Научная статья на тему 'JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA SOG‘LOM MAFKURALARNING ROLI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR'

JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA SOG‘LOM MAFKURALARNING ROLI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
11
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mafkura / mafkuraviy immunitet / ma’rifat / globallashuv / transformatsiya. / ideology / ideological immunity / enlightenment / globalization / transformation.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Uralov, Dilshodbek

Hozirgi kunda globallashuvning tobora avj olishi mafkuraviy tarbiyaga yangicha va tizimli yondashuvni taqozo etmoqda. Ushbu maqolada hozirgi paytda dunyo miqyosida keskin tus olib borayotgan shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqali munosib javob berish strategik vazifa sifatida bizning faoliyatimizda ustuvor yo‘nalishga aylanib borayotganligi haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF HEALTHY IDEOLOGY IN ENSURING SOCIETY SECURITY AND STABILITY: PROBLEMS AND SOLUTIONS

In this day that the increasing globalization requires a new and systematic approach to ideological education. This article provides information about the fact that a suitable response to the fierce competition, which is currently taking a sharp turn on the world scale, only through the wide introduction of modern science and innovation achievements, is becoming a priority in our activities as a strategic task.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA SOG‘LOM MAFKURALARNING ROLI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR»

JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA SOG'LOM MAFKURALARNING ROLI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Uralov Dilshodbek

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti v.v.b.

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda globallashuvning tobora avj olishi mafkuraviy tarbiyaga yangicha va tizimli yondashuvni taqozo etmoqda. Ushbu maqolada hozirgi paytda dunyo miqyosida keskin tus olib borayotgan shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqali munosib javob berish strategik vazifa sifatida bizning faoliyatimizda ustuvor yo 'nalishga aylanib borayotganligi haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zi: mafkura, mafkuraviy immunitet, ma'rifat, globallashuv, transformatsiya.

ABSTRACT

In this day that the increasing globalization requires a new and systematic approach to ideological education. This article provides information about the fact that a suitable response to the fierce competition, which is currently taking a sharp turn on the world scale, only through the wide introduction of modern science and innovation achievements, is becoming a priority in our activities as a strategic task.

Key words: ideology, ideological immunity, enlightenment, globalization, transformation.

KIRISH

Mafkuralar transformatsiyalashuvi jarayonlarining tobora avj olishi insoniyat mutlaqo o'zgacha muhit, yangicha talab va ilgari kuzatilmagan xavf-xatar hamda tahdidlar kuchaygan bir sharoitda yashashiga to'g'ri qelmoqda. Bunday murakkab sharoitda tinchlik, barqarorlikni asrash, mustaqillikni mustahkamlash har bir davlat oldida turgan ustuvor vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Xalqimizga xos bo'lgan bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatining taraqqiy etishida millatlararo totuvlik, konfessiyalararo hamkorlik muhitining hukm surishi fuqarolarimizni xususan, yosh avlodni ona Vatanga fidoiy va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O'z navbatida mazkur omillar, O'zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

Yurtimizda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni ro'yobga

chiqarish maqsadida mamlakatimizda Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi

ishlab chiqildi. Mazkur muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va

222

www.birunijournal .uz

davomiyligini ta'minlash maqsadida "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyil asosiy g'oya va bosh mezon qilib olindi. Ushbu strategiyaning "Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish" deb nomlangan V yo'nalishida bir qator vazifalar asosiy maqsad qilib belgilab berilgan. Strategiyaning mazkur yo'nalishida belgilangan vazifalar 73-maqsadda Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o'rganish va keng targ'ib etish ya'ni IHT, IRSIKA, AYSESKO, YuNESKO kabi dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlari bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston — Uchinchi Renessans" shiori ostida xalqaro konferensiya, simpozium va anjumanlar tashkil etish, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma'naviy merosini keng targ'ib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar qalamiga mansub 100 ta asarning xalqchil tarjimasini amalga oshirish, ular asosida ilmiy va ommabop risolalar yaratish, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o'rganish va keng targ'ib etish maqsadida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash haqida vazifalar belgilangan[2].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga azaldan xos bo'lgan bag'rikenglik an'analari muhim rol o'ynamoqda", - degan so'zlari zamirida naqadar katta ishonch mujassam ekanini ta'kidlash maqsadga muvofiqdir. Zero, ma'naviyatimizning o'zviy qismi xalqimizga xos etnik madaniy va diniy bag'rikenglikning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi, buni o'zga din vakillari ham e'tirof etishadi.

Taraqqiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida kelajakka katta umid va ishonch bilan shahdam odimlayotgan O'zbekiston keyingi besh yil mobaynida keng miqyosdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar bilan birga, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarda amalga oshirilgan o'zgarishlar bilan ham boshdan kechirib, yuksalishning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo'ydi.

Xalqimizning siyosiy tafakkuri, ijtimoiy faolligi va olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg'usi tobora ortib borayotgan hamda bosib o'tilgan shonli yo'limizga nazar tashlar ekanmiz, bugun "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan da'vatkor g'oya hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgan ekan, ana shunday taraqqiyot sari intilayotgan bizning yurtimiz O'zbekiston deb atalgan, jannatmakon yurtdir. Prezident Sh.Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda: "Yangi

223

www.birunijournal .uz

O'zbekistonni barpo etish - yaqin va olis tariximiz, betakror va noyob madaniy boyliklarimizni yanada chuqur o'rganib, ularga tayanib, mustaqil milliy taraqqiyot yo'limizni yangi bosqichda davom ettirish demakdir" [1], degan so'zlari ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligiga erishishda va fuqarolarniing ayniqsa yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyalarini mustahkamlashida o'z isbotini topdi.

Ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlardan ko'zlangan ulug' maqsad - yosh avlodga zamonaviy ta'lim-tarbiya berish, ajdodlarimiz boy merosini o'rganish va xalqimizga yetkazishdir. Qadimdan ajdodlarimiz o'zlarining yuksak ma'naviyati, ulug'vor insoniy fazilatlari bilan nafaqat sharqda, balki butun olamga dong taratgan. Chunonchi, "Buyuk ajdodlarimizga xos azmu shijoat, xalqimizning metin irodasi, tobora ulg'ayib kelayotgan barkamol avlodimizga tayanib, jamiyatimiz hayotini tubdan yangilash yo'lini izchil davom ettirish - eng dolzarb vazifamizdir"[2].

Mustaqillik bergan buyuk ne'matlardan biri ham shundaki, millatimizni o'tmishi kamida uch ming yilga borib taqaladigan haqqoniy tarix bilan qurollantirish imkonini yaratib berdi. Bu esa, yoshlarni ajdodlarga munosib avlodlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixning o'tgan qisqa muddati davrida biz o'zligimizni, o'z g'oyamiz, milliy g'ururimiz va tafakkurimizni anglash tuyg'usini boshimizdan kechirmoqdamiz. Bu tuyg'uning ildizi bo'lgan o'tmish esa bugungi kunga hamohang yer yuzidagi ba'zi xalqlargagina nasib etadigan yuksak ko'tarilish va taraqqiyot zamoni, ya'ni Renessans davri buyuk ajdodlari g'oyalari, tafakkuri bilan ma'naviy bog'liq ekan, ular qoldirgan boy merosni avaylab-asrash va rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Shu o'rinda, O'zbekistonning 2022-2032 yillarga mo'ljallangan ma'naviy taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqish va uni davlat siyosatining tarkibiy qismiga aylantirish, "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturini ishlab chiqish taklifi Prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi nashr etilgan "Yangi O'zbekiston strategiyasi" nomli asarida ilgari surilgan bo'lib, jamiyatning ma'naviy yuksalishiga erishish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intelektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarishini yuksaltirish, mafkuraviy, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlarni davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biriga aylantirish asosiy maqsad qilib qo'yildi.

