Научная статья на тему 'NURALI QOBIL HIKOYALARIDA NUTQ SHAKLI VA QAHRAMONLARNING MA’NAVIY QIYOFASI'

NURALI QOBIL HIKOYALARIDA NUTQ SHAKLI VA QAHRAMONLARNING MA’NAVIY QIYOFASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
285
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nutq / monolog / xarakter / dialog / personaj nutqi / portret / badiiy matn. / Speech / monologue / character / dialogue / character speech / portrait / artistic text.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yo‘Lchiyev, Qahhor Vahobovich, Muhiddinov, Davlatbek Muxtor O‘G‘Li

Ushbu maqolada Nurali Qobil hikoyalarida qahramonlarning nutqi orqali xarakteri, fe’l-atvori, ma’naviy qiyofasi ochib berilgan. Badiiy nutq shakllari, muallif nutqi, qahramon nutqi, roviy nutqi ularning farqi tushuntirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FORM OF SPEECH AND THE SPIRITUAL IMAGE OF THE CHARACTERS IN THE STORIES OF NURALI KABUL

In this article, the character, character, and spiritual image of the heroes in the stories of Nurali Kabul are revealed through their speech. Forms of artistic speech, author's speech, hero's speech, narrator's speech, their differences are explained.

Текст научной работы на тему «NURALI QOBIL HIKOYALARIDA NUTQ SHAKLI VA QAHRAMONLARNING MA’NAVIY QIYOFASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

NURALI QOBIL HIKOYALARIDA NUTQ SHAKLI VA QAHRAMONLARNING MA'NAVIY QIYOFASI

Yo'lchiyev Qahhor Vahobovich,

professor, filologiya fanlar doktori(PhD), Farg'ona davlat universiteti professori Muhiddinov Davlatbek Muxtor o'g'li, FarDU 2-bosqich magistranti

Ushbu maqolada Nurali Qobil hikoyalarida qahramonlarning nutqi orqali xarakteri, fe'l-atvori, ma'naviy qiyofasi ochib berilgan. Badiiy nutq shaMlari, muallif nutqi, qahramon nutqi, roviy nutqi ularning farqi tushuntirilgan.

Kalit so'zlar: Nutq, monolog, xarakter, dialog, personaj nutqi, portret, badiiy matn.

THE FORM OF SPEECH AND THE SPIRITUAL IMAGE OF THE CHARACTERS IN THE STORIES OF NURALI KABUL

ABSTRACT

In this article, the character, character, and spiritual image of the heroes in the stories of Nurali Kabul are revealed through their speech. Forms of artistic speech, author's speech, hero's speech, narrator's speech, their differences are explained.

Key words: Speech, monologue, character, dialogue, character speech, portrait, artistic text.

ФОРМА РЕЧИ И ДУХОВНЫЙ ОБРАЗ ПЕРСОНАЖЕЙ В ПОИСКАХ

НУРАЛИ КАБИЛ

АННОТАЦИЯ

В данной статье характер, характер и духовный образ героев рассказов Нурали Кабула раскрываются через их речь. Объясняются формы художественной речи, авторской речи, речи героя, речи рассказчика, их различия.

Ключевые слова: Речь, монолог, персонаж, диалог, речь персонажа, портрет, художественный текст.

Badiiy nutq alohida tur nutq bo'lib, u davrning muhim ijtimoiy masalalarini badiiy obrazlar va badiiy bo'yoqlar vositasida tasvirlaydi hamda kitobxonga birinchi

