AKSIYADORLIK JAMIYATLARI FAOLIYATIDA MOLIYAVIY MENEJMENTNI TASHKIL ETISH SAMARADORLIGINI
OSHIRISH MASALALARI
Shernayev Akbar Aqmirzayevich
Oriental universiteti, Iqtisodiyot va turizm kafedrasi dotsenti. i.f.n.
Annotatsiya. Ushbumaqoladaiqtisodiy islohotlarvadavlatmulkinixususiylashtirish natijasida yakka mulkchilikka barham berildi va yangi mulkchilik shakllari, xususan, aksiyadorlik jamiyatlari rivojlana boshladi. Ayni vaqtdaxususiy korxonalar, mas^uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tuzilmalar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar va huquqiy asos yaratish.
Kalit so'zlar: aksiyadorlik kompaniyalari o^zlarining bozor munosabatlari, aksiyadorlik kompaniyalari, xalqaro moliya bozorlari, tengligi milliy iqtisodiyotda bozor munosabatlari, milliy iqtisodiyotimizda bozor infratuzilmasi, mulkchilik shakllari.
Абстрактный. В этой статье в результате экономических реформ и npueamu3atsiu государственного имущества была упразднена единоличная собственность и стали развиваться новые формы собственности, в частности акционерные общества. В то же время создание благоприятных условий и правовой базы для развития частных предприятий, обществ с ограниченной ответственностью и других организatsiонно-nравовых структур.
Ключевые слова: акционерные общества, их рыночные отношения, акционерные общества, международные финансовые рынки, равноправие рыночных отношений в народном хозяйстве, рыночная инфраструктура в нашем народном хозяйстве, формы собственности.
Abûract. In this article, as a result of economic reforms and privatization of tiate property, sole ownership was abolished and new forms of ownership began to develop, in particular, joint-tiock companies. At the same time, creating favorable conditions and legal basis for the development of private enterprises, limited liability companies and other organizational and legal tiructures.
Key words: joint-tiock companies, their market relations, joint-tiock companies, international financial markets, equality of market relations in the national economy, market infratiructure in our national economy, forms of ownership.
Moliyaviy-iqtisodiy globallashuv va jahon iqtisodiyotidagi keskin raqobat sharoitida inve^itsiyalarga bo'lgan talab oshib bormoqda. Shundan kelib chiqqan holda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardagi har bir korporativ tuzilma nafaqat milliy moliya bozoridan, balki xalqaro moliya bozorlaridan ham kapital jalb qilish orqali moliyaviy ta'minot masalasini hal qilishga va faoliyatini xalqaro darajada kengaytirishga intilmoqda. Mulkchilik shakllarining turli-tumanligi va ularning huquqiy jihatdan tengligi milliy iqtisodiyotda bozor munosabatlari qaror topishining eng muhim sharti hisoblanadi.
Buning natijasida tobora keng kolamda faoliyat yuritayotgan korporativ tuzilmalarni samarali boshqarish va rivojlantirish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarining yanada rivojlanishini taminlash samarali moliyaviy menejment tizimini joriy etishni taqozo etadi.
Mamlakatimizdagi deyarli barcha ishlab chiqarish ob ektlari aksiyadorlik kompaniyalari prinsipi boyicha tashkil etilgan, ammo ular oz maqomiga qay darajada mos holda faoliyat yuritmoqda va o z huquqlaridan foydalanmoqda degan savolni ozimizga berib koraylik. Aksiyadorlik kompaniyalari ozlarining bozor munosabatlariga mos maqomiga muvofiq faoliyat yuritishi uchun yana qanday mexanizmlarni harakatga kelitirish zarur.
Ushbu yo nalishdagi vazifalarni hal etishda modernizatsiya qilinayotgan yirik aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentni tashkil etish tizimini takomillashtirish muhim rol oynaydi.
