Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QILUVCHILARNI PIRLS XALQARO TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

O‘ZBEKISTON YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QILUVCHILARNI PIRLS XALQARO TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
O‘qituvchi / pedagog / ilm-fan / texnologiya / metodika / tizim / oʻquvchi / tadqiqotlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fayzulloyeva Dilrabo Rahmonovna

O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta‘lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish asosiy maqsadlardan biriga aylandi. Ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylarining mashaqqatli mehnatini qadrlash va ularga berilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QILUVCHILARNI PIRLS XALQARO TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

International scientific and practical conference "Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches"

March 13, 2024

O'ZBEKISTON YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QILUVCHILARNI PIRLS XALQARO TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Fayzulloyeva Dilrabo Rahmonovna

Buxoro viloyati Buxoro shahar 29-IDUM oliy toifali boshlang'ich sinf o'qituvchisi, Osiyo

Xalqaro universiteti 1-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10800071

Annotatsiya. O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish asosiy maqsadlardan biriga aylandi. Ta'lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylarining mashaqqatli mehnatini qadrlash va ularga berilgan imkoniyatlardan to'g'ri foydalanish.

Kalit so'zlar: O'qituvchi, pedagog, ilm-fan, texnologiya, metodika, tizim, o'quvchi, tadqiqotlar.

Аннотация. В новый период развития Узбекистана дальнейшее развитие образования и науки стало одной из главных целей. Признание кропотливого труда руководителей, педагогов и тренеров образовательных учреждений и правильного использования предоставленных им возможностей.

Ключевые слова: Учитель, педагог, наука, технология, методология, система, студент, исследование.

Abstract. In the new development period of Uzbekistan, further development of education and science has become one of the main goals. Appreciation of the hard work of the leaders, pedagogues and trainers of educational institutions and proper use of the opportunities given to them.

Keywords: Teacher, pedagogue, science, technology, methodology, system, student, research.

Kirish:

Bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish maktab o'quvchilarida zamonaviy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish ta'lim tizimlari va ilm fan sohalari o'rtasida hamkorlikni, ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilganligini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek ta'lim tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish,

Yoshlarning sog'lom qilib tarbiyalash ta'lim muassasalarning pedagog hodimlarining nufuzini oshirishga xizmat qiladi. PIRLS xalqaro tadqiqotlari o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quydagi maqsadlarda foydalanishadi:

• global miqyosida ta'lim tizimi darajasidagi turli xil yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib

borish;

• yangi yoki qayta ko'rib chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish;

• ta'limning zaif nuqtalarini belgilash va ta'limda o'quv islohotini amalga oshirish;

• PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o'quvchilar va o'qituvchilar o'rtasida o'qitish va o'qishni takomillashtirish;

• dars o'tish jarayonida texnologik yondashuv va qo'shimcha sinflarda o'quvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish;

•o'qishni va o'qitishni o'rganish. Kabi ta'lim yo'llarida keng foydalaniladi.

International scientific and practical conference "Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches"

March 13, 2024

O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun taraqqiyot va innovatsiyalar bilan to'ldirilgan darsliklar va texnikalar keng qamrovli tarzda taqdim etiladi. Bu davrda atrofdagi texnikaviy vositalarning faol foydalanilishi va yangi o'quv metodlari jamiyatning ma'naviy va texnologik ijtimoiy cheklovidagi taraqqiyotini ta'minlaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA'LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA'gi farmonida ham aynan ilmli pedagoglarni ko'paytirish hamda ta'lim muassasalari o'quvchilariga ta'lim-tarbiya beruvchi kadrlarni tayyorlashni maqsad qilib qo'yilganligi barchamizga kundek ravshan.

Bu O'zbekistonimiz rivojlanishi va yuksalishi uchun, shuningdek, taraqqiyoti mustahkam davlat bo'lib yetishishiga katta xizmat ko'rsatadi.

O'zbekiston Respublikasi umumta'lim muassasalarining ta'lim oluvchi yoshlari 2021-yildan boshlab xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etadi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan 9-sinf o'quvchilari PISA, boshlang'ich sinf o'quvchilari PIRLS, 4- va 8-sinf o'quvchilari TIMSS xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi va bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilandi. Mamlakatimizning taraqqiyot topishi hamda yuksalishi uchun boshlang'ich sinflarda PIRLS baholash tizimidan foydalanish joiz. Jumladan, yosh avlodning bilim olishi va takomillashishi, yurtimizga manfaat keltiradigan inson bo'lishi ham birinchi navbatda pedagogika , ya'ni uning qanday bilim berishi va baholashga bog'liq ekanligini ko'rishimiz mumkin.

REFERENCES

1. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/PIRLS

2. https://adu.uz/uz/news/article/1261

3. RABBONAYEVA DILDORA TOLIPOVNA, PIRLS TADQIQOTLARI UCHUN TOPSHIRIQLAR TO'PLAMI (O'quv-uslubiy qo'llanma)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.