Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA XOTIN-QIZLAR UCHUN TA’LIM SOHASIDA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR'

MAMLAKATIMIZDA XOTIN-QIZLAR UCHUN TA’LIM SOHASIDA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gender tengligi / taraqqiyot / jadidlar / millat onalari / magistratura / olima ayollar / innovatsion gʻoya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Feruza Mustafoyeva Xurshid Qizi

ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar uchun ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning ta’lim taraqqiyotidagi huquq va erkinliklari haqida fikr-mulohaza va xulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA XOTIN-QIZLAR UCHUN TA’LIM SOHASIDA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR»

MAMLAKATIMIZDA XOTIN-QIZLAR UCHUN TA'LIM SOHASIDA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR Feruza Mustafoyeva Xurshid qizi

O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi mustafayevaferuza07@gmail.com

+998 90 829 07 08 https://doi.org/10.5281/zenodo.10659534

Annotatsiya. ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar uchun ta'lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning ta'lim taraqqiyotidagi huquq va erkinliklari haqida fikr-mulohaza va xulosalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: gender tengligi, taraqqiyot, jadidlar, millat onalari, magistratura, olima ayollar, innovatsion g'oya.

Аннотация. в данной статье представлены мнения и выводы о возможностях, созданных сегодня для женщин в сфере образования в нашей стране, их правах и свободах в развитии образования.

Ключевые слова: гендерное равенство, развитие, инновации, матери нации, магистры, женщины-ученые, инновационная идея.

Abstract. this article presents opinions and conclusions about the opportunities created for women in the field of education in our country today and their rights and freedoms in the development of education.

Keywords: gender equality, development, innovations, mothers of the nation, master's degree, women scientists, innovative idea.

Bugungi kunda yurtimizda har bir soha, har bir yo'nalishda yangilanishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda. Hayotimizda yangi-yangi sahifalar ochilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar, hech shubhasiz, O'zbekistonimizning yuksak taraqqiyotiga xizmat qiladi. Bugun qaysi sohada islohot qilinishidan qat'i nazar, u iqtisodiyotmi, ijtimoiy sohami yoki boshqa soha, bularning barchasi jamiyatimizga, undagi fuqarolarning farovonligini ta'minlashga qaratilgan. Jumladan, ta'limni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar ham shu maqsadga yo'naltirilgan.

Ta'lim - har bir davlat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan va uning yuksak kelajagini ta'minlashga xizmat qiladigan asosiy sohalardan biridir. Bugungi globallashuv kuchayayotgan zamonda ta'lim va tarbiyaga tobora ehtiyoj ortib bormoqda. Shuning uchun ham yurtimizda ta'limni har tomonlama rivojlantirishga katta e'tibor berilmoqda. Xususan, yangi qarorlar, farmonlar, dasturlarning qabul qilinayotganligi fikrimizning isbotidir.

Yurtimizda olib borilayotgan har bitta islohot jamiyatimiz fuqarolari uchun berilayotgan keng imkoniyatlar eshigidir. Bilamizki, davlatimizda so'nggi yillarda gender tengligi masalalari dolzarb vazifalarga aylandi va bu masalaga qaratilgan keng miqyosli ishlar olib borildi. Buning natijasida shu yurt farzandi, shu yurt fuqarosi bo'lgan har bir insonga - u ayol yoki erkak bo'lishidan qat'i nazar - bir xil va teng imkoniyat hamda sharoitlar yaratildi. Xususan, yuqorida ta'kidlangan ta'lim sohasida ham.

Gender tengligi - bu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar o'rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlardir.

O'zbekiston gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. Mamlakatimizda 2019-yil 2-sentabrda 562-sonli O'zbekiston Respublikasi „Xotin-qizlar

va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni qabul qilingan. O'zbekistonda Gender tenglik bo'yicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib keladi. „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonunga asosan davlat xotin-qizlar va erkaklarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirish chog'ida teng huquqlilikni kafolatlaydi. Bundan tashqari asosiy Qonunimiz hisoblangan yangilangan Konstitutsiyamizning 58-moddasida "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi", deya belgilab qo'yilgan bo'lsa, 42-moddasida esa "Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo'shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi" deb qat'iy belgilab qo'yilgan. Ayollarning nafaqat ta'limda, balki boshqa sohalarda ham teng huquqli ekanligi masalasi Konstitutsiya darajasida belgilanganligi, hech shubhasiz, Vatanimiz ravnaqi va kelajagi uchun o'z samarasini beradi.

