Usmanova R.
Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi dotsenti
Ismatullayeva F.A.
Qarshi davlat universiteti talabasi
O'LKASHUNOSLIK MUZEYLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O'RNI
Annotatsiya. Maqolada muzey tushunchalari bayon etilgan. O'zbekiston muzeylarining paydo bo'lish bosqichlari, tarixiy, madaniy yodgorliklarida foydalanib muzeylar tashkil еtishning geografik xususiyatlari haqida bayon etilgan. Qashqadaryo viloyati ba'zi muzeylariga tavsif berilgan. Muzeylarni ta'lim tarbiyaviy roli ochib berilgan.
Tayanch tushunchalar: Muzey, eksponat, tarixiy, moddiy va ma'naviy yodgorliklar, moddiy va tasviriy narsalar, liboslar, suratlar, numizmatika, arxeologiya, asl nusxalar.
Usmanova R. associate professor Geography Department Karshi State University Ismatullayeva F.A.
student
Karshi State University
THE ROLE OF COUNTRY STUDIES MUSEUMS IN THE EDUCATION
OF THE YOUNG GENERATION
Abstract. The museum's concepts are explained in the article. The phases of the emergence of the museums of Uzbekistan, the geographical features of the establishment of museums using historical and cultural monuments are described. Some museums of Kashkadarya region are described. The educational role of museums is revealed.
Key words: museum, exhibit, historical, material and spiritual monuments, material and pictorial objects, costumes, pictures, numismatics, archeology, originals.
Turli xil qiziqarli, nodir narsalarni, san'at buyumlarini to'plash va namoyish qilish qadimdan insoniyat madaniyatining bir qismi bo'lib kelgan. XVIII-XIX asrlardan muzeylarning shakllanishi va rivojlanishi ilmiy-tadqiqot ishlari, fond va ekspozitsiya va ko'rgazma faoliyatiga asoslangan zamonaviy madaniyat muassasaarining paydo bo'lishiga olib keldi. Muzey (yunoncha: -"muzalarga bag'ishlangan joy") madaniyat, san'at, adabiyot, fan saroyi, yoki
ilohiy bino, uy, joy ma'nosini anglatadi. Qadimgi Yunonistonda "museion" deb ma'budalar sha'niga e'zozlanadigan maskanlami aytganlar. Bu maskanlar tabiatning go'zal joylarida, tog' etaklarida, daryo va ko'l bo'ylarida, bog' -u rog'larda joylashgan. Muzeylar haqida quyidagicha ta'riflarni ko'rish mumkin: muzeylar o'tmishimizning ko'zgusidir; muzeylar - ziyorat dargohidir; muzeylar-tabarruk, mo'tabar; muzeylar - boy madaniyatimizning o'chog'i muqaddas va tarbiya maskanidir [4; 268 6.].
Muzey tarixiy, moddiy va ma'naviy yodgorliklarni to'plash, saqlash, o'rganish va targ'ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-ma'rifiy muassasa. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san'at asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo'lgan tarixiy qimmatga ega qo'lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. Muzeylar o'zlarining ilk paydo bo'lgan kunidan boshlab o'z zamonasini aks ettirgan va talab-ehtiyojlarni ifoda qilgan, zamon ko'zgusidir. Yig'ilgan va muzeyda saqlanayotgan barcha materiallar muzeyning ilmiy bazasini tashkil etadi va uning ijodiy faoliyatida asos bo'lib xizmat qiladi. Mana shu manbalar asosida muzeylar ilmiy tadqiqot va ilmiy hamda madaniy ma'rifiy ta'lim tarbiya ishlarini olib boradi.
Muzeylar madaniy-ma'rifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, tarixiy hujjatlar, madaniy va ma'naviy yodgorliklarni to'plash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan o'rganib ko'rgazmalarga qo'yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat. Muzeylar ma'naviy etuk, vatanparvar, komil insonni tarbiyalashda ahamiyatlidir. Muzeylarda saqlanayotgan uzoq o'tmishdan guvohlik berayotgan tarixiy ashyolar, bebaho qo'lyozmalar yosh avlodga ajdodlarimiz yuksak ma'naviyatidan hikoya qiladi. Bu o'z o'rnida yoshlar qalbida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosga hurmat, muhabbat tuyg'ularini uyg'otish bilan birga ularda vatanparvarlik tuyg'usini ham shakllantiradi.
