Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA ASOSIY MUAMMOLAR VA YECHIMLAR'

O‘ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA ASOSIY MUAMMOLAR VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
11
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / agroturizm / innovatsiya / sayyoh / investetsiya / ichki turizm / aholi bandligi / kadrlar muammosi / infratuzilma / turistik xizmatlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jalilov Shoxjahon Xolbozor O‘g‘li, Abduraximova Madinabonu Abdukomil Qizi

Ushbu maqolada Agroturizmning asosiy xususiyatlari va modellari sanab o‘tilgan. Agroturizm modellari va ularning o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda agroturizm sohasining hozirgi halati tahlil qilingan. O‘zbekistonda agroturizm rivoji uchun olib borilayotgan va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bayon etilgan. O‘zbekiston sharoitida agroturizm rivoji oldidagi muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA ASOSIY MUAMMOLAR VA YECHIMLAR»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

O'ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA ASOSIY MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Jalilov Shoxjahon Xolbozor o'g'li, 2Abduraximova Madinabonu Abdukomil qizi

1Toshkent davlat agrar universiteti katta o'qituvchisi 2Toshkent davlat agrar universiteti Turizm (agroturizm) yo'nalishi 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11518231

Annotatsiya. Ushbu maqolada Agroturizmning asosiy xususiyatlari va modellari sanab o'tilgan. Agroturizm modellari va ularning o'ziga xos jihatlari ko 'rsatilgan. O 'zbekistonda agroturizm sohasining hozirgi halati tahlil qilingan. O 'zbekistonda agroturizm rivoji uchun olib borilayotgan va qilinishi kerak bo'lgan ishlar bayon etilgan. O 'zbekiston sharoitida agroturizm rivoji oldidagi muammolar hamda ularning yechimlari bo'yicha tavsiyalar keltirilgan.

Аннотация. В данной статье перечислены основные особенности и модели агротуризма. Показаны модели агротуризма и их специфика. Проанализировано современное состояние агротуризма в Узбекистане. Изложена работа, проводимая и необходимая для развития агротуризма в Узбекистане. Представлены проблемы, стоящие перед развитием агротуризма в условиях Узбекистана, а также рекомендации по их решению.

Abstract. This article lists the main features and models of agrotourism. The models of agrotourism and their specifics are shown. The current state of agrotourism in Uzbekistan is analyzed. The work carried out and necessary for the development of agrotourism in Uzbekistan is outlined. The problems facing the development of agrotourism in Uzbekistan are presented, as well as recommendations for their solution.

Kalit so'zlar: turizm, agroturizm, innovatsiya, sayyoh, investetsiya, ichki turizm, aholi bandligi, kadrlar muammosi, infratuzilma, turistik xizmatlar.

Ключевые слова: туризм, агротуризм, инновации, турист, инвестиции, внутренний туризм, занятость населения, кадровая проблема, инфраструктура, туристические услуги.

Key words: tourism, agrotourism, innovation, tourist, investment, domestic tourism, employment, personnel problem, infrastructure, tourism services.

Kirish. Agroturizm turizm sohasida yangi yo'nalish sifatida tan olingan bo'lsada, uning paydo bo'lganiga bir necha o'n bo'lgani yo'q. Yevropada agroturizmning vatani sifatida Avstriya davlati ko 'rsatib o 'tiladi.Bunga esa rivojlangan qishloq xo 'jaligi va manzarali Alp tog'lari tizimi sabab sifatida keltiriladi. Agroturizm bundan deyarli 200 yil oldin Yevropada rivojlana boshladi. O'sha davrda Fransiyada agroturizm 1-assotsiyatsiyasi tuzildi. XX asrning 50-yillarida esa Fransiya ushbu yo 'nalishning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy salohiyati oydinlasha boshladi. Bugungi kunda Yevropada agroturizmga qishloq taraqqiyoti, xalq an 'analarini saqlash, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish omili hamda qishloq aholisini ish bilan ta 'minlash sharti sifatida qaraladi. Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida qishloq turizmi sayyohlar orasida juda mashxur. Hozirgi kunda Yevropada Agroturizmni tashkil etishning bir qancha modellari mavjud. Ular quyidagilar:

- Agroturizmni tashkil etishning Britaniya modeli: Ushbu model 1-navbatda sayyohlarni joylashtirishning o'ziga xos tizimi orqali qiziqish uyg'otadi. Sayyohlarni joylashtirishning 3 turi nisbatan mashxur sanaladi:

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

• Fermer uyida, nonushta bilan birgalikda (farm B&B). Joylashtirishning bu usulida sayyohlarga fermer va uning oilasi bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati yaratib beriladi.

