Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za
GYOTE IJODIDA "FAUST" ASARINING O'RNI
Sug'diyona Norqo'zi qizi Tursunova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi talabasi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada nemis adabiyoti durdonalaridan biri - Yohann Volfgang Gyotening "Faust" fojiyasi va bu asaming tarjimaviy talqinlariga munosabat bildirgan tarjimonlarning fikri, shu bilan birgalikda tarjima ilmi va san'ati badiiy adabiyotimizda muhim o'rin tutishi haqida so'z boradi.
Kalit so'z: Asarning yaratilishi , badiiy ijod, tarjima san'ati, badiiy til, mutaxasislar fikri, tarjimashunoslik.
Germaniyaning buyuk shoiri, atoqli mutafakkir va olim Gyote butun dunyoni hayratga solgan shaxslardan biridir. Gyotining ijodi bilan birinchi tanishuvim o'smirlik davrimda qalbda ajib bir tuyg'ularni uyg'otgan "Faust" asari bo'lgan. Doktor Faust haqida afsonalar juda ko'p bo'lgan. U teatr, spektakllarning qahramoni juda ko 'p mualliflar o'z kitoblarida uning obraziga murojaat qilgan. Ammo Gyote qalamiga mansub hayotiy bilimlarning abadiy mavzusiga bag'ishlangan Faust haqidagi drama dunyo adabiyotining eng qimmatbaho durdonalardan biridir. "Faust" eng mashhur asar bo'lib, doktor Faust afsonasining eng mashhur variantini o'z ichiga olgan falsafiy drama hisoblanadi. Gyote o'z hayotining 60 yili davomida "Faust" g'oyasi ustida ishlagan. Birinchi qism 1790-yillarda yozilgan, 1806- yilda tugatilgan, ikki yil o'tib nashr etilgan va ijodkorning o'zi tomonidan bir necha marta qayta bosilgan. Asarning ikkinchi qismini Gyote keksaygan yillarda yozgan. Bu qism shoir vafotidan keyin dunyo yuzini ko'radi va bu asar ritmi, ohangdorligi tufayli "Faust" nemis she'riyatining namunasidan biri bo'lgan.
Badiiy tarjimaning hayotimizdagi o'rni: Badiiy tarjimaning hayotimizdagi, tarbiyaviy, siyosiy g'oyaviy va estetik ahamiyati, ma'rifatparvarlik roli yil sayin oshib bormoqda. Natijada ko'plab asarlar o'zbek tiliga tarjima qilindi. Shu asarlar ichida Gyotening asari ham bo'lib badiiy tarjima adabiyotimizning go'zal namunasidir. Tarjimonlik bo'yicha ijodiy mahsulotlarning badiiy sifati va ilmiy saviyasini ko'tarish yo'lida ulkan amaliy tadbirlarni amalga oshirishga to'g'ri keladi. Filologiya fanlar doktori, keksa yozuvchi va mohir tarjimon Korney Chukovskiy o'zining "Tarjima san'ati" nomli mashhur asariga quyidagi rus xalqi maqolini ep igraf qilib olgan edi: "Tarjima xuddi xotinga o'xshaydi: to'g'ri bo'lsa - chiroyli emas,
April 23-24, 2024
170
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za
chiroyli bo'lsa to'g'ri emas". Bu maqol tarjima san'atining siyosiy xususiyatini, uning zamiridagi mavjud ziddiyatni juda to'g'ri aks ettirgan, Shu tarzda tarjimonlarni chiroyli va sifatli tarjima qilishga undagan ijodkor. Bizningcha chiroyli va sifatli asar mukammal asar hisoblanadi. Shuni ham aytish joizki, rus adabiyoti tarjimachilik borasida ham jahonda eng yuqori pog'onada turuvchi adabiyotlardan biridir. Rus tarjimachiligi ko'p xalqlar uchun maktab bo'la oladigan tarixga ega. Xorijiy adiblarning asarlarini bevosita haqiqiy tilidan tarjima qilishga o'tish masalasini tezroq ijobiy hal qilish uchun jiddiy kurashish bilan bir qatorda, rus tili orqali tarjima qilish ishni yanada