O'ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILGAN MA'NAVIY-MADANIY ISLOHOTLAR DINAMIKASI VA ASOSIY YO'NALISHLARI
RAHMONOVA Sanoat Shuhrat qizi
Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktoranti +998914073931
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'zbekistonda amalga oshirilgan ma 'naviy-madaniy islohotlar dinamikasi va asosiy yo'nalishlari tahlili hamda bugungi kunda, ma 'naviy-madaniy islohotlarning rivojlanish yo'li to'g'ri yo'l sifatida tanlanganligi o'zining amaliy tasdig'ini topmoqda. Ma 'naviy-madaniy yangilanishlar natijasida jamiyatda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar barqarorligini taminlash asosidagi islohotlar. haqida to 'xtalib ilmiy jihatdan ochib berilgan.
Kalit so'zlar. Ma'naviyat, ma'naviy-madaniy islohotlar, ta'lim-tarbiya, shaxs kamoli, vatan ravnaqi,yurt osoyishtaligi,xalq farovonligi, ma'naviy uyg'oq jamiyat.
DYNAMICS AND MAIN DIRECTIONS OF SPIRITUAL AND CULTURAL REFORMS IMPLEMENTED IN UZBEKISTAN
ABSTRACT
In this article, the analysis of the dynamics and main directions of spiritual and cultural reforms carried out in Uzbekistan and today, the choice of the path of development of spiritual and cultural reforms as the right path finds its practical confirmation. Reforms based on ensuring the stability of socio-political and economic reforms in society as a result of spiritual and cultural updates. the mention is scientifically revealed.
Key Words: Spirituality, spiritual and cultural reforms, education, personality perfection,prosperity of the motherland,tranquility of the land, well-being of the people, spiritually awake society.
KIRISH
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modemizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo'lidan sobitqadamlik bilan odimlamoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev alohida qayd etganidek, "Biz keyingi yillarda belimizni mahkam bog'lab, milliy manfaatlarimizni ta'minlash, xalqimizni rozi qilish yo'lida sidqidildan mehnat qilib, g'oyat muhim
95
natijalarni qo'lga kiritmoqdamiz. Eng asosiy natija - boshlagan islohotlarimiz ortga qaytmaydigan muqarrar tus olganida, bugungi jamiyatimizning ma'naviy uyg'onishida namoyon bo'lmoqda. ni, o'z oldiga ulkan vazifalar qo'yib, kelajak sari ishonch bilan borayotgan xalqni hech kim o'z yo'lidan to'xtata olmaydi".
Zero, insonlarning dogma holatiga kelib qolgan eskicha fikrlash tarzini o'zgartirish g'oyat muhimligini, insonlarning qalbi va ongida jamiyatni o'zgartirish va yangilashga ishonch tug'dirmasdan turib, harakatlantiruvchi kuchlarni va qadriyatlarga munosabatni daliliy sabablarini o'zgartirmasdan turib, isloh qilish yo'lidan amalda olg'a borish, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etish, tamomila yangi munosabatlarni joriy etish mumkin emasligini alohida qayd etgan edi.
Istiqlolga erishgan O'zbekiston Respublikasi uchhun mustaqillik ma'naviy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy, iqtidodiy islohotlarning keng istiqbolli yo'llarini ochdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan modernizatsiyalash tufayli jamiyatmiz ma'naviy-ma'rifiy iqtisodiy-siyosiy istiqbol sariodimlamoqda. Ma'naviy-ma'rifiy sohani tubdan isloh qilish va rivojlantirish davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishini tashkil etmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mamlakatimizda amalga oshirilgan ma'naviy-madaniy islohotlar dinamikasi quyidagi 3 bosqichda amalga oshganligini ta'kidlash joiz:
1. Milliy-ma'naviy tiklanish bosqichi (1991-2000 yilgacha);
2. Milliy-ma'naviy tiklanishni rivojlantirish bosqichi (2001-2016 yilgacha);
3. Milliy yuksalish bosqichi (2017 yildan hozirgi kunga qadar)1.
Bugungi tapaqqiyot yo'li insoniyatning olamni anglashi, o'rganilgan bilmlarini milliy va umumbashariy manfaatlari yo'lida foydalana olishi, har bir millatning umuminsoniyat istiqboliga uning taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma'naviy yangilanishning demokratik negizlari shaklida namoyon bo'lmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko'zlangan oliy maqsad jahon siyosati, jahon iqtisodiyoti, jahon madaniyatida o'zining mustahkamo'rniga ega bo'lishdir. Jamiyatda islohotlarni amalga oshirishda umuminsoniy qadriyat deya baholangan ma'naviy arkonlar- tenglik,adolat,poklik, halollik, ahil qo'shnichilik va insonparvarlik kabi qadriyatlarni asrash ularni ajdodlardan avlodlarga munosib tarzda yetkazishda alohida e'tibor qaratildi. Milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirish va ularga yangicha mazmun mohiyat bag'ishlanib, mamlakatimizda tinchlik, farovonlik, demokratiya, vijdon erkinligi va yurtimizda
1 TypgneB B.C. Y36eKHCTOHga geMOKpaTHK mmh^t pnBO^aHnmnga MaMaBHH aHrn^aHnm^ap CTpaTerHacn. MoHorpa^na. -T.: "Lesson Press" HampneTH, 2023. -B.64.
96
yashayotgan har bir insonning kamol topishi uchun barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratildi.
Globallashuv sharoitida zamonning o'zi har bir insondan, ayniqsa ichki ishlar idoralari, milliy xavfsizlik soxasida faoliyat oliborayotgan xodimlaridan bugungi kun talablariga javob berish uchun zamonaviy bilim va yuksak malakani shakllantirish o'z ustida uzluksiz ishlashni kun tartibiga qo'ymoqda. Ichki ishlar idoralari hodimlari zamonaviy bilimlar bilan qurollangan fikrlash doirasi keng, uzoqni ko'ra oladigan o'z kasbiga ma'suliyat bilan yondashadigan bo'lsa, o'sha joyda o'zi ham, o'zgalar ham himoyasini topadi. Ulug' bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy: "Idora qilish va boshqarishning mohiyati aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, jamiyatning tinchligi yo'lida o'z tinchligini yo'qotishdan iborat", deb bejizga aytmagan.
O'zbekiston Respublikasi o'z milliy istiqloliga erishgan 1991-yil 31-avgustdan boshlab ma'naviy-ma'rifiy sohani rivojlantirish va takomillashtirishni eng muhim masalalardan biri deb bildi. Madaniy merosni baholash, umuman madaniy siyosatning konseptual asoslarini yaratishda, quyidagi to'rt mezonga tayanadi:
1)insonparvarlik;
2) taraqqiyparvarlik;
3) xalqchillik;
4) vatanparvarlik.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilansin:
> ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Milliy tiklanishdan -milliy yuksalish sari" g'oyasini keng targ'ib etish orqali jamiyatda sog'lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
> oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash;
> targ'ibot-tashviqot va tarbiya yo'nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo'yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
> el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas'uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
> aholining Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanish madaniyatini oshirish, g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
97
www.birunijournal .uz
> madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san'atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma'naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
> geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o'rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g'oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish2.
Mustaqillikning to'rtinchi yilida mamlakatimiz ma'naviy taraqqiyotida jiddiy hodisa ro'y berdi - 1994-yil 23-aprelda Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi tashkil etildi. Markazning rivojlanish tarixini quyidagi uch bosqichga bo'lish mumkin:
birinchi bosqich (1994-yil 23-aprel - 1999-yil 3-sentabr) - Markazning shakllanish davri;
ikkinchi bosqich (1999-yil 3-sentabr - 2006-yil 25-avgust) - Ma'naviyat va ma'rifat kengashi orqali ma'naviy-ma'rifiy, g'oyaviy-mafkuraviy ishlarning o'zaro muvofiqlashtirilishiga erishish davri;
uchinchi bosqich (2006-yilning 25-avgustidan keyingi davr) - Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligiga erishish davri.
to'rtinchi bosqich (2017-yilning 28-iyuldan keyingi davr) - Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish davri.
Endi shu to'rt bosqich xususiyatlari, shu davrlarda amalga oshirilgan ishlarga to'xtalsak.