• O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish asosida alohida binoda (Self-catering unite).

• Izolyatsiyalangan binoda (Bunk hause). Bunda asopsan binoda 7 tadan 15 tagacha bo'lgan sayyohlar joylashadi. Joylashishning ushbu turi sayyohlar uchun eng tejamkor tur hisoblanadi (bir kishi uchun tahminan 10 yevro atrofida). Ushbu tur talabalar orasida juda mashhur hisoblanadi. Asosiy xizmat sifatida otda sayr qilish va baliq ovlash xizmatllari tan olingan.

- Agroturizmning Nemis modeli:

Ushbu model sayyohlar va fermerlarning kundalik hayot va xo'jalik ishlarida birgalikdagi ishtirokiga asoslanadi. Agroturizmning quyidagi 2 turi juda mashxur hisoblanadi:

• Fermer oilasi bilan birgalikda yashash va dalada hamkorlida mehnat qilish;

• Qishloq kuni, pivo festivali va ko'plab xalq bayramlarida ishtirok etish.

- Agroturizmning Fransuz modeli:

Ushbu model pazandachilik va sharob tayyorlash asosiy elementlar hisoblanadi. Bunda yer egalari sayyohlarga mahalliy oshxona taomlari hamda o'z retseptlari asosida tayyorlangan sharoblarni taklif etishadi.

- Agroturizmning Italyan modeli:

Ushbu model fransuzlarnikiga o'xshash, ammo o'z xususiyatlariga ko'ra farqli jihatlari mavjud. Sayyohlar uzmzor va zaytun daraxtlaridan mevalarni terishda hamda qayta ishlashda faol ishtirok etishlari mumkin. Sayyohlar o'z iqtisodiy ahvollariga qarab hashamatli villa yoki qishloq uylarini tanlashlari mumkin.

Statistika ma'lumotlariga ko 'ra Yevropalik sayyohlarning qariyb 50 foizi qishloq xo'jaliklarida dam olishni xohlashadi.

O'zbekiston zamini ham o'zining hududida qadimiy sivilizatsiya va madaniyatlar vujudga kelgan hamda rivojlangan zamin sifatida ulkan sayyohlik potensialiga ega bo'lib, o'zining jozibadorligi bo'yicha dunyoning eng yaxshi sayyohlik maskanlarida qolishmaydi. O'zbekiston zaminining o'ziga xos urf-odatlariga ega bo'lgan maskanlari, turli xil bayramlari, folklyorlari, qulay iqlim va tabiiy sharoitga ega bo'lgan qishloqlari agroturizm rivoji uchun zamin yaratadi. Bu borada maqsadli reja asosida dastlabki qadamlar qo'yilmoqda.

Prezidentimizning "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tog'risida"gi Farmoni bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi 2019 -yildan e'tiboran turizm salohiyatiga ega bo'lgan fuqarolar yig'inlari (shaharcha, qishloq, ovular) ro'yxatini shakllantira boshladi. Fuqarolar yig'inlari hududlarida 20 tadan kam bo'lmagan oilaviy mehmon uylari yaratilgan hamda sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi (yashash va ovqatlanish xizmatlaridan tashqari) ko'rsatilgan taqdirda, ularga "Turizm mahallasi", "Turizm qishlog'i" yoki "Turizm ovuli" maqomi beriladi. Ushbu maqom orqali ular bir qancha imtiyozlarga ega bo'lishlari mumkin. Xususan, 2020-yildan boshlab ular "Obod mahalla" davlat dasturiga kiritilgan.

Bajarilayotgan maqsadli, tizimli ishlarga qaramay O'zbekiston sharoitida agroturizm rivoji uchun to'sqinlik qiluvchi o'z yechimini kutayotgan bir nechta muammolar mavjud. Quyida ushbu muammolarning ba'zilari va ularning yechimlari bo'yicha taklif va tavsiyalar keltirib o 'tilgan:

- Qishloq joylarida infratuzilmani yaxshi rivojlanmaganligi;

Turizm infratuzilmasiga yo'llar, transport xizmati, kafe va restoranlar, komunal xizmatlar, umuman olganda, sayyohlarning birlamchi ehtiyojlarini qondiruvchi vositalar kiradi. Dastlabki bosqichda, infratuzilma nisbatan rivojlangan qishloqlarda agroturizm obyektlari barpo etilishi

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

mumkin. Keyinchalik bosqichma-bosqich agroturizm rivoji uchun salohiyatli hududlarni tanlab olish hamda ushbu hududlarda infratuzilmani shakllantirish mumkin. Shuningdek, arzimas muammo bo'lib ko'rinadigan, ammo sayyohlarning ko'plab e 'tirozlariga sabab bo'ladigan sanitar-gigienik shahobchalar faoliyatini takidlab o'tish mumkin. Bu borada oxirgi yillarda harakatlarda jadallashish kuzatilmoqda. Lekin yetarlicha muammo hali ham mavjud.

