Научная статья на тему 'O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BADIIY NUTQ MASALALARI'

O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BADIIY NUTQ MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
889
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zbek adabiyotshunosligi / badiiy til / milliy til / muloqot tili / badiiy nutq / differensatsiyalanish / badiiy asar / obrazlilik / emotsionallik / muallif nutqi / personaj nutqi. / uzbek literary studies / artistic language / national language / language of communication / artistic speech / differentiation / artistic work / imagery / emotionality / author's speech / character's speech.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mo‘Minova, Tabassumxon Siddiqjonovna

Maqolada hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy nutqning adabiyotshunos olimlar tomonidan o‘ganilishi hamda ushbu masala yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF ARTISTIC SPEECH IN UZBEK LITERATURE

The article discusses the study of literary speech by literary scholars in modern Uzbek literary studies, as well as the scientific research conducted on this issue.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BADIIY NUTQ MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

O'ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BADIIY NUTQ MASALALARI

Mo'minova Tabassumxon Siddiqjonovna,

FarDU o'qituvchisi. mominova.tabassum@bk.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada hozirgi o 'zbek adabiyotshunosligida badiiy nutqning adabiyotshunos olimlar tomonidan o 'ganilishi hamda ushbu masala yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo 'yicha fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'zbek adabiyotshunosligi, badiiy til, milliy til, muloqot tili, badiiy nutq, differensatsiyalanish, badiiy asar, obrazlilik, emotsionallik, muallif nutqi, personaj nutqi.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается изучение художественной речи литературоведами в современном узбекском литературоведении, а также научные исследования, проводимые по данному вопросу.

Ключевые слова: узбекское литературоведение, художественный язык, национальный язык, язык общения, художественная речь, дифференциация, художественное произведение, образность, эмоциональность, авторская речь, речь персонажа.

ABSTRACT

The article discusses the study of literary speech by literary scholars in modern Uzbek literary studies, as well as the scientific research conducted on this issue.

Keywords: uzbek literary studies, artistic language, national language, language of communication, artistic speech, differentiation, artistic work, imagery, emotionality, author's speech, character's speech.

KIRISH

Hozirgi o'zbek adabiyotshunosligida badiiy nutq masalalari to'g'risida so'z yuritishdan avval badiiy asar tili, uslubi haqida to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi. Chunki "Adabiy asarlarda hayotni badiiy aks ettirishning asosiy vositasi sifatida til ish ko'radi... Til adabiyotning asosiy qurolidir, hayot hodisalari dalillar bilan birga uning materialidir" [15,108]. Haqiqatan ham, asar tili adabiyot uchun asosiy materiallardan biridir. "Badiiy asar tili adabiy asarning mazmunini ro'yobga chiqaruvchi birdan-bir vosita hisoblanadi" [14, 144]. I.Sulton, T.Boboyev,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

H.Umurov, E.Xudoyberdiyev, D.Quronov darsliklarida[3.1.14.15.6] badiiy asar tili haqida nazariy ma'lumotlar berilgan va misollar bilan dalillangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Adabiyotshunos olimlar tomonidan so'z adabiyotning birinchi va bosh quroli ekanligi hamda badiiy asarni dunyoga keltiruvchi obraz va obrazlilik, xarakter va tip, mavzu va g'oya, syujet va kompozitsiya, tur va janr, ijodiy metod va uslubga o'xshash vositalarning markazida so'z turganligi quyidagicha ta'kidlanadi: "...bu vositalarning hammasi ham so'z vositasida yaratiladi, so'z tufayligina jozibaga, ta'sirdorlikka, yaratishga qodir bo'ladi, ya'ni so'zlar tiriladi. Shu tufayli so'z nodirlik, bebaholik, mo'jizadorlik xislatlarini bor-budicha o'zida mujassam etadi" [14,144]. Professor Y.Solijonovning badiiy asar tili haqidagi qarashlari ham ushbu masalaga oydinlik kiritgan: "Ijodkorning asosiy quroli so'z, nutqdir. Badiiy asarning jozibasi, sermazmunligi va puxtaligi birinchi galda, yozuvchi nutqining rang-barangligi, salmog'i, leksik va semantik boyligi bilan belgilanadi" [12, 104]. Shuningdek,"xoh poetik, xoh prozaik asarlar yaratilmasin, avvalo til imkoniyatlaridan, uning ko'zga ko'rinmas zarrachalaridan unumli foydalanib, asarning o'qimishli bo'lishini ta'minlaydi" [4, 29]. Haqiqatan, badiiy asarning salmog'i va yozuvchi uslubi asar tilida ko'rinadi.

