PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
TIJORAT BANKLARI RESURSLARINING BARQARORLIGINI
TA'MINASH YO'LLARI
Umbarov Fahriddin Tursunovich
Katta o'qituvchi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13347564 Annotatsiya: Jahonda tijorat banklarining resurslari banklarning asosiy daromad manbai hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy samaraga erishishda banklarning resurslarini samarali boshqarish muhim o'rin tutadi. Tijorat banklarini moliyaviy barqaror resurslar bilan ta'minlash muammosi bank resurslarini boshqarish zaruriyatini keltirib chiqargan asosiy omillardan biri hisoblanadi.Bank resurlarini boshqarish tijorat banklariga foydani oshirishga va transformatsiya riskiga kamroq uchrashiga olib keladi.Ushbu maqolada tijorat bankalarining resurslari va ularning barqarorligini ta'minlash yo'llariga to'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar: Aktivlar, passivlar, likvidlilik, trattalar, emission qimmatli qog'ozlar, standart, substandard, shubhali, umidsiz, flout.
KIRISH
Resurs - fransuzcha "Resurs", so'zidan olingan bo'lib, pul mablag'lari, imkoniyat, zahira, daromad manbai, xom-ashyo va boshqalar anglatadi. Iqtisodiy manbalarda "resurs" so'zi ko'pincha turli xil ma'nolarda uchraydi. Rossiyalik olim O.Lavrushinning fikriga ko'ra, tijorat banklarining resurslari yoki «banklarning resurslari» bankning ixtiyorida bo'lgan o'z va jalb qilingan resurslarining yig'indisi bo'lib, uning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi. Masalan: tabiiy resurslar, moliyaviy resurslar, iqtisodiyresurslar, inson resurslari va boshqalar. Shunga asoslanib, iqtisodiy resurslarniiqtisodiy imkoniyatlarning asosiy elementlaridan biri sifatida qarash mumkin. U jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida
taqsimlanadi. Tijorat banklari resurslari o'zi nima degan tushunchaga quyidagicha ta'rif berish mumkin:
Tijorat banklari resurslari bu - tijorat banklarining o'z mablag'lari, jalb qilingan mablag'lari va emitentlashgan mablag'lar hisobidan jamlangan jami resurslari hisoblanadi.
Tijorat banklarining resurslari balansning passivida aks ettiriladi va passivlar talab qilib olinish darajasiga ko'ra quyidagi tarkibiy qismlarga bo'linadi:
1) talab qilib olinadigan depozitlar;
2) boshqa banklarning "Vostro" vakillik hisobraqamidagi pul mablag'lari;
2) muddatli depozitlar;
3) jamg'arma depozitlar;
4) bankning qimmatli qog'ozlarini sotishdan olingan mablag'lar;
5) boshqa banklardan olingan kreditlar;
6) regulyativ kapital.
Transaksion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarining likvidliligiga jiddiy ziyon yetkazadi. Respublikamiz tijorat banklarida tranzaksion depozitlardan to'g'ridan to'g'ri, ya'ni muddatli depozit shartnomasi tuzmasdan turib, resurs sifatida foydalanish hollari mavjud. Buning natijasida, tijorat banklarining faoliyatidagi likvidlilik va kredit riski kuchaymoqda. Chunki transaksion depozit nobarqaror passiv hisoblanadi va shu sababli, istalgan
vaqtda hisobraqam egasi tomonidan talab qilib olinishi mumkin. Kredit esa, muddatli bo'lib, uni muddatidan oldin qaytarib olish mumkin emas. Bundan tashqari, transaksion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarining depozit bazasiga salbiy ta'sir qiladi.
Tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi ishtiroki:
1. Emitent sifatida;
2. Investor sifatida;
3. Vositachi sifatida.
Tijorat banklari emitent sifatida quyidagi qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqaradi:1
1. Emission qimmatli qog'ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, opsionlar);
2. Noemission qimmatli qog'ozlar (depozit sertifikatlari, jamg'arma sertifikatlari).
Qimmatli qog'ozlarni emissiya qilish 5 bosqichdan iborat:
1. Qimmatli qog'ozlarni joylashtirish to'g'risidagi qarorni qabul qilish;
2. Qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorni tasdiqlash;
3. Chiqarilgan qimmatli qog'ozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish;
4. Qimmatli qog'ozlarni joylashtirish;
5. Qimmatli qog'ozlarni chiqarish yakunlari to'g'risidagi hisobotni davlat ro'yxatidan o'tkazish.
MUhokama va Natijalar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi"da ilg'or xalqaro tajribada qo'llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash, bank tizimini
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2005 yil 24 apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlarda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish choralari to'g'risida"gi farmoni.