- Agroturizmga investitsiya kirituvchi investorlarni qo'llab quvatlashning iqtisodiy mexanizimi yaratilmagan;

Agroturizm rivojining qishloq hayotida ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yuqoriligini tan olgan holda, ushbu sohaga investitsiya kirituvchilar subsidiyalash mexanizmini yaratish lozim. Ushbu mablag'lar qaytarib bermaslik imtiyozi bilan berilishi investor uchun sarflangan mablag'ning bir qismini qoplash imkoniyatini yaratadi hamda sohaning investitsion jozibadorligini ta'minlaydi. Bunda investorlar tavakkalchiligining ma'lum bir miqdorini davlat o'z bo'yniga oladi. Davlat budjetidan yoki maxsus fondlardan investorlarga subsidiya ajratish har xil ko'rinishda bo'lishi mumkin:

• Foizsiz kreditlar. Foizlilik tamoyili kreditning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bunda bank odatiy yoki imtiyozli foiz stavkasida kredit ajratadi. Foiz stavkasi to'lovi uchun esa davlat tomonidan subsidiya ajratiladi;

• Kiritilayotgan investitsiya summasining ma'lum bir qismi miqdorida subsidiya ajratiladi;

• Agroturizm kompleksi ma'lum bir davrda (ko'pincha dastlabki bosqichda) barcha turdagi komunal to'lovlardan ozod qilinadi;

• Agroturizm kompleksi ish haqqi harajatlarining soliq qismi to'lovidan ma'lum bir davr uchun ozod qilinadi;

• Investorlarning infratuzilmani tashkil etish bilan bog'liq bo 'lgan harajatlari uchun subsidiya ajratiladi;

• Agroturizm kompleksining marketing va reklama harajatlari qoplanib beriladi

Agar davlat tomonidan yuqoridagi shakllardan hech bo'lmasa birining amaliyotga tadbiq etilishi agroturizm sohasiga kiritiladigan investitsiyalar hajmi sezilarli ravishda oshishiga xizmat qiladi. Agroturizm kompleksining faoliyati rivojlanib borishi natijasda ushbu subsidiyalar soliq ko'rinishida davlat budjetiga qaytadi.

- Ko'rsatiladigan turistik xizmatlar narxining asossiz ravishda balandligi.

O'zbekiston sharoitida agroturizm komplekslari 80-90% da ichki turizm uchun xizmat

qiladi. Bizda esa sayohat faqatgina iqtisodiy salohiyati yuqori insonlar uchun degan tasavvur o'rnashib qolgan. Bunda turizm xizmatlari narxining balandligi ham ma'lum bir miqdorda sababchi bo'lib qolmoqda. Investorlar kiritgan mablag'larini tezda qaytarib olishni o'ylashadi. Ular bardavomlikdan ko'ra tez keladigan ammo davomiy bo'lmagan daromadni tanlashadi. Investorlar investitsiyalarning o'rtacha qoplash muddatini 3 -5 yil qilib belgilashadi. Narx belgilash siyosatida ham bu holat o'z ta 'sirini o'tkazadi. Jahon amaliyotiga ko'ra 3 yulduzli mehmonxonalar uchun investitsiyalarni qoplash muddati 7-10 yil, 5 yulduzli mehmonxonalar uchun esa 15-20 yilni tashkil etadi. Tadbirkorlar xizmatlar tannarxini pasaytirish ustida innovatsion yechimlarni ishlab chiqishlari lozim. Axolining daromad darajasini hisobga olgan holda iqtisodiy jihatdan qulay tariflarni taqdim etishlari kerak.

Bundan tashqari soha uchun kadrlar tayyorlash tizimimida quyidagi muammolar ham mavjud:

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

- Agroturizm sohasida yetarli tajribaga ega bo'lgan malakali pedagog xodimlarning yetishmasligi;

- Ta'lim jarayonidagi o'quv-metodik ta'minot turizm sohasining real ehtiyojlariga to'liq javob bermasligi;

- Sanoat ehtiyojlari va ta'lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan takliflar o'rtasida sezirlarli darajada farq mavjudligi

- Sohalar buyurtmalari asosida mutaxasislarni tayyorlashda turizm va unga aloqador bo'lgan boshqa tadbirkorlik obyektlarining kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini monitoring qilish tizimining yo'qligi;