1. 1994-1999-yillar Markaz uchun shakllanish yillari bo'ldi. Markazda "Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati", "Umuminsoniy va milliy qadriyatlar", "G'oyalar, fikrlar va dasturlar jamg'armasi", "Sotsiologik tadqiqotlar" bo'limlari tuzildi, ular yetuk kadrlar bilan ta'minlandi, ish faoliyati yo'lga qo'yildi.
1996-yil 9-sentabrda mamlakat Prezidentining "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida"gi farmoni e'lon qilindi. Bu hujjatda ma'naviy-ma'rifiy islohotlarga davlat siyosati darajasida e'tibor berildi. Mazkur hujjatning yana bir muhim jihati shundan iboratki, yosh avlodni buyuk an'analarimiz, yuksak ma'naviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida porloq kelajak egalari etib tarbiyalash maqsadida 1997-yildan boshlab 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" deb e'lon qilindi.
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni//https://lex.uz/docs/-5841063
98
www.birunijournal .uz
Markaz faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida 1998-yil 24-iyulda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori e'lon qilindi va joylarda ma'naviyat va ma'rifat bilan bog'liq ishlarning ahamiyatiga yetarli darajada e'tibor berilmayotgani, milliy istiqlol g'oyalarini keng targ'ib qilishda mahalliy ziyolilar, adabiyot, san'at namoyandalari va obro'-e'tiborli faollarni jalb etish izchil va tizmli yo'lga qo'yilmayotgani ta'kidlandi. Ular o'z faoliyatlarini "Nuroniy", "Kamolot", "Mahalla", "Navro'z", "Oltin meros", "Sog'lom avlod uchun" jamg'armalari va ijodiy uyushmalar bilan muvofiqlashtirgan holda olib bormayotganlari qayd etildi.
2. Ma'naviyat va ma'rifat kengashi orqali ma'naviy-ma'rifiy, g'oyaviy-mafkuraviy ishlarning o'zaro muvofiqlashtirilishiga erishish davri (1999-yil 3-sentabr - 2006-yil 25-avgust). Markaz o'z faoliyatini har qancha kuchaytirmasin, globallashuv zamonida dunyoda kechayotgan va yon-atrofimizda sodir bo'layotgan ma'naviy-ma'rifiy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,islohotlar va jahonda ro'y berayotgan turli voqea-hodisalar targ'ibot-tashviqot ishlarini yangi bosqichga ko'tarishni talab etayotgan edi. Ana shunday ijtimoiy zaruratdan kelib chiqqan, qator maqsad va vazifalari ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot bilan bog'liq davlat va nodavlat tashkilotlari, xususan, "Ma'rifatchilar", "Faylasuflar", "Tarixchilar" jamiyatlari, "Sog'lom avlod uchun", "Mahalla", "Kamolot", "Nuroniy", "Navro'z", "Oltin meros", ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armalari, Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, "Tasviriy oyina" uyushmalari, Badiiy akademiya, Xotinqizlar qo'mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus, Xalq ta'limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashini ta'sis etdi (1999-yilga qadar).
1999-yil 3-sentabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi farmoni e'lon qilindi. Bu esa amalda mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot ishlarining ikkinchi bosqichini boshllab berdi. Ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot ishlarining asosiy shiori "Jaholatga qarshi ma'rifat" g'oyasi bo'lgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi unga a'zo tashkilotlar, ya'ni "Ma'rifatchilar", "Faylasuflar", "Tarixchilar" jamiyatlari, "Sog'lom avlod uchun", "Mahalla", "Kamolot", "Nuroniy", "Navro'z", "Oltin meros", Ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash, "Ustoz", "Umid", "Ulug'bek", Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Amir Temur, Bobur, "O'zbek muzey", Xalqaro "Ekosan" jamg'armalari, O'zbekiston Bolalar jamg'armasi, Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat", "Huquqiy ma'rifat targ'iboti", Respublika "Oila", "Ijtimoiy fikr", Baynalminal madaniy markazlari, Yozuvchilar, Bastakorlar,
99
www.birunijournal .uz
"Tasviriy oyina", "Olima" uyushmalari, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo'mitasi, Oliy va o'rta maxsus, Xalq ta'limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Din ishlari bo'yicha, Davlat fan va texnika qo'mitalari, Matbuot, Milliy teleradiokompaniya, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O'zbekiston musulmonlari idorasi, Mudofaaga ko'maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti, "Ma'naviyat" nashriyoti, O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, "Hunarmand" assotsiatsiyasi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi, "Jahon adabiyoti", "Tafakkur" jurnallari, "O'zbekkino" va "O'zbekturizm" kompaniyalarining ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot yo'nalishidagi salohiyatlari va imkoniyatlarini birlashtirish, faoliyatlarini muvofiqlashtirishni o'zining asosiy maqsadlaridan biri etib belgiladi.
3. Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligiga erishish davri (2006-yil 25-avgustdan 2017 yilgacha).
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida" 2017-yil 28- iyuldagi PQ-3160-son qarori Markaz rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi3.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi xamda Milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yo'li bilan ularning negizida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazini qayta tashkil etildi.Markaz faoliyatini tashkil etishda quyidagi asosiy vazifalar belgilanib olindi:
> mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlari amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning, mazmun va mohiyatini aholining barcha qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, bu borada keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyatini shakllantirish hamda uning faoliyatini doimiy asosda yo'lga qo'yish;
> jahonda sodir bo'layotgan murakkab geosiyosiy va g'oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, "ommaviy madaniyat", narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g'oyaviy kurash olib borish;
> jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga uning istiqboliga g'ov bo'layotgan ichki tahdidlar - el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug'-aymoqchilik,
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida" 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-sonli qarori // https://lex.uz/uz/docs/-4071203
100
www.birunijournal .uz
oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e'tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
> yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari o'rtasida milliy istiqlol g'oyasini keng targ'ib etish, ertangi kunga ishonch tuyg'ularini kuchaytirish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish;
> aholining hududiy, kasbiy hamda yosh hususiyatlarini inobatga olgan holda targ'ibot-tashviqot ishlarini mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;
> ilmiy asoslangan monitoringini ta'minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o'tkazishda ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot ishlari samaradorligini muntazam yo'lga qo'yish;
> yoshlarda g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish kitobxonlik ko'nikmasini,sog'lom dunyoqarashni shakllantirish, Internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish;
> jamoat tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlikda mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda hamkorlikni yo'lga qo'yish;
> yoshlarimiz va keng aholi qatlamlari o'rtasida dinlararo bag'rikenglik, millatlararo totuvlik va o'zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an'analarini asrab-avaylash, va kelajak avlodga yetkazish va ajdodlarga munosib avlod qilib tarbiyalash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.
Ma'naviy-madaniy sohalarda Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dinamikasi va asosiy yo'nalishlarini kuzatadigan bo'lsak, dastlab ularnin g kafolatini ta'minlaydigan huquqiy asoslari yaratildi va mustahkamlandi. Jumladan mustaqillikka erishgan dastlabki yillarimizdan boshlab ushbu sohaning huquqiy asoslarini davlatimiz tomonidan qabul qilingan quyidagi hujjatlar ushbu sohaning huquqiy asoslarini o'zida mujassam etdi:
1) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari: "Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazini tashkil etish to'g'risida" (1994-yil 23-aprel); "Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida" (1996-yil 9-sentabr); "Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo'llab-quvvatlash to'g'risida" (1999-yil 3-sentabr).
101
www.birunijournal .uz
2) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: "Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to'g'risida" (2006-yil 25-avgustdagi PQ - 451-son).
3). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari: «Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish to'g'risida" (1994-yil 8-iyun); "Ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish choratadbirlari to'g'risida" (1998-yil 24-iyul);
4). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida" (2017 yil iyuldagi PQ-3160-son) qarori ; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" (2018 yil 17 sentyabrdagi 736-son qarori); O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" (2019 yil -maydagi PQ-4307-son qarori); O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" (2022 yil oktyabrdagi 558-son qarori); O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" (2021 yil 26-martdagi PQ-5040-son) qarori.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston demokratik taraqqiyot yo'lida ma'naviy-madaniy islohotlar dinamikasi va asosiy yo'nalishlari amalga oshirilgan ma'naviy-madaniy islohotlar dinamikasi va asosiy yo'nalishlari yo'lini tanladi.Bu boradagi islohotlarni amalga oshirishda mamlakatda ma'naviy-madaniy islohotlar va ularning yangi ustuvor yo'nalishlari belgilab olindi. Bunda sobiq sovet tuzumi bilan bog'liq jamiyat rivojlanishi to'g'risidagi g'oyaviy-mafkuraviy maqsadlar va printsiplardan voz kechildi.
