Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA TADBIQ ETILADIGAN OPTIMAL XALQARO BAHOLASH DASTURLARI'

BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA TADBIQ ETILADIGAN OPTIMAL XALQARO BAHOLASH DASTURLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

181
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O„zbekiston / boshlang„ich / ta‟lim / baholash / dastur / xalqaro / tajriba / optimal / amaliyot. / Uzbekistan / primary / education / assessment / program / international / experience / optimal / practice.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Onaxon Mannapovna Jabborova

Maqolada O„zbekiston boshlang„ich ta‟limiga tadbiq etiladigan optimal xalqaro baholash dasturlari to„g„risida fikr yuritilgan va mazkur masala bo„yicha muammolar qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article discusses the optimal international assessment programs for primary education in Uzbekistan and highlights the problems on this issue.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA TADBIQ ETILADIGAN OPTIMAL XALQARO BAHOLASH DASTURLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-776-779

BOSHLANG'ICH TA'LIMGA TADBIQ ETILADIGAN OPTIMAL XALQARO BAHOLASH DASTURLARI

Onaxon Mannapovna Jabborova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston boshlang'ich ta'limiga tadbiq etiladigan optimal xalqaro baholash dasturlari to'g'risida fikr yuritilgan va mazkur masala bo'yicha muammolar qayd etilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, boshlang'ich, ta'lim, baholash, dastur, xalqaro, tajriba, optimal, amaliyot.

ABSTRACT

The article discusses the optimal international assessment programs for primary education in Uzbekistan and highlights the problems on this issue.

Keywords: Uzbekistan, primary, education, assessment, program, international, experience, optimal, practice.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonining ijrosi doirasida boshlang'ich ta'lim mazmuni, sifati va samaradorligini xalqaro baholash dasturlari asosida aniqlash isloxotlari amalga oshirilmoqda [1]. Bunday yondashuv boshlang'ich ta'limning rivojini xalqaro standartlar va me'yorlarga moslashtirishdan iboratdir. Shu sababli bu masalada eng optimal halqaro dasturlarni tadbiq etish maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'zbekiston boshlang'ich ta'lim tizimiga halqaro dasturlarni tadbiq etish bir necha tamoyillarga tayanisha maqsadga muvofiq bo'ladi:

- tanlanayotgan halqaro dasturlar nazariy va amaliy sinovlardan o'tgan bo'lishi hamda halqaro darajada e'tirof etilgan bo'lishi kerak;

- halqaro baholash dasturlari ko'p hollarda Yevropa mamlakatlarining ta'lim tajribalariga asosan ishlab chiqilgan, shu sababli ulardan foydalanish korreksion tarzda amalga oshirilishi lozim;

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-776-779

- muayyan boshlang'ich ta'lim tizimiga halqaro baholash dasturlarini tadbiq etish butunlay yangilashni emas, shu tizimni rivojlantirishni nazarda tutishi darkor.

Bugungi kunda boshlang'ich ta'lim nazariyasi va amaliyotida halqaro tushunchasi ba'zida butunlay yangicha yondashuv yoki texnologiya sifatida qabul qilinmoqda. Aslida halqaro baholash dasturlari va umuman halqaro tushunchaga ega me'yoriy xujjatlar amaliy hamda metodik xarakterda bo'lishini unutmaslik lozim. Ayni paytda, muayyan xalqaro dasturni milliy boshlang'ich ta'lim tizimlariga bevosita tadbiq etib bo'lmaydi. Shu sababli mazkur masalada faqat ilmiy-metodik tavsiyalarga tayanish kutilgan samarani beradi.

TADQIQOTNING NATIJALARI

Hozirgi zamon O'zbekiston boshlang'ich ta'limi quyidagi ikki xususiyatni o'ziga uyg'un mujassam etgan: birinchisi, milliy boshlang'ich ta'lim tizimimiz o'ziga xos tajriba va an'analarga ega; ikkinchisi, mazkur ta'lim tizimiga xalqaro baholash dasturlarini joriy etish ana shu tajribaning kuchayishiga olib keladi.

Bizning mazkur yondashuvimizga ko'ra, boshlang'ich ta'limga halqaro baholashning optimal dasturlarini tadbiq etishda milliy tajribaga tayangan holda ish ko'rish maqsadga muvofiq bo'ladi [2]. Bu o'rinda e'tiboringizgi boshlang'ich ta'limga joriy etish mumkin bo'lgan muayyan halqaro dasturlar loyihalari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etamiz.

ERAZMUS. Mazkur dastur Evropa Ittifoqi doirasidagi ta'lim tizimi uchun mo'ljallangan bo'lib, unda G'arbiy Evropa mamlakatlarida yagona ta'limni joriy etish belgilangan. SHu ma'noda mazkur dasturda Evropa Ittifoqi mamlakatlari boshlang'ich ta'lim tizimi umumiy yagona dastur asosida o'qitiladi. Bu dasturning imkoniyatlari shundaki, butun qo'shni mamlakatlarda yagona tipdagi boshlang'ich ta'lim amalga oshiriladi. Shu jihatdan ERAZMUS dasturining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi va unda Respublika boshlang'ich ta'lim tizimini halqaro andozalarga yaqinlashtirish nazarda tutilishi kerak.

