Научная статья на тему 'G‘ARB MAMLAKATLARIDA MARKAZIY OSIYO TARIXINING O‘RGANILISHI'

G‘ARB MAMLAKATLARIDA MARKAZIY OSIYO TARIXINING O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
299
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Markaziy Osiyo / “Central Asiatic Journal” / Central asia program / Ilmiy maktablar / tatqiqot / Markaziyosiyoshunoslik / Katta o’yin.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Munira G‘ayratovna Otamurodova

Ushbu maqolada Yevropa va Amerika tarixshunosligida Markaziy Osiyo tarixining o‘rganishning bosqichlari, ilmiy tatqiqotlarning markazlarining faoliyati, olimlarning mintaqaga oid masalalarni yoritish bo’yicha izlanishlar olib borganligi haqida ma’lumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘ARB MAMLAKATLARIDA MARKAZIY OSIYO TARIXINING O‘RGANILISHI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

G'ARB MAMLAKATLARIDA MARKAZIY OSIYO TARIXINING

O'RGANILISHI

Munira G'Ayratovna Otamurodova

O'zbekiston Milliy Universiteti 1-bosqich magistranti muniraotamurodova@mail .uz

ANNONTATSIYA

Ushbu maqolada Yevropa va Amerika tarixshunosligida Markaziy Osiyo tarixining o'rganishning bosqichlari, ilmiy tatqiqotlarning markazlarining faoliyati, olimlarning mintaqaga oid masalalarni yoritish bo'yicha izlanishlar olib borganligi haqida ma'lumot beradi.

Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, "Central Asiatic Journal", Central asia program, Ilmiy maktablar, tatqiqot, Markaziyosiyoshunoslik, Katta o'yin.

Kirish qismi

Markaziy Osiyo1 qadimdan Sharq va G'arbni, Shimol va Janubni bog'laydigan yo'llarning kesishuvida joylashgan bo'lib strategik ahamiyatga ega hisoblanib kelgan. Shuning uchun jahonning qudratli va buyuk davlatlari, shu jumladan, Yevropa mamlakatlari bu mintaqaning tarixi va madaniyatiga har doim qiziqish bildirib kelgan va haligacha qiziqishda davom etmoqda.

Markaziy Osiyo haqidagi dastlabgi manbalar qadimgi yunon va geograflari tomonidan keltirilgan. XIV-XV asrlarda Yevropaning bazi hukumdorlari Amir Temur va Temuriylar bilan diplamatik aloqa qilishgan. Markaziy Osiyoni o'rganish natijasida Markaziy Osiyoshunoslik fani kelib chiqqan bu fan Markaziy Osiyo madaniyati, tarixi va tillarini o'rganuvchi fan. Ijtimoiy fan sifatida Markaziy Osiyoshunoslikning ildizlari XIX asr Angliya Rossiyaning "Katta O'yin " siyosatiga borib taqaladi.XIX asrda O'rta Osiyo ingliz va rus agentlari,askarlari,olimlarining mintaqaga qilgan ko'plab sayohatlari tufayli tizimli ma'lumotgan yig'ish va tashkil etish obyektiga aylangan.

XIX asr oxirida rus sharqshunosi Vasiliy Vladimirivich Bartol O'rta Osiyo tarixini zamonaviy o'rganishning asoschisi sifatida e'tirof etilgan .

Sovet Ittifoqining parchalanishi Markaziy Osiyoni O'rganishga qiziqishning ortishiga olib kelgan. Markaziy Osiyoga ixtisoslashgan eng yirik ilmiy markazlar

1 Xalqaro siyosatda "Markaziy Osiyo mintaqasi"tushunchasi XIX asrda paydo bo'lgan.Sovet davrida "Markaziy Osiyo ma'muriy bo'linmasi 4 ta respublikani ichiga olar ular qatoriga Qozoqiston kirmas edi.1991yildan boshlab Markaziy Osiyo mintaqaning 5 ta mamlakatni o'z ichiga oladigan bo'ldi. https://www.uzanalytics.com/siyosat/8959/

2 Levi Scott C(2012). "Early Modern Central Asia in World History"

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Germaniya, Angliya, Fransiya, Italiya, AQSH, Avstriya va Niderlandiyada

-5

joylashgan .

