Научная статья на тему '“FOTIMA VA ZUHRA” ROMANIDA BOSH OBRAZ TALQINI'

“FOTIMA VA ZUHRA” ROMANIDA BOSH OBRAZ TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
185
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Personaj / sujet / detektiv roman / badiiy g‘oya / obrazlar talqini. / Character / plot / detective novel / image idea / interpretation of images.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rahimov, Zokirjon, Bannapova, Nargizaxon

Mazkur maqolada “Fotima va Zuhra” romanining bosh qahramonlaridan biri Zuhra obrazi tahlili berilgan. Personajning sujet liniyasida tutgan o‘rni, obrazning badiiy-estetik g‘oyasi, individual xarakter egasining tarbiyaviy funksiyasi o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERPRETATION OF THE MAIN CHARACTER IN THE NOVEL "FOTIMA AND ZUKHRA".

This article analyzes the image of Zukhra, one of the main character in the computer plot, the image-aesthetic idea of the image, the educational function of the individual character owner are studied.

Текст научной работы на тему «“FOTIMA VA ZUHRA” ROMANIDA BOSH OBRAZ TALQINI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

"FOTIMA VA ZUHRA" ROMANIDA BOSH OBRAZ TALQINI

Zokirjon Rahimov

Filologiya fanlar nomzodi, dotsent. Nargizaxon Bannapova

Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti

Mazkur maqolada "Fotima va Zuhra" romanining bosh qahramonlaridan biri Zuhra obrazi tahlili berilgan. Personajning sujet liniyasida tutgan o 'rni, obrazning badiiy-estetik g'oyasi, individual xarakter egasining tarbiyaviy funksiyasi o 'rganilgan.

Kalit so 'zlar: Personaj, sujet, detektiv roman, badiiy g 'oya, obrazlar talqini.

В данной статье анализируется образ Зухры, одной из главных героинь романа "Фотима и Зухра". Исследуются роль персонажа в развитии сюжета, образно-эстетическая идея образа, воспитательная функция личности персонажа.

Ключевые слова: Персонаж, сюжет, детективный роман, художественная идея, интерпретация образов.

This article analyzes the image of Zukhra, one of the main character in the computer plot, the image-aesthetic idea of the image, the educational function of the individual character owner are studied.

Key words: Character, plot, detective novel, image idea, interpretation of images.

Yozuvchi O'lmas Umarbekovning "Fotima va Zuhra" romani kitobxonlar va adabiyot ahli tomonidan iliq kutib olindi. Sababi, asarda qalamga olingan mavzuning dolzarbligi, roman g'oyasining har jihatdan mustahkam asosga qurilganligi, qahramonlarning murakkab va fojeali hayot yo'llaridagi kurashlari har bir o'quvchini befarq qoldirmasligi aniq edi. Roman detektiv janrda yaratilgan.

Romandagi personajlar sistemasi tahliliga nazar tashlaganimizda turli xarakterdagi murakkab va oddiy obrazlarga duch kelamiz va har bir obrazning romanda tutgan o'rni juda ahamiyatli ekaniga guvoh bo'lamiz. Ularning ba'zi birlari bir qarashda ahamiyatsizdek tuyulsa-da, vaqti kelganda detektiv roman uchun eng zarur bo'lgan qimmatli ma'lumotlarni berishi yoxud asosiy voqealarning guvohi yoki ishtirokchisi bo'lib chiqishi mumkin. Misol uchun oddiy bir yo'lovchi cholning

