Научная статья на тему '“MUVOZANAT” ROMANIDA RAMZIY OBRAZ VA POETIK MAZMUN'

“MUVOZANAT” ROMANIDA RAMZIY OBRAZ VA POETIK MAZMUN Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1865
164
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mantiqiy izchillik / voqelik / xarakter / ramz / g‘oya / tasvir / obraz / mahorat / uslub. / logical consistency / reality / character / symbol / idea / image / image / skill / style.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Uralova, Dilnoza Murodilla Qizi

Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” romanida bir necha ramziy obrazlar talqinida yaqin o‘tmishimiz, odatlangan turmush tarzimizdagi o‘zgarishlar ruhiyatimizda keskin o‘zgarishlar, evirilishlarni yuzaga chiqargan davrdagi muvozanatsizlik holati tasvirlanadi. Roman nomining o‘zidayoq shuni anglashimiz mumkinki, yangi davr ostonasida turgan inson ko‘nglidagi mezon davr va makon o‘zgarishlari natijasida ma’lum darajada izdan chiqdi, saqlab turilgan muvozanatning qalqib ketishi keng ko‘lamda ifodalab berildi. Yozuvchi bu asarida muvozanat tushunchasiga badiiy nuqtayi nazardan yondashadi va muvozanatning inson hayotining har bir tarzida, jabhasida, namoyon bo‘lishini muvozanatning buzilish holatlarini bir necha obrazlar orqali ko‘rsatib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYMBOLIC IMAGE AND POETIC CONTENT IN THE NOVEL "BALANCE".

In Ulugbek Hamdam’s novel “Equilibrium”, the interpretation of several symbolic images describes the state of imbalance in the period when our recent past, changes in our habitual lifestyle caused sharp changes and twists in our psyche. From the very title of the novel, we can understand that the standard in the mind of a person standing on the threshold of a new era has been somewhat lost as a result of the changes of time and space, and the upheaval of the maintained balance has been widely expressed. In this work, the writer approaches the concept of balance from an artistic point of view and shows the manifestation of balance in every way and aspect of human life, and the cases of imbalance through several images.

Текст научной работы на тему «“MUVOZANAT” ROMANIDA RAMZIY OBRAZ VA POETIK MAZMUN»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

UDK: 8-1/-9+003.62+004.13 "MUVOZANAT" ROMANIDA RAMZIY OBRAZ VA POETIK MAZMUN

Ulug'bek Hamdamning "Muvozanat" romanida bir necha ramziy obrazlar talqinida yaqin o 'tmishimiz, odatlangan turmush tarzimizdagi o 'zgarishlar ruhiyatimizda keskin o'zgarishlar, evirilishlarni yuzaga chiqargan davrdagi muvozanatsizlik holati tasvirlanadi. Roman nomining o 'zidayoq shuni anglashimiz mumkinki, yangi davr ostonasida turgan inson ko'nglidagi mezon davr va makon o'zgarishlari natijasida ma'lum darajada izdan chiqdi, saqlab turilgan muvozanatning qalqib ketishi keng ko 'lamda ifodalab berildi. Yozuvchi bu asarida muvozanat tushunchasiga badiiy nuqtayi nazardan yondashadi va muvozanatning inson hayotining har bir tarzida, jabhasida, namoyon bo'lishini muvozanatning buzilish holatlarini bir necha obrazlar orqali ko 'rsatib beradi.

Kalit so'zlar: mantiqiy izchillik, voqelik, xarakter, ramz, g'oya, tasvir, obraz, mahorat, uslub.

В романе Улугбека Хамдама «Равновесие» интерпретация нескольких символических образов описывает состояние неуравновешенности в тот период, когда наше недавнее прошлое, изменения привычного образа жизни вызывали резкие изменения и перекосы в нашей психике. Из самого названия романа можно понять, что эталон в сознании человека, стоящего на пороге новой эры, несколько утерян в результате изменений времени и пространства, нарушения сохраняемого равновесия. получил широкое выражение. В этом произведении писатель подходит к понятию баланса с художественной точки зрения и через несколько образов показывает проявление баланса во всех отношениях и сторонах человеческой жизни, случаи дисбаланса.