- Bitiruvchilarda ta'lim olish jarayonida shakllangan amaliy ko'nikma va malakalarning oily ta'lim tomonidan berilayotgan akademik darajaga mos emasligi;

- Agroturizm sohasi bitiruvchilariga mehnat bozorida talab, ayni paytda agroturizm sohasida malakali kadrlar yetishmasligi. Bu holat bitiruvchilarda muayyan tayyorgarlik talablari bo'yicha amaliy ko'nikmalar yetarli emasligi bilan bog'liq;

- Agroturizm sohasida faoliyat ko'rsatyotgan korxonalar va oily o'quv yurtlari o'rtasida ushbu korxonalar negisida o'quv, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini tashkil etish va o'tkazish masalalari bo'yicha o'zaro aloqalarning mavjud emasligi. Bu esa bitiruvchilarga real raqobat sharoitlarida harakat qilish va mavjud nazariy bilimlarni qo'llashga imkon bermaydi.

- Agroturizmningijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati to'liq anglabyetilmaganligi.

Olib borilayotgan keng ko'lamli ishlarga qaramasdan, agroturizm iqtisodiyotning global sektori emas, turizmning bir tarmog'i sifatida qabul qilinmoqda. 2021-yil 1-iyul holatida O'zbekistonda qishloq aholisi soni 17390,7 ming kishini tashkil etmoqda. Bu jami aholining 49,6 %i demakdir. Agroturizm qishloq hududlarini rivojlantirish uchun samarali vositaga aylanishi mumkin. Qishloq joylarda iqtisodiy va demografik barqarorlikni taminlash, ushbu hududlarni istiqbolli rivojlantirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Shuni takidlash kerakki, bu vaziyatda, davlatning vazifalari agroturizmni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini ani qlash, mamlakatning eng qimmatli resurslariga ahamiyat qaratish, o 'sish nuqtalarini qo'llab-quvvatlashdan iborat bo'ladi. Shuningdek bozor holatini chuqur o'rganish va korxonalar duch kelishi mumkin bo'lgan imkoniyatlar hamda tavakkalchiliklarni aniqlash muhimdir.

- Hozirgi kunda O'zbekistonda agroturizmni rivojlantirish bo'yicha aniq siyosat shakllanmagan hamda soha rivojiga oid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmagan.

Turizm sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi davlat normativ-huquqiy hujjatlarida va turizm sohasidagi davlat dasturi hujjatlarida hali "agroturizm", "qishloq turizmi" tushunchalari aniq tarifi keltirilmagan.

Turizm industriyaning o'ziga xos sohasi sifatida agroturizm qo'llanadigan standart va qoidalar ishlab chiqilmagan. Shuni alohida takidlash lozimki, mehmonxona va rekreatsion biznes sohasida O'zbekistonda amal qilayotgan standartlar va qoidalar, qishloq joylarda kichik oilaviy mehmonxona biznesi bilan shyg'ullanuvchi bo'lgan tadbirkorlar faoliyatiga to 'la mos ravishda to'g'ri kelmaydi.

Agroturizm faoliyati uchun tegishli me'yoriy huquqiy bazani ishlab chiqish O'zbekistonda turizm industriyasining ushbu sohasini muvaffaqiyatli rivojlantirishning zarur shartidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

1. Ковалевская В.В. Агротуризм - новый вид туризма? / В. В. Ковалевская - Текст непосредственный // Проблемы современной экономики: материалы I Междунар. науч. конф. - Челябинск: Два комсомольца, 2011. - С. 177.

2. http ://www. ori ent-tracki ng.com/Ecol ogy/Agroturi sm. htm

3. http://rusturinvest.ru/article/investicii-v-gostinichnyy-biznes-okupayutsyadolgo-1195.html4.

4. https://uzbektourism.uz/ru/newnews/view?id=769

5. Sayfulloev O.O. (2020). Agrotourism as one of the prospective direction of the tourist industry. The American Journal of Social Science and Education Innovations. Vol. 2, Issue 09-39, pp. 254-259.

6. Каххоров O.C. (2019). Оценка эффективности подготовки конкурентоспособных кадров в системе высшего образования. Экономика и предпринимательство. №№2, с. 890897.

7. Sobirov B.B., Khamidov O., Pardaev O.M., Ramos-Ramos S., Soliev M.B., Negmatov B.M. (2015). The role of social media, user generated platforms and crowd sourcing in the development of tourism destinations Journal of Hospitality Management and Tourism. Vol. 6 (4). pp. 30-38.

8. Khudoykulov K., Khamidov O. (2015). Testing Capital Assert Pricing Model (CAPM) on the Emerging Markets of the Europe. Spanish Journal of Rural Development. Vol. VI (3), pp. 1-

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.