O'TKIR HOSHIMOVNING "DUNYONING ISHLARI" QISSASI TARJIMASIDA MILLIY XARAKTERNING QAYTA
YARATILISHI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7460958
Otabek TO'LAGANOV,
TDSHU 2-kurs magistranti, Toshkent, O'zbekiston.
Tel: +998977574566;
E-mail: OtabekTo'[email protected]
Annotatsiya: Mazkur maqola O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi tarjimasida milliy xarakterning qayta yaratilishi xususida bo'lib, tarjimashunoslikda badiiylikning faqat o'zi emas, balki uning tarjimada qay darajada berilganligi, soddaroq aytganda, yozuvchining mahorati emas, tarjimonning mahorati masalalari ko'rib chiqiladi. Asar badiiyati va u bevosita bog 'liq bo 'lgan asar tili, ya 'ni yozuvchi uslubining tarjimada to 'laqonli berilishi bilan bog'liq masalalar tadqiq etiladi.
Kalit so'zlar: milliy xarakter, yozuvchi mahorati, tarjimon mahorati, yozuvchi uslubi.
Аннотация: В данной статье будет рассмотрено воссоздание национального характера в переводе рассказа Уткира Хашимова «Произведения мира». Изучается художественность произведения и непосредственно связанный с ним язык произведения, то есть вопросы, связанные с полной передачей стиля писателя в переводе.
Ключевые слова: национальной характер, стиль писателя, язык произведения
Abstract: This article is about the re-creation of national character in the translation of O'tkir Hashimov's short story "Works of the World". will be considered. The artistry of the work and the language of the work, which is directly related to it, that is, issues related to the full rendering of the writer's style in the translation, are studied.
Key words: national character, writer's skill, translator's skill, writer's style.
O'zbek kitobxonlarining javonidan munosib o'rin olgan "Dunyoning ishlari" 1 qissasi dunyoning bir qancha tillariga, jumladan turk tiliga ham
Hoshimov O'., "Dunyoning ishlari" -T.: 2005.- 208 b.
276
(Mohir Unlu tomonidan) tarjima qilingan2. Ushbu asar o'zbekona milliylik chuqur singdirilgan asar hisoblanadi. "O'tkir Hoshimovning tili, jonli o'zbek tili, asar yozish uslubi esa shaharda, qishloqda, fabrikada va dalada mehnat qilayotgan o'zbek xalqining nutq uslubidir, - deb yozadi asarni turkchaga o'girgan tarjimon Mohir Unlu, - asar mavzusi ham xalq hayotidan olingan, qahramonlari o'zbeklar, ruslar, lo'lilar, qisqasi, O'zbekistonda yashayotgan oddiy insonlardir. Shuning uchun ham o'zbek xalqi yozuvchining asarlarini sevib o'qiydi"3.
Tarjimashunos olim E. Ochilov shunday yozadi: "Badiiy asarda tasvirlangan milliy xususiyatlarni tarjimada ham aynan saqlab qolish kerakmi yoki o'zgartirish - tarjima tili mansub xalq yashayotgan zaminga ko'chirish kerakmi degan masala hali-hanuz o'zining uzil-kesil yechimini topmagan. Bunday deyishimizning sababi realistik tarjima nazariyasi u yoki bu xalqning milliy obidasi ekanligi nuqtai nazaridan har qanday asarda o'z tasvirini topgan milliy xususiyatlar tarjimada ham aks etishi shart deya bu borada qat'iy xulosa chiqarib qo'ygan bo'lsa-da, tarjima amaliyotida hanuz o'zboshimchaliklar, o'z xohishiga qarab ish tutishlar, allaqachon voz kechilganiga qaramay, milliylashtirib tarjima qilishlar oz bo'lsa-da, uchrab turibdi" 4.
Asardan keltirilgan quyidagi parchaga e'tibor qaratamiz: "Goho-goho osmonda birdan yulduz uchib qolardi. Hozirgina yonib turgan yulduz to'satdan lop etardi-yu, ingichka, nurli iz qoldirib g'oyib bo'lardi" [1,6]. Ushbu ikki jumla turkchaga chiroyli qilib o'girilgan. O'zbek va turk xalqlarining bir tabiat hodisasiga o'xshash tarzda ishonishi unda aks etgan: "Arada bir gökyüzünde bir yildiz kayardi. O anda yanip duran yildiz uzakta bir parlardi da incecik, parlak bir iz birakarak kaybolurdu "[2,15].