Milliy iqtisodiyotimizda bozor infratuzilmasining yirik korporativ boginlaridan hisoblangan aksiyadorlik jamiyatlarini rivojlanib borayotganligi mazkur tuzilmalar amaliyotiga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, ularning keng qamrovli faoliyatini aniq &rategik maqsad atrofida birlashtirish chora-tadbirlarini jadal ravishda amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentni tashkil etish yakka tartibdagi va jamoa shaklidagi sub ektlar faoliyatini umumlashtirgan shaklini ifodalaydi. Bu jarayon ishlab chiqarishni boshqarishning yangi mazmundagi mahsuli bolib, ijtimoiy transformatsiyalashgan, hozirgi zamon munosabatlarni vujudga keltiruvchi murakkab munosabatlar jarayonini ifoda etadi va bozor iqtisodiyoti talablariga toliq javob beradi, deb hisoblash mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash, Ozbeki&on Respublikasi uchun muhim bolib hisoblanayotgan korporativ boshqaruvni rivojlanitirish hozirgi sharoitda dolzarb masalardan biri hisoblanadi. Shuni inobatga olib xorijiy davlatlardagi korporativ boshqaruvni tashkil etish, uning boshqaruv jabhalari va mexanizmlarini, tashkiliy tarkiblari organilgan va shu asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish, &rategik yo'nalishni i&iqbollashtirish va korporatsiya moliyaviy mablaglarini boshqarishni tashkil etish mexanizmlari asoslab berilgan. Respublikada aksiyadorlik jamiyatlarining rivojlanishida oqilona moliyaviy menejmentni olib borilishi zarurdir. Ushbu holat esa ishlab chiqarish samaradorligini taminlash, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qoshimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish, manfaatdor sub ektlar oldida iqtisodiy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishni ikki tomonlama amalga oshirilishini talab etadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentning to'g'ri yo'lga qo'yilishi xorijiy inve&orlarning respublika iqtisodiyotining rivojlanishi uchun zarur bolgan inve&itsiya qoyilmalari miqdorining ko payishini ta minlaydi.
Ozbeki&on hududida toliq chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy usullariga asoslangan aksiyadorlik jamiyatlari muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Mazkur xorijiy kompaniyalar tajribalarini chuqur organishimiz va ularning tahlili asosida aksiyadorlik jamiyatlari uchun korporativ boshqaruvning namunaviy tuzilmalarini
yaratishimiz, real iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalaridagi aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv tizimini ayni shu asosda isloh qilgan holda, ularni amaliyotga faol joriy qilishimiz zarur. Allaqachon oz umrini otab bolgan, boshqaruvningeski va yaroqsiz rejali-taqsimot tizimi va lavozimlar nomenklaturasidan qatiy voz kechishimiz, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan tijorat direktori, moliya direktori, mijozlar bilan ishlash va xaridlar boyicha loyiha menejeri va boshqa yangi lavozimlarni xalqaro amaliyotga mos ravishda, ularning mansab majburiyati va vazifalarini aniq belgilagan holda, keng joriy etishimiz lozim.Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi barcha manfaatdor tuzilmalar ishtirokida asosiy lavozim va kasblarning yangi klassifikatorini ishlab chiqishi kerak. Aynan ana shunday klassifikator bugungi yangi avlod professional kadrlarini tayyorlashning asosiy mezoniga aylanishi darkor. Bugungi kunda mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarini modernizatsiyalash, re^rukturizatsiyalash va qayta tashkil etish jarayonlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Ushbu jarayon dolzarb vazifaga aylangan bir vaqtda korxonalarni tuzilmaviy jihatdan qayta tashkil etish masalasi muhim ahamiyatga ega.
Malumki, har qanday aksiyadorlik jamiyatlari oz faoliyati jarayonida bir necha bosqichlarni bosib otadi. Birinchi bosqich aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va tiklash jarayonidan iborat bolib, tegishli davlat hokimiyati organlarida (shahar yoki tuman hokimiyatlarida) royxatdan otadi. Bu esa yangi xojalik yurituvchi subektning yuzaga kelganligida dalolat beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat royxatidan otgan korxonalarning aksariyati faoliyatining ilk davrida raqobatga bardosh berishi qiyin kechadi. Shu sababli, davlat milliy qadriyatlar va u^uvor yonalishlarga hamda moliyaviy imkoniyatlariga ko ra kichik, qo shma, xususiy va boshqa korxonalarni qollab-quvvatlaydi.
Bazi bir aksiyadorlik jamiyatlari oz ornini topish maqsadida rivojlanish jarayonlarida yangi ishlab chiqarish va funksional bolimlar yaratish, samaradorlikni oshirish uchun yangi sexlar ochish yoki bolimlarning ozaro qo shilishi natijasida tejamkorlikka erishish yo llarini qidiradi. Shu o rinda, aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etish jarayoni ham, boshqaruvning tashkiliy tizimini o zgartirish sifatida faoliyat yuritayotgan o z faoliyatiga o'zgartirish kiritish yoki eski korxonaning yopilishi va yangisini royxatdan otkazish doirasida yuz beradi. Korxonani qayta tashkil etishning maxsus shakli, mustaqil xo jalik yurituvchi sub ektlarni tuzilmaviy qayta tashkil etish yoki ularning mavjud huquqiy me yorlarga amal qilishidan iborat.
Tuzilmaviy qayta tashkil etishning mohiyati masalasida bir nechta nuqtai-nazarlar mavjud. Bozor iqtisodiyotida re^rukturizatsiya - bu aksiyadorlik jamiyatlarining tuzilmaviy bolinmalarini mu^aqil balans va hisob raqamiga ega yuridik shaxs sifatida qayta tashkil etishdir, deb tariflangan.
