Научная статья на тему 'MUSHFIQ KOZIMIYNING “QO‘RQINCHLI TEHRON” ROMANIDA PORTRET TASVIRI'

MUSHFIQ KOZIMIYNING “QO‘RQINCHLI TEHRON” ROMANIDA PORTRET TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
83
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
portret / badiiy asar / tasvir / badiiy obraz / personaj / tashqi ko‘rinish. / portrait / artistic work / image / artistic image / character / appearance.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Asqarova, Dilobar

Ushbu maqolada zamonaviy fors adabiyoti durdonalari tarjimalarida portret tasvirining berilishini tadqiq qilish maqsadida Mushfiq Kozimiyning “Qo‘rqinchli Tehron” romani tahlilga toritilib, portretlar tasviriga oid misollar orqali ko‘rib chiqildi. Mazkur maqolada asar qahramonlarining tasviri uning asliyat matni va tarjima matnini o‘zaro chog‘ishtirish orqali o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PORTRAIT PICTURE OF MUSHFIQ KOZIMIY IN THE NOVEL "TERRIFYING TEHRAN".

In this article, Mushfiq Kozimi's novel "Terrible Tehran" was analyzed in order to study the depiction of portraits in the translations of modern Persian masterpieces, and it was examined through examples of portraits. In this article, the image of the heroes of the work was studied by comparing its original text and the translated text.

Текст научной работы на тему «MUSHFIQ KOZIMIYNING “QO‘RQINCHLI TEHRON” ROMANIDA PORTRET TASVIRI»

о

MUSHFIQ KOZIMIYNING "QO'RQINCHLI TEHRON" ROMANIDA

PORTRET TASVIRI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10336239

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy fors adabiyoti durdonalari tarjimalarida portret tasvirining berilishini tadqiq qilish maqsadida Mushfiq Kozimiyning "Qo'rqinchli Tehron " romani tahlilga toritilib, portretlar tasviriga oid misollar orqali ko'rib chiqildi. Mazkur maqolada asar qahramonlarining tasviri uning asliyat matni va tarjima matnini o 'zaro chog'ishtirish orqali o 'rganildi.

Kalit so'zlar: portret, badiiy asar, tasvir, badiiy obraz, personaj, tashqi ko 'rinish.

Аннотация. В данной статье проанализирован роман Мушфика Козими «Страшный Тегеран» с целью изучения изображения портретов в переводах современных персидских литературных произведений на узбекский язык, а также рассмотрены примеры портретов. В данной статье образ героев произведения исследован путем сравнения его оригинального и переведенного текста.

Ключевые слова: портрет, художественное произведение, образ, художественный образ, персонаж, внешность.

Abstract. In this article, Mushfiq Kozimi's novel "Terrible Tehran" was analyzed in order to study the depiction of portraits in the translations of modern Persian masterpieces, and it was examined through examples of portraits. In this article, the image of the heroes of the work was studied by comparing its original text and the translated text.

Key words: portrait, artistic work, image, artistic image, character, appearance.

Badiiy adabiyot va san'at badiiy asar shaklida yashaydi, shunga ko'ra, badiiy asar adabiyot va san'atning yashash shakli hisoblanadi [1,76]. Shuning uchun, badiiy asaming asosiy mezonini badiiylik tashkil qiladi. Asardagi badiiylik uning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Badiiylik - san'atning ham joni, ham ruhi

Dilobar ASQAROVA,

TDSHU 1-kurs magistranti,

Toshkent, O'zbekiston Telefon: +998 94 619-02-92; E-mail: dilobar.asqarova.2000@gmail.com

ekan, uni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalardan biri — badiiy obrazdir [2, 32]. Demak, badiiylikning markazida badiiy obraz turadi. Badiiy obrazning yaratilishida hamda maromiga yetkazib tasvirlanishida muallifning o'rni, ya'ni uning bilim va saviyasi, ijodkorligi, so'z boyligi muhim omillardan hisoblanadi.

