Научная статья на тему 'TEMURIYLAR DAVRI TARIXINI YEVROPADA O‘RGANILISHI'

TEMURIYLAR DAVRI TARIXINI YEVROPADA O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ismatullayev F.

O‘rta Osiyo tarixi, xalqimizning tili, madaniyati, urf-odatlari Yevropa sharqshunoslarini qadimgi davrlardan qiziqtirib kelgan. Yevropa sharqshunoslik maktabi XVI asrdayoq shakllana boshladi. O‘sha zamonlarda Yevropada Sharqqa qiziqish g‘oyat kuchaygan bir payt bo‘ldi. Ayniqsa, O‘rta Osiyo o‘zining jug‘rofiy o‘rniga ko‘ra, ham Sharq bilan G‘arb, Shimol bilan Janub o‘rtasida ilg‘or g‘oyalar targ‘ibotchisi vazifasini o‘tab kelgan. Jahonda yildan – yilga O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqish ortib bormoqda. Va ayniqsa, bu sohada Yevropalik tadqiqotchilar yetakchilik qilmoqdalar. To‘g‘ri, bu qiziqish oldin ham bo‘lgan, jumladan, Amir Temur davrida bevosita diplomatik aloqalarni o‘rnatgan davlatlar: Angliya, Fransiya, Ispaniya bo‘lsada, ammo Amir Temur va Temuriylar davriga o‘rganish, tadqiq etish Italiyadan boshlanganligini tarixiy manbalar tasdiqlaydi. Jumladan, Amir Temur haqidagi ilk tarixiy asar ham muallif Perondinoning “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” nomi bilan Italiyaning Florensiya shahrida 1553-yili bosilib chiqdi[1, – 129 b.]. Bu Yevropa olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti edi. Keyinchlik Temur shaxsiga qiziqish qo‘shni davlatlar Fransiya va Ispaniyada ham boshlanib, ko‘plab asarlar yaratiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR DAVRI TARIXINI YEVROPADA O‘RGANILISHI»

TEMURIYLAR DAVRI TARIXINI YEVROPADA O'RGANILISHI

Ismatullayev F.

t.f.d., dotsent, Toshkent davlat pedagogika universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11147600

O'rta Osiyo tarixi, xalqimizning tili, madaniyati, urf-odatlari Yevropa sharqshunoslarini qadimgi davrlardan qiziqtirib kelgan. Yevropa sharqshunoslik maktabi XVI asrdayoq shakllana boshladi. O'sha zamonlarda Yevropada Sharqqa qiziqish g'oyat kuchaygan bir payt bo'ldi. Ayniqsa, O'rta Osiyo o'zining jug'rofiy o'rniga ko'ra, ham Sharq bilan G'arb, Shimol bilan Janub o'rtasida ilg'or g'oyalar targ'ibotchisi vazifasini o'tab kelgan.

Jahonda yildan - yilga O'zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqish ortib bormoqda. Va ayniqsa, bu sohada Yevropalik tadqiqotchilar yetakchilik qilmoqdalar. To'g'ri, bu qiziqish oldin ham bo'lgan, jumladan, Amir Temur davrida bevosita diplomatik aloqalarni o'rnatgan davlatlar: Angliya, Fransiya, Ispaniya bo'lsada, ammo Amir Temur va Temuriylar davriga o'rganish, tadqiq etish Italiyadan boshlanganligini tarixiy manbalar tasdiqlaydi. Jumladan, Amir Temur haqidagi ilk tarixiy asar ham muallif Perondinoning "Skifiyalik Tamerlanning ulug'vorligi" nomi bilan Italiyaning Florensiya shahrida 1553-yili bosilib chiqdi[1, - 129 b.]. Bu Yevropa olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti edi. Keyinchlik Temur shaxsiga qiziqish qo'shni davlatlar Fransiya va Ispaniyada ham boshlanib, ko'plab asarlar yaratiladi.

Yevropa Temuriylar davri tarixini o'rganishda jonbozlik ko'rsatayotgan "Temuriylar assotsiyasini"ni xizmati kattadir. Ushbu uyushma Temuriylar davri madaniyati san'ati, tarixi va ilmiy bilimlarning rivojlanish holati masalalarini tadqiqi va targ'iboti bilan shug'ullanib kelmoqda[2]. 2008-yil 28-oktyabr kuni Fransiyada ushbu assotsiyasining 20 yilligi nishonlandi. Ushbu sana munosabati bilan Parijda Temuriylar assotsiatsiyasi azolari, Fransiya vazirlik va idoralari, ushbu mamlakatda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatiya vakolatxonalari vakillari ishtirokida qator madaniy tadbirlar o'tkazildi.

Tadbirga yig'ilgan mehmonlar, olimlar, tadqiqotchilar, o'tgan davr mobaynida o'zbek xalqining madaniy, ilmiy-ma'naviy salohiyatini, milliy qadriyatlarni chuqur tadqiq etish va tiklashga katta e'tibor qaratib kelinayotgani ta'kidlanib, shu ma'noda Amir Temur va temuriylar davri merosini o'rganishga alohida ahamiyat qaratilyotgani e'tirof etildi.

