Научная статья на тему 'TEMURIYLAR DAVRIDA DIN VA XALQARO MADANIY ALOQALARNING MUZEY EKSPOZITSIYASIDA YORITILISHI'

TEMURIYLAR DAVRIDA DIN VA XALQARO MADANIY ALOQALARNING MUZEY EKSPOZITSIYASIDA YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bekenova A.A.

Oʻrta Osiyo va uning uzviy qismi boʻlgan Oʻzbekiston koʻhna madaniyat beshiklaridan biridir. Bu diyorda yashab oʻtgan xalqlar jahonga dong taratgan moddiy va ma’naviy yodgorliklarning durdona namunalarini yaratganlar. Ular juda qadim zamonlardan hunarmandchilik, san’at buyumlari, turli obidalar va bitiklarni ardoqlab, saqlab kelganlar. Ajdodlarimizdan bizgacha meros boʻlib kelgan, turli davr sahifalaridan hikoya qiluvchi asori atiqalar yurtimiz muzeylari ekspozitsiyalarida saqlanib kelinmoqda. Xususan, Amir Temur va temuriylar davri madaniyati aks ettirilgan ashyolar Oʻzbekistonning yirik muzeylari zallarida oʻziga xos tarzda namoyish etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR DAVRIDA DIN VA XALQARO MADANIY ALOQALARNING MUZEY EKSPOZITSIYASIDA YORITILISHI»

TEMURIYLAR DAVRIDA DIN VA XALQARO MADANIY

ALOQALARNING MUZEY EKSPOZITSIYASIDA YORITILISHI

Bekenova A.A.

ilmiy xodim, O 'zbekiston tarixi davlat muzeyi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11163234

O'rta Osiyo va uning uzviy qismi bo'lgan O'zbekiston ko'hna madaniyat beshiklaridan biridir. Bu diyorda yashab o'tgan xalqlar jahonga dong taratgan moddiy va ma'naviy yodgorliklarning durdona namunalarini yaratganlar. Ular juda qadim zamonlardan hunarmandchilik, san'at buyumlari, turli obidalar va bitiklarni ardoqlab, saqlab kelganlar. Ajdodlarimizdan bizgacha meros bo'lib kelgan, turli davr sahifalaridan hikoya qiluvchi asori atiqalar yurtimiz muzeylari ekspozitsiyalarida saqlanib kelinmoqda. Xususan, Amir Temur va temuriylar davri madaniyati aks ettirilgan ashyolar O'zbekistonning yirik muzeylari zallarida o'ziga xos tarzda namoyish etilgan.

Amir Temur va uning sulolasi vakillari hukmronligi yuzasidan mustaqillik davrida juda ko'plab tadqiqotlar olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida mazkur sulola tarixiga oid bir qancha tarixiy manbalar ashyolar topildi. Ular bugungi kunda muzeylarimiz ekspozitsiyalarida namoyish qilinmoqda. Tariximizning ushbu davriga oid ashyoviy dalillar nafaqat yurtimizda balki jahon muzeylari zallarida ham o'rin olgan.

O'rta Osiyo va uning uzviy qismi bo'lgan O'zbekiston ko'hna Samarqand davlat me'moriy-badiiy muzeyi qo'riqxonasi qadimiy muzeylardan biri hisoblanib, 1847-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda muzey fondida 150 mingga yaqin turli ashyolar saqlangan. Ularning asosiy qismini qadimiy Samarqand - Afrosiyobdan topilgan arxeologiya va numizmatikaga tegishli ashyolar tashkil etgan. Muzeyning boy bo'limlaridan biri Temuriylar davri bo'limidir. Ushbu bo'limda jami 308 ta eksponat saqlanadi. Bular orasida qo'lyozmalar, koshin parchalari, qush tasvirli, islimiy sopol idishlar, o'yma eshik, Amir Temur tobuti, shisha buyumlari o'rin olgan[1. b.12].

Temuriylar tarixi Davlat muzeyida ham Amir Temur va uning avlodlari davriga tegishli din bilan bog'liq bo'lgan muqaddas kitoblar, qo'lyozma asarlarning nusxalari, diniy binolarning maketlari orqali ushbu davrdagi madaniy hayot va e'tiqodiy qarashlar aks ettirilgan. Zalning markaziy qismida marmar lavh ustida musulmonlarning muqaddas kitobi Qur'onning 1905-yilda Peterburgda tayyorlangan nusxalaridan biri joy olgan. Ikkinchisi esa O'zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozitsiyasida namoyishga qo'yilgan. Ular 1970-yilning 31-dekabrida

SSSRning Aleppodagi bosh konsulligi tomonidan O'zbekiston xorijiy davlatlar bilan do'stlik va madaniy aloqalar jamiyatiga targ'ibot ishlarini olib borish maqsadida taqdim etilgan[6. b. 22-25]. Amir Temur o'z saltanatida dinni juda qadrlagan diniy ulamolarni juda hurmatlagani, ilm-fan rivojiga alohida ahamiyat qaratib, shaharlarda masjid, madrasa va madaniy-maishiy binolar barpo etgani manbalardan ma'lum. Muzey ekspozitsiyasidan sohibqiron barpo etgan diniy binolarning maketlari ham o'rin olgan.

