DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-49-383-389
Pages: 383-389
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS
4th INTERNATIONAL CONFERENCE
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA AYOLLARNING ROLINING OSHIRISH VA BU BORADA AMALGA OSHIRILAYOTHAN CHORA-TADBIRLAR
Fotima A. Alivoyeva
Talaba
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika insitutining Toshkent, O'zbekiston
_MAQOLA HAQIDA_
Kalit so'zlar: Birifing, Annotatsiya: Ushbu maqolada ayollarga e'tiborning
ayollar daftarchasi,kam kuchayishi, ularga g'amxo'rlik qilish, ta'lim, ish, uy-joy bilan
taminlangan, farmoish, biznes, ta'minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar keng kiridit, chora-tadbirlar. yoritilgan. O'zbekistonda har bir ayolning o'z o'rni bo'lishi
va o'z hayotini yo'lga qo'yishida ko'plab imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. Chunki o'qimishli ayol farzandi ham o'qimishli yetuk bo'lib yetishadi. Shu sababdan O'zbekistonda ayollarga o'zgacha hurmat va ehtirom ko'rsatilishi, bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar, xususan, tadbirkorlik faoliyatida o'z o'rni topa olishi, katta-kichik biznes sohasida ilg'or bo'lishi uchun ko'plab imtiyozlar va imkoniyatlar yaratilayotganligi maqolada keng _yoritilgan._
INCREASING THE ROLE OF WOMEN IN BUSINESS ACTIVITIES AND THE MEASURES IMPLEMENTED IN THIS REGARD
Fatima A. Alivoyeva
Student
Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Tashkent, Uzbekistan
_ABOUT ATRICLE_
Key words: Union, Abstract: In this article, it is widely covered that
women's notebook, under increased attention to women, taking care of them, and taking privileged, order, business, many measures to provide them with education, work, and kiridit, measures. housing. Many opportunities and privileges are being created
in Uzbekistan for each woman to have her own place and lead an educated life. Because the children of an educated woman grow up to be educated adults. For this reason, _special respect and respect for women in Uzbekistan and the
measures taken in this regard and many benefits for them to be able to find their place in business activities and to be progressive in the field of large and small business. and that opportunities are being created are widely covered in the _article._
ПОВЫШЕНИЕ РОЛИ ЖЕНЩИН В ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ И МЕРЫ, РЕАЛИЗУЕМЫЕ В ЭТОМ НАПРАВЛЕНИИ
Фатима А. Аливоева
Студент
Ташкентский экономико-педагогический институт Ташкент, Узбекистан
О СТАТЬЕ_
Аннотация: В данной статье широко освещено усиление внимания к женщинам, забота о них и принятие многих мер по обеспечению их образованием, работой и жильем. В Узбекистане создается множество возможностей и привилегий для того, чтобы каждая женщина могла иметь свое место и вести образованную жизнь. Потому что дети образованной женщины вырастают образованными взрослыми. По этой причине отмечается особое уважение к женщинам в Узбекистане и были приняты в этом отношении меры и множество льгот для того, чтобы они смогли найти свое место в предпринимательской деятельности и быть прогрессивными в сфере крупного и малого бизнеса. Эти вопросы широко освещены в статье.
Kirish.
Sо'nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qо'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan: "Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi - 17 millioni xotin-qizlardir. Ularning manfaatlarini ta'minlash, jamiyat hayotidagi о'гшш mustahkamlash davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim уо^^Ы", - deb ta'kidlanishi buning yaqqol isbotidir. Ta'kidlash joizki, 2022-2026-yillarga mо'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadida xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ^'nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ^'maklashish, ayollar tadbirkorligini qо'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to'g'ri yо'naltirish yuzasidan hamda 85-maqsadida ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 baravar kamaytirish, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan kasb-hunarga о'qitish, ish bilan band bо'lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va о^ть о^ band qilish bо'yicha kompleks chora-
Ключевые слова:
Союз, женская тетрадь, мало обеспеченные, порядок, дело, киридит, меры.
tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha vazifalar belgilangan. 1 Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5020-sonli qarorida xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirish, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag'larini belgilangan tartibda joylashtirish vazifalari belgilangan. Bundan tashqari O'zbekiston Resbublikasi Konsitutsiyasida xotin-qizlarni huqulari himoya qilinishi va ularning erkalar bilan birgalikda teng huquqda ekanligi va gender tenglik masalasi keng ommaviy targ'ib qilinishi kabi masalalar amalda talqin qilinmoqda. 2030-yilgacha yangi O'zbekistonda yangicha fikrlash va yangicha tamoyilar qo'yilishi va bu talqinda ayollarning o'rni va ularning jamiyatning asosiy jarayonlarida faolligini oshirishni ta'minlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Adabiyotlar tahlili va metodalogiyasi.
Erkaklar va ayollar o'rtasida teng huquq va teng imkoniyatlarni ta'minlash masalalari quyidagi asosiy xalqaro hujjatlarda o'z aksini topgan, bular: Atrof muhit va rivojlanish bo'yicha Rio-de-Janeyro Deklaratsiyasi (Rio Deklaratsiyasi, 1992 y.), Aholishunoslik va rivojlanish bo'yicha Qohira konferensiyasi (1994), Xotin-qizlar ahvoli bo'yicha Pekin konferentsiyasi (1995) va Inson manzilgohlari bo'yicha Istambul konferensiyasi (1996)2. Bular - Umumjahon inson huquqlari Deklaratsiyasi, "Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning barcha shakllariga barham berish to'g'risida" Konvensiya, Ming yillik rivojlanish maqsadlari va boshqalar. BMTga a'zo-davlatlar uchun ayollar va erkaklar tengligini ta'minlashga doir milliy majburiyatlarni to'liq bajarish Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishish va BMT tamoyillarini qo'llab-quvvatlashga munosib hissa qo'shish demakdir3. Ayollar va erkaklar huquqlari tengligi mamlakatimizning Asosiy qonuni -O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan, uning 18-moddasida qayd etilganidek, "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar" Jamiyatda ayollar va erkaklar tengligi tamoyilini ilgari surish demokratik boshqaruvning asosiy va ajralmas qismi ekanligini anglab yetish kuchaymoqda4. Dunyoda yuz berayotgan jarayonlar
1 O'zbekiston Rwsbulikasi prizidenti 2022 yil 28-yanavar "2022-2026 yillarga mo'ljalangan Yangi O 'zbekistoning taraqiy strategiyasi"PF-60-sonli Farmoni.
2 https://cyberleninka.ru/
3 https://cyberleninka.ru/
4 O'zbekiston Resbublikasi Konsitutsiyaning 18-moddasi.
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 385
iqtisodiy rivojlanish siyosati gender jihatdan neytral bo'lishi mumkin emasligini tasdiqlamoqda, gender tengligi va iqtisodiy samaradorlik o'rtasida bevosita aloqa mavjud. Jinslar ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olish, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish ayollar va erkaklar ahvolini yaxshilashga, oilani mustahkamlashga, bolalarning jismonan va ma'nan kamol topishiga ko'maklashadi va oxir-oqibat millatning iqtisodiy taraqqiyot sari salohiyati va imkoniyatlarini kuchaytiradi. O'z navbatida, iqtisodiy rivojlanish ham uzoq muddatli istiqbolda gender tengligi darajasini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. O'zbekistonda davlatning ham ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-intelektual hayotida tub o'zgarishlar sodir bo'layatgan bir vaqtda gender tenglik ya'ni ayollar va erkaklarning teng huquqliligini tashkil etish ham dolzarb masala bo'lib qolmoqda.Shu o'rinda bir savol tug'iladi, "gender" atamasining ma'nosi nima?" Gender" atamasi 1968-yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste'molga kiritilgan bo'lib, "jins" ma'nosini bildiradi. Gender tenglikni ta'minlash maqsadida Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 29-avgustda ma'qullangan hamda 2019-yil 2-sentabrda prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan imzolangan "Xotin qizlar va erkaklar teng huquq hamda imkoniyatlari kafolatlari to'g'risidagi'' qonuni qabul qilinishi ham bejizga emas.
