Научная статья на тему 'ANIQ VA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YONDASHUVNING AFZALLIKLARI'

ANIQ VA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YONDASHUVNING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
538
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
baholash xalqaro tadqiqoti / PIRLS / TIMS / PISA / TALIS / STEАM / AKT / ta’lim / ijodkorlik / kreativlik / fikrlash / tafakkur / ko‘nikma / robototexnika. / оценка международные исследования / PIRLS / TIMS / PISA / TALIS / STEAM / ИКТ / образование / творчество / креативность / мышление / мышление / навыки / робототехника.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Axmedova Shoiraxon Bilalxanovna

Ushbu maqolada, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda, pedagoglarga qo‘yilgan vazifalari, oqilona qaror chiqarish, mustaqil fikrlash, xalqaro baholash dasturi, AKT va ta’lim texnologiyasi fanlar orasidagi integratsiyani ta’minlovchi asosiy vosita yondashuvning afzalliklari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADVANTAGES OF INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM AND INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGY APPROACH IN SCIENCE TEACHING

В данной статье выделены преимущества основного инструментального подхода, обеспечивающего интеграцию между предметами, задачами, поставленными перед педагогами, рациональное принятие решений, креативное мышление, программу международной оценки, ИКТ и образовательные технологии в преподавании естественных наук.

Текст научной работы на тему «ANIQ VA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YONDASHUVNING AFZALLIKLARI»

Axmedova Shoiraxon Bilalxanovna,

Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikaga o'rgatish milliy markazi "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent

ANIQ VA TABIIY FANLARNI OQITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YONDASHUVNING AFZALLIKLARI

UDK: 378.147

DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_12_4

AXMEDOVA SH.B. ANIQ VA TABIIY FANLARNI OQITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YONDASHUVNING AFZALLIKLARI

Ushbu maqolada, aniq va tabiiy fanlarni o'qitishda, pedagoglarga qo'yilgan vazifalari, oqilona qaror chiqarish, mustaqil fikrlash, xalqaro baholash dasturi, AKT va ta'lim texnologiyasi fanlar orasidagi integratsiyani ta'minlovchi asosiy vosita yondashuvning afzalliklari yoritilgan.

Tayahch so'z va tushunchalar: baholash xalqaro tadqiqoti, PIRLS, TIMS, PISA, TALIS, STEAM, AKT, ta'lim, ijodkorlik, kreativlik, fikrlash, tafakkur, ko'nikma, robototexnika.

АХМЕДОВА Ш.Б. ПРЕИМУЩЕСТВА ПРОГРАММЫ МЕЖДУНАРОДНОЙ ОЦЕНКИ И ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННОГО ПОДХОДА В ПРЕПОДАВАНИИ ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК

В данной статье выделены преимущества основного инструментального подхода, обеспечивающего интеграцию между предметами, задачами, поставленными перед педагогами, рациональное принятие решений, креативное мышление, программу международной оценки, ИКТ и образовательные технологии в преподавании естественных наук.

Ключевые слова и понятия: оценка международные исследования, PIRLS, TIMS, PISA, TALIS, STEAM, ИКТ, образование, творчество, креативность, мышление, мышление, навыки, робототехника.

AKHMEDOVA SH.B. ADVANTAGES OF INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM AND INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGY APPROACH IN SCIENCE TEACHING

This article highlights the advantages of the basic instrumental approach, providing integration between subjects, tasks assigned to teachers, rational decision making, creative thinking, international assessment program, ICT and educational technologies in science teaching.

Key words and concepts: assessment international research, PIRLS, TIMS, PISA, TALIS, STEAM, ICT, education, creativity, thinking, skills, robotics.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

Kirish. Jahon talablari darajasida ta'lim oli-shi va kasb egallashi, pedagoglarimizning ilmiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Mamlakatimizda mus-taqillik-yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar ta'lim tizimini mustahkamlash uchun muhim poydevor asos soldi.

Respublikamizda so'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29 apre-ldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli farmon-ida, yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashab-bus amaliyotga tatbiq etildi.

Mavzuning dolzarbligi. Integratsiyalashgan ta'lim o'z samarasini ko'rsata olishi, mamlakat-larda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo'llash va amaliyotga tatbiq etish usullati STEAM-ta'lim texnologiyalari bilan boq'liq ustu-vor ahamiyatga ega:

• yaqin kelajakda dunyoda va shun-ing uchun O'zbekistonda muhandislar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori bo'ladi;

• uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan kasblarga ega bo'lamiz, ayniqsa bio va nanotexnologiya mutaxassislariga katta talab bo'ladi;

• mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli sohalaridan keng qam-rovli ta'lim va tajribaga muhtoj bo'ladi;

• robototexnika faniga katta qiziqish bilan o'quvchilar qatnashadilar va hozirgi davr talab-iga binoan bir qancha loyihalar ishlab chiqib va kelgusi loyihalar ustida izlanishlar olib boriladi.

Tadqiqotning vazifalari esa quyidagilar bilan belgilangan:

- aniq va tabiiy fanlarni o'qitishda AKT va STEAM texnologiyalarini qo'llash jarayonida ijodko'rlik, tanqidiy fikrlash, kommunikativ yon-dashuv, nazariy bilimlarini amliyotga tadbiq etish qobiliyatlarini aniqlashtirish;

- ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashti-rish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etishda pedagogik-psixologik imkoniyatlarini ochib berishsh;

- professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, maktab-

gacha va maktab ta'limi sohasiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, STEAM texnologiyalari, ta'limda raqamli texnologiyalar va innovatsion loyihalarni joriy etishni takomil-lashtirish;

- ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me'yoriy asosla-rini yaratilishini takomillashtirish.

Maqsad. Ta'lim mazmunini takomil-lashtirishga qaratilgan maqsad va vazifa-lar, ta'limning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish o'quvchilarda, o'z faniga qiziq-ishini o'yg'otish, qobiliyatlarini aniqlashti-rish, fan o'qiyuvchilari shakllantirib borish talab etiladi. Zamonaviy va modernizatsiyalan-gan bugungi kun talablariga tayanish jaray-oni, innovatsion yondashuv asosida barkamol avlodni tarbiyalashga garatilgan bo'lib, maktab o'qituvchilariga voyaga yetkazishdek ma'suliyatli vazifa yuklangan. Jahon standartlariga muvofiq javob berishlari aniqdir.

Pedagogning kasbiy kompetentligi va maho-rati, elektron-ta'lim muhitini rivojlantirish, imlo savodxonligi, AKT, umumiy o'rta ta'limda STEAM yondashuvi elementlaridan foydalan-ish, dasturlash asoslari, vizualizatsiya va das-turlash tillarini o'rganish usullari, bulutli hiso-blash, katta ma'lumotlar va virtual reallik tizim-laridan foydalanish, o'quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini o'z ichiga oladi va ular bo'yicha tegishli yangi bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirish lozimdir. Shuningdek, aniq va tabiiy fan va shu jumladan informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilarining ta'lim-tar-biya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zarur bo'ladigan fanga oid bilim, ko'nikma va malakalarni yangilash hamda ularni mustaqil amaliy faoliyatga yo'naltirish maqsadlidir.

Davlat ta'lim standartining maqsadi — umumiy o'rta ta'lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivo-jlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommuni-katsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma'naviy barkamol va intellektual rivo-jlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Davlat ta'lim standartining vazifalari quy-idagilardan iborat:

- umumiy o'rta ta'lim mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

- milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadri-yatlar asosida o'quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

- o'quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologi-yalarini joriy etish, umumiy o'rta ta'lim muassa-salarining o'quvchilari va bitiruvchilarining mal-akasiga qo'yiladigan talablarni belgilash;

- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning sama-rali integratsiyasini ta'minlash;

- ta'lim va uning pirovard natijalari, o'quvchilarning malaka talablarini

- egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta'lim-tarbiya faoliyati sifa-tini nazorat qilishning huquqiy asoslarini tako-millashtirish;

- davlat ta'lim standartlari talablarin-ing ta'lim sifati va uzluksiz kasbiy rivojlanishga qo'yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash.