O'z davrining tajribali va uzoqni ko'ra biluvchi siyosatdoni bo'lgan Amir Temur, Sharq va G'arb davlatlari bilan o'rnatilgan diplomatik munosabatlar mamlakat iqtisodiy va siyosiy rivojining bosh mezoni ekanini yaxshi tushunar edi. Ana shu maqsadda u nafaqat Sharq, balki g'arbiy Yevropaning o'sha davrdagi yirik davlatlari bo'lgan Vizantiya, Ispaniya, Fransiya, Angliya va boshqa davlatlarga elchi yuborib turgan, xatlar yozgan.

Uning Yevropa, Misr, Xitoy va Hindiston bilan munosabatlari haqidagi qo'lyozmalar; Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI ga yuborgan nomasi, Kastiliya qiroli Genrix III ga yo'llagan nomasi, Misr sultoni Baqruqqa yuborgan maktubi, Yildirim Boyazidga yuborgan maktubi namoyish etilgan.

Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI de Voluaga, fransuz qirolining Amir Temurga yuborgan javob maktublarining fotonusxalari o'rin olgan. Amir Temur o'z maktubida ikki mamlakat o'rtasida turli sohalardagi aloqalarni, ayniqsa, savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirish haqidagi taklifni bildiradi. Fransuz qirolining maktubida esa o'sha bildirilgan takliflarga rozilik berilgan va shu bilan bir qatorda Sohibqiron Turk Sultoni Boyazid I ustidan qozongan g'alabasi bilan tabriklanadi[7. b. 17].

Muzeyda yana Amir Temurning Kastiliya qiroli Genrix III ga yuborgan maktubi berilgan. Pastda Rui Gonsales de Klavixoning "Samarqandga, Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi" nomli kitobining turli nashrlari berilgan. Rui Gonsales de Klavixo Kastiliya va (Leon) qiroli Genrix III ning Amir Temurning huzuriga yuborgan elchilari tarkibida bo'lgan. U safar (1403-1406) davomida ko'rgan kechirganlarini kundalik tarzida yozib boradi. Bu asar "Samarqandga, Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi" nomi bilan mashxur. "Kundalik"ning XV asrga doir ikkita nusxasi saqlangan[2. b.19]. U dastlab ispan tilida Ispaniyada chop etildi. (Seviliya, 1582). Keyinchalik mashxur asar bir necha marotaba qayta bosilgan va ingliz, fransuz, rus tillariga (1881,1990) ham tarjima qilingan. Mazkur asarlar o'z davrida siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan bugun esa yosh siyosatchilar uchun muxim maktab vazifasini bajarib kelmoqda.

Muzeyning umumiy ekpozitsiyasi kompleks metodidan foydalangan holda tashkil qilingan bo'lib undan tashrifchilar Temuriylar davri va sulosasi to'g'risida

batafsil ma'lumotga ega bo'ladilar. Eksponatlarning aksariyati nusxalar bo'lsada, ularning tarixiy axamiyati xalqimiz uchun muxim hisoblanadi.

Temuriylar davriga oid bo'lgan amaliy san'at buyumlari Buxoro arki majmuidagi muzey qo'riqxonasida ham saqlanadi. Buxoro arki majmuidagi muzey qo'riqxona 1922 yil 8 noyabrda ochilgan. Bu yerda tarixning turli davrlaridan xabar beruvchi eksponatlar, jumladan, temuriylar davriga tegishli bo'lgan sopol buyumlar, me'morchilik qoplamalari, mis va kumush tangalar o'rin olgan[4. b 24].

Temuriylar davri rassom naqqoshlari yassi laganlar yoki bejirim kosalar sirtiga qush, gul, afsonaviy qaqnus yoki bug'ular tasvirini tushirganlar. Mamlakatda tasviriy mavzularning yoyilishi Xitoy chinnisi ta'sirida ro'y berdi, ammo Eron va Markaziy Osiyo ustalari asarlarida Uzoq Sharq mavzulari ko'pincha mo'l naqshin bezak ichiga go'yo singib ketardi. Tubida mahalliy an'anaviy bezak bo'lgan olti burchakli yulduz va oq fonga zangori bo'yoq bilan ishlangan xira naqshli qayrilma bezak tasvir etilgan XIV-XV asrlar Samarqand sirkor lagani temuriylar davri keramikasining namunasidir. Undagi manzarada Xitoy chinnisidan nusxa ko'chirishdan chekinish va mahalliy bezak namunalarini izlashga intilish ko'zga tashlanadi. Xullas, Amir Temur va temuriylar davri keramikasining mo'g'ullargacha bo'lgan keramikadan farqi ranglar uyg'unligida, bezaklar majmuida va texnologik usullarda o'z ifodasini topgan. Temuriylar davri keramikasida umumiy estetik qoidalar saqlanib qolgani holda, badiiy uslub birmuncha erkinlashdi.

