IBRATLI UMR: TEMUR G'lYOSOV - O'ZBEK HINDSHUNOS-TARIXCHILARI MAKTABINING ASOSCHILARIDAN BIRI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7396053
Abdullayev Ulug'bek Ortiqboyevich
Tarix fanlari nomzodi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi dotsent v.b. Tel: +998935067205
АННОТАЦИЯ
Социально-политические и культурно-исторические связи между странами Центральной и Южной Азии уходят в далекое прошлое. Жизненный путь и исторические исследования востоковеда-индолога Темура Гиёсова дает право признать его одним из основоположников школы индологии в Узбекистане.
Ключевые слова: Центральная и Южная Азия, востоковедение, Индия, Пакистан.
ANNOTATION
Socio-political and cultural-historical ties between the countries of Central and South Asia go back to the distant past. The life path and historical research of the orientalist-Indologist Temur Giyosov can be recognized as one of the founders of the school of Indology in Uzbekistan.
Key words: Central and South Asia, Oriental studies, India, Pakistan.
ANNOTATSIYA
Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-tarixiy aloqalar uzoq o 'tmishga borib taqaladi. Sharqshunos-hindshunos olim Temur G'iyosovning hayot yo'li va tarixiy izlanishlari O'zbekistonda hindshunoslik maktabining asoschilaridan biri deya alohida e 'tirof etish mumkin.
Kalit so'zlar: Markaziy va Janubiy Osiyo, Sharqshunoslik, Hindiston, Pokiston.
XXI asr globallashuv, taraqqiyotning tezlashuvi, dunyo mafkuraviy-ma'naviy jarayonlaridagi o'zgarishlar, Sharqda yuzaga kelgan ilmiy, madaniy va ma'naviy merosni o'rganishga nisbatan bo'lgan qiziqish oshib borishiga olib keldi.
K
Sharqshunoslik ilmiga bo'lgan talabning oshib borishi o'z o'rnida sharqshunos kadrlar tayyorlovchi ta'lim muassasalari ahamiyatini ham oshirdi. Bugun Sarbonna, Berlin, Bonn, Sankt-Peterburg, Moskva, Dehli, Qohira, Tehron kabi shaharlardagi oliy ta'lim muassasalarida sharqshunoslikning turli sohalari bo'yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Tayyorlanayotgan mutaxassislar orasidan yuzlab mashhur elchilar, iqtisodchilar, harbiylar, nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, fan, ta'lim va madaniyatning turli sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan olimlar еtishib chiqmoqda.
Shuni faxr bilan aytish mumkinki, yuqorida e'tirof etilgan dunyo sharqshunosligining markazlari orasida poytaxtimiz Toshkent shahrining ham alohida o'rni bor. Mamlakatimizda malakali sharqshunos kadrlarni tayyorlab, ularni dunyo va vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti, taraqqiyoti yo'lida xizmatga yo'llayotgan Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Respublikamiz oliy o'quv yurtlari ichida o'z o'rniga ega.
O'z an'analariga ega bo'lgan o'zbek sharqshunosligi bugungi yuksak ilmiy salohiyati bilan dunyo sharqshunosligiga munosib hissa qo'shib kelmoqda.
Shu o'rinda "Markaziy va Janubiy Osiyo: madaniyatlararo muloqot chorrahasida" mavzusida tashkil etilayotgan Xalqaro ilmiy anjuman ham yuqori saviyada o'tishiga hech qanday shubha yo'q. Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-tarixiy aloqalar uzoq o'tmishga borib taqaladi. Shu o'rinda sharqshunos-hindshunos olim Temur G'iyosovning hayot yo'li va tarixiy-ilmiy faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz u kishining O'zbekistonda hindshunoslik maktabining asoschilaridan biri ekanligini etirof etishga haqlimiz.