Yangi O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish maqsadida mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'yilgan hozirgi davrda Uchinchi renessans poydevorini yaratishga bel bog'langan. Ana shu maqsadni ko'zlagan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev "milliy ma'naviyatimiz tarixida o'chmas iz qoldirgan ulug' allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning turli mamlakatlardagi muzey va kutubxonalarda saqlanayotgan qo'lyozmalarini o'rganish, mavjud nusxalarini

224

www.birunijournal .uz

yurtimizga olib kelish, atroflicha tadqiq qilib, xalqimizga yetkazish borasida muhim ishlar amalga oshirilishi" [1] yo'lida amaliy harakatlarga undab kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmonida "Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Harakatlar strategiyasidan - taraqqiyot strategiyasi sari" g'oyasini keng targ'ib etish orqali jamiyatda sog'lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish" maqsadi 71-bandda keltirilgan. Yangi O'zbekistonning intellektual salohiyatli yoshlarini buyuk zotlarga munosib etib tarbiyalash uchun o'tmishga hamohang bugungi kunimizgacha milliy tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli g'oya va amaliy harakatlarda o'z ifodasini topayotgan har bir ishda yaratuvchanlik, mehnat qilish, bunyodkorlik ishlarini yo'lga qo'yishda buyuk allomalar boy merosini chuqur o'rganish muhim o'rin egallaydi, ularni iste'dodlarini namoyish qilishga undaydi va yangi kashfiyotlar sari otlantiradi.

O'zbekiston Respublikasi hozirda kuchli davlat negizida kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishga intilmoqda. Bu borada Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev "bu yo'l - erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zamini", deya ta'kidlaydi.

Globallashuv muhiti bugungi kunda g'oyalar aniq va sog'lom, yetuk va insonparvar, e'tiqodi butun, qadriyatlari yuksak shaxslarni bugungi o'ta tezkor zamonda har qanday yot g'oyalarga qarshi kurashuvchan mafkuraviy immuniteti barqaror shakllangan shaxslarni tarbiyalash masalasi borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda, "O'zbekistondagi har bir fuqaro, qaysi lavozimda ishlashidan qat'i nazar, avvalo tarbiyachi ekani, farzandlarimiz taqdiri uchun har birimiz mas'ul ekanligimizni anglash tobora kuchaytirilmoqda. Bu masala zamonning o'tkir talabiga aylangan dolzarb muammo sifatida kun tartibiga qo'yilmoqda" [3].

Yurtimiz yoshlarini har tomonlama barkamol inson va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda aniq maqsadga yo'naltirilgan hukumat siyosati izchil olib borilmoqda. Bugun O'zbekiston yoshlari haqiqiy Vatanparvarlik shijoatini dunyoning barcha sohalarida o'zlarini nimalarga qodir ekanligini to'liq namoyon etmoqda. Mazkur fikrlar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan fikrlarida ham o'z aksini topgan: "Barchamizga yaxshi ma'lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma'naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo'lgan zararli ta'sirlarga qarshi mustahkam

225

www.birunijournal .uz

immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas'uliyat tuyg'usini mustahkamlash bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ko'rishimiz shart",- degan so'zlari zamirida katta haqiqat yotibdi. Ma'lumki, tomirida milliy g'urur, Vatan ishqi jo'sh urgan oriyatli ma'naviy jasoratga ega odamgina buyuk ishlarga qodir bo'ladi. Biz shunday ma'naviy muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko'zimizni, qalbimizni quvnotib tursin.

Hozirgi kunda globallashuvning tobora avj olishi mafkuraviy tarbiyaga yangicha va tizimli yondashuvni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda dunyo miqyosida keskin tus olib borayotgan shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqali munosib javob berish strategik vazifa sifatida bizning faoliyatimizda ustuvor yo'nalishga aylandi[5].

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizdagi yangilanish va islohotlar haqida so'z ketganda jahon hamjamiyati "Yangi O'zbekiston" degan iborani tilga olmoqda. Bunday e'tirof hech mubolag'asiz yurtimizdagi shiddatli o'zgarishlarga berilgan munosib bahodir.

Mamlakatimizda "Uchinchi Renessans poydevorini yaratish"ga qaratilgan keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun turli soha va tarmoqlar bo'yicha zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan, salohiyatli fidoyi va izlanuvchan mutaxassis kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shunga ko'ra, davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatimizning bilimli va iste'dodli kadrlarga bo'lgan ehtiyojini uzoq muddatga qondirish, iqtisodiyotni raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida ta'sirchan va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim[4].

