Научная статья на тему 'OʻZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN MIRZO ULUGʻBEK DAVRIGA OID EKSPONATLAR HAQIDA'

OʻZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN MIRZO ULUGʻBEK DAVRIGA OID EKSPONATLAR HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Norkobilov T., Boymirzayev S.

Oʻzbekistonning uzoq oʻtmishidagi osori atiqalari, jumladan arxeologik topilmalarning bugungi kungacha yetib kelishida va kelajak avlodga munosib yetkazishda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyining oʻrni beqiyos. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi oʻz fondlarida Oʻrta Osiyoning birinchi darajali ilmiy ahamiyatga ega, dunyoga mashhur boʻlgan yuz minglab moddiy va ma’naviy yodgorliklaridan topilgan arxeologik, numizmatik, etnografik topilmalar hamda arxiv hujjatlarini saqlab keldi. Ushbu boy merosning tarkibiy qismi bugungi kunda 75 mingdan ziyod [1] ashyoni oʻz ichiga olgan Arxeologiya fondida saqlanib kelayotgan arxeologik topilmalardan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN MIRZO ULUGʻBEK DAVRIGA OID EKSPONATLAR HAQIDA»

O'ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN MIRZO ULUG'BEK DAVRIGA OID EKSPONATLAR HAQIDA

Norkobilov T.

t.f.f.d. (PhD), katta ilmiy xodim O 'zbekiston tarixi davlat muzeyi San 'at va etnografiya bo 'limi boshlig'i.

Boymirzayev S. t.f.f.d. (PhD), Ilmiy xodim. O 'zbekiston tarixi davlat muzeyi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11163204 O'zbekistonning uzoq o'tmishidagi osori atiqalari, jumladan arxeologik topilmalarning bugungi kungacha yetib kelishida va kelajak avlodga munosib yetkazishda O'zbekiston tarixi davlat muzeyining o'rni beqiyos. O'zbekiston tarixi davlat muzeyi o'z fondlarida O'rta Osiyoning birinchi darajali ilmiy ahamiyatga ega, dunyoga mashhur bo'lgan yuz minglab moddiy va ma'naviy yodgorliklaridan topilgan arxeologik, numizmatik, etnografik topilmalar hamda arxiv hujjatlarini saqlab keldi. Ushbu boy merosning tarkibiy qismi bugungi kunda 75 mingdan ziyod [1] ashyoni o'z ichiga olgan Arxeologiya fondida saqlanib kelayotgan arxeologik topilmalardan iboratdir.

Bugungi kunda O'zbekiston tarixi davlat muzeyida Mirzo Ulug'bekning ilmiy - merosini o'zida aks ettirgan 200 ga yaqin eksponatlarning bir qismi Arxeologiya fondida saqlanayotgan bo'lsa bir qismi ekspozitsiyada namoyish etilmoqda. Eksponatlar orasida usturlob gardishlari, devoriy bezak namunalari, BagHHH acapnap fondida esa Ulug'bek rasadxonasining maketi mavjud. Ularning ba'zilari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

My3efiga caK^aHaëTraH ôronzadan ishlangan usturlob gardishlari 4 dona XVI asrga oid bo'lib, ular A.15320 raqam ostida inventar ro'yxatga olingan [1-rasm]. Ularni har birini o'lchamlari 9 sm. dan. Disk chiziqlar yordamida to'rt qismga bo'lingan. O'rtasida dumaloq, yoni (qirrasi)da yarim aylana teshigi bor. Diskning yarmida doira shaklida chiziqlar chizilgan. Qolgan qizmida o'tkir burchakli bir-biri bilan kesishgan semmitrik chiziqlar mavjud. Bundan tashqari diskning markaziy qismidan arab raqamlar, astranomik darajalar va arab grafikasidagi so'zlar o'rin egallagan [2]. Ushbu eksponat muzey ekspozitsiyasining VI-zalida namoyish etilmoqda. Disklar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig'ilishining 2022-yil 15-dekabrdagi 284-sonli bayoni (№01-32/50-126. 15.12.2022 y.), O'zR Fanlar akademiyasi prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi 3-178-sonli va O'zbekiston tarixi davlat muzeyi direktorining 2 023-yil 10-yanvardagi 1-X-son

buyrug'i asosida 2023-yilda Saudiya Arabistonnining Jidda shahrida bo'lib o'tgan "I Xalqaro islom san'ati biennalesi" ko'rgazmasida namoyish etil gan. Disklar muzeyga mahalliy kolleksionerlardan biri, samarqandlik savdogar Mirza Abdulla Buxoriyning shaxsiy kolleksiyalari tarkibida qabul qilingan, hamda 188-sonli kolleksiya kitobiga kiritilgan.

Aytib o'tish joizki, o'rta asrlarda usturlob joyning geografik koordinatalarini, vaqt, yulduzlarning chiqish va botish paytlarini aniqlashda, hamda, amaliy astronomiyaning boshqa masalalarini hal qilishda muhim rol o'ynagan. Shuningdek u bir vaqtda ham soat, ham masofa o'lchagich, navigator, hisoblash mashinasi hamda koordinat va trigonometrik amallar uchun ma'lumotnoma vazifasini bajargan. Yuqoridagilarni inobatga olsak, O'zbekiston tarixi davlat muzeyi saqlanayotgan usturlob gardishlari o'sha davrda ko'plab ilmiy masalalarni yechishda hizmat qilgan desak mubolag'a bo'lmaydi.