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

asardagi qisqagina ishtiroki va bergan ko'rsatmasi bosh qahramon mayor Aliyevning jinoyat qidiruvidagi ishi uchun yaxshigina foyda beradi. Bunday personajlar romanda talaygina. Biroq asosiy voqealar bosh qahramonlar tegrasida sodir bo'lar ekan yozuvchining obraz yaratishdagi mahorati, maqsadi va ularning tahliliga to'xtalib o'tish joiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Personaj (lotincha persona-shaxs, teatr maskani)-badiiy adabiyotdagi inson obrazi. Adabiy asardagi voqea ishtirokchisi, his-kechinma va nutq subyekti [1.223] demakdir. Epik asarda personajlar sistemasi-ularning o'zaro aloqadorlikda joylashtirilishi g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliyotda "obrazlar sistemasi" va "personajlar sistemasi" terminlari ba'zan sinonim o'laroq qo'llanadiki, bu to'g'ri emas. Negaki, "obrazlar sistemasi" atamasi, asardagi barcha obrazlarni anglatsa, "personajlar sistemasi" deganda shuning bir qismi-inson obrazlari tizimigina ko'zda tutiladi[2.186]. "Fotima va Zuhra" romanidagi personajlarga ya'ni, inson obrazlariga nazar tashlasak, yozuvchining har bir personaj gardaniga qiymatli yuk tashlay olganini ko'ramiz. Darhaqiqat, obrazlarning xilma-xilligi, ularning xarakter-xususiyati, jamiyatdagi mavqeyi murakkab voqealar linyasida yaqqol ochilib boradiki, yozuvchining bu obrazni yaratishdan asl maqsadi, badiiy-estetik g'oyasi nima ekanligi o'quvchiga tobora oydinlashaveradi. Xususan, ichki ishlar mayori Qodirjon Aliyev, "Shifokor" kolxozi raisi Teshaboy Sultonov va Zuhra personajlarini olaylik. Bu obrazlarning biri uzoq yillardan beri sir tutilib kelinayotgan jinoyat va ularning ortidagi boshqa bir qotilliklarning asosiy aybdorini xizmat vazifasidan kelib chiqib vijdonan topishga qattiq kirishgan bo'lsa, yana biri ana shu jinoyatlarning parda ortidagi bosh boshqaruvchisi hisoblanadi. Lekin uning ikki xil qiyofasi qabih ishlarini o'ta mohirlik bilan berkitib, kerak bo'lsa o'zgalar joni evaziga bor haqiqatlarni sukutning qora choyshabiga o'rashga-da qodir.

Romandagi kuchli xarakterga ega bo'lgan ayol obrazi hisoblanmish Zuhra esa boshiga tushgan kulfatlarning ya'ni, egizak opasi Fotima, otasi, akasining fojeali o'limi sababchilarini qidirib topish va qasos olish istagi bilan yonadi. Sujet linyasi shu uch bosh qahramonlarning shiddatli harakatlari bilan qiziqarli tus olib boradi va o'quvchini adolatli yechim tomon boshlaydi.

Adabiyotshunoslikda ijodiy metod taqozosiga ko'ra obrazlar quyidagi turlarga: mifologik, afsonaviy, hayoliy-fantastik, simvolik, romantik, realistik obrazlarga bo'linadi. Realistik obraz-hayot haqiqatiga monand obrazlar bo'lib, ular jonli odamlarga xos bo'lgan xususiyatlarni o'zida mujassamlashtiradi[3.57]. "Fotima va Zuhra" romanidagi mayor Qodir Aliyev, rais Teshaboy Sultonov, Zuhra va boshqa obrazlar realistik obrazlardir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Adabiyotshunos olim To'xta Boboyev "Adabiyotshunoslik asoslari" kitobida "Asarda iroda yo'nalishi va individual ruhiy xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi shaxslargina xarakter bo'la oladi,"[4.51]deb yozgan edi. Darhaqiqat, badiiy asarning markazida turuvchi bu kabi obrazlar asarning mavzu jihatdan qiziqarli bo'lishini ta'minlab beradi. O'lmas Umarbekov ham "Fotima va Zuhra" romanidagi Zuhra personajini xarakter darajasiga ko'tara olgan. U maktabni endigina bitirgan 17 yoshli qiz. Hali qalbidan bolalikka xos beg'uborlik, samimiy sho'xlik ketib ulgurmasidan taqdirning kutilmagan zarbalariga uchraydi. Yaqinlarini birin-ketin fojeali tarzda yo'qotadi. Hayotning achchiq-chuchugini erta tatib ko'rgan qiz esa tubdan o'zgaradi. Aslida u o'g'il bolalar kabi qat'iyatli, irodali, kuchli fe'l-atvorga ega qiz edi. Hayot sinovlari esa uni yanada toblaydi, irodasini mustahkamlaydi. U boshqa ayol-qizlar kabi ojizaligini tan olib, tushkunlikka tushib qolmaydi. Ehtimol o'rnida boshqa qiz bo'lganda opasining zo'rlanishi va bu isnodga chidolmay o'zini osib qo'yishidan keyin yanada qo'rqib, himoyaga yanayam muhtoj insonga aylanib qolishi mumkin edi. Biroq Zuhraga bunday qo'rquv begona. Chunki uning ruhi sinmagan, ruhi tirik. Balki "Yo'qotadigan yana nima qoldi,"-deb o'ylagni uchun ham o'zida favqulotda kuch topa olgandir. Balki yaqinlarining qotilini topishda jinoyat qidiruv xodimlarining sustkashligi, vijdonsizlik qilayotganligi, ayrim rahbarlarning aybini berkitish uchun o'z kasbining muhim vazifalariga xiyonat qilayotganligi, sof vijdon bilan kurash olib borayotgan xodimlarni esa kuchli tahdidlar orqali tazyiqqa uchrab, bu ishdan voz kechishga majbur qilinganliklari qizning ruhiyatida irodali "qasoskor ayol"ning tug'ilishiga imkon yaratgandir.

