Научная статья на тему 'BADIIY ADABIYOTDA OPA-SINGILLAR OBRAZI'

BADIIY ADABIYOTDA OPA-SINGILLAR OBRAZI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
279
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Badiiy obraz / talqin qilish / ta ‘ sirchanlik / tasvir / timsol / personaj / ramziy obraz / voqelik / shaxsiy qarashlar / Shekspir / “Qirol Lir” / O’lmas Umarbekov / “Fotima va Zuhra” / “Andisha va G‘urur” / Abdulla Qahhor / “Nurli cho’qqilar”. / Artistic image / interpretation / impressiveness / image / symbol / character / symbolic image / reality / personal views / Shakespeare / "King Lear" / Olmas Umarbekov / "Fatima and Venus" / "Andisha and Pride" / Abdulla Qahhor / "Nurli Choghilar".

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xo‘Jayev, Sidiqjon, Abdumalikova, Dilnavoz Rustamjon Qizi

Maqolada adabiyotshunoslikda obraz va timsollardan foydalanish, ularning asar badiyatini oshirishdagi hissasi, shuningdek, badiiy adabiyotda, opa va singil timsollaridan foydalanish, opa-singillar obrazining asardagi xarakterli xususiyatlari, Jahon hamda o’zbek adabiyotidan o’rin olgan opa-singillar bosh obraz darajasiga ko’tarilgan asarlar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMAGE OF SISTERS IN FICTION LITERATURE

In the article, the use of images and symbols in literary studies, their contribution to increasing the creativity of the work, as well as the use of the symbols of sister and sister in fiction, the characteristics of the image of sisters in the work, sisters from World and Uzbek literature are at the level of the main character. The collected works are discussed.

Текст научной работы на тему «BADIIY ADABIYOTDA OPA-SINGILLAR OBRAZI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BADIIY ADABIYOTDA OPA-SINGILLAR OBRAZI

Sidiqjon Xo'jayev

Farg'ona davlat universiteti katta o'qituvchisi.

Abdumalikova Dilnavoz Rustamjon qizi

Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistranti.

ANNOTATSIYA

Maqolada adabiyotshunoslikda obraz va timsollardan foydalanish, ularning asar badiyatini oshirishdagi hissasi, shuningdek, badiiy adabiyotda, opa va singil timsollaridan foydalanish, opa-singillar obrazining asardagi xarakterli xususiyatlari, Jahon hamda o 'zbek adabiyotidan o 'rin olgan opa-singillar bosh obraz darajasiga ko 'tarilgan asarlar haqida fikr yuritilgan.

Tayanch so'z va iboralar: Badiiy obraz, talqin qilish, ta'sirchanlik, tasvir, timsol, personaj, ramziy obraz, voqelik, shaxsiy qarashlar, Shekspir, "Qirol Lir", O'lmas Umarbekov, "Fotima va Zuhra", "Andisha va G'urur", Abdulla Qahhor, "Nurli cho 'qqilar".

ABSTRACT

In the article, the use of images and symbols in literary studies, their contribution to increasing the creativity of the work, as well as the use of the symbols of sister and sister in fiction, the characteristics of the image of sisters in the work, sisters from World and Uzbek literature are at the level of the main character. The collected works are discussed.

Key words and word expressions: Artistic image, interpretation, impressiveness, image, symbol, character, symbolic image, reality, personal views, Shakespeare, "King Lear", Olmas Umarbekov, "Fatima and Venus", "Andisha and Pride", Abdulla Qahhor, "Nurli Choghilar".

АННОТАЦИЯ

В статье использование образов и символов в литературоведении, их вклад в повышение креативности произведения, а также использование символов сестры и сестры в художественной литературе, характерные черты изображения сестер в произведении, сестры из мировой и узбекской литературы - главные герои Обсуждается собрание сочинений.

Ключевые слова: Художественный образ, интерпретация, выразительность, образ, символ, характер, символический образ, действительность, личные взгляды, Шекспир, «Король Лир», Олмас Умарбеков, «Фатима и Венера», «Андиша и Гордость», Абдулла Каххор, «Нурли Чогилар» .