Temur G'iyosov 1931-yil 28-iyunda Toshkent shahrida sharqshunoslar oilasida tavallud topdi. Uning bobosi Murodxo'ja domla (1870-1953) turk, fors, arab tillari, islom falsafasi, kalom va fiqh ilmlarining chuqur bilimdoni edilar. U Toshkentdagi Eshonquli dodxoh madrasasida mudarrislik qilgan. Jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan, muftiy Eshon Boboxon hazratlarining muovini etib saylangan edilar.
Murodxo'ja domla buyuk fors shoiri va mutafakkiri Sa'diy Sheroziyning Guliston asarini o'zbek tiliga o'girib, 1909-yilda Toshkentda chop ettirgan.
Solihiy domla asarning so'z boshisida Shayx Sa'diyning tarbiyaviy ahamiyatga molik "Guliston"i xalqimizning ma'rifati yo'lidagi yaxshi ishlardan biri bo'lib qolishiga umid qilganlar. Bu o'lmas asarni bizning davrimizda, ya'ni 2005-yilda Toshkentda qaytadan chop etilishi bu ezgu niyatning ro'yobga chiqqanligidan dalolatdir.
K
Temur G'iyosovning otasi Jalol G'iyosiddin (1903-1984) 1917-yildan keyingi birinchi o'zbek astronomlaridan bo'lib, ayni vaqtda fors, arab, ingliz tillarini mukammal bilganlar. G'. Jalolov O'rta Osiyoning buyuk qomusiy olimi, Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asarini arab tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishda qatnashgan va ayni vaqtda mazkur asarning mas'ul muharriri bo'lganlar. Asarning matematika, astronomiya, falsafa, astrologiya va geografiyaga oid boblari G'. Jalolov tarjimasida chop etilgan.
Temur G'iyosov 1948-yilda Toshkentdagi 75-o'rta maktabni tamomlagach, o'sha yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti)ning Sharq fakultetiga o'qishga kirdi. Universitetni 1953-yilda imtiyozli diplom bilan bitirib, shu yili Sharq fakultetining Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi bo'yicha aspiranturaga kirdi va 1956-yilda uni bitirdi. 1958-yilda Temur G'iyosov Moskvada Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining ilmiy kengashida "Hindistonning Janubi-sharqiy Osiyo va Uzoq Sharqda keskinlikni yumshatish uchun kurashi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1973-yilda esa "Hindiston diplomatiyasining Yaqin Sharq va Janubi-sharqiy Osiyoda agressiya va neokolonializmga qarshi kurashi (1947-1967)" mavzusida tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladi.
Temur G'iyosov 1956-yildan boshlab Sharq fakultetining Xorijiy malakatlar tarixi kafedrasida o'qituvchilik qila boshladi. 1962-yildan katta o'qituvchi va dotsent lavozimiga o'tdi. 1977-yilda professor unvonini oldi.
Temur G'iyosov avval Toshkent davlat universitetining Sharq fakultetida, so'ngra Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining "Xorijiy mamlakatlar tarixi" kafedrasida, "Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi", "Hindiston tarixi", "Pokiston tarixi", "Pokistonning ijtimoiy-siyosiy davlat tizimi va huquqi", "Hindiston va Pokiston tarixnavisligi va manbashunosligi", "Hindistonning O'zbekiston Respublikasi bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari", "Hindistonning xalqaro munosabatlardagi roli", "Hindistonning Arab Sharqidagi siyosati", "Hindistonning afg'on masalasidagi siyosati" fanlaridan ma'ruzalar o'qidi.
Temur G'iyosovning Xorijiy mamlakatlari tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti, ijtoimoiy-siyosiy jarayonlariga doir maqolalari respublikamiz matbuoti, jumladan, "O'zbekiston ovozi", "Pravda Vostoka", "O'zbekiston adabiyoti va san'ati", "Narodnoye slovo", "Toshkent oqshomi", "Turkiston", "Hurriyat" gazetalarida, "Muloqot", "O'zbekistonda ijtimoiy fanlar", "Fan va turmush", "Jahon adabiyoti" jurnallarida va ko'plab ilmiy to'plamlarda, shuningdek, Hindistonda ham nashr etilgan.