Adabiyotshunoslikda «badiiy obraz» atamasi ham keng, ham tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda «badiiy obraz» deganda, borliqning san'atkor ko'zi bilan ko'rilgan va ijodiy qayta ishlangan har qanday aksi jonivorlar, narsa-buyumlar, hodisalar, tabiat obrazlari nazarda tutilsa, tor ma'noda badiiy asardagi inson obrazi tushuniladi. Obrazga bevosita yozuvchining o'zi tomonidan berilgan ta'rif «muallif xarakteristikasi» deb yuritiladi. Muallif xarakteristikasida obrazning fe'l-atvoriga xos asosiy xususiyatlar bayon qilinadi. Muallif xarakteristikasi o'quvchida personaj haqida yaxlit tasavvur hosil qilib, uning keyingi xatti-harakatlarini, gap-so'zlarini anglashida muhim ahamiyat kasb etadi. Personajning so'z bilan chizilgan tashqi qiyofasi - portret ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi. Portret, avvalo, personajning o'quvchi ko'z oldida konkret inson sifatida gavdalanishiga ko'maklashadi. Ikkinchi tomondan, badiiy asarda portret xarakterologik belgilarga ega bo'ladi. Ya'ni yozuvchi personaj siyratiga xos xususiyatlarni suratida aks ettirishga intiladi [1, 68-69]. Badiiy asar haqida so'z borar ekan, unda qahramon tasviri muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, asarning tushunarli, shuningdek, ta'sirli bo'lishi uchun o'quvchi ongida, avvalo, obraz mantiqiy jihatdan shakllangan bo'lishi joiz. Bu jihatdan, portret tasviri yozuvchi o'z maqsad-muddaosini yetkazishda yordamchi vazifasini o'taydi.

"Portret (fr. portraire - tasvirlamoq) personajning so'z vositasida tasvirlangan tashqi ko'rinishi (qiyofasi, jussasi, kiyimi, yuz-ko'z ifodalari, tana holati va harakatlari, qiliqlari), o'quvchi tasavvurida jonlanadigan to'laqonli inson obrazini yaratish va uning xarakterini ochish vositalaridan biri. Portret epik asarning kompozitsion unsuri bo'lmish tavsifning bir ko'rinishidir" [3, 836]. Demak, badiiy asardagi portret tasviri asarni mukammal bo'lishi uchun bir vosita hisoblanar ekan. Shu bilan birga, tarjimon ham tarjima qilinayotgan asarning ruhini his eta olishi, muallifning dunyoqarashini to'la anglab yetishi ham muhim. Chunki, asliyat matnini o'qigan kitobxon kabi tarjima matnini o'qiyotgan o'quvchi ham u kabi asardan lazzatlanishi kerak.

Ushbu maqolada portret tasvirini yoritish maqsadida mavzuga tegishli o'zbek, rus, fors tillariga oid tadqiqot ishlari, maqola, asarlarga murojaat qilindi. Mazkur maqolada Mushfiq Kozimiyning "Qo'rqinchli Tehron" romanining forschasi va uning o'zbekchaga qilingan tarjimasi tahlilga tortilib, asardagi portret tasviri o'zaro chog'ishtirildi.

Shuningdek, maqolani yozishda LG'ofurovning "Tarjima nazariyasi" [4], G'.Salomovning "Til va tarjima" [5], D.Quronovning "Adabiyotshunoslikka kirish" [1], H.Umurovning "Adabiyotshunoslik nazariyasi" [2] kabi bir qator olimlarning kitoblaridan foydalanildi.

Badiiy asarda bayon etiladigan portret tasviri ushbu badiiy asarning mohiyatini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Chunki, ushbu omil yozuvchining naqadar ijodkorligi, uning badiiy tasvir vositalaridan nechog'lik unumli foydalana olganini belgilab beradi. Shu bilan birga asar tarjimonidan ham juda mahoratli bo'lish, so'zga ustalik, ham o'zbek tilini, ham o'z tarjimonligini olib boradigan tilini mukammal bilishi talab etiladi. Roman va qissa kabi katta yoki o'rta hajmdagi nasriy asarlarda qaxramon xarakteri, uning ruhiyati, botiniy hayoti va ichki kechinmalarini ochib berish uchun yozuvchida imkoniyat va vaqt ko'proq bo'ladi [6, 392].