Ключевые слова: логическая последовательность, реальность, характер, символ, идея, образ, образ, мастерство, стиль.

In Ulugbek Hamdam's novel "Equilibrium", the interpretation of several symbolic images describes the state of imbalance in the period when our recent past, changes in our habitual lifestyle caused sharp changes and twists in our psyche.

Uralova Dilnoza Murodilla qizi

FarDU 1-kurs tayanch doktoranti dilnozaqochqorova86@gmail.com

+998937981021

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

From the very title of the novel, we can understand that the standard in the mind of a person standing on the threshold of a new era has been somewhat lost as a result of the changes of time and space, and the upheaval of the maintained balance has been widely expressed. In this work, the writer approaches the concept of balance from an artistic point of view and shows the manifestation of balance in every way and aspect of human life, and the cases of imbalance through several images.

Key words: logical consistency, reality, character, symbol, idea, image, image,

"Muvozanat" romani jami 110 sahifadan iborat bo'lib, 60 ga yaqin faol va nofaol bo'lgan epizodlar ishtirok etadi. Muallifning boshqa asarlarda ustuvorlik qilgani kabi bu asarda ham ijtimoiy-falsafiy mazmun yetakchilik qiladi. "Muvozanat" romani hozirgacha to'rt marta qayta nashr etildi"1. "Asarning g'oyasi, yangi davr ostonasida turgan inson kechmishlari, iztiroblari, taqdirlari xususida katta-kichik tadqiqotlar yaratildi. Asar haqidagi talqinlar nafaqat yurtimizda, balki uzoq Amerika adabiy jarayonida ham aks-sado berdi"2.

Asarda o'zbek millatining sho'ro tuzumidan bozor iqtisodiyotiga o'tish davridagi burilishlari, kechmishlari haqqoniy, shafqatsiz real tasvirlarda Yusuf va uning do'stlari Said, Mirazim hayoti misolida yoritib berildi. Asarda ishtirok etgan har bir qahramon hayot tarzida iztiroblarga yuzlanib, muvozanatni saqlay olmay, ruhiyatlarida qalqishlar yuzaga kelganini guvohi bo'lamiz. Ijodkor roman voqealari tasvirida kontras usulidan unumli foydalanib, syujetni ana shunday qarama-qarshiliklar bilan boyitib boradi. Jumladan, shahar-qishloq", "boylik-qashshoqlik", "baxt-iztirob", "ma'naviyat-iqtisodiyot", "iymon-nafs", "ko'ngillilik-ko'ngilsizlik" kabi. Roman bosh qahramoni Yusufning bolaligi, o'smirligi, kattaligi tasvirlari jarayonida syujet o'rni-o'rni bilan almashinib boraveradi. Romanning ekspozitsiyasi ota-bola suhbati bilan boshlanadi. Murg'ak qalbini hali hayot qora ranglari bilan zabt eta olmagan, olamga cheksiz zavq-u shavq bilan qaraydigan Yusufning otasiga bergan savoliga javobining o'zidayoq biz yashayotgan butun "Dunyoning muvozanati" xususida gap boradi. Asarda qo'llanilgan tog', quyosh ramziy ma'noda qo'llanilgan bo'lib, dunyoning muvozanati Allohning inoyati bilan bir maromda yurgizib qo'yilgani ramziy timsollar orqali tasvirlab beriladi. Agar marom buzilsa, yer yuzida qiyomat bo'lishi haqidagi gaplarni otasi Yusufga uqtirgandek bo'ladi. Asarning boshlanishida Yusufning oppoq qor to'shalgan ko'chaga oshiqishi va unda iz qoldirish istagi bilan boshlanadi. Asarda tasvirlangan oppoq qor ramziy ma'noda

