Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za
"O'ZBEKISTON UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA NEMIS TILI O'QITILISHIDA GERMANIYANING ,,KLETT VERLAG" NASHRIYOTI DARSLIKLARDA BERILGAN MATNLAR TAHLILI
Zarifa Mahmudova
ChDPU 2-kurs magistranti Ilmiy rahbar: Prof., f.f.n. X.R.Raximov
ANNOTATSIYA.
Ushbu maqolada Germaniyaning ,,Klett-Verlag" nashriyoti tomonidan yaratil-gan nemis tili darsliklarini O'zbekiston umumta'lim maktablariga joriylanishining ayrim masalalari, shuningdek mamlakatimizda nemis tilini o'rganish holati haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Adaptatsiya, didaktika, metodika, lingvistik soddalashtirish, ijtimoiy shakl, traditsiya;
ABSTRACT
This article talks about some issues of the introduction of German language textbooks created by the German publishing house "Klett-Verlag" to general education schools of Uzbekistan, as well as the state of German language learning in our country.
Keywords: Adaptation, didactics, methodology, linguistic simplification, social form, tradition;
KIRISH
Xalqimizda ,,Til bilgan- el bilar" degan maqol bejizga aytilmagan deb o'ylayman. Darxaqiqat, inson bir yoki bir necha xorijiy tilni o'rganish orqali nafaqat tilni balki, mazkur xalqning madaniyatini, urf-odati, tarixi bilan birgalikda, uning ta'lim tizimini, siyosatini ham o'rganishi mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda ham chet tilni o'rganish jadallashdi va o'qitishni samarali yo'lga qo'yish uchun salmoqli ishlar olib borilmoqdi. Shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19- maydagi "Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 312-sonli qaroriga asosan bosh-lang'ich sinflardanoq chet- tilini o'rganish joriy etildi. [1;45]. Bugungi kunda nemis -tilini o'rganayotgan yoshlar ko'pchilikni tashkil qilib, ular tilni mukammal o'rganib, Germaniya haqidagi bilimlarini ham chuqurlashtirib kelishmoqda. Albatta, bunda o'quv materialining o'rni juda muhimdir. Aynan shu ma'noda xorijiy tillarni o'qitish
April 23-24, 2024
79
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
borasidagi yangi tadbirlardan bin o'zbek maktablarida Germaniyaning Klett nashriyoti chiqargan nemis tili darsliklar majmuasini moslashtirilgan xolda ishlatila-yotgani dolzarb masalaga aylandi. Ushbu darsliklar orqali o'zbek o'quvchilari Ger-maniya haqida juda ko'plab muhim tarixiy, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid didaktik materiallar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Darsliklar nafaqat o'quvchi uchun, balki o'qituvchi uchun ham maqsadga samarali erishishda, dars jarayonini mukammal tashkil etishda ko'makchi vazifasini o'taydi.
Darslik 1-11 sinflar uchun „O'quvchi kitobi", (Kursbuch), ,,Mashq daftari (Übungsheft) hamda „O'qituvchi kitobi" (Lehrerhandbuch) lardan iborat. Darsliklar va o'quv materiallarini o'quv jarayoniga samarali moslashtirish yuqori tajriba va yetarlicha vaqtni talab qiladi. Moslashtirishning yutuq va kamchiliklari asosan o'qitish va o'rganish vaqtida, ya'ni undan foydalanilayotgan paytda aniqroq namoyon bo'ladi. Hamma auditoriya ham materialdagi mashqlarni, topshiriqlarni maqsad qi-lingandek o'rgana olmaydi. Bunda o'qituvchining mahoratiga yondashiladi. Aynan o'qituvchi o'quvchilarning maqsadini anglay oladi, ehtiyojini tushunadi. Shunday ekan, o'qituvchilarga darslikdan foydalanish paytida o'zining ham variantlarini o'quvchi ehtiyojiga qarab shakllantirish maqsadga muvofiq bo'lishligi tavsiya qi-linadi. Bundan maqsad darsning yanada maqsadli guruhga mos keltirish, jonli va qiziqarli bo'lishiga erishiladi.
