Научная статья на тему 'Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ moliyaviy strategiyasi va ularning moliyaviy holati tahlili'

Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ moliyaviy strategiyasi va ularning moliyaviy holati tahlili Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
676
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
moliyaviy strategiya / marketing / korporatsiya / iste’molchilar / korporativ muhit / korporativ boshqaruv / investorlar / investitsion faoliyat / bank / SWOT / moliya

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shuhrat Botirjon O’g’li Abdulazizov

Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va o’sishida korporativ moliyaviy strategiyaning ahamiyati yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqolaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlikni saqlash, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va eksport ko’rsatkichlarini oshirish, energiya samaradorligiga erishish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish orqali aksiya qiymatini oshishiga erishish kabi maqsadlarni qamrab olish maqsadida bir qancha aksiyadorlik jamiyatlarini moliyaviy startegiyalari tahlili olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ moliyaviy strategiyasi va ularning moliyaviy holati tahlili»

Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ moliyaviy strategiyasi va ularning moliyaviy holati tahlili

Shuhrat Botirjon o'g'li Abdulazizov abdulazizovshuhrat4 @gmail. com Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash va o'sishida korporativ moliyaviy strategiyaning ahamiyati yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqolaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlikni saqlash, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va eksport ko'rsatkichlarini oshirish, energiya samaradorligiga erishish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish orqali aksiya qiymatini oshishiga erishish kabi maqsadlarni qamrab olish maqsadida bir qancha aksiyadorlik jamiyatlarini moliyaviy startegiyalari tahlili olib borilgan.

Kalit so'zlar: moliyaviy strategiya, marketing, korporatsiyaj iste'molchilar, korporativ muhit, korporativ boshqaruv, investorlar, investitsion faoliyat, bank, SWOT, moliya

Analysis of the corporate financial strategy of joint-stock companies and their financial situation

Shuhrat Batirjon oglu Abdulazizov abdulazizovshuhrat4 @gmail. com Tashkent Financial Institute

Abstract: The main goal of the article is to develop a scientific proposal and practical recommendations regarding the importance of corporate financial strategy in ensuring the financial stability and growth of joint-stock companies. Financial strategies of several joint-stock companies in order to cover such goals as maintaining financial stability, increasing labor productivity, increasing production and export indicators, achieving energy efficiency, modernizing production, and achieving an increase in share value by implementing technical and technological re-equipment. analysis was carried out.

Keywords: financial strategy, marketing, corporation, consumers, corporate environment, corporate management, investors, investment activities, banking, SWOT, finance

KIRISH

Ma'lumki, bozor munosabatlari sharoitida har bir xo'jalik yurituvchi subyekt, xususan, aksiyadorlik jamiyatlari ham kuchli raqobat sharoitiga moslashishi, bozorda o'z o'rnigi ega bo'lishi va uzoq yillar mobaynida samarali faoliyat yuritishi uchun uzoqni ko'zlangan va tashqi vositalar o'zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffaqiyatini ta'minlashning eng samarali yo'llarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yo'nalishlarini samarali tashkil etish yo'lida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yo'nalishlarini belgilab olishi zarur. bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida mulkchilikning bunday shakli muhim o'rin tutadi. Korxonalar faoliyati davomida moliyaviy munosabatlarning to'g'ri tashkil etilishi qo'yilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda asosiy e'tiborni korxonalar moliyasini boshqarishni to'g'ri tashkil etishga qaratish maqsadga muvofiq. Korporativ moliyani boshqarishni to'g'ri tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy strategiyaga bog'liq. Aynan shu xususiyati bilan korporativ moliyaviy strategiyaning o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ koliyaviy strategiya iqtisodiy faoliyat sub'ektlarning kelajakdagi faoliyat barqarorligi ta'minlab beradi. Shuningdek, ham makro darajada ham mikro amalga oshiriladigan istalgan masala ijobiy hal bo'lishi uchun oldindan strategik rejalar ishlab chiqish va ularni samarali amalga oshirish zarur.