O'lkashunoslik manbalari orasida haqiqiy ilmiy va madaniy, ma'rifiy muassasaga aylanib qolgan muzeyning o'rni va ahamiyati kattadir. U moddiy va ma'naviy madaniyat yodgorliklarini asl nusxalarini, arxeologiya, etnografiya, toponimikaga oid materiallarni to'playdi, saqlaydi va ilmiy asosda o'rganib tahlil qiladi, natijalarni esa ekspozitsiya sifatida ommalashtiradi [2; 40 b.].
Hozirgi kunda ochiq osmon ostidagi muzeylar ham paydo bo'ldi, ularning asosini me'moriy va arxeologik yodgorliklar tashkil etdi [3; 176 b.].
Muzeylar - o'lkashunoslik muzeylari va muzey-qo'riqxonalarda tabiat va uning tarkibiy qismlari, jamiyat va inson xo'jalik faoliyati, ularning o'zaro aloqadorligi haqida asl manbali bilimlar hisoblangan moddiy-ma'naviy yodgorliklar va tabiiy-ilmiy kolleksiyalar mavjudki, ularni o'rganish orqali geoekologik ta'lim-tarbiya hamda ekologik madaniyatni shakllantirish sifati va samaradorligi yanada ortadi, bu esa yoshlarning o'lka tabiatidan to'g'ri foydalanish, ularning atrof-muhitiga mas'uliyatli munosabatda bo'lish ko'nikmalarini yanada rivojlantiradi [1;373b.].
Muzey turlari ko'p jihatdan unda saqlanayotgan kolleksiya fondlarining xarakteriga va ular faoliyatining yo'nalishiga bog'liqdir. Ijtimoiy vazifasiga ko'ra ilmiy tadqiqot-ma'rifiy va o'quv muzeyiga bo'linadi. Sohalar bo'yicha tarix, qishloq xo'jaligi, tabiatshunoslik, san'atshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa muzeylarga bo'linadi. Shu bilan birga me'morial va o'lkashunoslik kabi muzey turlari bor.
Muzey ilmiy tadqiqot va tarbiyaviy ishlarni olib borishi bilan birga, qadimiy to'plamlarni, qadimiy san'at, madaniyat asarlarining yig'adi va o'rganadi, ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va ta'mirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yo'l-ko'rsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bu erdan turib o'tmishni, tarixni ko'rish, eslash, sezish, o'rganish mumkin. Muzeyda saqlanayotgan barcha materiallar muzeyning ilmiy bazasini tashkil etadi va uning ijodiy faoliyatida asos bo'lib xizmat qiladi. Mana shu manbalar asosida muzeylar ilmiy tadqiqot va ilmiy hamda madaniy ma'rifiy ta'lim tarbiya ishlarini olib boradi. Moddiy madaniyatimizning asosiy sohalaridan bittasi O'zbekiston muzeylaridir. Muzeylar tarixiy yodgorliklar maskani, adabiyot, san'at, urf-odatlari, moddiy va maishiy hayotimizning, ya'ni hayot obrazimizning bir ko'rinishidir.
O'zbekistonda muzeylar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ilk bor tashkil etilgan (1-jadval). Jumladan, 1876-yilda Toshkent o'lkashunoslik muzeyi, O'zbekiston tabiat muzeyi (1994-yildan) O'zbekiston tarixi davlat muzeyi 300 mingdan ziyod bebaho osori-atiqalar mavjud. 1896-yilda Samarqand xalq muzeyi (hozirgi Akmal Ikromov nomidagi) O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixi davlat muzeyi. 1899-yilda Farg'ona xalq muzeyi (hozirgi o'lkashunoslik muzeyi). 1918-yilda O'zbekiston davlat san'at muzeyi ochildi. Buxoro viloyati o'lkashunoslik muzeyi ilk bor 1922-yilda tashkil etildi (1-jadval).
Muzeylarni zamonaviy ilmiy jihatdan tur va sohalar bo'yicha tasniflanadi. O'zbekistonda hozirgi kunda 350 dan ortiq muzey mavjud. O'zbekistonda uchta - Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida yirik muzey-qo'riqxonalar mavjud bo'lib, ular tarkibida 38 ta muzey faoliyat yuritmoqda.
