Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TARG‘IBOT TEXNOLOGIYALARI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI'

ZAMONAVIY TARG‘IBOT TEXNOLOGIYALARI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya / ma’naviyat / “Oila-ta’lim-mahalla” uchligi / intelektual / ma’rifatarvar / boshqaruv / rahbar fazilatlari / milliklik / ijtimoiy qadriyat

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulxayo Samandarova Abdukarim Qizi

Maqolada oila, mahalla, tarixiy va madaniy meros, milliy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar, tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lgan manbalar va ilg‘or tajribalar o‘z ifodasini topgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TARG‘IBOT TEXNOLOGIYALARI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI»

ZAMONAVIY TARG'IBOT TEXNOLOGIYALARI VA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI

Gulxayo Samandarova Abdukarim qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11256392

Annotatsiya. Maqolada oila, mahalla, tarixiy va madaniy meros, milliy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar, tarbiyaviy ta 'sirga ega bo'lgan manbalar va ilg'or tajribalar o'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: Tarbiya, ma'naviyat, "Oila-ta'lim-mahalla" uchligi, intelektual, ma'rifatarvar, boshqaruv, rahbarfazilatlari, milliklik, ijtimoiy qadriyat.

Аннотация. В статье выражены семья, соседство, историческое и культурное наследие, национальные традиции, общечеловеческие ценности, социальные отношения, ресурсы и передовой опыт, оказывающий воспитательное воздействие.

Ключевые слова: Образование, духовность, триединство «Семья-воспитание-соседство», интеллектуальные, образовательные, управленческие, лидерские качества, национализм, социальная ценность.

Abstract. In the article, family, neighborhood, historical and cultural heritage, national traditions, universal values, social relations, resources and best practices that have an educational impact are expressed.

Keyword: Education, spirituality, "Family-education-neighborhood" trinity, intellectual, educational, management, leadership qualities, nationalism, social value.

Jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi.

Ma'naviyat - uzluksiz harakatdagi jarayon.

Ma'naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa uning ma'naviy qiyofasi tanitadi. Ma'naviyat tarbiyadan boshlanadi. Ta'lim-tarbiyasiz ma'naviyatning bo'lmasligi barchaga a'yon haqiqatdir. Ta'lim-tarbiya haqida gap ketganda, mas'uliyat ta'lim muassasalariga qaratilishi odatiy holga aylangan. Aslida ham shundaymi? Ta'lim va tarbiya bir-biriga uzviy bog'liq jarayondir. Maktabga bolaning tarbiyasi shakllangan holda qadam qo'yadi. Maktab kadrlarni yetishtiruvchi yoki tarbiya maskani degan qarashlarni chetga surish kerak. Ta'lim muassasasi bolaga faqatgina ta'lim berish emas, balki boladagi shakllangan tarbiya negizini rivojlantiradi. Tartib-intizomga, mas'uliyatli bo'lishga, tashabbuskorlik va jamoada o'zini tutish madaniyati, liderlik xususiyati, qobiliyatini namoyon etishga, qiziqishlarini yo'naltirishga, olgan bilim va ko'nikmalarini hayotda qo'llay olishida maktab katta ahamiyat kasb etadi. Bunda "Oila - ta'lim muassasasi - mahalla" uchligi asosiy vazifani bajaradi. Shu o'rinda Tohir Malikning "Maktablarda odob darslari bor.... Haftasiga bir soat.... Sahroda haftasiga bir tomchi suv bilan sug'orib daraxt ko'kartirish mumkinmi? Yana ... maktabda "so'kma" deb o'rgatadilar, uyga borganida so'kishdan boshqa narsani eshitmaydi..." degan fikr-mulohazalarida ham oila muhiti farzand tarbiyasining asosi, poydevori ekanligini ko'rsatadi. Biz odatda tarbiya, ma'naviyat so'zlariga to'xtalganda, aksar holda maktablar faoliyatiga yuzlanishga ko'nikib qolganmiz. Ammo, "Oila-ta'lim-mahalla" uchligining mustahkamligida maktabgacha ta'limning o'rnini unutib qo'yamiz. Tarbiya oilada boshlanarkan, bog'chalarda ko'nikma shakllantiriladi, maktabda esa ma'naviy tarbiya rivojlantiriladi.