Respublikamizda korporativ tuzilmalarning eng keng tarqalgan turlaridan biri sifatida aksiyadorlik jamiyatlari keltiradigan bo'lsak, 2017-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 659 tani tashkil etgan bo'lsa, keying yillarda ularning soni 613 gacha qisqargan bo'lib, buning sababi sifatida aksiyadorlik jamiyatlari soni pasayishiga qo'yilgan talablar yuqoriligini ko'rsatish mumkin. Shuningdek samarasiz ishlayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining tugatilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin..

ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI

O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy negizini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtrish tashkil etadi. Aksiyadorlik jamiyatlari bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotining ko'plab sohalarida etakchi mavqeni egallagani holda, keng tarqalgan, boshqaruv, kuzatuv va ijro organlari orqali korporativ munosabatlarga faol kirishadigan yuridik shaxslar hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari dastlab XVII asrda Evropada dengiz orqali savdo-sotiq sohasida faoliyat yuritgan mulkdorlar o'rtasida tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga doir huquqiy normalar ilk bor 1808-yilda Fransiya savdo kodeksida belgilangan.

Mazkur faoliyatning qonuniy negiziga ko'ra mamlakatimizda bunday jamiyat

yuridik shaxsni ta"sis etish yoki qayta tashkil etish (qo'shib yuborish, bo'lish, ajratib chiqarish, o'zgartirish) yo'li bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatni ta"sis etish yo'li bilan tashkil etish muassislarning qaroriga ko'ra amalga oshiriladi.1

Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta"sis etish yoki qayta tashkil etish (qo'shib yuborish, bo'lish, ajratib chiqarish, o'zgartirish) yo'li bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatni ta"sis etish to'g'risidagi qaror ta"sis yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan ta"sis etilgan taqdirda jamiyatni ta'sis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi. Jamiyatning muassislari uni tashkil etish to'g'risida o'zaro ta"sis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni ta"sis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o'rtasida joylashtirilishi lozim bo'lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to'lanadigan haqning miqdori va uni to'lash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi. Jamiyatni ta"sis etish to'g'risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta"sis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.

Jamiyatni ta"sis etish, uning ustavini tasdiqlash to'g'risidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to'lash uchun kiritilayotgan qimmatli qog'ozlarning, o'zga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo'lgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tashkil etish O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o'zgartirilayotganda aksiyadorlik jamiyatini ta"sis etish to'g'risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi.

Jamiyatni tashkil etish to'g'risidagi ta"sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari (muassisi) deb e"tirof etiladi.

Agar qonunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) bo'lishi mumkin emas.2

Ushbu masalalarni hal etish uchun aksiyadorlik jamiyatida tavakkalchilik darajasini nazorat qilishda kuzatuv kengashining ahamiyati bayon etilgan qoidalarni, korporativ boshqaruv darajasini baholash mezonlarini, korporativ boshqaruvni

1 O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarni himoya qilish to'g'risida"qonun. 2-bob, 9- modda. -T.26.04.1996

2 O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarni himoya qilish to'g'risida"qonun. 2-bob, 9- modda. -T.26.04.1996

samarali olib borishga qaratilgan ichki hujjatlarni hamda korporativ boshqaruv tizimida tanglik vaziyatlari vujudga kelganda ko'riladigan chora-tadbirlar taktikasini ishlab chiqish va tartibga solish talab etiladi. Bu borada aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etishda ularning joylashtirilish usullaridan samarali foydalanishni yuzaga keltiradi (1-chizma).

Ta'kidlab o'tish kerakki, korporatsiya tushunchasi hozirgi sharoitlarda yana bir o'ziga xos jihatni kasb etmoqda. Undagi bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xo'jalik subyektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlar, birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan bog'liq mustaqil iqtisodiy subyekt sifatida ko'rib chiqish mumkin.