Mafkuraviy immunitetni shakllanishi jamiyatimizda ratsionallikka asoslangan, vatanparvarlik, millatparvarlik, baynalminallik hamda yurt tinchligi kabi me'yor va mezonlarga ega bo'lgan siyosiy madaniyatni vujudga kelishini ta'minlovchi asosiy omil hisoblanadi. Shu o'rinda, Prezident Shavkat Mirziyoyev mafkura masalasida barcha sohalar qatori ushbu sohaga ham innovatsiyalarni joriy etish lozimligini uqtirgan xolda, "bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi?

226

www.birunijournal .uz

Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi"[9], deya izohlaydi. Albatta, Prezidentimiz tomonidan milliy mafkura konsepsiyasi uchun yangi g'oyalar, prinsiplar va kategoriyalarni ishlab chiqish jarayoniga dolzarb vazifa sifatida e'tibor qaratilishi bejiz emas. Chunki, milliy mafkurani yangilashning ob'ektiv va sub'ektiv tomonlari mavjud bo'lib, u ob'ektiv tomondan, ilmiy qonun-qoidalarga, jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma'naviy muhitga, davlatimizning imkoniyatlari va o'zbek xalqning milliy mentalitetiga nechog'lik mos bo'lishiga bog'liq bo'lsa, sub'ektiv tomondan esa, u ishlab chiquvchilarning ilmiy salohiyati, iste'dodi va ijodiy ilhomiga bog'liq hisoblanadi.

Milliy mafkura amaliyotiga "g'oyaviy jihatdan o'z-o'zini tarbiyalash" tamoyilini kiritilishi uni faqat tashqi ta'sir kuchiga ega bo'lgan mafkura bo'lib qolmasdan, balki fuqarolarda ichki ta'sirni ham hosil eta oladigan mafkura darajasiga ko'taradi. Milliy mafkurada bunday xususiyatni vujudga kelishi uni jamiyatda boshqa tashqi ta'sirni uyushtiruvchi (oila, mahalla, o'quv va mehnat jamoalari, davlat organlari va boshqa shu kabi) ijtimoiy-siyosiy tuzilmalardan ham ko'ra ko'proq natijaga erishishini ta'minlaydi[8].

2021-yilning 19-yanvarida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan o'tkazilgan yig'ilishdagi "Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir" mavzusidagi ma'ruzasi Ma'naviyat va ma'rifat sohasi uchun yana bir katta ijobiy burilishga zamin yaratdi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2021-yilda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaz huzurida tashkil etilgan Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur institut "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan g'oya asosida mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yangi bosqichga ko'tarish, aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga muhabbat, ma'naviy merosimiz, milliy adabiyotimizga hurmat ruhida tarbiyalash g'oyasini hayotga tatbiq etish ishlarini ilmiy-metodik va axborot-tahliliy jihatdan ta'minlash kabi vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilgan.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, dunyoning mafkuraviy manzarasini o'rganish, tahlil qilish, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga mos xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish ishlarini tizimli yo'lga qo'yish nazarda tutilmoqda.

XULOSA

227

www.birunijournal .uz

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni// Xalq so'zi, 2022-yil 29-yanvar.

2. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. -Toshkent:O'qituvchi MU MCHJ, 2021.-

3. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021.- B.9.

4. Дугин А. Трансформация политических институтов и структур в процессе модернизации традиционных обществ. Автореф. дис.док. полит. наук. -Ростов-на-Дону: 2004. - С.48.

5. Bekmurodov M., Quronboev Q., Tangriev L. Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari: Risola. -Toshkent: 2017. -B. 27.

6. Jo'rayev N. Milliy istiqlol mafkurasi, shakllanish jarayoni. // Sharq mash'ali. 1998. -B. 6.

7. Idirov U. Hozirgi zamon demokratiyalashuv jarayonlarining konseptual asoslari va mustaqil O'zbekiston tajribasi. Siyo. fan dok. dis. avtoref. -Toshkent: O'zDJQA, 2006. -B.49.

8. https://iitimoiyfikr.uz/tadqiqotlar/zhamiyat/es'hlar-internet-makon-kzgusida.htm 15.03.2021.

9. https://uza.uz/uz/posts/manaviy-marifiy-is'hlar-tizimini-tubdan-takomillas'htiris'h-chora-tadbirlari-togrisida 252150

B.31.

228

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.