Demak ota-ona tarbiya jarayonida farzandlari qalbiga qanday urug' ekkan bo'lsa, keyinchalik achchiq yoki chuchuk mevalarni o'zlari tatishadi. Oila jamiyatning ajralmas bo'g'ini hisoblansa, oila mustahkamligi oiladagi ma'naviy muhitga bog'liqdir. Muhitni esa axloqiy tarbiya hamda aql-idrok va ilm yaratadi. Bu borada mutafakkirlarimizning o'z qarashlari va ilmiy izlanishlari asrlar davomida bugungi kun davrida ham dasturamal bo'lib kelmoqda.

Tarbiya ta'sir qiladigan kishilar uch toifaga bo'linadilar:

Birinchisi - hanuz oq bilan qorani tanimagan bola. Uning tabiati hali yomonlik g'ubori bilan bulg'anmagan, yuragi esa botil ishlar zulmati bilan qoplanmagan bo'ladi. Bunday bolaga nasihat tez ta'sir qiladi. Bunday bolani to'g'ri yo'lga osonlik bilan o'rgatish mumkin.

Ikkinchisi - oq bilan qorani ajratadigan bo'lib qolgan bola. Ulardan ba'zilari o'z nafsining g'alabasi bilan yaxshilik tomonga burila olmay yurgan bo'ladi. U qilayotgan ishining yomonligini biladi. Nuqsonlarini esa e'tirof etadi. Bunday odamni tarbiyalash birinchisiga nisbatan qiyinroq, ammo unga doimiy tarbiya berilib har xil nasihatlar va tanbehlar berib borilsa, albatta yaxshi yo'lga kirib ketadi.

Uchinchisi - oilada botil xayol va fosid fikrlar bilan o'sib ulg'aygan kishi. U umr bo'yi nohaq ishlarni haq deb bilib kelgan va shunga astoydil e'tiqod qo'ygan bo'ladi. Yomonlik qilsa ham uni o'zicha yaxshilik deb o'ylaydi. Bunday kishini tarbiya qilish juda og'ir. Uning tarbiyasiga kirishish - tirnoq bilan quduq qazish yoki hali qizib cho'qqa aylanmagan temirni bolg'alash bilan barobar.

Donolar yaxshi yoki yomon xulqli bo'lishni oilaga bog'laydilar. Ularning aytishlaricha, axloqsiz xotindan tug'ilgan va razil ota qo'lida tarbiyalangan farzanddan yaxshilik kutish qiyin. Chiroyli xulq oftobga o'xshaydi, oftob muzni eritgani yoki suv tuzni eritib yuborgani kabi chiroyli xulq ham barcha yomonliklarni eritib yuboradi. (Abulbarakot Qodiriy)

Kishida odob bo'lsa, albatta ilm ham bo'lishi lozim. Odob aqlga bo'g'liq bo'ladi. Ya'ni, ulug'lik aql-u odob bilan vujudga keladi. Aqlning qadri odob bilan, boylik qadri saxovat bilan, quvvat qadri bahodirlik bilan oshadi.

Ilm martabasi martabalarning zo'ridir, degan gap shubhasiz to'g'ri. Qaysi yerda ilm-u ma'rifat kuchli bo'lsa, o'sha yer baxt maskani hisoblanadi. Qaysi yerda nodonlik mavjud bo'lsa, u yer quruq yoki toshloq joy kabidir.

Go'zal xulq bilan payvasta bo'lgan ilm insonlarni baxtiyor qiladi, martabasini balandlatadi. Ilmdan maqsad - ko'rkam va ezgu ishlarni amalga oshirishdir.