1 X,aMgaM y. MyBO3aHar // ^a^OH aga6rära, 2002, 5-6-COH

2 Mup3aeBa 3. "MyBO3aHaT" HHHr AMepmagarn Ta^HHH // Ta^aöa^ap gyrëCH, 2009, 10 COH, 10-12- 6eraap

skill, style.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

g'uborlanmagan, oppoq ko'nglining timsoli bo'lib, keng ma'noda eski tuzumning qora illatlari bilan kirlanmagan, yosh avlodning sof qalbidagi orzular sifatida talqin qilinadi. Yusufning oppoq qor bilan qoplangan yo'llarda iz qoldirib, so'qmoq yo'l ochgan bola kelajakda yangi yo'llar, yangi izalnishlar qilishga qodir yosh avlodning obrazi sifatida tasvirlanadi. Yusufning oldidan chiqqan bahaybat avtobusning o'zi iz slogan yo'ldan yurayotganidan xursand bo'lishi hamda bu holatning uzoqqa cho'zilmasligi: "Qorning tilimlab tashlangan bag'riga mo'ltirab qararkan, endi nima qilarini bilmasdi"3. Bu tasvirlarda qor va bahaybat avtobus muallifning asar g'oyasiga ramziy timsollar orqali qilgan ishorasidir,ya'ni qor - go'zallik va soflik; bahaybat avtobus esa vakuun holatiga tushib qolgan ijtimoiy tuzum; avtobus tilimlab tashlagan yo'l - ijtimoiy tuzumning inson ruhiyatiga yetkazgan zulmi va zug'umlarining ramzi sifatida tasvirlangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Keyingi voqealarda Muhammadjon aka obrazi keltiriladi. Bu obraz zimmasiga ijodkor ulkan vazifa yuklagan. Muallif ilm-fanning qadr-qimmatini anglagan, ammo jamiyatda qadr-qimmat topa olmagan, tuzum illatlari tufayli odamlar orasidan topa olmagan mehrni qushlardan topadi. Muhammadjon aka yolg'iz yashaganligi tufayli tez-tez kasallanib, shifoxonaga tushib qoladi: "Mana endi shiftga qarab o'sha qadrdon do'sti - adoqsiz xayollar ummoni ichra yelkanlarini ochib olgan eski kemasida suzib borayapti"4 . Asarda tasvirlangan ummon, uning yelkanlari, eski kema ramziylikka yo'g'rilgan bo'lib, ummon - bir tuzumdan boshqa bir tuzumga o'tgan inson xayolotidagi cheksiz iztiroblar, eski kema va uning yelkanlari esa erki va huquqi poymol etilgan, davri o'tgan insonlarning ramziy obrazi sifatida tasvirlangan. Muhammadjon akaning butun hayoti iztirob bilan o'tadi, uning o'zi mehr qo'yg an qushlarini ozodlikka chiqarib,uchirib yuborishi timsoliy ma'noda paxta plantatsiyasiga aylantirilgan bu yurtning ozodlikka chiqishi, undagi Yusuf kabi "yosh qushlar" ning yangi davr nafasida yashashiga ishoradir. Muallif birgina kaklik qushining timsoli orqali o'tmish va kelajak nafasini tasvirlab bera oladi. Muhammadjon aka: "Bor endi parvoz qil, ozod bo'l, xohlagan tomoningga uchib ket. Yo'q, yaxshisi bahavo yerlarga, tog'larga bor, bu yerlarda bog'lar ham qolmadi, tog'lar ham. Hammasini yakson qilib, paxtazorga yalntirishdi bular"5. Yozuvchi bundan tashqari, bog', ariqdagi suv, ko'prik kabi badiiy unsurlarni ijodkor Muhammadjon aka obrazi orqali ramziylashtiradi: "Umr ariqdagi suvdek ekan, ko'z ochib-yumguncha oqib borib, quyiladigan joyi manziliga yaqinlashib qolar ekan". Bu