1)Jamiyat rivojlanishida milliy g'oya negizlariga tayangan holda jamiyat yangicha g'oyaviy- mafkuraviy asosga tayandi.
2)Natijada, ma'naviy-madaniy islohotlar va uning asosiy yo'nalishlari asosida demokratik jamiyat rivojlanishi konsepsiyasi amalga oshirildi;
3) millatning milliy-ma'naviy tiklanishi va milliy o'zligini anglashi uchun zarur bo'lgan islohotlar o'z vaqtida izchil rejalar asosida amalga oshirildi. O'zbekiston bu borada boy tajriba va yutuqlarga erishdi.
XULOSA
102
www.birunijournal .uz
REFERENCES
1. Турдиев Б.С. Узбекистонда демократик жамият ривожланишида маънавий янгиланишлар стратегияси. Монография. -Т.: "Lesson Press" нашриёти, 2023. -Б.64.
2. Rahmonova, S. (2023). DYNAMICS AND MAIN DIRECTIONS OF SPIRITUAL AND CULTURAL EFORMS IMPLEMENTED IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(10), 850-854.
3. Rahmonova, S. (2023). YANGI O 'ZBEKISTONDA MA'NAVIY-MADANIY ISLOHOTLAR. Current approaches and new research in modern sciences, 2(10), 4043.
4. 4.Rahmonova, S. (2023). YUKSAK MA'NAVÎYATLÎ AVLOD-UCHÎNCHÎ RENESSANS BUNYODKORLARÎ. Наука и технология в современном мире, 2(3), 76-79.
5. Rahmonova, S. (2024). THE REFORMS IMPLEMENTED IN NEW UZBEKISTAN ARE THE FOUNDATION OF THE THIRD RENAISSANCE. Modern Science and Research, 3(2), 394-399.
6. Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports, 1(7).
7. Рахмонова, С. (2024). HARMONY OF EDUCATION AND TRAINING. Журнал универсальных научных исследований, 2(5), 366-375.
8. Ramatov, J., Hasanov, M., & Rahmonova, S. (2024). TA'LIM TIZIMI MODERNIZATSIYALASHUVINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(8), 160172.
9. Xolmirzaev, X. N. (2024). YANGI O 'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA INSONNING INTELLEKTUAL VA MA'NAVIY SALOHIYATI OMILLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(1), 583-589.
10. Xolmirzayev, X. (2023). JAMIYAT TARAQQIYOTIDA INSON SALOHIYATINI NAMOYON BO 'LISH OMILLARI. Farg'ona davlat universiteti, (1), 197-197.
11. Holmirzaev, H. N. DIALECTIC OF THE ELEMENTS OF THE HUMAN COMPETENCE SYSTEM. ILMIY XABARNOMA, 19.
12. Naqibillaevich, H. H. (2022). Philosophical Analysis of Elements of Human Power System. The Peerian Journal, 5, 96-101.
103
13. Холмирзаев, Х. Н. (2022). ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТ-ИНСОН САЛОХДЯТИНИ ЮЗАГА ЧЩИШИ ОМИЛИ. Conferencea, 353-355.
14. Холмирзаев, Х. (2022). Инсон салохдяти: тузилиши ва ижтимоий мохдяти. Scienceweb academic papers collection.
15. Холмирзаев, Х. (2020). МАЪНАВИЙ ЯНГИЛАНИШ ДАВРИДА ИНСОН САЛОХДЯТИНИНГ РОЛИ. Scienceweb academic papers collection.
16. Xolmirzayev, X. (2020). ИНСОН ПОТЕНЦИАЛИ ИЛМИЙ КАТЕГОРИЯ СИФАТИДА. Scienceweb academic papers collection.
17. Холмирзаев, Х. (2013). Хднафия таълимотида инсон эркинлиги масаласи. Scienceweb academic papers collection.
18. Холмирзаев, Х. (2013). Глобаллашув жараёни ва миллий маънавият. Scienceweb academic papers collection.
104
www.birunijournal .uz