Tadbirkorlik korporatsiyalari foyda olish uchun yaratiladi. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:

- AQShda korporatsiyalar faqat aksiyadorlik kapitali asosida tuziladi;

QAYTA TASHKIL QILINGAN JAMIYATLAR QIMMATLI QOG'OZLARINI AYR I BOSH LASH

QAYTA TASHKIL ETILAYOTGAN JAMIYATDAGI ULUSHLARNI YANGI QIMMATLI QOG'OZLARGA AYR I BOSH LASH

AJRALISH ORQALI PAYDO BO'LGAN AKSIYADORLIK JAMIYATLARI AKSIYALANI SOTIB OLISH

DAVLAT KORXONALARI NEGIZIDA TASHKIL QILINGAN AKSIYADORLIK JAMIYATLARNI QIMMATMI QOG'OZLARINI SOTIB OLISH

1-rasm. Aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil qilishdagi joylashtirish usullari3

- AQShda korporatsiyalar faqat aksiyadorlik kapitali asosida tuziladi;

- Yevropada ma'suliyati cheklangan jamiyat, shirkatlar, kooperativlar, ochiq aksioner jamiyatlari, yopiq aksionerlik jamiyatlari.

Tadbirkorlik korporatsiyasi sifatida quyidagilar bo'lishi mumkin:

- alohida tijorat tashkiloti;

- integratsiyalangan korporativ tuzilma (konsern, xolding va boshqalar).

TAHLIL VA NATIJALAR

Istiqbolli moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rejalashtirish amalga oshirilganda asosiy jihat sifatida xo'jalik sub'ekti faoliyat yuritayotgan biznes muhiti maydonga chiqadi. O'z navbatida biznes muhiti xo'jalik sub'ekti moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga ta'sir etuvchi shart-sharoitlar va turli ichki hamda tashqi omillar tizimini qamrab oladi.

Iqtisodchi olim M.Porterning "Raqobatni besh kuchi" modeli ham tashqi muhit tahliliga qaratiladi. Dissertatsiya ishimizda tadqiq etilayotgan "Qo'qon mexanika

3 Matnga muvofiq muallif tomonidan tuzildi.

zavodi" aktsiyadorlik jamiyati misolida tashqi moliyaviy muhit tahlilini M.Porterning "Raqobatni besh kuchi" modelidan foydalangan holda amalga oshiramiz.

1) Tarmoqqa yangi raqobatchilarni kirish masalasi «Qo'qon mexanika zavodi" AJ uchun juda ham past darajadagi xavfdir, chunki:

•tarmoqda paydo bo'lishi uchun juda katta kapital quyilmalar talab etiladi. (Sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun yangi texnologiyalarni o'zlashtirish va yangi turdagi tovar ishlab chiqarish lozim);

•aksiyadorlik jamiyatining amaldagi mahsulotiga iste'molchilarni bog'liqligi;

•aksiyadorlik jamiyati tomonidan sotuv kanali yo'lga qo'yilgan

2) Ta'minotchilarni raqobat kuchi "Qo'qon mexanika zavodi" AJni ish faoliyatiga, moliyaviy ishlab chiqarishiga va iqtisodiga sezilarli ta'sir qiladi va chet eldagi metall ishlab chiqaruvchilar asosiy ta'minotchilari hisoblanadi (Rossiya Federatsiyasi). Savdo vositachilari orqali xom-ashyo va materiallarni shunday etkazib berish imkoniyati bor.

3) Tovar emitentlarini bozorda paydo bo'lishi amalda mavjud emas. (Gabarit o'lchami 3200 mmgacha va uzunligi 20000 mm alohida qismlarni 50 tonna massagacha va uskunalarni "Qo'qon mexanika zavodi" yasash imkoniyatiga ega, detallarni 30 tonna massasigacha, balandligi 2000 mm va tashqi diametri 4000 mm mexanik yasab berish imkoniyati bor bunday mahsulotlarni yasash uchun yuqori malakali ishchi va doimiy sifat nazoratini talab etadi.

