Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA ILK TARJIMA NAMOYONDALARI'

O‘ZBEKISTONDA ILK TARJIMA NAMOYONDALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1012
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy tarjima / portret / obraz / tarjimonlik an’analari / tarjimada qayta yaratish konsepsiyasi. / artistic translation / portrait / image / traditions of translation / the concept of recreation in translation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saydaliyeva, Gulnoza

Badiiy Tarjimaning asosiy xususiyati tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi. Til badiiy asarda estetik hodisa, san’at faktiga aylanadi. Adabiy asar tili – alohida «badiiy voqelik» unsuridir. Obraz va portretni qayta yaratadi. Tarjimon asardagi voqealarning badiiy tafakkur jarayonini yangidan idrok etishi, bu tarjimonning mahorati hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FIRST EXAMPLES OF TRANSLATION IN UZBEKISTAN

The main feature of artistic translation comes from the artistic function of language. Language becomes an aesthetic phenomenon, a fact of art in a work of art. The language of a literary work is a separate element of "artistic reality". Recreates image and portrait. Therefore, the translator's ability to perceive the artistic thought process of the events in the work anew is the translator's skill.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA ILK TARJIMA NAMOYONDALARI»

O'ZBEKISTONDA ILK TARJIMA NAMOYONDALARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7455035

Gulnoza SAYDALIYEVA,

TDShU o'qituvchisi, Toshkent, O'zbekiston.

Tel: +99893 5680202; E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Badiiy Tarjimaning asosiy xususiyati tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi. Til badiiy asarda estetik hodisa, san 'at faktiga aylanadi. Adabiy asar tili - alohida «badiiy voqelik» unsuridir. Obraz va portretni qayta yaratadi. Tarjimon asardagi voqealarning badiiy tafakkur jarayonini yangidan idrok etishi, bu tarjimonning mahorati hisoblanadi.

Kalit so'zlar: badiiy tarjima, portret, obraz, tarjimonlik an 'analari, tarjimada qayta yaratish konsepsiyasi.

Аннотация. В статье рассматриваются особенности художественного перевода, исходящие из художественной функции языка. Язык в художественном произведении превращается в эстетическое явление, воссоздаёт образ и портрет. Умение переводчика по-новому воспринять художественный мыслительный процесс событий в произведении есть мастерство переводчика.

Ключевые слова: художественный перевод, портрет, образ, традиции перевода, концепция воссоздания в переводе.

Abstract. The main feature of artistic translation comes from the artistic function of language. Language becomes an aesthetic phenomenon, a fact of art in a work of art. The language of a literary work is a separate element of "artistic reality". Recreates image and portrait. Therefore, the translator's ability to perceive the artistic thought process of the events in the work anew is the translator's skill.

Key words: artistic translation, portrait, image, traditions of translation, the concept of recreation in translation.

Tarjimashunoslik bizning o'lkamizda anchadan beri ilg'or rivojlanib kelayotgan yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Birgina, Ma'mun akademiyasi Dor ul-Hikmatda Sharq tarjimonlik maktabi faoliyat ko'rsatgan. Unda markaziy osiyolik olimlar bilan arab, fors, hind, yahudiy, turk, yunon olimlari birgalikda faoliyat ko'rsatib, shu jumladan, tarjimonlik ishlariga ham rahbarlik qilganlar. Mazkur tarjimonlik maktabi sa'y-harakatlari tufayli antik madaniyat namunalari arab tiliga o'girilib, butun Sharqda keng yoyilgan. Xususan, Aristotel va Aflotun asarlari Ibn Sino, Farg'oniy tarjimalari orqali bizgacha yetib kelgan. Bundan ming yillar ilgari Ibn

Rushd, Ahmad Farg'oniy, Marvoziy, Abu Rayhon Beruniy va shu kabi ulug' olimlarimiz dunyoga mashhur asarlarini yaratish bilan birga, tarjima ishlari bilan ham shug'ullanishgan. Beqiyos poliglot bo'lgan vatandoshimiz Beruniy bir qancha kitoblarni hind tilidan arab tiliga tarjima qilgan. Uning maqsadi o'z xalqini ilmga, madaniyatga, ma'rifatga chorlash, boshqa xalqlar durdona asarlari bilan tanishtirish edi. Beruniy asl nusxani buzib tarjima qilganlarni tanqid qiladi va uni o'zining «Hindiston» nomli kitobida bir necha bor uqtirib o'tadil.