Ikkinchi jahon urushida erishilgan G'alabaning 75 yilligiga bag'ishlab 2020-yilda ochilgan Toshkentdagi G'alaba bog'i va Shon-sharaf muzeyida yoshlarni vatanparvarlik tuyg'usida tarbiyalash uchun etarli manbalar bor.
1-jadval
XIX asr 2-yarmi va XX ^ asrda tashkil etilgan muzeylar haqida ma'lumotlar
№ Tashkil etilgan vaqti Muzey joylashgan shahar Muzey nomlari
1. 1876-yil Toshkent o'lkashunoslik muzeyi
2. 1896 -yil Samarqand xalq muzeyi
3. 1899-yil Farg'ona xalq muzeyi
4. 1918-yil Toshkent O'zbekiston davlat san'at muzeyi
5. 1920-yili Namangan o'lkashunoslik muzeyi
6. 1922-yil Buxoro o'lkashunoslik muzeyi
7. 1924-yil Qo'qon o'lkashunoslik muzeyi
в. 1926-yil Toshkent tabiat muzeyi
9. 1927-yil To'tko'l Qoraqalpog'iston Respublikasi o'lkashunoslik muzeyi.
10. 1934-yil Andijon o'lkashunoslik muzeyi
11. 1937-yil Toshkent O'zbekiston xalq amaliy san'ati muzeyi.
12. 1941-yil Toshkent Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi.
13. 1964-yil Surxondaryo o'lkashunoslik muzeyi.
14. 1970-yil Samarqand "Afrosiyob" tarixi muzeyi
15. 1984-yil Mo'ynoq Mo'ynoq ekologiya muzeyi
*Ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.
1999-yilda O'zbekistonda davlat tasarrufidagi muzeylar soni 81 taga etdi. Madaniyat vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, ularning 90 tasi davlat muzeylaridir. Bundan tashqari, O'zbekistonda 1992-yildan ko'plab xususiy sohaga taaluqli yangi muzeylar tashkil etildi. Bular taniqli o'zbek shoirlari, xalq baxshilari, olimlar va boshqa sohalarga oid muzeylardir. Jumladan, B. Mashrabning muzeyi Namanganda, hofiz Hojixon Boltaboyev nomli maqomchilar muzeyi Xorazmda, "Xorazm amaliy san'ati va tarixi" muzeyi Urganch shahrida, "Temirchlik muzeyi" Buxoroda, xalq baxshisi Islom shoir Nazar o'glining uy muzeyi Samarqand viloyatida tashkil etildi. 1993-yilda O'zbekistondagi birinchi huquqshunos olima ayol Xadicha Sulaymonova muzeyi, mashhur raqqosa Mukkarramaxonim Turg'unboyeva muzeyi Toshkentda ochilgan. Navoiyning Tomdi tumanida mashhur cho'pon, mehnat qahramoni J.Bashmanov muzeyi tashkil etildi. 1994-yilda xalq rassomi M. Rahimov muzeyi, 1996-yilda juda katta ahamiyatga ega bo'lgan O'zbekiston gidrometerologiya muzeyi, 1997-yilda S.Hamidovning uy muzeyi tashkil etildi. 1996-yil O'zbekistonlik sportchilarning jahon miqyosida erishgan yutuqlari va ishtiroklari haqida ma'lumotlar beradigan Olimpiya shon shuhrati muzeyi ochildi. 1996-yilda Temuriylar tarixi davlat muzeyi Toshkent shahrida tashkil etildi. Hozirgi kunda O'zbekiston tarixi davlat muzeyi eng yirik ilmiy-ma'rifiy markaz hisoblanib, uning zahirasida 300 mingdan ziyod bebaho osori-atiqalar, arxeologiya, numizmatika, etnografiya, tasviriy san'at, foto va hujjatlar kutubxonasi mavjud. Muzeydagi bu manbalar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda va barkamol avlod sifatida shaklllantirishda muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston tarixi davlat muzeyi xorijiy muzeylar va ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish bo'yicha bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirmoqda.