Natijalar.
Hozirgi kunga kelib jahon bozorlarida ayollarning tadbirkorlik faoliyati ancha kegaygaligi va bu sezlarli darajada ayollarning tadbirkorlik faoliyati oshayotgani, haqiqatdan yiroq emaski bu borada asosan Turkiya,Janubiy Kareya va Salafkilarda ko'rsatgichlarning foizining oshishi yaqqol misoldir. Xotin-qizlar o'rtasida tadbirkorlik va biznes ko'nikmalarini shakllantirish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish masalalarini ko'plab xorijiy mamlakatlar tajribasida ko'rish mumkin. The Boston Consulting Group (BCG) xalqaro kompaniyasi tahlilchilarining 2019-yildagi xulosasiga ko'ra, jahon amaliyotida ayollar boshchiligidagi biznes ijobiy natijalarga erishmoqda. Ayrim mamlakatlarda ayollar rahbarligidagi kompaniyalar yalpi ichki mahsulotning 50-60 foizini tashkil qiladi. Masalan, Germaniya va AQSHda bunday korxonalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 50-52 foiz, Yaponiyada 55 foiz, Italiyada 60 foizni tashkil qiladi1. Afsuskiy bazi mamlakatlarda bu ko'rsatkich past bo'ib, bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar ham ancha sust. 40 dan ziyod davlatlarda bunday bu targ'ibot faoliyatiga qarshiliklar, ayolar va erkaklarning huquqiy jarayonlarda teng emasligi ham ehtimoldan holi emas va shu jumladan Shvetsariya, Urugvay va Janubiy Afrika mamlakatlarida biznesda ayollar va erkaklar tengsizliklar kuchaymoqda 2 . The Boston Consulting Group kompaniyasi tahlilchilarining ta'kidlashicha, ayollar boshchiligidagi biznes ko'pincha ijobiy natijalarga erishadi va hatto
1 https://damu.kz/news/detail.php7ELEMENT ID=2892
2 https://glus.rbc.ru/news/5ddaGb867a8aa967
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 386
erkaklarnikidan ham oshib ketadi 1 . Afsuski hozirgi kunda ba'zi davlatlarda ayollarning huquqlarining poymol etilishi, jamiyatning ko 'plab aholisi ularni soddalikliklaridan foydalanilishi, ayol buyum kabi ko'rinishi, ularga past nazar bilan qarilishi, ayol kishi faqat oila, bola-chaqa, uy-ro'zg'or faoliyati bilan shug'ilanishi kerak degan kabi yozilmagan shavqatsiz qonunlari mavjudir va bu omillar ba'zi davlatlarda ayollarni o'z faoliyat yo'lida o'zligini topishiga qat'iyan zid chiqmoqligi haqiqatdan yiroq emasdir.
Hozirgi kunga kelib BMT,YUNESKO va YUNESEF kabi tashkilotlar ayollarga yordam berish,ularning huquqlarni himoya qilish kabi faoliyati jarayonlari amalga oshirilmoqda.Bunda global bo'lgan muammomlarni hal qilish yuzasida ayollarning huquqlarni erkakalar bilan teng ekanligi, har bor ayolning ilm olish, biznes kabi va boshqa kasblarni egallashida barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur masalar bo'yicha brefinglar uyushtirilishi, ayollar uchun ayollar daftarining ochilishi va ularga barcha sohalarda o'z o'rnini topish va ularni o'qimishli bo'lishi va salomatligiga e'tibor qaratish uchun ko'plab targ'ibot va amaliy ish jarayonlari olib borilmoqda.
Muhokama.