Milliy pedagogika asoschilaridan biri A.Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir!" degan so'zlari ham fikrimizga dalildir.

Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda o'sib borayotgan avlodni sog'lom va har tomonlama yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali shakllar hamda usullarni joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganida ham ko'rish mumkin.

Bugun Yangi O'zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda mamlakatimiz o'z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi G'arb ilm-fani yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlarni o'zimiz tarix saboqlari, zamon talablari asosida tarbiyalashimiz zarur.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda, "Ma'rifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi tabiiydir. Chunki ularning g'oya va

dasturlari Yangi O'zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg'un va hamohangdir".

Darhaqiqat, bugun zamon shiddat bilan o'zgarmoqda. Qolaversa, bugungi dunyo butun jahon hamjamiyati qatori bizning mamlakatimiz oldiga ham mutlaqo yangi vazifalarni qo'yayotgan bir vaqtda atrofimizni o'rab turgan olamda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni tahlil qilish, to'g'ri xulosa chiqarishdan og'ir masala yo'q.. Bu hol, ayniqsa, mustaqilligimizni asrash, tinch hayotimizni, xalqimizni, avvalo yosh avlodning qalbi va ongini, kelajagini asrash borasida yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilib, ularning erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash borasida mustahkam poydevor yaratildi. Bu sohada ham milliy qonunchiligimiz xalqaro huquqning umume'tirof etgan tamoyillarini tan olgan holda 5 ta xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qildi va o'ndan ortiq qonunlarni amalga joriy etdi. 2008-yilda "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda bola huquqlari himoyasi davlat siyosati darajasida ekanligidan dalolat beradi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi, "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquq-buzarliklarning profilaktikasi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risi-da"gi qonunlar ham bolalar huquqlarini himoyalashda muhim huquqiy asosdir.

Mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tub mazmun-mohiyatiga ko'ra, yosh avlodni chuqur bilim va keng dunyoqarashga ega bo'lishini ta'minlashdek ezgu maqsadga qaratilgan. Shuningdek, mazkur siyosatning tub mazmunida jahon andozalariga mos raqobatbardosh milliy kadrlarni tayyorlash, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash, ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash hamda ular o'rtasida olib boriladigan ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish, shu bilan birga faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lgan shaxslarni tarbiyalashdek ulug'vor maqsadlar yotadi.

Qolaversa, 2019-yil 8-mayda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son qarori maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat bo'ldi. Konsepsiyada O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo'nalishlari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlari belgilandi. Shu bilan birga maktabgacha yoshdagi bolalarni intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish ko'rsatildi. Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlarga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e'tibor qaratish lozimligi ko'rsatildi.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4307-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-sonli qarori asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar va tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bulardan ko'rinib turibdiki maktabgacha ta'lim tashkilotlarda olib boriladigan faoliyatning asosiy maqsadlaridan biri bu bolalarni ma'naviy fazilatlarini shakllantirish hamdir. Shu boisdan

hamkorlikni mustahkamlash, salohiyatli kadrlarni tayyorlash va o'z o'rniga tayinlash juda katta ahamiyat kasb etadi.

Tarbiya haqida Shayx Sa'diy o'zining "Guliston" asarida shunday deb yozgan edi: "Kimda-kim yoshliqdan tarbiya olmasa, katta bo'lgach, baxtli bo'la olmaydi. Ho'l novdani istagancha bukish mumkin. Quruq novdani esa faqat olovda toblab to'g'rilash mumkin".

Tarbiya haqidagi bu g'oya avlod-ajdodlarimizdan bizga yetib kelgan buyuk meros bo'lib, u komil insonni voyaga yetkazishda muhimdir. Tarbiya tug'ilgan kundan boshlanmog'i lozim.