So'nggi yillarda Qashqadaryo viloyatida ham muzeylar sohasida katta o'zgarishlar bo'ldi. Bu Qashqadaryo viloyatining mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi o'rnini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Shahrisabz shahridagi Amir Temur moddiy-madaniyat tarixi muzeyining yangi ko'rgazmasi va "Maqom" muzeyi, Qarshi shahrida Abdulla Oripov hamda Qatag'on
qurbonlari muzeylari tashkil etilgan. Qarshi shahridagi "Vatanparvar bog'i" da viloyat tarixi va madaniyati muzeyi tomonidan II Jahon urushida qozonilgan G'alabaning 75 yilligiga bag'ishlangan ko'rgazma, vohada muzeyshunoslikka zamonaviy va kreativ yondashuv, yangicha qarashlar orqali jahon muzeyshunosligi tajribasini ilk bor amaliyotga joriy etilishini ko'rsatdi. Bu ochiq osmon ostidagi muzeyda Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi dotsenti P.R.Qurbonovning ilmiy va amaliy yordami bilan Qashqadaryo viloyatining relyefli ulkan mashtabdagi kartasi yaratilgan.
Qashqadaryo viloyat o'lkashunoslik muzeyi - madaniy-ma'rifiy muassasa. 1975-yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. Muzeyda tarix, xalq amaliy san'ati, tabiat, xotira va qadriyat bo'limlari bor. Muzey fondida 20 mingdan ziyod numizmatika, arxeologiya, tasviriy va amaliy san'at asarlari, tarixiy hujjatlar, nodir qo'lyozmalar, kitoblar, maishiy va etnografiyaga oid eksponatlar mavjud. Muzey ilmiy tekshirish ishlari olib boradi, fondini boyitadi, kitob, kataloglar nashr etadi, jumladan, Rimda fransuz tilida chop etilgan "Qarshi o'lkashunoslik muzeyidagi sharq qo'lyozmalari katalogi" (2004, 50 dan ortiq qo'lyozmalar haqida ma'lumotlar bor) va boshqalar. Mustaqillik yillaridan Qashqadaryo iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayoti sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, fan taraqqiyotini namoyon etuvchi eksponatlar bilan boyitilmoqda.
Respublikamizdagi bir qator nufuzli muzeylar qatorida "Shahrisabz davlat muzey qo'riqxonasi" (1996-yil) ham o'zining nufuzi bilan ajralib turadi. Muzey fondiga asosan arxeologik, etnografik, numezmatik hamda amaliy san'at buyumlaridan iborat bo'lib, 2018-yil holatida 35000 ga yaqin eksponat mavjud.
Shahrisabzda davlat muzey qo'riqxonasi tarkibidagi muzeylardan biri bu Maqom muzeyidir. Ushbu muzeyda Ayritomdan topilgan "Arfa chalayotgan ayol tasviri", maqom san'atiga oid eksponatlardan: cholg'u asboblari, musiqiy notalar, liboslar, suratlar, shashmaqom kitoblari va arxeologik qazishmalar natijasida tushirilgan eksponatlar o'rin olgan.
Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi muhim vazifalaridan biri yosh avlodni vatanparvarlik, xalqimiz tarixi va buyuk ajdodlarimiz merosi bilan faxrlanish ruhida tarbiyalashdir. Qashqadaryo viloyati muzeylari, yoshlarni madaniy, tarixiy va badiiy merosimiz, umumbashariy qadriyatlar, o'tmish, ilm-fan yodgorliklari, xalqimizning turmush tarzi va an'analari, san'at asarlari bilan tanishtirish va ularda Vatanga sadoqat tuyg'usini yuksal-tirishga yordam berib kelmoqda. Zero, yoshlarimiz milliy g'ururini baland, jonkuyar, fidoiy bo'lib kamol topishida-kelajagimiz mustahkamligida muzeylarning o'rni kattadir [4; 156-170 b.].