Umumiy o'rta ta'limda STEAM yondashuvi pedagogik texnologiyalaridan qo'llashda ta'lim oluvchilarning bilish faolligini oshirish va mus-taqil ta'limini tashkil etish asosidagi innovatsion ta'lim texnologiyalari: amaliy o'yinlar, muammoli o'qitish, interfaol ta'lim, blended learning (aral-ash o'qitish), case study (keys stady), masofadan o'qitish, mahorat darslari, vebinar texnologi-yalari, assesment metodlaridan o'quv jarayonida pedagoglar foydalanishi.

STEAM - ta'lim (Science - aniq fanlar, Technology - texnologiyalar, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - ijodiy san'at, Mathematics -matematika) va STREAM-ta'lim (fan, texnologiyalar, robototexnika, injeneriya, san'at va matematika) xususiyatlari.

Maqolaning asosiy mazmuni. Bugungi kunda dunyoda to'rtinchi texnologik inqi-lob mavjud: tezkor axborot oqimlari, yuqori texnologiyali innovatsiyalar va rivojlanishlar hay-otimizning barcha sohalarini o'zgartirib bormo-qda. Shu bilan birgalikda jamiyatning talablari, shaxsning manfaatlari ham shunga ko'ra o'zgarib bormoqda.

"Milliy o'quv dasturi bo'yicha yangi meto-dikalarga o'qituvchilarni o'qitish maqsadida elektron malaka oshirish platformasi uchun 2026-yilga qadar jami 769 ta videodars yarat-ish" muhim ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf

o'qituvchilarini metodik tayyorgarliklarini yangi pedagogik texnologiyalar va xalqaro baholash dasturlari asosida takomillashtirish imkoniyatla-rini kengaytiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli, 2020-yil 7-maydagi "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirishvi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4708-sonli Farmon-lari, 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta'lim muassa-salarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mam-lakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775-sonli, 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-sonli Qarorlari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasin-ing 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarorlari asosida amaliy ishlarni amalga oshirish bugungi kunning dol-zarb vazifalari deb hisoblanadi.

STEAM va AKT ta'limini joriy etishning me'yoriy-huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tas-diqlash to'g'risida'gi PF-5712-son Farmoniga ko'ra, innovatsion ta'lim jarayoniga o'tish, zamonaviy kadrlarga bo'lgan ehtiyojni ino-batga olish, AKT va ta"lim berishning yangi metodlarini joriy etish, dars jarayonini STEAM ta'lim texnologiyasi talablari asosida tashkil etish, STEAM (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, dizayn va matematika) fanla-rini o'qitish bo'yicha o'quv kurslaridan o'tgan pedagoglar 2023-yilda 10%, 2030-yilga kelib 50%ga yetishi, yangi kasbiy kompetensiyalarni o'zlashtirish uchun zarur bilimlar bazasini shak-llantirish kabi vazifalar belgilangan1.

Ta'lim sifatini yangi bosqichga ko'tarish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Pre-

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni. https:// lex.uz.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

zidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Xalq ta'limi boshqaruv tizimini takomillashti-rish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538-son Farmoni qabul qil-indi. Asosiy urg'u xalq ta'limi tizimini isloh qilish-ning asosiy yo'nalishlari sifatida: Xalq ta'limi tizimiga ilg'or xorijiy tajribani, o'quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologi-yalarni, shu jumladan ta'lim berishning inno-vatsion usullarini joriy etish, o'quv va o'quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yarat-ish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan1.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tad-birlari to'g'risida"gi 997-sonli qarorida keltiril-gan bo'lib, qarorda xalqaro baholash dasturlari (PIRLS) - boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash uchun, (TIMSS) - 4- va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash uchun, (PISA) -15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash uchun hamda (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o'rta ta'lim muas-sasalarida o'qitish va ta'lim olish muhitini hamda o'qituvchilarning ish sharoitlarini o'rganish bo'yicha aniq va zarur bo'lgan yo'nalishlar ko'rsatib berilgan2.

Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, "yosh-larni erkin fikrlash va mustaqil hayotga yo'naltirishimiz asosiy vazifalardan biri"3, ushbu fikrlari, pedagoglarga qo'yilgan vazifa: maqsad sari intilish, intellektual fikrlarini tatbiq etish, innovatsion yondashuv usullarni qo'llash, yangi

1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori. https://lex.uz.

2 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori. https://lex. uz

3 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori. https://lex. uz

bilim, ko'nikma va malakalar, nazariy bilimlarini amaliyot va hayotga tatbiq etish, xalqaro olimpiada sinovlarida natijalarga erishish, bazaviy ilm-bilim qatlamini mustahkamlash, yani fundamental bilimini takomillashtirish bu ta'lim-tarbiya berishdir.

Bugungi kunda o'quvchilarni robototexnika, 3D dizayn, modellashtirish, dasturlashga bo'lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu manfaat-larni ro'yobga chiqarish uchun mahorat va kom-petentlik talab etiladi. Faqat bilish va anglash emas, balki tadqiqot va ixtiro qilish ham muhim-dir. STEM integratsiyalashgan ta'lim yondashuvi jahon ta'limidagi asosiy tendensiyalardan biridir. U o'z ichiga matematika, texnologiya, ijodkorlik, muhandislik san'ati va tabiiy fanlarni o'rganishni qamrab oladi. Integratsiyalashgan ta'lim jarayoni muhandislik, dizayn va modellashtirish soha-sida talab qilinadigan mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi. STEM - real hayot talablaridan kelib chiqqan holda ilmiy-texnikaviy konsepsiya doirasida integratsiyalashgan holda o'qitishdir.

Integratsiyalashgan ta'limni joriy etishdan ko'zlangan maqsad - bu ta'lim, jamiyat, ish va dunyoni bir butun holda tasavvur etish va ular o'rtasida barqaror aloqa o'rnatishdir.

STEM ta'limi - maktabgacha ta'limdan boshlab texnologiya va muhandislik ishlarini o'rganishga hissa qo'shadigan ta'lim faoliyat majmui hisoblanadi. STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) asosida ushbu kon-sepsiyaning yangi variantlari paydo bo'ldi, ularning eng keng tarqalgani STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika) va STREAM (fan, texnologiya, robototexnika, muhandislik, san'at va matematika).

Bugungi kunda STEAM jahon ta'limidagi asosiy tendensiyalardan biridir. Texnologiyan-ing jadal rivojlanishi tufayli yangi kasblar paydo bo'ladi. STEM mutaxassislariga bo'lgan talab hamma joyda o'sib bormoqda. Turli hisob-kitoblarga ko'ra, yuqori o'sish darajasiga ega bo'lgan har 10 ta mutaxassisliklardan 9 tasida STEAM bilimlari talab etiladi. Xususan, 2018 yil-gacha kimyo muhandislari, dasturiy ta'minot ish-lab chiquvchilar, neft muhandislari, kompyuter tizimlari tahlilchilari, mexanik muhandislar, quril-ish muhandislari, robototexnika, yadroviy tibbi-yot muhandislari, suv osti inshooti me'morlari, aerokosmik muhandislar kabi mutaxassisliklarga bo'lgan ehtiyojning oshishi kutilmoqda. STEAM

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

ta'limi esa o'quvchilarni texnologik jihatdan rivojlangan dunyoga tayyorlaydi. O'tgan 60 yil mobaynida texnologiya jadal sur'atlar bilan o'sdi. Jumladan: Internet (1960 yil) va GPS texnologiyalardan (1978 yil) to DNKni skanerlash (1984 yil) hamda albatta iPod (2001 yil) hamda boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bugungi kunda deyarli har bir kishi smartfon-lardan foydalanmoqda. Bizning dunyomizni texnologiyasiz tasavvur etishning iloji yo'q. Bun-dan keyin ham texnologik rivojlanish davom etadi va STEAM ko'nikmalari bu rivojlanishning asosi bo'lib hisoblanadi.

O'qituvchining izlanishi, bugungi kun talablari asosida o'z-o'zini tarbiyalashi, o'z ustida tinim-siz izlanishi, zamonaviy pedagogik texnologi-yalarni mukammal o'zlashtirishi va ularni ta'lim jarayonida qo'llashi ta'lim samaradorligini oshiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiya-lar ta'lim jarayonining ta'sirchanligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish esa ulardan amaliyotda erkin foy-dalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi. Matematika o'qitish jarayonining eng asosiy yo'nalishlari quyidagi to'rt qismdan iborat:

- matematik tushunchalar to'plamini bilish;

- matematik mulohaza yurita olish;

- matematik masala va muammolarni yechish;

- matematik tilni egallash.