O'.Hoshimov asarlarida milliylik ko'p hollarda realiyalar vositasida aks ettiriladi: "Atrof jimjit. Faqat olisda it akillaydi. O'tov keragasidan shom yegan oy mo'ralaydi" [1,204]. Bu yerda o'tov, keraga so'zlari realiyalardir. Parcha turkchaga quyidagicha o'girilgan: "Etraf sessiz. Yalniz, uzakta bir köpek uluyordu. Qadirin kafesli penceresinden ak§am dogan ayin nuru igeri süzülüyordu"[2, 202]. Kelib chiqishiga ko'ra turkiy
2 Ha§imov Ötkir, Dünyanin í§leri, Türkiye Türkgesine Qeviren: Mahir Ünlü, Bilgeoguz Yayinevi, istanbul, Mart 2014, 206 s.
3 O'sha asar, S.13
4 Ochilov E., Tarjimashunoslikning nazariy masalalari. -T.: 2014, 105-b.
so'z hisoblangan "o'tov" so'zi hozirgi zamon turk tilida "çadir" deyiladi. Shuning uchun tarjimon uni "çadir" deb to'g'ri tarjima qilgan.
Original asar badiiyati, milliy o'ziga xosligining tarjimada qayta yaratilishi haqida so'z borganda, avvalo badiiylik, badiiy adabiyot tili (uslub), asarning badiiy xususiyatlari nima ekanligini aniqlab olish kerak bo'ladi. Adabiyotshunoslikda badiiylik atamasiga quyidagicha ta'rif beriladi: "Badiiylik - keng ma'noda san'atning ijtimoiy ong shakllarining boshqa turlaridan farq etishini ko'rsatuvchi tushuncha bo'lib, uning asosida voqelikni obrazlar vositasida aks ettirish yotadi.
Badiiyliksiz san'at bo'lmaganidek, obrazli aks ettirishsiz badiiylik ham yo'q. Tor ma'noda esa estetik jihatdan bir san'at asarining yuksak saviyasini ifodalaydi, ya'ni asar mazmuniga mutanosib badiiylik elementlarining mujassamlashishini anglatadi. Shuning uchun ham badiiylik masalasini asarning faqat shakliy jihatlari bilan bog'lab qo'yish to'g'ri emas. Badiiylik asar mazmuniga asardagi barcha badiiy tasviriy vositalarning mos kelishidan iborat. Bunday mutanosiblik ijodkorning mahorati va ijodiy tajribasi, asar mazmunining g'oyaviy barkamolligi, asardagi badiiy haqiqatning badiiy haqiqat matiqiga mos kelishi va h. bilan bog'liq"5. Tarjimashunoslikda badiiylikning faqat o'zi emas, balki uning tarjimada qay darajada berilganligi, soddaroq aytganda, yozuvchining mahorati emas, tarjimonning mahorati masalalari ko'rib chiqiladi. Asar badiiyati va u bevosita bog'liq bo'lgan asar tili, ya'ni yozuvchi uslubining tarjimada to'laqonli berilishi bilan bog'liq masalalar tadqiq etiladi.
Milliylik tabiat tasviri va boshqa turli badiiy vositalar bilan omuxta holda bir olam mazmun ifoda etib, muallifning mahorati, o'ziga xos uslubini namoyon etadi: "Ertalab yomg'ir yoqqan edi. Darvozaning temir panjaralarida suv tomchilari yaltiraydi. Ko'lmakda quyosh jilolanadi. Muzdek tutqichdan ushlagancha turib qoldim. Bir tomonda tilovat sadosi, bir tomonda alla... Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad etmas, ikkalasi qo'shilib bahor nafasiga to'lgan osmonda, qabriston yo'lkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi: "Rabbano-o-o, rabbano-o-o..." "Allayo, alla..."[1,203]. Tarjimon ushbu
