Научная статья на тему 'O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BADIIY OBRAZ MASALASINING QIYOSIY TALQINI'

O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BADIIY OBRAZ MASALASINING QIYOSIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
833
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Badiiy obraz / elementar obraz / detal obraz / inson obrazi / peyzaj / portret / xarakter / personaj. / Artistic image / elementary image / detailed image / human image / landscape / portrait / character / character.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maxmidjonov, Shoxruxbek Dilshod O‘G‘Li

Ushbu maqolada badiiy obrazning o‘zbek adabiyotshunoslikdagi o‘rni, o‘zbek adabiyotshunos olimlarining obraz bo‘yicha qarashlari va badiiy adabiyotda obrazning o‘ziga xosligi talqin qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE INTERPRETATION OF THE ISSUE OF ARTISTIC IMAGE IN UZBEK LITERARY STUDIES

In this article, the role of the artistic image in Uzbek literary studies, the views of Uzbek literary scholars on the image and the uniqueness of the image in fiction are interpreted.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BADIIY OBRAZ MASALASINING QIYOSIY TALQINI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

O'ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BADIIY OBRAZ MASALASINING

QIYOSIY TALQINI

Ushbu maqolada badiiy obrazning o'zbek adabiyotshunoslikdagi o 'rni, o 'zbek adabiyotshunos olimlarining obraz bo 'yicha qarashlari va badiiy adabiyotda obrazning o'ziga xosligi talqin qilingan.

Kalit so'zlar: Badiiy obraz, elementar obraz, detal obraz, inson obrazi, peyzaj, portret, xarakter, personaj.

СРАВНИТЕЛЬНАЯ ТРАКТОВКА ПРОБЛЕМЫ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ОБРАЗА В УЗБЕКСКОМ ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИИ

АННОТАЦИЯ

В данной статье осмысливаются роль художественного образа в узбекском литературоведении, взгляды узбекских литературоведов на образ и своеобразие образа в художественной литературе.

Ключевые слова: Художественный образ, элементарный образ, детальный образ, образ человека, пейзаж, портрет, персонаж, персонаж.

COMPARATIVE INTERPRETATION OF THE ISSUE OF ARTISTIC IMAGE IN UZBEK LITERARY STUDIES

ABSTRACT

In this article, the role of the artistic image in Uzbek literary studies, the views of Uzbek literary scholars on the image and the uniqueness of the image in fiction are interpreted.

Keywords: Artistic image, elementary image, detailed image, human image, landscape, portrait, character, character.

O'zbek adabiyotshunoslari obrazlar tasnifiga to'xtalar ekan, ularni yaratilish usuli, uslub va tasviriy vositalar, ijodiy metod asoslariga ko'ra, asar qurulishidagi

Maxmidjonov Shoxruxbek Dilshod o'g'li

FarDU, Adabiyotshunoslik kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

o'miga qarab murakkablik va ko'lamlilik, perdmetlik va umumlashmalik darajasiga, ifoda va tasvir planlari munosabatiga ko'ra qator turlarga bo'lib tahlil qilingan. Jumladan H.Umurov adabiy tur va janrlar, uslub va tasviriy vositalarga ko'ra obrazlar quyidagicha tasnifini beradi.

1. Epik obrazlar; 2. Lirik obraz; 3. Dramatik obraz; 4. Xayoliy-fantastik obrazlar; 5. Afsonaviy obrazlar; 6. Mifologik obrazlar; 7. Ma'joziy (simvolik) obrazlar; 8. Kinoyaviy (allegorik) obraz; 9. Satirik obraz; 10. Yumoristik obraz kabi turlarini tahli qiladi.

Yuqoridagi obraz turlari tasnifi T.Boboyevning "Adabiyotshunoslik asoslari" darsligida ham deyarli umumiy yondashuvlarni ko'rishimiz mumkin. Bulardan farqli ravishda D.Quronovning "Adabiyot nazariyasi asoslari" darsligida obrazlar tasnifi bo'yicha boshqacha yondashuv mavjud. Ya'ni nazriyotchi badiiy obrazlarni murakkablik darajasiga ko'ra:

1. Elementar obraz; 2. Detal-obraz; 3. Peyzaj (interyer va natyurmort);

4. Inson obrazi; 5. Obrazli gipertizim tarzida beshta (A.I.Nikolayev).

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'lamlilik jihatidan I.Kovalik, M.Kotsyubinskaya tahlillari asosida D.Quronov obrazlarni megaobraz, makroobraz, mikroobraz kabi turlarini keltirib o'tadi. E'tiborlisi, bu kabi obraz turlari boshqa nazariyalarda uchramaydi. Bundan tashqari obrazlarning ifoda va tasvir planlari munosabatiga ko'ra ham tasnifni boshqa adabiyot nazariyalarida uchramagan avtologik, metalogik, superlogik obrazlarga tasnif qiladi. Butasniflar ham nazariyalarda berilmagan.