Xarakter, birinchi navbatda, konkret hayotiy sharoitda o'z individual xatti-harakatlari va ruhiy kechinmalari bilan namoyon bo'ladigan insonning aniq tasviri. Umuman aytganda, qahramonning muhim xususiyatlarini aniqlaydigan asosiy belgilar majmui xarakter deb yuritiladi[5.51bet]. Yozuvchi asarda Zuhrani xarakter darajasiga olib chiqar ekan uning individualligini har bir harakatida ochib berishga urinadi. Misol uchun otasining janozasi oldidan mahalla keksalari Zuhradan "Qizim, janozadan oldin otangizning biron yarimtadan oladigan-beradigani haqida so'roq bo'ladi. Kim javob beradi?"-deb so'raganida Zuhra o'ylanib o'tirmasdan "Men!"-deya javob beradi.

-Erkak odam bo'lgani ma'qul edi.

-Bu uyda erkak ham, ayol ham endi men. Nima desanglar shuni qilaman, ota.

-Barakalla. Rahmat. Farzand shundoq bo'lishi kerak.

Chol Zuhraning peshonasidan o'pdi.

-Bardam bo'l, qizim. Xudo senga yorug' kunlar ham ato qilgandir...

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Zuhra o'z xonasiga kirib, belidagi ro'molni yechdi. Cholning aytganlarini qilish uchun, tobutning oldida borish uchun boshqachoroq kiyinishi kerak edi[6.334-335].

Zuhra opasining ruhi bilan hayolan gaplashib "Fotima! Seni qiynaganlardan qasos olaman!"-deydi. Va shu yo'lda qat'iy ishga kirishganini anglab yetadi. Opasini xo'rlaganlarning uyiga borib o't qo'yib kelganda ham, akasining qotili bo'lmish rais Teshaboy Sultonovning xizmatchisi Odamboyni uyiga bostirib borib qo'lga olganda ham zarracha qo'rqmaydi. Uning yuragidagi cho'g' go'yoki alam va iztirobdan shu darajada katta olovga aylangan ediki, hech bir qo'rquv yoki xavfsirash uning xovurini bosolmasdi. Yozuvchi qahramonning ruhiy kechinmalarini tasvirlar ekan unga mos xatti-xarakatlarni hech qanday bo'yoqlarsiz, tabiiy ammo, ta'sirchan tarzda bayon qiladi. Buni ayniqsa, Fotimani zo'rlagan va otasini o'ldirgan Zokir va To'xtamurodlarning yoniga qasos olgani borgandagi holatida yaqqol ko'rish mumkin.

To'xtamurod nimadandir qattiq qo'rqib ketgan edi. Ammo mastligidan oyoqda turolmadi. Yostiqqa o'ralshib yiqildi.

-Seni qayerda ko'rganman? Ayt, kimsan?

To'xtamurod o'rnidan turishga intilib, emaklay boshladi. Shu holida u beso'naqay hayvonga o'xshab ketardi.

-Men Fotimaman!

Zuhra shunday deb yuborganini o'zi sezmay qoldi.

-Sen iflos qiynab o'ldirgan Fotima bo'laman men. O'ch olgani keldim endi.

To'xtamurod taxta bo'lib tili gapga kelmay qoldi[7.415].

Yana bir o'rinda kelgan qizning militsiya xodimi bilan bo'lgan suhbatini olaylik:

-Rais Teshaboy Sultonov boshqa ayolga ham xuddi shunday soat sovg'a qilgan.

-Kimga?

-Shohida Luqmonova degan ayol. Durkentdagi klub mudirasi.

-Bilaman. Havaskorlar bilan tez-tez kelib konsert berib turardi. Yo'qolgan ayol-da, shundaymi?

-Eri shu xo'jalik fermasida zootexnik bo'lib ishlar ekan. Biz u kishi bilan gaplasha olmadik. Tallinda ekan. Qaytishini kutyapmiz. Balki sovg'aning sababini bilar.

-U bilmasa ham xalq biladi.

-Labbay?-Tushunmay, yoki yaxshi eshitmay so'radi Ismoilov.

-Shohida Luqmonova raisning o'ynashi edi.

Zuhra bu gapni xotirjamlik bilan aytdi. Erkak kishi bilan gaplshayotganidan uyalmadi ham.