Hozirgi davr talablariga binoan rahbar kadrlarining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi ularning ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik, ilmiy-metodik hozirligi hamda g'oyaviy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy yetukligida aks etadi. Ilg'or yetakchi rahbar birdaniga paydo bo'lib qolmaydi. Bunda ko'p yillik mehnat hamda muayyan muhit va sharoitda shakllanishi, turli muammoli vaziyatlarga moslashishi, o'z ortidan ergashtira olish tajribasining oshishi natijasida o'ziga xos uslubini, metodikasini yaratadi.

Boshqaruvda nazariy va amaliyot yaxlitligi talab etiladi. Boshqaruvning oltin qoidalarini o'zida namoyon etgan rahbar tizimning sifatli ishlashini ta'minlaydi. Zamonaviy boshqaruv xususiyatiga ega rahbar quyidagi fazilatlarini o'zida mujassamlashtiradi:

• oliyj anoblik va beg' arazlik;

• xolis va iltifotli bo'lish;

• vazminlik va mas'uliyatlilik;

• prinsipiallik va ishonch;

• talabchanlik va qat'iy tartib-intizomni saqlash;

• yuqori nutq madaniyatiga ega bo'lish;

• tashabbuskorlik va izlanuvchanlik;

• kiyinish va tashqi ko'rinish madaniyati;

• fuqarolik pozitsiyasi;

• fidoyilik va vatanparvarlik

Aniqroq qilib aytganda, rahbarning imiji, ma'naviy qiyofasi va nutqi boshqaruvda asosiy fazilatdir.

Jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yosh avlodni boy tarixiy va madaniy merosimiz, milliy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida keng fikrli, sog'lom, jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan barkamol, iqtisodiy islohotlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularning yangi ijtimoiy munosabatlar orqali hayotga tatbiq eta oladigan, milliy g'oya va istiqlol mafkurasi mustahkam bo'lgan shaxslarni shakllantirish soha vakillari faoliyati maqsadining asosini tashkil etadi.

Tarbiyaviy jarayon ongli, mas'uliyatli faoliyat bo'lib, unda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni komil inson qilib tarbiyalashga har tomonlama ta'sir ko'rsatadi.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi yosh avlodni ma'naviy jihatdan yuksak fazilatlar egasi qilib voyaga yetkazish san'atining qirralari, shakllari hamda bilim, malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi milliy ong va istiqlol mafkurasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari rahbarlari, tarbiyachilar tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta'minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyatlardan keng foydalanishi, tarbiyaviy ta'sirga ega bo'lgan manbalarni ajrata bilishi kerak:

guruh tarbiyalanuvchilarining tarbiyalanganlik darajasini o'rganib, unga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish mahoratiga ega bo'lishi;

tarbiyaviy tadbirlar uchun metodlarni tanlab, ko'zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko'ra bilishi;

ilg'or tajribalarni kuzatib, tahlil qilib, undan ijodiy foydalanishi;

yangi ilg'or pedagogik texnologiyani joriy etishi;

tarbiyaviy tadbirlami o'quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta'sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirishi, takomillashtirishi;

tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishda o'z bilimini tarkibiy ravishda boyitib borishi lozim.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasining asosiy manbalari

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning sharqona o'ziga xos xususiyatlari va pedagogik ta'sir ko'rsatish usullari mavjud. Tarbiyachilik kasbiga yo'naltirilgan hozirgi zamon texnikasi bilan tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish — milliy istiqdol talabiga javob beradigan barkamol insonni tarbiyalashga qaratilgandir.

Ijodkor rahbar hamda ilg'or o'qituvchi-tarbiyachilar o'z faoliyatlari jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi mahorat tamoyillarini asos qilib oladilar:

tarbiyaviy tadbirlar o'tkazishdan maqsad: ma'naviyatni yosh avlod ongiga singdirish va e'tiqodiga aylantirishdan iborat ekanligi;

tarbiya jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'lab, bola qalbiga va ongiga ta'sir ko'rsatish;

tarbiyaviy ishlarni bilalar jamoasini jipslashtiruvchi omillar bilan boyitib, tarbiyaning ta'lim bilan uzviyligini ta'minlash;

tarbiyaviy jarayonda bolalarni tarbiyalanish darajasini aniqlash va ijobiy tomonlarini o'stirish;

bola shaxsiga hurmat va talabchanlik; bolalarning yosh va ruhiy holatini hisobga olish.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tamoyillari barkamol insonni tarbiyalashda keng imkonga ega bo'lib, uni qay darajada olib borish tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog'liqdir.