ANNOTATSIYA

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

galda estetik ta'sir ko'rsatadi. Zero, "har qanday badiiy matn, avvalo, nutq parchasidir. Nutq esa ijrosi, bayoni, amaliyoti uchun vaqt talab qiladi"[1,80] Shu ma'noda, yozuvchi asar tilida so'z yordamida aniq makon va vaqt birligidagi manzara, obraz va uning o'ziga xos xarakterini, xususiyatlarini yaratadi. Uning mahorati, tajribasi, tilni qadrlashi ayni mana shu vaqtda namoyon bo'ladi. O'quvchini ishontirish uchun, ishontirishgina emas, unga g'oyaviy va estetik jihatdan ta'sir qilish, unda yuksak his-tuyg'ular uyg'otish uchun ijodkor voqealar, manzaralarni oddiy qora-oq tasvirda emas, kamalak ranglaridek turfa ranglarda, turli badiiy tasvir vositalari (o'xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag'a va boshqalar)dan foydalangan holda tasvirlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Badiiy asarda turli-tuman personajlar qatnashar ekan, albatta, ularning har biriga xos nutq ham yaratilishi kerak. Bu nutq individualligi, obrazliligi bilan har bir shaxsning dunyoqarashini, tajribasini, xulq-atvorini, ma'naviyatini, salohiyatini, boringki, butun borlig'ini mubolag'ali va ishonchli qilib ochib berishi - ko'rsatishi lozim. Chunki har bir odamning nutqida uning bo'yi basti(ruhiy kayfiyati, his-tuyg'ulari ham) aks etadi, shuning uchun ham so'z - xarakter ko'zgusi sanaladi. Personaj nutqi dialog va monolog vositasida voqe bo'ladi.[3,132]

Monolog (gr. monos - bir va logos - so'z, nutq) badiiy asardagi qahramonning o'z-o'ziga yoki o'zgalarga qaratilgan nutqidir. Bu nutq, odatda, qahramonlaming ichki iztirob va dardlarining "po'rtanalari", "to'lqinlari"ni ifoda qiladi. Lirik asarda monologning tashqi ko'rinishi (bunda lirik qahramon o'z nutqini ovoz chiqarib ifoda qiladi) yaqqol ko'zga tashlanadi, lirik qahramonning ichki tug'yonlarini ochish orqali uning xarakterini namoyon etadilar: Yozuvchining "Do'stimmurod bobo" hikoyasida "bir to 'p aft-angori changga belangan qishloq bolalari kuniga ikki marta bo'lmasayam bir marta qorin to'ygulik darajada meva-cheva o'g'irlardik. Bog'-u roqqa serob qishlog'imizda buning uchun bizni hech kim jiddiy tergamas, enamning odamning umr bo 'yi qiladigan savob ishlarini qayd etib yuradigan o 'ng yelkasidagi va gunohlarini yozib yuradigan chap yelkasidagi farishtalar haqidagi haqidagi gaplariga esa hayiqmay qolgan edim "[2,28] Bola tilidan aytilgan ushbu monologik nuqtda bolalar har kuni emas faqat bir kunda bir marotaba o'g'irlik qilishlari aytilgan. Bu bolalarni qishloqcha samimiyligini, to'g'ri so'zliligini anglatadi. O'g'irlaganda ham ko'p emas "qorin to'ygulik" daraja o'girlik qilishlari aytilgan.Ushbu nuqt orqali yana shuni anglash mumkinki, nutq egasini endi yosh bola emas kattaroq bola bo'lib qolganini quyidagi jumla orqali bilishimiz mumkin enamning odamning umr bo'yi qiladigan savob ishlarini qayd etib yuradigan o'ng yelkasidagi va gunohlarini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yozib yuradigan chap yelkasidagi farishtalar haqidagi haqidagi gaplariga esa hayiqmay qolgan edim. Bola endi yosh bola emas biroz ulg'aygan, buvising har qanday gapiga ishonib ketadigan bola emas balki bolaning ruhiyati ham shaxsiyati ham shaklanish davrida ekanligini birgina bola tilidan aytilgan monologik nutq orqali sezishimiz mumkin. Yozuvchi hikoyalarida monologik nutq turidan keng foydalangan hikoyalarda asosan bola tilidan so'zlaydi. Dialogik nutq turidan foydalanganida, asosan, bola va keksalar o'rtasidagi suhbatlardan foydalangan. Yozuvchi nutq orqali o'sha davr siyosiy tuzumi, xalq kayfiyati, qahramonlar ichki dunyosi, holat va hissiyotlari ochib berishga uringan. Insonlar qiyofasidagi ma'naviy o'zgarishlarni ham sezish mumkin. Hayot hukmi nomli hikoyada brigadr va direktor o'rtasidagi dialogik nutq orqali sezish mumkin:

- Rahmat, uka, yoshlarni rag'batlantirish kerak, menga nimani lozim ko'rsangiz, mayli, ishlayveraman, lekin bu brigadada ishlay olmayman.