Tarjima qilinadigan muallif va uning asari bilan tarimon o'rtasida til topishish bo'lishi zarur. Bunda til topishish deganda, muallifning o'ziga xosliklarini va muayyan asarning badiiy xususiyatlarini teran anglash va shunga yarasha jarayonni tashkil etishni tushunamiz. Tarjima qilinadigan muallif va uning asarini tarjimon sevgandagina, uning o'z o'quvchisiga katta ma'naviy foyda keltirishini bilgandagina til topish juda katta ijodiy foyda keltiradi [4, 115].

Tarjimon uchun so'z tanlashning mashaqqati yana ham ko'proq. Chunki, u asarni o'z tiliga ag'darar ekan, unda tasvirlangan narsani ifodalash uchun yigirmatalab so'zlar orasidan o'zi istaganlarini ishlata olmaydi. Masalan, biron sohibjamol qizning tasvirini yaratishda tarjimon asar doirasidan chetga chiqolmaydi. Ehtimol, tarjimon yozuvchi ishlatgan so'zlarga nisbatan tamomila boshqacha: soddaroq, jonliroq, musiqiyroq so'zlar vositasi bilan sohibjamol qiz portretini yanada nafisroq qilib yarata olishi mumkindir, ammo u bunday qilolmaydi. Tarjimon faqat avtor ifodalagan fikrni o'z tiliga haqqoniy qayta tiklash doirasida so'z tanlash erkinligiga ega. Agar tanlangan so'z asl nusxadagi so'zga muvofiq tushsa, o'sha so'zning mag'zida yashirinib yotgan ma'no bizning tilimizda tiriladi, aksincha, agar unga to'liq muvofiq bo'lmasa, fikrni noaniq va mujmal qilib qo'yishi mumkin [5, 166].

Namuna sifatida, yigirmanchi asr Eron nasrining yorqin namoyondasi Mushfiq Kozimiyning "Qo'rqinchli Tehron" romanidagi portret tasvirlarini keltirish mumkin.

Yozuvchi ushbu romanda XIX-XX asrlardagi ahvolni mukammal ochib bera olgan. Asarda o'sha davrdagi tuzum, oddiy xalqning turmush tarzi, yashash sharoiti, xalqning boshidan o'tkazayotgan qiyinchilik va azob-uqubatlari to'laqonli yoritib berilgan. Mushfiq Kozimiy ushbu romanda Eronda Qojarlar hukmronlik davrining oxiri va Pahlaviy hukmronligining dastlabki davrlarida yuz bergan vaziyatni yoritib

bergan. Adibning portretlar tasvirini ifodalashida ham har bir elementni hisobga olgan va o'sha davr ruhiyatini kitobxonga yetkazib bera olgan. Shu bilan birga, tarjimon ham yozuvchining uslubini saqlab qolishga intilgan va buning uddasidan chiqa olgan desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Said Murtazo Mushfiq Kozimiyning "Qo'rqinchli Tehron" romani ikkita kitobdan iborat bo'lib, uning birinchi kitobini fors tilidan o'zbek tiliga taniqli adib G'afur G'ulom tarjima qilgan. G'afur G'ulom iste'dodli yozuvchi bo'lganligi sabab asarni o'zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan bo'lib, asarning tarjimasi ham xuddi asli kabi o'zbek kitobxonlari tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

Romanda muhtojlik va ochlikdan qiynalgan, oilasini boqish uchun qing'ir yo'llarga ham kirishga tayyor bo'lgan asar qahramonlaridan biri Javodning portret tasviriga e'tibor qaratsak:

Asliyat: ^¿IJ oOï y j Jj LjjlL ¿Ljy j I i^y <jLl ¡>j^l ¿y! jj ¿yy^L

Tarjimasi: Qahvaxonadagilar turli-tuman kishilardan iborat bo'lib, diqqat bilan qaragan odam bu yerda eng pastki tabaqa va kasb-kordagi vakillarni topishi mumkin edi. Ularning ko 'pchiligi har yer-har yerda davra qurib, choy ichmoqda, yo nayaki qilmoqda yoki suhbatlashmoqda edi. Faqat bir kishigina bir burchakka qisilib, hayolga cho 'mgan holda papiros chekar,gapga aralashmas edi. Bu yigirma besh yoshlarga kirgan, bug'doy rang, chaqnoq ko'zli yigit edi. U jilmaygan chog 'ida yupqa lablari ostidan ikki qator oppoq tishlari ko 'rinib ketardi, lekin bu tabassum uning hazing qiyofasiga uncha yarashmaganday tuyilardi. Uning engil-boshi to 'zigan va isqirt bo 'lib, qattiq muhtojlikka tushib qolganidan darak berardi. U hayol daryosiga g'arq bo'lib o'tirar ekan, atrofidagi narsalarni payqamayotganga o'xshar, faqat ahyon-ahyonda tevarakka ko'z tashlash uchun boshini ko 'tarardi-yu, yana hayolga tolardi[8:5-6].

Birgina shu parchaning o'zini o'qishimiz bilanoq, darhol o'sha davmi tasavvur qila olishimiz mumkin. Yuqoridagi parcha boshdan oyoq tasvirdan iborat desak ham bo'ladi. Yozuvchi portretni tasvirlashdandan avval, "Cholemaydon" qahvaxonasi, undagi odamlar va ularning holatini tasvirlagan. Yozuvchi ularning tashqi qiyofasini detallarigacha tasvirlamagan bo'lsada, umumiy tasvirdan bu qahvaxonaga nochor va

kambag'allardan boshqa odamlar kirmasligi ko'rinib turibdi. Personajlardan biri bo'lgan Javod ham ular kabi kambag'alligi portret tasvirida yaqqol namoyon bo'ladi. Yozuvchi portret tasviri bilan birgalikda uning ruhiyati, ichki kechinmalari, ayni damda o'ychan holda tashvishlari bilan ovora ekanligini aniq ko'rsatib bera olgan.

Tarjimon ham asliyatdagi tasvirni huddi yozuvchi singari yaqqol namoyon eta olgan. G'afur G'ulom romanda aks ettirilgan tasvirlarni asliyatdagi kabi berishning uddasidan chiqqan. Eng asosiysi, tarjimon so'zma-so'z tarjima qilmagan bo'lsada, tasvirni yaqqol bera olgan va yozuvchining uslub doirasidan chetga chiqmagan. Tarjimon asardagi personajlar tasvirini o'zbek kitobxonlariga tushunarli tarzda xalqchil tilda tarjima qilgan. Tarjimon asarni uslubiy jihatdan g'alizliklarsiz tarjima qilishga harakat qilgan, ammo hech bir tarjima asar to'laligicha qusursiz tarjima qilinmaydi. Tarjimon ham ba'zida ma'lum bir so'zlarni tarjima qilmay, ba'zan ma'nosini tushunmay tushirib qoldirishi mumkin. Shunga qaramay, tarjimon yozuvchi aks ettirmoqchi bo'lgan o'sha davrdagi vaziyatni, ya'ni asarning ruhini saqlab qolishga ma'lum darajada erisha olgan. Shu o'rinda yana bir personaj tashqi qiyofasining tasviriga e'tibor qaratsak:

Asliyat: ^JJjjIj ChájJ ^-¡Luîi* j lJ-j ^j.jL L cSjj -j Jj

JjL aJjtt£ JJJL ^-oLLj <J ljjx. oL-uI ^JL-j (_fjj J ailL (_fjJJL jl JL tjL' ¿_¿LulLj

jjj ji fi4JLL j ru, ^>[7:12-13].