Matematika darslarida zamonaviy metodik

vositalardan foydalanish o'qituvchiga mavzun-ing to'liq o'zlashtirilishiga yordam beribgina qolmasdan, o'quv jarayonida o'quvchilarning o'zlari faol ishtirok etishlarini ham ta'minlaydi. Bu esa matematika fanini o'qitishda ijobiy nati-jalarga erishish garovi bo'lib xizmat qiladi. O'qitishga qo'yilgan maqsad va rejalashtirilgan natijalarni, asosan, didaktik texnologiyalarn-ing to'g'ri tanlanishi, o'quv jarayonini va o'quv faoliyatini uyushtirish usullarini mulohaza qilib tanlanganligini ta'minlaydi. Ta'lim jarayoning qiziqarli bo'lishi turli didaktik tizimlar majmuin-ing qanday tanlanishiga bog'liq. Masalan, quyidagi didaktik tamoyillar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin:

• yuqori qiyinchilik darajasida o'qitish;

• nazariy bilimlarning ustuvorligi;

• katta tezlikda bilim berilishi;

• o'quvchilarning ta'lim olish jarayonini tushunib yetishi;

• har bir fuqaro va kasb egasida matematik kompetentlikning bo'lishi;

• matematik ta'limga AKT larning tatbiq etilishi jahon miqyosidagi ilg'orlik garovidir;

• matematik ta'limning barcha segment, qatlam va darajalarining o'zaro bog'liqligi (o'qitishning bog'cha bolalaridan to ilg'or matematika o'qituvchilarigacha, maktabgacha muassasa xodimlari va ota-onalargacha qamrab olish);

• maktab va pedagog faoliyatining sifatini faqat bitiruvchilar va pedagoglarning absolyut natijalari darajasi bilangina emas, matematik kompetentlikni qay darajada egallaganligi bilan o'lchash.

Natijada kam vaqt davomida katta hajm-dagi ma'lumotlar o'quvchilar tomonidan egal-lanib, ta'lim samaradorligi keskin oshirilishiga erishiladi. Matematik kompetensiya bilan bog'liq bo'lgan zarur bilim, malakalar va fanga bo'lgan qiziqish:

- matematika fanidan zaruriy bilimlar son-lar, kattaliklar va strukturalar, asosiy amallar va ma'lumotlarni taqdim etish usullari, matematik tushuncha va terminlar haqida qat'iy bilimlarni, hamda matematika javob bera oladigan savol-larni anglashlarni o'z ichiga oladi;

- inson matematikaga xos mulohaza yuri-tish, matematikada isbotni va matematikaning tilini tushunishi, hamda buning uchun mos vositalardan foydalanishi malakalariga ega bo'lishi kerak;

- inson uyida va ishdagi kundalik vazi-yatlarda asosiy matematik qonunlar va asosiy matematik usullarni tatbiq etish hamda asoslan-gan mushohada yuritish ketma-ketligini qurish va uni baholash malakalariga ega bo'lishi kerak.

Matematikaga ijobiy munosabat haqiqa-tga nisbatdan hurmat, isbotlash uchun dalil-larni izlash, ularning asoslanganligini baholay olish orqali shakllanadi. «Matematik kompetensiya» bu - vaziyatni strukturalash, matematik bog'lanishlarni aniqlash, jarayonlarni matema-tik modellarini tuzish, ularni tahlil qilish va ko'rinishlarini o'zgartirish, olingan natijalar bo'yicha tegishli asoslangan va maqbul xulosa-lar chiqarish orqali ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyor bo'lish. O'qitish usuli haqida. Kompe-tensiyaviy yondashuv asosida ta'lim berish sha-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

roitida o'qituvchilarning o'z faoliyatiga yon-dashuvi ham o'zgarishi kerak. O'qituvchi bundan buyon darslik bilan birgalikda o'quvchilarga — "ob'yektiv bilimlarni" yetkazuvchisi bo'lib qol-maydi.

Zamonaviy o'qituvchining asosiy vazifasi o'quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqil-lik hisini hosil qilish, ularning har biri uchun o'zining iqtidori va qiziqishini amalga oshira oladigan rivojlantiruvchi muhitni yaratishdan iborat. SHuning uchun ham, o'qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari, pedagogika ta'lim muassasalaridagi ta'lim maz-munini qayta ko'rib chiqilishi hamda zamonaviy metodik qo'llanmalarni yaratish tavsiya etiladi.

Matematika fanidan egallagan kompetensi-yalari darajalariga qo'yiladigan talablar ta'lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim bo'yicha uzviy bo'lib, Xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ta'lim mazmuni va matematik kompetensiya deskriptorlari (Trends in international matematis and siene studi enter (TIMSS)) baholash standartlariga o'zaro bog'liq holda olindi hamda ular sodda va tushunarli shaklda berildi. Egallangan bilim, ko'nikma va malaka darajalariga qo'yiladigan talablardan kelib chiqib, deskriptorlar1:

• har bir darajani to'liq egallanganlikni ta'minlash uchun ta'limning barcha bosqichlar-ida o'quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiq-ishda tuzuvchilar tomonidan inobatga olinishi;

• O'zbekiston Respublikasida uzluksiz maj-buriy ta'limning barcha bosqichlari bitiruvchi-larining davlat attestatsiyasi uchun baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazarda tutiladi.

Tadqiqot obyekti va qo'llanilgan metodlar. Tadqiqot obyekti sifatida STEAM va AKT kreativ o'qitish metodikasi asosida metodlari tavsiya etilgan. Tadqiqot mavzusini yoritishda ta'lim-tarbiya, muammoli o'qitish, ijodkorlik, tafakkur usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida o'quvchilar kashfiyotchilar va olimlar sifatida tadqiqotlar olib borishadi, texnologiyalarning imkoniyatlarini bilishadi, muhandislar sifatida loyihalashadi, rassomlar sifatida ijod qilishadi,

1 Pitt J. Blurring the boundariyes - STEM education and education for sustainable development. //Design and Technology Education: An International Journal. 2009. № 14 (1). S. 37-48. URL: http://ojs.lboro.ac.uk/ojs/index.php/ DATE/articl e/viyew/2 01/176

matematiklar kabi fikrlashadi va albatta bolalar zavqlanib o'ynashadi.

STEM - o'quvchining intellektual qobiliyat-larini ilmiy va texnologik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan rivojlantiradi. U o'quvchilarning aniq, tabiiy fanlarga bo'lgan qiziqishlarini rivo-jlanishiga qaratilgan o'quv dasturiga asoslanadi.

STEM - olti bosqichdan iborat: savol, muho-kama, dizayn, tuzilish, test, rivojlanish. Ushbu bosqichlar loyihaning asosi hisoblanadi. O'z navbatida o'quvchilar bir jamoa sifatida barcha imkoniyatlardan foydalanish, birgalikda hara-kat qilish, undan foydalanish ijodkorlik va inno-vatsiyalarning asosidir. Shunday qilib, ilm-fan va texnologiyalarni bir vaqtning o'zida o'rganish va uni qo'llash ko'plab yangi innovatsion loyi-halarni yaratishga yordam beradi. Bu loyihalarda albatta "san'at"ning imkoniyatlari kengdir.

STEM texnologiyasini joriy etish shartlari:

1. Iqtidorli bolalarni qidirish, qo'llab-quv-vatlash va qo'llab-quvvatlash uchun keng qam-rovli tizimni yaratish kerak;

2. Har bir umumta'lim maktabida iqtidorli bolalarni aniqlash uchun ijodiy muhitni rivojlan-tirish zarur.

3. Shu bilan birga, shakllangan iqtidorli bolalarni qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlanti-rish kerak. Bu birinchi navbatda, 24 soat davom etadigan ta'lim muassasalari. Bunda iqtidorli bolalarning tadqiqotlari uchun shart-sharoitlar yaratilishi lozim.

4. Yuqori natijaga erishgan o'quvchilarning o'qituvchilarini ham rag'batlantirish lozim.

5. Iqtidorli yoshlarni o'qituvchilik kasbiga jalb qilish lozim.

STEAM - ta'limining afzalliklari:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Fanlar bo'yicha emas, balki mavzular bo'yicha integratsiyalashgan ta'lim.