LINGVA. Mazkur halqaro dastur boshlang'ich sinflarda xorijiy tillarni halqaro standartlar va me'yorlar asosida o'qitishni nazarda tutadi. Shu sababli mazkur dasturning imkoniyatlari shundaki, milliy boshlang'ich ta'lim o'quvchilari xorijiy tillarni o'rganishda o'zga mamlakatlardagi boshlang'ich ta'lim o'quvchilari bilan yagona yondashuvlar asosida va uzviy dasturlarga ega bo'ladi. Buning natijasida mamlakatimiz boshlang'ich sinf bitiruvchilari xorijlik tengdoshlari bilan xorijiy tilni

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-776-779

o'rganishning teng ko'nikmasiga ega bo'ladi. Bugungi kunda bizning kafedramizda LINGVA xalqaro dasturining imkoniyatlarini o'rganish va undan foydalanish jarayoni kechmoqda.

EVRIKA. Bu halqaro dastur Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ta'lim tizimini muvofiqlashtirishga yo'naltirilgan. Uning boshlang'ich ta'lim yo'nalishida dastlabki o'qitishning butunlay yangi yondashuvlari, texnologiyalari va metodlari alohida belgilab ko'rsatilgan. Unda asosiy e'tibor boshlang'ich sinf o'quvchilarini chinakam ma'noda bilimli qilishga qaratilgan. Shu ma'noda EVRIKA dasturining impkoniyati shundaki, kompyuter kabi texnologiyalarning rivojlanib borayotgan sharoitida 7-11 yoshli shaxslarga o'quv adabiyotlari va eng yaxshi multimediyali texnologiyalar asosida bilim berish ustuvor darajada belgilangan. Bu dastur boshlang'ich ta'lim tizimining didaktikasini muntazam baholab borishda qo'l keladi.

TEMPUS. Ushbu halqaro dastur Umumiyevropaning yagona ta'lim tizimini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lib, unda har bir ta'lim muassasasining faoliyatini reyting asosida baholab borish nazarda tutilgan. Shu jihatdan mamlakatimiz boshlang'ich ta'lim tizimining milliy reytingini yuritishda mazkur halqaro dasturdan foydalanish imkoniyatlari mavjud.

E'tibor berilsa, hozirgi zamon halqaro baholash dasturlari rang-barang bo'lib, ularda asosiy e'tibor ta'limning zamonaviy sifat va samaradorligiga erishishga qaratilgan. Ayni paytda, boshlang'ich ta'limni baholashning halqaro dasturlari sanoqli ekanligini ta'kidlab o'tish joiz. SHu sababli biz YUNESKO ishtirokida boshlang'ich ta'limni baholashning yangicha halqaro dasturlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi.

NATIJALAR

Boshlang'ich ta'limga halqaro baholash dasturlarini joriy etishda quyidagilarga asoslanish kutilgan samarani beradi:

- Milliy boshlang'ich ta'lim tajribalarini saqlab qolish va uni rivojlantirishga asoslanish;

- Milliy boshlang'ich ta'limga halqaro baholash dasturlarini joriy etishda o'ziga xos mental xususiyatlarga tayanish;

- Halqaro baholash dasturlarining eng so'nggi va sinovlardan o'tgan turlarini qabul qilish;

- Boshlang'ich ta'limga halqaro baholash dasturlarini tadbiq qilish mazkur tizimning rivojlanishiga xizmat qilishi shart.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-776-779

Bugungi kunda O'zbekistonda ta'limning har bir bosqichi uchun xalqaro tajribalarni o'rganish jarayoni kechmoqda. Shu jihatdan boshlang'ich ta'limga halqaro baholash dasturlarini tadbiq etish jarayoni yangi ekanligini bu borada o'ziga xos metodologik yondashuvlar ishlab chiqilishi zarurligini va ularning albatta tajriba-sinovdan o'tkazish kerakligini unutib bo'lmaydi.

O'zbekiston boshlang'ich ta'lim tizimi asrlar davomida shakllangan boy tajribaga ega. Bu tajribaga halqaro sinovlarni joriy etish uchun ilmiy asoslangan metodologiyaga tayanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'zbekiston boshlang'ich ta'lim halqaro baholash dasturlari joriy etishning mezonlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu mezonlarda ko'p turli halqaro dasturlarning eng yaxshilari va samaradorlarini tanlab olish asoslari, mexanizmlari va talablari belgilab qo'yilishi kerak. Buning bilan biz milliy boshlang'ich ta'lim tajribamizni halqaro dasturlarga uyg'unlashtirish yo'lidan borishga erishamiz. Mazkur yondashuvda YUNESKOning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish va tanlanayotgan halqaro baholash dasturlari ekspertizasida mahalliy olimlarning faolligidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim tizimi rivojlanish xususiyatiga ega bo'lganligi uchun har qanday qo'shimcha va korreksiyalarni qabul qilmoqda. Bu xususisiyat keyinchalik milliy tajribalarning ustuvor kelishiga olib keladi.

Boshlang'ich ta'limga halqaro baholash dasturlarini tadbiq etish monitoringi yo'lga qo'yilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. // www.ziyonet.uz

2. Bardovskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika. -SPb. 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.