К
Temur G'iyosov qalamiga mansub bo'lgan ilmiy ishlarni ko'zdan kechirib, tahlil qilganda uning quyidagi yonalishlarda ilmiy faoliyat olib borganligi yaqqol ko'rinadi.
• Hozirgi Hindistonning ijtimoiy, siyosiy va davlat tuzumini tadqiq etish;
• Hindiston va Pokistonning ko'p ming yillik tarixini o'rganish;
• Hindiston Respublikasining Osiyo va Afrikada tinchlik, xalqaro xavfsizlikni ta'minlash borasidagi tashqi siyosatini tahlil qilish;
• Hindistonning qo'shilmaslik siyosati va harakatida tutgan o'rni va rolini tadqiq etish;
• Hindiston - Pokiston munosabatlarini o'rganish;
• Hindiston - O'zbekiston ko'p qirrali aloqalarini tadqiq etish;
• Hindistonning yadro quroli masalasidagi siyosatini tahlil etish.
1999-yilda professor Temur G'iyosovich G'iyosov respublikamizda birinchi
marta o'zbek tilida talabalar uchun "Hindistonning yangi tarixi", 2000-yilda "Qadimgi Hindiston tarixi" va 20004-yilda "Hindistonning o'rta asrlar tarixi" deb nomlangan darsliklarini nashr ettirdi.
So'nggi yillarda xorijiy tillardagi tarixiy asarlarning ilmiy tadqiqi va tanqidiy tahlili asosida Sharq mamlakatlari tarixiga oid zamonaviy o'quv adabiyotlarini ishlab chiqish ilmiy loyihasi doirasida s.f.d. N. Abdullayev rahbarligidagi ilmiy guruh tomonidan "Hindiston tarixi", "Pokiston tarixi", "Afg'oniston tarixi", "Eron tarixi" singari o'quv qo'llanmalar yaratildi. Mana shu ulkan ishni boshida ham professor T. G'iyosovning xizmatlari katta bo'ldi. Jumladan, u boshchiligida "Hindiston tarixi" va "Pokiston tarixi" o'quv qo'llanmalari yaratildi.
Ustozni nafaqat O'zbekiston, Rossiya va boshqa MDH mamlakatlarida, balki Hindiston va Pokistonda ham etuk olim darajasida yaxshi bilardilar. Jumladan, marhum akademik M.Xayrullayev, professor O.Shamatov va Temur G'iyosovlarning Hindistonning J.Neru universiteti va boshqa yirik ilmiy markazlarida qilgan ma'ruzalari hind olimlari tomonidan e'tirof etilgan.
Hozirda dunyoda yuz berayotgan o'zgarishlar jadal taraqqiyot natijasida shakllanayotgan jahon yangi tizimida sharq mamlakatlari, xususan, Markaziy va Janubiy Osiyo kabi yirik mintaqalarida kechayotgan ijtimiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarini o'rganish o'z nihoyasiga etgani yo'q. Yetuk olim T. G'iyosovning ilmiy tadqiqotlari ham mazkur sohada salmoqli o'ringa ega bo'lib kelmoqda.
REFERENCES
1. O'zbekiston sharqshunoslari. Bibliografik ocherk // Toshkent, TDShU - 2009.
410
"MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO: R VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 25
MADANIYATLARARO MULOQOT Q ISSN 2181-1784
CHORRAHASIDA" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
2. Ilm va ma'rifatga baxshida umr // Toshkent, TDShU - 2011.
3. Темур Гиёсов. Узбек халкининг содик дyсти//https://ziyouz.uz/üm-va-fan/tarix/temur-ijosov-zbek-khal-ining-sodi-d-sti/
4. "Жахон адабиёти" журнали, 2009 йил 11-сон.
5. Концептуальные проблемы новой и новейшей истории Зарубежного Востока. Тошкент, ТошДШИ, 2008.