Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA AMIR TEMUR DAVRI TARIXINING O‘RGANILISHI'

MUSTAQILLIK YILLARIDA AMIR TEMUR DAVRI TARIXINING O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Latifova L.

Amir Temur bizning shon-shavkatimiz, g‘urur – iftixorimizdir. Amir Temur xalqimizning dahosining timsoli, ma’naviy qudratimiz ramzidir. Mustaqillik yillarida Amir Temur shaxsi va davriga oid shu qadar ko’plab manbalar tarjimasi amalga oshirildi, tarixiy-ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar yaratildiki, bu ularni tarixshunoslik nuqtai nazaridan tizimlashtirish, ilmiy tahlil etish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash zarurligini ko’rsatadi. Bu esa zamonaviy tarix fani uchun dolzarb hisoblandi. Amir Temur shaxsini idrok etish tarixni idrok etish demakdir. Amir Temur va Temuriylar davri tarixi mamlakatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan yirik davr hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin Amir Temur davriga qiziqish ancha ortdi. Amir Temur davri aks etgan manbalar o‘zbek, rus, ingliz, tillariga tarjima qilina boshlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA AMIR TEMUR DAVRI TARIXINING O‘RGANILISHI»

MUSTAQILLIK YILLARIDA AMIR TEMUR DAVRI TARIXINING O'RGANILISHI

Latifova L.

talaba,

Toshkent Amaliy Fanlar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11167024

Amir Temur bizning shon-shavkatimiz, g'urur - iftixorimizdir. Amir Temur xalqimizning dahosining timsoli, ma'naviy qudratimiz ramzidir. Mustaqillik yillarida Amir Temur shaxsi va davriga oid shu qadar ko'plab manbalar tarjimasi amalga oshirildi, tarixiy-ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar yaratildiki, bu ularni tarixshunoslik nuqtai nazaridan tizimlashtirish, ilmiy tahlil etish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash zarurligini ko'rsatadi. Bu esa zamonaviy tarix fani uchun dolzarb hisoblandi. Amir Temur - shaxsini idrok etish tarixni idrok etish demakdir. Amir Temur va Temuriylar davri tarixi mamlakatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan yirik davr hisoblanadi. O'zbekiston mustaqil bo'lganidan keyin Amir Temur davriga qiziqish ancha ortdi. Amir Temur davri aks etgan manbalar o'zbek, rus, ingliz, tillariga tarjima qilina boshlandi. Keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1994-yil 29-dekabrda Amir Temur tavalludining 660-yilligi nishonlandi.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1996 yilni Amir Temur yili deb e'lon qildi."Temur tuzuklari" bir necha tillarda chop etildi. O'sha davr tarixiy, madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Muqaddas qadamjo - Amir Temur maqbarasi ta'mirlandi. Shuningdek, 1996-yilda "Temuriylar tarixi davlat muzeyi" tashkil etildi. "Amir Temur ordeni" ta'sis etildi [1]. O'zbekistonda uning faoliyatini o'rganishga va uni ommalashtirishga keng yo'l ochildi. Uning nomi O'zbekistonda abadiylashtirildi. Ko'plab shahar va qishloqlardagi shoh ko'chalar, maydonlar, jamoa xo'jaliklari, maktablar, kinoteatrlar va boshqalar uning nomi bilan ataldi. O'zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal o'rnatildi, Xalqaro Amir Temur jamg'armasi tashkil qilindi (1995).

Buyuk ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash uchun juda katta sa'y harakatlar bugungi kungacha olib borilmoqda. Dunyo ilmiy jamoatchiligining Amir Temur shaxsiga bo'lgan e'tiborini hisobga olib, YUNESKO tomonidan Parijda "Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi" haftaligi o'tkazildi.

Bu tadbirlar samarasi o'laroq, Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid yangi tadqiqotlar, manbalar ilmiy muomilaga kiritildi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganidek: "bizning tariximizda Amir Temurday ulug' siymo bor

ekan, uning qoldirgan merosi, pandu-o'gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo'l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o'rganmasdan, ta'riflamasdan, targ'ibot qilmasdan haqqimiz

yo'q.