Chet tili darsliklari dolzarb mavzularni o'z ichiga olgan bo'lishi va o'quvchilarning shaxsiy qiziqishlariga asoslangan bo'lishi lozim. Darsliklarni mos-lashtirishda ularning qaysi maqsadli guruhga mosligi, qaysi daraja uchun mo'ljallanganligi, qaysi turdagi sinov shakli uchun qanday bilim va ko'nikma beradi va darslik davomida qanday o'quv maqsadlarga erishish mumkinligiga alohida e'tibor berish lozim.
O'quv darsliklari moslashtirish 2 turga bo'linadi:
□ darslikni tahlil qilish;
□ darslikni tanqid qilish.1
Darslikdagi matnlar tahlili
O'zbekiston umumta'lim maktablartida o'rganib kelinayotgan Germaniyaning Klett nashriyoti darsliklari o'quvchilarga tilni va uning grammatikasini o'rgatish bilan bir qatorda, mamlakatning va u yerdagi ijtimoiy hayot haqida ham axborotlarni taqdim etadi. O'quvchilar darslik orqali davlatning tarixini, madaniyatini o'rganishyapti. Barcha javoblar umumiy bo'lgan bir narsa bor: mintaqaviy tadqiqotlar nafaqat aholi soni kabi maqsadli madaniyat haqidagi faktlar, balki qadriyatlar,
1 6. Authentizität in Lehrwerken, eine Analyse von vier Lehrwerken für Deutsch und Schwedischunterricht
April_23-24,_2024_
80
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
e'tiqodlar, makon va vaqt tushunchalari va munosabatlar haqida hamdir. Mintaqaviy tadqiqotlar maqsadli til madaniyati haqida bilim berishni istaydi va bu nafaqat faktik bilimlarni, balki ijtimoiy, siyosiy, tarixiy va geografik kontekstlarni tushunishga im-kon beradigan va o'quvchiga odamlar o'rtasidagi xatti-harakatlar va fikrlash usul-larini va ijtimoiy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan bilimlarni beradi.
Klett darsliklarida ham o'quvchilar mintaqashunoslik bo'yicha Germaniyaning tarixi, ijyimoiy hayoti, madaniyatini o'rganib kelishmoqda. Har bir sinf darsligida. 7-sinf ,,O'quvchi kitobi" ning 10- bo'limi ,,Aus alten Zeiten" deb nomlanadi. Mavzu-da Germaniya tarixida mavjud bo'lgan ritserlar haqida matnlar, rasmlar bilan ma'lumot berilgan2.
Darslikda o'quvchilar o'tmishda ritsarlar qanday ko'rinishda bo'lganliklari ni suratlar orqali tasavvurga ega bo'ladilar. So'ngra matndan tarix, ritsarlar xaqida qisqacha ma'lumot oladilar. Matn orqali o'quvchilar nafaqat o'rta asrlarda Germa-niyada insonlar qanday va qayerda umr kechirganlari bilan tanishadilar, balki ularda vatanni himoya qilish tuyg'usi yanada oshadi. Bunda ular ritsarlarga, o'sha paytdagi qaxramonlarga o'xshashni xoxlashadi.
