Научная статья на тему 'JAHON ADABIYOTIDA V.SHEKSPIR ASARLARINING O’RNI VA TO’G’RIDAN TO’G’RI TARJIMANING AHAMIYATI'

JAHON ADABIYOTIDA V.SHEKSPIR ASARLARINING O’RNI VA TO’G’RIDAN TO’G’RI TARJIMANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
451
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
To’g’ridan to’g’ri tarjima / vositachi til / asliyat / badiiy bo’yoqdorlik . / direct translation / intermediary language / originality / artistic painting.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — B. Sharipova, Sh. Bahodirova, D. Odilova

Ushbu maqolada Shekspir asarlarining jahon adabiyotidagi o’rni va bevosita, ya’ni to’gridan to’g’ri tarjimaning ustunlik tomonlari va bilvosita tarjimaning kamchiliklari haqida so’z yuritilgan.Ushbu ijobiy va salbiy xususiyatlar misollar orqali yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF WORKS OF W. SHAKESPEARE IN THE WORLD LITERATURE AND THE SIGNIFICANCE OF DIRECT TRANSLATION

This article talks about the place of Shakespeare's works in world literature, the advantages of direct translation and the disadvantages of indirect translation, these positive and negative features are highlighted with examples.

Текст научной работы на тему «JAHON ADABIYOTIDA V.SHEKSPIR ASARLARINING O’RNI VA TO’G’RIDAN TO’G’RI TARJIMANING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

JAHON ADABIYOTIDA V.SHEKSPIR ASARLARINING O'RNI VA TO'G'RIDAN

TO'G'RI TARJIMANING AHAMIYATI Sharipova Bahora Odiljonovna.

NDPI ingliz tili va adabiyoti fakulteti, ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o'qituvchisi Bahodirova Shaxrizoda Bahtiyorovna

NDPI ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi Odilova Dilshoda G'ayratovna

NDPI ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7394351

Annotatsiya. Ushbu maqolada Shekspir asarlarining jahon adabiyotidagi o'rni va bevosita, ya'ni to'gridan to'g'ri tarjimaning ustunlik tomonlari va bilvosita tarjimaning kamchiliklari haqida so'zyuritilgan.Ushbu ijobiy va salbiy xususiyatlar misollar orqaliyoritib berilgan.

Kalit so^zlar: To'g'ridan to'g'ri tarjima, vositachi til, , asliyat, badiiy bo'yoqdorlik.

МЕСТО ПРОИЗВЕДЕНИЙ В. ШЕКСПИРА В МИРОВОЙ ЛИТЕРАТУРЕ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЯМОГО ПЕРЕВОДА

Аннотация. В данной статье говорится о месте произведений Шекспира в мировой литературе, преимуществах прямого перевода и недостатках непрямого перевода, эти положительные и отрицательные черты выделены на примерах.

Ключевые слова: прямой перевод, язык-посредник, оригинальность, художественная роспись.

THE PLACE OF WORKS OF W. SHAKESPEARE IN THE WORLD LITERATURE AND THE SIGNIFICANCE OF DIRECT TRANSLATION

Abstract. This article talks about the place of Shakespeare's works in world literature, the advantages of direct translation and the disadvantages of indirect translation, these positive and negative features are highlighted with examples.

Keywords: direct translation, intermediary language, originality, artistic painting.

Tarjima - bu yuksak badiiy ijoddir. Ijod bo'lganda ham ba'zan asliyat muallifiga nisbatan ko'proq izlanish va mashaqqat chekishni taqozo etadi. Tarjima lisoniy, adabiy-estetik hodisa, so'z san'atidir. Tarjimon esa ijodkordir.

Millatlar o'rtasida o'zaro aloqa qilishga ehtiyoj kuchaygani sari tarjimachilik faoliyati ham kengayib boraveradi. «Tillardan tillarga tarjima qilish mumkinligini asoslaydigan narsa shuki, jahon xalqlari garchi turli-tuman tillarda so'zlashsalar ham, ammo ularning taffakur qonunlari bir xildir», deb yozadi tarjimashunos olim G'.Salomov. Tarjima ko'p sohali, sertarmoq va murakkab hodisa. Tarjimaning bosh xossasi uni boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat. Ijodiy jarayon so'z san'ati ekanligi hammaga ayon.

Tarjima turli xalqlar adabiyotlarining o'zaro aloqasi va bir-biriga ta'sir jarayononi tezlashtiradi. Tarjimaviy asarlar tufayli kitobxonlar jahon adabiyoti durdonalaridan bahramand bo'ladilar, ularning estetik tuyg'ulari oshadi. Didlari o'sadi, ularda go'zal narsalar haqida tushunchalar hosil bo'ladi.

Tarjima yillarning kamoloti uchun zaruriy vosita sifatida ularning rivojlaninsh sur'atini jadallashtiradi , lug'at boyligini oshiradi va takomiillashtiradi.

