivojlangan mamlakatlar banklari balancini tahlil qilish natijacida ayon bo'ladiki, mamlakatimiz tijorat banklarining investitsion faoliyati qoniqarciz holatda bo'lib, ular ushbu oprasiyalar orqali aktivlarni diversifikasiyalash va risklarni pasaytirish imkoniyatlaridan samarali foydalanmayapti, buning qator cabablari bo'lib, ularning asosiylari mamlakatda qimmatli qog'ozlar bozori infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan, shu bilan birga banklarning ushbu bozordagi majburiyatlar va huquqlarini himoya qiladigan me'yoriy-huquqiy bazaning sifatli asosi yaratilmagan.
Respublikamiz bank amaliyotida tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bilan operasiyalarini amalga oshirish hamda hamda uni takomillashtirishda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz:
1. Tijorat banklarining korporativ qimmatli qog'ozlarga qilinadigan investitsiyalari hajmini oshirish maqsadida, birinchidan, korporativ qimmatli
qog'ozlarning fundamental va texnik tahlilini takomillashtirish kerak; ikkinchidan, transaksion depozitlarning barqaror qoldig'ini korporativ qimmatli qog'ozlarga yo'naltirish lozim; uchinchidan, banklarning korporativ qimmatli qog'ozlardan oladigan daromadlari foyda solig'idan ozod qilinishi zarur.
2. Tijorat banklari qimmatli qog'ozlar portfelining sifatini ta'minlash maqsadida, birinchidan, qimmatli qog'ozlar portfelining diversifikasiya prinsipini buzilishiga yo'l qo'ymaslik lozim; ikkinchidan, qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalardan olinadigan daromadlarning o'sish sur'atini qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalarning o'sish sur'atidan ortda qolmasligini ta'minlash zarur.
3. Tijorat banklarining depozit sertifikatlari rivojlangan davlatlarda boshqa depozitlarga nisbatan o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Masalan, AQShda depozit sertifikatlari qimmatli qog'oz hisoblanib, birjada oldi-sotdi ob'ekti sifatida foydalaniladi. Yaponiyada qimmatli qog'oz sifatida ishlatilib, garov sifatida ham olinishi mumkin. Mamlakatimiz bank amaliyotida depozit va jamg'arma sertifikatlari noemissiviy qimmatli qog'oz hisoblanib, qat'iy stavkalarda foiz to'lanadi. Depozitning ushbu shaklini o'ziga xosligi shundaki, uni emissiya qilish natijasida jalb qilingan resurslar majburiy zaxiraga tortilmaydi. Shunga qaramay hozirgi kunda ushbu depozit shaklidan mamlakatimiz tijorat banklari deyarli foydalanmayapti. Shuningdek, mamlakatimizda tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bozorining yaxshi rivojlanmaganligi, davlat qimmatli qog'ozlarining mavjud emasligi, aholi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning o'z pul mablag'larini yuqori daromad keltiruvchi tarmoqlarga yo'naltirish imkonini cheklamoqda. Natijada, mablag' egalari o'z pullarini ko'chmas mulk, avtomobil, tilla buyumlar, xorijiy valyuta va boshqa turdagi aktivlarga yo'naltirmoqda. Bu, o'z navbatida, bankdan tashqari pul mablag'lari hajmini oshishiga, bank depozitlarining kredit qo'yilmalariga nisbatan ulushini keskin pasayishiga sabab bo'lmoqda.
4. Mamlakatimiz tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi emission operasiyalariga to'xtaladigan bo'lsak, muomalaga chiqarilgan qimmatli qog'ozlarning nominal bahosi doimiy ravishda deyarli o'zgarmasdan, ularning bozor bahosi shakllanishi imkoniyatini bermayapti. Buning natijasida, tijorat banklari ustav kapitalining miqdorini oshirish uchun ular doimiy ravishda qo'shimcha aksiyalarni muomalaga chiqarishga majbur bo'lmoqda. Buning asosiy muammosi shundaki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar bozordagi bahosining oshmasligi ularning qo'shimcha kapital manbasini jalb qilish va miqdorini oshirish imkoniyatni bermayapti. Xususan, tijorat banklari hisobotlarida qimmatli qog'ozlarning balans qiymati va bozor qiymati o'rtasida umuman farqning vujudga kelmasligidan xulosa qilish mumkinki, moliya bozorida qimmatli qog'ozlar bozoriga talab va taklifning deyarli ta'siri mavjud emasligi ularni qayta baholashga zaruriyat tug'dirmaydi, bu holat ham tijorat banklari qimmatli qog'ozlari bozoridagi ishtiroki bilan bog'liq iqtisodiy
manfaatdorligini pasaytiradi. Bizning nazarimizda, mazkur masalaning yechimi mahalliy va xorijiy investorlarning mamlakat moliya bozorlariga, shu jumladan, banklarning qimmatli qog'ozlariga ishonchini oshirish maqsadga muvofiq, bu albatta inflyatsiya darajasini tushirish, qimmatli qog'ozlar bahosining barqarorligini ta'minlash va bank qimmatli qog'ozlari zarurlik darajasini oshirishni talab etadi.