1-jadval

"Qo'qon mexanika zavodi" aktsiyadorlik jamiyati faoliyatida tashqi moliyaviy muhit

tahlili4

Faoliyat sohasi Kuchli tomoni Kuchsiz tomoni

ishlab chiqarish - mahsulot sifatining yaxshi darajasi - uskunalarning sezilarli darajada emirilishi

texnologiya - yuqori texnologiya mavjudligi. - tashkilotning texnologik xizmatini tajribali jamoasi. - mahsulot nomenklaturasi (turlari) kengaytirish imkoniyati. - yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish uchun bo'sh pul mablag'lari etishmovchiligi

ishchi xodimlar - yaxshi tashkillishtirilgan malakali ishchilar jamoasi - kadrlarning past darajadagi qo'nimsizligi

tashkil qilish - yillar davomida shakllangan kadrlarni boshqarish mexanizmi - ma'suliyatli xodimlar vazifalarini rahbarlar tomonidan samarali taqsimlanishi - samaradorlik va nazoratni tashkil etish - tashkilotning doimiy mijozlari bor - tashkilot maqsadlariga erishishida har bir bo'limning o'zaro aloqasida samarasizligi

marketing - sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha yaxshi nom qozongan raqobatchilarga nisbatan past narx - yangi mijozlarga erishishda nofaollik - tovarlarni bozorga olib chiqishda noaollik - tashkilot reklamasining amalga oshirilmaganligi - rivojlanmagan narx siyosati

4Aksiyadorlik jamiyatining biznes rejasi asosida ishlab chiqildi.

moliya - foiz evaziga kredit beruvchi kreditorlardan - aylanma fondlarning umuman etishmasligi

moliyaviy majburiyatlarning mavjud emasligi - aktivlar aylanishining past darajasi

- tashkilotning do'konlar tarmog'i orqali - debitorlik qarzlarining keskin ko'payishi

diferentsiallangan savdo olib borish

imkoniyati

4) Iste'molchilarni raqobat kuchi. "O'zbekneftegaz" AJ tarkibiy tuzilishida asosiy iste'molchilar aksiyadorlik jamiyatini tashkil etadi ("Transgaz" AJ, "O'zneftigazqazibolish" AJ, "Uzgeoburneftigaz" AJ). "Qo'qon mexanika zavodi" aksiyadorlik jamiyatini ishlab chiqarayotgan mahsulotlariga oxirgi yillarda "Uzbekneftigaz" AJ tarkibiga kiradigan korxonalar iste'molchilarga aylanmoqda, ularning ulushi yildan-yilga o'sib bormoqda.

5) Tarmoqdagi mavjud raqobatchilarni bir-biri bilan o'zaro daromad uchun kurash olib borishadi. "Uzneftigazmash" AJ tarkibiga kiruvchi "O'zbekximmash" AJ, "Andijon OEZ" AJ, "NGXM zavodi" AJ, "Urganchgazmash" MChJ va "Buxoro RMZ" AJ kabi tashkilotlar mamlakatning neft-gaz va neft-kimyo komplekslari uchun uskunalar va butlash qismlari ishlab chiqarishadi.

"Qo'qon mexanika zavodi" aktsiyadorlik jamiyatining tashqi muhitining tahlili uning xavfli tomonlari va imkoniyatlari shartlarini yaratish imkonini beradi. Tashkilot tahlilini o'tkazish natijasida tashqi muhit sohasidagi kuchli va kuchsiz taraflarini tahlil qilish zarur.

SWOT-matritsa analizi orqali makro muhit va aktsiyadorlik jamiyati ichki muhitining kuchli va kuchsiz tomonlari ustidan o'tkazilgan tadqiqotlar shakllantirish mumkin.

"Qo'qon mexanika zavodi" AJning rivojlanishida salbiy taraflari va ijobiy taraflarga kompleks yondashuv orqali "Qo'qon mexanika zavodi" AJning imkoniyatlari va xavf-xatarlarini ko'rsatib beradi.

Xo'jalik sub'ektlari moliyaviy-xo'jalik faoliyati davomida ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar, omillar va risklarni moliyaviy menejerlar tomonidan nazorat qilish imkoniyatlariga ko'ra biznes muhitini quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin:

- bilvosita ta'sir etadigan tashqi moliyaviy muhitdagi o'zgarishlar;

- bevosita ta'sir ko'rsatuvchi tashqi moliyaviy muhitdagi o'zgarishlar;

- ichki moliyaviy muhitdagi o'zgarishlar.