_Bir so'z bilan aytganda tarjima - asliyatni qayta yaratish , qayta talqin etish san'atidir

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ayniqsa , jahon adabiyoti durdonalari tarjimasi orqali ko'plab kitobxonlar badiiy so'z san'ati va o'lmas tuyg'ular sevgi muhabbat , insonning qadr -qimmati ota onaga hurmat kabi tuyg'ular silsilasidan bahramand bo'lishadi. Shundayin takrorlanmas asarlar egasi Shekspir asarlari dunyo kitobhonlari nazaridan hech chetda qolgan emas.U. Shekspirning asarlarining qiyosiy tahlili va tarjimalari borasida ko'plab tadqiqotlar olib borilgan. Yozuvchining ko'plab tragediyalari , sonetlari Maqsud Shayxzoda , Yusuf Shomansurov , Zohidjon Obidov G'afur G'ulom tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan. Jumladan "Qirol Lir" asari ham ko'plab tillarga tarjima qilingan . Ushbu asar 4 asr ilgari yozilganligiga qaramasdan , insoniyatdagi adolatsizlik , vijdonsizlik ochko'zlik va ikkiyuzlamachilik kabi illatlarni fosh etishi asarning umrboqiy ekanligini ifodalaydi .

G'afur G'ulom "Qirol Lir " asarini Pasternakning bevosita qilingan tarjimasidan bilvosita tarjima qilingan. Bilvosita qilingan tarjimada badiiy bo'yoqdorlik o'z o'zidan xiralashadi yozuvchi ifodalamoqchi bo'lgan nozik ifodalar mazmuni o'zgaradi bu esa o'z o'zidan to'g'ridan to'g'ri tarjima masalasi dolzarbligini ifodalaydi.

Jumladan asarning yakuniy qismida Qirol Lirning o'limi sahnasini ifodalayotgan yozuvchi Kentning tilidan Edgorga qarata quyidagi so'zlarni ifodalaydi. Kent:

Vex not his ghost: O, let him pass!he hates him much That would upon the rack of this tough world Strecht him out longer Degan so'zlarni ishlatadi.

Rus tilidan Pasternak tarjimasida quyidagicha ifodalangan; Не мучь. Оставь

В покое дух его. Пусть он отходит. Кем надо быть, чтоб вздергивать опять Его на дыбу жизни для мучений?

Bu bizning o'zbek tiliga G'afur G'ulomning bilvosita qilgan tarjimasida quyidagicha ifodalangan.

Qo'y ruhiga ozor berma. Malol chekmasdan Dunyo bilan vidolashsin Unga endi yashamoqning mashaqqatini Dushmangina ravo ko'rar.

Ushbu parchda vex so'zi jaxlini chiqarmoq bezovta qilmoq ma'nosida kelgan bo'lib , o'zbek tilidagi tarjimasiga anchagina yaqin. Ya'ni " ozor berma "so'zlari bilan ifodalangan.

O, let him pass! He hates him much so'zlari esa Malol chekmasdan dunyo bilan vidolashsin deya bilvosita tarjima qilingan.

Keying qatordagi that would upon the rack of this tough world esa, unga endi yashamoqning mashaqqatini, dushmangina ravo kurar deya ifodalangan. Ushbu parchadagi upon the rack so'zi jismoniy va ruhiy qiynoqlardan azob chekish ma'nosini anglatsa, tought so'zining birlamchi ma'nosi qattiq modda yoki jism bo'lsa, keying ma'nolari noqulay sharoitga qo'pol muomalaga bardosh bera olish kabi ma'nolarni ifodalaydi. Stretch him out longer so'zlari orqali yozuvchi bu bardosh bera olishi qiyin bo'lgan dunyoda ortiq saqlab o'tirmasliklarini stretch (cho'zmoq) so'zi orqali ifodalagan. O'zbek tilidagi tarjimasida esa asl manodan ancha uzoqlikda ifodalangan. Albatta G'afur Gulom tarjimasi ikkinchi til orqali

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tarjima qilinganligini ham inobatga olgan holda shuni aytish mumkinki asar tarjimasi asliyatdagi manosiga anchagina yaqin ammo yozuvchi berilgan so'zlari orqali aynan keltirmoqchi bo'lgan tushunchalar ma'noviy bo'yoqdirligini anchagina yo'qotgan. Bu esa bizga bevosita tarjimaning ustunlik tomonlarini isbotlab beradi, zero jahon adabiyotida ulkan badiiy meros qoldirgan Shekspir kabi yozuvchilarning asarlarini o'rganish ular yetkazmoqchi bo'lgan ma'noviy qarashlar o'tkan asrlarning nafasini so'z san'ati orqali bizga yetkazib beradi.

Yaqinda Buyuk Britaniya jamoatchiligi ortasida otkazilgan sorovda Vilyam SHekspir «Ming yillikning eng mashhur inglizi» nomiga sazovor bo'ldi. YuNESKOning e'tirofiga ko'ra, Shekspir jahon adabiyotida eng kop tillarga tarjima qilingan va chop etilgan muallifdir. Undan keyingi orinlarni Lev Tolstoy va Chingiz Aytmatovlar egallagan. Bu yana bir bor Shekspir asarlari bizga mangu ma'naviy yo'ldosh bolib qolishini isbotlaydi. Va bu mislsiz ijod zamonlar osha barcha nasllar uchun manaviyatning yuksak manzillarni yorituvchi yorqin bir mashala kabi yarqirab, nur sochib yashayveradi. Insonlarni ezgu his-tuyg'ularni qadrlashga, illatlardan esa xalos bo'lishga, chin inson bolib yashashga chorlayveradi.

REFERENCES

1. Uilyam Shekspir "Qirol Lir" G'afur G'ulom tarjimasi .G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti.-T.,-I98I.-B.I8.53.

2. www.TheLib.Ru Борис Шстернак "Корол Лир" .-B.9.35.

3. www.ziyouz.com.

4. www.TaleBooks.com. William Shakespere." King Lear".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.