XIX-XX asrda tarjima asarlarni yaratish borasida ilk qadamlarni o'zbek yozuvchilaridan Cho'lpon, G'afur G'ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Askad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Ali kabi adib va shoirlarimiz boshlab berdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ular nafaqat badiiy tarjima balki o'zlarining badiiy asarlarini ham samarali ijod qilganlar. Shuningdek badiiy tarjima sohasida M.Osim, N.Alimuhamedov, Sh.Shomuhamedov, K.Qaxxorova, O.Sharopov, Sh.Tolipov, V.Ro'zimatov, Q.Mirmuhamedov, A.Rashidov, M.Hakimov, I.G'afurov, M.Mirzoidov, G'.To'rabekov va b. professional tarjimon sifatida tanilganlar. O'zbek tilida ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar tarjimachiligida ham katta yutuqlarga erishilgan. Bunda R.Abduraxmonov, V.Rahimov, Sh. Shomahmudov, Z.Tincherova kabi tarjimonlarning hissasi katta2.

Badiiy Tarjimaning asosiy xususiyati tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi. Til badiiy asarda estetik hodisa, san'at faktiga aylanadi. Adabiy asar tili — aloxida «badiiy voqelik» unsuridir. Obraz va portretni qayta yaratadi. Shuning uchun tarjimon asardagi voqealarning badiiy tafakkur jaraenini yangidan idrok etish bu tarjimonning mahorati hisoblanadi. Zamonaviy Tarjima talablariga asosan tarjimon asliyatning san'at asari sifatida shakl va mazmun birligini kayta yaratishi, milliy va individual xususiyatlarini saklashi lozim. Tarjimon o'z ona tilini rivojlanishiga, tarjimachilik an'analarini davom ettirishga, shuningdek, o'zga tildan qilingan tarjimadagi milliy o'ziga xoslik, madaniy yaxlitlikni ona tiliga olib kirib uni boyishiga kitobxonda o'zga madaniyat vakillariga bo'lgan

1 Fанишер Рахимов. Таржима назарияси ва амалиёти. -Тошкент: 2016, 23, бет.

2 https://qomus.info/encyclopedia/cat-t/tarjima-uz/

qiziqishni ortishiga katta xizmat ko'rsatadi. Tarjimonning ijodiy qobiliyati va bilimi uning imkoniyatlarini kengaytiradi.

O'tgan asrimizning 50 yillarida tarjima ravnaq topgan davrlar desak mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekistonda faoliyat olib borgan tarjima maktablari bo'yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari orasida Rossiyada yaratilgan ishlardan Ye. O. Semenes va A. N. Panaevning «Istoriya perevoda [Srednevekovaya Aziya, Vostochnaya Yevropa (XV-XVIII veka)]» (1991), N. K. Garbovskiyning «Teoriya perevoda» (2004), I.S.Alekseyevaning «Vvedenie v perevodovedenie» (2004), S.B. Veledinskayaning «Kurs ob^ey teorii perevoda» (2010), O'zbekistonda yaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlardan O. Mo'minovning «History of translation» (2005), Yevropa olimlari tomonidan yaratilgan Savory T. «The Art of Translation» (1968), Nida A. «Towards a science of translating» (1964), Johnston D. «Stages of Translation» (1996), Newmark P. «About translation» (1991) kabi tarjima tarixiga bag'ishlangan kitoblar tarjimonlik faoliyati rivojlanishining bosqichlarini, ushbu faoliyatning insoniyat rivojlanishida tutgan o'rnini yaqqol ko'rsatib beradi3.

1950-1963 yillarda tilimizda ko'plab ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar tarjimasi nashr etildi. Bizda mafkuraviy jihatdan qat'iy nazar, rus tilidan o'zbek tiliga ijtimoiy-siyosiy asarlar tarjimasi bo'yicha katta tajriba to'plandi. Istiqlol yillarida, aksincha, o'zbek tilidagi ijtimoiy-siyosiy asarlarni xorijiy tillarga tarjima qilish kuchaydi. Milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi asosida yaratilgan asarlar tarjimalarini ilmiy jihatdan o'rganish va tadqiq qilish bugungi kun tarjimashunoslik fanining dolzarb vazifalari sirasiga kiradi. O'zbek tarjimashunosligida ijtimoiy-siyosiy asarlar tarjimasi masalasi bir qator ilmiy ishlarda o'z aksini topgan. Jumladan, bu sohada o'zbek tarjimashunoslik maktabining asoschisi G'.Salomovning "Matn, tarjima va istiloh" 4 kitobini, maqolalarini misol qilib keltirish mumkin. Bularning barchasi ijtimoiy-siyosiy asarlar tarjimalari muammolari bizda ozmi-ko'pmi tadqiq etilganidan dalolat beradi. G'.Salomov o'zining "Matn, tarjima va istiloh" kitobida tarjima jarayoni va tarjima san'atini tadqiq etishning tipologik, mantiqiy va lisoniy aspektlarini tahlil qilib bergan 5 . Bu asarda narsa va hodisalarning

3 Fанишер Рахимов. Таржима назарияси ва амалиёти. -Тошкент: 2016, 34, бет.

4 Саломов F. Матн, таржима ва истилох. Т. : 1989.