5 XpTaMOB H., CapHMCO^OB E., AgaÔHëTmyHOC^HK TepMHH^apHHHHr pycna-y36eKna roox^H ^yrara, TomKeHT, "YwyBHH", 1983, 353-6.
parchani o'girar ekan, uning tub-tubida yotgan ichki mazmunni ilg'aydi: "Sabahleyin yagmur yagmiçti. Mezarlik kapisinin demir parmakliklarinda su damlalari parliyordu. Yerde gôllenmiç sularda güne§in parlak içiklari aksediyordu. Buz gibi kapi kolunu tutup kaldim. Bir tarafta Kur'an-i Kerim tilaveti, bir tarafta ninni... Hayret, bunlar birbirine zarar vermiyor, birbirini reddetmiyor, ikisi birleçip bahar havasiyla dolan gókyüzünde, mezarlik içindeki patikalarin kenarinda püskül çikaran kavaklarin üstünde kanat çirpiyorlardi: "Rabbena, amenna..." "Ninni, ninni..." [2,201].
Badiiy til asar mazmunini ro'yobga chiqaruvchi yagona vosita hisoblanadi. Har qanday asar o'z mazmuni, tili (uslubi), sodda yoki murakkab poetik sintaksisiga ega bo'lishi, so'zlarning ko'chma ma'noliligi jihatdan turli saviyada yozilgan bo'lishi mumkin. "Badiiy til ijodkorning g'oyaviy-badiiy maqsadini to'la ro'yobga chiqargandagina, u asarning tili badiiy kamolotga yetgan hisoblanadi"6. Boshqacha aytganda, badiiy til yozuvchining asar yozishda o'z oldiga qo'ygan niyatiga yetgan taqdirdagina barkamol hisoblanadi. Bu yerda badiiy til deganda bevosita badiiy uslub nazarda tutiladi. Tarjimada badiiy til xususiyatlarining berilishi deganda ham yozuvchi uslubining tarjimada qayta yaratilishi, undagi muammolar tushuniladi. Yozuvchi chuqur his etgan voqelikning obrazlar vositasida mukammal tarzda aks ettirilishi badiiylikning mohiyatini tashkil etadi.
Tabiat tasviri aks etmagan mukammal badiiy asar bo'lmaydi. "Badiiy asar tili inson qalbini butun murakkabliklari bilan yo'g'rilgan holda tabiat manzaralariga hamohang tarzda aks ettiradi" 7. Muallif haqiqiy ijodkor bo'lsa, obrazni ona tabiat bilan birga, doimiy uyg'unlikda tasvirlay oladi. Yaxshi tarjimon esa muallif uslubiga sodiq qolib, tasvirni adekvat qayta yaratish uchun butun kuchi, bilimi, iste'dodini ishga solishi lozim.
Badiiy asarda tabiat tasviri va interer muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, ijodkor insonni u hayotda har doim hamnafas b o'lgan tabiat bilan birga, doimiy uyg'unlikda tasvirlaydi. Tabiatga xos barcha xususiyatlar, uning go'zalligi-yu injiqliklaridan bahra olib, unga shaydo bo'lib yashash, ilhomlanish faqat insonga xos. Tabiatning betakrorligi insonda, uning ruhiyatida aks etadi. Yozuvchi va shoir badiiy so'z vositalaridan, rassom
6 O'sha asar, 353-6eT
7 XpTaMOB H., CapHMCO^OB B., Aga6HëTmyHOC^HK TepMHH^apHHHHr pycna-y36eKna h30X^H ^yrara, TomKeHT, "YKHTyBW, 1983, 375-6eT.
xilma-xil bo'yoqlardan foydalangan holda tabiatni o'z asarlarida aks ettiradi. Shu bois hech bir badiiy asarni tabiat, atrof-muhit tasvirisiz tasavvur qilish mumkin emas. "Agar ilmiy asarlar tili umumlashgan tushunchalarni anglatsa, badiiy asarlar tili tabiat manzaralarini va inson qalbini butun murakkabligi bilan aks ettiradi. ... so'z san'atkori hayotning hamma qirralarini tasvirlaydi. ... badiiy adabiyot mazmunni obrazli til vositasida aks ettiradi" 8. O'. Hoshimov asarlarida ham O'zbekistonning betakror tabiatini badiiy san'atlardan foydalangan holda tasvirlanganini ko'ramiz. Tabiat manzaralari tasviri ijodkorning badiiy mahoratini namoyish eta oladigan muhim omillardan biri sanaladi. Chunki tabiat manzaralari tasvirida ijodkorning so'z boyligi, so'zlarni qo'llash darajasi, o'zi qalamga olayotgan makonga munosabati va boshqa jihatlari ayon ko'rinadi.