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

"Obraz" termini rus tilidan olingan bo'lib, o'zbekcha tarjimada "aks" degan ma'noni anglatadi. Badiiy obraz borliqning badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy o braz o'sha borliqning oddiygina aksi emas, yo'q, u borliqning san'atkor k o'zi bilan ko'rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Bu aksda borliqning ko'plab tanish izlarini topasiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning ayni o'zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik — badiiy borliqdir." 1 L.N. Tolstoyning fikricha, adabiyotda ma'lum bir obraz yaratish uchun shu toifadagi juda ko'p kishilarga xos xususiyatlarni tanlab olib, badiiy bir butunlikka jamlash kerak. "Obraz umumlashma natijasi bo'ladi. Asarda tasvirlangan birgina obraz zamirida yuzlab, minglab kishilarga xos xislat va belgilar umumlashtirilib, jamlab beriladi".2 Ya'ni adib yaratgan obraz faqat bir kishining aynan nusxasi bo'lmasdan, atrofidagi insonlar ayrim hislatlarini o'zida mujassam etgan, ko'plab shaxslarning qaysidir xususiyatlarini badiiy bo'yoq bilan aks ettirgan jamlanmadir. Bundan kelib chiqadiki, ijodkor o'z asarida opa-singillarni jonlantirishi uchun juda ko'plab opa-singillarni kuzatishi, ularning qiyofasini belgilab beruvchi xarakterli xususiyatlarini, odatlarini ko'rib chiqishi kerak. Demak, asardagi personajlar real hayotdagi insonlarga juda o'xshasada, ularning aynan aksi bo'la olmaydi. Ya'ni adib yaratgan obraz faqat bir kishining aynan nusxasi bo'lmaydi.

Adabiyotshunoslikda tasvir, timsol va obrazlar qo'llash zamirida, shubhasiz, katta maqsad yotadi. Demak, muallif yaratayotgan har bir qahramon orqali o'zining asosiy maqsadini o'quvchiga yetgazishga, ijtimoiy va jamiyatda ko'ndalang bo'lib turgan muammolarni aynan o'zi yaratgan obrazlar orqali ko'rsatib berishga urinadi. Yozuvchi yozgan asarida o'sha davr mafkurasi, o'sha davr ijtimoiy hayoti, albatta, ma'lum ma'noda aks etadi. Binobarin, opa-singlillar obrazi orqali ham birodarlik, birdamlik, o'zaro munosabatlarda iliqlik va yaqinlikni ifodalash asosiy maqsad qilib olinadi. Biroq, ba'zi asarlardagi opa-singillar faqat yaqinlikni ifodalashga xizmat qilmagan. Ularda qondoshlar orasidagi nizolar, mol-u dunyo har qanday yaqin rishtalarni ham uzishga qodirligi badiiy bo'yoqlar qatiga singib ko'rsatib berilgan. Bunga misol tariqasida, dastlab, jahon adabiyotiga yuzlanamiz.

MUHOKAMA

Jahon adabiyotida "Barcha zamonlarning tragediyasi" deb nom olgan Shekspirning "Qirol Lir" asarida tabiatlari bir biridan butkul farq qiladigan uch opa-singil va ularning boshdan kechirgan voqealari fojiaviy tarzda aks ettirilgan. Qirol

1 Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. T.2008.49-bet

2To'xta Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari.T,2002.42-bet.