3 Хамдам У. Ватан хасида кушщ. -T.: Академнашр, 2019. Б.9

4 Хамдам У. Ватан хасида кушщ. -T.: Академнашр, 2019. Б.9

5 Хамдам У. Ватан хасида кушщ. -T.: Академнашр, 2019. Б.28

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

tasvirlardan shunday ma'no anglashiladiki, Muhammadjon akaning ham umri poyoniga yetayotganiga ishora qiladi. Bog' esa uning butun hayot yo'liga nazar tashlaydigan va bu yo'llarda qilgan xatolarini esga soladigan, ramziy ma'noda o'tmishda yashab, yangi davr, mustaqillik ostonasida turgan Yusuf kabi yoshlarga yangi davr ruhiyati, kelajak haqidagi orzular qilishga va o'tmishdan xulosalar chiqarib, ulaning parvoziga yo'l ko'rsatadigan obraz sifatida tasvirlanadi.

Asarda joy nomlari bilan bog'liq ramziy obrazlar ham mahorat bilan qo'llanilgan. Jumladan, Ulug'tog' - millatning eng yuksak orzulari, milliy mustaqillik, erkinlikning ramzi sifatida tasvirlangan.Asarda tasvirga olingan har bir predmet asarning falsafiyligini oshirishga xizmat qilgan. Romanda tizimli ravishda bir necha ramziy timsollarga ishoralar kuzatiladi. Jumladan:

1). tosh - Yusufning qalbidag alamzadalik timsoli sifatida, odamlarga nisbatan kuchli nafratining ramzi sifatida talqin etiladi;

2). tirgak bilan tutib turilgan eski devor - yurtning sho'ro davri zulmidan qutilishi;

3). Soyada qolgan tok tanasining qarsillab sinishi - qiyinchilik, mashaqqat, uning quyoshga qaratib qo'yilishi esa o'zbek xalqining jahonga chiqishiga ramziy ishoralar mavjud;

4). daryo - hayot timsoli, undagi oqim - insonlar ketayotgan yo'llar.

"Muvozanat" romanidagi har bir obrazning o'z o'rni,o'z taqdiri, o'z "men"i bor.

Muhimi, unda " o'yindan tashqari" holatda turgan personajni uchratmaysiz"6 - deya ta'kidlydi M.Qo'chqorova.

Asarda Sodiq - Yusufning bolalikdagi do'sti, u asarda qaysi tuzum to'g'ri va qaysi tuzum noto'g'ri ekanligini tushunib yetmagan arosatdagi inson obrazidir. U eski tuzumni afzal ko'ray desa, ma'naviy jihatdan juda qiynaladi, ozodlik kunlarini maqtay desa, moddiy jihatdan qiynalib, bir maromda kechib turgan kunini yaxshiroq degan xayolga boradi. Fikrlarini aniqlab, oydinlashtirib olish uchun tinmay Yusufni so'roqqa tutadi. Yusuf esa ozodlikni hamma narsadan: oilaviy baxtidan, halovatidan ham ustun qo'yishini aytadi. Yusufning gaplaridan shuni anglash mukinki, Yusuf -chin ma'noda xalqparvar, millatparvar inson obrazidir.

Romanda berilgan eng ta'sirchan obraz bu - Amir obrazidir. Bu obraz asardagi eng xarakterli obrazlardan biri bo'lib, yurtimiz mustaqillikka erishgach, dinga erkinlik berilgach muvozanatni saqlay olmagan insonlar timsoli sifatida tasvirlangan. Uning ruhi va tani sog' bo'lishiga qaramay, jinnixonaga tashlanishi va sog'lom bo'la turib o'zini jinnilikka solishga majbur bo'ladi. Jinnilar qo'lida pati yuli tashlangan musichani muallif ramziy ma'noda qo'llab, Amirga ishora qiladi, ya'ni jamiyatda