Adabiyot hayotni ikki xil yo'l bilan tadqiq etadi: biri - tasdiqlash, ikkinchisi-inkor etish. Shunga ko'ra ko'pchilik adabiyotshunoslar obrazlarni ijobiy va salbiy obrazlar kabi turlarga ajratishgan. Bu jihatdan farqli ravishda D.Quronov ijobiy va salbiy obrazlarni ijodkor estetik ideali bilan munosabatiga ko'ra yondashadi.

Adabiyotshunoslikda badiiy obraz keng va tor m'noda ishlatiladi. Biz keng ma'nodagi obrazlarga ijodkor tomonidan borliqdagi barcha unsurlarning kuzatilgan, qayta ishlangan aksini ko'ramiz. Badiiy asarlar tahlilida kichik bir detalgacha bachasi ma'lum bir g'oyaviy yuk ifodalaydi va obraz sifatida nazarda tutiladi. Obrazning tor ma'noda qo'llanilishida esa badiiy asarlardagi inson obrazi asos qilib olinadi. Demak, badiiy adabiyotning markaziy tushunchalari inson obrazi asosida yuzaga chiqadi. Badiiy asardagi boshqa obazlar esa inson tasvirini atraflicha yoritishga xizmat qiladi. Demak inson adabiyotning asosiy tasvir vositasi hisoblanadi, shuni inobatga olgan holda bosh qahramonlari hayvonalar bo'lgan masallarda ham majoziy ravishda asosiy g'oya insonlarning hatti-harakarakatlarini, psixologik holatlarni yoritishga qaratilgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Misol tariqasida Gulhaniyning "Zarbulmasal" asari, Ezop masallari, E.Seton Tompsonning "Yovvoyi yo'rga" kabi asarlarda inson obrazi emas, balki turli hayvonlar tasviri berilgan. Voqealar majoziy ravishda berib ketilgan, bu asarlarda jonivorlar, narsa buyumlar xuddi odamlardek harakatlanadi, ular kabi iztirob chekadi, quvonadi. Bu majozlarning barchasi inson hayoti, turmush tarzi, o'zaro munosabatlari ochib bergan.

Badiiy asarlarda yozuvchi pozitsasiga ko'ra obrazlarning ijobiy yoki salbiy jihatlari ko'rsatilishi mumkin. Ijodkor ba'zi obrazning voqealar rivojiga ko'ra netral munosabatda ifodalaydi. Aslini olganda butkul ijobiy yoki butkul salbiy tasvirlash reallikdan yiroq. Asarda salbiy ko'ringan obraz ma'lum bir o'rinlarda ijobiy xususiyatlarini ham namoyon qiladi. Misol tariqasida T.Malikning "Alvido bolalik" qissasiga murojaat qilamiz. Qamariddin obrazida bu masala go'zal yechim topgan. Qamariddin jinoyat olamining vakili sifatida ko'rinsada, qalbinig tubidagi ushalmagan bolalik orzularining: ilmga, porloq kelajak yaratishga bo'lgan umidlarini asar mutolasi davomida bildirib boradi.

Adabiyotshunoslikda inson obrazi tushunchasi bilan bir qatorda personaj, qahramon, xarakter kabi terminlar ham sinonim sifatida foydalaniladi. Nisbatan bu terminalar bir-biridan farq qiladi.

Personaj (lot.persona-shaxs, teatr maskani) badiiy adabiyotdagi inson obrazi, adabiy asardagi, voqea ishtirokchisi, his-kechinma nutq subyekti tushuniladi. 1 Tarifdan kelib chiqib shuni aytish mumkinki badiiy asarda ishtirok etgan deyarli barcha bosh obraz yoki epizotik obraz bo'ladimi asar strukturasidagi tutgan o'rnidan qat'iy nazar personaj deb yuritiladi.

Qahramon-ma'lum bir asardagi boshqa personajlardan yuqori o'rinda turib asar g'oyaviy mazmunini shakllantiruvchi asosiy obraz hisoblanadi. Sujet voqealari qahramon atrofida birlashadi, boshqa personajlar u bilan bog'liq holda asarga kiritiladi. Personajlar qahramon bilan integrativ aloqada (hokim-tobe)2 bo'lib asarda tayanch, yordamchi vazifasini o'taydi.