Tarjimasi: Notanish yigit rangpar yuzli, qo'ng'ir jingalak sochli, qora ko'zli, ingichka va qirra burunli edi. Uning egnida sardoriy1 deb ataladigan qora kamzul, boshida "kulohi nizomiy" deb ataluvchi qora namat kuloh bor edi. Bu yigitga diqqat bilan qaragan odam uni bu mahallalik bo 'Imaganligini va bu yerga aniq bir tilak bilan kelganini anglardi; uning birinchi qarashdayoq ko 'zga tashlanadigan oppoq paxtaday qo'llari va o'zini ulug'vor tutishi uning aslzodalar xonadoniga mansub ekanidan darak berardi[8:10].

Yuqoridagi parchada kambag'allar yashaydigan mahallaga bir aslzoda yosh yigitning kelganini tasviri berilmoqda. Uning portreti tasviri orqali ham yigitning bu mahallada yashamasligi ko'rinib turibdi. Haqiqatdan ham, faqirlar yashaydigan mahallaga biror aslzoda kelsa, uning tashqi ko'rinishidan bilinadi. Insonning tashqi qiyofasi uning tang ahvoldaligi yoki aslzodaligidan darak berib turadi. Tarjimon bu yosh aslzoda yigitni tasvirini xuddi yozuvchi tasvirlagani kabi tarjima qilganiga qaramay, biroz o'zgarishlar kiritgan. Yozuvchi yigitning sochlari to'q qizil, ya'ni qo'ng'ir tusda deb tasvirlagan, ammo jingalak sochli demagan tarjimon esa, portret

1 Erkaklarning uzun belburma kamzuli

tasvirida uni qo'ng'ir jingalak sochli deb tasvirlagan. Badiiy asar tarjimasida bu tabiiy hol, chunki, asliyatdagi ba'zi tasvirlarni to'la namoyon etish, o'quvchini zerktirmaslik, badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalanish tarjima jarayonidagi muhim omil hisoblanadi va bu bevosita tarjimonning ijodkorligi, so'z tanlash mahorati bilan ham bog'liq hisoblanadi.

Xulosa. Portret tasvirining badiiy asarlarda aks ettirilishini Said Murtazo Mushfiq Kozimiyning "Qo'rqinchli Tehron" romani va uning G'afur G'ulom tarjimasini chog'ishtirish orqali bir qancha xulosalarga kelindi. Avvalo, tarjimashunoslik sohasida ushbu masalada amalga oshiriladigan ishlar, jumladan, ilmiy tadqiqotlar bugungi kunda dolzarb ekanligiga guvoh bo'lamiz. Yuqorida kuzatilganidek, tarjimon eng avvalo, ikki tilni mukammal bilishi lozim. Shuningdek, ona tilini mukammal bilishi tarjimani asliyatdagidek, hatto undanda muvaffaqiyatli tarjima qila olishi uchun zamin yaratadi. Tarjima jarayonida tarjimon yozuvchining uslubini ham saqlashi, shu bilan birga tarjimada g'alizlikni oldini olishi uchun tarjimaga biroz ijodiy yondasha olishi kerak. G'afur G'ulom ushbu romanni mohirlik bilan tarjima qilgani tufayli ushbu asar kitobxonlar qalbidan joy oldi desak, adashmagan bo'lamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

[1] - Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. - 226 b.

[2] - Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. - 264 b.

[3] - Jo'rayeva M., Tojaliyeva N. "Judolik diyori" romanida portret tasviri // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, №3(2) , 2023. - 836 - 841 b.

[4] - G'ofurov I., Mo'minov O., Qambarov N., Tarjima nazariyasi. - Toshkent: Tafakkur bo'stoni, 2012. - 214 b.

[5] - Саломов F. Тил ва таржима. - Тошкент: Фан, 1966. - 380 б.

[6] - Abdullayeva D.S. Adabiyotshunoslikda badiiy psixologizm tushunchasi va masalaning tarixi // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, №1(6) , 2021. - 385 - 393 b.

[7] -.V — ^'jj^j' ^iljlnisl jlujl^i jljgj j^nu

[8] - Козимий М. Куркинчли Техрон. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2017. - 655

б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.