Ma'rifatparvar bobolarimiz ham ayollarning ta'lim olishiga e'tibor qaratganlar. Taraqqiyparvarlarning qarashlarida xotin-qizlar ta'limi masalasi alohida o'rin tutgan. Jadidlar, islom ma'rifatli bo'lishni istagan ayollarga to'sqinlik qilmaydi, deb ta'kidladilar. Islom ilm o'rganishni erkaklarga ham, ayollarga ham farz deb hisoblashidan kelib chiqqan holda jadidlar o'g'il va qiz bolalarni birga o'qitishda tashabbuskor bo'ldilar. Abdulla Avloniy: "Qizlar bilim olishga hammadan ko'proq intilishlari lozim, zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar", degan edi. Jadidlarning sa'y-harakatlari natijasida Germaniyaga o'qishga yuborilgan 70 nafar talaba orasida ikki o'zbek qizining bo'lganligi fikrimizning to'la isbotidir.

Ayollar millat onalari, millat tarbiyachilari bo'lishadi. Shuning uchun ham ularning ta'lim olishiga alohida e'tibor berib, barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev "Oilada bir nafar qiz o'qib, oliy ma'lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo'lsa, xonadondagi muhit butunlay o'zgaradi", deya ta'kidlagan edilar. Chindan ham ilm-ma'rifatli qizlar va ayollar sog'lom fikrli, iymon-e'tiqodli, tarbiyali farzandlarni voyaga yetkazadilar. Shuning uchun ham mamlakatimizdagi bugungi islohotlarda xotin-qizlar masalalari yetakchi o'rinlarda turibdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2022-yildagi PF-87-son "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida asosida 2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha milliy dasturi tasdiqlangan bo'lib, ushbu dasturning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

- xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish,

- ularning salomatligini mustahkamlash,

- qizlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish,

- iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish,

- xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish,

- ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda, xususan, davlat boshqaruvida ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni ta'minlashdan iborat. Davlatimizda qabul qilinayotgan bu kabi normativ-huquqiy hujjatlar har bir ayol, xotin-qizlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar va imkoniyatlarning tasdig'idir. Islohotlar natijasi sifatida o'tgan yillar mobaynida beshta muhim tashabbus doirasida chekka hududlarda tikuvchilik sexlari tashkil etilib, 10 ming nafar xotin-qizlar bandligi ta'minlandi. Har yili 28 nafar iqtidorli xotin-

qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanib, mukofot laureatlarini oliy ta'limning bakalavriat va magistratura bosqichlariga kirish imtihonlarisiz davlat granti asosida qabul qilish yo'lga qo'yildi. "Mo'tabar ayol" ko'krak nishoni ta'sis etilib, o'tgan davr mobaynida 855 nafar faollar ushbu ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Bularning bari - ilm-fan va kasb-hunarda sidqidildan mehnat qilayotgan ayollarning munosib taqdirlanishidir.

Bundan tashqari, ilm olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan xotin-qizlar uchun o'qishga kirishda qo'shimcha davlat granti va imtiyozli kreditlar yaratildi. Doktorantura yo'nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratilmoqda. Monomarkazlar va oliygohlar qoshida Malakani baholash markazlari tashkil etish, ayollarni talab yuqori bo'lgan ishchi kasblarga o'qitish bo'yicha ko'rsatmalar berilmoqda. Qisqacha aytganda, davlatimiz ayollarning ilm-fan bilan shug'ullanishi uchun lozim bo'lgan hamma sharoitlarni yaratmoqda va ularga turli xil imtiyozlar bermoqda.