Xarakter - (yunoncha-charkter, xususiyat, belgi) badiiy asarlarda har tomonlama: yashash tarzi, fe'l-atvori, orzu-o'ylari, dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlaridagi o'rni kabilarning to'laqonli mukammal ifodalangan tasviri hisoblanadi. Xarakter qanchalik to'la va chuqur ochib berilsa, badiiy adabiyotning g'oyaviy ahamiyati ham shuncha boy bo'ladi. Inson xarakteri ma'lum ijtimoiy munosabatlar doirasida shakllanadi. Har bir davr o'z tipik xarakterlarini o'z muhiti doirasida shakllantiradi. Insonni har tomonlama rang-barang tasvirlash, hayotidagi

1 Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. - T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. -B 99

2 D.Quronov Adabiyiotshunoslik lug'ati. T.:Akademnashr.2010. -B 378

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

qarama-qarshiliklarni ko'rsatish xarakter yatatishning asosiy yo'llaridan biridir. Badiiy asarda qahramon qiladigan ishlar uning xarakteridan kelib chiqadi. Har bir obraz o'z shakli-shamoyili, asardagi g'oyaviy vazifasidan tashqari xarakterning biron tomonini ochishga, yoritishga xizmat qiladi. M.Qo'shjonov takidlashicha, badiiy asarda hamisha badiiy obrazlar xarakterga nisbatan ko'p bo'ladi. Lekin badiiy obraz ko'p bo'lgani bilan xarakterga tobedi: uni ochib berishga yo'naltirilgan bo'ladi.

Badiiy adabiyotda inson obrazini to'laqonli yaratish va o'quvchi ko'z oldida konkret jonlantirish uchun muallif harakteristikasi, portret, badiiy psixologizm, personaj nutqi, kabi birqator tushunchalar ham inson obrazini ochib berish uchun xizmat qiladi. Inson obraziga yozuvchi tomonidan berilgan ta'rif muallif xarakteristikasi deb yuritiladi. Bunda obrazning fe'l atvoriga oid asosiy xususiyatlar ochib beriladi. Muallif xarakteristikasining asarda joylashuv o'rni turlicha, ba'zan yozuvchi qahramonni tanishtirish maqsadida asar boshidanoq uni ta'rifini bayon qiladi, yoki biror bir voqelikka olib kirish uchun asarning turli o'rinlarida ta'riflarini keltiradi.

Bundan tashqari inson obrazini yaratishda muhim vositalardan biri -personajning so'z bilan chizilgan tashqi qiyofasi, portreti ham muhim vosita hisoblanadi. Personajni o'quvchi ko'z oldida aniq suratini yaratish uchun portretdan foydalanadi. Yozuvchi pozitsiyasiga ko'ra qahramon siyratidagi holat suratida ham aks etishi mumkin. Demak portret yaratish ko'proq yozuvchining niyyati va uslubidan kelib chiqadi. Misol tariqasida Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" asarida Sodiq obrazi kitobxonga quyidagicha tanishtiriladi. Yigirma ikki yoshlar chamasida bo'lg'an bu yigit sariq tanliq, ukkining ko 'zidek chaqchayib, o 'ynab va yonib turg'an qizil ko'zlik, yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunlik, manglayi qancha tashqariga o 'sib chiqqan bo 'lsa, yuzi o 'shancha ichkariga ketkan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolgan bir mahluq edi. 3 Asarda Sodiqning razil qilmishlari, hudbinligi, hiyonatkorligi, nafaqat uning asardagi voqealardagi ishtiroki, balki portret chizgilaridan ham bilish mumkin.

REFERENCES

1. Арасту. Поэтика. Ахлоки кабир. Риторика. -Т.: Янги аср авлоди, 2011.

2. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. - T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020

3. Ulug'ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. - T.: G'.G'ulom, 2018.

4. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. - T.: Bookmany Print. 2022.

3 A. Qodiriy. O'tgan kunlar. -T.: Yangi asr avlodi, 2019. -B. 206

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

5. Umurov H. Adabiyotshunoslik asoslari. - T.: A.QODIRIY NOMIDAGI XALQ MEROSI. 2004.

6. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

7. Shoxruxbek, M., Qosimov, A., Abdurashidovich, Q. A., Murodilovna, O. G., & Umurzakov, R. (2022). THE INWARD WORLD OF AN ARTISTIC DEPICTION OF THE CONTRADICTIONS.

8. Maxmidjonov , S. ., & Komilova, S. . (2023). NAZAR ESHONQULNING "TOBUT" HIKOYASI TAHLILI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(6), 375-377

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.