Hozirgi paytda Buxoro muzey-qo'riqxonasida muzey auditoriyasini shakllantirishda o'ziga xos nuqtai nazar yuzaga kelgan. Shu bois 2003-yili muzey mutaxassislari va ko'ngilli yordamchilar tomonidan muzeyga keluvchilar bilan savol-javob o'tkazilgan. Marketing tadqiqotlari davomida ob'ektiv kuzatuv usuli qo'llanildi, ya'ni keluvchilarning muzey ekspozitsiyalariga va ekskursiyaga nisbatan ta'sirlanishi qayd qilindi. Reklama maqsadida, shuningdek, ko'p sonli sayyohlarni jalb qilish uchun muzey-qo'riqxonada «Ochiq xazina» kompyuter markazi ham ishlab turibdi. 2005-2006 yillarda muzey-qo'riqxona muzey kolleksiyalari haqida 1000 betdan ortiqroq hajmdagi 3 ta illyustratsiyali katalog tayyorladi va nashr etdi.

Shahrisabzdagi Amir Temur nomli tarix va moddiy-madaniyat muzeyi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 26 dekabridagi «1996 yil-Amir Temur yili» deb e'lon qilinishi haqidagi Farmoniga asosan Shahrisabz shahar xokimining 1996 yil 8 may kunidagi x-13615 qarori hamda Qashqadaryo viloyat hokimligi madaniyat ishlar boshqarmasining 1996-yil 14- noyabridagi buyrug'iga asosan Shahrisabz shahridagi «Chubin» madrasasi majmuida tashkil etildi[5. b. 9].

Ekspozitsiyada temuriylar davriga oid bo'lgan arxeologiya, etnografiya, numizmatika, qo'lyozmalar, tasviriy san'at namunalari o'rin olgan.

Muzeyshunos olima D. Qurbonova o'z ilmiy ishini Temuriylar tarixiga oid manbalaming xorij muzeylarida saqlanayotganlarini o'rganishga bag'ishlagan. U o'z tadqiqotida Osiyo, MDH, Yevropa hamda AQSh muzeylarida saqlanayotgan temuriylar davriga oid aniqlangan ashyolar soni quyidagicha: Ozarbayjonda - 3ta, Sankt-Peterburgda - 14 ta, Turkiyada - 18 ta, Eronda - 3 ta, Misrda - 5 ta, Germaniyada - 43 ta, Baltimorda - 8 ta, Bostonda - 3ta, Angliyada - 24 ta, Daniyada - 11 ta, AQShda - 23 ta, Fransiyada -7 ta amaliy va tasviriy san'at namunalari, qo'lyozma asarlar, harbiy buyumlari bo'lib, ularning har biriga ilmiy annotatsiyalar yozgan[4. b. 15].

O'zbekiston muzeylarida ekspozitsiyalarini Temuriylar tarixiga oid manbalar va ashyoviy dalillar boyitib turibdi. Ular orasida diniy bag'rikenglik va millatlararo do'stlik tamoyillarni targ'ib qiluvchi eksponalar ko'pchilikni tashkil qiladi. Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida ham tolerantlik muhim masala sanalgan. Ular tomonidan bag'rikenglik tamoyili asosida siyosat olib borilgan.

Adabiyotlar

1. Курязова Д.Т. Узбекистан музейлари ва уларнинг мустакиллик давридаги фаолияти (тарих ва улкашунослик музейлари мисолида). Тарих фан. ном. дис. автореферати - Т., 2009. - 30 б.;

2. Исмаилова Ж.Х., Мухамедова М.С. Замонавий жахрн музейшунослиги. Укув кулланма. - Т.: Munis design group, 2013. - Б. 310;

3. Ж. Х. Исмаилова. А.М. Ревес. "Узбекистан - багрикенг диёр". -Т-2008.,

-47б

4. Курбонова Д. Хориж музейларида сакланаётган темурийлар даврига оид тарих ва маданий ёдгорликлар Тарих фан. ном. дис. автореферати - Т., 2009. - 30 б;

5. Курбонова Д.. Жахоннинг йирик музейларида Узбекистонга оид коллекцияларнинг шаклланиши ва уларни комплектлаш тамоиллари. Докторлик диссертацияси (DSc). - Т., 2020. - 230 б.

6. O'zbekiston Milliy Arxivi. R-2661-fond, 1-ro'yxat, 316-ish, 22-25-varaqlar.

7. Temuriylar tarixi davlat muzeyining ekskursiya matni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.