Aksiyadorlik jamiyatlarini re^rukturizatsiyalash, ya ni uni tuzilmaviy qayta tashkil etish, aktiv va passivlarini re^rukturizatsiyalash orqali korxonaga zaruriy innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun etarli sharoit yaratish imkoniyatini beradi. Aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etilgan korxonani re^rukturizatsiyalash quyidagilarga yo'naltirilgan:
- korxonaning umumiy inversion jozibadorligini oshirish;
- korxonaning raqobatda u^unligini inobatga oluvchiinnovatsion loyihalarni inve^itsiyalash mexanizmini yaratish;
- nufuzli va innovatsion loyihalarni samarali boshqarishga to sqinlik qiluvchi tashkiliy to siqlarni bartaraf etish kabilar.
Korxonani re^rukturizatsiyalash jarayoni qayta tuzilgan firmaning bozor qiymatini oshirsagina, u muvaffaqiyatli kechishi mumkin. Oz navbatida, bunday holatga, agar firmani re^rukturizatsiyalash, korxonaga raqobat u^unligini bera oladigan innovatsion loyihalarini amalga oshirish maqsadida qulay moliyaviy imkoniyat va tashkiliy sharoit yaratgan taqdirdagina erishish imkoni boladi.
Korxonaning bozor qiymatini oshirish, tashqi kapitalni jalb etish va qarzlarni re^rukturizatsiyalashni ragbatlantirishi mumkin. Bu ayniqsa, moliyaviy inqirozga yuz tutgan korxonalar uchun ota muhim. Bunday holatda kreditorlar "qotib qolgan" qarzlarni ham re^rukturizatsiyalashga rozilik bildiradi.
Bunday re^rukturizatsiyalash kreditni otkazish boyicha har ikki tomon kelishuvlarini bajarmagan va o z xohishlariga ko ra, rasmiy yo l bilan qarzlarni kechiktirishni, albatta, bunday kechiktirishni qoshimcha foizlarini nazarda tutgan holda so ragan qarzdorlarga mo ljallangan.
Bunday vaziyatda kreditor, uzoq muddat "qotib qolgan" qarzni qoshimcha foiz bilan qoplash evaziga qarzning yopilishini uzoq muddatgacha kutishga ham tayyor boladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy siyosatida uning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilayotgan qaror qabul qilishning yangicha shakllari va usullari aynan moliyaviy menejment muhitining shakllanayotganligini ifodalaydi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruvni tashkil etish bosqichlarini nazariy va uslubiy jihatdan o rgangan holda, aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruvni tashkil etishni shakllantirish xususiyatlari va takomillashtirish yonalishlari boyicha xulosa va takliflar qisqacha quyidagilardan iborat:
1. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini boshqarishning turli moliyaviy muammolari uzoq vaqtlardan buyon iqtisodchi-olimlar va amaliyotchilar diqqat markazidagi muhim masalalardan bolib kelsada, moliyaviy menejment asoslari Ozbeki^on Respublikasida ham endigina shakllanmoqda.
2. Hozirgi sharoitda aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy faoliyatni tashkil etish muhim da^aklar - davlatning imtiyozli kreditlari, soliq imtiyozlari, kredit hisob-kitob tizimi mukammal soliq va ssuda foizi ^avkalaridan samarali foydalanish orqali ishlab chiqarish-xojalik faoliyatini yaxshilashga tegishli tasir otkazishi lozim;
3. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentni samarali tashkil etishda ularning moliya-xojalik faoliyatida fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini qollash, innovatsion faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish tadbirlari ragbatlantirilishi lozim;
4. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarining malakali kadrlar bilan taminlash, ularning malakasini oshirish kabi zaruriy ehtiyojlar undagi
ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish siyosatini qayta ko'rib chiqishni, tegishli maqsadlarga zarur mablag larni qidirib topishni talab etadi.
5. Aksiyadorlikjamiyatlari ixtiyoridagi pul mablaglarining maqsadli ishlatilishi, tovar-moddiy boyliklar butligining taminlanishi va aylanma mablaglar aylanuvchanligini jadallashtirish maqsadida moliyaviy nazorat zarur.
6. Bizning fikrimizcha, inflyatsiya suratlarining aksiyadorlik jamiyatlarimoliyaviy holatiga tasiri sezilarli bolganligi tufayli aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy menejerlari inflyatsiya jarayoni oqibatlarining takror ishlab chiqarishning moliya-qiymat nisbatlariga, moliyaviy resurslarning qayta taqsimlanishiga hamda daromad va xarajatlarning shakllanishiga tasirini doimiy tarzda hisobga olishlari, moliyaviy taxminlar tozishda korsatkichlarni tegishli ozgarishlar bilan baholashlari lozim.
7. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan moliyaviy boshqaruvni tashkil etishlari davomida quyidagi kamchiliklarga yo l qo ymoqdalar:
vaqtinchalik natijalarga koproq intilish va shuning uchun i^ikbolli yondashuvning ahamiyatsizligi;
aksiyadorlik jamiyatlari boshliqlarining tarakkiyotning muhim yonalishlarini ishlab chiqish va asoslash jarayonidagi bilimi va imagining cheklanganligi tufayli bundagi passiv ishtiroki;
boshqaruvchilarning moliyaviy faoliyatning yangi imkoniyatlariga, kor-xona faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda uning muhim sohalariga menejment tamoyillarini joriy etishga tayyorgarlik holatining pa& darajasidir.
8. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentini samarali tashkil etishda rivojlangan chet mamlakatlarda faoliyat yurituvchi korxonalarda shakllangan moliyaviy menejmentni tashkil etish tajribalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
9. Tahlil natijalari korsatishicha, korxonalar tolovga layoqatsizligi ishlab chiqarish sohasidagi, bozor muhiti sohasidagi, to'lov-hisob-kitob tizimi sohasidagi kamchiliklar va omillar bilan bogliqdir. Korxona moliyaviy menejeri har qaysi omil tasirining dinamikasini hisobga olishi, ishlab chiqarish sohasidagi va boshqaruv uslubiga xos kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini korish lozimdir.
10. Moliyaviy iqtisodiy inqiroz sharoitida moliyaviy faoliyatni boshqarishni tashkil etish aksiyadorlik jamiyatlarining samarali faoliyatini, taraqqiyotini ragbatlantirishi lozim.
Moliyaviy menejmentdan samarali foydalanish aksiyadorlik jamiyatlarining iqtisodiy hayotida yangicha qadriyatlar tizimini vujudga keltiradi, uning rivojlanish i^iqbollari va qonuniyatlarini o zgartiradi. Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy siyosatida uning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilayotgan qaror qabul qilishning yangicha shakllari va usullari aynan moliyaviy menejment muhitining shakllanayotganligini ifodalaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O'zbeki$;on Respublikasi Kon^itutsiyasi // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son.
2. O'zbeki$;on Respublikasining Soliq Kodeksi // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/689/0395-son.
3. O'zbeki$;on Respublikasi Budjet Kodeksi // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son.
4. O'zbeki$;on Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi 913-XII-son Qonuni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/03755. O'zbeki^on Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi "2021-yil uchun
O'zbeki^on Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida" O'RQ-657-son Qonuni https:// lex.uz/docs/-5186044
6. O'zbeki^on Respublikasining 2021-yil 30-dekabrdagi "2022-yil uchun O'zbeki^on Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida" O'RQ-742-son Qonuni https:// lex.uz/docs/-5801127
7. O'zbeki^on Respublikasi Xalq deputatlari Yunusobod tumani kengashining 2022-yil 5-yanvardagi "Yunusobod tumanining 2022-yil uchun mahalliy budjetini tasdiqlash to'g'risidagi" II-57-1-14-206-K/22-sonli qarori
8. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - Toshkent: O'zbeki^on , 2017. - 104 b.
9. O'zbeki^on Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 29.12.2020-y. // https://president.uz/uz/li&s/view/4057
10. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo'nalishlari. «Студенческий вестник»: научный журнал. - № 20(165). Часть 14. Москва, Изд. «Интернаука», 2021. - с. 74-76
11. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari «Интернаука»: научный журнал - №2 20(196). Часть 7. Москва, изд. «Интернаука», 2021. - с. 58-60
12. Shernaev A.A. PRINCIPLES AND METHODS OF ORGANIZATION OF THE INTERNAL TAX CONTROL SYSTEM IN JOINT STOCK COMPANY. International Journal of Economics, Business and Management Studies - ISSN:2347-4378 SJIF Impact Factor(2021) :7.473, Journal DOI: 10.36713/epra1013 (Volume: 8, Issue: 4, April 2021), Pages: 43-53.
13. Shernaev A.A. Aktsiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish: xususiyatlari va uslubiyoti masalalari. «Science and Education» Scientific Journal. March 2021 / Volume 2 Issue 3, 454-469-p.
14. Shernaev A.A. TAX ANALYSIS IN MICROLEVEL TAX PLANNING. ELECTRONIC JOURNAL OF ACTUAL PROBLEMS OF MODERN SCIENCE, EDUCATION AND TRAINING. FEBRUARY, 2021 -IV. ISSN 2181-9750, 75-82-p.