Mustaqillik -yillarida Amir Temur shaxsi va davriga oid shu qadar ko'plab manbalar tarjimasi amalga oshirildi, tarixiy-ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar yaratildiki, bu ularni tarixshunoslik nuqtai nazaridan tizimlashtirish, ilmiy tahlil etish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash zarurligini ko'rsatadi. Bu esa zamonaviy tarix fani uchun dolzarb hisoblandi. Mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, Amir Temur va Temuriylar davriga oid mustaqillik -yillarida bir necha tarixshunoslik ishlari amalga oshirildi. Xususan, B.V. Lunin "Temur va Ulug'bek davri tarixi" nomli kollektiv monografiyada "Temur va uning davrini o'rganishga oid asosiy manbalar, hamda ilmiy adabiyotlarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilib berdi [2].

E.V. Rtveladze va A.X. Saidovlar tomonidan tayyorlangan "Amir Temur dunyo fani ko'zgusida" ("Амир Темур в зеркале мировой науки"5) nomli bibliografik nashrda chet tillarda chop etilgan Temur va uning davri tarixini o'rgangan xorijiy adabiyotlarni tizimga solinishini mukammallikka yetkazishga harakat qildilar. Mualliflar jahon tarixshunosligida mustaqil "temurshunoslik" ilmiy yo'nalishi shakllanganini e'tirof etishdi. Shuningdek,"Amir Temur jahon tarixida" nomli nashrining "Amir Temur davri tarixnavisligi" bobidagi "Ilmiy izlanishlar" qismida O'zbekiston va xorij tadqiqotchilarining ishlari tahlil qilindi. Nashrda "Amir Temur shaxsini biryoqlama, tor va bir xil tarzda talqin etishdan iborat dastlabki ko'nikmalardan uni chuqur, keng va har yoqlama idrok etishga asta-sekin o'tish tadriji sodir bo'ldi"- degan xulosaga kelinishi tarixshunoslikdagi ilmiy burilishdir.

Amir Temur hayoti, davri va davlatchilik faoliyatini tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etuvchi dissertatsiya ishlari himoya qilindi. Jumladan,Sh. O'ljayevaning nomzodlik dissertatsiyasi XX asrning 50-60 -yillarida Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligiga bag'ishlangan bo'lsa, D. Abidjanovaning "XX asr 60-90 -yillari ingliz tarixshunosligida Movarounnahrda Amir Temur hukmronligi davri" mavzusidagi nomzodlik ishida va B. Usmonovning "Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining Rossiya tarixshunosligida yoritilishi" nomli tarixshunoslik yo'nalishidagi tadqiqotida Rossiyada Amir Temur hayoti davlatchilik faoliyatining o'rganilish bosqichlari, ularga ta'sir etgan ijtimoiy-siyosiy omillar tahlil etilgan holda, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ko'rsatib berilgan [3]. 2003-yilda akademik B.Ahmedov, B.Qosimov, I.Niyazov, B.Bannopov, M.Zikrullayev, Ya.Muhammedov tomonidan ham temurshunoslik sohasida bir muncha tadqiqotlar olib borilib, "Amir Temur bibliografiyasi" Toshkentda nashrdan

chiqdi. P.Zohidov, L.I.Rempel, A.O'rinboyev, B.Ahmedov, D.Yusupova, O'.Alimov, T.Fayziyev, O.Bo'riyev kabi qator fidoiy olimlarning tadqiqotlari Amir Temur saltanati tarixini yoritishga xizmat qildi. Zero, aynan ularning mustaqillik yillarida chop etilgan yirik nashrlarda Amir Temur hayoti va faoliyati tarixini mukammal yoritishdagi xizmatlarini e'tirof etish zarur. Birlamchi yozma manbalar, ya'ni qo'lyozma kitoblar maxsus kataloglarda yoritilgan. O'zRFA Temuriylar tarixi davlat muzeyida bajarilgan "Amir Temur. Bibliografiya. Birinchi kitob" mavzuyidagi maqsadli amaliy grant doirasida bajarilgan loyihada O'zbekiston va jahon miqyosida Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag'ishlab nashr qilingan turli adabiyotlar jamlanib izohlar bilan ta'minlandi. Amir Temurning ibratli hayoti, saltanati tarixi, undagi ilm-fan, madaniyatni o'rganish tarixshunoslikning yirik ilmiy yo'nalishlaridan biri sifatida doimo olimlar diqqat-e'tiborida bo'lib kelgan."Amir Temur tuzuklarini o'qisam," - degan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov-xuddi bugungi zamonning katta-katta muammolariga javob topgandek bo'laman".Temuriylar tarixiga tegishli manbalar jahon miqyosida turli tillarga tarjima qilingan hamda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan 2010-yilda O.Rahmatullayeva tomonidan tayyorlangan "Amir Temur saltanati tarixnavisligi" nomli bibliografik ko'rsatkichda faqat O'zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan adabiyotlar jamlanib sohalar bo'yicha tasniflandi va Toshkentda chop etildi. Amir Temur xotirasini abadiylashtirishga bag'ishlangan rasmiy (Qonun, Farmon, Qaror va boshqa me'yoriy hujjatlar) ma'lumotlarni yig'ishda O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasining Davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy reglamentlarning elektron to'plami (LexUz-online platformasi)dan foydalanildi.