2. Haqiqiy hayotda ilmiy va texnik bilimlarni qo'llash.

3. Tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlanti-rish va muammolarni hal qilish.

4. O'z kuchlariga ishonchni orttirish.

5. Faol muloqot va jamoaviy ishni tash-killashtirish.

6. Texnik fanlarga qiziqishni rivojlantirish.

7. Loyihalarga ijodiy va innovatsion yon-dashuvlarni amalga oshirish.

8. Ta'lim va martaba o'rtasidagi ko'prik.

9. O'quvchilarni hayotning texnologik yan-giliklariga tayyorlash.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

10. STEAM - maktab o'quv dasturiga qo'shimcha sifatida.

Hozirda «STEAM» xalqaro ta'limda asosiy ko'rsatkichlarlardan birini egallagan.

STEM ni STEAMga aylantirish nimani anglatadi?

STEM+ART=STEAM

Faqat bitta «a» harfi, lekin bir vaqtning o'zida qancha o'zgarish bor! Aynan "ART" ya'ni san'at -muammoni hal qilish qobiliyati, jasurlik, tanqidiy fikrlash va qabul qilish qobiliyati kabi mahorat va fazilatlarni shakllantiradi. Ushbu ko'nikmalarning rivojlanishini bolalar bog'chasidan amalga oshirish lozim. San'at bilan shug'ullanuvchi bolalarda maktabda ta'lim olish motivatsiyasi 3 karra yuqori natijani tashkil etadi. 4 yildan ortiq san'at va musiqa bilan shug'ullangan yuqori sinf o'quvchilarida matematikadan o'zlashtirish dara-jasi 4 marta yuqori natijani ko'rsatgan. Musiqa bilan shug'ullanganlar test va og'zaki imtihon-larda yuqori natijalarga erishganlar. Bugungi kunda ijodkorlik har qanday kasbda muvaffaqi-yatga erishish uchun zarur shartlardan biridir. Bugungi kunda kompyuterlar va gadjetlar chap miyaning ba'zi funksiyalarini o'zida aks ettiradi, lekin ular hech qachon o'ng miyaning funksiyalarini o'rnini bosa olmaydi. ART - bu barcha sohalarning eshigini ocha oladigan kalitdir!

Psixologik yondashuv aniqlashtiradi - STEM chap yarim sharning funksiyalarini rivojlantiradi:

• analitik fikrlash: mantiq va faktlarni tahlil qilish;

• til qobiliyati;

• yozish va o'qish qobiliyati;

• raqamlar va matematik formulalar manipulyatsiyasi;

• axborotni matn shaklida qayta ishlash qobiliyati;

• deduktiv fikrlash;

• induktiv fikrlash

• tanqidiy fikrlash.

"Art" o'ng yarim sharning funksiyalarini rivo-jlantirgan holda STEM ni to'ldirib boradi:

• ijodkorlik;

• tasavvur, his-tuyg'ular;

• ijodkorlik va innovatsiyalarga tayyorlik;

• tanqidiy fikrlash;

• tashabbus, harakatchanlik va moslashu-vchanlik;

• o'zaro aloqa;

• tasvirlar va ramzlarda axborotni qayta ishlash qobiliyati;

• bir vaqtning o'zida bir nechta axborot oqimlarini tahlil qilish qobiliyati.

ART + STEM = Muvaffaqiyat!

• yozish, o'qish va matematika bo'yicha bolalarning yuqori ko'rsatkichlari;

• barcha fanlarni o'rganish uchun moti-vatsiyaning o'sishi;

• texnologik dunyoda va istalgan kasbda muvaffaqiyatga erishish kafolati;

• natijaga erishish;

• hamkorlik, muloqot, ijodkorlik;

• mustaqil qaror qabul qilish va mas'uliyatni his etish;

• o'z mahsulotini yaratish.

Tabiiy va ijtimoiy fanlar bo'yicha maktabga-cha o'qishdan yoki maktabga kirishdan keyin darrov qiziqish ortib, o'rta maktabda STEM muvaffaqiyatli bo'lish ehtimoli ancha yaxshilani-shi mumkin. Maktabning integratsiyasi har xil irqli talabalarning bir-biri bilan yaqinroq tan-ishib olishiga yordam beradi1.

STEM har bir fanning muhandislik ishini ken-gaytirishni qo'llab-quvvatlaydi va boshlang'ich maktabni kichik sinflarda muhandislik darsla-rini bilan boshlaydi. Bundan tashqari, nafaqat iste'dodli talabalar, balki boshqa barcha tala-balar ham standart STEM ta'limini olib keladi. Amerika Qo'shma Shtatlarining 2012 yilgi byud-jetida «Matematika va fan hamkorligi» (MSP) nomini o'zgartirdi va kengaytirdi.

2015 yilda Xalqaro talabalar baholari (PISA) dasturini xalqaro baholash testida amerika-lik talabalar 109 ta mamlakatdan matematika bo'yicha 35, o'qish bo'yicha 24 va fanlarda 25-o'rinni oldi. Amerika Qo'shma Shtatlari tala-balari 24 yoshdagi fan yoki matematika daraja-siga ega bo'lganlar orasida 29-o'rinni egalladi.

STEM ta'limi STEM maydonlarida qiziqishni rag'batlantirish uchun RepRap 3D printerlari kabi yangi texnologiyalarni qo'llaydi(AKT)[9].

Tadqiqotda qo'llanilgan usullar. STEAM ta'lim texnologiyasi - Turkiya tajribasi misolida:

1 English Learners in STEM Subjects: Transforming Classrooms, Schools, and Lives Suggested citation: National Academiyes of Sciyences, Engineyering, and Medicine. 2018. English Learners in STEM Subjects: Transforming Classrooms, Schools, and Lives. Washington, DC: The National Academiyes Press. doi: https://doi. org/10.17226/25182. http://nap.edu/25182

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

1-rasm. Ijtimoiy media orqali STEM bilab bo'gliq natijalar.

Turkiya ta'lim tizimida STEM - ta'limi (Sciy-ence, technology, engineyering, mathematics ) asosiy konseptual ahamiyat kasb etadi. Turki-yaning 2015-2019 yillar uchun Strategik rejasida bu ta'lim tizimi haqida to'xtalib o'tilgan. 2013 yilda STEM ta'limi tizimini Kaysari milliy ta'lim mudirligi (boshqarmasi)ning Kayseri Bulent Altop o'rta maktabi va Melikgazi ona makta-blarida aprobatsiyadan o'tkazdi.

2014 yilda Kaysari milliy ta'lim mudirligin-ing STEM - loyihai bu loyihaning vatani bo'lgan AQShda ham bu sohaning eng muhim loyi halari-dan biri deb tan olindi.

Turkiya ta'lim tizimining barcha bosqichlarida STEM ta'limi yo'lga quyilgan. Bog'cha yoshidagi bolalar eng sodda loyihalarni amalga oshirishga yo'naltirilsalar, maktab va litseylarda bir mun-cha murakkabroq loyihalarni amalga oshiradilar. Buning uchun esa eng avvalo o'qituvchilarning STEM haqidagi bilimlari oshirilib borilishi kerak. Turkiyada universitetlarda STEM yo'nalishi o'qituvchilarini tayyorlash fakultetlari va STEM laboratoriyalari ochilgan. Istambul Aydin uni-

versiteti va Baxchishexir kollejida bu yo'nalishda juda ko'p loyihalar amalga oshirilgan. Jumladan, aqlli uy, aqlli parnik, aqlli termometr va x.k.1.

Mush Alparslon universiteti STEM labora-toriyasida amalga oshirilgan loyihalar AQSh da bo'lib o'tgan.

STEM loyihalari konferensiyasida nufuzli o'rinlarni olib keldi. Mamlakatlar kuchli kelajak yaratish uchun har bir inson fan va texnologiya savodxonligiga ega bo'lishi va bunda fan asosiy o'rinda ekanligini tushunib yetishmoqda.