Temuriylar davrining yirik vakili ham olim, ham shoh Mirzo Ulug'bek ijodini o'rganishga xalqaro miqyosda e'tibor kuchayib, uning me'morchilik sohsini rivojlantirishga qo'shgan hissasi mutaxassislar tomonidan yuqori baxolanmoqda.

YUNESKO tomonidan 1994-yilning 21-28-oktyabrida, Toshkent, Istambul, Parij shaharlarida Mirzo Ulug'bek tavvalludining 600 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazildi. Tadbir davomida Parijning "Segur" ko'rgazmalar zalida "Tarix va zamonaviylik" mavzusida Markaziy Osiyo tarixi hamda Temur va temuriylar davri tarixi haqida hikoya qiluvchi ko'rgazma tashkil etilib, keng jamoatchilik tomonidan yaxshi qabul qilindi[3, - 30 b.].

Temuriylar davri tarixi va madaniyatini o'rganish fransuz assotsiatsiyasini asoschisi va rahbari professor Lyusen Keren hisoblanadi. U o'z ilmiy tadqiqotlarini bevosita, Temuriylar davri tarixini o'rganishga bag'ishlab, bir qator kitob va ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Jumladan, uning "Samarqandga Temur davri sari yo'l" kitobi nafaqat fransuz va o'zbek olimlari, balki butun Yevropa tadqiqotchilari va jamoatchiligi o'rtasida katta qiziqish uyg'otib, ko'plab tillarga tarjima qilingan [4, -42 b.]. Shuni ham alohida ta'kidalash kerakki, ushbu Assotsiyatsiya temuriylar davriga bag'ishlangan turli ilmiy tadqiqot va taqdimotlar o'tkazadi, kitoblar nashr etadi. Assotsiatsiyaning "Temuriylar" deb nomlagan jurnali sahifalarida o'zbek va fransuz olimlarining o'sha davr tarixi, san'ati va madaniyatiga bag'ishlangan, shuningdek, bugungi O'zbekistonning ilmiy va madaniy hayoti bilan bog'liq maqolalari muntazam ravishda chop etilib kelinyapti.

O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil aprel oyida Amir Temurning 660 yilligiga bag'ishlangan shodiyonalar doirasida YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgoxida Lyusen Kerenni "Shuxrat" ordeni bilan mukofotladi.

Lyusen Kerenni yana bir muhim hizmati shundaki, u Amir Temurning xaqqoniy qiyofasini fransuzlar va yevropaliklarga yetkazish maqsadida tarixiy pe'sa yozdi. Ushbu pe'sa Parijning "Odeon" teatrida sahnalashtirildi [5]. Va butun Fransiya buyuk Temur va Temuriylar davri madaniyatidan baxramand bo'lish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Mashhur Temuriyzoda Boburning davlatchilik siyosati va ilmiy ijodi nafaqat O'zbekistonda balki butun dunyoda o'rganilib tadqiq etib kelinmoqda. Bu yo'nalishda Yevropa davlatlari olimlarining tadqiqotlari ham salmoqli bo'lib, Boburshunoslik ilmini rivojlanishiga munosib hissa bo'lib qo'shilmoqda. Ayniqsa, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlarda aynan Bobur va butun Temuriylar davriga oid ko'plab ilmiy asarlar yaratilmoqdaki, bu albatta Sharq

tarixiga bo'lgan qiziqishni kundan-kunga ortib borishiga, shu bilan birga o'zaro ma'naviy hamkorliklarni yo'lga qo'yilishida muhim omil bo'lmoqda.

Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyot, san'at, tarix va ilm-fanning turli jabhalarida bebaho asarlar yaratdi. Uning eng yirik asari "Boburnoma"dir [8]. Yevropa ilm ahliga Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ilk bor ma'lumot bergan fransuz sharqshunosi Bartoleme d'Erbelo (1621-1695) hisoblanadi. D'Erbelo o'zining "Sharq kutubxonasi" (1697) qomusidagi "Bobur yoki Bobar" maqolasida Boburning hayoti, uning davlati va sarkardalik mahorati, adabiyot va san'atga qiziqishi haqida ma'lumot berib o'tadi. "Boburnoma"ni Yevropaga birinchi bo'lib tanitgan olim esa gollandiyalik Vitsen bo'ldi. Vitsen "Boburnoma"dan olingan parchalarni tarjima qilib, 1705-yilda nashr ettiradi.

