Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR FAN VA TA’LIM RIVOJLANISHIDA: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOTLAR'

O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR FAN VA TA’LIM RIVOJLANISHIDA: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOTLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Fan va ta’lim / fan va a’limning rivojlanishi / o‘zbek ayollari / innovatsion jarayonlar / ta’lim sifati / ta’limda ayollarning o‘rni.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Rasulova Ruxshona, Qurbonova E’Zoza, Nurmamatova Moxigul

Respublikada mavjud ilm-fan va ta’limning bugungi darajasiga kelgunga qadar ko‘plab olim va olimalarning o‘rni beqiyosdir. Xususan, fan va ta’lim rivojlanishida ayollarning ishtiroki zalvorli bo‘lgan. Shu sababli ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning ilm-fan va ta’lim rivojida o‘z o‘rnini topish imkoniyatlari va istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR FAN VA TA’LIM RIVOJLANISHIDA: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOTLAR»

O'ZBEKISTONDA AYOLLAR FAN VA TA'LIM RIVOJLANISHIDA: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOTLAR Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Rasulova Ruxshona, 3Qurbonova E'zoza, 4Nurmamatova

Moxigul

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi

2,3,4Boshlang'ich ta'lim fakulteti I bosqich talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.10663629

Annotatsiya. Respublikada mavjud ilm-fan va ta'limning bugungi darajasiga kelgunga qadar ko'plab olim va olimalarning o'rni beqiyosdir. Xususan, fan va ta'lim rivojlanishida ayollarning ishtiroki zalvorli bo'lgan. Shu sababli ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning ilmfan va ta'lim rivojida o'z o'rnini topish imkoniyatlari va istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Fan va ta 'lim, fan va a'limning rivojlanishi, o'zbek ayollari, innovatsion jarayonlar, ta'lim sifati, ta'limda ayollarning o'rni.

Mustaqillik yillarida respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida inson va uning manfaatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Barcha o'zgarishlarning pirovard maqsadi aholi farovonligini oshirishga qaratilgan. Xususan, 2017-yildan boshlab mamlakatimiz barcha sohalarda o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ydi va keng ko'lamli qayta qurish hamda islohotlarning yangi davri boshlandi. Bunda asosiy e'tibor inson manfaatlariga oid ko'p yillardan buyon pishib qolgan masalalar va muammolarni hal etishga qaratildi. Xususan, zamonaviy O'zbekiston tarixidagi muhim yangiliklardan biri ijtimoiy soha, ilm-fan, ta'limni rivojlantirishdir. Shuningdek, xotin-qizlarning bu boradagi faolligini kengaytirish masalasi ham kun tartibiga chiqdi.

Bugungi dunyoda hech bir soha taraqqiyotini innovatsion g'oyalarsiz, ilmiy yutuqlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi ham bundan mustasno emas, albatta. Jumladan, sohalarning tobora taraqqiy etishida ayol va qizlarning ishtiroklari ham alohida e'tirof etilishi joiz bo'lgan masaladir. Chunki O'zbekistonning eng katta boyligi — xalqning, xalq orasida ayollarning yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatidir. Ayni shuni inobatga olib, davlat rahbari tashabbusi bilan respublikada ta'lim va fan tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarda ayol va qizlar ishtirokini kengaytirish va bunga e'tibor qaratish mamlakat ijtimoiy-siyosiy ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.

Shu asosda jadal rivojlanayotgan bugungi jamiyatda har bir sohada yoki o'z jamoasida faol ayollar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Fan va ta'lim ana shunday taraqqiyot bilan o'z o'rnini topib, xotin-qizlar uchun eshiklarini ochdi. Bugungi kunda fan va ta'lim rivojini xotin-qizlar ishtirokisiz tasavvur etib bo'lmaydi.

Bugun oliy o'quv yurtlarida zukko xotin-qizlarning o'rni, faoliyati, yangi avlod darsliklari, o'quv qo'llanmalari va vositalarining muntazam tatbiq etilishida ularning uzluksiz ishtiroki ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda ayol va qizlarning faolligini, rolini oshirmoqda. Globallashuv jarayonini ziyoli ayollarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ko'zlangan faoliyat sohasi va ko'zlangan istiqbolga erishish qiyin bo'lishi tabiiy. Biroq mustaqillikka erishilgani tufayli O'zbekiston xotin-qizlari chinakam tenglikka erishdi. Ilm-fanga munosib hissa qo'shganlar dastlab oz bo'lsa-da, keyingi yillarda hukumat tomonidan ko'rsatilayotgan e'tibor va e'tirof ularning safi kengayishida katta rol o'ynadi.