Mazkur loyihada mavzuni yorituvchi yozma manbalar, monografiyalar, risolalar, dissertatsiya va avtoreferatlar ro'yxati, yubileylarga bag'ishlangan albomlar, tarixiy ma'lumotnoma va solnomalar, respublika va xalqaro konferensiya materiallari, o'quv qo'llanmalar, respublika va xorijiy nashrlarda chop etilgan maqolalar jamlandi. Shuningdek, unda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, muzeylar va fondlardan o'rin olgan adabiyotlardan ham imkon qadar foydalanildi. Jumladan, rus, ingliz, fransuz, turk, arab, fors tillarida nashr etilgan 6 mingga yaqin turli kitob va maqolalar nashrlari imkon qadar jamlanib, ma'lum bir tartibga solindi.

Kitobda yozma manbalar va ilmiy tadqiqotlar, monografiya va muhim kitob hamda risolalariga tavsif-izoh yozildi. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, bibliografiyada shartli ravishda, ko'lami jihatidan nihoyatda ko'pligi bois, davriy matbuot (xususan gazeta) nashrlari olinmadi. Zero, davriy matbuot materiallari, istiqbolda, ushbu bibliografiyaning davomli nashrlarida o'z aksini topadi degan umiddamiz. Bibliografik ko'rsatkichda barcha adabiyotlar, avvalo, nashr tili

bo'yicha, mualliflarning familiya va ismi-shariflari kesimida alifbo tartibida joylashtirildi. Ushbu bibliografiyada adabiyot atamasi deganda monografiya, risola, dissertatsiya, avtoreferat, ilmiy-ommabop nashrlar, badiiy adabiyot va boshqalar ham nazarda tutiladi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda tadqiqotlar davom etdi. Jumladan, N. Habibullayev Amir Temur va Temuriylar davrida qo'lyozmalarni tayyorlashdagi yozuv qurollari va materiallari hamda mazkur soha hunarmandlari haqida yozib, Amir Temur va Temuriylar davrida yaratilgan qo'lyozmalar "Samarqand" yoki "Sharqiy" tip deb atalmish uzoq asrlar davomida tayyorlash jarayoni qariyb o'zgarmagan qog'ozlarda yozilganini aytadi. O'z davrida o'tkazgan islohotlari mamlakatining gullab-yashnashiga sabab bo'lgan. Hozirgi kunda O'zbekiston rivojlanishida ham yordam bermoqda. Amir Temur tajribasini chuqur o'rganib hozirgi kunda mamlakatimiz aholisiga tinchlik-osoyishtalik xalqimizning kelajagini adolatli ravishda to'g'ri yoritib berishda katta yordam beryapti. Bizni o'tmishimiz tariximizda shunday kuchli aqlli bobokalonizim borligi bu biz uchun g'urur faxr va iftixor bag'ishlaydi.

Adabiyotlar:

1. Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi.- Toshkent: Sharq. 2000. - 365 b.2.

2. B. Ahmedov "Tarixdan saboqlar" -Toshkent: O'qituvchi. 1994. - 432 b.

3. www.ziyonet.uz

4. www.ziyouz.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.