Asosiy qism

Zamonaviy Markaziy Osiyo tatqiqotlari Edvard Allvort, Yuriy Bargel, Denis Sinor Nikolas Poppe va boshqa olimlar tomonidan tatqiq qilingan Amerikaning bir qancha tatqiqot universitetlarida Markaziy Osiyo bo'yicha dasturlar mavjud. Shulardan 1949-yilda Nikolass Poppe rahbarligida Vashington universiteti qoshida Uzoq Sharq va Rossiya institute doirasida Mo'g'ul va Oltoyshunoslik dasturi Markaziy Osiyo tatqiqotlarining dastlabgi tatqiqot na'munasi tashkil etilgan. Vashinton universiteti Markaziy Osiyon madaniyati,tili, dini haqida tatqiqot olib borayotgan AQSHdagi sanoqli markazlardan biri Lingvistika bo'limi talabasi Iston Kugler " Universitetning markaziy Osiyo dasturi uzoq yillik tarixga ega bo'lgani bois bu yerda mintaqaga oid boy ilmiy manbalar yig'ilgan, shu bois mintaqadani o'rganayotgan olimlar uchun Vashinton universiteti birinchi tanlov", deydi. Bu yerda Markaziy Osiyo tillari xususan o'zbek,qozoq va uyg'ur tillarini kurslari, "Markaziy Osiyo Siyosati" kurslaridan tashqari, markaziy osiyo xalqlari etnografiyasi, antropologiyasi va Ipak yo'li geografiyasi kurslari ham mavjud.

Keyinchalik 1968-yilda Indiana universitetining Markaziy Yevroosiyo tatqiqotlar bo'limi yetakchi tatqiqot va o'quv dasturi bo'lgan. Bu bo'lim dastlab 1943 -yilda AQSH harbiylari uchun til o'rgatish dasturi sifatida tashkil etilgandan beri kafedra Markaziy Osiyoga bag'ishlangan o'z professor-o'qituvchilari bilan ishlaydigan yagona mustaqil ilmiy bo'limga aylangan. Indiana universiteti hozirda AQSHda Markaziy Osiyoni o'rganish bo'yicha birinchi dasturga mezbonlik qilmoqda 2008-yilda markaz AQSH mudofa vazirligi tomonidan AQSH hukumati xodimlarini Afg'oniston tarixi,madaniyati va tillari bo'yicha o'qitish uchun 100 000 AQSH dollari miqdoridagi grant bilan taqdirlagan.

Chikago universitetida Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoni O'rganish bo'yicha ko'plab kurslar tashkil qilingan bu kurslar Markaziy Osiyoning tillarini o'rganish bilan shug'ullanadi.

Garvard universiteti Ichki Osiyo va Oltoyshunoslik qo'mitasi Xitoy, Rossiya,g'arbiy cho'l,tog'o'rmon va vohadagi xalqlarning tarixi va madaniyati bo'yicha bo'yicha ta'lim va tatqiqotlarni rag'batlantirish vabirlashtirish maqsadida 1972-yilda ilmiy tatqiqot maktabi tashkil etilgan. Garvard xitoy,eron,turk,arab,hind va rus tillarida shunindek Manchu,mo'g'ul va Tibet tillarida ushbu sohani o'rganish uchun muhim manbalarni tashkil etuvchi ajoyib to'plamlar mavjud

3 SH.S. Kamoliddin. "Markaziy Osiyo Tarixi Tarixshunosligining Dolzarb Muammolari"

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Markaziy Osiyoni tatqiq qilishda nafaqat ilmiy maktablardan faoliyati, olimlar ham Markaziy Osiyo tarixiga iqtisodi, siyosati, ijtimoiy halati aks ettirilgan asarlar ham yozilgan xususan, Giles Whittell ning "Central Aia", Ali Banuazizi va Myron Wehiner tomonidan "Central Asia and it's borderlands", Markaziy Osiyoshunoslik faniga katta hissa qo'shgan olim Edvard Alvorthning "Central Asia A Centrury of Russian Rule" kabi ilmiy kitoblar markaziy osiyoshunoslik fani rivojiga katta hissa qo'shgan.