Ma'lumki, ko'pchilik ijodkorlar asarlarini tabiat tasviri, xususan, voqea sodir bo'ladigan joyni tasvirlash bilan boshlaydilar. Ba'zi yozuvchilar esa tabiatni tasvirlar ekan yaqinda yuz beradigan voqea haqida oldindan xabar beradilar. Ana shu an'anaga sodiq qolgan o'zbek yozuvchisi ham asarning ilk sahifalaridanoq ona tabiatga xos manzarani tasvirlash orqali kitobxonni asarga olib kiradi. Masalan, yozuvchi yulduzlar to'la aksi osmonni obrazlar vositasida quyidagicha tasvirlaydi: "Keyin yirik-yirik yulduzlar bilan to'lgan osmonga tillaqoshdek ingichka oy suzib chiqardi. Oyim oyga tikilib turib ohista pichirlar edi..."[ 1,6]. Jumlaning obrazli asosini tashkil etgan "yirik-yirik yulduzlar bilan to'lgan osmon..." birikmasi to'la badiiy obrazlilik kasb etadi. Bunda yozuvchi voqelikni badiiy aks ettirish, kitobxon ruhiyatiga ta'sir ko'rsatish maqsadida badiiy vositalardan foydalangan. Tasvirda bir qarashda milliy o'ziga xoslik anglashilmasligi mumkin. Chunki, "yirik-yirik yulduzlar bilan to'lgan osmonga ingichka oyning suzib chiqishi" umumiy tasvir. Faqat oy "tillaqosh" (ayollarning tilladan yasalgan yoki tilla suvi yugurtirilgan, peshonaga taqiladigan bezak buyumi9)ga o'xshatilgani bilan milliylik kasb etadi. Turk tarjimoni bu nozik o'xshatishni so'zma-so'z o'giradi (altin bir ka§ gibi). Holbuki, turk kitobxoni bundan muayyan bir tasavvur olsa-da, "o'zbek ayollari taqadigan tilladan yasalgan yoki tilla
8 O'sha asar, 375-6.
9 ymn, 177-6.
suvi yugurtirilgan, peshonaga taqiladigan bezak buyumi"ni xayoliga keltirmaydi: "Sonra piril piril yildizlarla dolan gokyuzunde incecik altin bir ka§ gibi ay gorunurdu. Annem ayakta, aya bakarak yava§ga fisildardi... "[2,15]
Xulosa shuki, har qanday mukammal badiiy asar milliylikka yo'g'rilgan bo'ladi. Tarjimada ana shu milliylikning adekvat bera olinganligi esa tarjimaning sifati va saviyasini belgilaydi. Tabiat tasviri ijodkor badiiy mahoratini namoyon etuvchi muhim omillardan sanaladi. Chunki manzaralar tasvirida ijodkorning so'z boyligi, uni qo'llash darajasi, qalamga olingan makonga munosabati yuzaga chiqadi. "Dunyoning ishlari" qissasida O'zbekiston tabiatini qanchalik san'atkorona tasvirlagan bo'lsa, tarjimon ham buni ishonchli qayta yaratishga muvaffaq bo'lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
[1] - Hoshimov O'., "Dunyoning ishlari" -T.: 2005.- 208 b.
[2] - Ha§imov Otkir, Dunyanin t§leri, Turkiye Turkfesine Qeviren: Mahir Unlu, Bilgeoguz Yayinevi, Istanbul, Mart 2014, 206 s.
[3] - Ochilov E., Tarjimashunoslikning nazariy masalalari. -T.: 2014, 105-b.
[4] - Хртамов Н., Саримсоков Б., Адабиётшунослик терминларининг русча-узбекча изошли лугати, Тошкент, "Укитувчи", 1983, 353-б.
[5] - Akhmedova, D. R. (2016). Some stylistic features of persian adjectives in a metaphorical meaning in newspaper texts. Paradigmatapoznani, (4), 27-29.
1. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.
2. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.
3. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.
4. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).
5. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.