Mamlakat taraqqiyotida ta'lim tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi rolini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi, tashabbuskorligi, yetakchilik, kasb mahoratini aniqlash borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Masalan, O'zbekistonda oliy ta'lim tizimini takomillashtirish va ilm-fan rivojiga hissa qo'shayotgan ko'plab olima ayollar nufuzli davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Ularning ilm-fan va ta'lim sohasidagi barcha harakatlari inobatga olinib, tegishli rag'batlantirilmoqda.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, O'zbekistonda ayollar va qizlarga, xususan, ziyoli olima ayollarga munosabat va e'tibor davlat darajasiga ko'tarilib, ular faoliyatidagi tub o'zgarishlarning asosi ham xotin-qizlar, ayniqsa, ziyoli va olima ayollarga bo'lgan munosabat va e'tiborning yuqori saviyaga yetishida sabab bo'ldi. Davlat rahbarining bevosita tashabbusi bilan bu boradagi islohotlarning yangi qirralari, yurt tinchligi va farovonligiga yanada munosibroq jihatlari ishlab chiqilayotgani hech kimga sir emas. Qolaversa, ilm-fanni rivojlantirishga e'tibor, kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish, sohaga malakali mutaxassislar tayyorlash kabi ustuvor vazifalar ham kundan-kunga ortib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan xotin-qizlar muammolarini o'rganish va hal etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risi1da qarorning tasdiqlanishi buning yaqqol dalilidir. Bunday jarayonlarda xotin-qizlarning o'rni va ishtirokini ta'minlash, ular uchun zarur shart-sharoit yaratishga doimiy e'tibor mazkur qaror asosida izchil davom etib kelmoqda. Izchil davomiylikni Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Xotin-qizlar ta'limini qo'llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilinganligida va unga ko'ra, xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlari tashkil etilishida, qolaversa, endi barcha talaba qizlarga ta'lim kontraktlarini to'lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berilishi2da ham ko'rish mumkin. Sunday ilg'or sa'y-harakatlar natijasida, ya'ni ayollar va qizlar ta'limiga hukumat alohida e'tibor berayotganligi tufayli, 2022-yilda oliy o'quv yurtlariga qabul qilingan talabalarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Bu ishlarning davomiy bo'lishi haqida mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev 2022-yildagi 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar» kuni munosabati bilan so'zlagan nutqlarida ham alohida ta'kidladilar: «Har qanday xalqning yetuklik darajasini, avvalo, ayollarning ilmiy-madaniy kamoloti belgilab berishi, oqila va o'qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratishlari, hammamizga yaxshi ayon. Shu bois donishmandlar: "Bitta qiz bolani o'qitsangiz - butun oilani o'qitgan bo'lasiz", deb bejiz ta'kidlamaganlar.

Qizlarimizning zamonaviy bilimlar va kasb-hunar egasi bo'lib, jamiyatda hamda o'z oilasida munosib o'rin topishi uchun boshlagan ishlarimizni, bundan keyin ham izchil davom ettiramiz»3.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda "Milliy madaniyatimiz, adabiyot va san'atimizni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb masalalari" mavzusidagi so'zlagan nutqi. Xalq so'zi, 4 avgust 2017., 153 (6847).

2. Abdullayev O'.SH. O'zbekiston ilm-faniga va kadrlar tayyorlash ishiga hissa qo'shib kelayotgan Qashqadaryo vohasi ayollari orasidagi birinchi fan doktori // Markaziy osiyo

1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.03.2022 yildagi 145-son https://www.gazeta.uz

"5

https://kun.uz

davlatlari olima ayollarining ilm-fan sohasiga qo'shgan hissasi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (2-qism) - Toshkent, 2020 yil 20 mart. 8- bet.

3. Alimova Madinaxon Iskanqar qizi, Egamberdiev N.B, UZBEK WOMEN IN DEVELOPMENT OF SCIENCE. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 1 JANUARY 2023. 17-25-p.

4. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com ).

5. https://t.me/jalilova dilshoda 2292

6. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

7. https://cyberleninka.ru

8. http://scientists.uz

9. https://lex.uz

10. https://www.gazeta.uz

11. https://kun.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.