Agrobank davlatga qarashli universal bank bo'lib, aktivlari bo'yicha mamlakat bank sektorida beshinchi o'rinni egallaydi. Bank o'z mijozlariga mamlakatimizning barcha hududlaridagi 170 ta filialida keng ko'lamli moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. Bank faoliyatining asosiy yo'nalishlari qishloq xo'jaligi va kichik va o'rta biznes sohasida, shuningdek, tijorat korporativ va chakana biznesda davlat dasturlarini amalga oshirishdan iborat. Biz quyida dast avval kuchli va zaif tomonlarini ko'rib o'tamiz va umuman olganda strategik tomondan tahlil qilib chiqamiz.

Bankning rivojlanish strategiyasining asosiy qoidalari. Mijozlarni segmentatsiyalash amalga oshirish va e'tibor mahsulotdan mijozlar segmentlariga o'tadi. Maqsadli segmentlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi takliflar ishlab chiqiladi va mahsulot shartlari ularning afzalliklariga ko'ra moslashtirish zarur hisoblanadi.

• Mahsulotlarning jab etuvchi mahsulotlari, sotib olish mahsulotlari va o'zaro sotiladigan mahsulotlarni ajratgan holda, fokusli mahsulotlar uchun shart-sharoitlar bozorga qaraganda yaxshiroq amalga oshiriladi, qolganlari uchun raqobatchilar bilan teng ravishda o'rnatiladi.

• Bank masofaviy xizmatlarni yanada rivojlantirish va ularga xizmat ko'rsatish jarayonlarini o'tkazishni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Filiallarda asosiy e'tibor mahsulotlarni sotish va yangi mijozlarni jalb qilishga qaratilmoqdadi.

Bundan tashqari, bank bank xizmatlaridan foydalanmayotgan hududlardagi mahalliy aholiga murojaat qilib, filiallarning keng tarmog'i orqali mijozlar bazasini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bank xizmat ko'rsatish darajasi bo'yicha hududlarda yetakchi o'rinni egallashni maqsad qilgan bo'lib, bu yo'nalishda quyidgilar belgilanib olingan.

• tijorat yo'nalishida bank chakana biznes va kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga e'tibor qaratadi.

• mijozlarni segmentatsiyalash joriy qilinadi va e'tibor mahsulotdan mijozlar segmentlariga o'tadi. Maqsadli segmentlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi takliflar ishlab chiqiladi va mahsulot shartlari ularning afzalliklariga ko'ra moslashtiriladi.

Bankning strategik maqsadlari: 2024-yilga borib bank aktivlari bo'yicha O'zbekiston banklari orasida beshinchi o'rinni saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Kredit portfelining rejalashtirilgan sezilarli o'sishi va biznes samaradorligini oshirish hisobiga bank foydani 2024-yilgacha 921 milliard so'mgacha oshirishni

rejalashtirmoqda.

2-rasm. 2024-yilga qadar bank foydasining o'sishi prognozi (milliard so'm)5 Bank 2024-yilga kelib o'z kapitali rentabelligini (ROE) 12,2 foizga oshirishni maqsad qilgan.

5 Aksiyadorlik jamiyatining biznes rejasi asosida ishlab chiqildi.

0/o)6

3-rasm ROE (Bank kapitalining rentabelligi) 2024 yilgacha Bank yangi mijozlarni faol jalb qilishni va ularning sonini 2019-yilga nisbatan 2,3 barobarga oshirishni, 2024-yilga kelib 5,4 million mijozga erishishni rejalashtirmoqda.

2 390,7 2 721,7 p 3%

4%

96% 97* 96%

4 208,1 4 868.6 -3%

- 3%

97% 97% 97%

4-rasm Faol mijozlar soni (ming kishi) 2024-yilgacha bo'lgan davrda bank umumiy kredit portfelini 2024-yilgacha 51 trillion so'mga yetkazmoqchi.

5-rasm Kredit portfeli (milliard so'm) Bankning mijozlar mablag'larini jalb qilish bo'yicha strategiyasishundan iboratki jozibador shartlarga ega depozitlarni rivojlantirish, savdo hajmini oshirish va mijozlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilash orqali bankning resurs bazasida depozitlar ulushini oshirishga qaratish hisoblanadi. 2024 yil oxiriga kelib korporativ va chakana depozit portfellarining nisbiy ulushini saqlab qolgan holda jami moliyalashtirish qariyb 52 trillion so'mgacha oshadi.