Markaziy Osiyoni tatqiq qilishda Yevropa va AQSHda ko'plab jurnallar chop etilgan bular 1914-yilda "Journal of the Royal Central Asian Society",Oksford universiteti Sent -Antoni kolleji bilan hamkorlikda "Markaziy Osiyo sharhi" 19531968- yillarda, "Central Asia Monitot jurnali" 1992-yildan 2002-yilgacha Valeriy Chalidze boshchiligida nashr qilingan. Buyuk Britaniyada 1982-yilda Kavkaz va Markaziy Osiyo tatqiqotlariga bagi'shlangan "Central Asian Survey"nomli akademik jurnal nasrh etilib yiliga to'rttadan soni chiqadi. Jurnalning asosiy maqsadi ijtimoiy gumanitar fanlar va markaziy osiyo va Kavkazni zamonaviy qiziqishlar doirasiga aylantirishdir.

SOAS (Centreof Contemporary Central Asia and the Caucasus) hozirda markaziy Osiyo va Kavkaz bo'yicha ishlaydigan ko'p tarmoqli olimlar jamiyati hisoblanadi. Bu tatqiqot markazi Buyuk Britaniya va Yevropadagi har qanday muassasadagi eng katta guruh hisoblanadi Potsovet davridagi o'tish davrining zamonaviy muammolarini o'rganish bilan bir qatorda qo'shni hududlar (Eron va Afg'oniston) hamda Markaziy Osiyo arxeologiyasi, dini, tilshunosligini ham o'rganadi4.

Markaziy Osiyo mintaqa tillari markazi (CeLCAR) Indiana universiteti tomonidan boshqariladi va mintaqa tillari va madaniyatlarini o'qitish va o'rganishga yordam beradi.

Markaziy tatqiqotlar jamiyati (CEES). Shimoliy Amerikada joylashgan Markaziy Yevrosiyo uning zamonaviy tarixini o'rganish bilan shug'ullanadi.

Tashkiliy tatqiqot institute (ORI) markaziy Osiyoda menejment va inson resurslari amaliyot ilmiy tatqiq qilish; samarali tashkiliy amaliyotlar orqali Markaziy Osiyoda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga ko'maklashish bilan shug'ullanadi

Xulosa qismi

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo qadimdan boy tarixga ega, shu sababli, dunyo davlatlari Markaziy Osiyoni o'rganishga qiziqishi ortgan. Yevropa davlatlari va Amerikada bu mintaqani o'rganish maqsadida ko'plab ilmiy maktablar va tatqiqot olib boruvchi jamiyatlar tashkil topganligi

4 Ravshan Madjidovich Abdullayev 2013 "The History of public and Cultural Reformation in the Caucasus and Central Asia" 35-36 betlar

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Levi Scott C(2012). "Early Modern Central Asia in World History"

2. SH.S. Kamoliddin. "Markaziy Osiyo Tarixi Tarixshunosligining Dolzarb Muammolari"

3. Ravshan Madjidovich Abdullayev 2013 "The History of public and Cultural Reformation in the Caucasus and Central Asia"

4. Abulqosimova Sabina, Mavlonova Sabina, Qaxarov Asrbek, Xurshid Samatov MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARNING JAMIYAT TO G RISIDAGI QARASHLAR // Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. 2023. №Special issue. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/markaziy-osiyo-mutafakkirlarning-jamiyat-to-g-risidagi-qarashlar (дата обращения: 06.05.2023).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.