Turkiyada STEM fan ta'limi dasturi:

Kearney (2015) ma'lumotlariga ko'ra, makta-blarda STEM ta'limi o'qituvchilarining vazifalari odatda quyidacha bo'lishi kerakligi aytilgan:

• STEM ta'limi bilan bog'liq faoliyatni amalga oshirish;

• STEM ta'limi professional rivojlantirish dasturida ishtirok etish:

1 Reaching new frontiyers in STEM education. / Sasol Inzalo Foundation. 2012. URL: http://www. sasolinzalofoundation.org.za/sasol_inzalo/downloads/ Inzalo_brochure_1332954308300.pdf

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

• STEM ta'limi amaliyotlarini qo'llash va baholash uchun maktab rahbariyati bilan ishlash;

• STEM ta'limini tashkil etish, rivojlantirish va muvofiqlashtirish;

• STEM tadbirlari va ta'lim masalalari bo'yicha o'qituvchilarga rahbarlik qilish;

• STEM vision bilan yangi dasturlarni ishga tushurish;

• ijtimoiy media orqali STEM bilan bog'liq natijalar va tajribalarni almashish (akt: meb, 2016) (1-rasm).

Turkiyada STEM ta'limi yo'lga qo'yilgan ta'lim muassasalaridan biri bu Bilim va san'at markazlaridir. Turkiyada 137 ta Bilim va san'at markazlari tashkil etilgan. Bu ta'lim turi makta-bdan tashqari ta'lim turi bo'lib o'quvchilar dars-dan so'ng bu yerda o'z iqtidorlarini rivojlantirib , o'stirib boradilar. Markazda o'quvchilarga o'zlari qiziqqan yo'nalish bo'yicha kuchli bilim berish bilan birga ularda ijodkorlik va kreativlik, yaratu-vchanlik qobiliyatlarini rivojlantirilib boriladi. Bu markazlarga o'quvchilar 3 xil usulda qabul qili-nadilar:

1. Maktab o'qituvchilari tavsiyasi asosida;

2. Onlayn ariza asosida;

3. Oliy ta'lim professor o'qituvchilari tavsiyasi asosida saralanib oladilar1.

Markaz iqtidorli o'quvchilarni izlash, iqtidorlarini erta aniqlash, tanlab olish, ularni o'qitish, rivojlantirish, ishlab chikarishga yo'naltirish bilan shug'ullanadi. Markazda matematika, musiqa, tasviriy san'at, fan (fizika, kimyo, biologiya lab-oratoriyalari), robototexnika, mexatronika, 3D modellashtirish, kompyuter grafikasi dizayneri to'garaklari tashkil etilgan. Iqtidorli o'quvchilar mazkur STEM - laboratoriyalarda fan va texni-kaning raqamlashtirilgan texnologiyalaridan foy-dalanmoqda.

Yuqori sinf o'quvchilar markazda aniq maqsadga yo'naltirilgan loyihalarni haqiqiy muhandislar kabi amalga oshiradi.

Bu strategik loyihalar insoniyatning farovon yashashi uchun yangi texgologiyalarni jamiyatga olib kelishga xizmat qiladi. STEM ta'limi asosida faoliyat yuritayotgan bu markaz kelajakda

1 Ten A.S. Novie trendi v sovremennom obrazovanii. Elektronniy resurs:URL: http://zkoipk.kz/ ru/2016smart3/2541 -conf.html

eng talab kuchli bo'lgan soha mutaxassislarini yetishib chiqishiga xizmat qiladi2.

Texnika, texnologiya jadal rivojlanib borayo-tgan bu davrda robototexnik muhandis, aero-kosmik muhandis, suv inshootlari muhandisi, kompyuter muhandisi, elektr tarmoq muhandisi, ishlab chiqarish muhandisi, inshootlar dizayni muhandisi kabi kasblarni egallamoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratil-gan. STEM trenerlar maxsus tayyorgarlikdan o'tgan, tanlab olingan, ta'lim mudirligi tavsiyasi asosida ishga olingan o'qituvchilardir. Marka-zda o'quvchilar 1-12 sinfgacha tahsil oladilar, qiziqishlariga ko'ra 8 kishidan iborat guruhlarga ajratiladilar. Sinf yukorilagan sari guruhdagi o'quvchilar soni kamayib boradi. Eng yuqori sinfga kelib guruhda 2 kishi qoladi. O'quvchilar ta'lim muassasasini tark etishmaydi, balki guruh-lar soni ortadi. Loyihani juftlikda ishlab yakuniga yetkazadilar. Har semestrda loyihalar taqdimoti bo'ladi, hududiy ko'rgazmalarda ishtirok etiladi.

Markazda robototexnika mashg'ulot xonasi eng so'nggi rusumdagi elektron asboblar va jamlanmalar, maxsus dasturlar bilan jihozlangan. Bunda kichik loyihalar sinflar yuqorilagan sari katta loyihalarni bajarish uchun zamin yaratadi.

STEM ni ta'limga joriy etishda Kompyuter injeneriya sohasida Turkiya yutug'i:

STEM markazlarida yangi Turkiya operatsion tizimi modeli ishlab chiqilgan va joriy etilgan.

Kompyuter savodxonligi darslarida o'quvchilar tasviriy san'at va muhandislik grafi-kasini integratsiya qilib loyihalar tayyorlaydi.

Elektron qurilamalarni yasashdan oldin uning loyihasini tuzadilar, loyiha asosida elektron quri-lma MONO (toolbox & organaiser) yordamida qurilmalarni birlashtiradilar.

1-3 sinf yoshidagi bolalar uchun mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi mashg'ulotlar tashkil etilgan bo'lib, unda monopoliya, abalon kabi 80

2 Dmytro Kolomiiyets, Liudmyla Brovchak, Olena Shvets, Yuriy Babchuk "STEAM-LOYIHAI V DIZAYNYeRSKOY DYeYaTYeLNOSTI UChYeNIKOV I STUDYeNTOV" Steam-projects in the Design Activitiyes of Pupils and Students SOCIETY. INTEGRATION. EDUCATION Proceyedings of the International Sciyentific Conference. Volume I, May 25th-26th, 2018. 248-258.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

f-

36

ч_

2-rasm. Davlatlar boyicha 100 ming aholi soniga STEM mutaxassislar soni.

dan ortiq miya faoliyatini rivojlantiruvchi o'yinlar o'rgatiladi1.

Matematika darslari ham aynan mantikiy fikr-lashga undovchi o'yinlar asosida tashkil etiladi.

STEM ta'lim bo'yicha xalqaro hamkorlik loyi-halari 2000 - 2013 yillarda Yevropa Ittifoqida STEM mutaxassislarining ishga joylashishi 12% tashkil etgan. 2025 yilgacha yana 8% ga oshishi kutilmoqda.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilo-tining 2011 yildagi hisobotiga ko'ra Finlyandiya oliy ta'lim bitiruvchilarining STEM mutaxassislari ko'pligi jihatidan jahonda birinchilikni egalla-gan.

Har 100 ming aholi soniga 20-39 yoshdagi-lari 1109 tani tashkil etgan.

Kanada va Shveysariya davlatlaridan ham yuqori ko'rsatgichni tashkil etgan2 (2-rasm).

Kelajak - buyuk STEAM o'qituvchilariga bog'liq

AQSh kelgusi 10 yillikda 100 000 nafar STEM o'qituvchilarini tayyorlash uchun davlat dasturi qabul qilgan. 2020 yilga kelib professional STEM mutaxassislari uchun 1 mln. yangi ish o'rinlari ochilishi prognoz qilingan.

2014 yilda lyerusalimda o'tkazilgan xalqaro «STEM forward» konferensiyasida quyidagi bay-onot dunyo davlatlarini larzaga soldi.

1. STEAM dasturi bilan bolalarni o'qitish lozim. Bog'chadan boshlab STEAM dasturi bilan bolalarni tarbiyalash kerak.

1 Sorokina T.Ye. GBOU shkola s uglublennim izucheniyem angliyskogo yazika №1319, g.Moskva, uchitel informatiki, "OT STEM K STEAM-OBRAZOVANIYu ChYeRYeZ PROGRAMMNUYu SRYeDU SCRATCh".

2 Lozovenko S.V., k.p.n., zam. direktora po dop. obrazovaniyu IFTIS MPGU, "STEM-obrazovaniye

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

kak texnologiya razvitiya tvorcheskix sposobnostey uchaщixsya" uchitel fiziki litseya 1501 g. Moskvi

2. Fan texnika tili - Ingliz tili. Eng muhim ilmiy texnikaviy maqolalar ingliz tilida chop etiladi. Nobel lauretlari ingliz tilida so'zlashadi. Fanni o'rganmoqchimisan - farovon hayot kechirmoqchimisan - unda tilni o'rgan.