5. Banklarining investitsion operasiyalari hisobidan oladigan daromadlari kreditlar hisobidan oladigan foiz to'lovlariga nisbatan past, emission operasiyalari bo'yicha xarajatlar muddatli depozitlarga to'lanadigan to'lovlar hajmidan yuqori bo'lsada, banklar ushbu operasiyalarni bajarishi aktivlarni diversifikasiya qilish, barqaror va uzoq muddatli daromad olib turish, kutilmagan hollarda likvidlilik bilan bog'liq muammoni hal qilish, qimmatli qog'ozlarning garovi ostida kredit berish, kompaniya yoki firmalarning mulkiga egalik qilish imkoniyatini yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2020-2025-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida" gi PF -5992 sonli Farmoni,12.05.2020 yil
2. "Tijorat banklarida qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi 1885-yo'riqnoma 2008 yil 13 dekabr
3. "Qimmatli qog'ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari" 2009 yil 30 avgust
4. "Banklarning qimmatli qog'ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar to'g'risida"gi 1782-nizom 2008 yil 2 aprel
5. Abdullaev Yo., Qoraliev T., Toshmurodov Sh., Abdullaeva S. Bank ishi. O'quv qo'llanma. - T.: "IQTISOD - MOLIYA ", 2009 y.
6. Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. O'quv qo'llanma. -T.: TMI, 2003.-305 b.
7. Abdullaeva Sh.Z. Pul kredit va banklar. -T.: IQTISOD-MOLIYA. 2007y.
8. Alimov I.I. Tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalari. O'quv qo'llanma. T.:TDIU. 2007
9. SHERALI SULTONOV, SHERZOD ALILOV, JASUR RAZZAKOV, KHUSAN ISAEV. DEVELOPMENT WAYS OF STOCK MARKET IN UZBEKISTAN (IN THE CASE OF "TASHKENT" REPUBLICAN STOCK EXCHANGE). Journal of Critical Reviews.2020
10. Sherali Sultonov Nuraliyevich, Nodira Soatova Bobokhanovna. Ways of Fund Market Development in Uzbekistan. Eurasian Scientific Herald.2022
11. Sherali Sultonov. Directions of state regulation of the stock market. International Journal of Economic Growth and Environmental. 2021
12. Sherali Sultonov, Nodira Soatova. Factors strengthening the tax base of local budgets. Journal of Hunan University. Vol. 49. No. 12 December 2022
13. Хдйдаров Н.Х. Молия: умумдавлат молияси. Т.: Иктисод-молия, 2009
14. G.G. Nazarova, N.X.Xaydarov, M.T.Akbarov. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - T.: MChJ "RAM-S", 2007
15. ТС Маликов, НХ Хайдаров. Молия: умумдавлат молияси. TmKeHr«IQTISOD-MOLIYA, 2009
16. Т.Маликов, Н.Хдйдаров. Бюджет: тизими, тузилмаси, жараёни. 2007
17. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Финансы: государственные финансы. Учебное пособие. Экономика и финансы. Ташкент. 2009
18. Мутабар Жураевна Темирханова, Хусан Баходирович Зарипов, Ли Шаоминь. Совершенствование цифровой мобильной связи в современном мире. Бюллетень науки и практики, 2020
19. УЮ Уроков, ФШ Сулаймонов. Хужалик юритувчи субъектлар фаолиятида электрон ахборот алмашишнинг ахдмияти ва уни такомиллаштириш масалалари. 2014/9
20. Uchqun Yunusovich O'roqov, Odiljon Sheraliyevich Olimboyev. O'zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 2022
21. Uchqun Yunusovich O'roqov, Nozimaxon Jahongir qizi Rahimova. INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA QULAY INVESTITSIYA MUHITINING AHAMIYATI. RESEARCH AND EDUCATI0N.2022