- Hali, umuman, cho'l havosi sog'lig'imga to'g'ri kelmadi, deb Bahmalga ko'chib ham ketarsiz? - ovozini balandlatdi direktor. - O'rninggizga odam yo'q.Bizdan ham ishni so'raydiganlar bor.

- Bitta brigada boshlig'ini topish u qadar qiyin emasdur, uka. Hisobchimiz Eshmirzani qo'ysangiz ham bemalol eplaydi. Besh yil bo'ldi hisobchilik qilayotganiga. O'zim yo'l-yo'riq ko'rsatib turaman.

- Ishlashni xohlamagan odamning yo'l-yo'rig'i kimga kerak?

- Unda o'zingiz bilasiz. Lekin men ishlay olmayman. - ovozi titrab ketdi Xolboy akaning.

-Unda partiyabiletni ham stol ustiga qo'yishga to'g'ri keladi.

-Partiyabiletni menga siz berganingiz yo'q.

-Lekin, qaytarib olishim mumkin.

-mayli, mana, ariza, Hozircha brigadirlikni olib turing.[2,63]

Ushbu dialogik nutqda ikki bolasini qabrga qo'ygan ota va faqat shahardan keltirilgan buyruqlarni bajarishni biladigan rahbar suhbati keltirilgan. Hikoya qahramoni Xolboy Mirzacho'lni obod qilishda qatnashgan birinchi insonlardan. Xolboy aka uzoq yillar davomida cho'lda mehnat qildi. Cho'lni obod qildi, shu yillar oralig'ida ikki farzandidan ayrildi. Har tong dala yerlariga tutashib ketgan qabriston oldidan o'tar ekan yarasi yangilanaverdi. Direktordan ruhsat so'rash uchun kirganida o'ziga nisbatan taqiq qo'yildi, yani o'sha davrning mafkurasi uchun xiz mat qilgan "partiyabilet"ni olib qo'yish bilan dag'dag'a qilindi. Nurali qobul hikoyalariada shuni anglash mumkinki hikoyalarda faqatgina bola va bobo suhbati, qushlar, tabiat tasviri,

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bolalik xotiralaridan iborat emas. Hikoyalarda turli insonlar taqdiri siyosiy hayot manzalarini ko'rish mumkin.

Xolboy akaning nutqidan keltirilgan monologik nutqda o'sha davr rahbarlarining ma'naviy qiyofasi ochib berilgan "...Sen xalq uchun jonini jabborga beradigan, odamlar yuragini ochib, sitqidildan yaxshi ko'radigan, rahbar emassan! Kishilar sendan hayiqganidan, sen bilan teng bo'lishni o'zlariga ep ko'rmaganidan, gapingni ikki qilishsa, ishlari yurishmasligi uchun, qolaversa, orqangda "tog'laring" borligi uchun aytganingni qilishadi.. .[2,64]

Yozuvchining Shikoyat nomli hikoyasi qahramonlarning nutqida o'sha davr boshliqlarning ma'naviy qiyofasini yana bir bor ko'rishimiz mumkin. Hikoyaning boshlanishi tugun qismdan (Yozuvchi hikoyalarining aksar qismi xuddi shunday tugundan boshlanadi) boshlanadi. JEK1 boshlig'i Turdiyevga ko'p qavatli uylarning birida istiqomad qiluvchi fuqaroning uyida qo'y boqilyotganligi haqidagi shikoyat xati kelib tushganidan hikoyaning sujet qismi boshlanadi. Hikoyada bunday muammoni qanday hal qilish voqealar rivojini davom ettiradi.

-Ey! Sen qo'ng'iz mo'ylovli terak! Ishlaysanmi, yo'qmi? Odammisan o'zi? Nega aytganni qilmaysan? To'rtta familyani yozib kiritishga ikki kun ketadimi? A?

Ayt-chi? Ijroko'mdagilardan oladiganimni oldim-ku? - O'shqirdi boshliq boshliq Qodirqulovga.