6 Q'o'chqorova M. "Muvozanat" romanida shartliramzlar// O'zbek tili va adabiyoti, 2014, 36-bet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

insonlarni gunohlardan tiyilishini, jannat va do'zaxdan ogoh etgan insonlarni qay ko'ylarga solishini musichaning ahvoli misolida talqin etadi. Asarda Amir muvozanatni saqlay olamagan insonlarning, ya'ni din va dunyoni muvozanatda saqlay olmagan, dinga o'ta mukkasidan ketgan insonlarning umumlashma obrazi sifatida talqin etadi.

Asarda ma'naviy ehtiyojga tashna obrazlardan biri Zahrodir. U ziyoli ayol bo'lsa-da, uyda tutqun yashashga majbur insonlarning obrazi sifatida tasvirlangan. Unda hamma narsa bor, faqat erkinlik,ozodlik yo'q edi, Mirazim oiladagi egalik tushunchasini noto'g'ri anglaydi va natijada Zahro xiyonat ko'chasiga kirib, uning badalini bir umr vijdon azobi bilan to'laydi. Zahro sadoqat va xiyonat o'rtasida arosatda qolib, muvozanatni saqlay olmaydi.

Xulosa qilib aytganda, romanda chigal qahramonlar taqdiri tasvirlangan bo'lib, unda kimdir ilm olish yo'lidan borib, insonlarni ma'rifatli qilish yo'lidan borsa, yana biri pul, dunyo yig'ish bilan xayoli band, yana biri katta amal kursisiga o'tirish ilinjida, lekin ularning hech biri baxtga, halovatga erisha olamadi. Jumladan, amaldorning ishi yurishadi, lekin u o'tirgan amal kursisi sinadi, tashqi tarafdan barcha narsasi bor tadbirkor esa oilasidan halovat topa olmaydi. Romanda tasvirlangan har bir ramziy obraz yangi davr ostonasida turgan insonning hayotidagi muvozanatsizlik holatlari ko'lamda ifodalab berilgan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Normatov U. Tafakkur yog'dusi. -T., 2006.

2. Hamdamov U. Badiiy tafakkur tadriji. -T.: Yangi asr avlodi, 2002.

3. Hamdamov U. Yangilanish ehtiyoji. -T.: Yangi asr avlodi, 2006.

4. Hamdam U. Vatan haqida qo'shiq -Toshkent. Akademnashr.: 2019

5. Кенжаева П. Хрзирги узбек хдкояларида кахрамон рухдятини тасвирлаш тамойиллари. ф.ф.н.дисс., -Т., 2008.

6. Rahimjonov N. Bugunning qahramoni kim?// O'zbek tili va adabiyoti. - 2001.-№6. - S. 8-12.

7. Rahimova L. Badiiy konflikt talqini// Yoshlik, 2014, 1-son.

8. Rahmat R. "Vatan haqida qo'shiq"ni tinglab...// Kitob dunyosi gazetasi N16 (187) 2014-yil 2-avgust.

9. Sabirdinov A. Ma'naviyat va ma'rifat chashmalari -Toshkent. Akademnashr.:

10. Кдюмов А. Хрзирги узбек насрида миллий характер ва бадиий махррат

XULOSA

2016.

(У.Хошимов ва Н.Жалолиддин хдкоялари мисолида). фил.фан.буйича фалс.док. (PhD) дисс., -Фаргона, 2018.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

11. fflaponoB A. OnaMnap nnpa onaMnap.-T .: Aga6neT Ba caHtar HampneTH.1978. -E.23-26.

12. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

13. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 1(2).

14. Sabirdinov, A. (2019). Sketches to the novel "Night and day" by Chulpan. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 119-120.

15. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of Characters in Utkir Hoshimov's Story "Yanga" International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(6), 196-200.

16. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

17. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

556-559.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.