Darslikda o'quvchilar tarbiyaviy ahamiyatga ega obrazlar olish bilan bir qatorda, ming afsuski ba'zi berilgan matnlar bu fikrimizga qarshi chiqishini ko'rishimiz mumkin. Buning misoli o'laroq 11-sinf „Aspekte Junior" o'quvchi kitobi 7-bo'limdagi „Zusammen" mavzusida keltirilgan matnda ko'rishimiz mumkin. Unda yozuvchi Werner J. Eglining ,,Aus den Augen, aus dem Sinn" romanidan parcha berilgan. Asarda qiz va yigit munosabatlari haqida so'z boradi. Yuqorida berilgan parchada ularning suhbati berilgan. Suhbat davomida ular sevgi ( Liebe) , sog'inish (sich sehnen) , ajralish (Trennung)3 kabi mavzularda suhbatlashishgan. Bu mavzu-
2 „Die Deutschprofis" A2.2, Kursbuch, Klasse 7, Toshkent ,,0'zbekiston" 2022 -y
3 Aspekte Junior" Kursbuch mit Audios und Clips online , B 1+,Klasse 11, Toshkent, ,,0'zbekiston" 2022 -y
April 23-24, 2024
81
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik ^amvnaviyfilologiya^aJingvodid^
lar o'smir yoshiga yetgan o'quvchilar bilan birgalikda o'qish biroz noqulaylik tug'diradi. Chunki o'zbek qizlari bunday mavzuni o'qituvchi bilan, bundan tashqari sinfdosh o'g'il bolalar bilan o'rganish ham bizning urf-odatimizga, madaniyatimizga to'g'ri kelmaydi. Bizning o'zbek qizlarimizga xos hayo va ibo nafaqat oilada, balki ta'lim jarayonida ham o'z aksini topishi lozim
Yana bir matnga diqqatimizni qaratsak. Bu matnda ham huddi yana shunday xalqano urf odatlarimizga mos kelmaydigan xolat mavjud bo'lib, unda o'smir qizning ota-onasi bilan muammosi yoritilgan.
Matnda quyidagicha jumlalar mavjud: ,,Ich bin 15 und bin ich total verliebt. Dennis ist mein erster Freund und wir unternehmen natürlich außerhalb der Schule viel miteinander. Oft ist er auch bei uns zu Hause. Aber meinen Eltern gefällt das überhaupt nicht. Besonders mein Vater mag Dennis überhaupt nicht. Ich weiß eigentlich nicht so richtig, was er gegen Dennis hat. Ich glaube, er kann sich nicht daran gewöhnen, dass ich erwachsen bin werde und einen Freund habe. Er denkt, halt, ich bin für eine Beziehung zu jung. Aber ist doch nicht zu früh, mit 15 einen Freund zu haben, oder? Ich brauche ihn doch und ich mag ihn sehr "
Birinchidan o'zbek xalqida farzandlar o'z munosabatlarini ota - onalari bilan kamdan-kam xollarda bo'lishishadi, bu ayniqsa qiz va ota o'rtasida deyarli sodir bo'lmaydi ham. Matnda 15 yoshli qizning yigit do'stiga his-tuyg'ulari, ochiq-oydin aks etilgan, bunda otasining qarshiligi unga yoqmasligi haqida ham gapirib o'tilgan. Bundan tashqari Yevropa mamlakatlarida do'stining uyiga tashrif buyurishlari va bu ota-onadan to'g'ri qabul qilinishi odatiy xol. Bizning ijtimoiy hayotimiz buni to'g'ri qabul qilmaydi.
Xulosa qilib aytganda, darslik o'quvchilarga nemis tilida didaktika, lingvistika,
April 23-24, 2024
82
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
grammatika sohalaridagi bilimlarni berish bilan birga, o'quvchi yoshlarga aks ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan, g'arb mamlakatlariga taqlid qilishdagi xavaskorlikni ham uyg'otishi mumkinligini taxmin qilishimiz mumkin. Shunday ekan darslikdan foydalanishda uni adaptatasiya( moslashtirish) ni to'gri yo'lga qoyilishi lozim.
REFERENCES
1.,,Die Deutschprofis" A2.2, Kursbuch, Klasse 7, Toshkent ,,O'zbekiston" 2022 -y
2.Aspekte Junior" Kursbuch mit Audios und Clips online , B1+,Klasse 11, Toshkent, ,,O'zbekiston" 2022-y
3.Authentizität in Lehrwerken, eine Analyse von vier Lehrwerken für Deutsch und Schwedischunterricht
4. https://fledu.uz/uz/
5. https://deutsch-lernen.zum.de/wiki/Adaption_eines_Lehrwerkes
83
April 23-24, 2024