-Orifjon Turdievich!Avval meni tinglang, avval meni tinglang, - derdi bosh

injener Turdievichning gapini bo'lib.[2,67] Ushbu dialogik nutq yozuvchining obrazlar qiyofasini ochib berishda katta ahamiyatga ega. Olimjon Turdievichning qayta qayta savol bilan Qodirqulovga o'shqirishi boshliqning qattiq jahli chiqqanligini anglatadi. Rahbar qanchalik jahldor bo'lmasin, qanchalik achchiqlangan bo'lmasin, Qodirqulovning gapga chechan ustamon rahbarlar bilan qanday muomala qilishni biladigan inson ekanligini uning nutqida anglash mumkin. Masalan, Orifjon Turdievich! Avval meni tinglang, avval meni tinglang so'z birikmasining takrori orqali qahramonning qay darajada ayyor, o'z ishining ustasi ekanligini yozuvchi mahorat bilan ko'rsata olgan. Hikoyada yana bir e'tibordan chetda qoladigan bir jihat bor bu narsa hikoya qahramonlaridan biri "Qodirqulov"ning nomlanishi bilan bog'liq. Nomga etibor qaratsak qodir+qul so'z qo'shilmasi chiqadi bu jihat ham yozuvchining qahramoni qay darajada ayyor ekanligini ko'rsatib berishga yordam beradi.

1 JEK-Uylardan foydalanish idorasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Qodirqulovga yuklatilgan vazifa fuqaroning uyida saqlanayotgan qo'yni yo'qotish uchun idora xodimlaridan komissiya tuzish kerakligi yuklatilgan edi. Lekin Qodirqulov buni o'z vaqtida bajara olmaydi.

-Sizdek mo'tabar insonning topshiriqlarini bajara olmaganimdan yuzim shuvut bo'lib oldingizga kira olmay o'tirgandi - g'uldiradi Qodirqulov.

Qodirqulovning nutqidan boshliqqa nisbatan Sizdek mo'tabar insonning degan jumlaning keltirilishi qanchalik ustamon odam ekanligini ko'rsatadi.

-Invalidroq chol ekan, sekinroq chiqyapti, -deb qaytib keldi Qodirqulov.

-O'zi invalid-u tag'in qo'y boqqaniga balo bormi? -qo'shib qo'ydi ishxonada nima ish qilishini hech kim aniq bilmaydigan Berdiyorova.[2,69] Yozuvchi o'zi yozgan hikoyalarida obrazlarga tarif berib o'tirmaydi. Qahramonlar qiyofasi ularning nutqi va yozuvchining nutqidan bilib olishimiz mumkin. Xuddi shunday Berdiyorovaga berilgan tarif ...qo'shib qo 'ydi ishxonada nima ish qilishini hech kim aniq bilmaydigan Berdiyorova. Shu birgina jumlada Berdiyorovani qanday xodim ekanligini sezib olish qiyin emas. Qurilish idorasida nima ish qilishini bilmay yurgan, ishga bo'lsa qandaydir kimsalar oraqli joylashib olgan hamshiraning qiyofasi ochib berilgan.

Xulosa qilib aytganda Nurali Qobil hikoyalarida nutqning turli shakllaridan foydalanish orqali qahramonlar xarakteri, portreti, fe'l-atvori mahorat bilan ochib berilgan. Yozuvchining qator hikoyalarida bolalik xotiralari yoritib berilgan. Hikoyalarni o'qish jarayonida yozuvchining o'z shaxsiy "meni" duyoqarashi, insoniyligi, pokligini bilib olishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

2. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 1(2).

3. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).

4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

XULOSA

556-559.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

6. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

7. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

8. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

9. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 33-39.

10. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.

11. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции. 6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

12. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

13. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

14. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

15. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

16. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

17. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

18. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

19. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

20. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 1(4), 104-105.

21. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

22. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

23. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

24. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),

25. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

26. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.

27. Kholmatov, O. U. U. (2020). Interpretation of" lost generation" in the creation of Erih Maria remark. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 1654-1659.

28. Umarjon o'g'li, X. O. (2022). QAHRAMONLIK EPOSLARIDA URUSH KISHILARI TASVIRI: OBRAZ VA TALQIN. SO 'NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(1), 246-249.

111-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.