735

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Liming uch qizi: Goneril, Regan hamda Kordeliya bo'lib, ular orasida Kordeliya otasiga bo'lgan mehri, hurmati hamda rostgo'yligi orqali opalaridan keskin farq qiladi. Ikki opasi Goneril va Regan riyokorlik hamda yolg'on bilan otasining merosxo'riga aylanadi, Kordeliya esa haqiqatni aytgani uchun otasi tomonidan jazolanadi va mamlakatidan quviladi. Biroq, qirolning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmaydi. Ikkiyuzlamachilik ortidan otasining merosiga ega chiqqan qizlar tez orada asl yuzini ko'rsatishadi, qirol esa hech nimasiz ko'chada qoladi. Lekin, bu holatga Kordeliya shunchaki qarab turmaydi, otasiga mehribonchilik qilib, opalarining qilmishlari uchun Angilyaga yurish boshlaydi, biroq baxtga qarshi bu yurish Kordeliyaning mag'lubiyati bilan tugaydi hamda opalari tomonidan o'ldiriladi. Asarda e'tiborimizni tortadigan yana bir holat bor, ya'ni, bir biri bilan shu vaqtgacha hamkorlik qilgan Goneril va Regan tez orada dushmanga aylanadi. Regan Goneril tomonidan zaharlanib vafot etadi.

Tragediyani o'qish davomida jigarlarning o'zaro munosabati qanchalik soxta va mo'rt ekanligi insonni hayratga soladi. Opa-singillarning hech qanday his-tuyg'usiz, faqat, mol-dunyo ortidan quvib bir-birini o'ldirishga tayyor ekanligi Regan bilan Gonerilga nisbatan g'azabimizni qo'zg'aydi. O'z opasi-yu singlisini qadrlamagan qondoshlar, hatto, o'z otasiga g'amhorlik qilishga ham yarashmaydi. "Qirol Lir" tragediyasidagi opa-singillarning shafqatsizligi asarning o'quvchiga ta'sir kuchini yana kuchaytirishga xizmat qilgan.

O'zbek adabiyotida ham markazida opa-singillar obrazi aks etgan ijod na'munalari talaygina. Kichik hikoyalardan tortib, katta-katta romanlargacha opa-singillar bosh qahramon darajasiga olib chiqilgan asarlar o'z o'quvchilarning kitob javonidan muqim o'rin egallashga ulgurgan. Opa-singillar bosh obraz darajasiga ko'tarilgan asarlarni "Muayyan harakter va holatni aks ettiradigan so'zni qo'llab va uni o'z qolipiga tushgandek o'rnini topib ishlatish unga maroq bag'ishlaydigan"3 kam so'z qo'llab, ko'p ma'no ifodalay oluvchi so'z san'atkori Abdulla Qahhor ijodidan boshlasak. Abdulla Qahhor barchaga mohir hikoyanavis sifatida tanish hamda sevimli. Uning "Nurli cho'qqilar" nomli hikoyasida egizak opa-singillar: Fotima va Zuhra hamda ularning bir biriga mutlaq o'xshamaydigan fe'l-atvori, his-tuyg'ulari, orzu-o'ylari hamda hayot yo'llari yoritilgan. Sho'x-shaddodligi, aqlli va bilimdonligi, shu bilan birga, ta'bi nozik hamda mag'rurligi bilan barchning e'tibor markazida bo'lgan Zuhra ota-onasi roziligisiz "... baxtli turmush quchog'idan oqib kelajakning nurli cho'qqilari tomon" yanglish yo'ldan yurganligi, Zuhraga qaraganda bo'shtobroq

3 Matyaqub Qo'shjonov. Abdulla Qahhor mahorati. - T.:1988. 3- b

736

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Fotima esa qishlog'ida, mehnati va harakati ortidan qishloqdoshlarining mehrini qozonib "Nurli cho'qqilar"iga yetib borganligi o'z ifodasini topgan.

Qodiriy ta'biri bilan aytganda "...bir onadan necha xil bola"4 deganlaridek. "...Fotima va Zuhra bir olmaning ikki pallasi bo'lishiga qaramasdan"5 hayotlari umuman boshqa-boshqa yo'nalishda ketadi. Aql va shijoat doim ham insonning taqdirini to'g'ri belgilashga xizmat qilmasligi, insonni mehnat ulug'lashi opa-singillar misolida, hikoyada o'z ifodasini topgan.