3. STEAM ta'limi qizlarga o'rgatish kerak.

4. STEAM ta'lim dasturi vatanga muhabbat va vatanparvarlik ruhiyati bilan to'yi nti rilgan bo'lishi lozim. Ona vatanni sevmagan mutaxas-sis-mutaxassis emas.

5. Fanning chegarasi yo'q. Vatanga xizmat qiladigan, Vatan iqtisodiyotini ko'tarishga hissa qo'shadigan malakali mutaxassislar yetkazib chiqarish kerak.

6. Global jamiyat muammosi - tanasiz "aql-ning sotil is hi".

7. Fanni o'rganish rohatga aylanish kerak. Sciyence is fun!3.

«In Genious» xalqaro hamkorlik loyihasi

Avstriya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Nider-landi, Norvegiya, Velikobritaniya, Italiya, Irland-iya, Ispaniya va boshqa Yevropa davlatlari STEM ta'limini joriy etish bo'yicha milliy va global ta'lim standartlarini, strategiyalarini va tashab-buslarini ishlab chiqqan va qabul qilgan.

1 -xalqaro loyiha:

• 2011 - 2014 yillarda STEM ta'limini shak-llantirish va joriy etish bo'yicha «In Genious» xalqaro hamkorlik loyihasi ishlagan.

• Unda Avstriya, Belgiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Germaniya kabi davlatlardan 1500 nafar o'qituvchilar va 158 ta maktab hamda sanoat korxonalari ishtirok etgan.

3 Sorokina T.Ye. GBOU shkola s uglublennim izucheniyem angliyskogo yazika №1319, g.Moskva, uchitel informatiki, "OT STEM K STEAM-OBRAZOVANIYu ChYeRYeZ PROGRAMMNUYu SRYeDU SCRATCh".

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

• Loyiha davomida seminarlar, onlayn-konferensiya va h.z. o'tkazilgan.

2 - xalqaro loyiha: «MASCIL» va «INSTEM» loyihalari (2013-2016 yillar).

— «MASCIL» loyihasi faoliyat ko'rsatgan. Unda 11 davlat: Avstriya, Bolgariya, Kipr, Chexiya, Gretsiya, Litva, Niderlandiya, Nor-vegiya, Ispaniya, Turkiya va Buyuk Britaniya ishtirok etgan.

— Loyihada ishlab chiqarish korxonalari tomonidan o'qituvchilar o'qitilgan. Malakali pedagoglarni shakllantirish maqsadida turli xil o'quv dasturlari, resurslari yaratilgan1.

3 - xalqaro loyiha: (2012-2015 yillar)

«INSTEM» xalqaro loyihasi faoliyat

ko'rsatgan. Unda o'qitishning innovatsion metodlarini yaratish, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirish hamda STEM soha-sida karyera qilishi uchun o'rganishi kerak bo'lgan keng ko'lamli ma'lumotlarga ega bo'lish kerakligini o'rganuvchilarda shakllantirish bo'lgan.

INSTEM loyihasida Avstriya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Norvegiya, Rumi-niya, Turkiya va Buyuk Britaniya davlatlari ishtirok etgan. Ushbu loyihaning yana bitta ko'zlangan maqsad STEMni o'qitish bo'yicha o'quv materiallari va metodikalari majmuasi yaratilgan.

4 - xalqaro loyiha: «Mind the Gap!» loyihasi (2008 dan hozirgacha)

«Mind the Gap!» loyihasida Yevropa umumta'lim maktablarida fanni, ilmiy tadq-iqot sifatida, nazariy fanlarni qisqartirish orqali, o'qitish joriy etilgan2.

Xususan, o'quvchiga STEM ta'limotini o'qitishga mo'ljallangan.

Ushbu loyihada Buyuk Britaniya, Ispaniya va Niderlandiya davatlaridan 5 ta konsorsiumlar ishlab kelmoqda.

1 Reaching new frontiyers in STEM education. / Sasol Inzalo Foundation. 2012. URL: http://www. sasolinzalofoundation.org.za/sasol_inzalo/downloads/ Inzalo_brochure_1332954308300.pdf

2 Dmytro Kolomiiyets, Liudmyla Brovchak, Olena Shvets, Yuriy Babchuk "STEAM-LOYIHAI V DIZAYNYeRSKOY

DYeYaTYeLNOSTI UChYeNIKOV I STUDYeNTOV" Steam-projects in the Design Activitiyes of Pupils and Students SOCIETY. INTEGRATION. EDUCATION Proceyedings of the International Sciyentific Conference. Volume I, May 25th-26th, 2018. 248-258.

5 - xalqaro loyiha: «ER4STEM» loyihasi (2015-2018 yillar)

«ER4STEM» loyihasi faoliyat ko'rsatgan. Unda Avstriya, Bolgariya, Gretsiya, Malta va Buyuk Britaniya davlatlari ishtirok etgan.

Loyihada STEMning xalqaro tizimi asosi robototexnika ta'limoti bo'lgan. Dastur-lash va konstruksiya qilishni hamda STEMning to'rtta komponentifan, texnika, muhundislik va matematika)ni birga olib borilgan. (inte-gratsiya)

Masalan: O'quvchilarni ilmiy-texnikaga qiziqishini yanada oshirish uchun o'quv robotote-xnikani tanqidiy foydalanish va yaratuvchanlik yo'nalishida o'rgatish yo'lga qo'yilgan.

«ER4STEM» loyihasida

Avstriya, Bolgariya, Gretsiya, Malta va Buyuk Britaniya davlatlaridan 4000 bola o'quv robototexnikasini o'rganishda ishtirok etgan.

O'quv robototexnikasini o'rganish va o'qituvchilarning «ER4STEM» loyihasida o'qitish yakunlari bo'yicha Yevropa ittifoqi konferensi-yasi bo'lib o'tadi.

2016 yilda - Avstriyada,

2017 yilda - Bolgariyada,

2018 yilda - Maltada bo'lgan.

Qozog'istonda 2016-2019 yillarda STEM

ta'limotini joriy etish bo'yicha DAVLAT DASTURI qabul qilingan. Maktab dasturi tubdan yangilan-gan. 2014-2019 yillarga mo'ljallangan loyiha qiymati 20 mln funt sterling bo'lgan Buyuk Britaniya va Qozog'iston «Nyuton - al-Farobiy» hamkorlik loyihasi faoliyat ko'rsatmoqda3.

Loyihalarni amalga oshirish jarayonida aniq va tabiiy fan o'qituvchilari bir jamoa bo'lib ish-lashlari lozim. Bu o'qituvchilardan biror biri loyihada qatnashmasa, loyiha muvaffaqiyatli bo'lmaydi.

Shuni ham ta'kidlash joizki, maktablarda STEAM loyihalarni amalga oshirish va laborato-riyalarini tashkil etish uchun IT-kompaniyalari taqdim etadigan professional uskunalar kerak. Ular 4 ta didaktik to'plamdir:

1. Tajriba va robotexnika uchun mikrokon-trollerlar, elektron komponentlar va dasturlana-digan elektron modullar;

3 Jumajanova S. Razvitiye STEM-obrazovaniya v mire i Kazaxstane. «Bilimdi yel - Obrazovannaya strana» №20 (57) ot 25 oktyabrya 2016 g.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

2. Grafika va modellashtirish uchun 3D printer;

3. Modellashtirish uchun raqamli frezerli mashina;

4. Golografiyali o'quv videolarini yaratish uchun loyihaor hamda videokamera bilan golo-grammali ekran.

"Aqlli issiqxona".

Kim uchun: 5-9 sinf o'quvchilari.

Guruhdagi bolalar soni: 4 nafar.

Qaysi fanlarni birlashtiradi: informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya, texnologiya (mehnat), muhandislik.

Maqsad: 100% avtomatlashtirilgan issiqxona modelini yaratish.

Muddati: 1 yil.

4 nafar o'quvchilardan iborat guruhlar shak-llantiring va ularning har birini o'z issiqxonalar-ida qanday o'simliklarni tanlab o'stirishi haqida taklif bering.

Biologiya darslarida bolalar tanlangan o'simlik haqida hamma ma'lumotlarni bilib oli-shadi: yorug'lik qay holatda tushishi, sug'orish rejimini o'rganadilar. Uning balandligi, hosildor-ligi haqida ma'lumotlarni biladilar.