Shunday qilib Yangi O'zbekistondagi strategiyadan kelib chiqilgan holda Pirizidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonivich ayollarni tadbirkorlik faoliyatida faolligini oshirish va bank faoliyatlaridan qarz olish va uni mudatli to'lov orqali qoplash bilan bemalol tadbirkorlik faoliyatni yurgizish va kerakli imtiyozlarda foydalanish kabi imkoniyatlar yaratib berilganligi tufayli ayollarning tadbirkorlik faoliyatidagi rolining oshayotgani ham insonni hursand qilmay qo'ymaydi. Hozirda O'zbekistonda 2022-yilda faoliyat ko'rsatgan tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39 078 tani (yoki jamiga nisbatan 7,5 %) tashkil etdi. Hududlar bo'yicha eng ko'pi Toshkent shahri (10906ta), Toshkent viloyati (4 995 ta), Samarqand viloyati (3289 ta) va Qoraqalpog'iston Respublikasi (2 593 ta) hissalariga to'g'ri kelmoqda2. O'zbekistonda ayollar tadbirkorligining Global indeksi ko'rsatkichlari asosida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga ko'maklashuvchi tizimni shakllantirish bosqichlari belgilanib, umumiy holat xalqaro standartlarni ishlab chiqish va baholashda foydalaniladigan 33 ta ko'rsatkich yordamida baholanadi. Indeksga ko'ra, O'zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo'yicha islohotlar samaradorligi qariyb 30 foizni tashkil etadi. O'zbekiston dunyoning boshqa mamlakatlari orasida 62-o'rinni egalladi3. Shu bilan birga, uchta muhim omil hisobga olinadi - ishbilarmonlik mitingi, tadbirkorlik ekotizimi va ayollarning tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagi kabi omillarni keng miqqiyosda targ'ib qilinmoqda. Bundan tashqari hozirgi
1 https://iitimoiv.uz/2074/
2 http://Stat.uz
^https//uzauz/oz/posts/anor:2G23-ayolto
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 387
kunda xotin-qizlarni qo 'llab quvvatlash bilim olish va ilmiy ko 'nikmaga erishish uchun barcha kerakli chora tadbirlar ko'rlishi uchun ayollar qo 'mitasi tashkil etilganligi va ayollarning huquqlari himoya qilimoqda.Davlat buyurtmasi parametirlari doirasida yoshlarni oli y ta'limga qamrab olishni kengaytirish, shuningdek xotin-qizlar uchun esa, alohida davlat grantlari e'lon qilinmoqda, o'tgan 2020-2021 yiliga nisbatan 2022 yilda xotin-qizlar uchun qabul kvotasini 25 foizga oshirish rejalashtirmoqda. Xotin-qizlarni ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, ularni qo'llab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun- mohiyati va ahamiyatini aholi o'rtasida keng targ'ib qilish, xotin- qizlarning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olish, munosib ish topishlariga har tomonlama ko'maklashish, ularning tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatini to'g'ri yo'naltirish, hududlarda ayniqsa, qishloqlarda xotin- qizlarga ko'rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini ta'minlash borasida Prezidentimiz Shavkat Miziyoyev tashabbuslari bilan ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa bugungi xotin-qizlarga qanchalik e'tibor berilayotganing yorqin namunasi hisoblanadi.Har bir rivojlangan mamlakatlarning rivojlanishida asosiy ro'lni ta'lim tizimi bajarmoqda va mamlakatda o'zaro tenglikni ta'minlashga qaratilayotgan ya'ni erkaklar va xotin- qizlar o'rtasidagi gender tenglikni ta'minlash ham qaysidir ma'noda jamiyat rivojini ta'minlab bermoqda.Bizning malakatimiz O'zbekiston Respublikasining asosiy qomusi hisoblanmish Konstitutsiyamizda ham bunga alohida to'xtalingan:"Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidir" O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46- moddasi1. Bugungi kunda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlari kafolatlari bevosita o'z tasdiqini topmoqda. Xotin- qizlarni bugungi kunda oliy ma'lumotli qilish, qolaversa ularni ta'lim olishi uchun imkoniyatlar yaratib berish maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganini ko'rishimiz mumkin. Asosiysi Prizidentimiz jamiyatga foidasi tegadigan siyosiy jaryonlarning bir bo'lagi bo'lgan ayollar bilan bog'liqligi va bu siyosiy zanjirdagi barcha vaziyatlarni keng ko'lamda o'rganilyotganda ayollar faoliyati qolib ketmasligi uchun ham jarayonlar tubdan o 'rganilishi uchun "ayollar daftari'' tashkil etilmoqda va bu masalalar bo'yicha mahalla faollari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Fikrimizcha, ayollarni yoshligidan davlat nazoratiga olish va ularni doimiy ahvolidan habbardor bo'lib turish ularni yo'larini topishda ko'plab turli xil mavzularda suhbat qilish va uning qiziqishlariga cheklovlar qo'ylmaslik kafolatini taminlash uchun barcha choralar ko'rilishi va o'z maqsadlariga erishish yo'lida o'z huquqlarni bilishlar i muhimdir.