yaxshilash, bunday tarjimalar sifatini oshirish, ularni asl nusxaga tenglashtirishning samarali yo'llarini ham qidirib topish lozim. Ma'lumki, Y. Gyote, F.Shiller, H.Hayne, H.Mann, aka-uka Grimmlar kabi nemis shoir va yozuvchilarining asarlari ham ruscha tarjima tufayli o'zbek kitobxonlariga yetib kelgan. Shu tariqa aynan bir asarning turli xil tarjimalari bo'lishi, nafaqat o'sha asarning balki adibning ham jahon miqyosida tutgan o'rnini ko'rsatib beradi."Faust" tragediyasi shu kabi asarlar sirasiga kirishini aytib o'tdik, bu asar shu kungacha 80 dan ortiq tilga tarjima qilinib kelinmoqda. Bu asarni ilk bor Erkin Vohidov o'zbek tiliga tarjima qilgan. Ammo bu asar tezda o'zbek tiliga tarjima qilinib qolmadi, negaki asliyat tilini bilmagan tarjimon tarjima uchun bu tragediyaning ruscha tarjimasini asos qilib oladi. Bu asarni Erkin Vohidovdan oldin Cho'lpon, Oybek, Maqsud Shayxzoda kabi ijodkorlarimiz ham o'zbek tiliga qisman
o'girishgan, lekin Erkin Vohidov bu asarni to'liq o'zbek tiliga o'girgan birinchi ijodkordir.
Tragediya syujeti:Asar muallif hayotining ko'plab ko'tarishlari va pasayishlari bilan bog'liq bo'lgan va u bilan uzoq vaqt birga bo'lmagan yoshlikdagi do'stlariga bag'ishlanishidan boshlanadi. Keyingi qismida esa teatr direktori, shoir va komik aktyor o'rtasida suhbat bo'lib o'tadi. Unda qahramonlar yuksak she'riyatning haqiqiy maqsadi, omma talablariga moslashtirish muammosini, muvaffaqiyat va mashhurlik bilan yuqori san'atning uyg'un kombinatsiyasiga qanday erishish mumkinligini muhokama qiladi. "Osmondagi prolog" qismida "osmon, yer, do'zax" muammosi rivojlanadi. Bu yerda asosiy qahramonlar: Xuso, Mefistofel, Arxangellar, Faust nomi ham birinchi marta esga olinadi. Zulmat egasi Mefistofel bilan suhbatda Xudo Faustni eng sodiq va ishonchli qulning namunasi sifatida keltiradi. Bunga javoban Mefistofel olimning asl mohiyatini ochib berish majburiyatini oladi va uning g'ayratini aslida harakatlari uchun mukofot olish istagi izohlaydi. Shunda Xudo Mefistofelga butun Yer yuzidagi lazzat va vasvasalar bilan Faustni sinab ko 'rishga va o'zgarmas sadoqatiga amin bo'lishga ruxsat beradi. Olim tun va kunni xafagarchilikda, o'zining fikrlaridan qiynalib o'tkazadi. Uzoq umri davomida Faust
April 23-24, 2024
171
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH
ko'p narsalarni o'rganadi, ammo u barcha bilimlarga qaramay, "ahmoq bo'lib qolganini" tushunadi. Shogirdi Vagnerdan farqli o'laroq, Faust cheksiz sir -asrorlarga to'la inson ongi va ilmi - fan imkoniyatlari, tabiat va butun koinot oldida nochorligini tushunadi. Faust baxtsiz, chunki uning butun hayoti behuda edi va haqiqatni bilib olishga bo'lgan barcha urinishlari behuda ketadi. Ammo kunlarning birida qora it Mefistofel ko'rinadi va Faust oldida talaba kiyimida paydo bo'ladi. Vagnerdan farqli o'laroq, noma'lum mehmon ancha aqlli va idrokli edi. Faust bilan suhbatda u baxtsiz olimni qiynayotgan muammolarning tubiga to 'xtaladi. Mefistofel odamning nochorligini va inson taqdirini mazah qiladi. Shu tariqa voqealar rivoji shiddatli va keskin davom etadi.Gyotening o'zi asarning sahnalarini "juda jiddiy hazillar" va "qiziqarli va har xil narsalar sodir bo'ladigan teatr, hayotga yaqin bo'ladi" deb ta'kidlagan. Farishtalar