6-rasm To'plangan mablag'lar (milliard so'm)7

6 Aksiyadorlik jamiyatining biznes rejasi asosida ishlab chiqildi.

7 Aksiyadorlik jamiyatining biznes rejasi asosida ishlab chiqildi.

2019-yilda operatsion xarajatlarning operatsion daromadga (CIR) ulushi 64,6% ni tashkil etdi. 2024-yilgacha biznes jarayonlarini avtomatiashtirish va ma'muriy xarajatlarni optimallashtirish hisobiga bu ko'rsatkichni 45,8 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.

54.0% $2,0% 49,6%

45,8%

■ ■ ■ ■

2019 2020 2021 2022 2D23 2024

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7-rasm CIR (%)8

Bankning maqsadli biznes modeli: Davlat dasturlarini amalga oshirish bank, birinchi navbatda, hozirgi keng mijozlar bazasi - hududlardagi davlat dasturlari ishtirokchilariga xizmat ko'rsatishni maqsad qilgan. Bank ushbu mijozlarga davlat dasturlari doirasidagi kreditlarni ham, o'zaro sotish yo'li bilan qo'shimcha mahsulot va xizmatlarni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Keng filiallar tarmog'i va faol rivojlanayotgan masofaviy yo'llar tufayli bank boshqa banklarning vakolatxonalari mavjud bo'lmagan chekka hududlarda ham aholi uchun bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi. Bank davlat dasturlari doirasida yillar davomida to'plangan mijozlar tajribasini qi'llagan holda undan. mijozlar ko'lami kengaytirishda foydalanish o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan Mijozlar bilan o'zaro hamkorlik tajribasiga asoslangan jamlangan ma'lumotlar orqali bankka mijozlarning xizmat ko'rsatish, aloqa kanallari va boshqalar bo'yicha o'z afzalliklarini tahlil qilish imkonini beradi.

Bank, shuningdek, fermerlar va ularning mahsulotlarini ulgurji va chakana xaridorlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni osonlashtirish uchun fermerlar bozorini yaratishni ko'rib chiqmoqda.

XULOSA

Aksiyadorlik jamiyatining turli toifadagi rahbarlari, yetakchi mutaxassislari va xodimlari mehnatini eng yangi texnologiyalarni, shuningdek, hisoblash texnikasini qo'llash orqali maksimal darajada mexanizatsiyalash va avtomatiashtirish zarur. Moliyaviy strategiyaning to'g'ri belgilanishi va o'z vaqtida to'liq amalga oshirilishi korporativ tuzilmalaming kelajakda ham raqobat kurashida ustun bo'lishini ta'minlaydi. Umuman, tijorat tashkilotlari strategik muvaffaqiyatini ta'minlashda moliyaviy strategiya muhim rol o'ynaydi. Korxonalarda o'z faoliyat sohasiga ko'ra turli xil moliyiy strategiyalarni joriy qilishi va qo'llashi mumkin. Tavsiya etiladan muhim strtegiyalardan alohida ajratib ko'rsatish mumkin:

- moliyaviy rejalashtirishiga ko'ra

- moliyaviy maqsadlariga ko;ra

- maqsad belgilanishiga ko'ra

8 Aksiyadorlik jamiyatining biznes rejasi asosida ishlab chiqildi.

- davriyligiga ko'ra

Koxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishda o'zining xususyatlaridan va moliyaviy boshqaruvchilaridan kelib chiqqan holda tanlashi va amalga oshirishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Corporate finance and financial strategy: optimising corporate and shareholder value / Tony Davies and lan Crawford.p

2. Korporativ moliya strategiyasi: Darslik/ S.Elmirzayev,H.Ahmedov // Toshkent/ "Iqtisod-Moliya" 2019 yil, 192-bet.

3. Toshmurodova B.E,. Elmirzayev S.E: Korporativ soliq menejmenti Toshkent/ "Mumtoz so'z". 104-bet.

4. Karlibayeva, sh. Masharipova, d. Ergashev, n. Allambergenova: Korporatsiyalar moliyasi. Darslik. Iqtisodiyot: 2019 yil.