Bizga ma'lumki, badiiy asarning asosiy unsuri so'zdir."Badiiy asarning hamma unsurlari faqat til orqali ifoda etiladi. Shuning uchun ham tilning badiiy asardagi roli juda kattadir" [3, 127].

Rus adabiyotshunos olimi G.Vinokur badiiy til haqida fikr yuritar ekan: "Badiiy til deganda, badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til tushuniladi. Ma'lumki, badiiy asarlar yozishda qandaydir alohida tildan emas, balki kundalik muloqotdagi kabi milliy til unsurlaridan foydalaniladi. Avvalo, kundalik muloqot tili ham, badiiy til ham informatsiya yetkazish va informatsiya olishga xizmat qiladi" [7, 51], degan g'oyani ilgari suradi.

Ma'lumki, badiiy til muloqot tili yetkazgan oddiy informatsiyadan farqli o'laroq, badiiy va g'oyaviy axborot yetkazishga xizmat qiladi. Shuningdek, badiiy muloqotning amalga oshishi uchun ko'maklashadi. Badiiy til kundalik muloqot tilidan butunlay farq qilmagan holda obrazlilik va badiiy asarning ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi badiiy asar tili hisoblanadi. Adabiyotshunoslik darsliklarining deyarli barchasida badiiy tilning muhim vazifasi sifatida obrazlilik va emotsionallik ekanligi ta'kidlanadi [14, 108]. Shu o'rinda aytish joizki, adabiyotshunos olimlar I.Sulton [3] hamda T.Boboyevlar[1] obrazlilik va emotsionallikni alohida-alohida xususiyat sifatida ko'rsatadilar. Yuqorida aytganimizdek, badiiy til adabiy tildan keskin farq qilmaydi. Buning isboti sifatida

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

quyidagi jumlalarni keltirishimiz mumkin: "Badiiy til jonli (umumxalq) tilining farzandi bo'lib, uning bosh vazifasi - badiiylik (obrazlilik)ni yaratishdir. Shu vazifadan kelib chiqib, jonli va adabiy nutqlarning barcha hodisalarini hissiy (estetik) tarzda umumlashtiradi" [14, 145]. Bu borada H.Umurov badiiy tilning bir nechta o'ziga xos asosiy xususiyatlarini ifoda etuvchi qonuniyatlarini ko'rsatadi. Ularning eng birinchisi obrazlilikdir, deydi. Albatta, obrazlilik asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar va narsa-predmetlarning barchasini o'quvchi ko'z o'ngida jonli gavdalanishi uchun muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Bizningcha, nutqning ta'sirchanligini oshirish uchun o'xshatish, jonlantirish, metafora va ramzlarni o'rinli qo'llash orqali obrazlilik hamda emotsionallikka erishish maqsadga muvofiq sanaladi. Tilning obrazliligini emotsionalliksiz tasavvur etib bo'lmaydi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday badii y asar obrazli nutq asosiga qurilgandagina umri boqiy bo'ladi. To'g'ri kelsa-kelmasa har qanday o'xshatish, jonlantirish, metafora va ramzlarni qo'llash bilan obrazlilik hamda emotsionallikka erishib bo'lmaydi. Obrazlilik asar ohangini, voqelik yo'nalishini, qahramonlar psixologiyasini va eng muhimi, yozuvchi uslubini belgilab beradi. Aytmoqchimizki, har qanday nutq yaltiroq va balandparvoz iboralar ham badiiylikni belgilab berolmaydi.

Haqiqatan ham, so'z asarning mazmunini, jozibasini ko'rsatib beruvchi a sosiy omildir. Yozuvchida original g'oya mavjud bo'lsa-da, so'z qo'llash mahorati yetarli darajada shakllanmagan bo'lsa, uning maqsadini kitobxon hech qachon anglay olmaydi. Bunday badiiy asar o'quvchining qalbiga yetib bormaydi.