Arxitektura bezak namunalari (ganchlar). Arxeolog M.E. Masson tomonidan Mirzo Ulug'bekning buyrug'iga asosan bunyod etilgan "Chinnixona"da 1941-yilda qazish ishlarini olib borilishi natijasida yuzga yaqin devoriy bezak qismlari topilgan. Ular O'z SSR markaziy tarix muzeyi (hozirgi O'zbekiston tarixi davlat muzeyi)ga topshirilgan. Ganchlarni qanday materialdan yasalganligiga ko'ra ikkiga: loydan va albasterdan; yasalish shakliga ko'ra esa uchburchak [2-rasm], to'rtburchak [3-rasm], to'g'ri to'rtburchak [4-rasm], beshburchak [5-rasm], yarim aylana (paxtasimon) [6-rasm] kabi turlarga bo'lishimiz mumkin. Ularning ko'pchiligi bizga qismlar shaklida yetib kelgan. Ularning o'lchamlari o'rtacha 5-20 sm. Ushbu ashyolar muzey arxeologiya fondining 202-sonli kolleksiya kitobiga kiritilgan hamda arxeologiya fondida saqlanmoqda.

Samarqanddagi XV asr me'morchiligining nodir namunalaridan biri, ko'hna astronomik kuzatuv muassasasi bo'lgan Ulug'bek rasadxonasini arxeologik jihatdan qidirish ishlari 1908-yil V.L. Vyatkin rahbarligida boshlangan. Tadqiqot bir necha sabablarga ko'ra 1948 yilga qadar cho'zilib ketadi. L. Vyatkin boshlagan ishni arxeolog V. Shishkin tugatgan. Bu yerda diametri 48 metr keladigan, qalinligi bir g'isht bo'lgan aylanma devor borligi va uning markazida qo'shaloq yoydan iborat ulkan bosh qurilmaning qoldiq qismlari aniqlangan.

Ulug'bek rasadxonasi Nosiriddin at-Tusiy tomonidan ishlab chiqilgan Marog'a rasadxonasining rejalari asosida qurilgan [3, B. 44-50]. Rasadxona to'g'risida Abu Tohirxo'ja shunday ma'lumot beradi: Mirzo Ulug'bek Qozizoda Rumiy, Mavlono G'iyosiddin Jamshid va Mavlono Muiniddin Koshoniylar bilan maslahatlashib, Ko'hak tepaligida Obi Rahmat arig'ining bo'yida rasadxona binosini qurdiradi. Uning atrofida esa baland hujralar barpo etadi [4, B. 25].

Rasadxona ichiga o'rnatilgan usturlob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan o'rganilgan. Rasadxonada kutubxona ham bo'lgan. Ichki devorda osmon tasviri, yulduzlar xaritasi, tog', dengiz, mamlakatlar belgilangan Yer shari tasviri ishlangan. Keyinchalik u qarovsiz qolib, XVI asrda vayron qilingan. Hozir Ulug'bek rasadxonasidagi katta asbob - kvadratning yer ostida saqlangan qismi balandligi bilan 11 metr keladi. Bugungi kunga qadar ushbu rasadxonaning faqat tag qismi bizga qadar yetib kelganligi barchamizga sir emas.

O'zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozitsiyasida 1970-yillarda maxsus tayyorlangan Mirzo Ulug'bek Observatoriyasining maketi namoyish etilmoqda [1] [7-rasm]. U slindrsimon shaklda oq plastmassa va orstekoldan yasalgan. Uchta qavatdan iborat. yuqoridan ikki qavati to'liq hujralardan iborat. O'lchamlari: balandligi-93 sm., diametri-61sm. Ushbu eksponat ham 2023-yilda Saudiya Arabistonnining Jidda shahrida bo'lib o'tgan "I Xalqaro islom san'ati biennalesi" ko'rgazmasida namoyish etil gan.

XIV-XV asrlarda Samarqandda bunyodkorlik ishlari jadal su'ratlarda olib borilganligi, hatto bugungi kunda ham dunyoni hayratiga sazavor bo'lmoqda. Arxeolog olimlar Mirzo Ulug'bek tomonidan bunyod etilgan observatoriya, imoratlar, shuningdek bunyod etilgan bog'larda olib borgan tadqiqiot natijalari, ularning bugungi kunga qadar yetib kelganligi buning yaqqol natijasidir.

2-3-rasmlar. Arxitektura bezak

namunasi

4-rasm. Arxitektura bezak namunasi

5-6-rasmlar. Arxitektura bezak

namunasi

Adabiyotlar:

1. Y36eKHCTOH TapnxH gaBnar My3eHHHHHr ^opHH apxHBH (Y36eKHCTOH

TapnxH gaBnar My3enn 6om Myxo$H3H P. Fyn0M0BHHHr 2021 AKyHnapH 6yHHna

HHnnHK xHCo6oTHgaH).

2. O'zbekiston tarixi davlat muzeyi arxeologiya fondining 188-sonli kolleksiya kitobi.

3. Juhel Alain. "Prince of Samarqand Stars". 2007. The Mathematical Tourist: 44-50.

4. Abu Tohirxo'ja Samarqandiy. Samariya, Toshkent, 1969 - 25 bet.

5. O'zbekiston tarixi davlat muzeyi badiiy asarlar fondi [Xn-468].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.