Yevropada madaniy tabirlarni o'tkazish muntazamlik kasb etib, Temuriylar davri tarixi va madaniyatini o'rganish fransuz assotsiatsiyasi bosh kotibi Frederik Bressan xonim 1997-yilda o'zining "Samarqandning moviy oltini" deb nomlangan ajoyib suratlar bilan bezatilgan albomining keng jamoatchilikka xavola etgan. Albom taqdimotida olima "dunyoda ikkita nurafshon va olamga mashxur shaxarlar bo'lsa bularning biri - Parij, ikkinchisi-Samarqand" degan edi. Ushbu muallifning 2003-yilda navbatdagi ilmiy-tadqiqot mahsuli "Maxobatli Samarqand" deb nomlangan kitobi bosmadan chiqdi. Ushbu kitobda olima asosiy e'tiborini Amir Temur va uning vorislari hukumronlik qilgan davrda adabiyot va she'riyatning himoyasi va rivojiga katta e'tibor qaratganligini, ilmiy dalillar asosida ko'rsatib bergan.

Bundan tashqari, Assotsiatsiya o'zbek shoirlari ijodiga mansub she'rlarni fransuzcha tarjimalarini taqdim etdi. Bu e'tibor Fransiyada O'zbekistonning xaqiqiy do'stlari, o'zbek xalqining qadimiy va o'ziga xos madaniyati va san'atini qadrlaydigan insonlar yashayotganidan dalolatdir.

Temuriylar davri madaniyati, san'ati turli ko'rgazmalar tashkil etish orqali, keng jamoatchilikka namoyish etilib kelinmoqda. Ana shunday ko'rgazmalardan biri "Samarqand ranglari" nomi bilan Parijdagi "Aleksandr Kaden" badiiy galereyasida namoyish etildi. Ko'rgazmaga Temuriylar davri tarixi va madaniyatini o'rganish fransuz assosiatsiyasi bosh kotibi F.Bressan xonimning foto asalari ham namoyish etildi.

Hukumatimiz horijda yurtimiz tarixi va madaniyati bilan shug'ullanib kelayotgan ko'plab olim va adbiyotchilarni davlatimizning nufuzli mukofotlari bilan taqdirlab kelmoqda. Uning mantiqiy davomini 2018-yil 9-oktyabrda O'zbekiston tarixi va madaniyatini o'rganishga munosib hissa qo'shgan Fransiyaning taniqli

adabiyot va ilm-fan namoyondalari - yozuvchi Amin Maaluf, olimlar Frederik Bopertyui - Bressand xonim va Frans Grenelarga Samarqand shahri faxriy fuqarosi unvonini topshirilganligida ko'rish mumkin[6].

Ulardan biri Amin Maaluf o'zining "Samarqand" romani bilan o'zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo'lib, uning romani o'zbek tilida 2003-yil "Jahon adabiyoti" jurnalining 6-7, 2005-yil 7-8 sonlarida chop etilgan. Romanda shoir va faylasuf Umar Xayyomning Samarqanddagi hayoti, XI asrdagi ijtimoiy - siyosiy hayot talqini aks etgan [7]. Bu albatta bir tomondan Fransiyada Sharq tarixga qiziqish juda katta ekanligidan dalolat bersa, ikkinchidan ularning O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan rag'batlantirilishi xorij olimlarini yanada katta qiziqish bilan vatanimiz tarixi va madaniyatini o'rganishga hamda xalqaro hamjamiyatga yanada kengroq targ'ib etishda katta turtki bo'lishi, shubhasiz.

Xulosa qiib shuni ta'kidlash mumkinki, o'tgan davr mobaynida Amir Temur va Temuriylar tarixiga bag'ishlangan mingdan ortiq asarlar yaratildi. Turli davlatlarda hamon tadqiqotlar davom etmoqda. Temuriylar davri - bu madaniyatning rivojlangan davrlaridan biri sifatida yangidan-yangi tadqiqotlar uchun manba bo'lib xizmat qilishda, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda asosiy ibrat va namuna maktabi bo'lib qolaveradi.

Adabiyotlar:

1. Мухаммаждонов А. Узбекистон тарихи. - Т.: Шарк, 2017. -129 б.

2. Францияда Темурийлар ассоцшциясининг 20 йиллиги нишонланди // Тошкент окшоми. 2008. 28 октябрь.

3. Матхоликов К^.А. Узбекистон Республикаси ва Европанинг Франкофон давлатлари уртасидаги маданий алокалар тарихи (Франция, Швейцария ва Бельгия мисолида (1991-2005йй)). Автореф. т.ф.н. ТошМУ. 2008. - 30 б.

4. Давронова З. Мозийга туташ томирлар // Мулокот. - Т.: 2002, №5. -

42 б.

5. Францияда Темурийлар ассоцшциясининг 20 йиллиги нишонланди // Тошкент окшоми. 2008. 28 октябрь.

6. Узбекистон - Франция: узок муддатли хамкорликни янада кенгайтириш ва мустахкамлаш йулида // Халк сузи. 2018. 10 октябрь.

7. Самаркандга узгача мехр куйган француз ёзувчиси // Халк сузи. 2018. 11 октябрь.

8. Бобур ва "Бобурнома" француз шаркшунослиги сахифаларида // http : //ishtixon.uz/uz/node/746//

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.