1 Sh.Mirziyoyev "Oliy Majlisga murojatnoma"sida 2020 yil.
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 388
Xulosa.
Hozirda jamiyatning qarashlarni o'zgarishi tufayli xotin-qizlarga ko'rsatilyotgan e'tibor, ilm-fanda ilg'or bo'lishi maqsadlari, barcha jabxalarda faoliklarni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo biz jamiyat orasidagi qarashlarni o'zgatirishimiz loz im. Hozirda prizidentimiz tashabbusi bilan ayollarga berilayotgan imkoniyatlar ularning yashirin qobilyatlarini namoyon qilish, hattoki jahon bozorining savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarida keng shartnomalar tuzib yurtimizga ko'plab iqtsodiy strategik jaryonlarni amalaga oshirish imkobiyatlarini yuzaga keltirmoqda. Bu borida hozirgacha biror natijaga erishmagan va o'zidagi qobilyatlarni "yashirin quti"ga solib qo'yilganlar uchun muhim motivatsiya desak to'g'ri bo'ladi. Bilamizki tariximizga bir nazar tashlasak, o'sha buyuk insonlar ortida ham avvalo buyuk ayollar turganligini ko'ramiz. Shu sababli hech kimning tasavvuriga sig'magan va kutilmagan muvaffaqiyat va yangiliklarni yaratish xotin-qizlarimizning qo'lidan keladi deb ayta olamiz.
Xususan, 2017 yilda harakatlar strategiyasida xotin qizlarni ish bilan taminlash, keyinchalik ayollar daftari tashkil etilib, uning ikkinchi yo'nalishida ayolarning tadbirkorlik faoliatida katta va kichik biznes sohasidao'z faoliaytini yurgizish, o'z ehtiyojlarini qondirish va keyinchalik shunday ayolarga yordam berish- bularning barchasi prizidentimizning raqamli iqtisodiyoting strategik loyihasi orqali amalga oshirilmoqda. Hozirda tadbirkor ayollarga turli xil brefinglar va psixologik suhbatlar uyishtirlishi, kerakli sohalarda trening, seminar va turli xil hunarlar o'rgatilayotgani, kredit olish imkoniyatlarining targ'ib qilinishi, xotin- qizlarga prezidentimiz qalqon bo'lib himoya qilishlari bizlar uchun faxir va iftixor tiyg'isidir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
l.O'zbekiston Resbulikasi prizidenti 2022 yil 28-yanavar "2022-2026 yillarga mo'ljalangan Yangi O 'zbekistoning taraqiy strategiyasi"PF-60-sonli Farmoni.
2. O'zbekiston Resbublikasi Konsitutsiyasi
5. https ://damu. kz/news/detail.php ?ELEMENT_ID=2892
6. https://plus.rbc.ru/news/5dda0b867a8aa967dba741ba
7. https://ijtimoiy.uz/2074/
8. http://Stat.uz
9. https://uza.uz/oz/posts/anor-2023-ayollar-tadbirkorligida-yangi-nomlar-kashf-etildi_53-
8048