Adabiyotshunoslikda badiiy nutq masalalari uzoq tarixga borib taqaladi. Hamidullo Boltaboyev "Sharq mumtoz poetikasi" nomli kitobida badiiy nutq masalasi yuzasidan qadimgi davr arab olimlaridan Johiz, Ibn Mu'tazz va Qudama ibn Ja'farlarning ham badiiy matn bo'yicha jiddiy qarashlari mavjud ekanligini quyidagicha izohlaydi: "Buyuk vatandoshimiz Yusuf Sakkokiyning yozishicha, arab allomalari badiiy nutq masalasini al-ulumu-l - xamsa, ya'ni sarf, navh, ma'no, bayon va badi' bilan bog'liqlikda o'rganganlar. Arab poetikasiga oid qarashlar nisbatan tizimli suratda Johiz, Ibn Mu'tazz va Qudama ibn Ja'far ta'limotida aks etgan ekan, badiiy nutq va uning poetik vazifasiga doir dastlabki ilmiy fikrlar ham shu allomalarning ilmiy ishiga tegishlidir" [2]. Shuningdek, arab olimlaridan Johizning "Kitabu-l-bayon" va "Kitabu-l-hayvon" ("Jonzodlar kitobi") asarlarida turli tarixiy, jug'rofiy, tibbiyot masalalari orasida nutq madaniyati, notiqlik san'ati va badiiy asardagi muallif nutqi kabilarga doir fikrlar ham keng bayon etilgani haqida ma'lumotlar berilgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Badiiy nutq tiplari, tur va shakllari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish rus adabiyotshunosligida izchil yo'lga qo'yilgan bo'lib, V.V.Vinogradov, G.O.Vinokur, M.B.Xrapchenko, N.K.Gey, M.M.Baxtin, A.Fyodorov, V.Kojinov, V.V.Odinsov kabi yirik olimlar o'z tadqiqotlarida bunga alohida to'xtaladilar. O'zbek tadqiqotchilari esa birinchi galda ular yaratgan manbalarga tayanadilar, ularning tezislari va xulosalaridan foydalanadilar. Bular orasida, ayniqsa, M.M.Baxtinning "Dostoyevskiy poetikasi muammolari" deb nomlangan fundamental monografiyasi alohida o'rin tutadi. Haqiqatan ham, o'zbek adabiyotidagi nazariy qarashlar rus adabiyotshunosligining manbalariga asoslangan. Xususan, Yo'ldosh Solijonov ham o'z tadqiqotida asosan M.Baxtin tasnifiga tayangan holda ish olib boradi.

Professor Y.Solijonov badiiy nutq tiplari va shakllarining tadriji, yangilanish jarayoni, uning o'zbek nasrida tutgan o'rni bo'yicha birinchilardan bo'lib tadqiqot olib bordi. Shu o'rinda S.Mamajonov, A. Rahimov, D.To'rayev, G.Imomova, Z.Rahimovlarning tadqiqotlarida ham adabiyotshunoslikning muhim masalalari bilan birga badiiy nutqning turlari bo'yicha mulohazalar yuritilganligi to'g'risida eslab o'tish zarur [5.8.13.4.9]. Shuni alohida aytib o'tish kerakki, Y.Solijonov tadqiqoti boshqa tadqiqotlardan badiiy nutqning tip, tur va shakllari rang-barangligi va ularning asardagi vazifalari batafsil yoritib berilishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, avtor va qahramonlar nutqining ikki ovozli, avtor bayonining dialog asosiga qurilishi natijasida paydo bo'ladigan ko'p ovozli nutqning o'ziga xos ko'rinishlari haqidagi ilmiy qarashlari ahamiyatlidir. Shuningdek, O'.Hoshimov, O.Muxtor, M.M.Do'st romanlarida chorrahali xarakteristika va kinemotografík bayon usullari mavjudligini birinchi marta ta'kidlagan.