Endi adabiyotshunoslikdagi tasvir tushunchasiga to'xtalsak. Tasvir - voqelikning yagona, individual ko'rinishidagi umumlashtirilgan aks etishi - bu tushunchaning shunday umumiy ta'rifi. Ushbu ta'rifda eng asosiy xususiyatlar ta'kidlangan -umumlashtirish va individuallashtirilgan bo'ladi. . Darhaqiqat, bu ikkala xususiyat ham muhim. Ular har bir adabiy asarda mavjud.

Masalan, O'lmas Umarbekovning dedektiv yo'nalishdagi "Fotima va Zuhra" romanida shu davrga xos umumiy xususiyatlar yaqqol ko'rsatib o'tilgan. "Fotima va Zuhra" romanida mustaqillikdan oldin Respublikamizda ildiz otayotgan mafiya va uni qo'llab-quvvatlayotgan rahbarlar, ularning kirdikorlari, ularga qarshi kurashayotgan qonun posbonlari, bir oilaning butkul barbod bo'lib ketishi va bu holat uchun jinoyatchilarni jazolashga hech narsadan tab tortmasdan kirishgan jasur qiz Zuhraning sarguzashtlari ifoda etilgan.

Asarning bosh qahramonlari bo'lgan egizak opa-singillar Fotima va Zuhra bir biriga juda mehribon, inoq, qadrli, sirdosh hamda aziz. Onalarisiz, otalarining qo'lida ulg'aygan qizlar bir birining yagona dardkashiga aylangan.

Fotima - maktabni medal bilan tamomlab, kelajakning shirin orzulari og'ushida suzayotgan bir paytda, barcha niyatlari akasi o'ynagan qimor ortidan barbod bo'ladi. Nomusining toptalishiga bardosh bera olmagan qiz, o'z joniga qasd qiladi. Fotimaning o'limiga sabab bo'lgan qotillarni topishga, qiz bola bo'lishiga qaramasdan Zuhra bel bog'laydi, hamda, katta qiyinchiliklar bilan bo'lsada buni uddasidan chiqadi. Jinoyatchilar, avvalo, Zuhra, so'ngra, qonun himoyachilari tomonidan qo'lga olinadi.

Roman qahramoni Zuhra yigit kishilarga xos bo'lgan - cho'rtkesarlik, mardlik, jasorat, bir so'zlilik, adolatlilik kabi hislatlarni o'zida mujassam etgan. Fotima esa o'zbek qizlarining chin ma'nodagi timsolini o'zining nazokati, oriyatliligi, oqillik va donoligi bilan ifodalagan. Asar davomida egizak opa-singillar ko'rinish jihatdan bir

4 Abdulla Qodiriy. Mehrobdan Chayon.T.1994.

5 Abdulla Qahhor. Tanlangan asarlar.Yangi Asr Avlodi. 2015.

737

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

biriga juda o'xshasa ham xarakter jihatdan umuman boshqa-boshqa olam ekanligi zo'r mahorat bilan tasvirlangan.

Xulosa qilib aytganda, badiiy asarda opa-singillar obrazidan foydalanish asar badiiyatini oshirishga, qon-qarindoshlik aloqalarini bor qirralai bilan ko'rsatib berishga katta xizmat qiladi. Badiiy adabiyotda opa-singillar obrazlarini qo'llash yuqoridagi asarlardan tashqari Asqad Muxtorning "Opa-singillar", A.S.Pushkinning "Yevgeniy Onegin", J.Ostenning "Andisha va G'urur"' O.Genrining "So'nggi yaproq", F. Dostoyevskiyning "Aka-uka Karamazovlar" asarlarida ham qo'llanilgan.

REFERENCES

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

2. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

3. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume: 10, Issue: 11, November.

4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

5. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

6. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

7. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

8. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

9. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

10. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного

XULOSA

556-559.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

11. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

12. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 33-39.

13. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

14. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.

15. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

16. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

17. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

18. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

19. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

20. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

21. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

22. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

23. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

24. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

25. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

26. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

27. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

28. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 7(3),

29. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

30. PORTRAIT, R. I. (2021). ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR. Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH.-America, 230-234.

111-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.