yaratilgan olamning shon - sharafini kuylayotgan Mefistofel kuladi: u sayyoralarning uyg'unligi, Quyosh va oyning g'zalligi haqida o'ylamaydi, faqat odamlarning tashvishlari va azoblarini ko'radi. Uning fikricha, inson yaratilishi xatodir. Xudo va Mefistofel o'rtasidagi garovda shayton g'alaba qozonganida , uning g'alabasi shunchaki inson ruhini qo'lga kiritishdan ko'ra ko'proq narsani bildiradi: bu aslida insonning dunyoga uyg'unlashish imkonini rad etishni anglatadi. Faust, hozirgi zamon personaj misolida, inson taqdirini, o'z mavjudligining ma'nosini izlashga majburdir. "Qanday yashashim mumkin?"- Bu uning hayot asosini tashkil etadigan savol bo'ladi. Faust hayotning ma'nosini uchta sohada topishga harakat qiladi: sevgi, go'zallik, va ish. Ammo Faust ushbu yo'nalishlarda olib borgan barcha yutuqlarda ikki yoqlama belgilar paydo bo'laveradi.Birinchi bo'lib sevgi maydonini qarasak, Faust sevadi, ammo uning urinishi fojia, Margaritani yo'q qilish bilan tugaydi. Go'zallik sohasini Troyadan Yelenani izlash va olib kelish tajribasini aniqlaydi. Ammo, bu tajribada, mutlaq go'zallik abadiylik o'rtasidagi sintezga bo'lgan urinish muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Yelena yo'qoladi va ularning o'g'li halok bo'ladi. Balki u baxtini ishdan topar? Biroq, ish orqali kuch va mulkka ega bo'lish haqiqati tushkunlik va ohangdorlikka asoslangan, urush orqali amalga oshiriladi va zo'ravonlik , vayronagarchilik bilan birga keladi. Dengizdan yer tortib olishda esa Faust, xalqning farovon kelajagini taxmin qiladi, bu esa keksa juftlik Filemon va Bavkidaning nohaq o'limi bilan yakunlanadi.
Xulosa qilib aytganda, Faustga achinamiz. Biz bunda bir kishining muammosini, dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirmoqchi bo'lgan, ammo umidsizlikka uchragan olimning muammosini ko'rishimiz mumkin. Deyarli butun hayotini o'z foydasi uchun yoki bu shafqatsiz dunyoda qandaydir mavjud bo'lishga harakat qilish uchun emas, balki, uning atrofidagi dunyoni anglash, uni o'rganish va boshqalarning
April 23-24, 2024
172
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdavjat^edagogi
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
m
baxti uchun o'z kuchini sarflaydigan odamning muammosi ana shu edi .Lekin bir kuni qahramon hamma narsa behuda ekanligini anglab yetadi. Bu asar orqali inson o'zini o'zi tarbiyalaydi va ko'p narsalarni anglaydi. Asarning syujeti orqali voqealar rivoji ajoyib tarzda ochib berilgan. Bu asarni o'zbek tiliga tarjima qilingan nusxasi bilan boshqa tildagi nusxalari bilan qiyoslab o'qish ham maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Negaki bu nusxalar orqali asarning qay daraja tarjima qilinganligiga e'tibor berib, tarjima asarlarni o'qish va qiyoslashni o'rgansa bo'ladi.
1. Gyote Y.V. Faust.1972.E.Vohidov tarjimasi;
2. Saidov A. Qiyosiy adabiyotshunoslikka kirish _ Toshkent, G ' . G'ulom nashriyoti,2020;
3. Salomov G'. Tarjima nazariyasiga kirish, - T, O'qituvchi 1978;
4. Gyote I.V. FaustM 1980. N.MXolodkovskiy tarjimasi;
5. Yusupova , S " So'z durlarini termoqdir ishi: O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bibliografik sharh";
6. Rahimov X. "Gyotening "Faust" fojiasi o'zbek tilida".
REFERENCES:
173
April 23-24, 2024