Y.Solijonov XX asrning 80-90-yillari o'zbek nasrida badiiy nutq poetikasi bo'yicha tadqiqot olib borar ekan, prozaik nutq tiplari, tur hamda shakllari to'g'risida o'ziga xos qarashlarini ilgari suradi. E'tiborli tomoni shundaki, olim XX asrning so'nggi yigirma yilligida yaratilgan "o'zbek badiiy prozasi"ni badiiy nutq tiplari va shakllarining rang-barangligi jihatidan quyidagicha tasnif qildi:

1. Avtor nutqi. 2. Dialog. 3. Monologik nutq. 4. Ichki nutq. 5. O'zganing nutqi.

Adabiyotshunos E.Xudoyberdiyevning fikriga ko'ra, o'tgan asrning "20-yillarida so'zga munosabat sohasida butun xalqqa tushunarli yozishga harakat qilindi. Yozuvchilar tilni boyitishga ham xizmat qildilar. Ular jonli tildan ham naf olishdi, yangi adabiy tilni yaratishda shahar shevalariga suyanishdi, muallif nutqidan personaj tilini farqladilar, tilning noaniq bo'lmasligiga e'tibor berdilar, asta-sekin ezmalik, kitobiylik, jimjimadorlik adabiyotdan surib chiqarildi" [15, 110]. E'tiborli jihati shundaki, olim ta'kidlaganidek, muallif tilidan personaj nutqining farqlanganligi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ahamiyatlidir. Ya'ni, badiiy nutq vazifalari kengayib, asarda o'ziga xos uslublar shakllanishiga asos bo'ldi.

Adabiyotshunos D.Quronov badiiy asar tilining differensatsiyalanish jarayoniga alohida to'xtaladi: "Albatta, biz "badiiy asar tili" deganimiz holda, aslida gap badiiy nutq haqida borayotgani ma'lum, chunki til unsurlari ma'lum kontekstni hosil qilgach, nutq hodisasiga aylanadi. Badiiy nutqning farqlanganligi shuki, unda muallif nutqi va qahramonlar nutqi ajratiladi. Ta'kidlash kerakki, mazkur farqlanish asosan epik va liro-epik xarakterdagi asarlarga xosdir" [6, 247]. Shuningdek, olim H.Umurov ham badiiy asar tilini bir-biriga murakkab bog'lanishda bo'lgan muallif nutqi va personajlar nutqi deb ataluvchi ikkita katta qismga ajratadi.

Y.Solijonov ushbu davrda so'z san'ati rivojida uslub ahamiyatining mazmun-mohiyatida tub ijobiy o'zgarishlar, ayniqsa, yozuvchining tilga munosabati o'zgarayotganligini ta'kidlab, asarda til, nutq muammosi markaziy o'ringa chiqqanligini aytib o'tadi va endilikda so'zga faqat tadqiqot quroli sifatidagina emas, balki voqelikni yuzaga keltiruvchi, uni tushunarli bayon qiluvchi, badiiy asar imoratini bunyod etuvchi qurilish materiali tarzida qarash istagi paydo bo'lganligini ta'kidlaydi.

Bizningcha, o'zbek adabiyotshunosligida badiy nutq bo'yicha qilingan tasniflar ichida Yo'ldosh Solijonovning qarashlari mukammal va batafsil bo'lgan. Professor personaj nutqining turi sifatida beriluvchi monolog va dialogni alohida-alohida nutq tiplari sifatida bermoqda. Bu esa, nazarimizda, ushbu nutq tiplarining batafsil hamda imkoniyat darajalarini keng ochib berilishiga xizmat qiladi. Qolaversa, adabiyotshunos Z.Rahimovning "Adabiyotshunoslik: savol va javoblar" uslubiy qo'llanmasida ham "Qanday nutq shakllarini bilasiz?" savoliga muallif, hikoyachi va personaj nutqi kabi shakllari beriladi.

Professor Y.Solijonov monografiyasida boshqa adabiyotshunoslik manbalaridan farqli ravishda muallif nutqining quyidagi turlarini alohida ajratib ko'rsatadi:

1. Bevosita muallif nutqi.

2. Bilvosita muallif nutqi [11, 6].

Xuddi shunga o'xshash talqinda Z. Rahimov tomonidan ham muallif nutqi ifodalanishiga ko'ra quyidagicha uch ko'rinishga bo'linadi:

1. Muallifning xolis nutqi.

2. Muallifning munosabatli nutqi.

3. Muallifning personaj nutqi bilan uyg'unlashib ketadigan nutqi [10].

Bevosita muallif nutqi sof avtor nutqidan tashkil topsa, bilvosita muallif nutqi

esa, aksincha asar qahramonlarining o'y-mulohazaridan iborat bo'ladi. Haqiqatan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ham, muallif qahramon nutqi orqali o'z mulohazalarini, qarashlarini aks ettiradi. Bundagi qahramon nutqi vosita bo'lib, bilvosita muallif nutqini tashkil etadi. Qahramon nutqiga oid so'zlarning muallif nutqi tarkibiga kirib kelishini aynan bilvosita muallif nutqiga xos bo'lgan asosiy xususiyati deb ko'rsatadi. Avtor nutqi tarkibida qahramon nutqining hajmi va uning qay darajada ishtirok etishiga ko'ra alohida uch xil xususiyatlarini ham olim aniq misollar bilan ko'rsatib beradi.