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
www.in-academy.uz
isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta'minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida belgilab berilganligi tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish zaruriyatini yuzaga keltiradi.2
1-rasm. Milliy valyuta-so'mning 1 AQSh dollariga nisbatan nominal almashinuv kursi, so'm (2024-yil aprel 8120.07 so'm, 2018-yil dekabr 8339.55 so'm)3
1-rasm ma'lumotlaridan ko'rinadiki, so'm muomala kiritilgan 1994-yilning iyul oyidan 2017-yilning sentabr oyiga qadar bo'lgan davrda so'mning AQSh dollariga nisbatan juda yuqori darajadagi qadrsizlanish sur'ati (1157 marta!) kuzatilgan.
Bloomberg agentligi tomonidan o'zbek so'mi dunyo bo'yicha 2017-yilning eng qadrsiz valyutasi deya e'lon qilindi. O'zbek so'midan oldingi o'rinda kelgan Kongo frankining qadrsizlanish sur'ati 27 foizni tashkil etdi.
Tijorat banklari passivlarini boshqarishning asosiy yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
> Passivlarning optimal tarkibini shakllantirish;
> Depozitlarning yetarliligini ta'minlash;
> Regulyativ kapitalning yetarliligini ta' minlash;
> Passivlarning foiz stavkalari va valyuta kurslarining tebranishlariga nisbatan moslashuvchanligini ta'minlash;
> Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog'ozlarning investitsion jozibadorligini ta'minlash.
> Taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari passivlarining umumiy hajmida salmog'iga ko'ra ikkinchi o'rinni (birinchi o'rinda depozitlar) bankning qimmatli qog'ozlarini sotishdan olingan pul mablag'lari egallaydi. O'zbekiston Respublikasida esa, tijorat
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida// O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. - Toshkent, 2017. - № 6 (766). - 32-b.
3 (www.cbu.uz).
banklari passivlarining umumiy hajmida salmog'iga ko'ra ikkinchi o'rinni regulyativ kapital egallaydi. Bu esa, banklarning qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan emission operatsiyalarining
rivojlanmaganligi bilan izohlanadi.
Depozitlar tijorat banklarining passivlari tarkibida eng yuqori salmoqqa ega bo'lganligi sababli, uning yetarliligini ta'minlash tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirish va investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.
Tijorat banklari kapitalining yetarliligini ta'minlash ularning to'lovga qobiliyatliligini ta'minlashning birlamchi zaruriy sharti hisoblanadi.
Tijorat banklari Markaziy bank bilan to'g'ri REPO va teskari REPO operatsiyalarini amalga oshiradilar.
To'g'ri REPO - bu Markaziy bank tomonidan qimmatli qog'ozlarni tijorat banklariga qaytarib sotib olish sharti bilan sotishdir.
Teskari REPO - bu Markaziy bank tomonidan qimmatli qog'ozlarni tijorat banklaridan qaytarib sotish sharti bilan sotib olishdir.
Teskari REPO bitimlari tijorat banklarining likvidliligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi.
Qimmatli qog'ozlar prospekti bank Boshqaruvi tomonidan tayyorlanadi va Boshqaruv raisi va Bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.