5. Elmirzayev S.E: Korporativ moliya. . Darslik. 2019 yil. 364-bet

6. Namoz o'g'li, N. N. (2023). ISLAMIC BANKING: PROBLEMS, SOLUTIONS AND PROSPECTIVES. World Economics and Finance Bulletin, 21, 153-159.

7. Nazarov, N. (2023). The engagement between islamic and conventional banking. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 371-374.

8. U.Yu.O'roqov, Sh.B.Abdulazizov., B.R.Amiqulov. Ta'lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti. "Science and education" Scientific Journal/ISSN2181-0842 Julay/volume 3 Issue 7

9. Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 109116.

10. Jumaniyozov, I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business Administration, 4(2), 84-88.

11. Jumaniyozov, I. (2020). ISSUES OF ENSURING THE TRANSPARENCY OF SOVEREIGN WEALTH FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(5), 1.

12. Jumaniyazov, I. (2020). FOREIGN EXPERIENCE IN THE ACTIVITIES OF SOVEREIGN FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(2), 1.

13. Jumaniyazov, I. T. (2021). Transparency Is A Key Indicator Of The Activity Of Sovereign Wealth Funds. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(05), 30-37.

14. Жуманиязов, И. Т. (2016). Основные задачи Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Наука, образование и культура, (7 (10)), 27-28.

15. Жуманиязов, И. Т. (2016). Направления использования средств Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Economics, (7 (16)), 28-29.

16. Jumaniyazov, I. T. (2022). O'zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari. Science and Education, 3(5), 1637-1645.

17. Inomjon Turaevich Jumaniyazov, & Bexruz Hazratov (2022). Foreign experience in the development of special economic zones in Uzbekistan. Science and Education, 3 (5), 1628-1636.

18. Jumaniyazov Inomjon Turaevich, & Juraev Maqsud Annaqulovich (2022). Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari. Science and Education, 3 (5), 1646-1654.

19. Jumaniyazov, I. T. (2019). The impact of Uzbekistan Reconstruction and development fund's expenditure on GDP growth. Science, research, development № 16. Monografiya pokonferencyjna.

20. Jumaniyazov, I., & Xaydarov, A. (2023). The importance of social insurance in social protection. Science and Education, 4(1), 1033-1043. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/4941

21. Inomjon, J. (2023). GENDER BYUDJETLASHTIRISHDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING O'RNI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(6), 1187-1191.

22. Бахронов, Ж., & Жуманиязов, И. (2023). Партисипатор бюджетлаштириш ва уни Узбекистонда куллаш долзарблиги. Science and Education, 4(2), 1486-1493. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5234

23. Davlatboyeva, M. S. qizi, & Jumaniyazov, I. T. (2023). Yashil byudjetlashtirish va uni O'zbekistonda joriy etish istiqbollari. Science and Education, 4(2), 1509-1516. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5237

24. Jumaniyazov, I. T. (2019). Evaluation criteria for the efficiency of sovereign funds. Global science and innovations 2019: Central Asia. In International scientific conference.-Nur-Sultan (Kazakhstan) (Vol. 340, pp. 226-229).

25. Jumaniyazov, I. T. The significance of Uzbekistan reconstruction and development fund's financial capital on economic growth of Uzbekistan. International Journal of Economics, Commerce and Management United Kingdom ISSN, 2348, 0386.

26. Jumaniyazov, I., & Mahmudov, M. (2022). Experience of foreign countries in attracting foreign investment. Asian Journal of Research in Banking and Finance, 12(5), 32-37.

27. Jumaniyozov, I. T., & Abdumannobov, A. M. (2020). MANAGING PUBLIC DEBT. In Ключевые проблемы современной науки (pp. 3-7).

28. Jumaniyozov, I. T., & Bakhodirkhujayev A.F. (2020). ISSUES AND CHALLENGES FOR THE IMPLEMENTATION OF MACROPRUDENTIAL POLICY IN UZBEKISTAN. In Ключевые проблемы современной науки (pp. 811).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.