Yosh avlodga o'lkamizning tabiati va tarixi, ma'naviy madaniayati, san'ati va boshqa sohalari haqida keng hamda chuqur bilim berish, kelajak avlodni Vatanga muhabbat, uning tarixiy va madaniy merosiga hurmat tuyg'ularini shakllantirish va tarbiyalash uchun muzeylarni o'rganish, bilish va o'tmish sirlaridan voqif bo'lish asosiy vazifalardan biridir. Hozirgi davrda ota-bobolarimiz bizga meros qilib qoldirgan eng boy ma'naviy va axloqiy meros -
muzey ma'naviy hayotning bardavom omiliga, tarixiy-madaniy merosni saralash, saqlash va namoyish etish markaziga, tarixiy ong va axloqiy-estetik madaniyatni shakllantirish ishiga aylandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Avazov Sh., Saydamatov F., Allaberganov H. "Biosfera (ekosfera) va odam (jamiyat)" tizimida geoekologiya va geoekologik o'lkashunoslik // Toshkent "Innovatsiya-ziyo" 2019 y. - 373
2. Nabiev A, Tarixiy o'lkashunoslik. - Toshkent: "O'qituvchi", 1979. - 40 b.
3. Ochildiev F.B. Tarixiy o'lkashunoslik (o'quv qo'llanma).- Toshkent «Donishmand ziyosi» 2020.-200 b.
4. Usmanova R.va b. O'lkashunoslik (o'quv qo'llanma).- Qarshi: "Fan va ta'lim" nashriyoti, 2023. - 268 b.
5. Abdullayev S. I., Murtazayev B. C. Ziyorat turizmi va sakral geografiyaning vazifalari //УЗБЕКИСТОН ГЕОГРАФИЯ ЖАМИЯТИ Х СЪЕЗДИ МАТЕРИАЛЛАРИ (Тошкeнт шахри, 2019 йил 6-7 дeкабрь. 22-24б.
6. Назаров М., MypTa3aeB Б., Якшибоeв Б. АНТРОПОГЕН ЛАНДШАФТЛАРНИ ТАДКЩ-ЭТИШНИНГ ИЛМИЙ ВА НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ //Экономика и социум. - 2022. - №. 3-2 (94). - С. 726-731.
7. Абдуллаeв С. И., Mуртазаeв Б. Ч., Назаров М. Г. THE NATURAL POTEHTIAL OF THE LANDSCAPE //Life Sciences and Agriculture. - 2021. -№. 1. - С. 135-140.
8. Mуртазаeв Б. Ч. К вопросу roy4eH^ физико-гeографичeских про^ссов Юго-Западного Гиссарского хрeбта на примeрe Яккабогского лeсничeства //Экономика и социум. - 2022. - №. 11-2 (102). - С. 518-529.
9. Safarov I. B. Geographical features of pilgrimage tourism (in the case of Kashkadarya region) //Экономика и социум. - 2023. - №. 2 (105). - С. 321324.
10. Safarov I. B., Rasulov F. I. PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF PILGRIMAGE TOURISM (ON THE EXAMPLE OF KOSON DISTRICT) //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 189191.
11. Усманова Р.Оптимизация использования туристичeских рeсурсов Кашкадарьинской области // Узбeкистонни топ ун туристик худудлар каторига киритиш истикболлари: баркарор ривожланиш имкониятлари" мавзусидаги халкаро онлайн илмий-амалий анжуман магериаллари туплами Бухоро-2020 йил 11-12 дeкабрь. 133-135 б.
12. Усманова Р., Бeрдикулова М.Т. ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ С. 97-100
13. Усманова Р. МАТЕРИАЛЫ VIII Meждународной научно-практичeской конфeрeнции «СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ СФЕРЫ ТУРИЗМА» 29-30 ноября, 2019 г., г. Алматы, Казахстан
14. Usmanova R. MATERIALS OF VIII International Scientific and Practical Conference "CONTEMPORARY PROBLEMS OF DEVELOPMENT OF
TOURISM SPHERE" November 29-30, 2019, Almaty, Kazakhstan Алматы, 2019
15. Усманова Р. Problems of developing ecotourism in Kashkadarya region // Международная конференция «Прикладная экология и устойчивое развитие». Тошкент-2006. 243-245 б.
16. Safarov I. B., Toshquvvatov I. T. RECREATIONAL AND TOURISTIC OPPORTUNITIES OF UZBEKISTAN'S MOUNTAINS // Экономика и социум. - 2023. - №.11(114). - С. 303-312.
17. Сафаров И. Б., Халилов Н. Х. ЭКОНОМИКО-ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ГРАДОСТРОИТЕЛЬСТВА ВЕРХНЕ-КАШКАДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ //Educational Research in Universal Sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 707-713.