Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim
NEMIS TILINI O'QITISHDA SOTSIOLINGVISTIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Ziyodajon Zaripova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Nemis til kafedrasi o'qituvchisi, E-mail: zaripova.ziyoda@mail.ru
ANNOTATSIYA
Ushu maqolada chet tillarni o rganishning muhimligi hamda nemis tilini o'qitishda sotsiolingvistik kompetensiyasini shakllantirishning ahamiyati kompetensiya tushunchasi haqida tahlillar va fikrlar keltirilgan. Bundan tashqari maqolada kompetensiyaning turlari, Sotsiolingvistik kompetensiya bilan shug'illangan olimlar tajribasi, kompetensiyalarning paydo bo'lish tarixi haqida ma'lumotlar o'rin olgan.
Kalit so'zlar: Nemis tili, kompetensiya, fikr, komik qahramonlar, filmlar, xotira imkoniyatlari
Dunyo ilm-fani rivojida til organish masalalari hech qachon oz dolzarbligini yo'qotmagan. Chet tillarni o'rganish turli sohalar rivojiga hissa qo'shishi bilan birga bu jarayonning o zida ham muayyan yangiliklarga ehtiyoj paydo bo ladi. Jahon bo ylab chet tillarni o rgatish va o rganishda xotira imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ozlashtirilishi lozim bolgan katta hajmdagi ma'lumoüarni kam vaqt va oz kuch sarflab o rganish, til organuvchilarda kompetentsiyani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
Shu ma'noda oliy ta'lim muassasalari nemis tili yo nalishi talabalariga til o rgatish jarayonida muayyan samaradorlikka erishishda komikslardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish muammosini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon tillarni oqitish metodologiyasida til organuvchilarning ma'lumoüarni ozlashtirish usullariga asoslangan holda oquv materiallarini ishlab chiqish, uning orgatish va organish jarayonidagi ahamiyati, til organuvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirishga oid ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari mental o'rganish usullari chet til ta'limining intensivlashishiga, jarayon dinamikasining oshishiga, til organuvchilarda oquv motivatsiyasining rivojlanishiga, til o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Chet tillarni o rganish va o rgatish bugungi globallashuv zamonida katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Bolajak kadrlarga nafaqat bir chet tilini, balki bir
236
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdaVatpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
■
nechtasini bilish talabi qoyilmoqda. Ko'pgina hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish nemis tilini o'rgatish va o'rganish jarayoniga yangicha yondashuv va usullarni tatbiq etishni taqozo etadi. Xususan, nemis tili darslarida o rganish samaradorligini oshirish va til organuvchilarga motivatsiya berishga xizmat qiluvchi xotira texnikalaridan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Kompetensiya (lotincha "competo" so'zidan olingan bo'lib, "erishaman, muvofiqman, mos kelaman" ma'nolarini beradi) — kishi egallagan muayyan bilim, ko'nikma, malakalar majmuasini anglatadi. Kompetensiya tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab, 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlaridan keng qo'llanila boshlandi.
Kompetensiya - ma'lum bir sohada samarali faoliyat o lib borish uchun zarur bo'lgan mutaxassisning ta'limiy tayyorgarligiga qo'yilgan talabdir. U davlat ixtiyorida bo'lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo'lib, u o'quvchi (ishchi)ning muayyan sohada samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan ta'limiy (professional) tayyorgarligiga nisbatan qo'yiladi. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim - o'quvchilarning egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi.
Bundan tashqari, ta'limda har bir o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida o'quvchilarda, shu fanning o'ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Kompetensiyali yondashuv, inson faoliyatida har tomonlama kompetenlilikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va ta'limining asosiy sharti hisoblanadi. Bu talab o'qituvchi-pedagoglar faoliyatiga ham bevosita daxldordir.
Bugungi kunda dunyo ta'limini yangilashning asosiy yo'nalishi ta'lim jarayonida faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli ko'ra olish, unda tizimli faoliyat ko'rsatish, yangi-yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish tajribasini shakllantirishdan iboratdir.
Hammasi oddiy: ko'pchiligimiz, taxminan 65% odamlar "vizual". Biz uchun ma'lumotni matn shaklidan ko'ra rasmlar ko'rinishida qabul qilish ancha oson. Miya yarim korteksining taxminan 50% boshqa idrok kanallariga qaraganda ko'proq vizual ishlov berishda ishtirok etadi. Shuning uchun, darvoqe, psixologlar ko'pincha
237
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
bolalarda komikslar orqali o'qishga bo'lgan muhabbatni uyg'otishni tavsiya qiladilar -bu bolaning syujetga berilib ketishi va yangi faktlarni eslab qolishi osonroq bo'ladi. Kattalar uchun komikslar sintezlangan san'atning ajoyib namunasidir.
Sotsiolingvistik kompetensiya: O'zbekiston va tili o'rganilayotgan mamlakatlar xalqlari madaniyati haqida aniq tasavvurga ega bo'lish hamda ba'zi masalalarning tilga bog'liqligini anglash, masalan, salomlashish odati, murojaat shakllari, xushmuomalalikning asosiy me'yorlari va hokazo.
Til kursining boshida kirish yordamidan tashqari, kompetensiyalar nemis tilini chet tili sifatida o'rganishda ko'plab funksiyalarni bajarishi mumkin.
• Grammatikani komiks yordamida mashq qilishingiz mumkin.
• Komikslar kundalik hayotda juda muhim bo'lgan so'zlashuv tilini o'rganishga yordam beradi.
• Talabalar dialoglarni mashq qilishlari mumkin.
• Kundalik tartiblarni qayta hisoblashingiz va o'zgartirishingiz mumkin.
• Siz komikslardan savol berish va ularga javob berish, mahalliy madaniyatga oid mavzularni muhokama qilish, nutq va ziddiyatni yaxshilash, o'qishni tushunishni rivojlantirish uchun foydalanishingiz mumkin
• Komikslar yagona o'qitish vositasi bo'lmasligi kerak, lekin ular nemis tilini chet tili sifatida o'rganishda mozaikaning eng rang-barang qismlari bo'lish uchun zarur bo'lgan narsalarga ega.
Xulosa qilib aytganimizda, nemis tilini o'rganishda sotsiolingvistik kompetensiyaning ahamiyatga katta. Ayniqsa yosh bolalar uchun bu juda qiziarli hisoblanadi.
REFERENCES
1. Л.И.Тимофеэв, С.В.Тураев.Словаръ литературоведческих терминов. -М.: 1974.
2. Комлев Н. Г. Комикс // Словарь иностранных слов. М.: Эксмо, 2006. С. 461.
3. Махдиев С. Проблемаи жанри латифа. Душанбе: Дониш, 1977.
4. Zaripova Z. R. CONCEPT OF SATIRE AND HUMOR IN GERMAN //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2022. - Т. 10. - С. 442445.
238