Qimmatli qog'ozlar prospektida quyidagi ma'umotlarning bo'lishi shart:
1. Emitent to'g'risidagi ma'lumotlar.
2. Emitentning moliyaviy holati to'g'risidagi ma'lumotlar.
3. Qimmatli qog'ozlarni oldingi emissiyasi to'g'risidagi ma'lumotlar.
Shuningdek, tijorat banklari mijozlarning topshirig'iga ko'ra anderrayting operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Tijorat banki tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog'ozlarning investitsion jozibadorligini ta'minlash ularni bozor baholarida sotish imkonini beradi. Bu esa, bankning resurs bazasini mustahkamlash nuqtayiy-nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz tijorat banklarining passivlarini boshqarishni takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan muammolar:
1. Tijorat banklarining resurs bazasining yetarli emasligi.
2018-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarining jami depozitlari hajmida talab qilib olinadigan depozitlarning salmog'i 59,5 foizni tashkil etdi. Bu esa, banklarning depozit bazasini yetarli emasligini ko'rsatadi. Chunki, tijorat bankining depozit bazasi yetarli bo'lishi uchun talab qilib olinadigan depozitlarning jami depozitlardagi salmog'i 30 foizdan oshmasligi kerak.
2. Tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan emission operatsiyalarining rivojlanmaganligi.
2018-yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarining passivlari miqdori 84 075 trln. so'mni tashkil etdi. Shuning atiga 1,3
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
foizini tijorat banklarining qimmatli qog'ozlarini sotishdan olingan pul mablag'lari tashkil etadi4.
Tijorat banklari kapitalining tarkibida devalvatsiya zahirasi va imtiyozli kreditlash fondining mablag'lari kabi nobarqaror moliyalashtirish manbalarining mavjudligi.
Tijorat bankalrining aktiv va passivlarini boshqarishda bir necha usullari va yo'llaridan foydalaniladi, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
- fond usuli;
- muddatlar bo'yicha taqsimlash usuli;
- gep-tahlili;
- xedjirlash;
- sekyuritizatsiyalash.
Aktivlar va passivlarni so'ndirish muddatlari bo'yicha boshqarish (fond usuli) bu usul klassik usul hisoblanib, bank passiv operatsiyalar natijasida jalb qilingan moliyaviy resurslarni muddati bo'yicha risksiz aktivlar va riskli aktivlarga joylashtiradi. XULOSA
Xulosa o 'rnida shuni ta'kidlashimiz zarurki tijorat bankalari resurslarini boshqarish banklarning bank siyosatidan belgilab qo'yiladi.Asosan banklar resurslarni boshqarishda quyidagi usullardan foydalanadi:
1. Kredit operatsiyalari
2. Depozit operatsiyalari
3. Riskli aktivlarni sug'urtalash
noan'anviy usullari sifatida xedjerlash va sekyuritizatsiyalashni ta'kidlash lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning ushbu usullari juda keng va samarali qo'llanilmoqda. Xedjirlash - bu kelgusida bozor riski va foizlarining o'zgarish ehtimolini aniqlash va undan himoyalanish maqsadida muddatli sug'urta kontraktlarni tuzish tizimidir. Bir so'z bilan aytganda, banklarning resurslarida vujudga kelish ehtimoli bo'lgan risklarni kamaytirish va bartaraf etish hamda moliyaviy yo'qotishlarning oldini olish maqsadida xedjerlash qo'llaniladi.Yana bir usuli esa Sekyuritizatsiyalash juda tez muddatda bank aktivlarini boshqarishda va moliya bozorlarida risklarni pasaytirishda olamshumul ahamiyatga ega bo'ldi. Mohiyatiga ko'ra sekyuritizatsiyalash, bankka daromad keltiruvchi aktivlarni zudlik bilan sotish imkoniyatini beruvchi obligatsiya yoki boshqa qimmatli qog'ozlarning emissiyasi orqali likvid mablag'larga aylantirish tartibidir.Shu tarzda tijorat banklarining resurslarining barqarorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
Tijorat banklari har qanday davlat moliya tizimining ajralmas qismi bo'lib, ularning barqarorligi iqtisodiyot barqarorligini ta'minlashning asosiy omili hisoblanadi. Bozor va iqtisodiy muhitdagi doimiy o'zgarishlar sharoitida tijorat banklari resurslarining barqarorligini ta'minlash ushbu muassasalar uchun tobora muhim vazifaga aylanib bormoqda. Tijorat banklari resurslarining barqarorligini ta'minlashning asosiy usullaridan biri bu risklarni boshqarishdir. Banklar
4www.cbu.uz.