5 Саломов F. Матн, таржима ва истилох. Т. : 1989. 15

hamjinsligi, mushtarakligi, monandligi, farqi va tafovuti, sog'lom va nosog'lom ma'no xususidagi ilmiy tushunchalar tarjima nazariyasi va amaliyotiga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, qo'llanmada tarjima, usul, uslub va tahrir texnikasi hamda mahorati va uni egallash yo'llari, ilmiy istilohlarni tahlil etish va saralash masalalari muxtasar holda yoritilgan. F. Saidovning "Matn va tarjima" mavzuidagi dissertatsiyasi vorisiylik va istilohot, tarjimada lisoniy me'yor, soddalik va murakkablik mayllari, matn talqini va tarjima, ekvivalentlik va g'ayrimuqobillik, in'ikos va asliyat qonunining tarjimaga dahldorlik jihatlari, muallif va mutarjim, asliyat bilan tarjimaning o'zaro nisbati va munosabati, badiiy tarjimadan farqli o'laroq, ilmiy va ilmiy-publitsistik tarjimaning o'ziga xosligi, aniqlik va erkinlik, shuningdek, hijjalab o'girishning zarari, tahlil va tadqiqotda mantiq va tarjima, qayta yaratish san'atida turli lisoniy qatlamlardan foydalanish zarurati hamda shu singari bir talay masalalarni yoritishga bag'ishlangan.

Tarjima nusxa ko'chirish kabi bir ish bo'lmay, ijodiy jarayon ekanini, tarjimon esa asl matnni tarjima matnga o'zgartirish jarayonidagi mohir yozuvchi bo'lishi kerakligini barcha tarjimonlarga oydindir. Turli davrlarda muayyan hududdagi adabiy muhit, ayniqsa, maxsus tarjima maktablarining yuzaga kelganligining o'ziyoq uning shakllangan tamoyillari, an'analari bo'lganligini ko'rsatadi.

Bugungi kunda har bir taraqqiy etgan xalq jahondagi yuzlab millat vakillari tilidan o'z ona tiliga ilm-fan va madaniyatning o'nlab sohalariga oid materiallarni (lirik she'rlar, xabarlar, texnologiya adabiyoti va b.) tarjimalari amalga oshib kelmoqda.

Tarjimonning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, asl matnda hayot voqealaridan olgan mushohadalarini tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asliyat matnini yangi til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqelikning muallif darajasida puxta bilishi kerak. Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida Tarjimaning ta'siri katta bo'ladi, zero tarjima o'z tarixiga egadir. O'zbek adabiyotida ham tarjima qadimdan rivojlangan. Mahmud Koshg'ariy, Rabg'uziy, Qutb, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy kabi yozuvchilarimiz ijodida tarjima katta o'rin egallaydi6.

6 https://qomus.info/encyclopedia/cat-t/tarjima-uz/

Qisqa qilib aytganda, unda tarjima nazariyasi va qayta yaratish san'atini tadqiq etishning qiyosiy-tipologik, mantiqiy-lisoniy talqinlarini ko'ramiz. Bu borada tadqiqotimizda shunday fikrlarni biz ham qo'llab -quvvatladik. «Ijtimoiy-siyosiy adabiyot mutarjimi badiiy asarlarni o'giruvchi tarjimon singari erkinlikka ega bo'lmaydi. Badiiy tarjimadan asosiy muddao kontekstning ta'sir kuchini boshqa tilda tiklash bo'lsa, falsafiy asarlar tarjimasida falsafiy ma'noni to'la aks ettirish - bosh maqsaddir.

REFERENCES

1. Жаббор М. 20-30 йилларда Узбекистонда ижтимоий-сиёсий адабиёт таржимаси. Таржима муаммолари, /маколалар туплами/ -Т.:

2. Саломов F. Матн, таржима ва истилох. Т.: 1989.

3. Рашидова Д. К. Маркс ва Ф. Энгельс асарларидаги фалсафий терминология (улар асарларининг русча ва узбекча таржималарини немисча аслияти билан киёсий урганиш асосида). Дисс. Т.: 1972

4. Саидов Ф. Матн ва таржима. Дисс. Т.: 1991.

5. Fанишер Рахимов. Таржима назарияси ва амалиёти. -Тошкент: 2016, 34, бет.

6. Maxamadtoirova, A. B. Q. (2021). Hozirgi xitoy tili qiyoslash konstruksiyalarida gradatsiya munosabati. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 90102.

7. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.

8. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.

9. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.

10. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).

1991.

11. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.