Ma'naviy barkamol insonning yana bir fazilati kattaga hurmat, kichikka shafqatli bo'lishdir. Bu masalada, xususan, ota va onaga bo'lgan izzat alohida o'rin tutadi. Bu haqida Alisher Navoiy ta'lim berib yozgan edi: Boshni fido ayla ato qoshiga, Jismni qil sadqa ano boshiga.

Ikki jahoningga tilarsan fazo, Hosil et ushbu ikkisidan rizo.

Tun kuningga aylagani nur fosh, Birisin oy angla, birisin quyosh!

Aytish joizki, dunyodagi keskin mafkuraviy o'zgarishlar, radikal, agressiv oqimlarning kuchayib borishi, yon-atrofimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarda o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Shu bilan birga yurt kelajagiga loqaydlik, ezgu qadriyatlarga nisbatan beparvolik ham ortib borayotgani sir emas. Tinchlik va farovonlikka erishish uchun insonlar qalbida bir-biriga hurmat, Vatanga mehr, sadoqat va ishonch mustahkam bo'lishi lozim. Mamlakatimiz yangi taraqqiyot davriga qadam qo'ygan bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida Vatanga muhabbat, yurtimiz kelajagiga daxldorlik, tinch, erkin va farovon hayotning qadriga yetish tuyg'usini kuchaytirish, yangi Uyg'onish davrini barpo etishda barchamiz birdek mas'ulmiz. Buning uchun esa mustaqil davlatda tarbiyaning asosiy tizimi quyidagilar bo'lishi lozim:

S tarbiyada ulg'ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir o'g'il-qizning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligi e'tiborda tutilishi;

S milliylikning o'ziga xos an'analariga tayanish. Lekin tarbiyaning milliy "bunyodkorligi" yosh avlodning ko'pmillatli va jahon madaniyati boyliklariga qiziqishlarini, intilishlarini inkor qilmaslik;

S bolalar hayotida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish. Bola, o'smir, yigit va qizlar ta'lim dargohida tahsil olayotgan chog'ida nafaqat bo'lg'usi katta hayotga tayyorgarlik ko'radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar yoshlariga mos zarur, qiziqarli, to'laqonli hayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy-foydali, ijtimoiy-ko'ngilochar va shunga o'xshash tadbirlar tashkil etilishi lozimki, natijada bolalar muvaffaqiyat hissini tuyib, o'zlariga ishonchlari ortsin, axloqlari barqaror bo'lsin.

REFERENCES

1. BMTning 1989-yil 20-noyab "Bola huquqlari to'g'risida"gi konvensiyasi. https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/ childcon.

2. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4307-son Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son Qarori.

6. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligining 24-yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.: O'zbekiston, 2017. - B. 101. https://arm.tdpushf.uz/kitoblar/ fayl_68220210430.

7. Samandarova G.A. - Tarbiyaviy ishlarni yangi bosqichga ko'tarish strategiyasi. Metodik qo'llanma. - Т.: "ILM-MA'RIFAT" nashriyoti, 2024-y.

8. Imomnazarov M., Eshmuhamedova M. Milliy ma'naviyatimiz asoslari. - T., 2001.

9. G'arb falsafasi / Tuzuvchi va ma'sul muharrir: Nazarov Q. -T., "Sharq", 2004.

10. Quronov M. Milliy tarbiya. Toshkent, "Ma'naviyat" 2014.

11. Ibrogimov X., Quronov M. Umumiy pedagogika, Toshkent, TDPU nashriyoti, 2022. -600 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.