www.in-academy.uz
yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlarga o'z vaqtida javob berish va ularni minimallashtirish choralarini ko'rish uchun iqtisodiyotdagi va bozordagi o'zgarishlarni doimiy ravishda kuzatib borishlari kerak. Bunga moliyaviy ko'rsatkichlarni tahlil qilish, qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini baholash, bozor sharoitlari monitoringi va boshqa chora-tadbirlar kiradi. Banklar resurslarining barqarorligini ta'minlashning yana bir muhim usuli bu moliyalashtirish manbalarini diversifikasiya qilishdir. Banklar depozitlar, kreditlar, qimmatli qog'ozlar va boshqa vositalar kabi turli xil moliyalashtirish manbalariga ega bo'lishi kerak. Bu ularga yagona manbaga bog'liqlikni kamaytirish va o'zgarish yuz berganda barqarorlikni ta'minlash imkonini beradi. Resurslarning barqarorligini ta'minlashning yana bir usuli bu likvidlikni boshqarishdir. Banklar har doim o'z mijozlarining ehtiyojlarini qondirish uchun etarli mablag'ga ega bo'lishlari uchun o'z aktivlari va majburiyatlarining likvidlik darajasini kuzatib borishlari kerak. Shuningdek, ular bozorning mumkin bo'lgan o'zgarishlarini hisobga oladigan likvidlikni boshqarish strategiyasiga ega bo'lishi kerak. Kredit xavfini nazorat qilish ham muhim omil hisoblanadi. Banklar qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini baholashlari va xavflarni minimallashtirish uchun kreditlar bo'yicha limitlar belgilashlari kerak. Bundan tashqari, ular pulni qaytarish bilan bog'liq mumkin bo'lgan muammolarga tayyor bo'lishlari uchun kreditni to'lash monitoringi tizimiga ega bo'lishi kerak. Va nihoyat, tijorat banklari resurslarining barqarorligini ta'minlash uchun samarali boshqaruv tizimiga ega bo'lish zarur. Banklarda ma'lumotlarni tahlil qila oladigan va ushbu ma'lumotlar asosida qaror qabul qila oladigan yuqori malakali mutaxassislar bo'lishi kerak. Iqtisodiyot va bozordagi o'zgarishlarni hisobga oladigan aniq rivojlanish strategiyasiga ega bo'lish ham muhimdir.
ADABIYOTLAR:
[1] Гончареико Л.И. Теоретические основы управления налоговыми рисками в деятельно- сти банков // Вестник Финансовой академии. - 2008. - № 4, - С. 133-138. - 0,35 п.л.
[2] Гончареико Л.И. Налог на добавленную стоимость и операции банков по кредитованию и финансированию уступки права требования // Финансы и кредит, - 2008, - № 40. - С. 56-63.-0,8 п.л.
[3] Гончаренко Л.И. Операции банков с драгоценными металлами: проблемы налогообложения и освобождения от НДС // Налоговая политика и практика. - 2008. - №> 8. - С. 44- 51.-0,75 п.л.
[4] Гончаренко Л.И. ЕСН: современные проблемы и модели развития // Финансы и кредит. - 2005, - № 30. - С.25-32. - 1,2 п.л. / Гончаренко Л.И., Первякова Ю.Г., Иваиеева Ю.И. (вклад автора- 0,4 п.л.)
[5] Гончаренко Л.И. Необходимость и порядок регистрации банковских счетов предприятий в
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ
налоговых органах // Финансы и кредит. - 2002. -JNa 10, - С. 15-20 - 0,6 п.л.
[6] Гончаренко Л.И. Порядок предстарления коммерческими банками сведений о финансо- во-хозяйственной деятельности клиентов // Финансы и кредит. - 2002. * № 14. ->• С. 60-61.
[7] .Sh.Z Abdullayeva "Bank ishi" darslik -Toshkent, Iqtisod-moliya-2017 746 bet
[8] Kuznetsov S.V. (2008) ""Ссудная задолженность кредитных организаций: проблемы и инструменты ее урегулирования / Автореф. дисс .... канд. экон. наук. М.,. С. 14.
[9] Platonova Y.Y., Zaychenko S.E. (2011Инструменты управления портфелем проблемных кредитов в современных условиях. Финансы и кредит, (4 (436)), 29.
[10] Yusupova O.A. (2016). Организация администрирования проблемной задолженности в кредитном портфеле коммерческого банка. (10 (292)), 54-6.