-Buni isbot qilish kerak.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

-Isbot.. .nahotki isbotlash shunchalik qiyin bo'lsa? Xo'p, isbot qildinglar deylik. Keyin nima qilasizlar? Bu isbot bilan raisni javobgarlikka tortib bo'larmidi? O'zi rozi edi desa, nima qilasizlar?

Ismoilov Zuhraning ochiq va aniq gaplariga qoyil qoldi va shunday qizning boshiga ketma-ket kulfat tushganiga yana bir bor achindi. Hali akasi nima bo'lganini bilmaydi. Qodir Aliyev haq. Bu ishni to'xtatib bo'lmaydi. To'xtatish jinoyat[8.340-bet].

Yuqoridagi dialogda Zuhraning yosh bo'lsada aqlli, har bir ishga chuqur tafakkur ila yondosha oladigan shaxs hamda o'z fikrini qo'rqmasdan ayta oladigan darajadagi dadil inson ekanligiga guvoh bo'lamiz. U kerak bo'lsa erkak kishilarni ham o'z qat'iyati bilan xayratga soladi va o'zining jasorati orqali ularni o'zi bilmagan holda har qanday qiyin vaziyatda ham chekinmaslikka undaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda "Fotima va Zuhra" romanidagi Zuhra personaji yozuvchi tomonidan asar yaratilgan davr uchun nisbatan yangilik bo'lib kirgan bo'lsa ne ajab. Tan olish kerak o'zbek adabiyotidagi boshqa asarlarda ham ayollarning mardonavorligini, favqulotda tantiligini ko'rsata olgan obrazlar mavjud. Biroq detektiv janrda o'z qo'rquvni yengib, izquvarlik qilgan ayol personaji deyarli uchramaydi. O'lmas Umarbekovning badiiy ijoddagi yangiligi ham, obraz yaratishdagi mohirligi ham Zuhra qahramonida yaqqol aks etgan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

2. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

3. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3), 111-112.

4. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

5. Shoxruxbek, M., Qosimov, A., Abdurashidovich, Q. A., Murodilovna, O. G., & Umurzakov, R. (2022). THE INWARD WORLD OF AN ARTISTIC DEPICTION OF THE CONTRADICTIONS.

6. Qosimov, A., Hamroqulov, A., & Xo'jayev, S. (2019). Qiyosiy adabiyotshunoslik. Toshkent: Akademnashr.

7. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

8. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

9. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

10. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

11. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.

12. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

13. Qayumov A. CREATING OF A NATIONAL CHARACTER THROUGH MEANS OF LITERATURE //Theoretical & Applied Science. - 2018. - №. 1. - С. 235-240.

14. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

15. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

16. Oripova Gulnoza Murodilovna. (2019). THE PECULIARITIES OF VAZN METER IN UZBEK POETRY OF THE INDEPENDENCE PERIOD. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguisitcs and Interdisciplinary Studies. Volume: 8 /Issue:2/. - Macedonia, 2019. -P.33-39.

17. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

18. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции. 6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

19. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

20. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

21. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

22. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

23. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 1(4), 104-105.

24. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

25. Rahimov Z., Gulomov D. Retrospective plot features. EPRA International Journal of MULTIDISCIPLINARY RESEARCH(IJMR), 2020, november, No6, page510-513.

26. Oripova, G. M., Akhmadjonova, O. A., Kholmatov, O. U. U., & Muminova, T. S. (2022). INTERPRETATION OF MOTHER IMAGE IN LITERATURE. International scientific journal of Biruni, 1(2), 304-309.

27. Xo'jayev, S., & qizi Tuychiboyeva, N. K. (2022). BOLA RUHIYATI TASVIRI (CH. AYTMATOV VA О '. HOSHIMOV ASARLARI MISOLIDA). RESEARCH AND EDUCATION,, 1(3), 125-129.

28. Xo'Jayev, S., & Abdumalikova, D. R. Q. (2022). BADIIY ADABIYOTDA OPA-SINGILLAR OBRAZI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 734-740.

29. Mo'Minova, T. S. (2022). BADIIY ASARDA NUQTAI NAZAR VA XARAKTER IFODASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 768-774.

30. Rustamova, I. I. (2021). Rhythm Views on the Plot of the Work. Badiy asar syujetida ritm ko'rinisMariJ/International Journal of Innovative Research.-India, 8355-8357.

31. Rustamova, I., & Mamayusupov, S. (2022). AUTHOR'S POSITION AND STORY FUNCTION IN ABDULLAH QAHHOR'S STORY" HEADLESS MAN". Oriental Journal of Social Sciences, 2(03), 120-127.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.