Yana bir muhim islohot - O'zbekistonda ilmiy izlanish va kashfiyotlari bilan davlat ravnaqiga katta hissa qo'shib kelayotgan olima ayollarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash ishlarini tizimli ravishda tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi huzurida "Olima ayollar jamiyati" nomli nodavlat va notijorat tashkiloti tashkil qilindi va ayni damda faoliyatini olib bormoqda.

O'tgan yillar mobaynida xotin-qizlar uchun imtiyozli kredit olish imkoniyati yaratildi. Kam ta'minlangan oilalar farzandlari yoki ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lganlarga to'lov kontrak puli qaytarish shartisiz to'lab berildi. Magistratura bosqichida o'qiyotganlarni esa to'lov-kontrakt pullari davlat tomonidan to'landi. Bu kabi ishlarning bari xotin-qizlarning sifatli ta'lim olib, o'z kasbining mutaxassisi bo'lishida muhim rol o'ynaydi.

Xotin-qizlarning ilm-fan va ilmiy faoliyatdagi o'rnini oshirish va ularning innovatsion g'oyalarini, ixtirochilik va tashabbuskorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash yuzasidan tegishli choralar ko'rilmoqda. Xotin-qizlarning innovatsion g'oyalarini, ixtirochilik va tashabbuskorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashning amaliy natijalariga erishish uchun esa olima ayollar xorijiy nufuzli ilmiy markazlar va universitetlarga qisqa muddatli ilmiy malakalarini oshirishga yuborilmoqda. Shuningdek, startap loyihalar tanlovlarida yosh olimlar orasida ham xotin-qizlarning sonini ko'paytirish bo'yicha choralar ko'rilmoqda.

Mustaqil diyorimizda xotin-qizlar va ayollarning huquq va erkinliklarini ko'paytirish, ularning jamiyatdagi ishtirokini yanada oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

- xotin-qizlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va ularga sadoqat tuyg'usini shakllantirish;

- oliy ta'lim va umuman ta'lim muassasalarida ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xususan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan talaba va o'qituvchi ayollarni qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tizimli va izchil amalga oshirish;

- olima ayollar, iqtidorli talabalarni, ayol-qizlarni fan sohasiga kengroq jalb etish, olima ayollar safini kengaytirish, ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlash, gender tengligini ta'minlash;

- har bir ayol va xotin-qizning huquqlarini himoya qilish bo'yicha aniq va qat'iy talablar asosida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;

- ularni jamiyatning har bir sohasiga ko'proq va keng jalb etish;

- yurtimizdagi barcha xotin-qizlarning oila institutini mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish.

Xotin - qizlarning ilm-fan bilan to'laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratish, ularning huquq va erkinliklarini yanada ko'paytirish va mustahkamlash davlatimizning ustuvor

vazifalaridan biri. Bu borada muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston strategiyasi" asarlarida quyidagilarni ta'kidlagan edilar: "Bugun O'zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining asosiy maqsadi - ayollarimizga e'tibor va amaliy g'amxo'rlik ko'rsatishni yangi, yuksak bosqichga olib chiqish, xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va maqomini mustahkamlash ularning huquq va manfaatlarini ta'minlashdir". Ayni damda olib borilayotgan islohotlar ushbu fikrlarning yaqqol dalilidir.

Xulosa o'rnida aytganda, ayollar azaldan e'zozlangan, qadrlangan bizning yurtimizda ularning to'laqonli hayot kechirishi, jamiyatda munosib o'rnini topishi va ulkan yutuqlarga erishishi uchun lozim bo'lgan hamma sharoitlar yaratilmoqda. Zero, ilmli ayol ham oilaning ham davlatning kelajagi va ravnaqida muhim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Toshkent: O'zbekiston. 2023.

2. Sh.Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zekiston. 2021.

3. www.lex.uz. 562-sonli O'zbekiston Respublikasi „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni.

4. www.lex.uz. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2022-yildagi PF-87-son "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni.

5. https://uz.rn.wikipedia.org.

6. https://xs.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.