So'ngra o'quvchilarga har bir o'simlik uchun sug'orish tizimini qay holatda ta'minlanishi bo'yicha fikr yuritishlariga undang. Sxema quyidagicha: sug'orish faqat yer quruq bo'lgandagina amalga oshirilishi kerak. Bunda o'quvchilar yerni quruq yoki ho'l ekanligini sug'orishdan avval bilib bo'lgan bo'lishlari shart.

O'quvchilar issiqxonadagi tuproqning nam-lik darajasini qanday bo'lishini aniqlaganlaridan so'ng, namlik sensorini o'rnatadilar. Namlikka qarab o'zgarib turadigan yerning qarshiligini o'lchaydilar. Bunda sensor kalibrlashni talab etadi.

Kimyo darslarida o'quvchilar tuproq tarki-bidagi o'zgarishlarga qarab turli tuproq tarkibini va qarshilik o'zgarishini o'rganadilar.

Barcha dastlabki ma'lumotlarni yig'ib olgan-laridan so'ng, informatika faniga navbat keladi: sensorlar ishini dasturlashadi va 3D printerda issiqxonaning kichik qismlarini chop etishadi.

Havo va CO2 uchun namlik sensorlarin-ing ishlash tamoyilini hamda sun'iy yoritishni o'rganadilar.

Yig'im-terim uchun o'quvchilar robot manip-ulyatorining ishlash tamoyilini o'zlashtiradilar,

bunda rang sensori yordamida hosilning pish-ganligi aniqlanadi.

"Avtomatik ob-havo stansiyasi"

Kim uchun: 5-9 sinf o'quvchilari.

Guruhdagi bolalar soni: 3-4 nafar.

Qaysi fanlarni birlashtiradi: geografiya, informatika, matematika, fizika, kimyo, texnologiya (mehnat), muhandislik.

Maqsad: havoning namligi va haroratini, karbonat angidrid miqdorini, atmosfera bosmini aniqlaydigan havo stansiyasini yaratish. Shamol tezligi sensori unga ulanishi mumkin. Havo stan-siyasiga havo balonlarida ko'tariladi.

Ijro muddati: har bir fan uchun 10 ta dars.

Loyihani amalga oshirishda birinchi navbatda o'qituvchi bilan birgalikda ob-havo stansiyasin-ing vazifalari va funksiyalari muhokama qilinadi. O'quvchilar 3-4 nafardan guruhlarga bo'linadi. Ularning har biri o'z muhandislik qarashlaridan kelib chiqqan holda havo stansiyasini ishlab chiqishadi. Kerakli elektron qurilmalarni tan-lash, korpusni ishlab chiqarish uchun uni ish-lab chiqish, barcha komponentlarni bitta quril-maga yig'ish, uni tahlil qilish kabi ishlar amalga oshiriladi1.

Matematika fani yordamida o'quvchilar kor-pusning shakli va hajmiga nisbatan hisob-kitob ishlarini amalga oshiradilar. Fizika va kimyo darslari yordamida barcha sensorlarni to'g'ri kalibrlash uchun tajribalar o'tkazadilar. Informatika fani yordamida meteostansiyani masofadan turib boshqarish uchun dasturiy ta'minotini ishlab chiqishadi va qurilmalardagi ko'rsatkichlarni saqlab qolish uchun sozlash ishlari bilan shug'ullanadilar.

"Aqlli uy".

Kim uchun: 5-11 -sinf o'quvchilari.

Guruhdagi o'quvchilar soni: 4 nafar.

Qaysi fanlarni birlashtiradi: informatika, muhandislik, matematika, fizika, kimyo, arxitek-tura dizayn, texnologiya (mehnat).

1 Dmytro Kolomiiyets, Liudmyla Brovchak, Olena Shvets, Yuriy Babchuk "STEAM-LOYIHAI V DIZAYNYeRSKOY DYeYaTYeLNOSTI UChYeNIKOV I STUDYeNTOV" Steam-projects in the Design Activitiyes of Pupils and Students SOCIETY. INTEGRATION. EDUCATION Proceyedings of the International Sciyentific Conference. Volume I, May 25th-26th, 2018. 248-258.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

Maqsad: qayta tiklanadigan manbalar yor-damida amalga oshiriladigan kelajak uyining modelini yaratish.

Muddati: 6-9 oy.

Guruhdagi bolalar soni: 3-4 nafar.

Har bir o'quvchi o'zining qarashlaridan kelib chiqqan holda "Aqlli uy"ning imkoniyatlarini o'ylaydi: uy modelini quyosh panellari bilan ta'minlash, havo harorati, namlik va CO2 sen-sorlari, harakat sensorlari, eshik va derazalarni avtomatik ochish va yopish, avtomatik yoritish va signal.

Guruhdagi o'quvchilarning fikri birlashtirilgan holda uyning loyihasi chiziladi: uyning dizayni, qavatlar soni, yordamchi binolar va h.k.

Fizika va kimyo fanlari yordamida sensorlarni to'g'ri ishlashi uchun sozlash tajribalari amalga oshiriladi. Me'moriy hisob-kitoblarning aniqligi matematika darslarida tekshiriladi.

"Aqlli uy"ning dasturiy ta'minoti esa albatta informatika darslari yordamida amalga oshiriladi.

Ma'lumki, AKT va Internet resurslari-dan o'quvchilarning ma'lumotlarni olishlari hamda maktab fanlari bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazishda asosiy vosita sanaladi. ePIRLS tadqiqoti boshlang'ich va ijtimoiy sohalarga tegishli mavzularni o'z ichiga olgan, makta-bda o'qitiladigan fanlar bo'yicha beriladigan mashg'ulotlarga yaqinlashtirilgan qiziqarli innovatsion "Ta'limda raqamli texnologiyalar"ni tatbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish imkoniyatlarni o'z ichiga oladi. O'quvchi o'zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkor-lik ko'nkmalarini shakllantiradi.

O'zbekistonda xalqaro baholash dastu-riga tayyorgarlik ko'rish uchun bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi ochildi, boshlang'ich va yuqori sinf o'qituvchilaridan trenerlar tayin-landi, trenerlarga viloyat va respublika miqyo-sida seminar treninglar tashkil etildi, respublika miqyosida onlayn vebinarlar o'tkazildi.

PIRLS 2026 asosiy xususiyatlari:

• to'liq raqamli baholashga o'tishni yakun-laydi;

• talabalar rangli matnlar bo'ylab aylanib chiqishlari va tugmani bosishlari va savollarga javob berishlari mumkin bo'lgan innovatsion interfeysdan foydalanadi;

• simulyatsiya qilingan veb-saytlar asosida PIRLS vazifalarini birlashtiradi;

• uy va maktab kontekstlari haqi-dagi ma'lumotlarni bog'laydi.Talabalar o'qish yutuqlarigacha o'qishni o'rganadilar;

• raqamli baholash jarayoni ma'lumotlarini chuqur tushunishga yordam beradi;

• tasvirlarni avtomatlashtirilgan baholash va qisqa tuzilgan javoblar bo'yicha tadqiqot-larni kengaytiradi1.

STEAM yondashuv tizimida yaratilgan (matematika, fizika, biologiya, kimyo, geo-grafiya, texnologiya) fanlar, bilimlar inte-gratsiyalari asosida shakllangan bo'lib, XXI asr ko'nikmalariga ega, tashabbuskorlik, kreativ, tanqidiy fikrlash orqali liderlik qobiliyatlarini namoyon etadigan, o'z g'oyalarini ilgari sura-digan, dizayn modellarini yaratadigan, jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallaydigan shax-sni shakllantiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomoni-dan tashkillashtirilgan "Prezident maktab"larida o'quv-sinf va laboratoriya xonalar uskunalari bilan jixozlangan, bo'lib robototexnika, sexma-texnika, interaktiv platforma, Arduino platfor-malarida o'quvchilarga foydalanish imkoniyatlari ijodko'rlik, tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan. Bu uskunalar o'quvchilar tomonidan qayta yas-alib, boshqa ko'rinish va vazifani bajarish imko-nini beradi. Zamonaviy talablarga ko'ra STEAM va robototexnika darslari o'zaro uyg'unlikda olib boriladi.