G.Imomova tadqiqotida adabiyotshunoslik nazariyasi bo'yicha yaratilgan darsliklarda berilgan muallif va qahramon nutqi ta'riflarini yetarli hisoblab, shu bilan kifoyalanadi. Z.Rahimovning muallif nutqiga oid tasnifini ko'rib o'tdik. Qahramon nutqini tasniflashda esa, bir oz farqli yondashuv kuzatiladi: "Muallif nutqi ko'rinishlari kabi personaj nutqi ham o'z ichida bir necha turlarga bo'linadi. Bular quyidagilar:

a) ichki nutq; b) tashqi nutq; v) dialogik nutq; g) parallel nutq; d) personajning yozma nutqi" [9, 24-25]. XULOSA:

Biz asoslanayotgan tasnifga ko'ra alohida tip sifatida ajratib ko'rsatilgan turlar adabiyotshunos Z.Rahimov tomonidan personaj nutqining ichki turlariga bo'linyapti. Ushbu ma'lumotni keltirishdan maqsad, turlicha tasniflar mavjudligini ta'kidlashdir. Mazkur tadqiqot davomida barcha turlarning izohlari berilgan. Umuman olganda, badiiy nutq masalasiga qadimgi davrdan xolis va jiddiy qarashlar mavjud bo'lgan. Tahlil natijalariga ko'ra nutq tiplari va uning shakllari hozirgi o'zbek nasrida turli -xil ko'rinishlarga ega ekanligini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. - Тошкент: Узбекистан, 2002. - 560

2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. - Toshkent, 2005. - 272 b;

3. Имомова Г. Типик миллий характер яратишда бадиий нущнинг урни. Филол.фан. номзоди... дисс... автореф. - Тошкент, 1993. - 29- б.

4. Мамажонов С. Гафур Гулом прозаси. - Тошкент: Фан, 1965. - 226 б;

5. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. - Toshkent: Fan, 2007. - 228- b.

6. Куронов Д, Мамажонов З, М.Шералиеваларнинг "Адабиётшунослик лугати"дан олинди. - Тошкент: Академ нашр, 2013. - 51- б.

7. Рахимов А. Узбек романи поэтикаси / сюжет ва конфликт /: Филол, фанлари д-ри... дис, автореф. - Тошкент, 1993. - 52 б;

8. Рахимов З. Одил Ёкубовнинг "Кухна дунё" романи поэтикаси: Фил. фанлари номзоди... дис. - Тошкент, 2000. - 137 б.

б;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

9. Рахимов З. Муаллиф нущи ва унинг куринишлари // Тил ва адабиёт таълими, 2000. № 3.

10. Солижонов Й. Нутк ва услуб. - Тошкент: Чулпон, 2002. - 6- б.

11. Солижонов Й. Хдкикдтнинг синчков кузлари. - Тошкент: Алишер Навоий номидаги Узбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2009. - 104- б.

12. Тураев Д. Хрзирги узбек романларида бадиий тафаккур ва махорат муаммоси / 60-80-йиллар / : Филол. фанлари д-ри... дис. автореф. - Тошкент, 1994. - 53 б.

13. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. - Toshent, 2004. - 144- b.

14. Худойбердиев Э. Адабиётшуносликка кириш. - Тошкент: Шарк, 2008. -

15. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

16. Mo'minov, S., Hoshimova, F., Mo'minov Sh. "Temur tuzuklari"da so'z qudrati haqida. Zamonaviy uslubshunoslikning dolzarb mammolari. - Farg'ona, 2017.

17. Muminov, S., Exsonova, M. (2021). Linguapoetic features of English derivations in literary text. Mejdunarodniy jurnal yazika, obrazovaniya, perevoda, 4(2), 90-67.

18. Mo'minova, T. S. (2022). BADIIY ASARDA NUQTAI NAZAR VA XARAKTER IFODASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 768-774.

108- б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.