Hozirgi davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan va robototexnika istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi, uning afzalliklari shundaki, robototexnika darslari orqali o'quvchilar quyidagi dasturlardan foy-dalanib, bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar:

- C dasturlash tili;

- Elektronika asoslari;

- Sodda va murakkab sxemalar yasash;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- 3D dizayn va 3D modellashtirish;

- 3D printerdan 3D modellarni chiqarish;

- Arduino dasturlash;

- Tranzistor va mikrochiplar bilan ishlash;

1 Utanbayeva D.A. Ta'limda raqamli texnologiyalarnitadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari. 20-to'plam iyul 2023. https://www.pedagoglar.uz/;

Matsaidova S.X., G'ulomova G.B. Tabiiy fanlarni o"qitishda steam yondashuvning afzalliklari. Maqola. Ijodkor o'qituvchi jurnali, 05.10.2022 yil / 22-son, B.97.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

- qo'shimcha modul va sensorlar bilan ish-lash (RGB, WiFi, PIR, LCD display, RFID);

- mustaqil ravishda turli xildagi Arduino proyektlar yasash1.

O'zbekistonning ushbu tadqiqotda ishtirok etishi ta'lim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga o'quvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda STEM hozirgi kunda jahon ta'limidagi asosiy tendensiyalardan biri-dir. Hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasi dunyo bo'ylab jadal sur'atlarda o'sib bormo-qda. Shu bois, ilm-fan, texnologiya, injinir-ing va matematika fizika- sohalaridagi malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj, aksariyat hollarda, taklifga nisbatan ancha oshayapti. Bu texnologi-yaning jadal rivojlanishi tufayli yangi kasblar paydo bo'layotganligidan dalolat beradi. STEM mutaxassislariga bo'lgan talab hamma joyda o'sib bormoqda. Shuning uchun Avstraliya, Xitoy, Buyuk Britaniya, isroil, Koreya, Singapur, AQSh kabi ko'plab mamlakatlar STEM ta'limida davlat dasturlarini amalga oshiradi-lar. O'zbekistonda ham 2019-2020 o'quv yili-dan boshlab "Prezident maktablari"ning ochili-

shi bunga yaqqol misoldir. STEM ta'limining konsepsiyasi bolalarni, o'quvchilarni texnologik jihatdan rivojlangan dunyoga tayyorlaydi. Bun-dan tashqari o'quvchilarning kompyuter savodx-onligini rivojlantirishi, darsda bilim olishga bo'lgan qiziqishini oshirishi, axborot madaniyat-ini shakllanishi, ularning bilim saviyasini oshishi, past o'zlashtiruvchi o'quvchilarni darsga qiziqi-shi ortishi, o'zini-o'zi baholashi hamda bularn-ing natijasida kelgusi kasbiy faoliyatiga yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlariga olib keladi.

Tavsiyalar. Aniq va Tabiiy fanlarning rivo-jlanishida STEAM va AKT ta'lim texnologiyasini qo'llashda quyidagilarni tavsiya qilaman:

1. Darslarda integratsiyalashtirib o'tgan holda o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini orttirish hamda yangilik yaratish, izlanish va loyi-halashtirish ishlarini amalga oshirish;

2. Darsdan tashqari STEAM to'garaklarni tashkil qilish;

3. Multimedia ilovalardan foydalanish: Elektron darslik va qo'llanmalar hamda robotote-xnika, maxsus dasturlardan foydalanish;

4. Axborot madaniyatini shakllantirish, internetdan to'g'ri va samarali foydalanish.

Adabiyotlar va internet saytlari ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi "Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4199-sonli qarori.

3. Utanbayeva D.A. Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari. // 20-to'plam iyul 2023. https://www.pedagoglar.uz/

4. Omanova M.A. PIRLS xalqaro dasturi asosida 4-sinf o'quvchilarida matnni o'qish va tushunish malakasini rivojlantirish. Tezis. PIRLS xalqaro baholash dasturi: nazariya va tatbiq etish istiqbollari. Xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari. Tohkent, 2020-yil 13.03.

5. STEM Integration in K-12 Education: Status, Prospects, and an Agenda for Research. Copyright 2014 by the National Academy of Sciyences. All rights reserved. http://nap. edu/18612

1 English Learners in STEM Subjects: Transforming Classrooms, Schools, and Lives Suggested citation: National Academiyes of Sciyences, Engineyering, and Medicine. 2018. English Learners in STEM Subjects: Transforming Classrooms, Schools, and Lives. Washington, DC: The National Academiyes Press. doi: https://doi.org/10.17226/25182. http://nap. edu/25182;

Omanova M.A. PIRLS xalqaro dasturi asosida 4-sinf o'quvchilarida matnni o'qish va tushunish malakasini rivojlantirish. Tezis. PIRLS xalqaro baholash dasturi: nazariya va tatbiq etish istiqbollari. Xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari. Tohkent, 2020-yil 13.03.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

6. English Learners in STEM Subjects: Transforming Classrooms, Schools, and Lives Suggested citation: National Academiyes of Sciyences, Engineyering, and Medicine. 2018. English Learners in STEM Subjects: Transforming Classrooms, Schools, and Lives. Washington, DC: The National Academiyes Press. doi: https://doi.org/10.17226/25182. http://nap.edu/25182

7. V.N. Chemekov, D.A. Krilov - Dvorets tvorchestva detey i molodeji, Yoshkar-Ola Mariyskiy gosudarstvenniy universitet, Yoshkar-Ola Statya "STEM - noviy podxod k injyenyernomu obrazovaniyu"

8. Pitt J. Blurring the boundariyes - STEM education and education for sustainable development. //Design and Technology Education: An International Journal. 2009. № 14 (1). S. 37-48. URL: http://ojs.lboro.ac.uk/ojs/index.php/DATE/article/viyew/201/176

9. Reaching new frontiyers in STEM education. / Sasol Inzalo Foundation. 2012. URL: http://www.sasolinzalofoundation.org.za/sasol_inzalo/downloads/Inzalo_ brochure_1332954308300.pdf

10. Zuga K. National Sciyence Foundation. STEM and Technology Education. 2007. http://www.iteyea.org/mbrsonly/Library/WhitePapers/STEM(Zuga).pdf

11. Podvorchan Yuriy Aleksandrovich, pedagog dopolnitelnogo obrazovaniya rukovoditel kompyuternogo klassa «Graff-next». "Opit vnedreniya STEAM-texnologiy v dopolnitelnom obrazovanii" Tomsk - 2016

12. Dmytro Kolomiiyets, Liudmyla Brovchak, Olena Shvets, Yuriy Babchuk "STEAM-LOYIHAI V DIZAYNYeRSKOY DYeYaTYeLNOSTI UChYeNIKOV I STUDYeNTOV" Steam-projects in the Design Activitiyes of Pupils and Students SOCIETY. INTEGRATION. EDUCATION Proceyedings of the International Sciyentific Conference. Volume I, May 25th-26th, 2018. 248-258.

13. Sorokina T.Ye. GBOU shkola s uglublennim izucheniyem angliyskogo yazika №1319, g.Moskva, uchitel informatiki, "OT STEM K STEAM-OBRAZOVANIYu ChYeRYeZ PROGRAMMNUYu SRYeDU SCRATCh".

14. Lozovenko S.V., k.p.n., zam. direktora po dop. obrazovaniyu IFTIS MPGU, "STEM-obrazovaniye kak texnologiya razvitiya tvorcheskix sposobnostey ucha^ixsya" uchitel fiziki litseya 1501 g. Moskvi

15. Ten A. S. Novie trendi v sovremennom obrazovanii. Elektronniy resurs:URL: http:// zkoipk.kz/ru/2016smart3/2541 -conf.html

16. Jumajanova S. Razvitiye STEM-obrazovaniya v mire i Kazaxstane. «Bilimdi yel -Obrazovannaya strana» №20 (57) ot 25 oktyabrya 2016 g.

Internet resurslari:

1. https://lex.uz.

2. https://genderi.org/5-mavzu-xalqaro-baholash-dasturlari-pirls-asosida-bolajak-bosh. html

3. https://www.pedagoglar.uz

4. https://ictschool.uz/steam-tabiiy-fanlar-texnologiya-muhandislik-sanat-va-matematika-fanlarini-uygunlikda-oqitish-uslubi/.

3AM0HABMM TAMMM / COBPEMEHHOE OEPA3OBAHME 2023, 12 (133)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.